Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of non-profit organizations in the development of
society
Asadbek
Tukhtasinov
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
The role of non-profit organizations in the context of reforms
in our country is important today. The main focus of this goal is
to improve the activities of NGOs from a legal point of view, as
well as providing ideas, suggestions and recommendations for
filling legal gaps in the current Civil Code of the Republic of
Uzbekistan and a number of other relevant legislative acts.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp77-82
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
legal entity, press
cooperative, public
associations, public funds,
municipal institutions,
private institutions,
associations of legal entities,
self-government bodies of
citizens, non-profit
organization.
Notijorat tashkilotlarining jamiyat rivojidagi o‘rni
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
yuridik shaxs, matlubot
kooperativi, jamoat
birlashmalari, jamoat
fondlari, munitsipial
muassasalar, xususiy
muassasalar, yuridik shaxs
birlashmalari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, notijorat tashkilot
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar
sharoitida notijorat tashkilotlarining tutgan o‘rni muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsad yo‘lida
qaratiladigan asosiy
e’tibor bu NNTlar faoliyatini qonun nuqtayi nazaridan
takomillashtirish bo‘lib, hozirda amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda ushbu sohaga oid
boshqa qator qonun hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlarni
to‘ldirish to‘g‘risidagi fikrlar, taklif va tavsiyalar berilgan.
1
2nd year student of the jurisprudence department of Fergana State University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
78
Роль некоммерческих организаций в развитии общества
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
юридическое лицо, пресс
-
кооператив,
общественные
объединения,
общественные фонды,
муниципальные
учреждения, частные
учреждения, объединения
юридических лиц, органы
самоуправления граждан,
некоммерческая
организация
Роль некоммерческих организаций в контексте реформ в
нашей стране сегодня важна. Основной направленностью
данной цели является совершенствование деятельности
НПО с правовой точки зрения, а также предоставление идей,
предложений и рекомендаций по восполнению правовых
пробелов в действующем Гражданском кодексе Республики
Узбекистан
и
ряде
других
соответствующих
законодательных актов
.
Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-
iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Harakatlar strategiyasi, mazmunan, mamlakatimizning va jamiyatimizning maqsadli
yo‘n
altirilgan ustuvor rivojlanishini tezlashtirishga undaydigan yaqin besh yillik
islohotlarning “yo‘l xaritasi” bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa bir qator Prezidentimiz farmonlari, qarorlari
va Hukumat qarorlari qabul qilindi. Umuman, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy
maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari
qabul qilingan bo‘lib, ularning soni ham yildan
-yilga oshib bormoqda.
Harakatlar strategiyasi doirasida “uchinchi sektor”ni yanada rivojlantirish va har
tomonlama ko‘mak ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan davr mobaynida
bir qator fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini takomillashtirish borasida choralar
ko‘rildi. Harakatlar strategiyasida
belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish
maqsadida jamoat tashkilotlarining bir qator yangi nodavlat notijorat tashkilotlarini
tashkil etish va qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi takliflari davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlandi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
(FJSHMQMI), “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, O‘zbekiston Savdo
-sanoat palatasi,
O‘zbekiston yoshlar harakati, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Ezgu maqsad” jamg‘armasi,
Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shular
jumlasidandir.
Bugungi kunda xalqaro notijorat tashkilotlar ham o‘z faoliyatini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, «Buyuk kelajak» xalqar
o nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Tashkilot tomonidan xorijda yashab
-
faoliyat yuritayotgan o‘z
kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirokida ekspertlik
kengashi tuzilgani haqida xabar berilgan edi.
«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yangi takliflar taqdim etishni maqsad qilib qo‘ygan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
79
Jumladan, 2021-yilga qadar qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doi
rasida «Taraqqiyot
strategiyasi» markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shu bilan birga
hamkorlikda turli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar kengashi a’zolarini faol jalb
qilish orqali kelgusi yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturlariga takliflar taqdim
etib boradi. Tashkilotning asosiy maqsadi sifatida O‘zbekistonni yanada jadal rivojlanishi
uchun xizmat qiladigan uzoq muddatli taklif va strategiyalar ishlab chiqish nazarda
tutilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston elektron ommav
iy axborot vositalari milliy
assotsiatsiyasi 575 nodavlat notijorat tashkilot sa’y
-harakatlarini birlashtiruvchi yirik
fuqarolik jamiyati instituti ekanligining o‘zi Davlat dasturiga jalb etilgan NNTlar doirasi
kengayishiga katta turtki berganligini alohid
a ta’kidlash zarur.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning bozor xo‘jalik shakliga o‘tilishi jamiyat hayotining
barcha sohalarida tub o‘zgarishlar ro‘y berishiga zamin yaratishi bilan birga, yuridik
shaxslarning alohida turi bo‘lgan va ko‘plab
tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan
notijorat tashkilotlaridan samarali foydalanishning huquqiy shakllariga yangicha
munosabatda bo‘lish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Asosan notijorat tusdagi vazifalarni
amalga oshirishi bilan birga, mulkiy munosabatlarning ham faol ishtirokchisi hisoblangan
notijorat tashkilotlarining fuqarolik muomalasiga keng jalb etilishi fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning mazkur subyektlari huquqiy maqomini, ular faoliyatining mulkiy
asoslarini yangicha baholashni talab etadi.
Ta’kidlash lozimki, notijorat tashkilotlari va ularning alohida tashkiliy
-huquqiy
shakllari yuridik shaxslarning nisbatan keng tarqalgan turlari bo‘lib, davlat va jamiyat
manfaatlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi
ning
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni haqli ravishda ta’kidlab o‘tgan edi: fuqarolik
institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson
huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga
aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy,
sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda,
jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda[1].
Da
rhaqiqat, notijorat tashkilotlari davlatga qarashli bo‘lishi bilan birga, nodavlat
notijorat tashkilotlari sifatida ham tashkil etilishi mumkin. Shu sababli ham notijorat
tashkilotlarining yuridik shaxs sifatidagi huquqiy maqomini aniqlash va davlat hamda
nodavlat tashkiloti sifatida ularga mol-
mulkiga ega bo‘lish hamda ulardan fuqarolik
muomalasida foydalanishga nisbatan dualistik (ikki yoqlamalik) holatini birlashtiruvchi
umumiy jihatlarni yoritish muhimdir.
Qolaversa, yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilotlarining turlari rang-barangligi,
ularning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtiroki turli qonun hujjatlari bilan tartibga
solinishi ham bugungi kunda o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.
Yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilotlarining mol-mulkka eg
a bo‘lishga oid
qoidalar FKda belgilangan. Biroq mazkur kodeksda notijorat tashkilotlarining huquqiy
layoqati, ularning mol-
mulkiga oid qoidalar juda kam bo‘lib, asosan davlatga tegishli
notijorat tashkilotlari, jumladan, muassasalarning huquqiy maqomi bil
an bog‘liqdir. Shu
bois FKda notijorat tashkilotlarining huquqiy layoqati va ularning alohida turlariga xos
bo‘lgan umumiy qoidalarni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘p hollarda notijorat tashkilotlari, masalan muassasalar mulkdor tomonidan
tashkil etiladigan va boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
80
bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yuridik shaxs sifatida davlat va
jamiyat hayotida katta o‘rin tutadi. Muassasalar faoliyatining asosiy maqsadi foyda o
lishga
qaratilmasdan, ular tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari va shu orqali muayyan
daromad ko‘rishlari mumkin. Shu bois muassasalarning tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishlariga oid normalarni takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb e
tadi.
Amaldagi qonunchilikda muassasalarning qaysi mulk shakli asosida tashkil etilishi
borasida muayyan qoidalar nazarda tutilmagan. Bu esa o‘z navbatida muayyan turdagi
ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida mulkdor tomonidan tashkil
etil
gan va moliyalashtiriladigan yuridik shaxsni muassasa sifatida e’tirof etishi va uning
huquqiy maqomini belgilashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli qonunchilikda
muassasalar ayni paytda davlat va xususiy shaxslar tomonidan ham tashkil etilishi
mumkinligi qoidalarni nazarda tutish zarur.
FKda muassasalar mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy
ta’minlab turiladigan tashkilot sifatida belgilangani holda, moliyaviy ta’minlashning eng
kam miqdori va uning muddatlari belgilanmagan.
Bugungi kunda muassasaning mulkiy javobgarligi turlicha tartibga solinmoqda.
Ta’kidlash lozimki, huquqni qo‘llash va sud amaliyotida aynan muassasaning pul
mablag‘lariga undiruv qaratish holatlari bilan to‘qnashish holatlari mavjud. Bunda
muassasaning boshqa mol-mulkiga nisbatan undiruv qaratilishi mumkin emas.
Ushbu holatda RF Oliy Arbitraj sudining 2006-yil 22-iyundagi 21-sonli Plenum
qarori hamda 1999-yil 14-iyuldagi 45-
sonli axborot xati mavjud bo‘lib, RF GK belgilangan
muassasa mol-mulkiga undiruv qaratishga oid tushuntirishlarni ifodalaydi[2].
Budjet muassasalari javobgarligining chegarasi mol-mulkning turli kategoriyalari
bilan belgilanadi va uning o‘ziga xosligi pul mablag‘lariga undiruv qaratishda ko‘rinadi.
Xususiy va budjet muassasalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligidan farqli ravishda
budjet muassasalarining subsidiya javobgarligini nazarda tutmaydi. Biroq, bu o‘rinda pul
mablag‘lariga undiruvni qaratishda o‘xshashlik mavjud. Subsidiya javobgarlikning mavjud
emasligi kreditorlar talablari qarzdorning mol-
mulki mavjud bo‘lmasa yoki yetarli
bo‘lmasligi holatlarida huquqiy mavhumlikni keltirib chiqaradi. Ayrim tadqiqotchilar
buning yechimi sifatida muassasaning tashkiliy-
huquqiy shaklini o‘zgartirishni taklif
qiladi[3]. Biroq, bunday yondashuvni boshqa tadqiqotchilar bahsli ekanligini qayd
qilishadi[4].
Davlat muassasasining mustaqil mulkiy javobgarligi haqidagi mavjud qoidalar
kreditorlar manfaatlarini yetarlicha qanoatlantirmaydi. Ayrim hollarda “foydali
muassasalar”ni tashkil etish diksiyadek bo‘lib tuyuladi. Chunki muassasa faoliyatining
ijtimoiy yo‘naltirilganligi ularning foyda olish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.
Muassasaning barcha pul mablag‘lari uning mol
-mulkini saqlanishi uchun
sarflanadi. Bundan tashqari RF GKda alohida qiymatga ega b
o‘lgan mol
-mulkka undiruvni
qaratishni ta’qiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, kreditorlar talablarini qanoatlantirish
uchun pul mablag‘lari yana qolishi dargumon, shuningdek qolgan mol
-mulk hamda
“alohida qiymatga ega” mol
-
mulkka nisbatan jozibadorligi bo‘lm
aydi[5].
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi
qonunning 28-
moddasida ko‘rsatilishicha, nodavlat notijorat tashkiloti o‘z majburiyatlari
yuzasidan qonunlarga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan mol
-mulki bilan javob
beradi. Biroq, bu o‘rinda notijorat tashkilotining qanday mol
-mulki ushbu toifaga kirishi
masalasi ochiq qolib ketgan. Bu borada RF “Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
81
“Avtonom muassasalar to‘g‘risida”gi qonunlarida muayyan talablar belgilangan bo‘lib,
bunday mol-
mulk turlari davlat hokimiyati organi yoki ma’muriyati tomonidan aniqlanadi.
Bunday mol-
mulkning ro‘yxati muassis funksiyalari va vakolatlarini amalga oshiruvchi
tegishli organlar tomonidan belgilanadi. Shuningdek, RF Hukumatining 2010-yil 26-
iyuldagi 538-
son qarori bilan tasdiqlangan “Avtonom yoki budjet muassasasi mol
-mulkini
alohida qiymatga ega deb topish tartibi”da quyidagi mezonlar belgilangan:
1) federal, avtonom va budjet muassasalari 200 ming rubldan 500 ming rublgacha
bo‘lganda, RF subyektlari 50 ming rubldan 500 ming rublgacha bo‘lganda, munitsipal
muassasalar uchun 50 mingdan 200 ming rublgacha bo‘lganda;
2) boshqa mol-
mulk, agar uning olib qo‘yilishi ustavga muvofiq o‘z oldiga qo‘ygan
ustav maqsadlarni amalga oshira olmaydigan ahvolga tushishiga olib kelsa;
3) begonalashtirilishi qonun hujjatlariga muvofiq alohida tartibni talab qiluvchi
mol-mulk, shu jumladan, muzey kolleksiyalari va predmetlari, muzey fondi, arxiv fondi
hujjatlari va h.k.
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunning 3
-moddasiga
muvofiq, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga
namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi
notijorat madaniyat muassasasi hisoblanadi. Bu o‘
rinda qonun chiqaruvchi muzeyni
muassasa tashkiliy-huquqiy shaklidagi notijorat tashkilotlar qatoriga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010
-yil 12-apreldagi 68-son
qarori bilan tasdiqlangan Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
to‘g‘risidagi nizomning 19
-
bandiga ko‘ra muzeylarning moddiy
-texnika bazasini zarur
imoratlar, kommunikatsiyalar, jihozlar, muzeylar fondini muzey ashyolari va
kolleksiyalari bilan boyitish, ularni saqlash, aniqlash, to‘plash, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va
ta’lim faoliyatini amalga oshirish, o‘rganish, e’lon qilish sohasidagi boshqa vazifalarni hal
etishda foydalaniladigan boshqa mol-
mulkdan iborat bo‘ladi.
Fikrimizcha, bunday mezonlar qo‘yilishi maqsadga muvofiq emas. Chunki mazkur
mezonlar amalda undiruvni muassasa mol-
mulkiga qaratishni mumkin bo‘lmasligiga olib
keladi. Chunki, muayyan miqdorda hatto 50 ming rubl yoki undan ortiq miqdordagi pul
mablag‘i tabiiyki, odatda barcha muassasalarda bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ayrim
muassasalarda shunday mol-
mulklar mavjud bo‘ladiki, ularni begonalashtirish
muassasaning funksional vazifalarni bajarishiga imkon bermaydi. Masalan, transport
vositalari, maxsus asbob-uskunalar, jihozlar, intellektual mulk obyektlari va h.k.
O‘zbekiston Respu
blikasining Fuqarolik kodeksi 40-moddasi uchinchi qismida
tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor
tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida tashkil etilishi mumkinligi
ko‘rsatilgan bo‘lsa
-
da, tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga bag‘ishlangan 3 paragraf, 73
-
moddasi matlubot kooperativi, 74-modda jamoat birlashmalari, 75-modda jamoat fondlari
tarzida ifodalangan. Vaholanki, FKga 2004-yil 30-
aprelda kiritilgan o‘zgartirish alohida
moddalarda t
o‘g‘ri ifodalangan holda, 40
-
modda uchinchi qismi eski tahrirda ya’ni,
ijtimoiy fond shaklida qolib ketgan. Ushbu kamchilik e’tibordan chetda qolib ketgan va
bartaraf etish zarurati yuzaga kelgan.
Shu bilan birga notijorat tashkilotlarning turlari va qanday tashkiliy-huquqiy
shaklda tashkil etilishiga doir alohida qoidalar FKda belgilanmagan.
Shu munosabat bilan FKda notijorat tashkilotlarining ro‘yxatini va ularning turlarini
belgilashdan oldin notijorat tashkilotlarning umumiy qoidalarini belgilash maqsadga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
82
muvofiqdir. Bunday amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar qonunchiligida qo‘llaniladi.
Xususan, RF Grajdanlik kodeksida alohida paragrafda ya’ni, 1231
-12316-moddaga qadar
notijorat tashkilotlarga bag‘ishlangan.
Fuqarolik kodeksining muassasalarga bag‘is
hlangan qoidalari juda mavhum
ifodalangan bo‘lib, bunda muassasalar qaysi mulk shakllarida tashkil etilishi agar bir
vaqtning o‘zida muassasa yoki xususiy mulk ko‘rinishida tashkil etilganda ularning
maqomi borasidagi qoidalarni belgilamaydi.
Foydalanilga
n adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
–
Toshkent: O‘zbekiston, 2010. –
45 b
2. Postanovleniye Plenuma Visshego Arbitrajnogo Suda RF ot
22.06.2006 № 21 (red.
ot 19.04.2007) «O nekotorix voprosax praktiki rassmotreniya arbitrajnimi sudami sporov
s uchastiyem gosudarstvennix i munitsipalnix uchrejdeniy, svyazannix s primeneniyem
stati 120 Grajdanskogo kodeksa Rossiyskoy Federatsii» // Vestnik VAS RF. 2006. № 8.;
Informatsionnoye pismo Prezidiuma Visshego Arbitrajnogo Suda RF ot 14.07.1999№ 45
«Ob obrashenii vziskaniya na imushestvo uchrejdeniya» // Vestnik VAS RF. 1999. № 11.
3. Matveyev V. Y. Grajdansko-pravovoy status uchrejdeniy po zakonodatelstvu
Rossiyskoy Federatsii na sovremennom etape : avtoref. dis. … kand.yur. nauk. M., 2013.24
-
25 s.
4.
СюбареваИ.Ф.Правовое
регулирование
гражданско
-
правовой
ответственности учреждений. // Вестник Балтийского федерального университета
им. И. Канта. 2013. Вып. 9. С. 55.
5.
Бакин А.С. Субсидиарная ответственность собственникаимущества
учреждения по законодательству РФ. //Вестник томского государственного
университета, 2012, №4(6),
-
84 б.
