Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The origins of the Nagorno-Karabakh conflict and some
approaches to its resolution
Bakhtiyor ERGASHEV
1
, Kodir JURAEV
2
University of World Economy and Diplomacy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 25 May 2025
Available online
15 June 2025
This study analyzes the historical, ethnic, and geopolitical
roots of the ongoing Nagorno-Karabakh conflict between the
Republics of Azerbaijan and Armenia and examines its impact
on the South Caucasus region. The research work examines the
causes of the conflict, the role of international mediation, and
regional actors in a new context. The results show the
complexity of the conflict and the limitations of different
approaches (military, diplomatic, economic). In order to achieve
peace, it is important to restore trust between the two peoples
and adhere to international law.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp66-71
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Nagorno-Karabakh,
Republics of Azerbaijan and
Armenia,
Former Soviet Union,
South Caucasus,
Minsk Group,
First and Second Karabakh
Wars, Russian Federation,
Turkey.
Togʻli Qorabogʻ mojarosining kelib chiqishi sababi va uni
yechishdagi ba’zi yondashuvlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Tog‘li Qorabog‘,
Ozarbayjon va Armaniston
respublikalari,
Sobiq Ittifoq,
Janubiy Kavkaz,
Minsk guruhi,
birinchi va ikkinchi Qorabog‘
urushi,
Rossiya federatsiyasi,
Turkiya.
Ushbu tadqiqot Ozarbayjon va Armaniston respublikalari
o‘tasidagi mavjud Tog‘li Qorabog‘ mojarosining tarixiy, etnik va
geosiyosiy ildizlarini tahlil qiladi va uning Janubiy Kavkaz
mintaqasidagi ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqot ishida mojaroning
kelib chiqish sababi, xalqaro vositachilik va mintaqaviy
aktorlarning roli yangi kontekstda ko‘rib chiqiladi.
Natijalar
mojaroning murakkabligini va turli yondashuvlarning (harbiy,
diplomatik, iqtisodiy) cheklovlarini ko‘rsatdi. Tinchlikka
erishish uchun ikki xalq o‘rt
asidagi ishonchni tiklash va xalqaro
huquq normalariga rioya qilish muhimdir.
1
Student, University of World Economy and Diplomacy.
2
Doctor of Political Sciences, University of World Economy and Diplomacy.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
67
Причины Нагорно
-
карабахского конфликта и некоторые
подходы к его разрешению
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Нагорный Карабах,
Республики Азербайджан
и Армения,
бывший Советский Союз,
Южный Кавказ,
Минская группа,
Первая и Вторая
Карабахские войны,
Российская Федерация,
Турция
.
В данном исследовании анализируются исторические,
этнические и геополитические корни продолжающегося
Нагорно
-
карабахского конфликта между республиками
Азербайджан и Армения, а также изучается его влияние на
регион Южного Кавказа. В исследовательской работе
рассматриваются истоки конфликта, роль международного
посредничества и региональных субъектов в новом
контексте. Результаты показали сложность конфликта и
ограниченность
различных
подходов
(военного,
дипломатического, экономического). Для достижения мира
важно восстановить доверие между двумя народами и
соблюдать международное право.
KIRISH
Tog‘li Qorabog‘ mojarosi –
Janubiy Kavkaz mintaqasidagi eng murakkab va uzoq
davom etgan nizolardan biri sifatida xalqaro siyosiy maydonda muhim o‘rin tutadi.
Armanis
ton va Ozarbayjon respublikalari o‘rtasidagi bu ziddiyat o‘nlab yillar davomida
nafaqat ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga, balki butun mintaqaning geosiyosiy
barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu mojaro tarixga, siyosatga, xalqaro
mun
osabatlarga qiziqqan har bir kishi uchun dolzarb savollar uyg‘otadi. Masalan: Tog‘li
Qorabog‘ nizosi qanday boshlandi? Uning asosiy sabablari nimada? Bu muammoni hal
qilish uchun qanday yondashuvlar mavjud? Ushbu maqola yuqoridagi savollarga ilmiy-
ommabop nuqtai nazardan javob berishga harakat qiladi, shu bilan birga talabalar,
mutaxassislar va umumiy o‘quvchilar uchun qiziqarli va tushunarli tahlil taqdim etadi.
TADQIQOT USULLARI
Tadqiqotning asosiy ob’ekti Tog‘li Qorabog‘ mojarosining tarixiy, etnik,
siyosiy va
geosiyosiy jihatlari hisoblanadi. Tahlilga Armaniston va Ozarbayjon respublikalari
o‘rtasidagi nizo, xususan, Birinchi Qorabog‘ urushi (1988–1994) va Ikkinchi Qorabog‘
urushi (2020) vaqtidagi voqealar, shuningdek, xalqaro vositachilik jarayonlari va
mintaqaviy davlatlarning (Rossiya, Turkiya, Eron) ta’siri atroflicha o‘
rganiladi.
Tadqiqotda mojaro ishtirokchilari (Armaniston, Ozarbayjon, Tog‘li Qorabog‘
respublikasi) va ularning pozitsiyalari, shu bilan birga, qochqinlar va etnik guruhlarning
dem
ografik xususiyatlari ko‘rib chiqildi.
Tadqiqotda sifatli usullar, jumladan, tarixiy-qiyosiy tahlil va hujjatlar tahlili
qo‘llanildi. Tarixiy
-qiyosiy tahlil mojaro davrlaridagi siyosiy qarorlar va harbiy
harakatlarning o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun ishla
tildi. Hujjatlar tahlili orqali xalqaro
tashkilotlarning hisobotlari, ilmiy manbalar va rasmiy bayonotlar tahlil qilindi. Avval
nashr qilingan tadqiqotlarda tarixiy kontekst va etnik ziddiyatlarni tahlil qilishda arxiv
hujjatlari va suhbatlardan foydalanil
gan bo‘lib, ushbu tadqiqotda ham shunga o‘xshash
yondashuv qo‘llanildi.
Tadqiqot asosan uch bosqichda olib borildi: Dastlab mojaroning tarixiy ildizlari va
sabablarini aniqlashtirishga harakat qilinadi; So‘ng xalqaro vositachilik va mintaqaviy
o‘yinchilarning roli atroflicha o‘rganiladi; oxirida tinchlik jarayonlari uchun ijtimoiy va
iqtisodiy omillarni baholanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
68
NATIJALAR
Tadqiqot natijalari Tog‘li Qorabog‘ mojarosining ko‘p qirrali ekanligini ko‘rsatdi.
Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki sovet
davridagi siyosiy qarorlar (1923-
yilda Tog‘li
Qorabog‘ning Ozarbayjon SSR tarkibiga kiritilishi) va etnik ziddiyatlar nizoning asosiy
ildizlari ekanligini aniqladi. 1998
–
1994-
yillardagi Birinchi Qorabog‘ urushi natijasida
30,000 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, 1 milliondan ortiq odam qochqin maqomiga ega bo‘ldi.
2020-
yildagi Ikkinchi Qorabog‘ urushi mojaroda zamonaviy harbiy texnologiyalar,
xususan, dronlarning muhim rol o‘ynaganini ko‘rsatdi.
MUHOKAMA
Tog‘li Qorabog‘ mojarosining kelib chiqishi bir
qator tarixiy, etnik va siyosiy
omillarga borib taqaladi. 20-asr boshlarida, Sobiq Ittifoq tarkibida Armaniston va
Ozarbayjon respublikalari o‘rtasida hududiy bahslar kuchaygan. Tog‘li Qorabog‘da
asosan arman millatiga mansub aholi yashagan bo‘lsa
-da, 1920-
yillarda Tog‘li Qorabog‘
Sovet hukumati tomonidan Ozarbayjon SSR tarkibiga avtonom viloyat sifatida kiritildi.
Bu qaror keyinchalik kelajakdagi nizolar uchun asosiy zamin yaratdi. 1980-yillarning
oxirida, Sobiq Ittifoq parchalanish arafasida turganda, To
g‘li Qorabog‘dagi arman
millatiga mansub aholi o‘z hududlarini Armanistonga qo‘shishni talab qila boshladilar, bu
esa Ozarbayjon bilan keskin ziddiyatlarga olib keldi. 1990-
yillarda bu nizo to‘laqonli
urushga aylandi, natijada minglab odamlar hayotdan ko‘z
yumdi, yuz minglab odamlar
o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Mojaroning murakkabligi uning faqat mahalliy
emas, balki xalqaro miqyosda ham aks-
sado berishidadir. Rossiya, Turkiya, Eron va G‘arb
davlatlari kabi tashqi kuchlarning manfaatlar to‘qnash
uvi nizoni yanada chuqurlashtirdi.
Masalan, Turkiya Ozarbayjonni ochiq qo‘llab
-quvvatlasa, Rossiya Federatsiyasi
mintaqada o‘z geosiyosiy ta’sirini saqlab qolishga intildi. 2020
-
yilgi Ikkinchi Qorabog‘
urushi va undan keyingi tinchlik muzokaralari mojaroga
yangi o‘zgarishlar keltirdi,
ammo u hali ham to‘liq hal qilinmagan.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosining kelib chiqish ildizlari murakkab bo‘lib, tarixiy, etnik,
siyosiy va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Bu nizo nafaqat Armaniston
va Ozarb
ayjon respublikalari o‘rtasidagi hududiy bahs sifatida, balki xalqaro geosiyosiy
manfaatlarning to‘qnashuvi sifatida ham ko‘rib chiqilishi kerak. Mojaroning kelib
chiqishini tushunish uchun avvalo uning tarixiy ildizini tahlil qilish zarur. Tog‘li Qorabog‘
hududi Janubiy Kavkaz mintaqasida
joylashgan bo‘lib, tarixan arman va ozarbayjon
xalqlari uchun muhim madaniy va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. 19
-asrda Rossiya
imperiyasi bu mintaqani o‘z tarkibiga qo‘shib olgach, hudud aholisining etnik tarkibi
murak
kablasha boshladi. Armanlar mahalliy aholining katta qismini tashkil qilgan bo‘lsa
-
da, ozarbayjonlar va boshqa etnik guruhlar ham bu yerda yashagan. 20-asr boshlarida,
ayniqsa 1918
–
1920-
yillarda, Armaniston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida birinchi
hudud
iy to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Bu davrda ikki xalq o‘rtasidagi ziddiyatlar milliy
davlatchilik tushunchasining shakllanishi bilan yanada keskinlashdi. Sobiq Ittifoq davrida
Tog‘li Qorabog‘ mojarosining asosiy sabablaridan biri sifatida 1923
-yilda qabul qilingan
siyosiy qaror ko‘riladi. Sovet hukumati garchi aholisining aksariyati armanlardan iborat
bo‘lsa ham, Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon SSR tarkibidagi
avtonom viloyat sifatida tashkil
etdi. Bu qaror “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” siyosatining bir ko‘ri
nishi sifatida
baholanadi, chunki u mahalliy xalqlar o‘rtasida kelishmovchiliklarni saqlab qolishga
xizmat qildi. Armanlar bu qarorni adolatsiz deb hisobladi va hududning Armaniston
SSRga qo‘shilishini talab qila boshladilar. 1960
-yillardan boshlab bu talablar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
69
ochiqroqaytila boshlandi, ammo Sovet hukumati tomonidan qat’iy bostirildi.
1980-
yillarning oxirida, SSSR ning parchalanish jarayoni boshlanishi bilan, Tog‘li
Qorabog‘dagi ziddiyatlar yangi bosqichga o‘tdi. 1988
-
yilda Tog‘li Qorabog‘ avtonom
viloyatin
ing mahalliy arman rahbariyati hududning Armanistonga qo‘shilishi to‘g‘risida
qaror qabul qildi. Bu qaror Ozarbayjonda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi va ikki
tomon o‘rtasida zo‘ravonliklar boshlandi. 1991
-yilda Sobiq Ittifoq parchalangach, nizo
to‘laqonli urushga aylandi. Birinchi Qorabog‘ urushi natijasida arman qo‘shinlari Tog‘li
Qorabog‘ni va uning atrofidagi yetti tuman (Ag‘dam, Kalbajar, Lachin, Fuzuli, Jebrail,
Zangilon, Qubadli)ni egallab oldi, bu hududlar “Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi” deb e’lon
qilindi. Ammo bu respublika xalqaro miqyosda deyarli tan olinmadi. Urush natijasida
30 mingga yaqin odam halok bo‘ldi, milliondan ortiq odam o‘z uylarini tark etdi.
1994-yilda Rossiya Federatsiyasi vositachiligida imzolangan Bishkek sulh bitimi urushni
to‘xtatdi, ammo nizo hal qilinmadi, faqat “muzlatilgan” holatga o‘tdi. 1990
-yillardan keyin
xalqaro tashkilotlar, xususan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE)ning
Minsk guruhi tinchlik muzokaralarini olib borishga harakat qildi. Rossiya, AQSh va
Fransiya vositachilik qilgan bu guruh turli yechimlar taklif qildi, ammo ularning
aksariyati amalga oshmadi. Armaniston hududiy yaxlitlikni saqlashni, Ozarbayjon esa
Tog‘li Qorabog‘ni o‘z tarkibida qolishini talab qildi. 2020
-
yilda Ikkinchi Qorabog‘
urushi
mojaroning yangi bosqichini boshladi. Ozarbayjon, Turkiya tomonidan harbiy va
texnologik jihatdan ochiq qo‘llab
-
quvvatlanib, Tog‘li Qorabog‘ning katta qismini va
atrofidagi hududlarni qaytarib oldi. 44 kunlik urush Rossiya Federatsiyasi vositachiligida
imzolangan uch tomonlama kelishuv bilan yakunlandi, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi
tinchlikparvar kuchlari mintaqada joylashtirildi. Bu kelishuv Ozarbayjon uchun muhim
yutuq bo‘lsa
-
da, nizo to‘liq hal qilinmadi, chunki Tog‘li Qorabog‘ning maqomi masa
lasi
ochiq qoldi. Xalqaro ta’sir nuqtai nazaridan, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi turli global va
mintaqaviy kuchlarning manfaatlar to‘qnashuvi maydoniga aylandi. Rossiya Kavkazda o‘z
ta’sirini saqlab qolishga intildi, Turkiya esa Ozarbayjonni qo‘llab
-quvvatlash orqali
mintaqada pozitsiyasini mustahkamladi. G‘arb davlatlari, xususan AQSh va Yevropa
Ittifoqi, tinchlik muzokaralarini qo‘llab
-
quvvatlashga harakat qildi, ammo ularning ta’siri
cheklangan bo‘ldi. Eron ham mojaroda o‘z manfaatlarini himoya qilishga urin
ib, nizoni
yanada murakkablashtirdi.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal qilish uchun o‘nlab yillar davomida turli
yondashuvlar sinab ko‘rildi, ammo nizo hali ham to‘liq bartaraf etilmagan. Xalqaro
vositachilik, tinchlik muzokaralari, harbiy yechimlar va mintaqaviy hamkorlik
tashabbuslari kabi yondashuvlar muammoni hal qilishda turli darajada samara berdi.
Eng muhim yondashuvlardan biri xalqaro tashkilotlar vositachiligidagi tinchlik
muzokaralari bo‘ldi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (OSCE) M
insk
guruhi 1992-
yildan beri Armaniston va Ozarbayjon respublikalari o‘rtasida
muzokaralarni olib borib kelmoqda. Rossiya, AQSh va Fransiya vositachiligida qilgan bu
guruh “Madrid printsiplari” kabi takliflarni ilgari surdi, unda hududiy yaxlitlik, o‘zini o‘zi
boshqarish va qochqinlarning qaytishi masalalari muhokama qilindi. Biroq, ikki
tomonning murosasiz pozitsiyalari
–
Ozarbayjonning hududiy yaxlitlikni talab qilishi va
Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ aholisining o‘z taqdirini belgilash huquqini himoya
qilishi
–
muzokaralarni ko‘pincha chippakka chiqardi. Minsk guruhining vositachiligi
qisman tinchlikni saqlashga yordam bergan bo‘lsa
-
da, u nizoni to‘liq hal qila olmadi.
Ikkinchi muhim yondashuv harbiy yo‘l orqali yechim topish edi. 2020
-yilgi Ikkinchi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
70
Qor
abog‘ urushi bu yondashuvning yorqin misoli bo‘ldi. Ozarbayjon zamonaviy harbiy
texnologiyalari, xususan, Turkiyadan olingan dronlar yordamida Tog‘li Qorabog‘ning
katta qismini va atrofidagi hududlarni qaytarib oldi. 2020-yil 10-noyabrdagi uch
tomonlama ke
lishuv (Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida)
urushni to‘xtatdi va Rossiya tinchlikparvar kuchlarini mintaqaga joylashtirdi. Bu kelishuv
Ozarbayjon uchun muhim yutuq bo‘ldi, ammo Tog‘li Qorabog‘ning maqomi masalasi hali
ham ochiq bo‘li
b qolmoqda. Harbiy yechimlar qisqa muddatda hududiy nazoratni
o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa
-
da, uzoq muddatli tinchlikni ta’minlashda cheklovlarga ega,
chunki ular ko‘pincha etnik va ijtimoiy ziddiyatlarni chuqurlashtiradi. Uchinchi
yondashuv sifatida mintaq
aviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiya tashabbuslari ko‘rib
chiqilmoqda. Masalan, transport yo‘laklari, xususan, Zangezur koridori orqali
Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish taklif
qilingan. Bu yondashuv iqtisodiy manfaatlar orqali mintaqada tinchlikka erishishga
xizmat qilishi mumkin. Biroq, bu tashabbus siyosiy ishonchsizlik va tarixiy nizolar tufayli
sekin amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi, mintaqada
iqtisodiy loyihalarni q
o‘llab
-
quvvatlash orqali hamkorlikni rag‘batlantirishga urinmoqda.
Yechim yo‘llarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi
harakatlariga va ikki tomonning kelishishga tayyorligiga bog‘liq.
XULOSA
Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Janubi
y Kavkazning eng murakkab va uzoq davom etgan
nizolaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Mojaroning tarixiy ildizlari,
etnik ziddiyatlar, Sovet davridagi siyosiy qarorlar va xalqaro geosiyosiy manfaatlar uning
kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
1990-
yillarda boshlangan Birinchi Qorabog‘ urushi va
2020-
yildagi Ikkinchi Qorabog‘ urushi nizo dinamikasini o‘zgartirdi, ammo Tog‘li
Qorabog‘ning maqomi masalasi hali ham ochiq qolmoqda. Xalqaro vositachilik, harbiy
yechimlar va mintaqaviy hamkorlik kabi
yondashuvlar sinab ko‘rildi, lekin ularning har
biri o‘ziga xos cheklovlarga ega. OSCE Minsk guruhi kabi tashkilotlarning muzokaralari va
Rossiya, Turkiya kabi mintaqaviy kuchlarning aralashuvi tinchlik jarayonlariga ta’sir
ko‘rsatdi, ammo to‘liq barqaror
yechim topilmadi. Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal qilish
uchun kelajakda nafaqat siyosiy muzokaralar, balki ijtimoiy ishonchni tiklash va iqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirish ham muhim bo‘ladi. Qochqinlarning qaytishi, etnik guruhlar
o‘rtasidagi muloqotni
mustahkamlash va xalqaro huquq normalariga rioya qilish tinchlikka
erishishning asosiy shartlaridir. Shu bilan birga, mintaqadagi global va mintaqaviy
o‘yinchilarning manfaatlarini muvozanatlash nizoni yanada murakkablashtiradi.
Kelajakdagi tinchlik jarayo
nlari mintaqadagi xalqlarning birgalikdagi sa’y
-harakatlariga va
xalqaro hamjamiyatning adolatli yondashuviga bog‘liq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Broers, L. (2021). Armenia and Azerbaijan: Anatomy of a rivalry. Edinburgh:
Edinburgh University Press.
2.
Cheterian, V. (2011). War and peace in the Caucasus: Russia’s troubled frontier.
London: Hurst & Company.
3.
Cornell, S. E. (2017). The international politics of the Armenian-Azerbaijani
conflict: The original "frozen conflict" and European security. New York, NY: Palgrave
Macmillan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2025) / ISSN 2181-1415
71
4.
Croissant, M. P. (1998). The Armenia-Azerbaijan conflict: Causes and
implications. Westport, CT: Praeger Publishers.
5.
de Waal, T. (2013). Black garden: Armenia and Azerbaijan through peace and
war (2nd ed.). New York, NY: New York University Press.
6.
Gressel, G. (2020). Military lessons from Nagorno-Karabakh: The drone age.
European Council on Foreign Relations. Retrieved from https://www.ecfr.eu
7.
Human Rights Watch. (2021). Nagorno-Karabakh: Civilians bear the brunt of
conflict. Human Rights Watch Report. Retrieved from https://www.hrw.org
8.
International Crisis Group. (2019). Digging out of deadlock in Nagorno-
Karabakh
(Crisis
Group
Europe
Report
No.
255).
Retrieved
from
https://www.crisisgroup.org
9.
Laitin, D. D., & Suny, R. G. (1999). Armenia and Azerbaijan: Thinking a way out of
Karabakh. Middle East Policy, 7(1), 145
–
176.
10.
Markedonov, S. (2021). Russia’s role in the Nagorno
-Karabakh conflict:
Opportunities and challenges. Carnegie Moscow Center. Retrieved from
https://carnegiemoscow.org
11.
OSCE. (2020). OSCE Minsk Group: Statement on the Nagorno-Karabakh conflict.
Organization for Security and Co-operation in Europe. Retrieved from
https://www.osce.org
12.
Shiriyev, Z. (2022). Post-conflict reconstruction in the South Caucasus:
Economic and political implications. Caucasus Strategic Perspectives.
13.
Suny, R. G. (1993). Looking toward Ararat: Armenia in modern history.
Bloomington, IN: Indiana University Press.
14.
UNHCR. (2020). Global report 2020: The Nagorno-Karabakh displacement
crisis. United Nations High Commissioner for Refugees. Retrieved from
https://www.unhcr.org
15.
Zurcher, C. (2007). The post-Soviet wars: Rebellion, ethnic conflict, and
nationhood in the Caucasus. New York, NY: New York University Press.
