Авторы

  • Асадбек Тухтасинов
    Студент, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp49-55

Ключевые слова:

экология экологическая устойчивость природные ресурсы экологические права окружающая среда охрана природы экологическое равновесие экологическая ответственность

Аннотация

В статье рассматривается правовая база охраны окружающей среды на основе международных, региональных и национальных стандартов. Сегодня выдвигаются идеи о кардинальном изменении в нашем обществе и на международной арене отношения к экологии, роли и значения экологии в жизни человека. Природные ресурсы и природно-климатические условия играют важную роль в каждой стране. Они имеют большое значение для всех слоев населения и играют существенную роль в определении здорового образа жизни человечества в будущем.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of improving legislation in the field of ecology

Asadbek TUKHTASINOV

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

The article examines the legal framework for environmental

protection based on international, regional and national

standards. Today, ideas are put forward about a fundamental

change in our society and in the international arena in the
attitude to ecology, the role and significance of ecology in

human life. Natural resources and natural and climatic

conditions play an important role in each country. They are of

great importance for all segments of the population and play a
significant role in determining the healthy lifestyle of humanity

in the future.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp49-55

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

ecology,

environmental
sustainability,

natural resources,
environmental rights,

environment,

nature conservation,
ecological balance,

environmental
responsibility.

Ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ekologiya,

ekologik barqarorlik,

tabiiy resurslar,

ekologik huquqlar,

atrof-muhit,

tabiatni muhofaza qilish,

ekologik muvozanat,
ekologik javobgarlik.

Ushbu maqolada ekologiya sohasidagi qonunchilikni

takomillashtirish masalalari, mintaqaviy va milliy standartlar

asosida ko‘rib chiqilgan. bugungi kunda jamiyatimizda va
xalqaro maydonda ekologiyaga bo‘lgan munosabatning tubdan

o‘zgarib borayotganligi, ekologiya

ning inson hayotidagi

o‘rni va

ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar ilgari surilgan.

Har bir

mamlakatda tabiat resurslari va tabiiy iqlim sharoiti muhim

o‘rinni egallaydi. Ular

aholi barcha qatlami uchun muhim

ahamiyat

hisoblanib, insoniyatning ertangi sog‘lom

turmush

tarzini belgilashda

muhim rol o‘ynaydi.

1

Student, Fergana State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

50

Вопросы совершенствования законодательства в

области экологии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

экология,

экологическая

устойчивость,

природные ресурсы,

экологические права,

окружающая среда,

охрана природы,

экологическое равновесие,

экологическая

ответственность.

В статье рассматривается правовая база охраны

окружающей

среды

на

основе

международных,

региональных и национальных стандартов. Сегодня

выдвигаются идеи о кардинальном изменении в нашем

обществе и на международной арене отношения к

экологии, роли и значения экологии в жизни человека.

Природные ресурсы и природно

-

климатические условия

играют важную роль в каждой стране. Они имеют большое

значение для всех слоев населения и играют существенную

роль в определении здорового образа жизни человечества

в будущем.

Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan

qonunchilik bazasi eskisidan keskin farqli ravishda qaytadan yaratildi. Tabiatni muhofaza

etishdagi ma’muriy

-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv uslubidan tejamkor va

ekologik jihatdan asoslangan boshqaruvga o‘tildi. 1992 yili O‘zbekiston Respublikasining

“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qo

nuni qabul qilinib, u tabiiy muhit sharoitlarini

saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy

asoslarini belgilab berdi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar

uyg‘un muvozanatda rivojlanishin

i, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim

obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega

bo‘lish huquqini kafolatladi.

O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona

foydal

anish sohasidagi munosabatlar ushbu qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston

Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini,

o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi

qonunlari bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpog‘iston

Respublikasida

tabiatni

muhofaza

qilish

sohasidagi

munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.

Ayni paytda mazkur qonun qaytadan

ko‘rilmoqda.

Maxsus qonunchilik hujjatlari tizimini rivojlantirish ekologik huquqbuzarliklar

uchun tegishli javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, uni qo‘llash amaliyotining huquqiy

tartiblarini belgilash, ekologik ta’lim

-tarbiyani takomillashtirish hamda bu boradagi

muammolarni hal etishga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishni talab etadi. Bundan

tashqari, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatni

muhofaza qilish qonunchiligi hamda boshqa sohalardagi huquqiy me’yorlar o‘

rtasidagi

nomutanosibliklarni bartaraf etish, zarur me’yoriy

-huquqiy hujjatlarni qabul qilish orqali

qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, huquqiy tizimda atrof tabiiy muhitga antropogen

ta’sirni kamaytirishni ta’minlovchi xalqaro ekologik standartlarn

i joriy etish kerak.

Shuningdek, xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar doirasida mamlakatimiz

qonunchiligini mazkur sohadagi xalqaro huquq me’yorlariga uyg‘unlashtirish, atrof tabiiy

muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida aholi, xo

‘jalik yurituvchi

subyektlar va davlat manfaatlari o‘rtasidagi nizolarni hal etishning sud mexanizmlarini

rivojlantirish va faollashtirish, noqonuniy faoliyatni to‘xtatish mexanizmlarining to‘liq

qo‘llanilishini ta’minlash lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

51

Ushbu

vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining

shuningdek “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi,
“Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi, “Oziq

-

ov­qat mahsulotlarining sifati va

xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Ekologik

nazorat

to‘g‘risida”gi qonunlarini, “Yer kodeksi” va boshqa me’yoriy

-huquqiy hujjatlarni

takomillashtirish zarur.

O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda ekologik vaziyatlar va ofatlar hududlari

to‘g‘risida”gi, “Ekologik sug‘urta to‘g‘risida”gi, “Tabiatdan oqilon

a foydalanishni iqtisodiy

rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi, “Davlat ekologik nazorati xizmati to‘g‘risida”gi va boshqa
yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Ma’lumki, yangi qonunlarni yaratish, o‘zaro uzviy bog‘li

q qonunchilik hujjatlari bilan

ishlash sharoitida ularni kodlashtirish muammosi yuzaga keladi. O‘zbekiston

Respublikasi ekologik siyosati qonunchiligi asoslarining hozirgi kundagi holati yangi
kompleks xarakterdagi umumlashtirilgan bosh kodlashtirish aktini qabul qilishni taqozo

etadi. Ekologik qonunchilikni kodlashtirish jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatida

siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga hamda yangi mazmundagi
normativ hujjatni ishlab chiqishni ilmiy-amaliy jihatdan asoslashga tayanuvchi murakkab
qonunchilik jarayoni hisoblanadi.

Ekologik qonunchilikni takomillashtirish tabiat qonuniyatlariga rioya etish, atrof-

muhitga salbiy ta’sir qiluvchi faoliyatga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy mezonidir. Ularni

bilish va hisobga olish, tabiatd

an foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini qo‘llash,

ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish, ekologik toza (kam chiqindili)
texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va
tabiatni muhofaza qilishning boshqa huquqiy chora-tadbirlarini amalga oshirishda
muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston ekologik harakatining tashkil topishi, 2009

-yil 1-iyulda kuchga kirgan

qonunga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining 15 deputati ushbu harakatdan
saylanishi tartibining joriy etilganligi qonun ijodkorligi va qabul qilingan qonunlar
ijrosini nazorat qilish jarayonida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid

masalalarning ustuvorligini yanada ko‘proq inobatga olish imkonini berdi.

Mamlakatimizda ekologiya sohasiga 2017-

yilda yanada kuchaytirildi. O‘zbekiston

Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 21-

aprelda imzolangan “Ekologiya

va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish

to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ekologiya va

atrof-

muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi.

Mazkur farmonni amalga oshirilishidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy

resurslardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat ko

‘rsatayotgan davlat nazorati va

boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini oshirish, ekologiya va
atrof-

muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlash,

atrof-muhitning ekologik holati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni

qo‘riqlash uchun qulay shart

-

sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va

ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

52

maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish

ishlarining samarali tizimini tashkil etish;

atrof-muhitning ekologik holati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya

tizimlari, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat
sog‘lomlashtirilishini ta’minlash;

yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, hayvonot

va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ula

rdan foydalanish, atmosfera havosini

muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi

qonunchilikka rioya qilish borasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish,

shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan va saqlanadigan

pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;

ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekolo

giya va atrof-

muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni
tashkil etish.

Farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza qilish davlat

qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza qilish

qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza qilish

boshqarmalarining markaziy apparatlarida chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash,

saqlash, ta

shib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish

bo‘yicha nazorat inspeksiyalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza qilish

qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida

“Toza hudud” davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek,

tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib

ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan uchastkalari negizida ularning fil

iallari;

tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamg‘armalari negizida

Ekologiya, atrof-

muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga

oshirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi, jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda

atrof-

muhitni muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga va

bioresurslarni saqlash va qayta tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va
monitoring qilish sohasida ilmiy-

tadqiqot ishlarini o‘tkazishga, targ‘ibot va ma’rif

iy

ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi

mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof

-muhitni muhofaza qilish va iqlim

o‘zgarishi vazirligining Hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan
oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof

-

muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Bioxilma

-xillik va muhofaza etiladigan

tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil qilindi.

Bundan tashqari mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyani

sog‘lomlashtirishga oid quyidagi huquqiy xujjatlar ham

qabul qilindi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va

atrof-

muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash

chora-

tadbirlari to‘g‘risida” 2017

-yil 21-apreldagi PQ

2915-son Qarori;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

53

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi

Ekologiya va atrof-

muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni

tasdiqlash haqida” 2019

-yil 15-

yanvardagi № 29

-son Qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza

qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” 2018

-yil 3-oktabrdagi PQ

3956-son Qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof

-muhitni muhofaza qilish hamda

ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” 2021

-yil 30-dekabrdagi PQ

76-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof

-muhitni muhofaza

qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish
chora-

tadbirlari to‘g‘risida” 2023

-yil 31-maydagi PF

81-son Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof

-muhitni muhofaza qilish

va iqlim o‘zgarishi vazirligi fao

liyatini samarali tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”

2023-yil 31-maydagi PQ

171-son Qarori.

Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan ekologik masalalar yo‘nalishida “Orol dengizi

havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo‘yicha Markaziy Osiyo davl

atlari va

xalqaro hamjamiyatning Nukus deklaratsiyasi” (1995

-yil 5-

sentabr), “Olmaota

deklaratsiyasi”, “Ashxobod deklaratsiyasi” kabi o‘ta muhim hujjatlar imzolangan. Ularda

mintaqadagi davlatlarning ekologik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
ma

salalarida o‘zaro bir xil yondashuvga erishish nazarda tutilgan

.

Xususan, Deklaratsiyaning “Barqaror taraqqiyot tamoyillariga sodiqlik” deb

nomlangan birinchi bandida shunday deyiladi:

“Biz barqaror taraqqiyot tamoyillariga sodiqligimizni ma’lum qilamiz v

a ularni

amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarishni lozim deb bilamiz:

barqaror rivojlanish asosi sifatida suv, yer va biologik resurslarni tan olamiz;

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritishda muvofiqlashtirilgan va ilmiy asoslangan

tizimiga o‘tis

h;

irrigatsiya tiziminining samarasini suv resurslaridan tejamkorlik bilan

foydalanish, takomillashtirilgan texnologiyalarni qo‘llash orqali oshirish;

yer va suv resurslaridan uzoq muddat foydalanishni rag‘batlantirish. Insonlar

farovonligining pasay

ishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu bilan birgalikda o‘sib kelayotgan avlod

farovonligini quyidagilar orqali ta’minlash: insonlarning sog‘lig‘ini savlashga qaratilgan
tashabbuslarni qo‘llab

-quvvatlash, madaniy va tabiiy boylikni saqlash. Tabiiy resurslarni

boshq

arish tizimini quyidagi yo‘llar orqali takomillashtirish:

atrof-muhitning holati borasida, ayniqsa suv resurslarini hududiy nazorat

tizimini ishlab chiqish;

atrof-

muhit monitoringi bo‘yicha axborot almashinish tizimini yaratish;

ekologik standartla

r va ular bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilikni uyg‘unlashtirish.

Biz Markaziy Osiyo davlatlari Orol havzasi bo‘yicha suv resurslari borasidagi

munosabatlarni boshqaruviga oid oldin qabul qilingan kelishuvlar, shartnomalar va

boshqa me’yoriy hujjatlarni tan olishlarini qayd etamiz va ularni so‘zsiz bajarilishini
nazoratga olamiz”.

Bugungi kunda O‘zbekiston turli sohalardagi xalqaro munosabatlarni tartibga

soluvchi ko‘plab konvensiya va kelishuvlarni imzoladi hamda ko‘pgina nufuzli xalqaro
tashkilotlarning a’z

osi hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

54

Jumladan:

Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda

foydalanish» bo‘yicha Konvensiya (1992

-y. Xelsinki);

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy Konvensiya (1993

-y.);

Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya (1993

-y.);

Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi (.1993

-y.);

Tabiiy muhitga harbiy yoki boshqa har qanday zo‘ravonlik bilan ta’sir qilishni

taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya (1993

-y.);

Biologik xilma-

xillik to‘g‘ris

idagi Konvensiya (1995-y.);

Butunjahon madaniy va tabiiy meroslarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya

(1995-y.);

Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora 10 turlari bilan xalqaro

savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya

(01.07.1997-y.);

Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish» bo‘yicha

Konvensiya (1998 y.);

Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega

bo‘lgan suv

-

botqoq joylari to‘g‘risidagi Ramsar konvensiyasi (20

02-y.);

Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish

to‘g‘risidagi Konvensiya (1997

-y).

Umuman olganda hozirgi kunda ushbu xalqaro hujjatlarda yuklatilgan

majburiyatlarni bajarish bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishildi.

O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish yo‘lida ekologik ong va madaniyatga ega

bo‘lgan insonlar salohiyatini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Tegishli vazirliklar
bilan hamkorlikda “Ekologik ta’limni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasida kadrlarni

tayyorlash va

qayta tayyorlash” Dasturi va Konsepsiyasi qabul qilingan.

Irrigatsiya tizimidagi qator muammo va kamchiliklarni tan olgan holda O‘zbekiston

hukumati So‘g‘oriladigan yerlar melioratsiyasini yaxshilash jamg‘armasini tashkilib etib,

drenaj infratuzilmasini y

axshilash, ta’mirlash va tiklash, suv xo‘jaligi tashkilotlarini

meliorativ texnika va qurilmalar bilan ta’minlash uning asosiy vazifasi etib belgilandi.

O‘zbekiston, 1993 yildan mamlakatda Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo

komissiyasi, Orolni qut

qarish xalqaro jamg‘arma kabi hududiy tuzilmalarni yaratishda

faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan va BMT Bosh Assambleyasi 68

-sessiyasining

rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan “Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va

Or

olbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora

-

tadbirlar dasturi” ishlab

chiqilgan. 1993-yili BMT va Markaziy Osiyoning besh davlati tomonidan Orolni qutqarish

xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan. Mazkur Jamg‘armaning asosiy vazifasi –

ekologik

halokatning atrof-

muhitga, muhimi, mintaqa aholisi hayotiga salbiy ta’sirini kamaytirish,

Orol dengizi havzasi hududidagi biologik xilma-xillikni saqlab qolishdan iborat. 2008-yil

dekabrdan buyon Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi BMT Bosh assambley

asi va

sessiyalari kuzatuvchisi, degan maqomga ega bo‘ldi. Jamg‘arma Ijroiya qo‘mitasi

Toshkent, Olmaota, Bishkek, Dushanbe, Toshhovuz, Qizil-

O‘rda va Nukus shaharlarida o‘z

bo‘limlariga ega. Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi, Davl

atlararo

barqaror rivojlantirish komissiyasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi GEF agentligi
Jamg‘arma tuzilmasi tarkibiga kiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

55

Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiyasi faoliyati doirasida

2006

2010-

yillarda “Markaziy Osiyoda barqaror

rivojlanish uchun atrof-muhitni

muhofaza qilish to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiya” qabul qilinib, uning asosiy maqsadi

Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, hududda ekologik

holatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek atrof-muhitga

transchegaraviy zararni kamaytirishdan iborat.

Bundan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlari Barqaror rivojlanishning

subhududiy Strategiyasi qabul qilindi. Uning asosiy holatlari Markaziy Osiyo davlatlari

o‘rtasida konstruktiv dialogni amalga oshirish, davlat organlari, tijorat sektori, fuqarolik

jamiyati institutlarining atrof-muhitni muhofaza qilishda mamlakatlarni ijtimoiy

iqtisodiy rivoji bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan.

Amudaryo daryosining quyi qismida joylashgan O‘zbekistonning rivoji yuqorida

joylashgan mamlakatlarning suvdan foydal

anish borasidagi faoliyatiga bog‘liq. Zero,

suvning yetishmasligi jiddiy ekologik muammodir. Chunki suv agarar mamlakatimiz

qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim omildir. Ayni paytda O‘zbekiston oldida

transchegaraviy suv resurslarini mustaqil davlatlar bilan hamkorlikda boshqarishda

yangi yondashuvlarni ishlab chiqishdek masala turibdi.

MDH mamlakatlari xalqlarining tarixi, madaniyati, dini, resurslari, hududi

umumiylikka ega. Ekologik muammolarning transchegaraviy xarakteridan kelib

chiqadigan bo‘lsa

k MDH mamlakatlari hukumat rahbarlarining mazkur muammolarni

birgalikda hal etish zarurati hamkorlikni kuchaytirishni talab etadi. Shunday ekan, bu

muammolarning yechimi barcha davlatlarning moddiy, texnik, texnologik, intellektual

imkoniyatlarini birlashtirishdan tashqari, bu jarayonda inson omili rolini rivojlantirishni

taqozo etadi. Shuni ta’kidlash joizki, hozirda ekologik siyosat borasida olib borilayotgan

ishlarning samarali, ko‘p jihatdan, fuqarolar ekologik ongi va madaniyatini rivojlanishiga

bog‘li

q. Shunday ekan, insoniyat ijtimoiy-

iqtisodiy, ma’naviy

-madaniy hayot

taraqqiyotining mezonlari tizimida ekologik ong va ekologik madaniyat ustivorlashuvi

qonuniyat maqomiga ega bo‘lishi shart. Shundagina ekologik ong va madaniyat asosida

insonlar tabiiy atrof-

muhit muhofazasi bilan bog‘liq vazifalarni o‘rganish, ularni hal etish

va bajarish muammolar yechimini topishga urinadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/20596

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni,

https://lex.uz/docs/107115

3.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan

foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, https://lex.uz/docs/3030362

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni,

https://lex.uz/docs/2304953

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi

Qonuni, https://lex.uz/docs/415135

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2019 yildagi “2030 yilgacha bo‘lgan

davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida” PF

-5863-son Farmoni, https://lex.uz/search/nat?actnum=5863

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2017 yildagi “Ekol

ogiya va atrof-

muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”

PF-5024-son Farmoni, https://lex.uz/docs/3174498

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/20596.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, https://lex.uz/docs/107115.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, https://lex.uz/docs/3030362.

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni, https://lex.uz/docs/2304953.

O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni, https://lex.uz/docs/415135.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2019 yildagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5863-son Farmoni, https://lex.uz/search/nat?actnum=5863.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2017 yildagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-5024-son Farmoni, https://lex.uz/docs/3174498.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)