O`zbekiston 2030 strategiyasini amalga oshirishda ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishning dolzarb muammolari va echimlari

Abstract

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O'zbekiston 2030 strategiyasi doirasida xotin-qizlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etishga qaratilgan keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2025
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
120-122
37

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Saidova, S. (2025). O`zbekiston 2030 strategiyasini amalga oshirishda ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishning dolzarb muammolari va echimlari . Science and Innovation for National and Global Development, 1(1), 120–122. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/singd/article/view/73575
Subkhinigor Saidova, Tashkent State University of Economics
Doctoral student of the Department "banking"
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O'zbekiston 2030 strategiyasi doirasida xotin-qizlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etishga qaratilgan keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.


background image

«Наука и инновации в интересах

национального и глобального развития»

120

O`ZBEKISTON 2030 STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHDA

AYOLLAR TADBIRKORLIGINI MOLIYALASHTIRISHNING DOLZARB

MUAMMOLARI VA ECHIMLARI

Saidova Subhinigor Azizovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,

“Bank ishi” kafedrasi tayanch doktoranti

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy rivojlanishida ayollar tadbirkorligini

moliyalashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O`zbekiston 2030 strategiyasi

doirasida xotin-qizlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy,

ijtimoiy va siyosiy faol

ligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng

jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda respublikamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish

bo‘yicha 4 bosqichli yangi tizimni yo‘lga qo‘yilishi belgilangan [1]. Bunda

tadbirkorlikk qiziqqan ayollar dastlab o‘qitiladi, keyin ular banklar ko‘magida

kichik tadbirkorga aylanadi. Tijorat banklari tomonidan ularga qulay moliyaviy

paketlar taqdim etiladi.

Birinchi bosqichda biznesga qiziqqan, lekin ko‘nikmasi bo‘lmagan 20 ming

nafar xotin-

qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi. Bunga Savdo

-

sanoat palatasi mas’ul

bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda “Xalq banki” o‘zini o‘zi band qilgan 100 ming nafar

ayolning kichik tadbirkor bo‘lishi uchun ko‘maklashadi.

Uchinchi bosqichda har bir tumanda 2 tadan kichik korxonani namunali

o‘rta biznes darajasiga olib chiqishga “Hamroh” kompaniyasi mas’ul bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqichda Savdo

-sanoat palatasi eng faol 50 nafar ayol

tadbirkorni yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshadigan “chempion

tadbirkor”ga aylantiradi.

Davlatimiz rahbari SH. M. Mirziyoyev ayollarga hunar o‘rgatish va ayollar

orasida ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan choralar haqida alohida to`htalib, bu

borada quyidagilarni ta`kidlab o`tdi, “2025

-yilda 2 million ayollar bandligini

ta’minlash, shundan

1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish

rejalashtirilgan [2].”

2024-

yilning boshida O‘zbekiston aholisi 36799 ming kishiga yetdi va 2023

-

yilning mos davridagiga nisbatan 2,2 foizga yoki 775 ming kishiga oshdi. Aholi

orasida ayolarning ulushi 49,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda ayollar orasidagi

ishsizlik darajasi

so‘nggi paytlarda ortib borayapti. Ayollar orasidagi yuqori

ishsizlik ko‘rsatkichlari va past iqtisodiy faollik darajasi bir tomondan yuqori

tug‘ilish ko‘rsatkichlari va ayollarning uy ishlariga ko‘p vaqt ajratishi bilan bog‘liq

bo‘lsa, ikkinchi tomondan aholi mentaliteti bilan ham bog‘liq [3].


background image

«Наука и инновации в интересах

национального и глобального развития»

121

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 17 mln.dan ziyod qismini xotin-

qizlar tashkil etadi, tadbirkorlikda ayollarning ulushi esa kichik biznes vakillari

umumiy sonining 25 foiziga teng. Ushbu yo’nalish oldida turgan ustuvor

vazifalardan biri tadbirkorlik

sub’ektlari o’rtasida xotin

-qizlar ulushini 40 foizga

yetkazishdir.

Hozirda,

asosiy

muammolardan

biri

tadbirkor

ayollarni

moliyalashtirishdagi ta`minotning yetishmovchiligi hisoblanadi. Tegishli

moliyaviy yordamsiz ko‘plab ayollar o‘z bizneslarini boshlay olmasliklari

muammosi mavjud va ushbu muammoni hal qilish uchun hukumat va moliya

institutlari ayollarning kapitalga kengroq kirishini ta’minlash chora

-tadbirlar

ishlab chiqilmoqda.

Yana bir muammo

ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar va

to‘siqlar haqidagi ma’lumot va xabardorlikning yetarli emasligidir. Moliyaviy

savodxonlik dasturlari ayollarga o‘z moliyasini qanday boshqarishni va o‘zlarini

diskriminatsiyadan himoya qilishni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Qolaversa, oilalarga ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishning ahamiyati

haqida ma’lumot berish mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga va ayollarning

biznesda muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.

Xotin-

qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab

-quvvatlash

maqsadida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab

-quvvatlash,

birinchi navbatda, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada
yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasida

2018-yildan buyon oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari amalga

oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 194 mingga yaqin

aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan 3,3 trln soʻm miqdoridagi imtiyozli

kredit mablagʻlarining 1,6 trln soʻmi (49 foiz) 109 mingga yaqin ayol

tadbirkorlarga taqdim etilgan.

Ayollar bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik faoliyatini

moliyalashtirishni takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarga e`tibor

afratish maqsadga muoviq bo`ladi:

ayollar uchun moslashuvchan ish jadvali va masofadan turib ishlash

tizimini rivojlantirish, bunday ish o‘rinlarini taklif etuvchi ish beruvchilarga

maxsus soliq imtiyozlarini joriy etish;

yuqori maosh taklif etiladigan axborot texnologiyalari, moliya va sug‘urta

tarmoqlarida xodimlar orasida gender tengligini (kamida 30 foizni ayollar tashkil

etgan) ta’minlagan ish beruvchilar uchun maxsus soliq va kreditlar bo‘yicha

imtiyozlar berish;

ayollar uchun mahallalarda raqamlashtirish savodxonligini oshirish va

ijtimoiy media marketing kurslarini tashkil etish;

Koʻplab tadbirkor ayollar qishloq joylarda mehnat qilishi va ayollar


background image

«Наука и инновации в интересах

национального и глобального развития»

122

tadbirkorligini “yashil iqtisodiyot” orqali rivojlantirish, ayollarning yanada faol

ishtirok etishi uchun katta salohiyatga egaligi bilan alohida amiyatga molik

sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.https://kun.uz/news/2025/03/08/5-nafar-ayolni-biznesga-olib-kirgan-

tadbirkorga-50-mln-somgacha-grant-ajratiladi?ysclid=m8bxa1x8ai451990740

2. Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8

-

martga bag‘ishlangan nutq

07.03.2025.https://oz.sputniknews.uz/20250307/shavkat-mirziyoev-

koksaroyda-8-martga-bagishlangan-nutq-sozladi-
48284272.html?ysclid=m8bw74ecj5602386877

3. O'zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik sabablari 6 mart 2024 y.

https://imrs.uz/publications/articles-and-abstracts/ayollar_ishsizligi



References

https://kun.uz/news/2025/03/08/5-nafar-ayolni-biznesga-ohb-kirgan-tadbirkorga-50-mln-somgacha-grant-ajratiladi?ysclid=m8bxalx8ai451990740

Shavkat Mirziyoyev Ko'ksaroyda 8-martga bag'ishlangan nutq 07.03.2025.https://oz.sputniknews.uz/20250307/shavkat-mirziyoev-koksaroyda-8-martga-bagishlangan-nutq-sozladi-48284272.html?ysclid=m8bw74ecj5602386877

O'zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik sabablari 6 mart 2024 y. https: //imrs.uz/publications / articles-and-abstracts/ayollarJshsizligi