SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
50
BASKETBOLCHILARNI MA'NAVIY - IRODAVIY VA PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGI
Komilaxon Turdixoʻjayeva Toʻlqinboy qizi
Nukus shahar 44-umumta’lim maktabi Jismoniy
tarbiya fani oʻqituvchisi
E-mile: xoshimovakomila9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16941929
Annotaciya:
Ushbu tezis sportchilarda irodaviy xislatlarni shakllantirish
jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarni yoritadi. Sportchining
intizomlilik, qat’iyat, sabot, o‘z kuchiga ishonch kabi xislatlarini rivojlantirishda
murabbiyning shaxsiy ibrati, mashg‘ulotlarda yaratiladigan murakkab
sharoitlar, rag‘batlantirish va intizom choralarining o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, psixologik tayyorgarlikning uzluksizligi va sportchini musobaqaga
ma’naviy-irodaviy jihatdan tayyorlashning ahamiyati tahlil qilinadi. Natijada,
sportchida mustaqillik, ruhiy barqarorlik va g‘alabaga intiluvchanlikni
shakllantirish jarayoni samarali tashkil etilishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Annotation:
This thesis highlights the effective methods and means of
developing volitional qualities in athletes. It emphasizes the role of the coach’s
personal example, the creation of challenging training conditions, and the use of
encouragement and disciplinary measures in fostering discipline, perseverance,
determination, and self-confidence. In addition, the importance of continuous
psychological preparation and moral-volitional readiness for competitions is
analyzed. As a result, the thesis underlines that forming independence, mental
stability, and a strong aspiration for victory are key outcomes of a well-
organized educational and training process.
Kalit soʻzlar:
Uqtirish, irodaviy xislatlar, psixologik tayyorgarlik,
intiluvchanlik, taktikaviy tayyorgarlik, onglilik, intizomlilik, pedagogik jarayon.
Keywords:
Persuasion, volitional qualities, psychological preparation,
aspiration, tactical training, consciousness, discipline, pedagogical process.
Sportchida irodaviy xislatlarni tarbiyalashda usullar va vositalar katta
ahamiyatga ega. Asosiy tarbiyaviy usul tushuntirish, ishontirish usulidir.
Ishontirish (uqtirish) suhbat, izohlash, nasihat berish tarzida amalga
oshiriladi. Uqtirish qoida yoki belgilangan tartibni buzgan sportchini ko'ndirish
yoki yalinib rozi qilish darajasiga borib etmasligi kerak. Bu erda qat'iy talab
o'rinli bo'ladi. Nafaqat so'z bilan, balki yaqqol namuna yordamida ham
ishontirish mumkin.
Irodaviy xislatlarni tarbiyalashda o'rnak muhim ahamiyat kasb etadi.
Murabbiyning shaxsiy ibrati sportchini tarbiyalashdagi muhim usul hisoblanadi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
51
Murabbiy o'z o'quvchilari bilan muloqotning dastlabki va oxirgi daqiqalarigacha
ularga ta'sir o'tkazadi. Murabbiyning fikrlari, harakatlari, butun faoliyati va
hayoti sportchilar ongida o'chmas taassurot qoldiradi. Tarbiyaviy jarayonda
ko'proq ijobiy ibrat namunalarini qo'llash lozim, biroq nojoiz hulq-atvor
holatlarini ham e'tiborsiz qoldirish kerak emas. Shu bois, murabbiy darhol
o'quvchilar bilan mazkur holatni tahlil qilishi lozim. Yetuk sportchilar ahloq
borasida yosh sportchilar uchun ibrat bo'lishi kerak, chunki yoshlar o'zi
yoqtirgan sportchilarga taqlid qilishga o'rganishadi.
Sportchini tayyorlashda mashq qilish jarayoni va musobaqa vaziyatlarini
sportchi tomonidan mustaqil tarzda hal etilishi asosiy o'rinlardan birini
egallashi lozim. O'quvchilaridan aynan o'zining ko'rsatmalariga rioya qilishni
talab etuvchi murabbiylar xato qilishadi, chunki bu hol jamoa o'yinchilarini
mustaqil tarzda harakatlanishga, o'z kuchiga ishonishiga halaqit beradi va past
natijalarga olib keladi.
Sportchi jang maydonida mustaqil tarzda va ishonch bilan qaror qabul qila
olishi kerak. Mustaqil harakatlana olish bosqichi mashq qilish mashg'ulotlarida,
uyda bajariladigan qo'shimcha mashqlar yordamida shakllanadi. Tarbiyaviy
jarayonda majburlash usuli ham qo'llaniladi.
Sportchiga turli choralar yordamida ta'sir etish mumkin. (murabbiy
tanbehidan boshlab mashg'ulotlardan chetlashtirishgacha). Terma jamoa
tarkibidan chiqarish va musobaqada ishtirok etishdan chetlanish-sportchi uchun
jiddiy jazo hisoblanadi. Albatta, bunday choralar sportchi jiddiy xatolarga yo'l
qo'ygandagina qo'llanishi lozim. Rag'batlantirish ham tarbiyaviy usul
hisoblanadi. Agar o'quvchi maqtovga loyiq bo'lsa, uni rag'batlantirish, maqtash
kerak. Bu ayniqsa, yosh sportchilar uchun muhimdir; biroq me'yordan ortiq
maqtovlarga yo'l quymaslik kerak, chunki bu hol sportchi tomonidan man-
manlikka olib kelishi mumkin.
Har bir tarbiyaviy usul takror tarzda qo'llaniladi. Faqat takroriy ta'sirot
ko'nikma, odatni shakllanishiga; ahloqiy-irodaviy xislatlarni tarbiyalashga
yordam beradi.
Barkamol
navqiron
insonni
tarbiyalash,
uning
dunyoqarashini
shakllantirish -sport o'yinlaridagi, xususan, basketboldagi o'quv-mashq qilish
jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi. U ma'naviy-irodaviy va psixologik
tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi va quyidagi vazifalardan iborat
bo'ladi:
1. Shaxsni shakllantirish.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
52
2. Kuchli iroda va intiluvchanlikka asoslangan sportchi xarakterini
tarbiyalash.
3. Texnik-taktikaviy faoliyat negizini tashkil etuvchi va uning bellashuv
jarayonidagi samaradorligini ta'minlovchi maxsus texnik xislatlarni
rivojlantirish.
4. His-tuyg'ularni nazorat qilish va hulq-atvor harakatlarini mustaqil
ravishda boshqarish qobiliyatlarini tarbiyalash.
Psixologik (ruhiy) tayyorgarlik o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Eng avvalo,
bu uzluksizlik va turg'unlikdir. Sportchi bilan murabbiy o'rtasidagi har bir
muloqot tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Yana bir xususiyati, ruhiy tayyorgarlik
deyarli maxsus vositalarga ega emas va bevosita jismoniy mashqlar jarayonida
amalga oshiriladi. Bu esa maxsus bilim va qobiliyatlarni talab etadi. Har bir
murabbiy ularni mukammal darajada bilishi lozim.
Irodaviy tayyorgarlik sportda g'alabaga erishishning muhim va asosiy
shartlaridan biri hisoblanadi. G'oyaviy va ahloqiy kuchlar sportchini g'alaba sari
intiluvchanligini ta'minlaydi, ularni sabotli bo'lishiga yordam beradi.
Irodani tarbiyalashda har bir sportchini individual xususiyatlarini hisobga
olish kerak.
Iroda kuchi bir qator irodaviy xislatlar: intizomlik, sabot va qat'iylik; jasorat
va jur'at, matonat va dadillik bilan tavsiflanadi.
Intizomlilikni tarbiyalash mashg'ulotning dastlabki daqiqasidan boshlanishi
kerak. Murabbiyni aniq jamoasi; mashg'ulotlarni uz vaqtida boshlanishi,
qatnovlar jarayonida muntazam belgilash-guruh intizomi asoslaridir. Bunda
gigienik targ'ibot chora-tadbirlari, jumladan chekmaslik va alkogol ichimliklarini
iste'mol qilmaslik ham ijobiy natijalarga olib keladi.
Sabot va qat'iylikni tarbiyalash sportchini tayyorlashdagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Yosh sportchilar sport seksiyasiga turli qiziqishlar
ishtiyoqida kelishadi: tez yugurishni; yana biri jismonan barkamol bo'lishni
istaydi. Murabbiy yosh sportchini maqsadini bilishi kerak. Sabot va qat'iylikni
tarbiyalashda nafaqat maqsad sari intilish, balki unga erishishga ishonish ham
lozim.
Qat'iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun jismoniy mashqlarni
o'tkazishning bellashuv usulini keng ko'lamda qo'llash lozim;
Sabot, qat'iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash, qiyinchiliklarni engish
uchun sportchi mustahkam irodaga ega bo'lishi, mushkul sharoitlarda
o'tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish uchun qiyin sharoitlarda
mashq qilishi kerak.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
53
Bundan tashqari, ichki qiyinchiliklar ham mavjuddir. Kuchli mushaklar va
baquvvat tanaga ega bo'lishni o'zi kifoya qilmaydi. Yuzaga kelayotgan toliqishga
qaramay, mashqlarni davom ettirish uchun metin iroda bo'lishi kerak. Bu esa o'z
kuchiga ishonch hissini rivojlantirishga yordam beradi.
O'z kuchiga oshonch sportchiga musobaqada yuksak natijalarga erishishga,
raqib ustidan g'alaba qozonishga yordam beradi. Bunga erishish uchun shunday
metin irodani tarbiyalash zarurki, toki hech bir kuchli raqib ham, o'yingohdagi
yuz minglab tomoshabinlar ham, qo'rquv hissi yoki yomon ob-havo sharoiti
yohud boshqa sabablar ham uni enga olishmasin.
Qo'rquv hissi va qat'iyatsizlik sportchi erishadigan natijalarga salbiy ta'sir
etadi. Shu bois sportchilarni bo'lajak musobaqaga ma'naviy jihatdan tayyorlash
yuqorida ko'rsatilgan xislatlarni oldini oluvchi muhim vosita hisoblanadi.
Sportchi o'z raqibi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi hamda uni ismi-sharifi,
fotosuratlar, kinogrammalar bo'yicha tanishi kerak. Qat'iyat, o'z kuchiga ishonch
hissini tarbiyalash uchun sportchi musobaqa sharoitida yaqinlashtirilgan
sharoitda mashq qilishi lozim.
Mashq qilish mashg'ulotlarida musobaqadagidan yanada mushkulroq
bo'lgan sharoitni yaratishdan qo'rqmaslik kerak. Misol tariqasida, basketbol
bo'yicha sobiq ittifoq terma jamoasini keltirish mumkin. Bu haqda terma jamoa
murabbiysi A.Ya.Gomelskiy shunday deydi: "Aynan basketbol mashqlarini
bajarishda biz doimo irodaviy tayyorgarlik muammosini hal etamiz. Bizning
uslubiyatimiz mohiyati shundaki, mashg'ulot yuklamalari musobaqa
yuklamalaridan mushkullik jihatidan ustun turadi, ish hajmi kamaymagan holda
uning jadalligi oshirib boriladi. Mazkur uslubiyat sportchilarda qiyinchiliklarni
engish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Tayyorlov mashqlarida kutilmagan qiyinchiliklarni yuzaga keltirish usuli
o'yinchilarda qo'shimcha irodaviy hislatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam
beradi. Masalan, o'yinchiga o'yingoh yo'lakchasi bo'ylab, juftliklarda o'zaro to'p
uzatgan holda 1500m.ga yugurish vazifasi beriladi. Distansiyani tugatgach,
o'yinchilar hordiq chiqarish uchun odatdagi tanaffusga shaylanadilar.
Lekin shu damda, murabbiy yana bir bor aylana bo'ylab yugurishga jamoa
beradi. Yoki masalan, sport zalida o'yinchilar 5-6 daqiqa ichida tez yorib o'tish
mashqlarini yuqori jadallikda bajarishar ekan, navbatdagi tanaffusni kutishadi.
Biroq hordiq chiqarish o'rniga, ularga yangi topshiriq beriladi-shartli raqib
qarshiligida to'p bilan qalqon ostiga o'tish.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
54
Albatta, bunday mashqlar sportchi imkoniyatlariga muvofiq tarzda
tanlanishi kerak; aks holda qo'shimcha kutilmagan qiyinchiliklar salbiy
natijalarga olib keladi.
Shuningdek, raqib halqasiga birinchi bo'lib to'p otgan jamoa g'alaba
qozonadigan tayyorgarligi o'yinlarini ham o'tkazishi mumkin. Quyidagi mashq
ijobiy samara beradi: jamoa 3-4 ta o'yinchidan iborat bo'lgan 3ta guruhga
bo'linadi. Ular o'rtasida davomiyligi 5-10 m o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi.
Birinchi uchrashuvda g'alabaga erishgan jamoa o'yinni 3-jamoa bilan davom
ettiradi va h.k. Galaba qozongan jamoa maydonchada o'yinni davom ettiradi.
Jamoa ichida bo'lajak musobaqalar formulasi bo'yicha musobaqalarni tez-tez
o'tkazib turish kerak.
Masalan, jarima to'pini otish bo'yicha musobaqa o'tkazish tavsiya etiladi.
Mazkur bellashuvning asosiy qoidasi dastlabki muvaffaqiyatsiz to'p otishdan
so'ng o'yinchi musobaqani davom ettirishdan chetlashtiriladi. Bunday musobaqa
basketbolchining texnikaviy xislatlarini rivojlantirib, o'yinda qo'pollikka yo'l
qo'yilishiga qarshi tarbiyaviy vosita vazifasini o'taydi. Jarima to'pini otish o'yin
natijalarida ahamiyatli o'rin egallagani bois, shu ko'nikmasini takomillashtirish
lozim.
Ko'p hollarda, basketbolda o'yin natijasini bitta ochko hal qiladi. Bu ochko
jarima to'pini otish orqali qo'lga kiritilishi mumkin va o'yinchidan kuchli ruhiy
urinishni talab etadi.
Musobaqa vaqtida jarima to'pini otish natijalari quyidagilarga bog'liq:
1. Jarima to'pini otish muvaffaqiyatli bajarilishida basketbolchini jismoniy
tayyorgarlik holati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jismonan tayyor sportchi
keng yo'nalishdagi texnikaviy imkoniyatlarga ega bo'ladi.
2. Jarima to'pini yengishda musobaqalar miqyosi, ahamiyati, ularni
o'tkazish tizimi katta rol o'ynaydi. Musobaqa miqyosi qanchalik to'g'ri bo'lsa, va
jamoa oldida turgan vazifalar qanchalik salmoqli bo'lsa, jamoa a'zolarining
javobgarlik hissi va psixologik zo'riqishi shunchalik katta bo'ladi.
O'yinchilarning emostional holati (ayniqsa, ularning sport tajribasi kichik
bo'lganda) jarima to'pini otish natijalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
3. O'yin natijalari ham jarima to'pini otishga ma'lum darajada ta'sir etadi.
Agar o'yin boshidan boshlab, jamoa raqib ustidan ustun kelsa, o'yin sur'atini
susaytirmasa jamoa to'pini otish engillashadi.
4. Jarima to'pini otish o'yin boshlanishida yoki oxirida bajarilishi ham
muhim ahamiyatga ega. O'yin boshlanishida ham jarima to'pini otish sabablari
quyidagicha:
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
55
a) o'yindan oldingi badan qizdirish vaqtida jarima to'pini otishga kam
e'tibor beriladi.
b) ko'pchilik o'yinchilarning start oldi holati ularning harakatlariga ayniqsa,
o'yin boshlanishida salbiy ta'sir etadi;
- alohida hollarda, jarima to'pini muvaffaqqiyatli otish o'yinchilarning
o'zaro va murabbiy bilan bo'lgan muloqotiga bog'liq bo'ladi.
- raqibning tayyorgarlik darajasi ham jarima to'pini otishiga ta'sir etadi.
- jarima to'pini otishda mazkur jamoa bilan o'tkazilgan oldingi uchrashuv
natijasi ham tasir ko'rsatadi.
- tomoshabinlarning o'yinga munosabati (shovqin, hayqiriqlar va h.k.) ham
jarima to'pini otayotgan basketbolchiga kuchli ta'sir etadi.
- musobaqani o'tkazilish jarayoni joyi (zalda, ochiq havoda) maydondagi
to'p, halqalar, to'r, qalqon sifati jarima to'pini otishda salmoqli ahamiyat kasb
etadi.
- jarima to'pini otish natijalari oldingi musobaqa natijalari va o'yindagi
psixologik tayyorgarlik saviyasini to'g'ri tahlil etishga ham bog'liqdir.
Jarima to'pini otish borasidagi sust harakatlar o'yinchining mahoratsizligi
bilan tushuntiriladi. Bu muammoni hal etishda asosiy vosita-mashq qilish
hisoblanadi. Sportchini o'z kuchiga bo'lgan ishonch hissi katta ahamiyatga ega.
Biroq haddan tashqari o'z kuchiga ishonish, manmanlik, mashq qilish tartibining
buzilishiga va musobaqada jiddiy xatolarga olib keladi. G'alabaga intilish sabot,
qat'iyat, o'z kuchiga ishonch kabi ma'naviy xislatlarga tayanadi. Shu bois
ma'naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash ko'p darajada g'alabaga bo‘lgan
intilishni belgilab beradi.
Sportchi musobaqa davomida jangovor ruxda harakat qilishi va g'alabaga
intilishi kerak. Sharoit qiyinchiliklari va kuchli raqobat uning irodasini buka
olmasligi lozim. Raqib qanchalik kuchli bo'lsa, bellashuv shunchalik qiziqarli va
g'alaba qimmatli bo'ladi. Sportchilarda o'z kuchiga ishonch hissini uyg'otish
kerak (yetuk sportchilar, sport ustalari tajribasidan misollar keltirish orqali).
Sportchilar bolalik chog'laridanoq ishtirok etuvchi ko'plab musobaqalar
g'alabaga intilishni tarbiyalashda maktab vazifasini o'taydi. Jamoaviy
musobaqalarda jamoaning sport sha'ni uchun kurash ma'naviy xislatlarga
bog'liq holda amalga oshadi. Bunda sportchi birinchi navbatda musobaqada o'zi
ishtirok etuvchi jamoa haqida o'ylaydi. Haqiqiy sportchi uchun jamoa va shaxsiy
sport sha'ni katta ahamiyatga ega, u toliqish hissini yengib, zafar sari intiladi.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
56
Tayyorgarlik mashg'ulotlari va musobaqalarda sportchi irodasi shakllanadi.
Mashg'ulot sharoiti, vazifalari, musobaqa sharoitiga va boshqa sabablarga
bog'liq holda ba'zi hislatlar faol, ba'zilari esa sust rivojlanadi.
Sportchining barcha irodaviy hislatlarini rivojlantirib, uni kuchli irodaga
ega bo'lgan shaxsga aylantirish-murabbiyning vazifasi hisoblanadi. Ko'p yillar
davomida uzluksiz ravishda sabot bilan mashq qilish orqali yuksak
ko'rsatkichlarga erishish mumkin.
Har qanday sportchi yoki jamoani tayyorlash rejasida texnik-taktikaviy
harakatlarni mashq qilishga eng ko'p vaqt ajratiladi.
Ko'p karra tayyorgarlik mashg'ulotlari davomida irodaviy hislatlarni
takomillashtirishda sportchi namoyon bo'luvchi ayrim hislatlarni shaxsiy
harakterning turg'un xususiyatlariga aylantira olishi kerak. Tayyorgarlik
mashg'ulotlari irodaviy xislatlarni rivojlanishiga yordam berishi uchun, sabot
bilan ko'p mehnat qilish; qiyinchiliklar va qiyin sharoitlardan qo'rqmaslik; avval
bitta so'ngra ikkita hujumchi yoki himoyachiga qarshi harakatlanish kerak.
Natijada, himoyachi yoki hujumchining mahorati, o'z kuchiga ishonch hissi
oshadi.
A.Gomelskiy shunday yozadi: "Rigadagi SKA jamoamizga Gunder Maytina
kelganida, uning xarakteri yumshoq edi, raqibning arzimagan qo'polligi uning
asabini izdan chiqarar edi, u hakamlarga g'amgin qarar, jamoadoshlaridan
hamdardlik kutar, o'yindan butkul chiqib ketardi. Shunda butun jamoa bu
kamchiliklarni bartaraf etish borasida ishladi, jamoa bilan birgalikda biz kasallik
tashhisini aniqladik va "davolash" muolajasini boshladik. Tayyorgarlik
mashg'ulotlarida Gunderga qarshi Omertu Xoxktu va Iveru Vertisu o'yin olib
bordilar. Ular o'z raqiblari bilan juda ham "muloyim" munosabatda bo'lishmadi.
O'yinga men hakamlik qilar edim. Gunder menga zorlanib qarar edi. Men esa
go'yo Xoxktuning qo'pol harakatlarini ko'rmagandek o'zimni tutardim. Bu hol
har bir mashg'ulotda, toki Gunder hujum qilishni o'rganmagunicha davom etdi.
Shu tariqa u mahoratli va jasur o'yinchiga aylandi".
Toliqish holatidagi sportchidan yangi urinishlar, diqqat bilan harakat qilish
talab etiladigan mashqlar-irodaviy xislatlarni rivojlanishiga yordam beradi.
G'alaba uchun zarur bo'lgan irodaviy xislatlarni tarbiyalashning juda yaxshi
usullaridan
biri-bellashuv
usuli
hisoblanadi.
Ba'zida
tayyorgarlik
mashg'ulotlarini tomoshabinlar, hakamlar, mehmonlar huzurida yoki maxsus
tarzda tashkil etilgan shovqin fonida o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu hol
sportchini hayajonini yengib, bor kuchini to'plab, mashqlarni yaxshi bajarishga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
57
harakat qilishga undaydi. Hamda uni musobaqa vaqtida bo'ladigan vaziyatga
ko'niktiradi.
Sportchi musobaqada hovliqmasdan dadil va o'z kuchiga ishongan holda
ishtirok etishi uchun tayyorgarlik mashg'ulotini bir qismini sport bellashuvi
sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda o'tkazish kerak. Agar imkon
bo'lsa, sportchilar musobaqa vaziyatini oldindan o'rganishlari maqsadga
muvofiq bo'lar edi. Sportchi musobaqada o'z irodasini muayyan maqsadga
yanada ko'proq qaratishi uchun, u raqibning kuchli va sust tomonlarini bilishi
kerak va shunga bog'liq holda u bilan bo'ladigan sport bellashuviga oldindan,
tayyorgarlik mashg'ulotlarida tayyorlanishi kerak. Musobaqaga tayyorgarlik
ko'rish maqsadida, kuchli raqiblar bilan tayyorgarlik uchrashuvlarini o'tkazish
joiz bo'ladi. Bu esa sportchiga o'zining kuchli va ayniqsa, sust tomonlarini
aniqlash imkonini beradi.
A.Puni yozishicha, sport yutuqlarini yaxshilashga bo'lgan umumiy intilish
tayyorgarlik mashg'uloti jarayonida yuzaga keladi rivojlanadi. Har bir o'yinchi
va jamoa psixologik tayyorgarlikning bosqichlar bo'yicha tuzilgan maxsus
rejasiga ega bo'lishi lozim. Bunda, texnik-taktikaviy tayyorgarlik rejasi katta
o'zgarishlarga uchramaydi, ruhiy xislatlarning namoyon bo'lishi esa
o'zgaruvchan bo'ladi. Ma'naviy-irodaviy tayyorgarlik murabbiydan katta
psixologik mahoratni talab etadi. Murabbiy-sportchi musobaqadagi jangovor
holatda amalga oshirishi mumkin bo'lgan hatti-harakatlarni oldindan ko'ra
bilishi kerak.
Xulosa
qilib aytganda, sportchilarda irodaviy xislatlarni shakllantirish
ularning texnik-taktik tayyorgarligi bilan bir qatorda pedagogik jarayonning
ajralmas qismi hisoblanadi. Murabbiyning shaxsiy ibrati, mashg‘ulotlarda
qo‘llaniladigan murakkab sharoitlar, rag‘batlantirish va intizom choralaridan
oqilona foydalanish sportchilarda sabot, qat’iyat, intizomlilik va mustaqillikni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Sportchilarni psixologik jihatdan musobaqaga
tayyorlash, o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlash va qo‘rquv hissini yengish
yuqori natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir. Shuningdek,
ma’naviy-irodaviy sifatlarni rivojlantirish orqali sportchi nafaqat jismonan, balki
ruhiy jihatdan ham bardoshli shaxs sifatida shakllanadi. Shu bois irodaviy
tayyorgarlikni ta’minlash sportda g‘alabaga eltuvchi asosiy omillardan biri
sifatida qaraladi.
Adabiyotlar:
1.Semashqo N.V. Basketbol. Uchebnik dlya IFK. M., FiS,
2.Sokolova N.D. Uprajneniya primenyaemie pri obuchenii lovli i peredachi
myacha v basketbole. Metod.rekomendastii. T., 1993
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
58
3.Sokolova N.D. Uprajneniya primenyaemie pri obuchenii broskov v basketbole.
Metod.rekomendastii. 1996
4.Sokolova N.D. Primenenie nekotorix variantov pozitsionnogo napadeniyapri
igre v basketbol. Metod.rekomendastii. T., 1998
5.Qasimov A.Sh., Rasulev O.T, Ismatullaev X.A. Basketbol. O'quv qo'llanma.
Toshkent, 1986-y..
