Authors

  • Mamatova Fazilat Ixtiyorovna
    TerdPI Texnologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi:
  • Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi
    Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.83622

Keywords:

Quroqchilik san’at dekatrofka amaliy san’at an’ana badiiy bezak mag’izli kvadrat quroq

Abstract

Maqolada milliy xalq hunarmandchilik turlaridan quroqchilik san’atining Amaliy ahamiyati haqida fikr yuritiladi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

176

Synapses:

Insights Across the Disciplines

QUROQCHILIK SAN’ATI VA UNING AMALIY AXAMIYATI

Mamatova Fazilat Ixtiyorovna

TerdPI Texnologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi:

Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi

Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: Maqolada milliy xalq hunarmandchilik turlaridan quroqchilik
san’atining Amaliy ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: Quroqchilik, san’at, dekatrofka, amaliy san’at, an’ana, badiiy
bezak,mag’izli kvadrat,quroq

Ключевые слова: засуха, искусство, десятиборье, прикладное искусство,
традиция, художественное оформление, площадь ядра, сухость.
Keywords: Drought, art, decathlon, applied art, tradition, art decoration, core square,
dry.

.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda bo’lgani kabi, xalq
hunarmandchiligining “Quroqchilk” sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi
kunda ota –bobolarimizning, momolarimizning qadimiy odatlari, milliy qadriyatlarini
va kasblarini hunarlarini o’rganish muhim vazifalardan hisoblanadi. O’zbekistonda
“Quroqchilik” san’ati xalq amaliy san’ati turlari ichida alohida o’rin tutadi. Mato
parchalaridan ip va igna mo’jizasidan yaralgan bu quroqchilik san’ati barchani lol
qoldirmay qoymaydi. Quroq – bu matoga bir materialni har xil rangdagi qirqimlarini
yopishtirish yoki tikish orqali badiiy bezak hosil qilinadi.

Quroqchilik u o’ziga xos tayyorlash jarayoniga ega. Quroq tikish jarayoni
o’rganayotgan kishining qobilayatini sabr-toqatini yangilik yaratish sezgisini
rivojlantiradi. Quroqchilik u o’ziga xos tayyorlash jarayoniga ega. Quroq tikish
jarayoni o’rganayotgan kishining qobilayatini sabr-toqatini yangilik yaratish sezgisini
rivojlantiradi. Bu quroqchilik usulida tikilgan buyumlar yuqori didni, go’zallikni,sabr-
toqatlilikni, mehnatsevarlikni talab qiladi. Bizda bu tikish usuli “Quroq” deb ataladi.
Milliy quroqchilik san’ati bu o’lmas san’atlardan biri ya’ni xalq amaliy san’atlaridan
bir hisoblanadi. Quroqchilik san’ati tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu quroqchilik
usullarin ildizlarini sharqdan topish mimkin.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

177

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Masalan Yegiptda ya’ni Kair shahrining chekka qishloqlarida bu usul bilan 3000 yil
avval tikilgan buyumlar topilgan. Quroq tikish usuli bilan yer yuzining ko’pgina
joylarida ham shug’ullanib kelingan. Keyinchalik o’rta ta’minlangan oilalarda uylar
bezatilib va ro’zg’or mahsulotlari tayyorlanib asta-sekin dunyo bo’ylab hamma xalqlar
orasida tarqalib ketgan va amaliy san’atiga aylangan. Bunday bajarilgan ishlar Angliya,
Amerika, Shvetsariya, Germaniya, Shvetsiya va Avstraliya muzeylarida joy topgan.
O’zbekistonning barcha viloyatlarida jumladan Surxondaryo, Qashqadaryo
viloyatlarida xalq amaliy san’atining “Quroqchilik” usuli bilan shug’ullanishadi.
Surxondaryo viloyatida viloyatida xalq hunarmandchiligi hisoblangan quroqchilikning
“kvadrat”, “mag’izli kvadrat”, “olma”, “yulduzcha”, “shaxmati”, “turna” va ularning
xakozo shakllaridan foydalaniladi.

Gazlama qoldiqlarini isrof qilmasdan ko’rpa-ko’rpachalar, yostiqlar,

chimildiqlar, poyandozlar, dasturxonlar, divan-kreslo jihozlari va xakozo. Uy ro’zg’or
buyumlari va xonalarni bezash uchun kerakli bo’lgan buyumlartayyorlanadi.
Quroqchilik buyumlarini tayyorlashdan maqsad unutiladyotgan “Quroqchilik” amaliy
san’atimizni qayta tiklash va istiqomat qiladigan, xordiq chiqaradigan ya’ni yashab
turgan uyimiz shinam, qulay va albatta chiroyli bo’lishi kerak. Bunday sharoitga
erishish uchun qimmat baho matolardan tikilgan uy ro’zg’or buyumlari sotib olish shart
emas, balki ularni o’z qo’limiz bilan yarartishimiz ham mumkin. Bunda uy bekalari
uchun nafaqat yangi gazlamalar, balki avval ishlatilgan yoki gazlama chetlaridan ortib
qolgan mato qoldiqlari kiyishga yaroqsiz bo’lib qolgan buymlardan ajoyib antiqa uy
anjomlari tayyorlashimkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning uchun ulardan sabr-toqat
ishga ijodiy yondoshish va mavjud bo’lgan xomashyodan unumli foydalanish talab
qlinadi. Uy anjomlarini ko’p qismini gazlama qoldiqlaridan tayyorlash mumkin. Quroq
– bu bitta buymdan rang va shakl turiga bo’lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir.
Bu usul bilan yostiq jildlar, divan va stol uchun g’iloflar, gilamchalar, to’shama
shuningdek, kiyimlar uchun bezaklar tayyoralsh mumkin. Quroq usullaridan istalgan
gazlamadan ham yangi yoki avval ishlatilgan gazlamalardan foydalanish nazarda
tutiladi. Yangi gazlamani ishlatishdan abvval dekatrofka (ipak va jun gazlamalarni
kirishmaydigan qilish uchun bug’ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli) bug’lash
lozim. Chunki, bitta buyumlardan tayyorlanganda bir necha xil gazlama ishlatilishi
natijasida buyum yuviladi, so’ng o’z ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Avval
ishlatilgan gazlama bo’laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak. Paxta tolali
gazlama qoldiqlarini ishlatish uchun qulay xisoblanadi. Inson bilan tabiatning uyg’un
munosabatlari to’g’risidagi ana shu g’oyalar Movorounnahrda musulmon uyg’onish


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 4

178

Synapses:

Insights Across the Disciplines

davriga juda katta hissa qo’shgan. Markaziy Osiyodagi sufiylik ta’limotlarida ham
uchrashi tasodifiy emas. Mana shu misol biz uchun chuqur ramziy ma’noga ega.
Hozirgi kunda yoshlarga bilim berish bilan birgalikda, ularni hunarga o’rgatish, milliy
urf-odatlarimizni hurmat qilishga o’rgatish, tarixi, hayotda o’z yo’llarini topib
qiynalmasliklari uchun ham har xil to’garaklar ish olib borilmoqda

Foydalanilgan adabiyotlar

1.K.M. G’ulomov. Amaliy san’at. – Toshkent, 2008.
2.Q.M.Abdullayeva, M.A.Maxsumova, M.H.Rahimjonova. Gazlamaga
badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o’qitish metodikasi. (Kasb-hunar kollejlari
uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent: Voris-Nashriyot, 2012.
3.S.S. Bulatov. O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent, 1991.
4.X.B.Muhammedova. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq
hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikalari.
5.Б.Х.Кармынова. Очерки этнической истории южных районов Тажикистана
и Узбекистана. – Москва, 1976..

References

K.M. G’ulomov. Amaliy san’at. – Toshkent, 2008.

Q.M.Abdullayeva, M.A.Maxsumova, M.H.Rahimjonova. Gazlamaga

badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o’qitish metodikasi. (Kasb-hunar kollejlari

uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent: Voris-Nashriyot, 2012.

S.S. Bulatov. O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent, 1991.

X.B.Muhammedova. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq

hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikalari.

Б.Х.Кармынова. Очерки этнической истории южных районов Тажикистана

и Узбекистана. – Москва, 1976..

Most read articles by the same author(s)