Авторы

  • Sarvar Axmedov
    Qarshi axborot texnologiyalar va menejmenti universiteti katta o‘qituvchisi
  • Marjona Ergasheva
    Qarshi axboot texnologiyalar va menejmenti universiteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.50880

Ключевые слова:

Xalqaro aloqalar madaniy aloqalar adabiyot kitob festivali “Kitob-tinchlik va taraqqiyot xizmatida” yozuvchilar shoirlar durdona asarlar tarjima adabiyot hikoya qissa roman nasriy asarlar she’riy asarlar.

Аннотация

Ushbu maqolada 1950-1985 yillarda madaniy hayotning bir qismi bo‘lgan adabiyot sohasida O‘zbekistonning Osiyo va Yevropa davlatlar bilan  o‘zaro madaniy aloqalardagi rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekiston  sobiq Ittifoqning tarkibida bo‘lgan davrda  madaniy sohadagi xalqaro aloqalarda faol ishtirok etganligi manbalar asosida ko‘rsatib berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

132

O‘ZBEKISTONNING XORIJIY DAVLATLAR BILAN ILM-FAN

SOHASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARDA ADABIYOT FANINING

O‘RNI (1950-1985 YILLAR MISOLIDA)

Sarvar Axmedov

Qarshi axborot texnologiyalar va menejmenti

universiteti katta o‘qituvchisi

Ergasheva Marjona Xidirovna

Qarshi axboot texnologiyalar va menejmenti

universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13859925

Анотация:

Ushbu maqolada 1950-1985 yillarda madaniy hayotning bir

qismi bo‘lgan adabiyot sohasida O‘zbekistonning Osiyo va Yevropa davlatlar
bilan o‘zaro madaniy aloqalardagi rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekiston sobiq
Ittifoqning tarkibida bo‘lgan davrda madaniy sohadagi xalqaro aloqalarda faol
ishtirok etganligi manbalar asosida ko‘rsatib berilgan.

Калит сўзлар:

Xalqaro aloqalar, madaniy aloqalar, adabiyot, kitob

festivali, “Kitob-tinchlik va taraqqiyot xizmatida”, yozuvchilar, shoirlar, durdona
asarlar, tarjima adabiyot, hikoya, qissa, roman, nasriy asarlar, she’riy asarlar.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarining

rivojlanishida adabiyot sohasidagi hamkorlik o‘ziga xos ahamiyatga ega. Zero,
O‘zbekiston sovet davlatining tarkibida bo‘lgan davrda madaniy sohadagi
xalqaro aloqalarda faol ishtirok etgan. Chunki, adabiyot sohasidagi hamkorlik
davlatlar o‘rtasidagi tinchlikni, do‘stlikni ta’minlashga xizmat qilgan. Zero,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol
yashaydi”[1].

O‘zbekiston sovet davlatining tarkibida bo‘lishiga qaramasdan xalqaro

madaniy munosabatlarda adabiyot sohasida bir qator ijobiy ishlarni amalga
oshirgan. Xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalar ular bilan do‘stona
munosabatlarni rivojlantirish va mustahkalamlashga xizmat qilgan. O‘zbekiston
hamda xorijiy mamlakatlarda adabiyot va san’at arboblarining turli ijodiy
uchrashuvlari o‘tkazilgan. Bunday tadbirlarni tashkillashtirishda sovet davrida
O‘zbekiston faol ishtirok etgan. Respublikaning xorijiy mamlakatlar bilan
madaniy hamkorligida ayniiqsa, o‘zbek adiblari asarlarini nashr etish muhim
o‘rin egallagan [1:25]. Germaniya, Chexiya, Slovakiya, Polsha hamda Bolgariya
davlatlarida o‘zbek yozuvchilaridan Sadriddin Ayniy Abdulla Qahhor, Abdulla
Qodiriy, O‘tkir Hoshimov, Sergey Borodin, G‘ofur G‘ulom, Zulfiya kabi
yozuvchilarining asarlari nashr etilgan [1:26]. O‘z navbatida O‘zbekistonda chet


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

133

el yozuvchilari F. Shiller, G.Feyne, F.Rable, V.Gyugo, A.Duyuma, Stendal, Flober,
M.Mopassan, M.Tven, J.London, Y. Fuchik va klassik namoyondalarining asarlari
o‘zbek tilida ko‘p ming nusxali tirajda nashr qilindi. [1:26].
XX asrning 50-60 yillarda Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat, Hamza,
H.Olimjon, R.Bobojon kabi o‘zbek adiblarining yuzdan ortiq mumtoz va
zamonaviy asarlari 40 ta xorijiy tillarga tarjima qilindi. Shuningdek, Zulfiya,
A.Muxtor, R.Fayziy asarlari hind va urdu tillarida nashr etildi. [1:26].

O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasida amalga oshirilgan xalqaro

madaniy aloqalarning rivojlanishida O‘zbekiston SSR rahbari Sharof
Rashidovning xizmati katta bo‘ldi. Uning davrida O‘zbekiston-Hindiston
munosabatlari rivojlandi, bir necha marta Hindistonga tashrif buyurdi, hind
delegatsiyasini Toshkentda qabul qildi. Uning faol yordami bilan 1955 yil oxirida
taniqli yozuvchi Abdulla Qahhor boshchiligidagi O‘zbekiston san’at
namoyandalari delegatsiyasi Hindistonda bo‘ldi [3:73].

Shuningdek, Hindiston bilan bunday faol munosabatlar Sharof

Rashidovning ijodida ham o‘z aksini topdi. 1956 yili hind xalqining ozodlik
uchun kurashiga bag‘ishlangan “Kashmir qo‘shig‘i” qissasi nashrdan chiqdi
[3:74].

1977 yilda Hindiston mustaqilligining 30 yilligiga tayyorgarlik

munosabati bilan hind shoirlarining o‘zbek va hind xalqlari do‘stligiga,
O‘zbekiston SSR tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan 60 ta asardan iborat
to‘plamni yosh hindshunoslar tomonidan tayyorlandi hamda nashr etildi. [2:34]

Zulfiya va boshqa mashhur shoirlar – Ramz Bobojon, Mirmuhsin va boshqalar
Hindistonga atab she’rlar va dostonlar yaratishdi [2:35].

O‘zbekistonda Sovet-Hindiston do‘stlik jamiyati faoliyat yuritgan hamda

mazkur jamiyatning O‘zbekiston bo‘limi ijroiya komitetiga O‘zbekiston xalq
shoirasi, respublika Hamza nomli mukofoti, Javoharlal Neru nomli va “Nilufar”
xalqaro mukofotlari laureati Zulfiya Isroilova raisa sifatida boshchilik qilgan.
Davlatlar o‘rtasida olib borilgan mazkur madaniy sohadagi hamkorlik ikki
xalqning yaqinlashuviga xizmat qilgan. [2:33]

Sovet davrida O‘zbekistonning Yevropa davlatlari bilan ham adabiyot

sohasida xalqaro aloqalari rivojlangan. Jumladan, o‘zbek teatr sahnalarida
F.Shillerning “Makr va muhabbat”, “Qaroqchilar”, Gyotening “Faust”, B.Brextning
“Sariq chaqalik opera” pyesalari namoyish etildi. Germaniya teatr sahnallarida
esa A.Qahhorning “Shohi so‘zana”, S.Solovev va V.Vitkovichlarning “Nasriddin
Buxoroda” dramalari ijro etildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

134

1961 yil oktabr-noyabr oylarda Polsha Xalq Respublikasida O‘zbekiston
madaniyat dekadasi o‘tkazildi - bu O‘zbekiston uchun bag‘ishlangan chet eldagi
birinchi yirik tadbir edi. Bu tadbir ikki davlat o‘rtasida madaniy aloqalarning
rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etdi.

1966 yil iyunda Bolgariyada ham shunday dekada o‘tkazilgan bo‘lsa,

1966 yil sentabrda esa O‘zbekistonda ham Bolgariya dekadasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning shahar va qishloqlarida bolgar qo‘shiqlari yangradi. Bu
aloqalarda albatta, O‘zbekiston bilan Bolgariya davlatlari o‘rtasidagi madaniy
aloqalarni rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekistonning adabiyot sohasida Osiyo va Afrika davlatlari bilan

aloqalarining rivojlanishida 1974 yilda tashkil etilgan “Progress” nashriyotining
Toshkent filiali o‘zbek yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini Osiyo va Afrika
mamlakatlarida keng targ‘ib qilish borasida katta ishlar amalga oshirganligi
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, 1978-1982 yillarda nashr etilgan pushtu,
dari va fors tillarida jami 214 ming nusxaga yaqin 33 ta kitob nashr etilgan. Bu
kitoblar qatorida O‘zbekiston yozuvchi va shoirlarining: H.Olimjonning “Lirika”,
G‘.G‘ulomning “Yovuz”, X.G‘ulomning “Nur”, R.Fayziyning “Hazrati inson”,
O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, M.Sheverdinning “Yengilmas Sanjar”,
shuningdek, “O‘zbek xalq ertaklari” kabi asarlar nashr etilgan.

1983 yilda Moskvada xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildi. “Kitob – tinchlik va
taraqqiyot xizmatida” degan shior ostida uyushtirilgan bu ko‘rgazmada
O‘zbekiston yozuvchi va shoirlarining 700 nomdagi asarlari namoyish qilindi.
Ko‘rgazmada o‘zbek yozuvchilari yaratgan va ingliz, arab, fors, dari, hind, urdu
tillarida nashr etilgan asarlari hammaning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Bu asarlar
Bolgariya, Chexoslovakiya, Vengriya, GDR, Afg‘oniston, Vyetnam, Fransiya,
Angliya, Kanada, Jazoir, Avstraliya, Hindiston, Yaponiya va boshqa
mamlakatlarda tarjima qilinib nashrdan chiqarildi. Masalan, GDRdagi “Folk und
velt” nashriyoti o‘zbek yozuvchisi Temur Po‘latovning “Do‘nan qaysarning
ko‘rgan-kechirganlari” romanini chop etdi. Marselda (Fransiya) chiqadigan
“Syud” jurnali 1983 yilda sovet poeziyasi anatologiyasini e’lon qildi. O‘zbek
shoirlarining she’rlari bu anatologiyadan o‘rin oldi. [3:11].

1986 yil aprel oyida O‘zbekistonda Makedoniyaning madaniyat kunlari

bo‘lib o‘tdi hamda unda xorijiy yozuvchilar O‘zbekiston diyorida mehmon
bo‘lishdi. Shuningdek, Makedoniyada ham O‘zbekiston SSR madaniyat kunlari
tashkil etildi. Unda o‘zbek shoirlari va adabiyot namoyondalari ishtirok etdi.
[1:26].


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

135

O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida badiiy adabiyotlarni tarjima qilish,
kitob almashish kabi madaniy aloqalarning shakllari ham rivojlangan.
O‘zbekistonda mumtoz va zamonaviy ilg‘or xorijiy adabiyotning ko‘plab asarlari
tarjima qilingan. O‘zbek kitobxonlari Yevropa va Amerikadan yozuvchilari
V.Shekspir, A.Dyuma, L.Aragon, T.Drayzer, Shiller, G.Xeyne, Bayron, J.Vern,
D.London, E.Xeminguey, Y.Fyuchik, V.Gyugo, I.Vazov kabi yozuvchilarning
asarlarini tarjima qildi. Mazkur tarjimalarda G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Shayxzoda
kabi taniqli o‘zbek adiblarining xizmatlari beqiyosdir.
Tarjima badiiy adabiyot o‘zbek kitobxonlarini Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi ilg‘or yozuvchilar ijodi bilan yaqindan tanishishga yordam berdi. Hind
adabiyoti durdonasi Rabindranat Tagorning sakkiz jildlik “Tanlangan asarlar”i,
hindistonlik Premchand, pokistonlik Faiz Ahmad Faiz, afg‘on Sulaymon Layek,
misrlik Yusuf As-Sibayning roman, qissa, she’r va hikoyalar to‘plamlari, o‘zbek
tilida nashr etilgan nigeriyalik yozuvchi Chinua Acheba, jazoirlik yozuvchi Asiya
Jabbor va boshqa ko‘plab yozuvchi va shoirlarning o‘lmas asarlari davlat va
shaxsiy kutubxonalardan munosib o‘rin egalladi.
XX asrning 80-yillarida o‘zbek tilida faqat G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashriyoti tomonidan Sharq yozuvchilarining 100 dan ortiq asarlari,
jumladan, eronlik Tuame Farma G‘aybning “Besh ovoz” asari nashr etilgan.
Bozorg Alaviyning “Chamodan”, turkiyalik Rashid Nuri Guntekinni “Yashil tun”,
shuningdek, “Sharq xalqlari ertaklari” to‘plamini, 1976 yilda mazkur nashriyot
“Qo‘l berib ko‘rishish” nomi bilan she’riy va nasriy to‘plamni nashr etdi. Mazkur
tuplamga Osiyo va Afrikadan 60 nafar ga yaqin yozuvchi va shoirlar jumladan,
jazoirlik Kateb Yasin, angolalik shoir Agostinyo Neto, keniyalik Jeyms Ngugi,
iroqlik shoir Muhammad Mehdi al-Javahiri, nigeriyalik Chinua Acheba kabi
yozuvchilar kiritilgan.

1981-1982 yillar G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotda afg‘on inqilobiy shoiri

Sulaymon Layekning “Tong qo‘shiqlari” she’riy to‘plami, uning vatandoshi
Asadulla Habibning “Oydin” umumiy nomi bilan hikoya va hikoyalari nashr
etildi. Hind adibi B.Varmaning “Sarspazlar” hikoyalar jamlanmasi va Sharq
adiblari ijodidan parchalar ushbu nashriyotda chop etilgan “Qiziqarli hikoyalar
kitobi” to‘plami ham kitobxonlar e’tiborini tortdi [7].
G‘ofur G‘ulom nashriyoti 1983 yilda “Tirik xotira” nomli to‘plamni chop
etib, yigirma beshta Afro-Osiyo davlati: Yaponiya, Mo‘g‘uliston, Vyetnam,
Hindistondan qirq besh nafar yozuvchining ijodi taqdim etildi. Ushbu
to‘plamdan tashqari 1983-1984 yillar boshida Vyetnam yozuvchilarining
“Muhabbat satrlari”, yapon yozuvchilarining “Qora yomg‘ir” hikoyalar to‘plam va


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

136

romanlari bilan tanishtirdi. Turk yozuvchisi F.Baykurtning “Iraajiy qismati”,
shuningdek, zamonaviy afg‘on shoiri G‘ulom Dastagir Panjshiriyning “Zindan
xabarchi” she’rlar kitobi nashr etildi [7].
1983 yilda “Raduga” nomini o‘zgartirgan “Progress” nashriyotining
Toshkentdagi filiali o‘zbek yozuvchilarining hind, urdu, fors, dari va arab
tillarida 26 nomdagi kitobni nashr ettirdi, ularning umumiy tiraji 116 ming
nusxadan oshdi. Bu bo‘lim tomonidan nashr etilgan kitoblar qatorida, masalan,
o‘zbek adiblardan: S.Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi”, A.Qahhorning “Hikoyalar”,
Sh.Rashidovning “Bo‘rondan ham kuchli” asarlarini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan
birga nashriyot bo‘limi o‘zbek kitobxonlarini chet el yozuvchilarining
hindistonlik J.Chandraning “O‘z yer egasi yo‘q”, B.Saxniyning “Otalar uyi
derazalari”, eronlik M.Didevarning “Ertak va mo‘jiza” asarlari bilan tanishtirdi
[7].
Xulosa qilib aytganda, sovet davrida O‘zbekistonning adabiyot sohasida
olib borgan xalqaro aloqalari davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni
rivojlanishiga, xalqlar o‘rtasida tinchlik g‘oyalarning shakllanishiga xizmat qildi.
Bu jarayonda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida sovet davrida amalga
oshirilgan keng qamrovli madaniy aloqalar jarayonida qo‘lga kiritilgan ijobiy
tajribalar ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.

Фойдаланилган манба ва адабиётлар рўйхати:

1. Бабаходжаев М.А. Узбекистан в экономическом и культурном
сотрудничество СССР с зарубежнъм странами. – Тошкент, 1984.
2. Мирзиёев Ш. Адабиёт, санъат ва маданият яшаса, миллат ва халқ, бутун
инсоният безавол яшайди. // Халқ сўзи, 2018 йил 20-сон. Б.1.
3.Тўхтахўжаева И. Совет Ўзбекистонинг халқаро алоқалари. –Тошкент:
Ўзбекистон, 1985. – Б.11.
4.Тўхтахўжаева И. Ўзбекистон жамоатчилигининг чет эллар билан
алоқалари. –Тошкент: Ўзбекистон, 1978. – Б.33.
5. Холмуродов Р. Ўзбекистоннинг чет мамлакатлар билан маданий
алоқалари.// Ўзбекистон агитатор, 1967 йил 19-сон. Б.25.
6.Черниёзов А. Ўзбекистоннинг чет мамлакатлари билан маданий
ҳамкорлиги.//Ўзбекистон агитатор, 1967 йил, 12-сон, Б.94.
7.Эргашев Ш. Эрк эстар кўнгил -Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б.73.

Библиографические ссылки

Бабаходжаев М.А. Узбекистан в экономическом и культурном сотрудничество СССР с зарубежнъм странами. – Тошкент, 1984.

Мирзиёев Ш. Адабиёт, санъат ва маданият яшаса, миллат ва халқ, бутун инсоният безавол яшайди. // Халқ сўзи, 2018 йил 20-сон. Б.1.

Тўхтахўжаева И. Совет Ўзбекистонинг халқаро алоқалари. –Тошкент: Ўзбекистон, 1985. – Б.11.

Тўхтахўжаева И. Ўзбекистон жамоатчилигининг чет эллар билан алоқалари. –Тошкент: Ўзбекистон, 1978. – Б.33.

Холмуродов Р. Ўзбекистоннинг чет мамлакатлар билан маданий алоқалари.// Ўзбекистон агитатор, 1967 йил 19-сон. Б.25.

Черниёзов А. Ўзбекистоннинг чет мамлакатлари билан маданий ҳамкорлиги.//Ўзбекистон агитатор, 1967 йил, 12-сон, Б.94.

Эргашев Ш. Эрк эстар кўнгил -Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б.73.