«Наука и инновации в интересах
национального и глобального развития»
80
AHOLINING KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISHDA KICHIK BIZNESNI
RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Dedamirzayev Ravshanbek Abdumalik o‘g‘li
Chortoq tumani hokimligi, Bag‘rikenglik hokim yordamchisi
Annotatsiya.
Maqolada aholining kambag‘allikdan chiqarishda kichik
biznesni rivojlantirish masalalari, yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobiga bandlikni
ta’minlash, yuksalishiga xizmat qiluvchi omillar bilan bog‘liq masalalar ko‘rilgan.
Kalit so‘zlar
: biznes, tadbirkorlik, kredit, bank, investitsion, tadbirkorlik
faoliyati, bandlik, subsidiya.
Аннотация
.
В статье рассматривается роль малого бизнеса
в снижении уровня бедности, создании новых рабочих мест и обеспечении
занятости населения, а также анализируются факторы, способствующие
его развитию.
Ключевые слова:
бизнес, предпринимательство, кредит, банковское
дело, инвестиции, предпринимательская деятельность, занятость,
субсидия.
Abstract.
The article examines the role of small businesses in reducing
poverty levels, creating new jobs, and ensuring employment for the population, as
well as analyzes the factors contributing to their development.
Keywords:
business, entrepreneurship, credit, banking, investment,
entrepreneurial activity, employment, subsidy.
Kirish
Hozirgi kunda olib borilayotgan barcha islohotlar mamlakatimiz
rivojilanishi xamda tadbirkorlar sonini oshirish bilan ko`payib borayotga aholini
ish bilan bandligini ta
’
minlash jarayonida kambag`allikdan chiqarish dolzarb
xisoblanmoqda. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil
23-
sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush faravonligini
oshirish borasidagi chora-
tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi
PF
–
143-son Farmoni qabul qilindi, xamda 2025-yil yakuniga qadar
kambag‘allikni qisqartirish 6 foizga tushirilishi haqida shuningdek 2025
-yilda
1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy
-iqtisodiy
siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining
birinchi darajali vazifasi etib belgilanmoqda.
Bundan tashqari qarorda aholi bandligini ta’minlash va daromadini
oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan
«Наука и инновации в интересах
национального и глобального развития»
81
belgilangan ishlar haqida,
kasbiy ko‘nikma markazlarida tezkor kurslar tashkil
etilishi, kasbiy malakani baholovchi markazlari tashkil qilinib xorijiy davlatlarda
tan olinadigan malaka sertifikati berilishini yo‘lga qo‘yilishi, 2024
-yil1-noyabrdan
boshlab davlat mehnat inspeksiyasi
va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya
etilishi yuzasidan tekshiruvlar boshlangan paytdan boshlab tadbirkorlik
sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha vakilni
xabardor qilgan holda o‘tkazilmoqda.
Bu borada 2025-yil 1-martdan boshlab davlat mehnat inspeksiyasi va uning
hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni
muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi
ni majburiy sug‘urta
qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun
kameral nazorat o‘tkazish vakolati berilishi, mehnat huquqlari va mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan, Davlat mehnat inspeksiyasi
va
uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga
aralashgan to‘sqinlik qilgan yoki ta’sir o‘tkazgan shaxslarga nisbatan jarima
qo‘llash tartibi joriy etilishi haqida tushuntirilmoqda.
Shuningdek, 2025-yilda 1 million nafar aholini
kambag‘allikdan chiqarish
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari
va tashkilotlarga vazifasi etib belgilandi va bajarilishini nazorat qilinmoqda.
Buning natijasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijo
biy
natijalar va to‘plangan milliy tajriba hamda ilg‘or xalqaro amaliyot asosida har bir
fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga
undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga
qaratilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda
dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilmoqda.
Ushbu dastur asosida “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va
mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda ya`ni:
❖
barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
❖
ta’lim olish va kasb
-
hunar o‘rganish;
❖
kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
❖
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
❖
yashash sharoitlarini yaxshilash;
❖
davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
❖
davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish.
Mamlakatimizda kambag‘allik muammosini hal etishda kichik biznesni
rivojlantirish masalasiga katta e
’
tibor qaratilmoqda xamda ular yordamida
ijtimoiy siyos
atda alohida o‘rin egallagani sababli aholining ehtiyojmand
qatlamini manzilli qo‘llab
-quvvatlash borasida salmoqli amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi
yaratilmoqda. Ayni chog‘da ijtimoiy nafaqa uchu
n ariza berishdan tortib,
«Наука и инновации в интересах
национального и глобального развития»
82
nafaqalarni tayinlash yoki rad etish jarayonlarining bari raqamli tizim asosida
amalga oshirilmoqda.
Ushbu sa’y
-harakatlar orqali 2022-
yil yakunlariga ko‘ra kambag‘allik
darajasi 17 foizdan 14 foizga kamaydi. Jumladan, aholini kasb-
hunarga o‘qitish,
mahallalarda tadbirkorlikka ko‘maklashish sohasida amalga oshirilayotgan
amaliy ishlar natijasida kambag‘allikdan 1 million kishiniga kamaytirildi.
Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida esa 210 ming aholi
kambag‘allikdan chiqarilgan. Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit
va 1 trillion 500 milliard so‘m subsidiyalar ajratilib kelinmoqda. Biroq bu natijalar
bugungi kunda kam deb o`ylaymiz, buni oshirib bolrish lozim.
Bundan tashqari kambag‘allikni kamaytirishning eng muhim yo‘llaridan
biri
–
bu tadbirkorlikni qo‘llab
-
quvvatlash bo‘lib, ular yaratgan daromadli ish
o‘rinlari kambag‘allikni kamaytirishga yordam bermoqda. Oxirgi besh yilda
yurtimizda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko‘paygani esa bitta
tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 ta tadbirkorlar sinfi shakllandi.
Agar davlat bu tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilib, ularni qo‘llab
-
quvvatlasa, joylarda bandlikni hal qilish imkoniyati ortmoqda. Masalan, aholini
kasb-
hunarga o‘qitish uchun har yili davlat tomonidan 200 milliard so‘m
ajratilmoqda.
Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, o‘zi uchun minglab
mutaxassis tayyorlashga majburlanmoqda. Ammo bunda davlat qo‘llab
-
quvvatlovi kamroqdir. Buning birdan-
bir to‘g‘ri
yechimi
–
tadbirkorga sharoit
yaratilmoqda, ular bilan manfaatli hamkorlik qilinmoqda. Bu orqali ham
bandlikni ta’minlash, ham malakali mutaxassis tayyorlanmoqda.
Shu jihatdan, “20 ming tadbirkor –
500 ming malakali mutaxassis” dasturi
amalga oshirilishi n
azarda tutilgandir. Unda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, jami
1 milliard dollar ajratilgan. Bu mablag‘lar hisobidan tadbirkorga kambag‘al oilalar
a’zosini kasbga o‘qitildi, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va
uzoqroq muddatga kredit berilmoqda.
Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoyning
tajribasi e’tiborga molik. Ya’ni kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga u
yerdan ekspertlar jalb qilinmoqda. Endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda
bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur asosida
amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Shu bois Xitoy hukumatining kambag‘allikka qarshi kurashdagi tajribasi,
mamlakat qishloqlarida qashshoqlik darajasida yashayotgan salkam 100 million
aholi 2020 yilga kelib qashshoqlikdan chiqarilganini alohida aytib o
‘
tish lozim.
Xulosa
qilib shuni aytish joizki,
yuqoridalardan kelib chiqqan xolda aholini
kambag
‘
allikdan chiqarish masalasi aholini ish bilan band qilishdir. Bu borada
o‘tgan yi
llarda 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchlilik uchun
ajratilgan edi. Endi yana 50 ming gektar yer 100 mingta kambag‘al oilaga bo‘lib
berilmoqda bu esa samarali natijaga erishilmoqda.
«Наука и инновации в интересах
национального и глобального развития»
83
Ushbu yerlarda “kompaniya –
kooperativ
–
dehqon xo‘jaligi” tam
oyili
asosida dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil etilmoqda. Bunda, Xitoy tajribasi
asosida, yerdan uch xil daromad oladigan tizim amalga oshirishirilmoqda ya`ni:
❖
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi va eksport qiluvchi katta
kompaniya kambag‘al oi
lalardan yerni ikkilamchi ijaraga oladi.
❖
yoki yer egalari ulushdor sifatida kooperatsiyaga birlashib,
kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular o‘rtasida
taqsimlanadi.
❖
har ikki holatda ham ushbu aholi yerda o‘zi mahsulot yetishtirib, buning
uchun oylik oladi.
Ya’ni, kambag‘al oila o‘ziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib,
oylik olish bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad ko‘radilar. Kompaniya esa
bir konturda bir mahsulot yetishtirib, sifat va tannarxdan yutilmoqda.
Bandlik loyihalarini amalga oshirishda mikromoliya xizmatlari ham muhim
va bu boradagi imkoniyatlar kengaymoqda.
Shunday qilib, tadbirkorlik sub’yektlari sonini ko‘paytirish va aholining ish
bilan bandligini doimo monitoringdan o‘tkazib turish kelajakda mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Aripov O.A. O‘zbekistonda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga
solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish.
–
T.: «Lesson Press» nashriyoti.
2021. 116-117- betlar.
2.
Beglova Ye.I. Bednost ka sosialno-ekonomicheskoye yavleniye. Avtoref.
diss. na soiskan. uchenoy stepeni dokt. ekon. nauk, 2014. S. 11.
3.
Boot Ch. Life and London of the people in London [Electronic resource] /
Ch. Boot.
–
URL: https://archive.org/details/lifelabourofpeop07bootiala.
4.
Gegel. Politicheskiye proizvedeniya.
–
M.: Nauka, 1987.
–
530 s.
5.
Mustafaqulov Sh.I., Murodullayev N., Xamidov R. O‘zbekistonda
kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida. // Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar. 1-son, yanvar-fevral, 2020-yil.
6.
stat.uz sayt ma’lumotlari.
