Авторы

  • Baxtiyor Boltayev
    Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sies.60612

Ключевые слова:

nutq madaniyati muloqot o‘zaki yozma ilmiy uslub rasmiy uslub til.

Аннотация

Ushbu maqolada kursantlarning nutq madaniyati, og‘zaki va yozma nutqi, muloqot jarayonida kursantlar nutqiga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yuritilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

53

KURSANTLARNING NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

USULLARI

Boltayev Baxtiyor Yunusovich

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari

ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499117

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kursantlarning nutq madaniyati, og‘zaki va

yozma nutqi, muloqot jarayonida kursantlar nutqiga qo‘yiladigan talablar haqida
so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

nutq madaniyati, muloqot, o‘zaki, yozma, ilmiy uslub,

rasmiy uslub, til.

Аннотация:

В данной статье говорится о культуре речи курсантов,

устной и письменной речи, требованиях к речи курсантов при общении.
Ключевые слова: культура речи, общение, устное, письменное, научный
стиль, формальный стиль, язык.

Annotation:

This article talks about the culture of cadets' speech, oral and

written speech, requirements for cadets' speech during communication.

Keywords:

speech culture, communication, oral, written, scientific style,

formal style, language.

Barcha xalqlar, millatlar o‘z tili va nutq madaniyatiga egadirlar. Til – fikr

ifodalash usuli, muomala vositasi. Til va nutq – bir jarayonning ikki tomoni. Til
fikrni ifodalaydi, nutq uni yuzaga chiqaradi. Fikrni so‘zlar orqali boshqalarga
bildirish usuli kishilarning nutq madaniyati yoki so‘zlashish uslubi deb ataladi.
Kursantlarning nutq madaniyati deb ularning o‘z fikrlarini bir-birlariga,
kelajakda kasbiy faoliyatlari davomida fikrlarini fuqarolarga, aholiga til
vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishlariga aytiladi.
Nutqning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Yozma nutq ilmiy, rasmiy, publitsistik
va qisman badiiy uslublarda, og‘zaki nutq esa adabiy va so‘zlashuv uslublari
orqali ifodalanadi.
Yozma nutq favqullodda vaziyatlar kursantlarining kundalik hayotining tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi. Buni dars jarayonidan tortib to rasmiy ish
qog‘ozlarini yuritguncha, ya’ni bildirgi, tushuntirish xati, arizalarni yozishni
ham yozma nutqsiz tasavvur etish qiyin. Donolar odatda «yozuvingni ko‘rsat,
men sening kimligingni aytib beraman» deydilar. Demak, yozuv odamning fe’lini
ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekan. Shuning uchun ham kursantlar, eng avvalo,
yozma nutq turlari va qoidalarini puxta egallagan bo‘lishlari lozim.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

54

Ilmiy uslub. Ilmiy uslub deb jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda
fikrlarni o‘zbek tilining barcha morfologik va sintaktik qoidalari asosida, ilmiy-
hujjat shaklida, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommaviy, o‘quv-ilmiy, publitsistik tarzda
ifoda etishga aytiladi.
Ilmiy uslub o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan yozma nutqning boshqa
shakllaridan farq qiladi:
1) bayon qilinayotgan axborotning obyektivligi, aniqligi;
2) bayon qilinayotgan fikrning qisqa va lo‘ndaligi;
3) mantiqiy izchillikning kuchliligi;
4) ma’lumotlarga boyligi;
5) adabiy til qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shevachilikning yo‘qligi;
6) fikrni bayon etishda ko‘rgazmali qurollar, ya’ni har xil chizma va jadvallarning
ishlatilishi.
Rasmiy uslub. Bu uslub hozirgi kunda ma’muriy va yuridik ishlarda keng
qo‘llaniladigan yozma nutq shakllariga kiradi. Barcha qonunlarning matnlari,
farmonlar, buyruq va qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, bildirgilar, bayonnomalar,
tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, shartnomalar, xullas, favqulodda vaziyatlar
idoralarida olib boriladigan va yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda
yoziladi.
Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat:
1) so‘z tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak;
2) fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak;
3) fikr kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur;
4) jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar ishlatilmasligi kerak;
5) eskirgan so‘zlar va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik yoki o‘rniga qarab
ishlatish lozim.
Yuqorida qayd etilganidek, og‘zaki nutq so‘zlashuv va adabiy uslublarda
ifodalanadi.
So‘zlashuv uslubi deb kishilarning kundalik hayotda sheva va lahjalarda muloqot
qilish usuliga aytiladi. So‘zlashuv uslubida nutq madaniyatining qoida va
normalari qat’iy qo‘llanilmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi Toshkent
shevasi, Farg‘ona shevasi, Namangan shevasi, Andijon shevasi, Qashqadaryo
shevasi, Surxondaryo shevasi, Buxoro shevasi, Samarqand shevasi kabi ko‘plab
shevalarda so‘zlashadilar.
Adabiy uslub deb adabiy til normalariga qat’iy amal qilishga asoslangan uslubga
aytiladi. Adabiy uslubda so‘zlashganda, jumladan ma’ruza o‘qilganda, rasmiy
uchrashuvlarni o‘tkazganda til qoidalariga to‘liq rioya etiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

55

Og‘zaki nutq yozma nutqqa qaraganda keng qamrovli bo‘lib, quyidagi
xususiyatlarga ega:
1) og‘zaki nutqda shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi;
2) og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi;
3) og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud;
4) og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi;
5) og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutq
so‘zlanayotgan vaziyatga bog‘liq, so‘zlovchi nutqiy a’zolarining normal va
sog‘lomligiga bog‘liq;
6) og‘zaki nutq me'yorlarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish,
o‘rgatish va o‘rganish ancha qiyinchilik bilan kechadi;
7) og‘zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy
(individual) faoliyat bo‘lib, uning ko‘pgina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha
kechadi va payqamagan holda beiz yo‘qolib ketadi;
8) kishi so‘zlaganda, o‘z nutqiga yozgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi .
Og‘zaki nutq, o‘zining funksional shakliga ko‘ra, so‘zlashuv tilida gapiruvchi
shaxslarning, notiqlarning, radio va televideniye eshittiruvchilarining nutqlari
hamda sahna nutqlariga bo‘linadi.
Kursantlar nutqi, og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi qoidalarga
mos kelishi kerak:
birinchidan, nutq mazmunli bo‘lishi, notiqning fikr yuritayotgan mavzuni har
tomonlama chuqur bilishidan darak berib turishi;
ikkinchidan, adabiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri, har qanday shevachilikdan
xoli bo‘lishi;
uchinchidan, aniq, ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi;
to‘rtinchidan, mantiqiy izchil, sof, keraksiz so‘z va iboralardan xoli bo‘lishi;
beshinchidan, ifodali, ta’sirchan, yorqin, tinglovchida qiziqish uyg‘otadigan
bo‘lishi;
oltinchidan, aniq, sodda, go‘zal bo‘lgani holda nutq mavzuiga mos tushishiyb
inobatga olishi kerak.
Kursantlarlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida nutq madaniyatiga
qo‘yiladigan talablar:
1) fuqarolar bilan so‘zlashganda xodim shirinsuxan, muloyim va ezgu niyatli
bo‘lishi zarur. Chunki shirin so‘z bilan odamlarni birlashtirish mumkin yoki
achchiq, haqoratomuz so‘zlar bilan esa ularni yuz ko‘rmas qilib yuborish
mumkin;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

56

2) so‘zlaganda imo-ishoralarni kamroq qilish, ayniqsa, qo‘lni ko‘tarib do‘q-
po‘pisa qilib, minbarni mushtlab, qo‘lidagi narsalarni otib gapirmaslik kerak.
Suhbat nihoyatda samimiy, o‘zaro xayrixohlik bilan o‘tkazilishi, odamoxunlik
bilan tugatilishi lozim;
3) fuqarolarning so‘zlarini, garchand ularning mazmuni sizga ma’lum yoki
yoqmayotgan bo‘lsa ham, diqqat va chidam bilan eshitish kerak. Bu haqda buyuk
bobokalonimiz hazrat Mir Alisher Navoiy shunday deganlar: «Fano ahliga ko‘p
so‘zlamoq maqbul emas, ko‘p eshitmoq, – matlub va yaxshidir. matlub va
yaxshidir. Eshitmoq kishini to‘latadi, aytmoq, bo‘shatadi
4) so‘zlashish chog‘ida o‘zi, oilasi to‘g‘risida, shaxsiy g‘am-tashvishlari haqida
so‘z ochmaslik, oila sirini saqlash kerak;
5) tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish, tilni tiyish, sergap va vaysaqi
bo‘lmaslik, har xil haqoratomuz so‘zlarni aytmaslik lozim. Chunki, ulug‘
mutaffakir Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, «ko‘p so‘zlovchi valdiroq tunda
tong otguncha huriydigan itga o‘xshaydi. Nodonning dahshatga soluvchi
aljirashiga tomoq qirmog‘i – eshakning o‘rinsiz hangramog‘i» kabidir;
6) g‘iybatdan, tuhmatdan, mish-mishlardan o‘zni tiyish, bo‘shog‘izlik qilmasdan,
suhbat sirini saqlay bilish kerak;
7) fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatda, «til tarozisi» degan naqlga rioya
qilish kerak;
8) xodim, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, jamoasida va fuqarolar bilan
bo‘ladigan muloqotlarda nutqi, xatti-harakatlari, xulqi va fe’l-atvorini nazorat
qilib borishi, faqatgina o‘z gapini ma’qullashga urinmay, boshqalarning
so‘zlariga ham quloq solishga odatlanishi kerak.
Ko‘rinadiki, bo‘lajak mutaxassislarning turli vaziyatlarda kasbiy muloqotni
amalga oshirish layoqatini rivojlantirish til ta’limining bosh maqsadi bo‘lishi
kerak. Ta’lim olish jarayonidagi bu maqsadlar birma-bir amalga oshirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev YO. Nutq madaniyati va uslubiyati

asoslari. – T., 1992. – B.33-34.
2.

Ajdodlar o‘giti: hikoyatlar hikmatlar, tamsillar. – T., 1990. – B.115.

Библиографические ссылки

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev YO. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. – T., 1992. – B.33-34.

Ajdodlar o‘giti: hikoyatlar hikmatlar, tamsillar. – T., 1990. – B.115.