Авторы

  • Дониёрбек Бадирдинов
    Преподаватель, Наманганский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp16-23

Ключевые слова:

цифровое искусство изобразительное художественное образование профессиональные компетенции образовательная модель портфолио графический дизайн

Аннотация

В данной статье анализируется образовательная модель на основе цифрового искусства, направленная на развитие профессиональных компетенций будущих учителей изобразительного искусства. Структурные блоки, технологические основы и критерии оценки данной модели сформированы в соответствии с требованиями современного образования. Такие компоненты, как графический дизайн, интерактивные методы, цифровые инструменты и самовыражение на основе портфолио служат повышению эффективности педагогического процесса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Didactic foundations of a model for developing
professional competencies of future visual arts teachers
based on digital art

Doniyorbek BADIRDINOV

1


Namangan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025
Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

This article analyzes the digital art-based educational model

aimed at developing the professional competencies of future

teachers of fine arts. The structural blocks, technological

foundations and assessment criteria of this model are formed in

accordance with the requirements of modern education.
Components such as graphic design, interactive methods, digital

tools and portfolio-based self-expression serve to increase the

effectiveness of the pedagogical process.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp16-23

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

digital art,

fine arts education,
professional competencies,
educational model,

portfolio,

graphic design.

Raqamli san’at

asosida

bo‘lajak

tasviriy san’at

o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish

modelining didaktik asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

raqamli san’at,

tasviriy san’at ta’limi,

kasbiy kompetensiyalar,

ta’lim modeli,

portfolio,

grafik dizayn.

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining

kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan raqamli

san’at asosidagi ta’lim modeli tahlil qilinadi. Mazkur modelning

tarkibiy bloklari, texnologik asoslari va baholash mezonlari

zamonaviy ta’lim talablariga mos holda shakllantirilgan. Grafik

dizayn, interaktiv metodlar, raqamli vositalar va portfolio

asosida o‘zini ifoda etish kabi komponentlar pedagogik jarayon

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

1

Teacher, Namangan State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

17

Дидактические

основания

модели

развития

профессиональных компетенций будущих учителей

изобразительного искусства на основе цифрового

искусства

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

цифровое искусство,

изобразительное

художественное

образование,

профессиональные

компетенции,

образовательная модель,

портфолио,

графический дизайн.

В данной статье анализируется образовательная модель

на основе цифрового искусства, направленная на развитие

профессиональных

компетенций

будущих

учителей

изобразительного

искусства.

Структурные

блоки,

технологические основы и критерии оценки данной модели

сформированы в соответствии с требованиями современного

образования. Такие компоненты, как графический дизайн,

интерактивные

методы,

цифровые

инструменты

и

самовыражение на основе портфолио служат повышению

эффективности педагогического процесса.

KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanishi,

mehnat bozori

ehtiyojlarining o‘zgarishi hamda pedagogik kompetensiyalarga

qo‘yilayotgan yangi talablar bilan yuzma

-

yuz turibdi. Ayniqsa, san’at ta’limi yo‘nalishida bu

o‘zgarishlar yanada sezilarli bo‘lib, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari nafaqat an’anaviy

metod

larni, balki raqamli vositalar orqali dars o‘tish, ijodiy mahsulotlar yaratish va vizual

kommunikatsiyani samarali tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’lim islohotlari,

xususan, Prezidentning PQ

54-son (2024) va PQ

4688-son (2020) qarorlari asosida,

o‘qituvchilarni raqamli savodxonlik, ijodkorlik va zamonaviy kasbiy kompetensiyalar

bilan qurollantirish strategik ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu jarayon raqamli

san’atni

nafaqat ijodiy ifoda vositasi, balki pedagogik faoliyatning ajralmas qismi sifatida

ko‘rishga undaydi.

Ilmiy adabiyotlarda raqamli san’at vositalarining ta’limdagi roli tobora ortib

borayotgani qayd etilgan. Batiashvili (2020) raqamli san’at vositalari orqali estetik ta’lim

samaradorligini oshirishni asoslagan bo‘lsa, Kalantari va Dehghan (2021) ularni vizual

savodxonlikni rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rsatadi. Zeer (2005) esa kasbiy

shakllanish jarayonida raqamli vositalar orqali o‘zini ifoda eti

sh va reflektiv fikrlash

ko‘nikmalarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.

Raqamli san’at vositalari yordamida san’at asarlarini yaratish, ularni raqamli

muhitda tahlil qilish, virtual ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘z ishlarini portfoliolar orqali

taqdim etish

bularning barchasi bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini

shakllantiruvchi asosiy komponentlardir. Grafik dizayn, animatsiya, 3D-modellashtirish,

video-

montaj kabi texnikalar zamonaviy tasviriy san’at ta’limining mazmunini

boyitmoqda (Becker, 2019).

Ushbu maqola raqamli san’at asosida tasviriy san’at o‘qituvchilari kasbiy

kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim modelini ishlab chiqish va

uning didaktik asoslarini yoritishga qaratilgan. Model tarkibida integratsiyalashgan

texnologik, metodik va estetik komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi

hamda bu yondashuvning ta’lim samaradorligiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan

asoslanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

18

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotda modellash, strukturaviy-tarkibiy tahlil va pedagogik diagnostika

metodlaridan foydalanildi. Asosiy metod sifatida didaktik model yaratish yo‘li tanlandi,
bu orqali bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli san’at aso

sidagi yondashuv shakllantirildi.

Modelni yaratishda quyidagi manbalar asos bo‘lib xizmat qildi:

xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili (Kalantari & Dehghan, 2021; Zeer, 2005);

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatiga oid normativ hujjatlar (PQ–

4688,

PF

6079 va boshqalar);

san’at ta’limida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha mavjud tajribalar.

Modelning tarkibiy bloklari: maqsadli, mazmunli, texnologik, baholash, refleksiya

va natijaviy bloklardan iborat bo‘lib, har biri bo‘lajak o‘qi

tuvchining kasbiy shakllanishiga

bevosita xizmat qiladi. Har bir blok komponentlarining samaradorligi oldingi tadqiqotlar
asosida shakllantirilgan indikatorlar tizimi orqali baholandi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mazmunli blok: raqamli san’at kompetensiyalarinin

g didaktik asosi sifatida

Modelning mazmunli bloki

bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy

kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-

didaktik asos bo‘lib xizmat

qiladi. Ushbu blokda raqamli texnologiyalar, grafik dizayn, vizual kommunikatsiya,

shuningdek portfolio va o‘zini ifoda etish yo‘nalishlari asosiy komponentlar sifatida
shakllantirilgan. Ularning har biri nafaqat alohida ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki

birgalikda zamonaviy pedagog obrazini yaratishga xizmat qiladi.

Raqamli san’at asoslari

Raqamli san’at asoslarini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchining texnologik

savodxonligini mustahkamlab, uni o‘quvchilar bilan zamonaviy raqamli vositalar orqali

samarali muloqot olib borishga tayyorlaydi. Adobe Photoshop, Illustrator, Procreate,
Krita kabi dasturlardan foydalanish orqali talabalar:

raqamli grafikalar yaratish,

vizual g‘oya ishlab chiqish,

ko‘p formatli dizayn ishlari ustida mustaqil ishlash

ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar

(Batiashvili, 2020).

Raqamli texnologiyalar orqali

o‘quvchi mustaqil ijod qilish, o‘z asarini raqamli

ko‘rinishda tayyorlash va baholash jarayonida interaktiv ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.

Grafik dizayn va vizual kommunikatsiya

Grafik dizayn faqatgina vizual ifoda san’ati emas, balki pedagogik v

osita sifatida

ham muhim o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida grafik dizayn elementlarini (kompozitsiya,
rang, shakl, kontrast, tipografiya) o‘rgatish orqali o‘qituvchi:

vizual savodxonlikni oshiradi,

taqdimot, infografika, dars materiali dizayni sifatini oshiradi,

vizual muloqotni aniq va ta’sirchan tashkil etish ko‘nikmasini rivojlantiradi (Hass,

2018; Becker, 2019).

Shuningdek, zamonaviy san’at ta’limi texnologik vositalarni ijodiy usullar bilan

uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonini nafaqat estetik, ba

lki didaktik jihatdan ham

boyitadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

19

Kasbiy kompetensiyalar

Raqamli san’at asosida shakllanuvchi kasbiy kompetensiyalar quyidagi

yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

texnologik kompetensiya

grafik dasturlar, platformalar bilan ishlay olish;

ijodiy kompetensiya

original g‘oyalar ishlab chiqish va amaliy loyihalarga tatbiq

etish;

metodik kompetensiya

raqamli didaktika vositalaridan samarali foydalanish;

kommunikativ kompetensiya

vizual va raqamli muloqotni samarali tashkil

etish;

reflektiv kompetensiya

o‘z ishini baholash va takomillashtirish (Zeer, 2005).

Mazkur kompetensiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik talabaning integral

shakllanishiga xizmat qiladi.

Portfolio va o‘zini ifoda etish

Portfolio

nafaqat talabaning ishlarini

saqlash vositasi, balki uning kasbiy o‘sishini

kuzatish, o‘zini baholash va yutuqlarni hujjatlashtirish mexanizmidir (Barrett, 2007).
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi uchun bu quyidagi afzalliklarni beradi:

o‘z ijodiy yondashuvini hujjatlashtirish;

r

efleksiya yuritish va o‘z ustida ishlash;

professional imijni shakllantirish va taqdim etish.

Portfolio, shuningdek, raqamli kommunikatsiya vositasi sifatida ishlaydi

Behance, Google Sites, Canva kabi platformalarda onlayn ko‘rinishda yaratilib, keng

auditoriyaga taqdim etilishi mumkin.

Mazmunli blok komponentlari tasviriy san’at o‘qituvchisi faoliyatida zarur bo‘lgan

bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni raqamli pedagogika kontekstida shakllantirishga
xizmat qiladi. Bu blok o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy o‘sishini tizimli ravishda yo‘lga
qo‘yish, san’at vositasida vizual madaniyatni targ‘ib qilish, hamda o‘quvchilarga

zamonaviy estetik olamni yetkazish imkonini yaratadi.

Texnologik blok: ta’lim jarayonining raqamli vositalar asosida tashkil etilishi

Raqa

mli san’atga asoslangan ta’lim modelining texnologik bloki –

bu pedagogik

jarayon qanday metod, shakl va vositalar orqali amalga oshirilishini belgilab beruvchi

asosiy bo‘limdir. Ushbu blokda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogik yondashuvlar
va o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan raqamli vositalar tizimli ravishda integratsiya qilingan.

Ta’lim yondashuvlari: nazariy asoslar

Texnologik blokning metodik asosini quyidagi zamonaviy yondashuvlar tashkil etadi:

konstruktivistik yondashuv (Bruner, 1996; Jonassen, 1999): talabani bilimning

faol yaratuvchisi sifatida ko‘radi. O‘qituvchi bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi

rolini bajaradi. Mazkur yondashuv ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarga
mustaqil yechim topishni rivojlantiradi.

Muammoli (Problem-

based) ta’lim: talaba oldiga amaliy

-tahliliy muammo

qo‘yiladi va u ijodiy fikrlash asosida yechim izlaydi. Raqamli san’at doirasida bu
yondashuv grafik loyihalar, san’at asarlari tahlili, interaktiv vizual topshiriqlar orqa

li

amalga oshiriladi.

Gamifikatsiyalashgan ta’lim: o‘yin elementlari (ball, reyting, bosqichlar)ni o‘quv

jarayoniga qo‘shish orqali talabada ichki motivatsiyani oshirishga xizmat qiladi. San’at
ta’limida raqamli kollajlar, interaktiv testlar, dizayn musobaqalari ko‘rinishida amalga

oshiriladi (Mayer, 2009).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

20

Blended learning (aralash ta’lim): nazariy bilimlar onlayn platformalar orqali

beriladi, amaliy mashg‘ulotlar esa grafik laboratoriyalarda yoki raqamli muhitda olib

boriladi. Bu model pandemiya va masofa

viy ta’lim sharoitida ayniqsa dolzarb bo‘ldi

(Garrison & Vaughan, 2008).

Mentorlik va kooperativ ta’lim: talabalar kichik guruhlarda ishlaydi, mentorlar

esa ularni har bir bosqichda yo‘naltirib boradi. Grafik dizayn bo‘yicha loyiha ishlari,
onlayn ko‘rgazmalar va portfoliolarni baham ko‘rishda samarali.

Ta’lim shakllari va vositalari

Texnologik blokda an’anaviy va raqamli ta’lim shakllari uyg‘unlashgan:

An’anaviy shakllar: amaliy mashg‘ulotlar, ko‘rgazmalar, ekskursiyalar –

bu

shakllar hali ham amaliyot uchun dolzarbdir.

Masofaviy shakllar: Zoom, Google Meet, Moodle, Google Classroom kabi

platformalar orqali interaktiv darslar o‘tkaziladi.

Padlet, Mentimeter, Kahoot kabi

vositalar o‘quvchini faollashtiradi.

Interaktiv shakllar: Art-

challenge, dizayn sprint, “peer feedback” kabi metodlar

o‘zaro baholash, fikr almashish va ijodiy hamkorlikni rag‘batlantiradi.

Individual shakllar: onlayn portfoliolar (Behance, Canva, Notion), san’at

loyihalari, raqamli sketchbooklar orqali talabal

ar o‘z ishlarini mustaqil rivojlantiradilar.

O‘quv vositalari va platformalar

Maqsadli va mazmunli bloklarda shakllantirilgan kompetensiyalarni amalga

oshirish uchun texnologik blokda quyidagi vositalar qo‘llaniladi(1

-jadval):

1-jadval.

Texnologik blokning vositalari va funksiyalari

Kategoriya

Vositalar

Pedagogik funksiyasi

Grafik dizayn

Adobe Photoshop, Illustrator,

Procreate, Canva

Vizual materiallar, san’at loyihalari

yaratish

Ta’lim platformalari

Moodle, Google Classroom,

Coursera

O‘quv materiallarini boshqarish va

baholash

Interaktiv vositalar

Padlet, Mentimeter, Kahoot

Faollashtirish, o‘zaro fikr almashish

Portfolio platformalari

Behance, Google Sites, Notion

Raqamli portfoliolar yaratish va baham

ko‘rish

Kommunikatsiya

vositalari

Zoom, Loom, Discord

Real va asinxron muloqotni tashkil etish

Bu vositalar nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki talabada o‘zining ishiga egalik

qilish hissini ham kuchaytiradi.

Transformatsiyalashgan metodlar

Klassik pedagogik uslublar raqamli vositalar orqali transformatsiya qilingan:

Nazariy materiallar video-

ma’ruzalar, animatsion darsliklar orqali tushuntiriladi.

Amaliy mashqlar grafik planshetlarda yoki Procreate kabi dasturlarda bajariladi.

Eksperimental uslublar AR/VR san

’at loyihalari va gamifikatsiya asosida tashkil

etiladi.

Refleksiya esa e-

portfolio, o‘z

-

o‘zini baholash shakllari orqali olib boriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

21

Texnologik blok

bu nafaqat texnik vositalar majmuasi, balki u o‘qituvchining

raqamli pedagogik madaniyatini shakllant

irish, talabaning faol o‘quv subyekti sifatida

rivojlanishini ta’minlovchi, zamonaviy ta’lim jarayonining yuragidir. U pedagogik
yondashuvlar, raqamli metodlar va platformalarning uzviy uyg‘unligi asosida didaktik

transformatsiyani amalga oshiradi. Ayniqsa

, san’at ta’limi kontekstida texnologik blok

talabalar uchun ilhomlantiruvchi, samarali va moslashuvchan o‘quv muhitini yaratadi.

Baholash va refleksiya

Baholash jarayoni e-portfolio, gamifikatsiyalashgan testlar, loyiha taqdimotlari,

peer-

review (o‘zaro baholash) kabi shakllar orqali amalga oshiriladi.

Baholash uch

darajali tizim asosida qurilgan:

Reproduktiv bosqich

mavjud bilimlarni takror qo‘llash;

Rekonstruktiv bosqich

bilimlarni qayta ishlash, moslashtirish;

Ijodiy-amaliy bosqich

yangi yechimlar yaratish, innovatsion yondashuvlar taklif etish.

Natijaviy komponent

Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur model asosida tayyorlangan talabalar quyidagi

ko‘nikmalarga ega bo‘lishi aniqlangan: raqamli san’at vositalarida mustaqil

ishlay olish,

o‘z ijodiy mahsulotini portfolio orqali namoyish eta olish, grafik dizayn asosida taqdimot
tuzish, hamda vizual tahlil va muloqot ko‘nikmalari.

MUHOKAMA

Model asosida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli san’at vositalarining

didaktik imkoniyatlari pedagogik jarayonni transformatsiya qilishda muhim omil
hisoblanadi. Grafik dizayn va raqamli kommunikatsiya vositalari yordamida tasviriy

san’at o‘qituvchisida ko‘p yo‘nalishli kompetensiyalar: texnologik, estetik, vizual, reflektiv

va kom

munikativ ko‘nikmalar samarali shakllanmoqda.

Shuningdek, klassik pedagogik metodlarni raqamli muhitga transformatsiyalash

ta’lim mazmunini zamonaviylashtirish, talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni

rivojlantirish, shaxsiy portfolioni olib borish orq

ali o‘z

-

o‘zini baholash va monitoring

qilish imkonini beradi.

Kalantari va Dehghan (2021) ta’kidlaganidek, raqamli vositalar orqali san’atni

o‘rganish nafaqat dizayn va ijodiy yondashuvni, balki vizual savodxonlik va madaniy

ifodaning chuqurroq shakllanish

ini ta’minlaydi. Ushbu tadqiqot ham ayni natijani

tasdiqlaydi.

Natijada, yaratilgan model tasviriy san’at o‘qituvchilari tayyorlash tizimini raqamli

didaktik yondashuvlar asosida takomillashtirishda innovatsion yechim sifatida xizmat
qilishi mumkin.

XULOSA

Ushbu tadqiqot bo‘yicha ishlab chiqilgan raqamli san’at asosida bo‘lajak tasviriy

san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli zamonaviy
ta’lim muhitining real ehtiyojlari va istiqboldagi rivojlanish tendensiyalariga mos yechi

m

sifatida baholanishi mumkin. Model tarkibida ta’limning maqsad, mazmun, metod, vosita
va baholash elementlari integratsiyalangan bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqlikda pedagogik

faoliyatning barcha bosqichlarini qamrab oladi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tayyorlov jarayonida raqamli san’at

texnologiyalarini to‘g‘ri tanlash va ularni metodik jihatdan asoslangan holda qo‘llash:

ijodiy yondashuvni rag‘batlantiradi,

talabalarda zamonaviy texnik va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantiradi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

22

o‘qituvchining raqamli savodxonligini oshiradi,

va eng muhimi, san’at ta’limini zamon talablari asosida modernizatsiya qilishga

xizmat qiladi.

Mazkur modelning afzalliklaridan biri

klassik pedagogik yondashuvlarni

zamonaviy raqamli vositalar bilan

uyg‘unlashtirgan holda, o‘qitish jarayonini

transformatsiya qilishi va uni shaxsga yo‘naltirilgan, moslashuvchan, motivatsiyalovchi

tizimga aylantirganidadir. Grafik dizayn, e-

portfolio, onlayn ko‘rgazmalar,

gamifikatsiyalashgan baholash kabi yondashuvlar orqali talabalar nafaqat bilim oladilar,

balki o‘zlarini vizual tarzda ifoda etish, tanqidiy fikrlash va ijodiy qarorlar qabul qilish
kabi muhim ko‘nikmalarni ham egallaydilar.

Modelda taklif etilgan baholash mezonlari va refleksiya mexanizmlari yordamida

o‘quvchilar o‘z kasbiy rivojlanishini tahlil qilish, monitoring qilish va shu asosda o‘zini
takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ta’lim jarayonini faqat bilim berishga
emas, balki o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantirishga yo‘nalti

radi.

Shu asosda, quyidagi asosiy ilmiy-amaliy xulosalarni chiqarish mumkin:
1.

Raqamli san’at tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy shakllanishida estetik,

texnologik va metodik yondashuvlarni birlashtiruvchi muhim omil hisoblanadi.

2.

Ta’lim modeli orqali o‘quv jarayoniga integratsiyalangan raqamli texnologiyalar

didaktik samaradorlikni oshiradi va talabalarning ijodiy, reflektiv hamda kommunikativ
kompetensiyalarini faol rivojlantiradi.

3.

Blended learning, gamifikatsiya va e-

portfolio asosidagi metodlar ta’l

imda

talabaning faolligi, mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytiradi.

4.

Portfolio va vizual ifoda kompetensiyalari o‘qituvchining o‘zini professional

tarzda namoyon eta olishini, shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ko‘rsatishiga xizmat qiladi.

5.

Mazkur model modu

llashtirilgan, moslashuvchan va natijaga yo‘naltirilgan

bo‘lib, boshqa san’at yo‘nalishlarida ham moslashtirib qo‘llash imkoniyatiga ega.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Batiashvili, K. (2020).

The role of digital art in modern art education

. European

Journal of Contemporary Education, 9(1), 48

55.

2.

Kalantari, A., & Dehghan, N. (2021).

Developing visual literacy through digital art

tools in teacher education

. Journal of Educational Technology Development.

3.

Zeer, E. F. (2005).

Psychology of Professional Education

. Moscow: Akademiya.

4.

Becker, K. (2019).

Visual communication in art education: Developing students’

design thinking

. Journal of Visual Literacy, 38(2), 145

160.

5.

ISAKOV, A. (2024). Fostering creativity in art education through digital tools.

6.

Hass, A. M. (2018).

Design literacy and the visual educator: Rethinking art

pedagogy

. International Journal of Education through Art, 14(1), 37

51.

7.

Barrett, H. (2007).

Researching electronic portfolios and learner engagement:

The REFLECT Initiative

. Journal of Adolescent & Adult Literacy, 50(6), 436

449.

8.

Zeichner, K., & Wray, S. (2001).

The teaching portfolio in US teacher education

programs: What we know and what we need to know

. Teaching and Teacher Education,

17(5), 613

621.

9.

Mahmudjanovna, T. G. (2022). Technological Approach to Forming Critical

Thinking In Students in the Process of Teaching the Subject of “Upbringing”.

Central Asian

Journal of Theoretical and Applied Science

,

3

(8), 39-48.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

23

10.

Abrami, P. C., & Barrett, H. (2005).

Directions for research and development on

electronic portfolios

. Canadian Journal of Learning and Technology, 31(3).

11.

Vygotsky, L. S. (1978).

Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes

. Cambridge, MA: Harvard University Press.

12.

Bruner, J. S. (1996).

The Culture of Education

. Cambridge, MA: Harvard

University Press.

13.

Kopaysinovna, K. S. (2022). Age-related Characteristics and Teacher's Skills of

Introducing Artistic Works to Preschool Children.

Berlin Studies Transnational Journal of

Science and Humanities

,

2

(1.5 Pedagogical sciences).

14.

Jonassen, D. H. (1999).

Designing Constructivist Learning Environments

.

Educational Technology Research and Development, 47(1), 61

79.

15.

Исақов

,

А

.

А

., &

Буваев

,

В

.

С

. (2021).

ХИТОЙ ТАСВИРИЙ САНЪАТИНИНГ

МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАСВИРИЙ ВА АМАЛИЙ САНЪАТИГА ТАЪСИРИ.

Academic research

in educational sciences

,

2

(2), 365-377.

16.

Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008).

Blended Learning in Higher Education:

Framework, Principles, and Guidelines

. Jossey-Bass.

Библиографические ссылки

Batiashvili, K. (2020). The role of digital art in modern art education. European Journal of Contemporary Education, 9(1), 48–55.

Kalantari, A., & Dehghan, N. (2021). Developing visual literacy through digital art tools in teacher education. Journal of Educational Technology Development.

Zeer, E. F. (2005). Psychology of Professional Education. Moscow: Akademiya.

Becker, K. (2019). Visual communication in art education: Developing students’ design thinking. Journal of Visual Literacy, 38(2), 145–160.

ISAKOV, A. (2024). Fostering creativity in art education through digital tools.

Hass, A. M. (2018). Design literacy and the visual educator: Rethinking art pedagogy. International Journal of Education through Art, 14(1), 37–51.

Barrett, H. (2007). Researching electronic portfolios and learner engagement:

The REFLECT Initiative. Journal of Adolescent & Adult Literacy, 50(6), 436–449.

Zeichner, K., & Wray, S. (2001). The teaching portfolio in US teacher education programs: What we know and what we need to know. Teaching and Teacher Education, 17(5), 613–621.

Mahmudjanovna, T. G. (2022). Technological Approach to Forming Critical Thinking In Students in the Process of Teaching the Subject of “Upbringing”. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(8), 39-48.

Abrami, P. C., & Barrett, H. (2005). Directions for research and development on electronic portfolios. Canadian Journal of Learning and Technology, 31(3).

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

Bruner, J. S. (1996). The Culture of Education. Cambridge, MA: Harvard University Press.

Kopaysinovna, K. S. (2022). Age-related Characteristics and Teacher's Skills of Introducing Artistic Works to Preschool Children. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.5 Pedagogical sciences).

Jonassen, D. H. (1999). Designing Constructivist Learning Environments. Educational Technology Research and Development, 47(1), 61–79.

Исақов, А. А., & Буваев, В. С. (2021). ХИТОЙ ТАСВИРИЙ САНЪАТИНИНГ МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАСВИРИЙ ВА АМАЛИЙ САНЪАТИГА ТАЪСИРИ. Academic research in educational sciences, 2(2), 365-377.

Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and Guidelines. Jossey-Bass.