BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBIGA DOIR LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA MUAMMOLI VAZIYATLAR YARATISH METODIKASI

Annotasiya

Ushbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish haqida ma’lumotlar berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
131-133
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ravshanova , U. . (2024). BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBIGA DOIR LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA MUAMMOLI VAZIYATLAR YARATISH METODIKASI. Наука и инновации в системе образования, 3(14), 131–133. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/61025
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

131

BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBIGA DOIR LABORATORIYA

ISHLARINI BAJARISHDA MUAMMOLI VAZIYATLAR YARATISH

METODIKASI

Ravshanova Umida Baxriddinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,

Boshlang‘ich ta’lim

pedagogikasi kafedrasi oʻqituvchisi

umidaxon3010@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14564349

Annotatsiya.

Ushbu maqolada biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir

laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi,
muammoli vaziyatlarda foydalaniladigan metodlar va o‘quvchilarning
laboratoriya mashg‘ulotlarni bajarishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil
qilish haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar:

ekosistema, produtsentlar, konsumentlar, oziq zanjiri, tabiiy

va sun’iy ekosistemalar, biotop, biotsenoz, zootsenoz, mikrobiotsenoz, edafotop,
gidrotop

Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida milliy qadriyatlarimiz, o‘zligimizga xos

milliy ta’lim tizimi yaratildi. Eng avvalo, farzandlarimiz xalqimizning asl tarixini
o‘rganib, ilmfanda dunyoni zabt etgan bobokalonlarimizning ulkan merosiga
munosib avlod bo‘lishga intila boshladi. Xalqaro fan olimpiadalarida
o‘quvchilarimiz aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha mustahkam poydevori bor xalq
vakili sifatida o‘zlarini namoyon qilib kel-moqda. Hozirgi kunda Tabiiy fanlarga
bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi, o‘quvchilarning ayniqsa kimyo biologiya
fanlaridan xalqaro olimpiadalarga qatnashib nufuzli o‘rinlarni egallayotgani
buning yaqqol misolidir.

Hozirda tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o‘rtasida differetsiatsiya va

integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob’ektiv qonuniyat sifatida tabiiy
fanlar bo‘lgan biologiya, kimyo, fizika fanlari o‘rtasida fanlararo bog‘lanishni
amalga oshirini talab etmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir darslarda o‘quvchilarning mustaqil

laboratoriya ishlari, tajribalar, frontal laboratoriya va amaliy ishlar ko‘rinishda
olib borildi.

Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda

muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi o‘quvchini amaliyot bilan bog‘lab
o‘qitishda asosiy metodlardan hisoblanadi. Biz o‘z ilmiy-tadqiqot ishimizda
“Ekosistema”ga oid darslarda laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

132

o‘qitish metodidan foydalanib, o‘quvchilarda biologiya faniga nisbatan
akmeologik yondashuvni, ya’ni fanga nisbatan aqliy qobiliyatning rivojlanishini
ko‘rishimiz mumkin.

Ma’lumki, aniq ko‘rsatmalar orqali biologiyaning “Ekosistema” bobidan

bajariladigan laboratoriya ishlari o‘quvchining mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga
kam imkon qoldiradi. Shu bilan birgalikda bunday laboratoriya ishlarida hamma
o‘quvchi bir xil vaziyatda bo‘lib, ularning individual imkoniyatlari hisobga
olinmaydi. O‘qituvchi o‘quvchini baholashda ko‘plab qiyinchiliklarga duch
keladi. Ba’zi vaqtda o‘qituvchi o‘quvchini bajargan laboratoriya ishiga qarab
baholaydi. Agar o‘quvchi biror muammoni o‘zi tajriba orqali hal qilsa,
o‘qituvchining baholashi osonlashadi.

Biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya ishlarini bajarishda

muammoli vaziyatlar yaratib o‘tkazmagan o‘qituvchida uni o‘tkaza olishi
mumkinligi haqida shubha paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda ularda quyidagi savollar
tug‘iladi: “Muammoni tez hal qila olmaydigan o‘quvchi bilan qanday ishlash
lozim?”, “Dars 45 minutga mo‘ljallanganligi uchun biologiyaning “Ekosistema”
bobidan laboratoriya ishida muammoli vaziyatlar yaratish kerakmi?”. Hozirgi
vaqtgacha to‘plangan dalillarga asoslanib, aytish joizki, biologiyaning
“Ekosistema” bobidan laboratoriya ishlari muammoli vaziyatlar yaratib bajarish
zarur. Bunday mazmundagi laboratoriya ishlari metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil
etilgandagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatini
to‘la ishga solib ishlashi lozim. Bu jarayonda har bir o‘quvchining ishi kreativ
ko‘rinishda bo‘lishi.

Masalan “Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aniqlash” mavzusidagi amaliy

mashg‘ulotda o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish uchun amaliy
mashg‘ulot bir necha qismga bo‘lib bajariladi. Amalish mashg‘ulotni bajarishdan
maqsad: ekosistemalarning tarkibini aniqlash, tabiiy va sun’iy ekosistemalarni
qiyosiy o‘rganish.

Ishning borishi
1. Ekosistemalar tarkibini aniqlash yuzasidan topshiriqlar.
2. Tabiiy va sun’iy ekosistemalarni qiyosiy o‘rganishga doir topshiriqlar.
3. Xulosa.
1-topshiriq. Ekosistemalarning tarkibini sxemada aks ettiring. Sxemani ish

daftaringizga chizing.




background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

133

Ekosistema

Biotop

Biotsenos

Bunday jadvallar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini oshiradi.

O‘qituvchining o‘quvchiga beradigan yordami individual tavsifga ega bo‘lishi
lozim. O‘quvchi bilimini baholashda birinchi navbatda uning muammoli
laboratoriya ishini mustaqil bajarganligi va ish hajmi hisobga olinadi.

Xulosa qilib aytganda biologiyaning “Ekosistema” bobiga doir laboratoriya

ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun umumiy holda
quyidagilarni tashkil etish mumkin:

- Biologiyaning “Ekosistema” bobiga oid laboratoriya ishlarini bajarishda

muammoli vaziyatlarni yaratish metodikasining umumiy g‘oyasini izlab topish;

- muammoli vaziyat yaratish rejasini tuzish;
- muammoli vaziyat yaratish;
- muammoli vaziyatni hal qilish;
- olingan natijalarni matematik-statistik metodlardan foydala-nib, qayta

ishlash;
-

ilmiy xulosalar chiqarish, amaliy taklif va tavsiyalar berish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. J.O. Tolipova, A.T.G`ofurov Biologiya ta’limi texnologiyalari. Metodik qo`llanma
«O`qituvchi», Toshkent. 2002y
2. J.O.Tolipova “Biologiyani o`qitishda innovatsion texnologiyalar” Pedagogika
oliy o`quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - “Cho`lpon” – 2011 y.
3. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Distance Learning System in
Educational System Instead, and Significance //Texas Journal of
Multidisciplinary Studies. – 2023. – Т. 21. – С. 11-13.
4. Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and
Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary
Studies. – 2024. – Т. 28. – С. 19-22.
5. Ravshanova U. 10-SINFDA BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBINI
MUAMMOLI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (UMUMTA’LIM
MAKTABI MISOLIDA) //Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari: muammolar
va yechimlar. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 825-827.

Bibliografik manbalar

J.O. Tolipova, A.T.G`ofurov Biologiya ta’limi texnologiyalari. Metodik qo`llanma «O`qituvchi», Toshkent. 2002y

J.O.Tolipova “Biologiyani o`qitishda innovatsion texnologiyalar” Pedagogika oliy o`quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - “Cho`lpon” – 2011 y.

Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Distance Learning System in Educational System Instead, and Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. – 2023. – Т. 21. – С. 11-13.

Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. – 2024. – Т. 28. – С. 19-22.

Ravshanova U. 10-SINFDA BIOLOGIYANING “EKOSISTEMA” BOBINI MUAMMOLI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (UMUMTA’LIM MAKTABI MISOLIDA) //Biologiyaning zamonaviy tendensiyalari: muammolar va yechimlar. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 825-827.