SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 3
115
Synapses:
Insights Across the Disciplines
INTERNET MATERIALLARIGA KIM JAVOBGAR?
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va
jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi.
Sharafatdinova Malika Berdaq qizi
Annotatsiya:
Maqolamning mazmuni shundan iboratki, internet ma’lumotlari
va tarmoqlari haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Internet, akademik, davlat, tijorat, internet tizimi, xalqaro tarmoq,
informatsiya tizimlari.
Internet (lotincha: inter — aro va net — tarmoq) — standart minimal internet
protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va
omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli —
TCP/IP. Internet tarmogʻining tuzilishi. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi
boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini
minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron
pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri
servislaridan tashkil topadi. Internet tizimi va bogʻlanish. Internet — katta (global) va
kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi.
Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda
tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda
isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va
maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa
tarzida va boshqalar koʻrinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internetning rivojlanish tarixi. Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo
boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar
telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan
loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq
urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan
taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi
qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri
va 70-yillarda internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro
tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 3
116
Synapses:
Insights Across the Disciplines
doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim,
akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual
ulushiga bogʻliq boʻldi. XX asrning 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari
orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular
oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar — Internetworking protocols (IP) boʻlib, global
tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har
qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali „birinchi punktdan to
oxirgi punktgacha“ yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun internet
negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol
(TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa
departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch
taʼminlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari
(shu jumladan mustaqillari ham). 80-yillarda internet oʻziga xos tarzda universal
koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda internet vositasida uzatiladigan
informatsiyaning oʻsishi „oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish“ shiori ostida bordi.
Masalan, AQSHning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 million bayt informatsiyani
qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda „Brittanika“ ensiklopediyasini uzatish
uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash
natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda
internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish,
oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib
turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari
sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL)
kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture
Board (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. XX asrning oxirgi oʻn yilligida
internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida internet tizimiga taalluqli
28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib
ularning soni oʻnlarcha millionga yetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni
butun yer yuzi boʻyicha 160 million kishini tashkil qildi (1999). Shveysariyadagi yadro
tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona
tarmoqqa „bogʻlash“ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U World Wide
Web (Jahon oʻrgimchak toʻri) tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim internetni oʻziga xos
ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio
eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi internet faqat
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 3
117
Synapses:
Insights Across the Disciplines
matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham
uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridan-toʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari — telekommunikatsiya,
teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish kabilarning
texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani —
informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining
barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tarbiya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy,
sayyohlik va hokazo) ga taalluqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va
milliy kompaniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli
va tezkor usulda qoʻshilish imkonini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi. Jamoat va
tijorat tuzilmalari uchun internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar
(internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), internet
informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va
ommaviy axborot vositasi sifatida internet ommalashmoqda. Bularning barchasi
noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. hamda savdo kompaniyalari va
firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan
tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internetga
chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat
koʻrsatadigan kompaniyalar — provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda internetga
ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov
(http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net (Wayback Machine saytida
2013-02-16 sanasida arxivlangan)) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz (Wayback
Machine saytida 2020-06-12 sanasida arxivlangan)) kabi provaydkompaniyalar
faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va
avtomatlashtirish sohalari internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng
foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi
kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga
kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida
olishi mumkin. Bu maʼlumotlar internet tizimiga oldindan kiritiladi.
Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar
qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular „qidiruv dvigateli“ deb ataladi,
maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha
maʼlumotlar joylashgan „internet manzili“ni abonentga beradi. Mazkur manzil
boʻyicha maʼlumotlar „Internet varaqchalari“da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni,
masalan, „paxta“ soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli
maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 3
118
Synapses:
Insights Across the Disciplines
birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet
varaqchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar
tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy
varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat
idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari,
kompaniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish,
internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin.
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy
varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSHdagi
elchixonasi varaqchalari va boshqa koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda
Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan
tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: „Umid“ varaqchasi,
oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000-yil fevral oyidan boshlab internet
efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning „Axborot“ dasturi chiqa boshladi, Oʻz
TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurslariga oid koʻp
masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi internet tarmogʻi
koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Masalan, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika
ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va
boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Internetning xalqaro
axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro
miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni
uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan foydalanuvchilar soni, masalan, AQSH da 55 million, Xitoyda 55 million,
Yaponiyada 8 milliondan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya
davlatlari egallagan, Rossiya Federatsiyasi millionli chegarani egallamoqda.
Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmogʻiga ulanish Oʻz
PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50
ga yaqin internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda internetdan
foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan
ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).[1]
Internet yaratilish tarixi.1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona
kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr,
navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib
borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 3
119
Synapses:
Insights Across the Disciplines
voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi. Dastlabki TCP/IP protokoliga
asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib,
keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari
paydo boʻla boshladi.1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon
qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va
CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil
birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda
internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng
foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq
arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning
yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirda internet insoniyatning eng
katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Cherepaxov M. S, Problemi teorii publitsistiki, M., 1973;
2. Matbuotimiz fidoyilari [3 jildli; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi
3. I. Yesenboyev], 1—2j.lar, T., 1991, 1993;
4. Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999;
5. Sulaymonov I., Men— jurnalistman, T., 2001.
6. Национальной телерадиокомпании Узбекистана» // lex.uz.
7. Akhmedov, T. (2017). The history of television journalism in Uzbekistan. Bulletin
of Science and Practice, (12), 417-420;
