SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
222
Synapses:
Insights Across the Disciplines
SURXON VOHASIDA KASHTACHILIK SA’NATINING TARIXIGA
NAZAR
Mamatova Fazilat Ixtiyorovna
Termiz davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Texnologiya va geografiya kafedrasi o’qituvchisi
Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi
Texnologiya ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqola Surxon vohasida kashtachilik san’ati tarixini, uning
rivojlanish bosqichlarini va milliy hunarmandchilikdagi o‘rnini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida kashtachilik san’atining mahalliy an’analari,
uslublari, rang-tasvir uyg‘unligi hamda ularning madaniy-tarixiy ahamiyati tahlil
qilinadi. Shu bilan birga, Surxon vohasida kashtachilik san’ati rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatgan omillar hamda hunarmandchilikning zamonaviy holati bo‘yicha tavsiyalar
berilgan.
Kalit so’zlar:
kashtachilik, mato, mahsi, naqsh.
Абстрактный
Научная статья посвящена изучению истории искусства вышивки в
Сурханском оазисе, этапам его развития и месту в народном художественном
творчестве. В ходе исследования будут проанализированы местные традиции,
стили, цветовая и образная гармония вышивки, а также их культурно-
историческое значение. В то же время даются рекомендации относительно
факторов, повлиявших на развитие искусства вышивки в Сурханском оазисе и
современное состояние этого ремесла.
Ключевые слова:
вышивка, ткань, махси, узор.
Abstract
This scientific article is devoted to studying the history of embroidery art in the
Surkhan oasis, its stages of development and its place in national crafts. During the
research, local traditions, styles, color-image harmony of embroidery art and their
cultural and historical significance are analyzed. At the same time, recommendations are
given on the factors that influenced the development of embroidery art in the Surkhan
oasis and the modern state of the craft.
Keywords:
embroidery, fabric, mahsi, pattern.
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
223
Synapses:
Insights Across the Disciplines
KIRISH:
О‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan bо‘lib, u
xalqning ijtimoiy turmushini gо‘zal qilish san’ati sifatida nafaqat mamlakatimizda, balki
chet ellarda ham shuhrat qozongan. Surxon vohasida xalq ustalari tomonidan qо‘l
mehnati bilan tikilgan sо‘zana, zardevor, gо‘lkо‘rpa, choyshab kabilar. Bugungi kunda
Germaniya, Fransiya, Belgiya, Yaponiya, AQSH, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy
davlatlarning muzeylari ekspoziyalarida xalqimizning milliy kashtachilik bilan bog‘liq
turli asori-atiqalari saqlanib kelinmoqda. Kashtachilik buyumlari о‘ziga xos gо‘zallik va
nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratlantirishi maqolada о‘z aksini
topgan. Voha kashtachiligi uzoq tarixga ega. Buni arxeologik topilmalar, yozma
manbalar va dala tadqiqotlarida olib borilgan kuzatuv ishlari ilmiy jihatdan isbotlab
bermokda. Ma’lumki, о‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy geografik sharoit va ijtimoiy
muhit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivojlanib kelingan
bо‘lsa-da, ammo hozirgi sharoitda kasanachilik sohasida saqlanib kelinmoqda. Voha
kashtachiligining о‘ziga xosligi shundaki, nafaqat iqlim, tabiiy sharoit, balki urug‘-
qabila urf-odatlari, ananalari bilan ham bir-birini takrorlamasdan shakllanib kelmoqda.
Vohada kashtachilik san’atining eng kadimiy namunasi saklanmagan. О‘rta Osiyoning
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali biz vohada kashtachilik juda kadimdan
rivojlanganligini kо‘rishimiz mumkin. Kamoliddin Behzod chizib qoldirgan bebaho
miniatyura asarlarida ham otabobolarimizda kiyinish madaniyati yuksak bо‘lganini
ifodalab bergan. Xolchayon yodgorligida (Surxondaryo viloyati, Denov tumani)
qadimgi devoriy sur’atlar orqali hatto eramizdan avvalgi III-II asrlarda ham vatanimiz
hududida mahalliy о‘ziga xos liboslar mavjud bо‘lganini kuzatamiz. Qolaversa,
qadimdan О‘zbekiston Buyuk Ipak yо‘li orqali G‘arb va Sharqqa kiyim-kechak, bosh
kiyimlari va oyoq kiyimlari uchun barcha iqlim va о‘lkalarga zarur bо‘lgan paxta, ipak,
qorakо‘l, momiq, oshlangan kо‘n va teri yetishtirib, yetkazib bergani bilan alohida
ajralib turgan. Bu о‘zbek xalqining qadimdan yuksak did bilan kiyinish madaniyatiga
ega xalqlardan biri bо‘lganini isbotlaydi. 1467-yili Kamoliddin Behzod “Zafarnoma”
asari uchun “Temurtaxt” da miniatyurasidagi chodirga ishlangan kashtani о‘ziga xos
ekanligi ham sur’atda aks etgan. XX asrning ikkinchi yarmidan tikish mashinasining
ixtiro etilishi va keng yoyilishi sanoat korxonalarining kashtachillikka ixtisoslashuviga
olib keldi. Tikish mashinasida kashtachilikning kо‘plab ishlab chiqarilishi, ularning sifat
jihatdan badiiyligiga putur yetkazgan. Qо‘l kashtalari unutila boshlangan, lekin ayrim
turlarigina ba’zi xonadonlarda saqlanib qolingan. XIV-XV asrlarga mansub tarixiy
asarlar uchun ishlangan miniatyuralardagi personajlarning kiyimlari kashta gullari bilan
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
224
Synapses:
Insights Across the Disciplines
bezatilgani aniq aks etib turibdi. Shuningdek, Amir Temur saroyida bо‘lgan Ispan
elchi Rui Gonsales de Klavixoning bergan malumotlari orkali xam usha davr
kashtachiligi xakida kimmatli ma’lumotga ega bulish munkin. Kashta (forscha: –
chizilgan, tortilgan) – amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turi; igna bilan tikib
tushirilgan gul, tasvir, naqsh. Kashta qoʻlda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz bilan)
yoki mashinada, asosan, mato (boʻz, chit, satin, shoyi, baxmal, movut va boshqalar) va
charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabduklari va boshqalar) ga tikiladi. Kashta
mujassamotida oʻsimliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va
hayvonlarning uslublashtirilgan tasvirlari, baytlar, hamda kishilarning qiyofalari,
meʼmoriy obidalarning ifodalari ham tasvirlanadi[2]. Kashta – bezak turi: qо‘lda yoki
mashinada belbog‘, dо‘ppi, gulkо‘rpa, zardevor, palak, sо‘zana, kо‘ylak, shuningdek
kamar, mahsi va belbog‘cha tikiladi. Kashta tikuvchi hunarmand – kashtachi yoki
kashtadо‘z deb atalgan. Kashtachilik – kashta tikish kasbi. Amaliy bezak san’atining
keng tarqalgan qadimiy turi hisoblanadi. Kashta tikish san’ati kо‘p asrlik tarixga egadir.
Arxeologlarning ma’lumotlariga qaraganda, IX-XII-asrlarga oid topilmalarida qadimgi
Kiyev Rusi davlatida kashta bо‘lganligidan dalolat beradi. Bu topilmalar bezak gullari
xamda zar iplardan tikilgan kiyim parchalari muzeylarda saqlanib kelinmoqda. Ilk о‘rta
asrlarda uy-rо‘g‘gor buyumlarini va boy, zodagon kishilarning kiyimlarini zar tikib
bezashgan. Kashta tikish san’ati an’analari muntazam rivojlana borgan. XIV-XVII
asrlarda kiyimlarni, kundalik buyumlarni bezashda kashtachilik yanada keng
qо‘llaniladigan bо‘lib qoldi. Zar va kumush iplarni dur va chaqmoq toshlari bilan
qо‘shib cherkov liboslariga, podsho va boylarning qimmatbaho shoyi va baxmal
kiyimlariga kashta tikar edilar. Rangli ipak va zar iplar bilan tо‘y sochiqlari,
erkaklarning zig‘ir toladan tikiladigan yupqa bayram kо‘ylaklarini, rо‘mollarini
bezashadi. Kashta tikish, asosan boy xonadon a’zolarining kiyimlariga bezak sifatida
tikilgan. Kashta tikish san’ati vohada asosan har-bir urug‘ qabilaning о‘z uslubi asosida
shakllanib borgan. Agar tadqiqotda hududlar kesimida solishtirma nazar qaratsak. Har
bir viloyat kashtalari bir-biridan buyum turlari, rangi, naqshi, choki (texnika uslubi),
о‘lchami bilan farqlanadi. Nurota, Samarqand, Toshkentda bosma chok; Shahrisabz va
Kitobda kandahayol va iroqi, Buxoroda yо‘rma choklar keng qо‘llaniladi[3]. Lekin ba’zi
buyumlarning о‘xshash tomonlari ham uchrab turadi. Sо‘zana, zardevor, joynamoz,
choyshab, belboq kabi kashta buyumlari deyarli barcha viloyatlarda tikiladi. Oyna xalta,
choy xalta, tuz xalta buyumlarini biz faqat Surxondaryo viloyatida kuzatamiz.
Joynamozlarning tikilishi, asosan, bir xil, tarhi shoyi, satin matolardan, faqat naqshi
(ularning nomlanishi), hajmi va ranglarida farqlanishi mumkin. Bо‘zga tikilgan
joynamozlarni Qashqadaryo viloyatida uchratish mumkin. Ba’zi joynamozlar choyshab
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
225
Synapses:
Insights Across the Disciplines
singari sernaqsh qilib tikilgan. XVIII asrdan boshlab, kashtachilik aholining
barcha ijtimoiy qatlamlari hayotiga kirib borgan, ya’ni dexqon qizlarining ham asosiy
ishlaridan bо‘lib qolgan. Uy-rо‘zg‘or buyumlaridan sochiqlar, dasturxonlar, bayram va
kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa shu turdagi kashtalar bilan
bezatilgan. Odatda, bu buyumlar oddiy, arzon materiallardan yuksak badiiy maxorat
bilan tikilgan. Kashta tikish usullari gullari, ranglarining mujassamlanganligi avloddan-
avlodga о‘tib takomillashib borgan. Bir necha asrlar davomida eng yaxshi kashtalar
tanlanib, milliy xususiyatlari bilan xarakterli, betakror kashta namunalari yaratilgan.
Xalq ustalarining yuqori kasbiy mahorati bilan tikilgan kashtalari, bezak buyumlarining
gullari, ranglarning bir-biriga mosligi, mutanosibligi, bejirim usullarining aniqligi bilan
ajralib turgan. Kashta tikilgan har qanday buyum, ma’lum bir azaliy vazifani bajarishiga
tо‘g‘ri kelgan.Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining kо‘plab namunalari
tо‘plangan. XIX asr kashtalari yaxshi saqlanib, shu kungacha yetib keldi. Kashtalar
dexqoncha va shaharcha turlarga ajratiladi. Shahar kashtalari kо‘proq G‘arb davlatlari
uslubi ta’sirida bо‘lganiligi uchun turli xalqlarning kashtachilik uslublari о‘zaro
uyg‘unlashgan yoki turli kashtachilik uslublariga bо‘lingan. Masalan, Rossiya davlatida
xalq kashtachiligi rus dehqonlarining qadimiy urf-odatlariga va marosimlariga bog‘liq
bо‘lgan. Kashta – bezak san’ati turi. Turli rangdagi ip igna, ilmoqli bigiz bilan turli
matolar – trikotaj, charm, kigiz, kartonga qо‘lda yoki mashinada gul – naqsh tasvir
tikiladi. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda rо‘zg‘or bezak buyumlari
tayyorlashda qadimdan qо‘llanilgan. Kashta, ipak, paxta, jun, zig‘ir, sun’iy tolalardan
tayorlangan iplar, shoyi, zar, sim, charmdan ensiz qilib tayyorlangan tasmalarni tikib,
munchok, marjon, metall pulyacha (zanglamaydigan metallardan о‘rtasi teshib
ishlangan doira plastinkachalar), nodir va qimmatbaho toshlar, shishalardan ishlangan
munchoqlar.Har bir xalqning kashtadо‘zligida qadimdan rivojlanib kelinayotgan о‘z
an’analari, badiiy uslublari mavjud. Bezak buyumlari (palak, sо‘zana, zardevor va shu
kabilar), kiyimlar, kichik buyumlar (dastrо‘mol, hamyon kabilar) ning о‘zlariga
munosib kashta gullari va shu kashtalarning tikilishi, usul va uslublari mavjud[4].
О‘zbek kashtadо‘zligi kabi voha kashtadо‘zligi ham asrlar mobaynida boyigan, rivoj
topgan. Voha kashtachilik namunalarida fors-tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, afg‘on,
hind, xitoy, rus kashtadо‘zlarining kashta usul va uslublari uchraydi. Voha kashtalarida
geometrik shakllar, о‘simliksimon naqsh gullari bilan birgalikda ma’lum bir oila, urug‘-
qabila va ulusning ramzi va choravachilik bilan shug‘ullanadigan kо‘chmanchi aholida
hayvonot olami tasvirlari ham ramziy ma’noda о‘rin olganligi kо‘p kо‘zga tashlanadi.
Ma’lumki qozoq, qirg‘iz naqshlarida mollarning shoxini eslatadigan elementlar, rus
kashtalarida geometrik shakllar, о‘simliksimon gullar bilan bir qatorda qushlar,
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
226
Synapses:
Insights Across the Disciplines
mevalarning tasvirlari kо‘zga tashlanganidek. О‘zbekcha kashtachiligining iroqi
usubiga yaqin bulgan krest hosil kiladigan kashta xili keng tarkalgan. О‘rta Osiyoda
kashtachilikning bezak buyumlarining tarqalishi, bu har bir oilada ayollarning kashta
tikishni bilishi kerak bо‘lgan. Shuning uchun ham har bir oila о‘zi uchun kirpech,
sо‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshkalarni tayyorlagan. Bezak
buyumlarining turi kо‘payib borgan sari, kundalik va ijtimoiy hayotda ishlatiladigan
buyumlarning turlari ham oshib borgan. Masalan, sо‘zana, palak, choyshab, oyxalta,
choy xalta, zardevor, palak, gul-kо‘rpa dorpech, bо‘g‘joma, parda, belbog‘, taqyapо‘sh
(yostiq ustiga yopiladigan), dо‘ppi, kо‘ylak, dastrо‘mol, hamyon, joynamoz, nimcha,
mahsi-kavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. О‘tmishda bu kashtalar
oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bо‘lgan.
Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chikamiz. Dо‘ppi –
О‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Dо‘ppi kiyish dastlab, Eronda va
turkiy xalqlar о‘rtasida rasm bо‘lgan. Asrlar davomida dо‘ppining turli xillari paydo
bо‘lgan. Baxmal, satin, sidirg‘a shoyiga ip, ipak va zar bilan dо‘ppi gullari tikilgan.
О‘zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz dо‘ppilari
mashhur bо‘lib, ular о‘ziga xosdir. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida dо‘ppi
tikilgan. Uning Iroki, Chust dо‘ppi, gilam dо‘ppi, chakma tur, qizil gul, piltadо‘zi,
zardо‘ppi, tо‘ldirma deb nomlanadigan milliy dо‘ppilar bor. Har bir dо‘ppi yaratilish
uslubiga ega bо‘lib, ular bir-biridan farq qilgan. Boysunda asosan – sharsimon dо‘ppi,
uni asosan keksalar kiyishgan, ushbu dо‘ppilar gullari va tikilish uslublariga qarab
ayollar, qizlar va yigitlarni dо‘ppi turlariga bо‘lingan. Toshkentda sharsimon dо‘ppilar
kanda xayol, bosma, chakmator, iroqi chok usullarida tikiladi. Tus dо‘ppi – keng
tarqalgan yassi yuzali dо‘ppi. Kо‘pincha tus dо‘ppi chust dо‘ppi deb yuritiladi. Tus
dо‘ppilarning birgina klassik variantining о‘zida sakkizta chok uslubi qо‘llaniladi.
Masalan, zanjir, tо‘g‘ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, oba, pildiroq. Chust
dо‘ppisining tepasi kvadrat shaklida bо‘rtib chiqib, yarim shar kо‘rinishida bо‘ladi.
Toshkent dо‘ppisi sidirg‘a baxmaldan (gulsiz) tikilgan. Buxoro dо‘ppilari sidirg‘a yoki
gulli baxmaldan jiyakli qilib tikilgan, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yо‘rma
usulida tikilgan bо‘ladi[5]. Joynamoz – yerga solib ustida namoz о‘qiydigan tо‘shama.
Joynamoz har xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan
bо‘ladi. Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli о‘lchamda bо‘ladi.
Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatiladi. Zardevor – uy jihozi, u sidirga
shoyi baxmal, satinga kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor yangi tushgan
kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qо‘yiladi. U zar ip yoki ipak gajimli bо‘lib,
eni 40 - 70 smga mо‘ljallangan va uyning devoriga moslab tikiladi. Palak - devorlarga
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
227
Synapses:
Insights Across the Disciplines
ilinib, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va tulin oy aks
ettirilgan. Uni qadimda oq yoki malla bо‘zga kashta tikib tayyorlashgan. U sо‘zanadan
gullarining yirikligi, zaminga ham kashta koplanishi bilan fark kilgan. Palakni о‘rtasida
yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalangan va atrofiga juda chiroyli qilib
о‘simliksimon naqshlar tikilgan. Naqshlar ichida kо‘pincha bodom, qalampir
elementlari qо‘llanilgan. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun
oyni soniga karab, olti oyli palak, о‘n ikki oyli palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli
palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan.
Mashhur kashtadо‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, о‘z mahoratlarini
namoyish etganlar. Agar oyni ichida sidirg‘a rangda ifodalangan bо‘lsa, uni, oypalak,
agar naqshli bо‘lsa gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda
palakni qо‘l mehnati kо‘p bо‘lgani uchun sо‘zana deyila boshlangan. Lekin, hozirgi
kunda palakni qо‘lda tikishga katta ahamiyat berilmoqda. Kirpech - tokchaga taxlab
qо‘yilgan kiyimkechak ustidan yoki devorning bо‘sh joylariga ilib, uyni bezatib turish
uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qо‘lda yoki mashinada tikilgan.
Kirpech qо‘lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni
bezab turadi. Odatda, palakka о‘xshatib tikilgani kirpechpalak deb yuritilgan. Bu turi
ham keng ishlatilgan. Sо‘zana (fors. – igna bilan tikilgan) – mashina yoki qо‘lda matoga
kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, baxmal kabi sidirg‘a
matolarga turli choklar (bosma, yо‘rma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida
mato rangi Sо‘zana rang-baranglik hosil qilishda muhim rol о‘ynashi bilan palaksan farq
qiladi. Naqsh majmuasining markaziy maydoni (aylana gul va b.) va hoshiya
(takrorlanuvchi 1-2 naqsh bо‘lagi)dan tuzilgan tо‘rtburchak, murabba shaklga ega
bо‘lib, asosan, о‘simliksimon (ba’zan tasvirli, syujetli) naqsh gullardan iborat. Naqsh
majmuasining asosiy chiziklari taxta yordamida matoga tushiriladi. Sо‘zananing
badiiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa,
zardо‘zlikdz. tayyorlanadigan Sо‘zanalar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. Sо‘zana
odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning
о‘rni ustiga yopiladi) [6]. Suzana (XIX-asr oxiri, Shaxrisabz). О‘zbekiston va Tojikiston
hududida qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabz va
Boysun va boshqa hududlarda о‘ziga xos tarzda tayyorlangan Sо‘zanalar kashtasi,
naqshi, rangi jihatdan xilmaxil bо‘lib, ulardan namunalar respublika va xorijiy
mamlakatlar muzeylarida, xususiy tо‘plamlarda saqlanadi. XX asrning 20-30-yillarida
Sо‘zananing asosiy mujassamoti shakllandi (hoshiya ingichkalashdi, gullar yetakchi
о‘rinni egalladi) ,40-yillardan mashina kashtadо‘zligining rivojlanishi bilan Sо‘zana
kashtalari mashinada ham tikila boshlandi, mavzuli, tasvirli Sо‘zana mujassamotlari
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
228
Synapses:
Insights Across the Disciplines
yuzaga keldi. XX asr oxiriga kelib О‘zbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin
amaliy bezak sanʼatining barcha sohalarida bо‘lganidek, kashtadо‘zlik (jumladan, uning
Sо‘zana turi) ham jadal rivojlandi, Sо‘zana uchun mato va kashtalar uchun iplar
tayyorlash keng yо‘lga qо‘yildi. Bunda Buxoro (3. Aʼloberdiyeva, 3. Obloqulova va b.),
Surxondaryo (A. Xolyorova va b.), Samarqand (S. Rahmatullayeva, M. Haydarova va
b.), Toshkent (I.Davlatov, Z.Fayzullayeva va b.), Qashqadaryo (3. Hamidova va b.) kabi
Sо‘zana tayyorlash markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamotli, nafis
koloritli, serjilo, rangbarang Sо‘zanalar yaratilmoqda, ular xalqaro kо‘rgazmalar
(AQSh, Fransiya, Italiya va b.)da namoyish etiladi, muzey va xususiy tо‘plamlarda
saqlanadi. Sо‘zana – igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi. Sо‘zana matoga kashta
tikib tayyorlangan badiiy buyum bо‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qо‘yiladi.
U satin, baxmal, shoyi va boshka matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U о‘ziga xos
badiiy kо‘rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida
foydalanadilar. Shuning uchun u palakdan fark kiladi. Suzana xar bir xonadonda bulgan,
chunki har bir qiz turmushga chikishidan oldin о‘zi uchun sо‘zana tayyorlagan. Sо‘zana
kelinlarning sepi hisoblangan. Kambag‘al oilada sо‘zanani malla, ok bо‘zdan,
badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan. Sо‘zana uchun kompozitsion
joylashgan о‘simliksimon naqshlardan foydalanilgan. Sо‘zana о‘rtasida kо‘pincha
doirasimon gul tikilib, atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. Sо‘zana tikish juda
qadimdan rivojlangan, lekin XIX asrgacha bо‘lgan suzanalar saqlanmagan. Faqat XIX
asrga oid Samarqand, Buxoro, Nurota, Farg‘ona, О‘ratepa, Shahrisabz, Toshkent va
boshqa joylardagi sо‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa,
О‘zbekiston hududida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda sо‘zana mashinada
tikilib kelinmokda. Choyshab - forschatojikcha ruyjotun chodiri degan ma’noni
bildiradi. Choyshab, asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun tо‘shak ustidan
tо‘shaladi. Tо‘shak ustidan yopiladigan choyshab ham kashtali oq surp, taxmonga
tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaktda choyshabdan
sо‘zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmoqda. Kashta turli rangdagi
ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishgan.
Kashta har xil kiyimlarga, rо‘zg‘or buyumlarga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz,
charm, karton, zig‘ir, jun, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan
tasmalar, munchoq, marjon, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan
tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda о‘ziga xos
ish qurollari mavjud bо‘lib, ular о‘ziga xos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar,
ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, tо‘g‘nag‘ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar
ishlatiladi. Chambarak asosan yog‘ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, tо‘g‘ri
SYNAPSES:
Insights Across the Disciplines
ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024
229
Synapses:
Insights Across the Disciplines
tо‘rtburchak shaklida bо‘ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi,
chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna
kashta tikiladigan matolar kalinligiga mos qilib tanlanadi[7]. Kashtachilikda yogoch
dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatilgan. Ayrim materiallarga,
masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi.
Naqshlar uchun о‘tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay
bо‘lishi uchun katim 50-60 sm dan uzun bо‘lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa
angishvona kо‘llanilmaydi. Naqsh nusxasi turli materiallarga har xil yullar bilan
tushiriladi. Masalan, nusxa kо‘chiriladigan qog‘ozlar taxta, yorug‘lik yordamida
material ustidan buklab chiqiladi, keyin bu qog‘ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar
rangini moslab tanlash kashtadо‘zdan katta mahorat hamda did talab qilgan. Tо‘g‘ri
tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bо‘lgan. Qо‘lda kashta tikishning
ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqon hamda о‘rim iplarini sanab kashta tikish,
ikkinchisi, matoga gul tasvirini chizib, erkin kashta tikish. Arqon о‘rim iplari
kesishtirilib, polotno yoki bо‘z shaklida tо‘qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi
kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi О‘zbekistonda
keng tarqalgan. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida
tikiladi. О‘zbek kashtachiligida yо‘rma, ilma, iroqi, bosma, xomduzi, chamak, chipta
xayol, bahya choklar keng tarkalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar
ishlatiladi. Chunonchi, Shahrisabzda yо‘rma, qandaxayol, iroqi, Toshkentda kо‘proq
bosma choki, Buxoro, Nurota, Samarqandda yо‘rma choki bilan tikiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Rui Gonsales de Klavixo. Samarkandga – Amir Temur saroyiga sayohat
kundaligi (1403-1406 yillar) T: 2010. B. 199.
2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. B.263.
3. Чепелеветская Г.Л. Сузани Узбекистана. T.: 1961. C.25.
4. Dala yozuvlari Boysun tumani. Qizilnavr mfy.(2021-2022 y.y.).
5. Dala yozuvlari Boysun shah.Tuzbozor mfy.Istiqlol ko‘chasi (2022- yil.)
6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. -B.263.
7. Dala yozuvlari, Muzrabot t. Do‘stlik, Navro‘z maрallari va Xushman qishlog‘i
(2021- 2022-y.y.).
8. Dala yozuvlari, Jarqo‘rg‘on t.Qoraqurm mahallasi va Hurnamandlari
uyushmasi (2022- 2023 y.y.)
