The potential of pedagogy in the modern education system

Abstract

This article analyzes the role of teachers' pedagogical potential in the modern education system, its components, and ways of development. The teacher's pedagogical potential includes not only professional knowledge and skills but also methodological expertise, communicative competencies, psychological-pedagogical training, innovative openness, and digital literacy. The author highlights key directions for developing this potential such as professional development, practical experience exchange, scientific research activities, the use of digital technologies, and self-assessment. The article substantiates the importance of enhancing teachers' pedagogical potential to improve education quality and provides practical recommendations.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
144-149
5

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Atoeva, M., & Gaybulova, G. (2025). The potential of pedagogy in the modern education system . Society and Innovation, 6(3), 144–149. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp144-149
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the role of teachers' pedagogical potential in the modern education system, its components, and ways of development. The teacher's pedagogical potential includes not only professional knowledge and skills but also methodological expertise, communicative competencies, psychological-pedagogical training, innovative openness, and digital literacy. The author highlights key directions for developing this potential such as professional development, practical experience exchange, scientific research activities, the use of digital technologies, and self-assessment. The article substantiates the importance of enhancing teachers' pedagogical potential to improve education quality and provides practical recommendations.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The potential of pedagogy in the modern education system

Mekhriniso ATOEVA

1

, Gulnora GAYBULOVA

2

Bukhara Medical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025

Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes the role of teachers' pedagogical

potential in the modern education system, its components, and

ways of development. The teacher's pedagogical potential

includes not only professional knowledge and skills but also

methodological expertise, communicative competencies,

psychological-pedagogical training, innovative openness, and

digital literacy. The author highlights key directions for

developing this potential such as professional development,

practical experience exchange, scientific research activities, the

use of digital technologies, and self-assessment. The article

substantiates the importance of enhancing teachers'

pedagogical potential to improve education quality and

provides practical recommendations.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp144-149

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

pedagogical potential,

pedagogical mastery,

professional development,

innovative approach,

modern education,

digital literacy,

education quality,

reflection,

professional competence.

Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogikaning o‘qituvchi

salohiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

o

‘qituvchi salohiyati,

pedagogik mahorat,

kasbiy rivojlanish,

innovatsion yondashuv,

zamonaviy ta’lim,

raqamli savodxonlik,

ta’lim sifati,

refleksiya,

kasbiy kompetensiya.

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi

salohiyatining o‘rni, uning tarkibiy qismlari va rivojlantirish

yo‘llari tahlil etilgan. O‘qituvchi salohiyati nafaqat kasbiy bilim va

ko‘nikmalarni,

balki

metodik

mahorat,

kommunikativ

kompetensiyalar, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, innovatsion

ochiql

ik hamda raqamli savodxonlikni ham o‘z ichiga oladi. Muallif

pedagogik salohiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

sifatida malaka oshirish, amaliy tajriba almashinuvi, ilmiy-tadqiqot

faoliyati, raqamli texnologiyalardan foydalanish va o‘zini o‘zi

baholashni ko‘rsatadi. Maqola ta’lim sifatini oshirishda

o‘qituvchining salohiyatini kuchaytirish dolzarbligini asoslaydi va

amaliy tavsiyalar beradi.

1

PhD, Associate professor, Bukhara State University.

2

Senior Lecturer, Department of Biophysics and Information Technologies, Bukhara Medical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

№ 3

(2025) / ISSN 2181-1415

145

Обучающий потенциал педагогики в современной

образовательной системе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

педагогический
потенциал,
педагогическое

мастерство,
профессиональное
развитие,

инновационный подход,
современное образование,
цифровая грамотность,
качество образования,

рефлексия,
профессиональная
компетенция.

В данной статье анализируется роль педагогического

потенциала учителя в современном образовательном

процессе, его составные части и пути развития.
Педагогический потенциал учителя включает не только

профессиональные

знания

и

умения,

но

также

методическое мастерство, коммуникативные компетенции,

психологопедагогическую подготовку, инновационную
открытость и цифровую грамотность. Автор выделяет
основные направления развития потенциала –

повышение

квалификации, обмен практическим опытом, научно

-

исследовательская деятельность, использование цифровых

технологий и самооценка. В статье обосновывается
актуальность повышения педагогического потенциала

учителей для повышения качества образования и даются

практические рекомендации.

KIRISH

Zamonaviy ta’lim

tizimi XXI asrda global raqobat, texnologik taraqqiyot va jamiyat

ehtiyojlariga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirish maqsadida chuqur

islohotlar jarayonida rivojlanmoqda. Ta’limning barcha bosqichlarida sifat va

samaradorlikni oshirish, shax

sga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va innovatsion

yondashuvlarni joriy etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.

Ayniqsa, inson omili, xususan, o‘qituvchi shaxsiyati va uning kasbiy salohiyati ushbu

jarayonlarning markazida turibdi. Zer

o, hech bir ta’lim strategiyasi o‘z ishining ustasi

bo‘lgan, zamon bilan hamnafas pedagogsiz amaliy natijaga erisha olmaydi.

Bugungi kunda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-

iqtisodiy o‘zgarishlar, sun’iy

intellekt va raqamli texnologiyalar rivoji, mehnat bozoridagi yangi kompetensiyalar

talabi, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘qituvchi
faoliyatiga yangicha nazar bilan qarashni taqozo etmoqda. O‘qituvchi endilikda shunchaki
ma’lumot beruvchi emas, balki o‘quvchilarni mustaqil

fikrlashga o‘rgatuvchi, tanqidiy

yondashuvni shakllantiruvchi, ilmiy izlanishga undovchi, jamiyatga foydali va ijtimoiy

mas’uliyatli shaxslarni voyaga еtkazuvchi yo‘lboshchi vazifasini bajaradi.

Shu boisdan ham, pedagogikaning eng dolzarb mavzularidan biri

o‘qituvchi

salohiyati va uni rivojlantirish masalasidir.

Bu tushuncha keng va ko‘p qirrali bo‘lib,

nafaqat kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, balki metodik mahorat, kommunikativ

kompetensiya, axloqiy fazilatlar, pedagogik refleksiya, shaxsiy intilishlar va innovatsion

g‘oyalarga ochiqlikni ham qamrab oladi. Ayniqsa, bugungi kunda ta’limda raqamli

savodxonlik, madaniy moslashuvchanlik, psixologik barqarorlik va liderlik kabi sifatlar

o‘qituvchining salohiyati doirasiga kirib bormoqda.

Zamonaviy pedago

gika o‘qituvchining salohiyatini o‘lchash va rivojlantirishga oid

turli konsepsiyalarni taklif qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z ustida
ishlashi, doimiy o‘zini rivojlantirishi, xalqaro tajribalarni o‘rganishi va innovatsion

faoliyatga jalb

qilinishi zarurligini anglatadi. Ta’lim sifati, avvalo, o‘qituvchining


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

№ 3

(2025) / ISSN 2181-1415

146

professional salohiyatiga bog‘liq ekani hech kimga sir emas. Shu sababli ham davlat
siyosatida, ta’lim strategiyalarida va ilmiy

-

tadqiqotlarda o‘qituvchi salohiyatiga alohida

e’tibor q

aratilmoqda.

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi salohiyatining pedagogik

mohiyati, uning tarkibiy qismlari, rivojlantirish yo‘nalishlari va amaliyotdagi dolzarb

masalalari yoritib beriladi. Shuningdek, salohiyatni baholash usullari, zamonaviy

kompetensiyalar talabi va o‘qituvchining o‘zgaruvchan ijtimoiy

-madaniy sharoitlarda

tutgan o‘rni ilmiy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

ASOSIY QISM

Pedagogik adabiyotlarda “o‘qituvchi salohiyati” tushunchasi ta’lim jarayonining

muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi asosiy omil sifatida qaraladi. Bu atama
o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, didaktik va metodik bilim darajasi, shuningdek,
shaxsiy fazilatlari, pedagogik etukligi va innovatsion fikrlash qobiliyatini o‘z ichiga olad

i.

Salohiyat bu

o‘qituvchining mavjud bilim va ko‘nikmalari asosida zamonaviy ta’lim

ehtiyojlariga mos ravishda o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish,
takomillashtirish va yangiliklarga ochiq bo‘lish salohiyatidir. O‘qituvchi salohiyat

ini

kengroq tahlil qilganda, u quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi aniqlanadi:

Bu komponent o‘qituvchining o‘z fan sohasi bo‘yicha chuqur va tizimli bilimga ega

bo‘lishini, shuningdek, didaktik asoslarda dars mazmunini to‘g‘ri tuzish, ilmiy

lik va

amaliyot o‘rtasida bog‘liqlik yaratish qobiliyatini ifodalaydi. Kasbiy bilimlar nafaqat

nazariyaga asoslanadi, balki ularni amaliyotga tatbiq eta olish salohiyatini ham talab

qiladi. Bunga dars jarayonida ilg‘or metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning

savollariga asosli

javob berish, fanlararo integratsiyani amalga oshirish kiradi.

O‘qituvchining metodik tayyorgarligi –

bu darsni samarali rejalashtirish, darsning

maqsad va vazifalariga mos metodlarni tanlash, interfaol va zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish, shuningdek, baholash va tahlil qilish mexanizmlarini bilishdan iborat. Metodik

mahorat, ayni paytda, dars jarayonini moslashuvchan tashkil etish, har bir o‘quvchining
individual ehtiyojlarini inobatga olish va o‘qitish usullarini doimiy yangilab

borish

salohiyatini ham qamrab oladi. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan samarali
muloqot o‘rnatishga, jamoada ishlashga, ota

-onalar, hamkasblar, maktab rahbariyati va

keng jamoatchilik bilan ochiq, konstruktiv aloqa qilishga qodir bo‘lishi lo

zim.

Kommunikativ kompetensiya shuningdek, til madaniyati, mimika, tana tili, tinglash

madaniyati kabi ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu komponent o‘quvchilarning

psixologik holatini anglab

еtish va zarur bo‘lganda motivatsiya yaratish vositasi sifati

da

ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir yoshdagi o‘quvchining rivojlanish psixologiyasini bilish, shaxsiy

xususiyatlarini tushunish, individual yondashuv asosida ta’lim berish –

o‘qituvchi

faoliyatining eng muhim jihatlaridan biridir. Psixologik-pedagogik tayyorgarlik shaxsga

yo‘naltirilgan ta’lim modelining negizini tashkil etadi. Bu orqali o‘quvchining intellektual,

ijtimoiy, emotsional va axloqiy rivojlanishiga keng imkoniyat yaratiladi.

o‘z faoliyatini doimiy tahlil qilib boradigan, yangiliklarni o‘z

lashtirishga tayyor,

raqamli va pedagogik texnologiyalarni tezda o‘zlashtira oladigan shaxs bo‘lishi lozim. Bu

salohiyat reflektiv yondashuvga asoslanadi

ya’ni o‘qituvchi o‘z darslarini, metodlarini,

o‘quvchilarning natijalarini tahlil qiladi va xatolard

an xulosa chiqarib, jarayonni

takomillashtiradi. Innovatsion ochiqlik, ayniqsa, bugungi kunda tez o‘zgaruvchan axborot

muhitida pedagogdan moslashuvchanlikni talab qilmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

№ 3

(2025) / ISSN 2181-1415

147

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi salohiyati –

bu faqat bilimlar to‘plami emas, ba

lki

o‘quv jarayonida yuzaga keladigan har qanday vaziyatda to‘g‘ri pedagogik е

chim qabul

qilishga imkon beruvchi kompleks kasbiy kompetensiyalar majmuidir. Ushbu salohiyat

darajasi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va uning uzluksiz rivoji butun ta’lim

tizimining barqarorligini ta’minlaydi. Yangi avlod ta’lim standartlari, kompetensiyaviy

yondashuv, STEAM integratsiyasi, raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan o‘quv

jarayoni o‘qituvchidan yangicha dunyoqarash, yangilikka ochiqlik va mustaqi

l qaror

qabul qilish qobiliyatini talab qiladi. O‘qituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki

mentor, fasilitator va koordinator rolida namoyon bo‘lishi kerak.

Zamonaviy darsni tashkil etishda o‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Fanlararo a

loqalarni yo‘lga qo‘yadi.

O‘quvchilarda muammoli fikrlashni rivojlantiradi.

Raqamli vositalardan foydalangan holda interaktiv darslar o‘tkazadi.

O‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantiradi.

Shunday qilib, pedagogik salohiyat ta’lim sifatini

ng hal qiluvchi omili sifatida

qaralmoqda. Boshqacha aytganda, ta’lim islohoti, innovatsiyalar, zamonaviy

texnologiyalarning muvaffaqiyati

o‘qituvchi salohiyatiga bevosita bog‘liq.

Zamonaviy ta’lim tizimining muvaffaqiyati, avvalo, uning bosh ijrochilari

o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatiga bevosita bog‘liqdir. O‘qituvchidan faqat bilim berish

emas, balki shaxsiy namuna bo‘lish, yangiliklarni o‘zlashtirish, o‘quvchilar bilan samarali

muloqot qilish va ularning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab

-quvvatlash kutiladi. Shu

sababli, o‘qituvchi salohiyatini doimiy ravishda rivojlantirish, uni yangilab borish va

zamon talablari asosida takomillashtirish dolzarb vazifadir.

Pedagogik salohiyatni rivojlantirish

bu uzluksiz kasbiy o‘sish jarayoni bo‘lib, u

o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va shaxsiy sifatlarini yanada mustahkamlashni taqozo

etadi. Quyida bu jarayonda samarali bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar keltirilgan:

Kasbiy rivojlanishning eng muhim shartlaridan biri

bu muntazam malaka

oshirish kurslarida ishtirok etishdir. Yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar,

STEAM yondashuvi, kompetensiyaviy yondashuv kabi zamonaviy yo‘nalishlar

o‘qituvchining kasbiy salohiyatini yangilab boradi. Malaka oshirish faqatgina nazariy

bilim olish emas, balki amaliy k

o‘nikmalarni mustahkamlash, yangi dars ishlanmalarni

yaratish va sinovdan o‘tkazish imkoniyatini ham beradi. Shu bilan birga, onlayn kurslar,

vebinarlar, MOOC platformalari (Coursera, EdX, Udemy) orqali mustaqil o‘rganish

imkoniyatlari ham kengaymoqda.

O‘

zaro tajriba almashish

bu o‘qituvchilar o‘rtasida pedagogik hamkorlikni

rivojlantiruvchi muhim vositadir. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, mahalliy va xalqaro

darajadagi konferensiyalar, seminarlar, ustoz-shogird tizimi orqali tajriba almashinuvi

o‘qituvch

ining qarashlarini kengaytiradi, yangiliklarga ochiqligini oshiradi va amaliyotga

innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi. Shuningdek, maktablararo yoki

hududlararo metodik hamkorliklar o‘qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi uchun

muhim poydevor yaratadi.

Ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanish o‘qituvchining kasbiy chuqurlashuviga, fanga

yangicha qarash bilan yondashishiga xizmat qiladi. Pedagogik innovatsiyalar, metodik

tajribalar, darsdan tashqari loyihalar ustida ishlash, maqola va tezislar yozish, grantlarda

ishtirok etish

bularning barchasi o‘qituvchining ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi.

O‘z navbatida, bu jarayon o‘quvchilarga ham motivatsion ta’sir o‘tkazadi, ularni ilmiy

faoliyatga jalb etishga yo‘l ochadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

№ 3

(2025) / ISSN 2181-1415

148

Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali qo‘llay olish

bugungi o‘qituvchining ajralmas kompetensiyasidir. Raqamli savodxonlik deganda

nafaqat kompyuter va internetdan foydalanish, balki onlayn darslarni tashkil etish,
interaktiv platformalarda materi

allar tayyorlash, raqamli baholash vositalarini qo‘llash,

sun’iy intellektdan ma’lumot tahlil qilishda foydalanish kabi ko‘nikmalar tushuniladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning raqamli xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyat ham
o‘qituvchi zimmasidadir.

1-jadval

O‘qituvchi salohiyatining tarkibi va rivojlantirish yo‘llari

Salohiyat tarkibiy

qismi

Ta’rif

Rivojlantirish yo‘li

1.

Kasbiy bilim va

ko‘nikmalar

Fan bo‘yicha chuqur bilimga ega

bo‘lish, pedagogik metodlarni

bilish

Malaka oshirish kurslari, fanni chuqur

o‘rganish, ilmiy izlanishlar

2.

Metodik mahorat

Darsni rejalashtirish, interfaol

metodlarni qo‘llash, baholash

Seminarlar, ochiq darslar, metodik

almashinuv

3.

Kommunikativ

kompetensiya

O‘quvchi, ota

-ona va jamiyat

bilan samarali muloqot

Treninglar, psixologik mashg‘ulotlar,

jamoaviy ish usullari

4.

Psixologik-pedagogik

tayyorgarlik

Yosh xususiyatlarini tushunish,

individual yondashuv

Psixologiya bo‘yicha kurslar, amaliy

treninglar

5.

Innovatsion ochiqlik

va refleksiya

Yangiliklarga ochiqlik, o‘z

faoliyatini tahlil qilish qobiliyati

Raqamli texnologiyalardan foydalanish,

mustaqil baholash, portfoliolar

6.

Ilmiy-tadqiqot

faoliyati

Ilmiy izlanish olib borish, tajriba

almashish

Ilmiy maqola va tezis yozish, grantlarda

ishtirok

7.

Raqamli savodxonlik

AKT vositalarini bilish va qo‘llay

olish

Onlayn platformalar, raqamli

laboratoriyalar, IT bo‘yicha treninglar


Xulosa. Pedagogik salohiyat

bu zamonaviy ta’lim jarayonining poydevori bo‘lib,

o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyati, ta’lim sifati va o‘quvchining har tomonlama
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya

sharoitida pedagogik salohiyat tushunchasi kengayib bormoqda

u faqat bilim va

metodik ko‘nikmalar bilan chekla

nmay, balki pedagogik madaniyat, ijtimoiy-emotsional

kompetensiyalar, moslashuvchanlik, kreativlik va innovatsion fikrlash kabi qator

ko‘rsatkichlarni ham o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy o‘qituvchi –

bu yangiliklarga ochiq, o‘z ustida doimiy ishlovchi,

o‘quvch

ilarning ehtiyojlariga moslashuvchan yondasha oladigan, jamoa bilan ishlashga

layoqatli va ijtimoiy mas’uliyatni his qiluvchi shaxsdir. U nafaqat bilim beruvchi, balki
yosh avlodni tarbiyalovchi, jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida

shakllanishi kerak.

Shu sababli, ta’lim tizimini isloh qilish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda

o‘qituvchilar salohiyatini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Davlat

siyosati darajasida malaka oshirish tizimini takomillashtirish, innovatsion va axborot

texnologiyalarini o‘qituvchilar faoliyatiga tatbiq etish, ilmiy

-tadqiqot faoliyatini

rag‘batlantirish, shuningdek, o‘zini o‘zi baholash va refleksiyani tizimlashtirish kabi

choralar muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

№ 3

(2025) / ISSN 2181-1415

149

Bundan tashqari, o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishini rag‘batlantiruvchi muhit

yaratish

ularni ijodiy va ilmiy izlanishga jalb etish, tajriba almashinuvi uchun

imkoniyatlar yaratish, ustozlik maktablarini shakllantirish va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish orqali pedagogik salohiyatni yanada mustahkamlash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi salohiyatini rivojlantirish –

bu faqat bir shaxsning

o‘sishi emas, balki butun ta’lim tizimining barqarorligi, ta’lim sifati va jamiyatning
intellektual salohiyatining yuksalishi yo‘lidagi

muhim qadamlardan biridir. Shunday

ekan, pedagogik salohiyatni oshirish bo‘yicha tizimli, strategik va barqaror chora

-

tadbirlarni amalga oshirish zamonaviy ta’limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib

qolmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Abduqodirov A.A., Nishonov F.N. Pedagogika nazariyasi.

Toshkent: «Fan va

texnologiya», 2020.

2.

Hasanboyeva S. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. –

Toshkent: TDPU nashriyoti,

2019.

3.

Qodirova M. Pedagogik mahorat asoslari.

Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2021.

4.

Abduraxmonova Z.Yu. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. –

Samarqand: SamDU

nashriyoti, 2020.

5.

Sayfiyev N.H. Ta’lim tizimidagi islohotlar va o‘qituvchining roli // O‘zbek

pedagogik jurnali.

2022, №3. –

B. 45

52.

6.

UNESCO. Teachers of the 21st Century: Status, Roles and Competencies.

Paris:

UNESCO Publishing, 2019.

7.

Darling-Hammond, L. The Right to Learn: A Blueprint for Creating Schools That

Work.

San Francisco: Jossey-Bass, 2001.

8.

Shulman, L.S. Those Who Understand: Knowledge Growth in Teaching //

Educational Researcher, 1986, Vol. 15(2), pp. 4

14.

9.

OECD. Teachers and Leaders in Vocational Education and Training.

OECD

Publishing, 2021.

10.

Axmedova R. Raqamli pedagogika: O‘qituvchi salohiyati va AKT imkoniyatlari

// Pedagogik innovatsiyalar jurnali.

2023, №1. –

B. 23

29.

References

Abduqodirov A.A., Nishonov F.N. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2020.

Hasanboyeva S. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.

Qodirova M. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2021.

Abduraxmonova Z.Yu. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

Sayfiyev N.H. Ta’lim tizimidagi islohotlar va o‘qituvchining roli // O‘zbek pedagogik jurnali. – 2022, №3. – B. 45–52.

UNESCO. Teachers of the 21st Century: Status, Roles and Competencies. – Paris: UNESCO Publishing, 2019.

Darling-Hammond, L. The Right to Learn: A Blueprint for Creating Schools That Work. – San Francisco: Jossey-Bass, 2001.

Shulman, L.S. Those Who Understand: Knowledge Growth in Teaching // Educational Researcher, 1986, Vol. 15(2), pp. 4–14.

OECD. Teachers and Leaders in Vocational Education and Training. – OECD Publishing, 2021.

Axmedova R. Raqamli pedagogika: O‘qituvchi salohiyati va AKT imkoniyatlari // Pedagogik innovatsiyalar jurnali. – 2023, №1. – B. 23–29.