SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
75
RIVOJLANISHDA NUQSONI BO’LGAN KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
O’QUVCHILARGA MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Axmadjonova E’zoza Azimjonovna
Nizomiy nomidagi
TDPU 2-bosqich talabasi
Shamsiyeva Sevara Yusupovna
Nizomiy nomidagi TDPU,
Logopediya kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11656250
Annotatsiya:
Maqolada maxsus ta’lim muassasasida boshlang’ich sinf
o’quvchilarini o’qitishda ta’lim texnologiyalarini samarali qo’llash va foydalanish
usullari haqida yoritilgan.
Tayanch so’zlar va tushunchalar
: Maxsus, nuqson, ta’lim, texnologiya,
nutq, dastur, bartaraf etish, jamoa .
Аннотация:
В статье описаны методы эффективного применения и
использования образовательных технологий при обучении учащихся
младших классов в специальном образовательном учреждении.
Ключевые слова и понятия:
Cпециальное , дефект, образование
,
технология
,
речь, программа, устранение, сообщество.
Resume:
The article describes the methods of effective application and
use of educational technologiyes in teaching elementary school students in a
special educational institution.
Key words and concepts:
Special, defect, education, technology, speech,
program, elimination, community.
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni
intellektual va ma’naviy–axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog'langan uzluksiz
ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda
tutilgan. Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi mazkur vazifalarni amalga oshirish
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o'z navbatida
ta’lim oluvchilar va beruvchilarning faoliyatini tashkil etilishi va
faollashtirilishiga bog'liqdir.
Ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri pedagogik
texnologiyalar asosida, innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishdan iborat. Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning
to'xtovsiz takomillashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi
umumta’lim maktablari qatorida maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim sifat va
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
76
samaradorligini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
o'qitish usullarini muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim jarayonida
qo'llanadigan usul “o'rgatish”ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish,
ma’lum ob’ektni o'rganish uchun nazariy va amaliy faoliyatlarni anglatadi.
O'rgatish usullari ta’lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday
bo'lishini, o'rgatish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish
kerakligini belgilab beradi. Boshqacha qilib aytganda, o'rgatish usullari har
ikkkala faoliyatni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va
malakalar bilan qurollantirishni hamda o'quvchilar tomonidan o'sha nazarda
tutilgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirish faoliyatida
qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi.
Dars jarayonida har ikki o'rgatish usullari pedagogik jarayon ishtirokchilari
(ta’lim oluvchi va beruvchi) ning o'zaro faoliyati birligini ta’minlashga
yo'naltiriladi. Dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati o'rgatiladigan
ma’lumotning xarakteriga qarab ham bog'liq bo'ladi. Bu ta’lim jarayonida
muayyan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan yangi usullarni keltirib
chiqaradi.
Hozirda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim muassasalari pedagogik
xodimlarining yangi, ilg'or pedagogik texnologiyalar, jumladan o'qitishning
zamonaviy interfaol usullarini bilishi, uning uchun tegishli ma’lumotlarni
o'rganishi, taxlil qilishi va umumlashtirishi, amaliyotda qo'llay olishi bugungi
kunning ijtiomiy ahamiyat kasb etuvchi talabidir. Ona tili va o'qish darslarida
o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishda suhbat metodidan
foydalanish yaxshi samara beradi. Darslarda tashkil etilgan suhbatning
ahamiyati shundaki, u yosh kitobxonning o'qiganlari haqida gapirish, voqealar
jarayoniga shaxsiy munosabatini bildirish, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishga
zamin hozirlaydi. Suhbatda ishtirok etgan o'quvchi fikrlarini muhokama qiladi,
uni so'zlar bilan shakllantiradi. Bu harakatlar o'quvchi fikrining aniq ifoda
etilishini taъminlashga olib keladi. Suhbat jarayonida o'quvchida o'z fikrini
aytish, uning to'g'riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug'iladi. Fikrini
asoslash uchun asar matnidan dalillar topish, misollar keltirish ko'nikmasi
shakllanadi. Dars jarayonida tashkil qilingan suhbatlar o'quvchining nafaqat
bilim doirasini boyitadi, tarbiyalaydi, balki aqliy faoliyatini ham rivojlantiradi.
Ona tili va o'qish fanlarining barcha bosqichlarida olib boriladigan suhbat
xotirani, kuzatuvchanlikni, bilish jarayonini, tasavvur qilish va hissiyotini
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
77
faollashtirish imkonini beradi. Suhbat davomida har bir o'quvchining individual
ishlash sur’ati takomillashadi.
Olib borilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining yangicha usullari va
vositalari ma’lum faoliyatning oldindan belgilangan natijalarni namoyon qiladi.
Texnologiya usullarini dars jarayoniga tadbiq etish ko'p jihatdan muhit, sharoit,
ko'nikma va kuzatishlar bilan bog'liqdir.
O’quvchilarning mustaqil ravishda fikr yuritish, bilim olish va ijodkorlik
qobiliyatini bolalikdan tarbiyalashga erishish umumtaъlim maktablarining
asosiy vazifalaridan biri bo'lishi lozim.
Demak, maxsus ta’limning yangi mazmuni boshlang'ich sinf o'quvchilarini
ona tili va o'qish darslarida savodxon, bilimli, nazariyani amaliyotga bog'lay
oladigan, o'quvchi o'z ehtiyoji talab qilgan darajadagi o'z o'quv materiallarini
o'zlashtiradigan darajada tarbiyalab borishini nazarda tutadi. Shuning uchun
ham o'quvchilarni faollikka undashda darsda hamkorlikda o'qitish
texnologiyasidan samarali foydalanish yaxshi natija beradi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o'quvchilar bilan o'qituvchi o'rtasida yo'l
qo'yilishi lozim bo'lgan amaliy mashq usullaridan biri bu yozma bahs usulidir.
Bunday usulda muloqot o'rnatish natijasida o'quvchilarning erkin tarzda
mustaqil fikrini ifodalash imkoniyati kengayadi, yozma nutqi rivojlanadi. Og'zaki
muloqot jarayonida bayon qila olmagan fikrlarini bemalol yozma shaklda
bildirishlari uchun sharoit yaratiladi.
Hozirgi kunda xech kimga sir emaski, bugungi kunda boshlang'ich sinf
o'quvchilarining yozma nutqini a’lo darajada deb ayta olmaymiz. Shunday
bo'lsada, darsda yozma muloqot jarayoniga e’tibor qaratiladi. O'quvchilar o'z
fikrlarini hamma vaqt ham mantiqiy izchillikda bayon qila olmaydilar. Bunday
bosqichda o'quvchilar o'z fikrlarini yozma tarzda bayon qila olishlari lozim.
Matnda ulardan o'zlarining shaxsiy nutqiy nazarlarini aniq ifodalashlari talab
etiladi. Matn orqali boshqalarning fikrlari, nuqtai nazarlariga ijobiy ta’sir
ko'rsatishlari kerak.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o'quvchilardan faqatgina ona tili va o'qish
darsliklari bilan cheklanib qolmasdan hamkorlikda o'qitish texnologiyasidan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus ta’limda mustaqil
ta’limning negizi bo'lgan mustaqil ishlar mashg'ulotning faol turi bo'lib, uni
bajarish jarayonida o'quvchilar erkin fikrlashga va faoliyat yuritishga
o'rganadilar. Ona tili darslarida mustaqil ishni bajarishdan oldin o'quvchilar
mazkur jarayonga tayyorlanadi. Ularga beriladigan topshiriqlarning maqsadi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
78
qisqa va aniq qilib tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matn hajmi
kichik va o'quvchilar saviyasiga mos bo'lishi lozim. Uni tanlashda o'quvchining
tayyorgarligi, o'tilgan matnning xarakteri hisobga olinadi. Misol qilib: so'z
turkumi “Sifat” mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar mavzu borasida dastlabki
tushunchani shakllantirish, o'quvchilar nutqini boyitish hamda ularning og'zaki
va yozma nutqida bu so'z turkumidan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini o'stirish,
o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq
holda ayrim orfografik qoidalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Sifatning lingvistik
xususiyatlari juda murakkab, shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilari faqat
uning muhim kategoriyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu
materialning nutq va imloga oid vazifalarining qanchalik zarurligi hisobga
olinadi. Amaliy bilimlarni berishda, mustaqil fikrlashga o'rgatishda “BBB”,
“Tushunchalar tahlili”, “Krossvord”, “Iztopar”, “O'zim tekshiraman”, “Zanjir”,
“Sirli so'z” texnologiyalari muhim o'rin tutadi.
Maxsus ta’limda qiziqarli o'quv materiali, didaktik o'yinlar, muammoli
vazifalarni hal etish, testlar, musobaqa, muzokaralar jarayonida o'quvchilarning
mustaqil bilimga qiziqishi namoyon bo'ladi. O'quv maъsuliyati va javobgarlikni
his qilish, puxta bilim olish burchi ekanligini anglash, topshiriqlarni mehr bilan
bajarishga kirishish uchun ham imkon yaratiladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqil ta’limda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish birinchi galda darsning samaradorligini
oshirishga, o'quvchilarni har tomonlama savodxon bo'lishga, mustaqil ravishda
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga zamin yaratadi.
Adabiyotlar:
1.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – Toshkent, “O'zbekiston”, 2017.
2.
Ishmuxamedov R.J., Abuqodirov A., Pardaev A. Taъlima innovatsion
texnologiyalar. T.,2008.
3.
Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.
T.,2006.
4.
Sevara Shamsiyeva. Features of Preparing Teaching Literacy Children
with General Speech Underdevelopment. Lecturer, Nizami Tashkent State
Pedagogical University. Eastern European Scientific journal. Ausgabe1-2019.
5.
Sevara Y. Shamsieva Lecturer, Department of Speech Therapy of Tashkent
State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan MEMORY
CHARACTERISTICS OF CHILDREN WITH SPEECH IMPAIRMENTS FORMATION
OF. Submission Date: November 29, 2023, Accepted Date: December 04, 2023,
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
79
6.
Shamsiyeva S “YANGI O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINI
TIZIMLI
RIVOJLANTIRISH
VA
TASHKILIY
BOSHQARUVINI
TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy – texnik
anjuman materiallari to'plami (2023-yil 25-oktabr) NUTQ NUQSONIGA EGA
BOLALAR XOTIRA XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI(262-265betlar)