BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Annotasiya

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr yuritilgan

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 412-guruh (Oltin zaxira) talabasi
29-39
71

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xisomiddinova , M. . (2024). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Наука и инновации в системе образования, 3(8), 29–39. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51136
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr yuritilgan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

29

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK

TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATIDA

Xisomiddinova Maftuna Ravshan Qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim

fakulteti, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 412-guruh (Oltin zaxira) talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11544804

Annotatsiya:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diniy bag‘rikenglik ruhida

tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda
yaxshilik qilish kabi umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish haqida fikr
yuritilgan

Kalit so‘zlar:

diniy bag‘rikenglik, darslik maktab tolerantlik, din e’tiqod

“Biz jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini

mustahkamlash borasidagi ishlarni izchillik bilan davom ettiramiz…”

Sh. Mirziyoyev

Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqeyi

kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa ijtimoiy soha, ayniqsa, ta’lim-tarbiyaga
asoslanganlikda deyishimiz mumkin. Barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham
islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar zamirida yosh avlodning tarbiyasi,
ta’limi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Buning yorqin misolida
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Bizni o‘ylantirib keladigan yana bir muhim
masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli yoshlar o‘z
davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lishsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham
unutmasin. Biz kimmiz qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning
qalbida aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning
hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya faqat tarbiya hisobidan” [4] degan fikrlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘quvchilarning tarbiyasi, ta’lim sifati va
ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun juda muhimdir.

Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham

inson eng oliy mavjudotdir. Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan
yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o‘zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning
rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga
yo‘nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik
dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik,
yaxshilik, halollik, tinchlik, do‘stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

30

nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash
vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo‘lishga undaydi. Afsuski,
insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e’tiqoddan
faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm
(o‘ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p.
Fanatizmning o‘ziga xos xususiyati va ko‘rinishlari avvalambor, o‘z dinining
haqiqiyligiga qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda
bo‘lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo‘liqqan odamlar yoki ularning
guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar
[8.6].

Islom dini VIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoga musulmonlarning

mintaqani bosib olishi doirasida kirib kelgan. O‘zbekiston hududida islom dini
sunniy yo‘nalishining hanafiy mazhabi qaror topdi. Albatta, bu bejiz emasdi.
Zero, Imom A’zam mazhabi o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan
erkinlik berishi bilan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan
vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy, Abul-Mu’in an-Nasafiy va al-Marg‘inoniy
kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafdorlikni barham berish,
islom dinining “Ahli sunna val-jamoa” yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa
qo‘shdilar. Diyorimizdan ye

tishib chiqqan allomalarning asarlarida diniy

bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar keng yoritib
berilgan. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo‘nalishi asoschisi Abu Mansur
al-Moturidiyning asarlarida bayon etilgan bag‘rikenglik g‘oyalari bunga misol
bo‘la

oladi. Jumladan, Moturidiy Qur’oni Karim oyatlarining tafsiriga

bag‘ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta’vilot ahli sunna” asarida
“Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man
etiladi [22.6].

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bu turdagi asarlardan foydalangan holda

diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashimiz o‘zga din vakillariga ehtirom
ko‘rsatib, ularga so‘zda va amalda yaxshilik qilish kabi umuminsoniy
qadriyatlarni shakllantirishimiz mumkin. Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik
(tolerantlik) va dinlararo murosa borasida faqat MDH(Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi) davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu
haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton
xonim, AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi
shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga tashriflari vaqtida ta’kidlab o‘tgan
fikrlari bunga misoldir. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo‘lgan bu xislat o‘zining
uzoq tarixiga ega. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

31

bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”
nomli kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida, jumladan, shunday
deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy
qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz.
Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat,
iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun
jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz”.

Inson tafakkuri va e’tiqodi u tarbiya olgan oiladagi an’analar asosida

shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan bunga o‘qish, ish, ijtimoiy faoliyat va boshqa tashqi
omillar qo‘shiladi. Har qanday inson umri davomida hayotning turli sohalarini
qamrab oladigan u yoki bu diniy urf-odat hamda an’analarga duch keladi.
Shunday qilib, u oilaviy muhitdanoq diniy qadriyatlarni o‘zlashtira boshlaydi.

Dinga jamiyat dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri hamda xalq

ma’naviy,

madaniy

va

axloqiy

merosining

bir

qismi

sifatida qaralsa, uning jamiyat va har bir inson hayotida yuksak axloq va
ma’naviyatning namoyon bo‘lishi o‘laroq muhim o‘rin tutishini anglash mumkin.

Bag‘rikenglik eng go‘zal insoniy fazilatlardan bo‘lib, biror-bir millat yoki dinga
mansubligidan qat’iy nazar barchaga birdek yaxshi munosabatda bo‘lish,
muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ezgu maqsad yo‘lida birlashish kabi yuksak
axloqlarning yuzaga chiqishida namoyon bo‘ladi. Diniy bag‘rikenglik haqida so‘z
yuritilganda esa musulmon olamida sodir bo‘lgan uzoq va yaqin o‘tmish
voqeliklari mazkur omilning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatib beradi.[7;16]

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston fuqarosi, u kim bo‘lishidan qat’i nazar

Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga, boshqalarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir. “Ma’rifat va
diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan
ishlab chiqilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Bugun millatlararo totuvlik va
konfessiyararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasida O‘zbekiston andozasi jahon
hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Chunki, O‘zbekistonda tarixning
barcha davrlarida, xususan, mustaqillikdan so‘ng diniy bag‘rikenglik tom
ma’noda millatlar va turli dinga e’tiqod qiluvchilar hayotida qaytadan o‘zini
namoyon etdi. Tinchlik va barqarorlik omili – diniy bag‘rikenglik bugungi kunda
yurtimizda istiqomat qilayotgan nafaqat turli dinga mansub dindorlarni, balki
butun jamiyat a’zolarining ham hamkorligini nazarda tutmoqda.[15;7]

Diniy ta’limotlarning nafisligini inobatga olgan holda, ma’lum bir dinning

nomi va mohiyati haqida faqat mutaxassislar fikr bildirishi kerak, deb


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

32

hisoblayman. Mamlakatimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas
tuyg‘ular e’zozlanishi shart. Hech kim o‘z manzilida haqoratli so‘zlarni
ishlatishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq
tuyg‘ularini haqorat qilish, diniy qadriyatlarga tajovuz qilish qonun bilan
jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli islohotlar diqqat markazida, eng avvalo, inson manfaatlari, huquq va
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. Tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat,
mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqaligina fuqarolar manfaatlarini
ta’minlash mumkin. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimizda istiqomat
qilayotgan turli millat vakillarini huquqlari to‘laqonlik taminlamoqda desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu borada bizning tariximiz yuksak o‘ringa ega, zero
bizning buyuk ajdodlarimiz va muqaddas dinimiz arkonlari shuni talab etadi.

O‘zbekiston xalqining milliy mentalitetiga xos bo‘lgan mazkur qadriyat

o‘zida ham umuminsoniy, ham mintaqaviy va milliy jihatlarni chambarchas
bog‘liqlikda aks ettiradi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab
o‘tganlaridek, “Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar,
madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz
bo‘lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va
rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Ayni shu zaminda ko‘p asrlar
mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda
ko‘chmanchi xalqlar o‘troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar turk qabilalari bilan,
musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko‘p asrlar birga yashab kelganlar.
Movoraunnahrning musulmon madaniyati etnik sabr-toqat va bag‘rikenglik
ruhini o‘zida aks ettirdi. Uning Forobiy va Ibn Sino asarlarida o‘z in’ikosini
topgan ideali – “Fozil kishilar shahri nafaqat diniy asosda, balki madaniy va
axloqiy negizida ham uyushgan odamlarning hamjamiyatidan iborat bo‘lganligi
tasodifdan xoli emas”.

Bilamizki, bugungi kunda globallashuv davrida, mustaqil fikrga ega va

vatan manfaatini himoya qiladigan yosh avlodni tarbiyalash har qachongidan
ham muhim masala hisoblanadi chunki diniy to‘qnashuvlarni yuzaga kelishi
millatni botqoqlikka yetaklaydi hamda davlatni larzaga soladi. Ta’lim sohasida
diniy bag‘rikenglikni shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. Kichik maktab
o‘quvchisiga avvalo din bag‘rikenglik, g‘oya, e’tiqod kabi tushunchalarida aks
etuvchi muayyan obrazni shakllantirishimiz zarur. Turli millat va din vakillari
bo‘lgan bunday o‘quvchilar bir-birlarining urf-odatlari, qadriyatlari, turmush
tarzlariga hurmat tuyg‘usi bilan qarashga o‘rganadilar. Shaxsiy tolerantlik


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

33

tushunchalari kamayib, o‘quvchilar ko‘proq ijtimoiylashib boradilar. Shuni
aytish mumkinki, tolerantlik tushunchasi aksariyat hollarda falsafiy hodisa
sifatida tadqiq etilib, uning pedagogik jihatlariga juda kam e’tibor qaratilmoqda.
Lekin tolerantlik, falsafiy hodisa bo‘lishidan qat’iy nazar, u inson, uning faoliyati,
shaxsiy tuyg‘ulari, dunyoqarashi, nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lganligi, ularni
ifodalaganligi uchun pedagogikaning kuzatuv ob’ekti sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Shuning uchun ham biz tolerantlikni ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchida shakllanadigan tushuncha, dunyoqarash, axloq me’yorlari, xulq-atvor
ifodasi sifatida rivojlanib borayotgan pedagogik hodisa nuqtai nazaridan
o‘rganamiz.

O‘quvchilarda tolerantlik tarbiyasi orqali o‘z xatti-harakatlariga mas’ullik

hissi tarkib toptiriladi. Xuddi shu davrda o‘quvchilarning diniy bag‘rikenglik
(tolerantlik) ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish uchun pedagogik
imkoniyatlar kengayadi. O‘quvchilarda bu davrga kelib ob’ektiv voqelikni
o‘rganishga bo‘lgan intilish kuchayib boradi. Ular atrofdagi hodisalar,
odamlarning xatti-harakatlarini tobora chuqurroq tahlil qilib, idrok eta
boradilar. Bunda o‘quvchilarga turli didaktik vositalar, ta’limiy o‘yinlar, she’r,
ko‘rgazmalar, qo‘shiqlar, musiqalar, sahna asarlari, kinofilmlar yordam beradi.
Shubhasiz, bu yosh davrida o‘quvchilarda diniy bag‘rikenglik, adolat, vijdon
erkinligi, tolerantlik tushunchalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ham
barqarorlashib boradi. Ularda diniy bag‘rikenglik tolerantlikka oid dastlabki
ko‘nikmalarning paydo bo‘lishi barobarida o‘quvchilar o‘z xulq-atvorini ongli
tarzda boshqara boshlaydilar. Bunday xulq-atvor ularning o‘quv jarayonida
o‘zlarini ijobiy tomondan namoyon qilishlariga undaydi. Shuning uchun ham
ta’limning dastlabki bosqichlaridan boshlab o‘quvchilarda bag‘rikenglik
tolerantlik tushunchalarini shakllantirish muhim pedagogik qimmatga ega
bo‘lgan ijtimoiy zaruriyatdir.

Din-(arabchadan olingan bo‘lib “eʼtiqod“ “ishonch“ „itoat“)

degan

ma’nolarni bildirib, atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni
zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy
qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U
muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning
faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur
qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk
tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.[33;8] Din
komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan
ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

34

insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda 10
mingdan ortiq din mavjud. Ulardan keng tarqalgan

E’tiqod qiluvchilari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan

Xristianlik (yunoncha christos ,,muqaddas yog‘ surtilgan” “xaloskor”) milodning
I asrida Falastinda yuzaga kelgan. Xristianlik ta’limotining paydo bo‘lishi Iso
Masih shaxsi bilan bog‘liq. Muqaddas kitobi “Bibliya” hisoblanadi.

Islom dini VII asrda Hijoz (G‘arbiy Arabiston)da paydo bo‘lgan. Insonlarni

to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb
hisoblanadi. Muqaddas kitobi

Qur’oni karim hisoblanadi.

Yahudiylik

dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lib, taxminan

miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. U din boshqa
dinlardan Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan
milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa ilohiy dinlardan ajralib turadi.
Muqaddas kitobi ,,Tavrot” hisiblanadi. Bu dinlar e’tiqod qiluvchilar soni bo‘yicha
yuqorida turadi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dunyoda 10 mingdan ortiq din mavjud.

O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Baxtimiz qomusi
Konstitutsiyamizning 4, 8, 18, 31-moddalarida aynan turli din, millat
vakillarining huquqlari xususida fikr yuritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston

Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-modda [1;5]

Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining

fuqarolari tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-modda.[1;7]

Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va

koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan
tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi
davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan
kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.

O‘quvchining shaxs sifatida namoyon bo‘lish imkoniyati pedagogik

jarayonda jadal rivojlantiriladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining uni
tarbiyalash borasidagi natijasi bugungi kunda tobora tan olinmoqda. Shuning
uchun ham biz diniy bag‘rikenglikni ta’lim-tarbiyaning zaruriy uzviy qismi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

35

sifatida tan olib, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonida
amalga oshirishni nazarda tutamiz. Bunda o‘quvchilarda diniy bag‘rikenglikka
oid dastlabki tushunchalar bevosita o‘quv jarayonida shakllantiriladi. Hayotiy
voqea-hodisalarni axloqiy tamoyillar doirasida bayon etish ko‘nikmasi izchil
shakllantirilib boriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston maktablari hali barcha
o‘quvchilarga birday qo‘llaniladigan avtoritar o‘quv jarayoni va yagona
metodlardan to‘la voz kechganicha yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, shakllanib
kelayotgan o‘quvchida hamma vaqt ham o‘z fikrini bayon qilish imkonini
bermaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dastlabki diniy tushunchalarini
shakllantirish uchun din?, dini bag‘rikenglik, g‘oya, etiqod kabi terminlardan
foydalanish mumkin.

Diniy bag‘rikenglik-boshqacha diniy qarashlar, axloqlar va turmush tarziga

nisbatan murosa qilib yashash demakdir. Qator mamlakatlarda ko‘p sonli diniy
e’tiqod egalari bilan birga kam sonli boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar birgalikda,
yagona jamiyatda hamkor, hamnafas bo‘lib yashashlarining zarur sharti.












G‘oya-inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad

sari yetaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari.
Ularga erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻladi.

E’tiqod- dunyoqarash shaxs, jamoa, guruh va jamiyat aʼzolarini maʼlum bir

gʻoya, taʼlimot, yoki dinga qatʼiy ishonish asosida uni haq deb bilib, shu taʼlimot
toʻgʻrisidagi tasavvur va bilimlarni tashkil qiladi. Inson shu gʻoyani yoki dinni
oʻzining faoliyat dasturi deb hisoblaydi.[12.4]

Diniy

bag‘rkienglik

g‘oyasi

butun dunyo miqyosida

tinchlik va barqarorlikni

ta’minlash va

mustahkamlashning muhim

shartlaridan hisoblanadi

nafaqat dindorlar balki butun

jamiyat a’zolarining hamkorligi

va o’zaro hamjihatligini nazarda

tutadi.

xilma-xil diniy e’tiqodga ega

bo’lgan kishilarning bir zamin, bir

vatanda, oliyjanib g’oya niyatlar

yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib

yashashni anglatadi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

36

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diniy ta’limot bo‘yicha tushunchalari

yetarlicha shakllantirilmaganligi uchun ham ularni turlicha qo‘rquvga soladigan
hodisalar bilan cho‘chitish oson kechmoqda. Bunda o‘quvchilarga yosh
xususiyatlariga ko‘ra taqdim etiladigan ta’lim-tarbiya mazmuni belgilanishi
lozim.

Globallashuv zamonida yangidan-yangi ta’lim texnologiyalari, bilimlar

samarasining guvohi bo‘lmoqdamiz. Biz yashayotgan axborot asrida ilm-fanning
jadal rivojlanishi, jamiyat muhitini sezilarli ravishda o‘zgartirib yubormoqda.
Shu bilan bir qatorda diniy tahdidlar g‘ayri insoniy mohiyatini ko‘rsatib, soxta
diniy shiorlar ostida gunohsiz odamlarning halok bo‘lishlariga sabab
bo‘layotgani diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan harakatlar ham
yo‘q emas[32. 164 b].

Boshlang‘ich sinf o’quvchisida diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini uyg‘otishni

bosqichlarini ko‘rib o‘tsak bular:

Birinchi bosqichi bu ijtimoiy muhitga moslashishga, boshqa odamlar

bilan muloqot qilishga yordam beradigan sifat sifatida bag‘rikenglik zarurligini
anglash; bag‘rikenglik mazmuni haqidagi eng oddiy g‘oyalarni shakllantirish.

Ikkinchi bosqichda o'z-o'zini tanqidiy baholash, mulohaza yuritish

asosida murosasiz fazilatlardan xalos bo'lish zarurati namoyon bo'ladi. Taqlid
qilish mumkin bo'lgan modelni, bag‘rikenglik idealini topish istagi bor.

Uchinchi bosqichda o'z qadr-qimmatini anglash mavjud bo'lib, bu

odamga o'zini bag‘rikenglik bilan munosabatda bo'lishga va sherikning xatti-
harakatlarida o‘zini tasdiqlashga imkon beradi.
Boshlang‘ich sinflarda diniy bag‘rikenglik tushunchasini, etiqod, din bo‘yicha
ta’limotlarni o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda
yetkazish kerak. 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois,
unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda
axborotlarni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. O‘quvchilar yaqinda
o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi
mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida ulug‘
bobolarimiz qoldirgan manbalaridan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati
beqiyos bo‘lib, u shaxsning ma’naviyatini yuqori darajaga olib chiqadi. Undagi
insoniy tuyg‘ularni kamol topib, ildiz otishida o‘ziga xos omil hisoblanadi. Shu
sababli, bugungi kunda bizning jamiyatimizga ilg‘or va kreativ fikrlarga ega,
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilib, boshqa millatlarning urf-odatlari,
turmush tarzi, e’tiqodlariga sabr-bardosh bilan ehtiromli munosabatda bo‘lish,
ijodiy moslashuvchan, muammolarga yangi va to‘g‘ri yechim topa oladigan, erkin


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

37

harakatlanuvchi shaxslarni tarbiyalash talablari qo‘yilmoqda. Yangilik yaratish
qobiliyatiga ega, muammolarni samarali hal qila oladigan aqliy tafakkuri boy,
etiqodi mustahkam, shaxslarga bo‘lgan talab kuchaygan. Ko‘plab rivojlangan
davlatlar ta’lim tizimini o‘z ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llashga harakat
qilmoqdamiz. Ammo o‘ylantiradigan masala shuki bizning ota-bobolarimiz
bolani tarbiya qilish, bolani har tomonlama kamol toptirish uchun yetarlicha
manba qoldirgan. Biroq biz ulardan yetarlicha foydalanmayapmiz.

Dinga jamiyat dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri hamda xalq

ma’naviy,

madaniy

va

axloqiy

merosining

bir

qismi

sifatida qaralsa, uning jamiyat va har bir inson hayotida yuksak axloq va
ma’naviyatning namoyon bo‘lishi o‘laroq muhim o‘rin tutishini anglash mumkin.
Aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’limning amaldagi mazmunida bunga yetarlicha
e’tibor berilmagan. O‘quvchining hayotiy nuqtai nazarini axloqiy me’yorlar
doirasida shakllantirish alohida ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega. Bugungi
kunda o‘quvchi yoshlarda tolerantlikni rivojlantirish masalasi nafaqat
pedagoglar, balki shu soha bilan aloqador bo‘lgan har bir kishini tashvishga
solishi kerak. Chunki jamiyat a’zolari orasidagi anglashilmovchiliklarning
aksariyat qismi ularda diniy ta’lim (tolerantlikka) chunki yetarlicha diniy bilim
va milliy tarbiyaga oid tarbiya shakllanmaganligi natijasida vujudga kelmoqda.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diniy bag‘rikenglikni shakllantirishning
bosqichlari:

Diniy tushunchaning yetarli darajada tarkib topmaganligi uchun ham odamlarda
qo‘rquv hissini tug‘dirish, ularni turli diniy oqimlarga tortish, diniy nizolarni
keltirib chiqarish, u yoki bu millatga xos bo‘lgan madaniy obidalarni buzish,
xalqning faxri, g‘ururi, milliy boyliklariga dahl qilish holatlari tez-tez

birinchi bosqichi

–bu ijtimoiy muhitga moslashishga, boshqa

odamlar

bilan

muloqot

qilishga

yordam beradigan

sifatida

bag‘rikenglik zarurligini anglash; bag‘rikenglik mazmuni haqidagi
eng oddiy g‘oyalarni shakllantirish.

Ikkinchi bosqichda

o'z-o'zini tanqidiy baholash, mulohaza yuritish

asosida murosasiz fazilatlardan xalos bo'lish zarurati namoyon
bo'ladi. Taqlid qilish mumkin bo'lgan modelni, bag‘rikenglik
idealini topish istagi bor.

Uchinchi bosqichda

o'z qadr-qimmatini anglash mavjud bo'lib, bu

odamga o'zini bag‘rikenglik bilan munosabatda bo'lishga va
sherikning xatti-harakatlarida o'zini tasdiqlashga imkon beradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

38

uchramoqda. Sir emaski, bugungi kunda “ommaviy madaniyat” yoki “olomon
madaniyat” deb ataladigan hodisa butun dunyo bo‘ylab yoshlarni o‘ziga jalb qila
boshladi. Dinni niqob sifatida o‘zini g‘ayri insoniy mohiyatini ko‘rsatib, soxta
diniy shiorlar ostida gunohsiz odamlarning halok bo‘lishlariga sabab
bo‘layotgani diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan harakat hamdir.

Oddiy o‘zbek maktablari amaliyotidagi muammoning holatini tahlil qilish

shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda madaniyatlararo ta’limga oddiy ko‘z bilan
qarash kerak emas, uning muhimligini balki o‘qituvchi darajasida ham
zaruratdir (madaniy farqlarga bag‘rikenglikni rivojlantirish uchun alohida
harakatlarning ahamiyatini yetarli darajada anglamaslik, madaniyatlararo
kompetentsiyani shakllantirish va zarur uslubiy ko‘nikmalarning yo‘qligi) va
uslubiy jihozlash nuqtai nazaridan ta’lim muassasasi darajasida, shu jumladan
gumanitar fanlar darsliklari mazmuni bo‘yicha mos bo‘lish lozim[26;9].
Pedagogik hamjamiyat madaniyatlararo ta’lim nafaqat alohida sinf, balki butun
maktab hayotiga kirib borishi zarurligini anglashi kerak. Pedagogik hamjamiyat
madaniyatlararo ta’lim nafaqat alohida sinf, balki butun maktab hayotiga kirib
borishi

zarurligini

anglashi

kerak.

Ta’limning diniy

bag‘rikenglik

komponentining

asosiy

maqsadi

ham

boshlang‘ich

ko‘nikmalarini

rivojlantirishdir. Bularga quyidagilar kiradi: madaniy farqlarga sezgirlik, har bir
xalq madaniyatining o‘ziga xosligini hurmat qilish, g‘ayrioddiy xatti-harakatlarga
va kutilmagan har bir narsaga ijobiy munosabatda bo‘lish, o‘zgarishlarga javob
berishga tayyorlik, muqobil qarorlar qabul qilishda moslashuvchanlik va boshqa
madaniyat vakillari bilan muloqotdan o‘zini ustun qo‘ymaslik.
Xulosa qilib ta’kidlashimiz mumkinki, O‘z diniy qarashlari haqligiga qattiq
ishongan, e’tiqod qo‘ygan, boshqacha diniy qarashlar bilan erkin mushohadaga
kira olish malakasiga ega bo‘lgan insonlarga diniy bag‘rikenglik yaqqol namoyon
bo‘ladi. O‘zbekiston xalqlarining diniy bag‘rikenglik an’analari o‘zining ham
milliy, ham umumbashariy mohiyati bilan purviqordir. Mamlakatimizda davlat
va din o‘rtasidagi munosabatlar diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan.
Dinning axloqiy tamoyillari insonga bunday hodisalarni norma sifatida qabul
qilishga imkon bermaydi. Dinning tasalli beruvchi xususiyati-insonning
psixologik

barqarorligini

saqlaydi, suitsidning oldini

oladi,

psixikani

globallashuvning barcha turdagi inqirozlari va ijtimoiy kataklizmlari tufayli
yuzaga keladigan muqarrar tangliklar bilan bog‘liq bo‘lgan tushkunlikdan
himoya qiladi hamda insonlarni umumiy manfaatlar uchun birlashtiradi,
umumiy qadriyatlar va jamiyat uyg‘unligi ruhida tarbiyalaydi. Biz asrlar
davomida yaratilgan odob-axloq, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

39

to‘grisidagi diniy hamda dunyoviy g‘oyalar va ta’limotlardan qanchalik samarali
foydalansak, milliy mustaqilligimiz shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullaeva Q.A., Safarova R.G‘. va boshq. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi.

Boshlang‘ich ta’lim.1998. №6.12–18–b.
2.

B.S.Abdullayeva, X.N.Qodirova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

3.

Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy–ma’rifiy

ta’limotlar taraqqiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2001. –480 b.
4.

Bag‘rikenglik

tamoyillari

Deklaratsiyasi:

YUNESKO

bosh

konferensiyasining 28 sessiyasida qabul qilingan (1995 y. 16 noyabr, Parij)//
5.

Burxanova G. O‘quvchilar siyosiy madaniyati va diniy bag’rikenglik: “Milliy

istiqlol g‘oyasi: mil-latlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni o‘quvchi va
talaba o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishdagi roli” mavzusidagi
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2016 yil26–27 may. –
Samarqand, 2016.
6.

Bekmurodov M. Milliy mentalitet va ma’naviyat.–T.: Adolat, 2012.–79 b.

7.

Beneman R. Deyatelnost religioznыx organizatsiy po ukrepleniyu

mejreligioznogo soglasiya.//Mejreligioznoe soglasie–vajnoe uslovie uglebleniya
demokraticheskix protsessov v stranax sentralnoy Azii. Materialы
mejdunarodnoy konferensii. –T.: 2012. –125–126 s.
8.

Betti Readon. Bag‘rikenglik: tinchlik sari olg‘a qadam. 2012 –164 b.

9.

Bikritskiy V. Kishilar o‘rtasida ma’naviy–axloqiy munosabatlar.– T.:

O‘zbekiston, 1975. –38 b.
10.

Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy–ma’rifiy

ta’limotlar taraqqiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2001. –480 b
11.

Davletshin M.R. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. –T.:

O‘zbekiston, 1999. –29
12.

Dehkanova M, Tarbiya darslik

13.

Falsafa: ensiklopedik lug‘at. - T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”

Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.260-261; Tarbiya: (ota-onalar va murabbiylar
uchun ensiklopediya). / Tuzuvchi M.N.Aminov. - T.: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.416-417.
14.

Hoshimov K., Nishonova S. va boshq. Pedagogika tarixi. –T.: O‘qituvchi,

1996. –448 b.
15.

Hasanboyev J., To‘raqulov X., Alqarov I., Usmonov N. Pedagogika. Darslik. –

T.: “Noshir”. 2011

Bibliografik manbalar

Abdullaeva Q.A., Safarova R.G‘. va boshq. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi. Boshlang‘ich ta’lim.1998. №6.12–18–b.

B.S.Abdullayeva, X.N.Qodirova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy–ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2001. –480 b.

Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi: YUNESKO bosh konferensiyasining 28 sessiyasida qabul qilingan (1995 y. 16 noyabr, Parij)//

Burxanova G. O‘quvchilar siyosiy madaniyati va diniy bag’rikenglik: “Milliy istiqlol g‘oyasi: mil-latlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni o‘quvchi va talaba o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishdagi roli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2016 yil26–27 may. – Samarqand, 2016.

Bekmurodov M. Milliy mentalitet va ma’naviyat.–T.: Adolat, 2012.–79 b.

Beneman R. Deyatelnost religioznыx organizatsiy po ukrepleniyu mejreligioznogo soglasiya.//Mejreligioznoe soglasie–vajnoe uslovie uglebleniya demokraticheskix protsessov v stranax sentralnoy Azii. Materialы mejdunarodnoy konferensii. –T.: 2012. –125–126 s.

Betti Readon. Bag‘rikenglik: tinchlik sari olg‘a qadam. 2012 –164 b.

Bikritskiy V. Kishilar o‘rtasida ma’naviy–axloqiy munosabatlar.– T.: O‘zbekiston, 1975. –38 b.

Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy–ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2001. –480 b

Davletshin M.R. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. –T.: O‘zbekiston, 1999. –29

Dehkanova M, Tarbiya darslik

Falsafa: ensiklopedik lug‘at. - T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.260-261; Tarbiya: (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya). / Tuzuvchi M.N.Aminov. - T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - B.416-417.

Hoshimov K., Nishonova S. va boshq. Pedagogika tarixi. –T.: O‘qituvchi, 1996. –448 b.

Hasanboyev J., To‘raqulov X., Alqarov I., Usmonov N. Pedagogika. Darslik. – T.: “Noshir”. 2011