SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
280
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
GIPERTENZIYA KASALLIGI OLDINI OLISH CHORATADBIRLARI: XAVF
OMILLARI, ERTA DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH YONDOSHUVLARI
Qaxxorov Bunyod Abduraim o`g`li
Kenjayev Yodgor Mamatqulovich,
Xolboyev Norbek Aliniyozovich,
Termez iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi talabasi
Termez iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o‘qituvchilari
Annotatsiya
Gipertenziya — bu jahon bo'ylab keng tarqalgan surunkali kasallik bo'lib, yurak
va qon tomir tizimining xavfli kasalliklariga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada
gipertenziyaning oldini olish uchun muhim chora-tadbirlari, xavf omillari va erta
diagnostika usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda O'zbekistonda gipertenziya
kasalligining tarqalishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar, kasallikning klinik belgilari va
davolash
yondoshuvlari
71-nafar
bemorlar
kasallik
tarixi
o'rganilgan.
Gipertenziyaning oldini olishda hayot tarzi o'zgarishlari, ratsional ovqatlanishni tashkil
etish, jismoniy faollikni oshirish va dori-darmonlar bilan muvofiqlashtirilgan davolash
muhim o'rin tutadi. Ushbu maqolada gipertenziyaning rivojlanishini oldini olish, uning
asoratlarini kamaytirish va bemorlarning sog'lig'ini yaxshilash bo'yicha amaliy
tavsiyalar berilgan.
Калит сўзлар:
Gipertenziya, xavf omillari, erta diagnostika, davolash usullari,
yurak va qon tomir kasalliklari, oldini olish, hayot tarzi, sog'liqni saqlash.
МЕРЫ ПРОФИЛАКТИКИ ГИПЕРТОНИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ:
ФАКТОРЫ РИСКА, РАННЯЯ ДИАГНОСТИКА И МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
Каххаров Бунёд Абдураимович
Кенжаев Ёдгор Маматкулович,
Холбоев Норбек Алиниёзович,
Студентка факультета лечебного дела Термезского университета экономики и
сервиса
Преподаватели медицинского факультета Терменского университета
экономики и сервиса
Аннотaция
Гипертензия — это широко распространённое хроническое заболевание,
которое может привести к заболеваниям сердца и сосудов. В данной статье
анализируются основные меры профилактики гипертонии, факторы риска и
методы ранней диагностики. В исследовании были изучены основные факторы,
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
281
Synapses:
Insights Across the Disciplines
влияющие на распространение гипертонии в Узбекистане, клинические
проявления заболевания и подходы к лечению на основе истории болезни 71
пaциента. Важным аспектом профилактики гипертонии является изменение
образа жизни, рaциональное питание, увеличение физической активности и
согласованное медикаментозное лечение. В статье представлены практические
рекомендaции по профилактике развития гипертонии, снижению её осложнений
и улучшению здоровья пaциентов.
Ключевые слова:
Гипертония, факторы риска, ранняя диагностика,
методы лечения, заболевания сердца и сосудов, профилактика, образ жизни,
здравоохранение.
PREVENTIVE MEASURES FOR HYPERTENSION: RISK FACTORS,
EARLY DIAGNOSIS, AND TREATMENT APPROACHES
Qaxxorov Bunyod Abduraimovich
Kenjayev Yodgor Mamatqulovich,
Xolboyev Norbek Aliniyozovich,
Student at the Faculty of Medicine, Termez University of Economics and Service
Teachers at the Medical Faculty of Termez University of Economics and Service
Abstract
Hypertension is a widespread chronic disease that can lead to cardiovascular
diseases. This article analyzes key preventive measures for hypertension, risk factors,
and methods of early diagnosis. The study examined the main factors influencing the
prevalence of hypertension in Uzbekistan, its clinical signs, and treatment approaches
based on the medical history of 71 patients. An important aspect of hypertension
prevention is lifestyle changes, organizing rational nutrition, increasing physical
activity, and coordinating treatment with medication. This article provides practical
recommendations for preventing the development of hypertension, reducing its
complications, and improving patient health.
Keywords:
Hypertension, risk factors, early diagnosis, treatment methods,
cardiovascular diseases, prevention, lifestyle, healthcare.
Kirish: Gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari global sog‘liqni saqlash
sohasidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili yurak-qon tomir kasalliklari dunyo miqyosida
17,9 milliondan ortiq o‘lim holatlariga sabab bo‘ladi, bu esa barcha o‘limlarning
31%ini tashkil etadi. Ushbu o‘limlarning 85%i miokard infarkti va insult bilan bog‘liq.
Shu bois gipertoniyani erta aniqlash va davolash muhim ahamiyat kasb etadi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
282
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
Mulohaza: Gipertoniyaning yurakning tuzilishi va funksiyasiga ta’siri yurak
gipertrofiyasi holatlarida juda muhim. Yurak gipertrofiyasi yurak mushaklarining qon
bosimi yoki boshqa tashqi omillar ta’sirida adaptiv o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Yurak
bo‘limlarining gipertrofiyasini EKG orqali aniqlash gipertoniyani erta aniqlashda
muhimdir. Tadqiqotda gipertoniya va yurak gipertrofiyasini erta aniqlash uchun EKG
belgilarini tadqiq etish zarurligi qayd etildi.
Natijalar: Tadqiqotda 71 nafar bemorning qon bosimi ko‘rsatkichlari, qon
tahlillari va EKG natijalari tahlil qilindi.
Kategoriya
Qiymat
Izoh
Yosh va jins
59% erkaklar, 41% ayollar Gipertoniya holatlari 40–55
yoshlilarda ko‘proq
Qon bosimi (Ayollar)
135/85 mm rt. st. Gipertoniya: 140/90 mm rt.
st. dan yuqori
Qon bosimi (Erkaklar)
145/90 mm rt. st. Gipertoniya: 140/90 mm rt.
st. dan yuqori
1– jadval. Demografik ma’lumotlar va statistik tahlillar
Bemorlarning 59%i erkaklarni, 41%ini ayollarni tashkil qildi. Ushbu bemorlar
o‘rtasida Gipertonik holatdagi ko‘rsatkichlar ko‘proq 40–55 yoshlilar orasida
aniqlandi. Ayollarda o‘rtacha qon bosimi 135/85 mm rt. st., erkaklarda esa 145/90 mm
rt. st. dan 140/90 mm rt. st.gacha yuqori bo‘lgan holatlar gipertoniya sifatida baholandi.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
283
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
2-jadval. Qon bosimi ko‘rsatkichlarining yosh va jins bo‘yicha taqsimotini aks
ettiruvchi diagramma.
Tahlil turi
Normal
qiymatlar
Kasallik
xolatlari
Izoh
Xolesterin
3.6–5.2 mmol/l >5.2 mmol/l
Giperxolesterinemiya yuqori
xolesteringa ishora qilishi
mumkin.
Qand miqdori
3.9–5.5 mmol/l >5.5 mmol/l
Diabet yoki giperglikemiya
ko‘rsatkichi.
Triglitseridlar
0.45–1.8
mmol/l
>1.8 mmol/l
Yuqori darajada triglitseridlar
serozlik yoki metabolit
kasalliklariga ishora
qilmoqda.
Lipoproteidlar
1.0–2.0 mmol/l >2.0 mmol/l
Lipoproteidlar miqdori ortishi
kardiovaskulyar kasalliklarga
ta’sir qiluvchi omil bo‘lishi
mumkin.
3-jadval. Qon tahlillari (xolesterin, qand miqdori va boshqalar) natijalariga
asoslangan grafik.
EKG ko‘rsatkichi
Normal qiymat
Kasallik xolatlari
Izoh
P-mitrale
P tishchasining aniq
va mo‘ljallangan
uzunligi
Chap bo‘lmacha
gipertrofiyasi
EKGda P
tishchasining
balandligi va
uzunligi oshadi.
P-pulmanale
P tishchasi normal
amplitudada
O‘ng bo‘lmacha
gipertrofiyasi
EKGda P
tishchasining
amplitudasi yuqori
bo‘ladi.
Chap bo‘lmacha
gipertrofiyasi
P tishchasi oddiy,
yuqori emas
Chap bo‘lmacha
gipertrofiyasi
EKGda P
tishchasining
amplitudasi oshishi
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
284
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
va uzunligi
ko‘rsatiladi.
O‘ng bo‘lmacha
gipertrofiyasi
P tishchasi normal
uzunlik va
amplitudada
O‘ng bo‘lmacha
gipertrofiyasi
P tishchasi yuqori
amplitudada, uning
shakli o‘zgarishi
mumkin.
4-jadval. EKG ko‘rsatkichlaridagi normadan og‘ishlar.
Yurak gipertrofiyasi va EKG tahlillariga ko‘ra, bemorlarning 12 %ida chap
bo‘lmacha gipertrofiyasi, ko‘proq miokard infarkti va mitral qopqoq nuqsonlari bilan
bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. EKGda "P-mitrale" alomatlari va ritm buzilishi kuzatildi.
O‘ng bo‘lmacha gipertrofiyasi o‘pka kasalliklari va bronxial astma bilan
kasallangan bemorlarning 19 % ida kuzatilib, EKGda P tishchalarning yuqori
amplitudasi va "P-pulmanale" alomati kuzatildi.
Qoronchalar gipertrofiyasi EKG tahlillarida qoronchalar gipertrofiyasi 47–69%
hollarda aniqlandi, yurak ritmining buzilishlari qayd etildi.
Xulosa: Tadqiqot gipertoniyaning yuqori xavfli kasallik ekanligini va u yurak-
qon tomir tizimidagi turli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Yurak
gipertrofiyasini aniqlash va davolashda EKG orqali gipertrofiyani erta aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Gipertoniya holatlarini kamaytirish uchun aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va to‘g‘ri ovqatlanish kabi
choralar tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
World Health Organization (WHO). "Hypertension Fact Sheet." 2023.
2.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, “Yurak-qon tomir kasalliklari
statistikasi”, 2022.
3.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi. “Yurak va gipertoniya kasalliklari
bo‘yicha milliy hisobotlar”, 2023.
4.
Kenjayev Y.M., Berdieva S.A., Termiz iqtisodiyot va servis universiteti. "Yurak
bo’lmacha va qorinchalari gipertrofiyasining elektrokardiografiya belgilari
o’zgarishlarini tahlili."
5.
Mamatqulovich K. Y. Meʼda osti bezi o ‘tkir va surunkali pankreatit
kasalliklarini gistomorfologik tahlili //American journal of applied medical science. –
2024. – T. 2. – №. 3. – S. 49-53.
SYNAPSES:
Insights Across the
Disciplines
Volume 1, Issue 4
285
Synapses:
Insights Across the
Disciplines
6.
Mamatqulovich K. Y. et al. Glomerulonefrit kasalligida klinik labarator
tahlillarning o’rni va samaradorligi //American journal of applied medical SCIENCE.
– 2024. – T. 2. – №. 3. – S. 112-120.
7.
Mamatqulovich K. Y., Ismatulloevich X. I., Xabibullo o‘g‘li C. S. Ko‘kyo‘tal
kasalligi va uni oldini olish chora-tadbirlari //American journal of applied medical
science. – 2024. – T. 2. – №. 4. – S. 18-21.
8.
Mamatqulovich K. Y., Fayzullayevna R. S. Husnbuzarlar etiologiyasi, klinikasi
va davolash chora-tadbirlari //American journal of applied medical science. – 2024. –
T. 2. – №. 3. – S. 126-130.
9.
Kenjayev Y. "Bio eko texno" ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashli maishiy
chiqindilarni saralash va qayta ishlash korxonasi xodimlarining salomatligi //TISU
ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi. – 2023. – T. 1. – №. 2. – S. 172-176.
