Authors

  • Axmedova Nilufar Farxodovna
    TATU Qarshi filiali “ATDT” kafedrasi o’qituvchisi
  • Xoliqova Susanna Serverovna
    Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi o‘quv tarbiyaviy ishlar buyicha direktor o‘rinbosari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.65347

Keywords:

avtomatizatsiya va innovatsiya Vertikal fermerchilik tannarx mehnat samaradorligi ish haqi limit juft regressiya ko`p omilli regressiya.

Abstract

Ushbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb xisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

16

Synapses:

Insights Across the Disciplines

OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI

USULLARI.

Axmedova Nilufar Farxodovna

TATU Qarshi filiali “ATDT” kafedrasi o’qituvchisi

Xoliqova Susanna Serverovna

Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi o‘quv

tarbiyaviy ishlar buyicha direktor o‘rinbosari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy

mamlakatlarning tajribalari turli model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu
mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish
dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini
rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb
xisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

avtomatizatsiya va innovatsiya, Vertikal fermerchilik, tannarx,

mehnat samaradorligi, ish haqi, limit, juft regressiya, ko`p omilli regressiya.


Jahonda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosiy tarkibiy

qismi hisoblanadi. Bu butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat, daromad va ish bilan
ta’minlashning asosiy manbai sifatida qaraladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
sezilarli o‘sishiga ega bo‘lmagan va oziq-ovqat importiga qaram bo‘lgan davlat
taraqqiyotga erisha olmaydi – shuning uchun ham qishloq xo‘jaligining global
iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi so‘nggi bir necha yil ichida sezilarli darajada oshdi.

Jahonda oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi turli mamlakatlarda turli

xususiyatlarga ega va u quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan xarakterlanadi

1

:

- Texnologiyalar integratsiyasi va innovatsiyalar. Oziq-ovqat sanoatida

texnologik innovatsiyalar katta ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda zamonaviy texnika va texnologiyalardan
foydalanish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshirilmoqda. Dronlar, sun’iy
intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsiyalar ishlab chiqarish jarayonini
avtomatlashtirib, oziq-ovqat mahsulotlarini tez va sifatli ishlab chiqarishni
ta’minlamoqda.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

17

Synapses:

Insights Across the Disciplines

- Barqarorlikka e’tibor. Oziq-ovqat sanoatining rivojlanishida barqarorlik

alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Jahon miqyosida oziq-ovqat yetkazib berish
zanjirlarining ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar
kuchaydi. Barqaror qishloq xo‘jaligi usullaridan foydalanish, oziq-ovqat chiqindilarini
qayta ishlash va plastik qoplamalardan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan
tashabbuslar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

- Sog‘lom va organik mahsulotlarga talabning oshishi. Aholi orasida sog‘lom

oziq-ovqatlarga talab ortib bormoqda. Bu talab oziq-ovqat sanoatida organik, kimyoviy
moddalarsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va tarqatish jarayonini rag‘batlantirmoqda.

- Globallashuv va savdo zanjirlarining murakkabligi. Oziq-ovqat sanoati

globallashgan iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib qoldi. Xalqaro savdo zanjirlari
kengaymoqda, ya’ni mahsulotlar bir mamlakatda ishlab chiqarilib, boshqa
mamlakatlarga eksport qilinadi. Bu jarayonda logistika va oziq-ovqat xavfsizligi
masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

- Talabning oshishi va demografik o‘zgarishlar. Jahon aholisi tez sur’atlarda

o‘sib borayotgani bois oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham mutanosib
ravishda ortib bormoqda. Bu, ayniqsa, Xitoy va Hindiston kabi aholi ko‘p bo‘lgan
davlatlarda kuchli namoyon bo‘lyapti. Oziq-ovqat sanoati ushbu talabni qondirish
uchun yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va innovatsion yechimlarni izlamoqda.

- Tabiiy iqlim o‘zgarishiga moslashuv. Iqlim o‘zgarishi oziq-ovqat ishlab

chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat sanoatida yangi texnologiyalar va
usullar iqlim o‘zgarishlariga moslashishga qaratilgan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi
yerlarining samaradorligini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha
tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning tajribalari turli

model va yondashuvlarga asoslanadi. Bu mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-
ovqat sanoati sohalaridagi rivojlanish dasturlari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi,
hududiy sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayrim
mamlakatlarning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy xususiyatlari bilan
tanishib chiqishni maqsadga muvofiq deb xisoblayman

2

:

Rossiya oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos model va

strategiyalarni amalga oshirib, hududning iqtisodiy, geografik va agrar salohiyatidan
samarali foydalanib kelmoqda. Rossiyada import o‘rnini bosish siyosati 2014 yildan
keyingi sanksiyalar va geosiyosiy vaziyat tufayli oziq-ovqat sanoatidagi asosiy
yo‘nalish import o‘rnini bosish bo‘ldi. Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

18

Synapses:

Insights Across the Disciplines

mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni oshirishga katta e’tibor qaratildi. Bu
siyosatga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar va imtiyozlar joriy
qilindi, bu esa ichki bozorda milliy mahsulotlarning ulushini oshirishga yordam berdi.
Shu bilan birga davlat innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar samarali foydalanish
orqali oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda yangi texnologiyalardan foydalanishga
e’tibor qaratishni davom ettirmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida aqlli qishloq xo‘jaligi
va agro-texnologik innovatsiyalar keng joriy etilmoqda. Dronlar, sensorlar, sun’iy
intellekt va raqamli platformalar yordamida mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va
sotish jarayonlarini optimallashtirish amalga oshirilmoqda. Rossiya qishloq xo‘jaligi
zamonaviy texnologiyalarga asoslanib, hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali
foydalanishga harakat qilmoqda.

Rossiyada oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha har

bir hududda alohida dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Kuban va Voronej
viloyatlarida don mahsulotlarini yetishtirishga e’tibor berilsa, Sibir hududlarida go‘sht
va sut mahsulotlari sanoati rivojlantirilmoqda. Bu mintaqaviy dasturlar tabiiy resurslar
va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Import o‘rnini bosish siyosati
to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida so‘nggi yillarda Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari
eksportiga katta e’tibor qaratilmoqda. Rossiya dunyoda yetakchi don eksport qiluvchi
davlatlardan biri hisoblanadi va uning bu sohadagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.
Bundan tashqari, Rossiya meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini ham xorijga
eksport qilishni kengaytirmoqda. Eksportni rivojlantirish uchun davlat tomonidan
eksportga yo‘naltirilgan strategiyalar va rag‘batlantirish dasturlari amalga
oshirilmoqda. Shuningdek Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish
uchun davlat subsidiyalari, imtiyozli kreditlar va investitsiyalar ajratiladi. Davlat
tomonidan fermerlar va kichik ishlab chiqaruvchilar uchun qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetkazib berishda logistika va qayta ishlash imkoniyatlarini
yaxshilashga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash dasturlari mavjud.

Ekologik qishloq xo‘jaligi va organik mahsulotlar. Oxirgi yillarda Rossiyada

ekologik toza mahsulotlar va organik qishloq xo‘jaligiga talab oshmoqda. Hukumat
ekologik standartlarni joriy etish va organik ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha
qonunlar qabul qilmoqda. Bu esa mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash va ichki
hamda tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Rossiya oziq-
ovqat sanoatini rivojlantirishda davlatning faol ishtiroki, import o‘rnini bosish siyosati
va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha strategiyalar muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, regional dasturlarni rivojlantirish va ekologik toza


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

19

Synapses:

Insights Across the Disciplines

mahsulotlarni ishlab chiqarish mamlakatning oziq-ovqat sanoatini yanada
kuchaytirishga yordam bermoqda.

Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalardan samarali foydalanish natijasida

Niderlandiya dunyodagi yetakchi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri
hisoblanadi. Bu davlatda agrar sektor yuqori darajadagi avtomatizatsiya va
innovatsiyalarga asoslangan. “Vertikal fermerchilik” kabi innovatsion texnologiyalar
mahsulotni samarali ishlab chiqarish va suv resurslaridan tejamli foydalanish imkonini
beradi. Niderlandiya, shuningdek, parnik hududlarini keng ko‘lamda ishlatadi va oziq-
ovqat sanoatini eksportga yo‘naltirilgan holda rivojlantiradi.

Amerika Qo‘shma shtatlarida qishloq xo‘jaligi bozor tamoyillariga asoslangan

bo‘lib, yirik fermer xo‘jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Bu mamlakatda qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati katta. AQShda qishloq xo‘jaligi siyosati
subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘maklashish orqali fermerlar va agrobizneslarni
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Jahonda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yaponiya davlati yetakchi o‘rinni

egallaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyalari yuqori
darajada rivojlangan. Shuningdek, Yaponiya oziq-ovqatni tayyorlash va yetkazib
berish jarayonlarida yuqori sanitar va gigiyenik standartlarni joriy etgan.

Germaniyada oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda ekologik tozalik va barqaror

rivojlanish tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat organik qishloq xo‘jaligi
va qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratadi. Bunda davlat
tomonidan organik mahsulotlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish dasturlari amalga
oshiriladi.

Avstraliya oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdagi asosiy strategiyalardan biri

eksport bozorlariga kirishdir. Bu mamlakatning tabiiy resurslari keng bo‘lgani sababli,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati katta. Avstraliyada
innovatsion texnologiyalar va suvni samarali boshqarish yo‘llari qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yuqori darajada ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Janubiy Koreyada qishloq xo‘jaligi aqlli tizimlar, ya’ni dronlar, sensorlar, sun’iy

intellekt va IoT (Internet asboblari) orqali avtomatlashtirilgan. Axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanish oziq-ovqatni yetishtirishdan tortib oziq-ovqat
mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha
jarayonlarni optimallashtiradi. Bu yondashuv resurslarni tejash va mahsulot sifatini
oshirishda samaralidir.

Rivojlangan davlatlarning tajribalarini O‘zbekistondagi oziq-ovqat sanoatini

rivojlantirishda qo‘llanilishi mamlakatning xududlardagi xususiyatlariga mos ravishda


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

20

Synapses:

Insights Across the Disciplines

tanlanib, tatbiq etilishi yuqori natijalarni keltirishi shubxasiz. Shuningdek
Respublikada axborot texnologiyalaridan foydalanish, ekologik tozalikni saqlash,
eksport salohiyatini oshirish va fermerlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi
tamoyillar muhim xisoblanadi.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha

xorijiy olimlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Bunday modellar turli
mamlakatlarda oziq-ovqat ta’minoti, ishlab chiqarish samaradorligi, talab va taklif
munosabatlarini tahlil qilish va prognozlashtirishga qaratilgan.

.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. «Xalq soʻzi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-
7230) soni

2.

Egger, P., (2002). An Econometric View of the Estimation of Gravity Models
and the Calculation of Trade Potentials. World Economy, 25(2), 297–31

3.

Determinants of FDI inflows: the case of Russian regions. Ekonomika regiona
[Economy of Region], 12(4), 1244–1252.

4.

Ibragimov N.N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE
DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol.
19, No. 1, pp. 18-20).

5.

Ibragimov N.N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).

6.

Ibragimov N.N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55).

7.

Yusupovna Yu.M. Qashqadaryo viloyati iqtisodiy taxlili. ISSN (E): 2181-4570
ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue-
11li.371-374

8.

Muxammadieva Yu. Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S
POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF
SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-243

9.

Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS,
VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS.

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(9), 139-140.

10.

Yusupovna Yu.M.

Qashqadaryo viloyati salohiyatini iqtisodiy tahli

ISSN (E):

2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 2

21

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Issue-11li.371-374

11.

Muxammadiyeva Yu.Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S
POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF
SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-243

12.

Ibragimov, N., Amirov, A., & Abduraxmanov, V. (2022). AXBOROT
TIZIMLARINING TAHDIDGA ZAIFLIGI.

Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar:

Muammolar va yechimlar

,

1

(28), 15-18.

13.

Ibragimov, N. N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE
DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In

Archive of Conferences

(Vol. 19,

No. 1, pp. 18-20).

14.

Ibragimov, N. N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In

Archive of Conferences

(Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).

15.

Ibragimov, N. N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In

Archive of Conferences

(Vol. 20, No. 1, pp. 54-55).

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq soʻzi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni

Egger, P., (2002). An Econometric View of the Estimation of Gravity Models and the Calculation of Trade Potentials. World Economy, 25(2), 297–31

Determinants of FDI inflows: the case of Russian regions. Ekonomika regiona [Economy of Region], 12(4), 1244–1252.

Ibragimov N.N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 19, No. 1, pp. 18-20).

Ibragimov N.N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).

Ibragimov N.N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55).

Yusupovna Yu.M. Qashqadaryo viloyati iqtisodiy taxlili. ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue-11li.371-374

Muxammadieva Yu. Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-243

Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS, VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 139-140.

Yusupovna Yu.M. Qashqadaryo viloyati salohiyatini iqtisodiy tahli ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF(2023)-3,778 Volume-1, Issue-11li.371-374

Muxammadiyeva Yu.Yu. ECONOMIC ANALYSIS OF THE REGION'S POWER TO ATTRACT FOREIGN INVESTMENTS. JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN. 239-243

Ibragimov, N., Amirov, A., & Abduraxmanov, V. (2022). AXBOROT TIZIMLARINING TAHDIDGA ZAIFLIGI. Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar, 1(28), 15-18.

Ibragimov, N. N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 19, No. 1, pp. 18-20).

Ibragimov, N. N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).

Ibragimov, N. N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55).