Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodological aspects of teaching physics based on
innovative approaches
Gulnora GAYBULOVA
1
Bukhara Medical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This article examines the role of innovative pedagogical
approaches in physics education and the methodological
aspects of their practical implementation. The modern
education system places special emphasis on fostering students'
active participation, independent thinking, and practical skills.
In this process, interactive methods, the STEAM approach,
digital technologies, and virtual laboratories play a crucial role.
The article provides recommendations for organizing lessons
based on innovative approaches, as well as criteria for
evaluating their effectiveness. The research findings may
contribute to the modernization of physics education.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp645-650
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovative approaches,
physics education,
interactive methods,
STEAM,
digital technologies,
virtual laboratories,
methodology,
teaching effectiveness,
practical skills,
scientific thinking.
Innovatsion
yondashuvlar
asosida
fizika
fanini
o‘rgatishning metodik jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
innovatsion yondashuvlar,
fizika ta’limi,
interfaol metodlar,
STEAM,
raqamli texnologiyalar,
virtual laboratoriyalar,
metodika,
o‘qitish samaradorligi,
amaliy ko‘nikmalar,
ilmiy tafakkur.
Ushbu maqolada fizika fanini o‘rgatishda innovatsion
pedagogik yondashuvlarning o‘rni va ularni amaliyotga joriy
etishning metodik jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida
o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shu jarayonda interfaol usullar, STEAM yondashuvi,
raqamli texnologiyalar va virtual laboratoriyalarning ahamiyati
katta. Maqolada innovatsion yondashuvlar asosida darslarni
tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar, shu
ningdek, ularning
samaradorligini baholash mezonlari keltirilgan. Tadqiqot
natijalari fizika ta’limini zamonaviylashtirishga xizmat qilishi
mumkin.
1
Senior Lecturer, Department of Biophysics and Information Technologies, Bukhara Medical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
646
Методические аспекты обучения физике на основе
инновационных подходов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновационные подходы,
преподавание физики,
интерактивные методы,
STEAM,
цифровые технологии,
виртуальные
лаборатории, методика,
эффективность обучения,
практические навыки,
научное мышление.
В данной статье освещается роль инновационных
педагогических подходов в преподавании физики и
методические аспекты их внедрения в практику.
В современной системе образования особое внимание
уделяется формированию активности учащихся, их
самостоятельного мышления и практических навыков.
В этом процессе большое значение имеют интерактивные
методы, подход STEAM, цифровые технологии и
виртуальные
лаборатории.
В
статье
приведены
рекомендации по организации занятий на основе
инновационных подходов, а также критерии оценки их
эффективности.
Результаты
исследования
могут
способствовать модернизации физического образования.
KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimi bugungi kunda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan
globallashuv davrida yangi talablarga javob
berishi zarur bo‘lgan dinamik sohaga
aylangan. Ushbu jarayon doirasida inson kapitalini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash, o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, tanqidiy yondasha oladigan va ijodiy
qarorlar chiqarishga qodir shaxs sifatida sha
kllantirish ta’limning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
qolmoqda. XXI asr kompetensiyalariga mos ravishda
o
‘
quvchilarda analitik tafakkur, amaliy bilimlar, hamkorlikda ishlash, muammoni hal
qilish va doimiy o
‘
zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish zamonaviy
pedagogikaning asosiy maqsadiga aylangan.
Bugungi kunda ta
’
lim sohasida yuz berayotgan islohotlar, yangi texnologik
yechimlarning paydo bo
‘
lishi va raqamlashtirish jarayonlari o
‘
qituvchilarni ilg
‘
or
pedagogik metodlarni qo
‘
llashga undamoqda. Xususan, dunyo miqyosida raqobatbardosh
ta
’
lim tizimi yaratish, bilimlarni chuqur, tizimli va hayotiy kontekstda o
‘
zlashtirishga
qaratilgan yondashuvlar tobora keng qo
‘
llanilmoqda. Bu borada innovatsion pedagogik
texnologiyalar
–
ya
’
ni o
‘
quv jarayoniga zamonaviy metodlar, interaktiv vositalar,
fanlararo yondashuvlar va raqamli imkoniyatlarni jalb etish
–
ta
’
lim samaradorligini
oshirishda muhim vosita sifatida maydonga chiqmoqda.
Xususan, interfaol o‘qitish metodlari, STEAM (Science, Technology
, Engineering,
Arts, Mathematics) yondashuvi va raqamli texnologiyalar ayniqsa tabiiy fanlar, jumladan,
fizika fanini o‘qitishda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. Fizika fani o‘z mohiyati bilan
ilmiy kuzatuvlar, tajribalar, modellashtirish va matematik tah
lil asosida qurilgan bo‘lib,
bu jarayonlarda o‘quvchilarni faollashtiruvchi, ularning mustaqil fikrlashini qo‘llab
-
quvvatlovchi yondashuvlar zarurdir. Shu bois, zamonaviy texnologiyalar yordamida
o‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish, ularni laboratoriya
ishlari va loyiha faoliyatiga jalb
qilish, shuningdek, ilmiy tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari kengayib bormoqda.
Innovatsion texnologiyalar orqali fizik hodisalarni vizual tarzda tushuntirish,
ularni real hayotdagi muammolar bilan bog‘lash,
turli vaziyatlarda tahlil qilish va amaliy
echim topishga yo‘naltirish orqali o‘quvchilarning fan bo‘yicha motivatsiyasi sezilarli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
647
darajada oshadi. Raqamli laboratoriyalar, simulyatsiyalar, 3D modellar va interaktiv
platformalar o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq anglashiga, o‘z tajribasi orqali
bilimlarni shakllantirishiga xizmat qiladi. Natijada, o‘quvchi nafaqat nazariy bilimga ega
bo‘ladi, balki ularni amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan kompetent shaxsga aylanadi.
Ushbu maqolada innovatsion pedagogik yonda
shuvlarning aynan fizika ta’limidagi
o‘rni, ularning metodik asoslari, dars jarayoniga integratsiyalashish usullari hamda
amaliy tajribalardagi qo‘llanilish holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, fizika darslarining
zamonaviy talablarga mos holda tashkil etilishi, dars samaradorligining oshirilishi va
o‘quvchilarning fan bilan bog‘liq amaliy faoliyatga jalb etilishi orqali ta’lim sifatining
qanday darajada yuksalayotgani tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Mazkur
tahlillar orqali innovatsion metodlarning afzalliklari, mavjud muammolari va ularni
bartaraf etish yo‘llari yuzasidan ilmiy
-nazariy xulosalar beriladi.
ASOSIY QISM
Zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik yondashuvlar o‘quvchilarning dars
jarayonida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanishini ta'minlaydi. Bu
yondashuvlar o‘quv jarayonini shunchaki bilim berish emas, balki o‘rgatish, fikrlantirish,
muammo yechishga undash, amaliyotga yo‘naltirish kabi ko‘p qirrali vazifalarni
bajaruvchi tizim sifatida ko‘radi.
Innovatsion metodlar ta
’
limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT),
interfaol mashg
‘
ulotlar, kompetensiyaga yo
‘
naltirilgan yondashuv, shaxsga yo
‘
naltirilgan
ta
’
lim, STEAM integratsiyasi, gamifikatsiya, loyiha asosida o
‘
qitish kabi ilg
‘
or usullarni o
‘
z
ichiga oladi. Ularning barchasi o
‘
quvchilarning mustaqil fikrlashini, ijodkorligini, tanqidiy
tahlil qilish qobiliyatini, hamkorlikda ishlash va muammolarni hal etish ko
‘
nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, bu yondashuvlar o
‘
qituvchining ham rolini o
‘
zgartiradi: endilikda
o
‘
qituvchi
–
bilim manbai emas, balki yo
‘
lboshchi, motivator va fasilitator bo
‘
lib xizmat
qiladi. Ta
’
lim jarayoni ko
‘
proq o
‘
quvchining ehtiyojlari, qiziqishlari va individualligi
asosida tashkil etiladi.
Fizika
–
bu nazariy
tushunchalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishni talab
qiladigan, murakkab, lekin qiziqarli fanlardan biridir. Innovatsion metodlar ushbu fanni
yanada jonli, interaktiv va tushunarli qilishda muhim vosita hisoblanadi.
Interfaol metodlar
–
bu o
‘
quvchilarning dars jarayonida faol qatnashishini
ta
’
minlovchi, ularni fikrlashga, izlanishga, muhokamaga va yechim topishga undovchi
metodlardir. Fizika darslarida
“
Tezkor savol-javob
”
,
“
Bosh miya shturmi
”
,
“
Debat
”
,
“
Rolli o
‘
yinlar
”
,
“
Muammoni guruhda hal qilish
”
,
“
Klaster
”
,
“
Aqliy hujum
”
,
“
Fishbone
”
kabi
usullar muvaffaqiyatli qo
‘
llanilishi mumkin.
Masalan,
“
Rol o
‘
ynash
”
metodida o
‘
quvchilar fizik olimlar roliga kirib, ularning
kashfiyotlarini sahnalashtirish orqali nafaqat faktlarni yodlaydi, balki ilmiy tafakkurni his
qiladi. Guruhlarda ishlash orqali esa har bir o
‘
quvchi o
‘
z fikrini bildirish, boshqalarni
tinglash, kelishuvga erishish kabi ijtimoiy va kommunikativ ko
‘
nikmalarni ham
o
‘
zlashtiradi.
STEAM
–
bu fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering),
san’at (Art) va matematika (Mathematics) fanlarini integratsiyalash orqali ta’limni real
hayotiy muammolar bilan bog‘lashga xizmat qiluvchi kompleks yondashuvdir. Fizika fani
ushbu integratsiyada markaziy o‘rinni egallaydi, chunki u tabiat qonunl
ari orqali boshqa
fanlarga asos yaratadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
648
Fizika darslarida STEAM yondashuvini qo‘llash orqali, o‘quvchilar real hayotdagi
muammolarga ilmiy yechim topishni o‘rganadilar. Misol uchun, energiya tejovchi qurilma
loyihalash, oddiy mexanizmlar asosida maketlar
yasash, issiqlik o‘tkazuvchanligini tahlil
qiluvchi amaliy loyihalar bajarish orqali nafaqat fizika bilimlarini chuqurlashtiradilar,
balki texnikaviy, estetik va muhandislik ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining ta’limga kirib kelishi fizika fanining
o‘qitilishi jarayonida yangi imkoniyatlarni yaratdi. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar,
interaktiv dars platformalari (masalan, PhET, Labster) orqali o‘quvchilar murakkab fizik
hodisalarni x
avfsiz, tejamkor va qiziqarli tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Masalan, elektr zanjirlarini virtual muhitda yig‘ish, to‘lqinlarning tarqalishini simulyatsiya
qilish, gravitatsiya yoki harakat qonunlarini modellash orqali o‘quvchilar eksperimen
tga
asoslangan o‘rganish usulini sinab ko‘radilar. Bu esa nafaqat bilimlarni mustahkamlaydi,
balki ularni real hayotga tadbiq qilish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Innovatsion pedagogik metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda ularning
samaradorligini
aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning rivojlanish
darajasini baholash va o‘quv jarayonini takomillashtirish imkonini beradi.
Samaradorlikni baholash ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u nafaqat bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini, balki o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, ijodkorlik yondashuvi,
hamkorlikdagi ishlash qobiliyati va tanqidiy fikrlash salohiyatini ham qamrab oladi.
Innovatsion metodlar bilimni yod olishdan ko‘ra chuqur tushunishga
yo‘naltirilganligi sababli, baholashda o‘quvchil
arning mavzuni qanday anglagani va uni
qanday qo‘llay olish darajasi e’tiborga olinadi.
Buning uchun testlar bilan bir qatorda
formativen, summativen va portfel baholash kabi zamonaviy yondashuvlar qo‘llaniladi.
Formativen baholash dars jarayonida o‘quvchi
larning ishtiroki, savollarga
munosabati, izoh berish darajasi orqali bilimlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Summativen baholash o‘quv yili yakunida yoki belgilangan bosqichlarda o‘tkaziladigan
nazorat ishlari, yozma ishlar, amaliy topshiriqlar asosida
umumiy natijalarni ko‘rsatadi.
Portfel baholash esa o‘quvchining mustaqil ishlari, loyiha asosida bajarilgan topshiriqlari,
darsdan tashqari faoliyatini tizimli tarzda aks ettirish orqali natijani chuqurroq
ko‘rsatadi.
1-jadval
Innovatsion
metodlar va ularning fizika ta’limidagi qo‘llanilishi hamda
samaradorligini baholash
Metod/
Yo‘nalish
Ta’rif va mohiyati
Fizika ta’limidagi
qo‘llanilishi
Samaradorligini
baholash mezonlari
Interfaol
metodlar
O‘quvchilarning faol
ishtirokini
ta’minlovchi
pedagogik usullar
“
Tezkor savol-javob
”
,
“
Gruplarda muammoni hal
qilish
”
,
“Rol o‘ynash”
kabi
faoliyatlar orqali mavzuni
chuqur o‘zlashtirish
O‘quvchilar ishtiroki,
faol muhokama,
bilimlarni
mustahkamlash
darajasi
STEAM
yondashuvi
Fanlararo integratsiya:
ilm-fan, texnologiya,
muhandislik, san’at va
matematika
Nazariy bilimlarni amaliy
ko‘nikmalarga aylantirish,
fanlararo loyihalar orqali
ilmiy dunyoqarashni
rivojlantirish
Loyihalar sifati,
fanlararo bog‘liqlikni
anglash, amaliy
ko‘n
ikmalar rivoji
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
649
Raqamli
texnologiyalar
Virtual laboratoriyalar,
simulyatsiyalar,
interaktiv dasturlar
Fizik tajribalarni xavfsiz va
samarali o'tkazish,
murakkab hodisalarni vizual
tarzda tahlil qilish
Amaliy tajribalar soni,
o‘quvchilarning
texnologiya bilan
ishlash ko‘nikmalari
Innovatsion
metodlarning
samaradorligi
O‘quvchilar bilim
darajasi, amaliy
ko‘nikmalari,
ijodkorlik qobiliyati va
o‘qituvchilarning
malakasi
O‘quvchilar baholari, amaliy
ishlardagi muvaffaqiyati,
o‘qituvchilarning metodik
faoliyati
Testlar natijalari,
loyiha ishlarining
sifati,
o‘qituvchilarning
metodik baholari
Fizika fanida o‘quvchilar nafaqat nazariy tushunchalarni bilishi, balki ularni
amaliyotda qo‘llay olishi ham talab etiladi. Innovatsion metodlarni baholashda tajriba
o‘tkaz
ish, kuzatish, natijalarni yozib olish, ularni tahlil qilish va xulosa chiqarish kabi
ko‘nikmalar muhim mezon hisoblanadi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning muammoni hal qilish qobiliyati, yangi fikrlar
taklif etish, kreativ yondashuv, loyihalarni ishlab chiqish va ularni himoya qilish
ko‘nikmalari ham samaradorlikni aniqlashda asos bo‘ladi. Raqamli texnologiyalardan
foydalanish darajasi, ya’ni simulyatsiyalar, interaktiv dasturlar yoki virtual
laboratoriyalar bilan ishlash ko‘nikmasi ham o‘quvchining zamona
viy sharoitga
moslashganini ko‘rsatadi. Baholash jarayonida rubrikatorlar, kuzatuv varaqalari, reyting
tizimlari, kompetensiya xaritalari kabi vositalar qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Innovatsion metodlar natijadorligi bevosita o‘qituvchining ularni qanday qo‘llay
olishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchining metodik savodxonligi, ya’ni turli metodlarni
bilish, ularni darsga moslashtirish, integratsiya qilish, darslarni zamonaviy yondashuv
asosida loyihalash qobiliyati baholash uchun muhim mezon hisoblanadi. Shuningdek,
o‘qituvchining refleksiya olib borish, o‘z darslarini tahlil qilish, yangilikka ochiqlik,
o‘quvchilarning fikrlarini tinglash va ularni hisobga olish salohiyati ham metodik
mahorat darajasini ko‘rsatadi. Metodik baholash uchun so‘rovnoma
lar, ochiq darslar
tahlili, video tahlil, kollegial kuzatuv va o‘zini baholash vositalaridan foydalaniladi.
Innovatsion metodlarning umumiy samaradorligini baholashda statistik
ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifat ko‘rsatkichlariga ham e’tibor qaratiladi
. Statistik
jihatdan o‘quvchilarning baholari, amaliy ishlar natijasi, loyiha ishtiroklari va darsga
qatnashish faolligi tahlil qilinadi.Sifat tahlili esa o‘quvchilarning fan bo‘yicha o‘ziga
bo‘lgan ishonchi, mavzuga qiziqishi, mustaqil izlanishlari, ijtim
oiy faolligi orqali
aniqlanadi. Bundan tashqari, ota-onalar va pedagogik jamoaning fikrlari, taqqoslama
kuzatuvlar (masalan, innovatsion va an’anaviy darslar samarasi) orqali yakuniy baho
chiqariladi. Ushbu barcha mezonlar asosida innovatsion metodlarning qaysi jihatlari
yaxshi natija bergani, qaysilari esa qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi haqida aniq xulosa
chiqarish mumkin bo‘ladi.
XULOSA
Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik yondashuvlar tobora dolzarb
ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa
, fizika kabi murakkab, tushunilishi ko‘p hollarda
amaliy misollar va tasavvurga bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘qitishda bunday yondashuvlar
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, ularning fanga bo‘lgan
qiziqishini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Innovatsion metodlar
–
bu faqatgina
yangi texnologiyalarni qo‘llash emas, balki o‘quv jarayonini mazmunan boyitish,
o‘quvchining shaxsiy faoliyatiga tayanib o‘rganishini ta’minlash va uni ijtimoiy hayotga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
650
tayyorlashga qaratilgan tizimli yondashu
vdir. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilar
darsda faol ishtirok etadi, muhokama yuritadi, fikr almashadi, tajriba o‘tkazadi va tahlil
qilish ko‘nikmalarini mustahkamlab boradi. STEAM yondashuvi esa fanlararo
integratsiya orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi, ular o‘rgangan
nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga o‘rganadilar. Raqamli texnologiyalar,
xususan, virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar va multimediaviy taqdimotlar
yordamida fizik jarayonlar va hodisala
rni vizual tarzda ko‘rsatish o‘quvchilarda
tushunish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Bu vositalar nafaqat bilimlarni
mustahkamlash, balki o‘quvchining ilmiy
-
tadqiqot faoliyatiga qiziqishini uyg‘otishda ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, innovats
ion yondashuvlarning ta’limda muvaffaqiyatli joriy etilishi bevosita
o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, metodik mahorati va yangilikka ochiqligiga
bog‘liq. Shuning uchun o‘qituvchilarning doimiy ravishda malaka oshirishi, tajriba
almashuvi, metodik mate
riallardan samarali foydalanishi va zamonaviy o‘qitish
texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishi ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion pedagogik yondashuvlar fizika fanini o‘qitishda
samarado
rlikni oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini hayotga yaqinlashtirish
imkonini beradi. Kelajakda bu yondashuvlarni tizimli asosda tatbiq etish, ilmiy
asoslangan metod
ik tavsiyalarni ishlab chiqish va o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini
oshirish orqali fizika ta’limining sifat ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqish
mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va ilm
-fan
sohasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-3151-son
qarori, 2017-yil.
3.
Abdurahmonova D.M., Jo‘rayev R.A. In
novatsion pedagogik texnologiyalar.
–
T.:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 2020.
4.
Qurbonov M., Rustamov B. Fizikadan darslarni innovatsion metodlar asosida
tashkil etish. // "Xalq ta’limi" jurnali, 2022, №3.
5.
Tursunov B. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
–
T.: “Fan va
texnologiya”, 2019.
6.
Mishra P., Koehler M.J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A
Framework for Teacher Knowledge. // Teachers College Record, 2006.
7.
Bybee R. W. The Case for STEM Education: Challenges and Opportunities.
–
Arlington, VA: NSTA Press, 2013.
8.
UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives.
–
Paris: UNESCO Publishing, 2017.
9.
Jonassen D.H. Learning to Solve Problems: A Handbook for Designing Problem-
Solving Learning Environments.
–
Routledge, 2011.
10.
Savelyeva S. et al. Implementation of Virtual Laboratories in Science Education.
// Procedia Computer Science, 2020, Vol. 172.
