Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Professional competencies of a visual arts teacher in the
21st century
Doniyorbek BADIRDINOV
1
Namangan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
This study analyzes research conducted on the development
of professional competencies in Uzbekistan, examining the
requirements for teachers' professional competencies, their
current state, and ways of improvement. Through this analysis,
the study explores opportunities to further enhance the
educational process and provide students with high-quality fine
arts education.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp
12-127
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
visual arts,
teacher,
professional competencies,
educational process.
XXI asrda tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tasviriy san’at,
o‘qituvchi,
kasbiy kompetensiyalar,
ta’lim jarayoni
.
Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinib,
o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan tal
ablar,
ularning mavjud holati va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Shu orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish va
o‘quvchilarga sifatli tasviriy san’at ta’limini taqdim etish
imkoniyatlari o‘rganiladi.
1
Teacher, Namangan State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
113
Профессиональные
компетенции
преподавателя
изобразительного искусства в XXI веке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
изобразительное
исскуство,
преподаватель,
профессиональные
компетенции,
образовательный
процесс
.
В данной работе анализируются исследования,
проведенные
по
развитию
профессиональных
компетенций в Узбекистане, а также изучаются
требования
к
профессиональным
компетенциям
преподавателей, их современное состояние и пути их
развития.
Это
позволит
изучить
возможности
дальнейшего
совершенствования
образовательного
процесса и предоставить студентам качественное
образование в области изобразительного искусства.
KIRISH
Tasviriy san’at jamiyat madaniyati va estetik qarashlarini shakllantirishda muhim
omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim tizimida tasviriy san’at o‘quvchilarning badiiy
didini rivojlantirish, ijodiy tafakkurini kengaytirish va madaniy merosga hurmat bilan
yondashishlariga ko‘maklashadi. YuNESKO tomonidan 2015
-
yilda qabul qilingan “Ta’lim
2030” doirasida belgilab olingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun ta’lim”
dasturida ham alohida ta’kidlab o‘tilgan. Jumladan, dasturda belgilangan maqsadlarni
a
malga oshirishga qaratilgan ta’lim jarayoni haqida Irina Bokova shunday deb
ta’kidlaydi:
-
“Ta’limning global taraqqiyotdagi o‘rni haqida fikrlash ekanmiz bizga tub
islohotlar kerak, chunki bu shaxslar farovonligi va sayyoramiz kelajagi uchun muhim
ta’sir ko‘rsatadi.”[1]
Mamlakatimizda ham tasviriy san’at ta’limini yanada rivojlantirish, bo‘lajak
tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy jihatdan mukammal tayyorlash hamda ularni
zamon talablari darajasidagi kadr bo‘lib yetishishlarini ta’minlash uchun ta’lim
mazmunini metodik jihatdan takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalardan
biri bo‘lib qolmoqda. Jumladan, mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
2019-yil 19-
mart sanasida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini
maz
munli tashkil etish” bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarda yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,
iste’dodini yuzaga chiqarish lozimligining ta’kidlanganligi, 2020
-yil 21-apreldagi
“Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora
-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ
-4688-sonli qarorning mazmun-
mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-
oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF
-5847-son
Farmoni mazkur masalaning bugungi kundagi ahamiyati muhimligini asoslab beradi.
METODLAR
Mazkur maqolada nazariy va solishtirma tahlil metodlaridan foydalanildi. Xususan,
nazariy tahlil jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalari, zamonaviy ta’lim
tendensiyalari va san’at pedagogikasi sohasidagi ilmiy adabiyotlar, shu jumladan,
tadqiqotlarning avtoreferatlari, monografiyalari va maqolalari tahlil qilindi. Shuningdek,
huquqiy-
me’yoriy hujjatlarni tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
114
to‘g‘risidagi Qonuni, Davlat ta’lim standartlari, Kasbiy standartlar va boshqa normativ
hu
jjatlar san’at o‘qituvchisining kompetensiyalarini shakllantirish talablari nuqtai
nazaridan o‘rganilgan.
Mazkur tadqiqotda qo‘llanilgan usullar muallifning fikriga asoslangan holda,
zamonaviy ta’lim jarayonida tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy ko
mpetensiyalarini
takomillashtirishning ilmiy-pedagogik jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
NATIJALAR
Bugungi kunda mamlakatimizda tasviriy san’at ta’limining sifati va samaradorligi
pedagoglarning kasbiy kompetensiyalariga bevosita bog‘liqdir. O‘qituvc
hilarning ijodiy
yondashuvi, zamonaviy ta’lim metodikalaridan samarali foydalanish qobiliyati hamda
fanlararo integratsiyani amalga oshirish mahorati o‘quvchilarning tasviriy san’at bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etad
i. Shu bois, tasviriy
san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini tahlil qilish, ularning bilim va
malakalarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir.
Shuning uchun, avvalo kasbiy kompetensiya, kompetentlik va ularning mohiyati
borasida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqot ishlari tahlil qilindi.
Zamonaviy ta’limda bo‘lajak pedagogning har tomonlama kasbiy tayyorgarligining
ahamiyatidan kelib chiqib, mamlakatimiz tadqiqotchilari tomonidan bo‘lajak
o‘qituvchilarni tayyorlashda ularning pedagogik tayyorgarliklari samaradorligini oshirish
hamda kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi va
so‘nggi yillarda bu borada salmoqli tadqiqotlar olib borildi. Xususan, kasbiy
kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari borasida H. Sh.
Rustamov, N.N. Safarova, R.Z. Xudaykulov, M.O.Xoldorova, E.O. Ismoilov, U.K. Absoatov,
G.A.Ne’matova, A.Xamrayeva, D.M.Yuldashevalar tadqiqot olib borishgan. Shuningdek,
K.A.Kutlimuradov,
D.A.Eshnazarov,
B.Sultanov,
L.X.Gaffarov,
J.A.Qosimov,
A.A.Berikbayevlar kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kasb
-hunar
(texnologiya, san’at, muhandislik) bilan bog‘liq yo‘nalishlar kesimida tadqiqotlar olib
borgan va turli yondashuvlarni taklif qilgan. Tadqiqotlarda kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatlari ham
o‘rganilgan. Jumladan, M.O.Xoldorova, A.N.Ubaydulloyev, F.Sh.To‘xtayeva, P.E.Nuraliyeva,
M.Z.Qambarovlar axborot texnologiyalari va raqamli vositalardan foydalangan holda
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalarini o‘rganib chiqishgan.
KOMPETENSIYA TUSHUNCHASI TAHLILI
Ayni vaqtga qadar o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy
t
adqiqotlarda “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari turli nuqtai nazarlar
asosida talqin qilinadi.
R.Z.Xudaykulov kompetensiyalarga pedagogik jihatdan yondashar ekan, o‘ziga xos
fikrlarni olg‘a suradi. Tadqiqotchi kompetensiyani bu ta’lim orqali o
lingan bilimlarga,
tajribaga, qadriyatlarga, niyatlarga asoslangan umumiy qobiliyat deb hisoblaydi.[2]
E.O.Ismoilovning tadqiqotiga ko‘ra, kasbiy kompetensiya –
talabaning kasbiy
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyatidan dalolat beruvchi
fundamental
ixtisoslashtirilgan
nazariy
bilimlar,
amaliy
ko‘nikmalarning
kombinatsiyasiga asoslangan integratsiyalashgan shaxsiy fazilat bo‘lgan kasbiy
mahoratdir.[3]
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
115
G.A.Ne’matova bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalariga to‘xtala
r ekan,
nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy taʼlim hamjamiyatida ham “kompetentlik”
iborasini ta’riflashda yagona tavsif mavjud emasligini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib
tadqiqotchining fikricha, kompetentlik “insonda mavjud bo‘lgan narsalarning yig‘i
ndisi va
kompetensiya
–
u egalik qiladigan narsalarning yig‘indisidir.[4]
D.M.Yuldasheva kasbiy kompetensiyalar haqida gapirar ekan, uni ta’lim
mazmunini kasbiy faoliyat bilan bog‘lay olish, nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish,
texnologik tayyorgarlik va undan foydalana bilish, bilimlarni kengaytirish kabilardan
iboratligini ta’kidlaydi.[5]
D.A.Eshnazarov kasbiy kompetentlikni ta’riflar ekan, u mutaxassis uchun kasbiy
faoliyatida amalga oshirishda zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanis
hi
va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish
bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi, deb
hisoblaydi[6]. Mazkur ta’kid Absoatovning “fanga oid kompetensiyalar” borasida
gi
fikrlari bilan o‘zaro uyg‘un keladi.
L.X.Gaffarovning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlik kasbiy faoliyatga bo‘lgan
munosabati, unda zarurat va qiziqishi, intilishlari, faoliyatdan maqsadi, o‘zining ijtimoiy
o‘rnini tasavvur qilishi hamda amalda qo‘llas
hidan iboratdir[7]. Shuningdek, u
kompetentlik shaxsning o‘z kasbiy faoliyatini sifatli amalga oshirish uchun ichki
motivatsiyasi, shuningdek, kasbiy qadriyatlari va kasbiga qadriyat sifatida munosabatda
bo‘lishini anglatadi, deb hisoblaydi.
J.A.Qosimovga
ko‘ra, kasbiy kompetensiyalar muayyan kasb, ixtisoslik,
mutaxassislikni shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmuidan
iborat [8]. Bu kompetensiyalarga ega bo‘lish uchun muayyan kasb bo‘yicha aniq bilim
zarur bo‘ladi va bu ko‘nikmal
arning mavjudligi sinov yoki amaliy ishni bajarishi orqali
aniqlanadi.
KOMPETENSIYA VA KOMPETENTLIKNING OʻZARO ALOQASI
U.K.Absoatov “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalar borasida turli
qarashlar va ta’riflar borligini ta’kidlar ekan, F.Delamare v
a J.Wintertonning fikrlariga
asoslangan holda quyidagi ta’rifni keltiradi:
“Kompetensiya bu faoliyatda shakllanadigan va unga nisbatan qadriyatli
-
ma’noviy
munosabatni integratsiyalaydigan, insonning sifatiy tavsifi, uning potensial qobiliyati va
turli vazifalarni hal qilishga tayyorligidir. Kompetentlik bu muayyan kompetensiyalarga
ega bo‘lishdir”.
[9].
P.E.Nuraliyeva ham “Kompetensiya” va “Kompetentlik”ning mazmuni haqida turli
xil qarashlar borligini tasdiqlaydi. Uning ta’kidlashicha, kompetensiya ta’lim
natijasi
sifatida qobiliyat va tayyorlik, umumlashtirilgan harakatlar usullari, bilim, tajriba va
boshqalar bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchi bunga misol sifatida G.Y.Karilbayevaning
kompetensiya haqida kasbiy tayyorgarlik, tezkorlik, moslashuvchanlik, muntazam
yangilanib turish bilan bog‘liq fikrlari hamda M.M.Ebzeyevning kompetensiyani kundalik
hayot va real vaziyatdagi muammolar yoki masalalarni samarali hal qilishga imkon
beradigan o‘ziga xos qobiliyat sifatida ta’riflaganini keltirib o‘tadi. U tahlillari
natijasi
sifatida kompetensiyani ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlardan foydalana olish layoqati deb
hisoblaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
116
D.M.Yuldasheva XX asrdagi tadqiqotlarga tayangan holda kompetensiya muayyan
faoliyatda talab qilinadigan xulq-
atvor, o‘zini tutish, kompetentlik esa ushbu talabga
moslik darajasi, ya’ni kompetensiyani namoyish qilishning pirovard natijasi sifatida
talqin qilinganligini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u kompetensiyani ma’lum
bir sohada faoliyat yuritish jarayonida shaxsiy sifatlar hamda bilim, ko‘nikma va
malakalarning samarali qo‘llanishi; kompetentlik esa muayyan faoliyatni amalga oshirish
uchun mavjud hamda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan layoqat deb ta’kidlayd
i.
Mutaxassisning yo‘nalishiga urg‘u bergan holda D.A.Eshnazarov kasbiy
kompetentlikni ta’riflashda ko‘proq kasb egasi nuqtai
-nazaridan qaraydi va uni ilmiy
nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, har qanday vazifalarni bajara oladigan, sohaga oid turli xil
muammolarni bartaraf etadigan va yuzaga kelgan texnologik muammolarga zudlik bilan
yechim topa oladigan uddaburon malakali muhandis-texnolog sifatida keltiradi[6].
B.Sultanov
“Kompetensiya”
va
“kompetentlik”
tushunchalariga
turli
yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilish ularning bir ma’noli tushunchasi keng namoyon
bo‘lmagan deb hisoblaydi. Uning fikricha, “kompetensiya” bu
-
“bilim, ko‘nikma, amaliy
tajriba ko‘nikmalari va shaxsning kasbiy jihatdan muhim xususiyatlarini keyingi kasbiy
faoliyatda qo‘llash qobiliyati[10]”dir. “Kompetentlik” esa muayyan shaxs tomonidan
kompetensiyalarni egallash natijasidir.
R.Z.Xudaykulov kompetensiya va ko‘nikmalar bir
-biridan farqlanishi lozimligini
ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, ko‘nikma –
bu muayyan vaziyatda harakat, kompetensiya
–
xatti-
harakatlar, ko‘nikmalarning kuzatuvlaridan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan xarakteristik
xususiyatdir. Tadqiqotchi, shu o‘rinda kompetentlikni mutaxassis tomonidan kasbiy
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning
egal
lanishi va ularning amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi deb hisoblaydi [2].
J.A.Qosimov kompetentlik tushunchasiga to‘xtalar ekan, talabada tarkib topgan
shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo‘yicha to‘plagan minimal tajribasi bilan
belgilanishini ta’kidlaydi.
A.A.Berikbayev kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga to‘xtalar ekan,
ularni o‘zaro tutash, aloqador, bog‘liq, chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi fanlarini
integratsiyasi o‘laroq yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish
-harakat usullari va shaxsiy
sifatlarni rivojlantirishdan iborat deb hisoblaydi [11]. Shundan kelib chiqqan holda
kompetentlikni kasbiy faoliyatning mohiyatini tashkil etadigan funksional vazifalarni
muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma,
qobiliyat va shaxsiy
fazilatlarning tizimli namoyon qilish mahorati sifatida tavsiflaydi.
A.N.Ubaydulloyevning ta’kidlashicha, kompetensiya bilimlarning umumiyligi va
ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida
ishlatish darajasini anglatadi[12].
Shuningdek P.E.Nuraliyeva “kompetentlik”ning mohiyati ko‘p qirrali ekanligini
ta’kidlaydi. Tadqiqotchi N.A.Grishanova, A.I.Jilina, V.A.Isayev va boshqalarga tayangan
holda -
“Kompetentlik bu ma’lum bir vaziyatda (ta’lim, sh
axsiy va kasbiy) turli bilim,
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni mustaqil ravishda qo‘llay oladigan shaxsning
yaxlit qobiliyatidir” [13] deydi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, kompetensiya va kompetentlik
tushunchalari oʻrtasidagi asosiy
farq shundaki,
kompetensiya
bilim, koʻnikma va
qobiliyatlarning nazariy asosini,
kompetentlik
esa ularning amaliyotda namoyon boʻlish
darajasini anglatadi. Kasbiy faoliyat samaradorligi ikkala tushunchaning uygʻunligiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
117
bogʻliq boʻlib, zamonaviy pedagogika
da ularni rivojlantirishning innovatsion usullari
izlanmoqda. Tadqiqotchilarning koʻpchiligi kompetentlikni shaxsning kompleks
qobiliyati sifatida koʻrib, uning rivojlantirilishida ham nazariy, ham amaliy
komponentlarning muvozanatini ta’kidlaydi.
KOMPETE
NSIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kompetensiyalarning turli tasniflari va tarkibiy tuzilmalari ularning amaliy
ahamiyatini koʻrsatadi. Har bir tadqiqotchi kompetensiyalarning mazmuniga o‘z
yondashuvlarini taklif qilsa-da, ularning umumiy mazmuni
–
shaxsning kasbiy
faoliyatdagi samaradorlig
ini oshirish bilan bog‘liq.
Kompetensiyalarning turlari haqida so‘z yuritilar ekan, ularni kasbga bog‘liq holda
tasniflanganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, U.K.Absoatov bo‘lajak o‘qituvchilarga xos
“universal kompetensiyalar” va “fanga oid kompetensiyalar” iboralarini ishlatadi. Bu o‘z
navbatida kasbiy kompetensiyalarni tasniflashda pedagogik sohada ta’lim olayotgan
barcha talabalarga tegishli bo‘lgan va ular ta’lim olayotgan yo‘nalishlarga xos bo‘lgan
jihatlarni e’tiborga olish lozimligini anglatadi.
D.M.Yuldasheva esa kompetensiyalarni tayanch, umumiy va xususiy
kompetensiyalarga ajratadi. Tayanch kompetensiyalarni zarur axborotni izlab topish va
undan foydalanish, jamoada ishlash, o‘rganish layoqatini shakllantirish bilan bog‘laydi va
uning tarkibiga qadriyat-
mazmun, umummadaniy, o‘quv
-bilish, axborot, muloqot,
ijtimoiy-mehnat va komillik kompetensiyalarini kiritadi. Tadqiqotchi, shuningdek,
umumiy kompetensiyalarni faktlari va tushunchalariga tayangan holda muammolarni hal
qilish bilan bog‘laydi. Xususiy kompetensiyalarni esa o‘quv fani doirasida
shakllantiriladigan, ya’ni fanni o‘qitish jarayonida hosil bo‘ladigan bilim, malaka va
ko‘nikmalar yig‘indisi [5] sifatida keltirib o‘tadi.
Tadqiqotlarda tayanch kompetensiyalar shaxsning har qanday kasbiy va shaxsiy
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan asosiy qobiliyatlar va
koʻnikmalar majmui ekanligini ko‘rish mumkin. A.A.Berikbayev beshta tayanch
kompetentsiyalarni tilga oladi:
-
o‘zligini anglash va himoya qilish;
-tanqidiy fikrlash;
-mantiqiy fikrlash;
-ijodkorlik yoki yaratuvchanlik;
-badiiy tahlil qila olish.[11]
Shu jihatdan B.Sultanov ham umumiy va kasbiy kompetensiyalarni tilga olib o‘tadi.
Uning ta’kidlashicha, kasbiy va kasbiy bo‘lmagan sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat uchun
zarur bo‘lgan umumiy kompetensiyalar, kasbiy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan kasbiy kompetensiyalar aniqlanadi.
H.Sh.Rustamov o‘z tadqiqotida Davlat ta’lim standartlari, malakaviy talablar va
mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilgan holda, bo‘lajak o‘qituvchini
tayyorlashda muhim rol o‘ynaydigan kasbiy kompetensiyalar sifatida shaxsiy, pedagogik,
kommunikativ, adaptiv (moslashuvchan), texnologik va metodik kompetensiyalarni
keltirib o‘tadi [14]. U o‘z tadqiqotida kasbiy kompeten
siyalarni rivojlantirish uchun
bo‘lajak o‘qituvchilarga dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishni tavsiya etadi.
Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim
deb hisoblaydi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
118
•
zamonaviy dasturiy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish;
•
talabalar bilimini nazorat qilishning interaktiv usullarini joriy etish;
•
algoritmik savodxonlikni oshirish va dasturlashga oid materiallarni keng
qo‘llash [14].
M.Z.Qambarovning tadqiqot ishida ham mutaxassisning kompetensiyalarni
borasida fikrlar yuritgan holda kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z
-
o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, fan va texnika
yangiliklaridan xabardo
r bo‘lish hamda ulardan foydalanish kompetensiyalarini keltirib
o‘tadi. Shu bilan birga tadqiqotchi talabalarda umumiy va kasbiy kompetensiyalar
shakllantirilishi lozimligini ta’kidlaydi [15]. Tadqiqotchi umumiy kompetensiyalarga
axborot texnologiyalarini
qo‘llay olish, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va
ulardan foydalanish, faoliyatga doir mustaqil qarorlar qabul qilish kabilarni kiritadi.
Kasbiy kompetensiyani muhandislik sohasi bilan bog‘lagan holda muammolarni hal
qilishda matematik va inf
ormatsion modellar bilan ishlay olish ko‘nikmalarini keltirib
o‘tadi.
N.N.Safarova pedagogning kasbiy kompetensiyalariga to‘xtalar ekan, zamonaviy
ta’lim barcha sohalar kabi tеzkorlikni, shiddatli oʻzgarishlarga qisqa muddatlarda
samarali moslashishni, ya
ngi bilimlarni mavjud fanlar nеgiziga faol singdirishni, ta’lim
oluvchilarni ular bilan izchil tanishtirib borishni ta’kidlaydi va A.K.Makarovaning fikriga
tayangan holda pedagogning kasbiy kompetensiyasining muhim tarkibiy asoslari sifatida
ijtimoiy, shaxsiy, individual va kasbga oid kompetentliklarni qayd etadi [16].
A.N.Ubaydulloyev maxsus kompetensiyalarga to‘xtalib o‘tadi. Uning tadqiqot
doirasidagi muhandis-
texnolog mutaxassislarga ular ta’lim olayotgan yo‘nalish uchun
quyidagi kompetensiyalar zarur deb hisoblaydi:
- texnikaga qiziqish va kuzatuvchanlik,
- texnik eshitish,
- texnik chamalash,
- grafik tasavvurlash,
- texnik tafakkurlash,
- texnikani boshqarish,
- texnik tashxislash,
- ijodiy yondashuv,
- novatorlik [12].
K.A.Kutlimuradov hunarmandchilikka oid tushunchalarga to‘xtalar ekan, bo‘lajak
o‘qituvchi kasbni nafaqat milliy qadriyatlar asosida egallashi, balki bir nechta
hunarmandchilikka oid kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish muhitini tashkil etish
lozim, deb hisoblaydi.[17]
Shuningdek, P.E.Nuraliyeva o‘qituvchining kreativ kompetensiyasiga to‘xtalib
o‘tadi va uni ijodiy pedagogik faoliyat, ta’limni loyihalash, samaradorligini o‘lchash,
pedagogik tahlil va talqin materiallar yarata olish hamda hamkorlikda ishlash kabilar
bilan bog‘laydi.
Kompetentlikning komponentlari borasida ham tasniflash kasb va shaxsiyat bilan
bog‘liqligi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, D.A.Eshnazarov kasbiy kompetentlikning tarkibiy
tuzilmasi haqida fikr yuritar ekan, A.K.Markovaning tadqiqotlariga tayanadi va maxsus,
ijtimoiy, shaxsiy va individual kompetentliklarni keltirib o‘tadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
119
B.Sultanov turli tadqiqotlarga asoslangan holda kasbiy kompetentligining tarkibiy
qismlarini quyidagilardan iborat deb hisoblaydi:
-
motivatsion-maqsadli:
professional faoliyatga tayyorlash muhimligini anglash,
kasbga yo‘naltirilganlik, shaxsiy tashabbus va kasbiy o‘sish, umumiy va kasbiy
kompetensiyalarni muhim kasbiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish
orqali kelajakdagi kasbiy faoliyatga qiziqish
-
kognitiv:
kelajakdagi professional faoliyatni amalga oshirish, o‘quv
-kognitiv
faoliyatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quv
materialini tushunish, axborotni tushunish, tahlil qilish, umumlash
tirish, o‘zgartirish
-
faoliyatga asoslangan:
gnostik, konstruktiv, operatsiyaviy va tashkiliy
ko‘nikmalar
-
refleksiv-baholash:
o‘z faoliyati natijalariga baholovchi munosabat, o‘z
-
o‘zini
tahlil qilish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, kelajakdagi kasbiy faoliyatda o‘zini o‘zi
takomillashtirish
J.A.Qosimov talabaning maxsus kompetentligiga ta’rif berar ekan, uni turli texnik
qurilma va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha muayyan ko‘nikmalar,
ma’lumotlar bilan ishlash, axborotdan samarali foydalanish, ularni tahlil qila olish, o‘z
kasbiy faoliyatga tegishli axborot oqimlarining xususiyatlarini bilish kabilar bilan
bog‘laydi. U talabalarning kasbiy kompetensiyalarini tarkibiy tuzilmasiga o‘quv—
kasbiy,
ilmiy tadqiqot, ta’limiy loyihalash, tashkiliy
-grafik komponentlarni kiritadi.
P. E.Nuraliyeva kompetentlik haqida fikr yuritar ekan, A.M.Maxmudovning
tadqiqotiga havola keltiradi va unda kompetentlikning komponentlari sifatida
quyidagilar keltiriladi:
-
kognitiv komponent:
bir-
biri bilan o‘zaro bog‘liq
va o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi
integrativ bilim, ko‘nikma va malakalarning alohida qirralari.
-
ijtimoiy-psixologik komponent:
ijtimoiy-muhim sifatlarini (qabul etilayotgan
qarorga tayyorlik, layoqatlilik va mas’uliyatlilik) qamrab olgan shaxsning integrativ
sifatlari.
R.Z.Xudaykulov o‘z ishida boshqa tadqiqotlardan farqli o‘laroq ijtimoiy, shaxsiy,
ekstremal, texnologik, kasbiy, psixologik, metodik kabi kompetentliklarni sifat shaklida
taqdim etadi. R.Z.Xudaykulov kompetentlikni rivojlantirish uchun ko‘proq an’anaviy
didaktik vositalarga tayanadi hamda fanlararo intеgrativ хususiyatlariga ustuvorlik
bеradi.
A.Xamrayeva kasbiy kompetentlikning mazmunini aniqlash uchun turli
yondashuvlar mavjudligini keltrib o‘tadi [18]. Xususan:
- dunyoqarash, axloq va hamkorlikka asoslangan gumanistik yondashuv;
-
mehnatda mohiyat, subyekt va insonning ichki dunyosi bilan bog‘liq bo‘lgan
antropologik yondashuv;
-
mehnat, ta’lim, innovatsiya va ijodkorlik nuqtai nazaridan ijodiy yondashuv;
-
shaxsning qobiliyati va salohiyatidan kelib chiqib o‘zini rivojlantirishiga urg‘u
beruvchi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv;
-
ta’limiy, shaxsiy va hamkorlikda rivojlanishni o‘rganuvchi aksiologik
yondashuvlar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
120
KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA YONDASHUV VA USLUBLAR
Zamonaviy pedagogikada kompetensiyalarni shakllantirish integratsiyalashgan
yondashuv va faol ta’lim metodlari asosida amalga oshiriladi. Asosiy e’tibor nafaqat
nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga, balki ularni amaliyotda qo‘llash, tanqidiy fikrlash,
ijodiy yechimlarni topish va hamkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish (masalan, virtual laboratoriyalar,
interaktiv platformalar) bilimlarni vizuallashtirish, individual ta’limni differensiyalash va
kompetensiyalarni dinamik baholash imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu kabi yondashuvlar
va metodlar o‘zbek tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlarida ham o‘z aksini topadi.
E.O.Ismoilov integratsiyaviy yondashuv asosida kompetensiyalarni rivojlantirishni
tahlil qilgan va uning samaradorligini isbotlab berar ekan kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirish uchun motivatsiya, bilim, ko‘nikma, malaka va kasb
iy madaniyat kabilarga
e’tibor berish lozimligiga urg‘u beradi.
N.N.Safarova tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida muhandislik-texnologiya
mutaxassisligiga xos bo‘lgan maxsus kompetensiyalarga e’tibor qaratgan holda u amaliy
mashg‘ulotlarda katta ma’lumotlarni tahlil qilishda matematikaga taalluqli bo‘lgan
masalalar ishlab chiqish va talabalar bilan muhokama qilish bo‘lajak mutaxassislaring
kompetentligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi tа‘lim
jаrаyоnidа аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаridаn fоydаlаnishga ham e’tibor qaratib, zamonaviy
texnologiyalaridаn fоydаlаnishni uchtа didаktik dаrаjаgа аjrаtadi:
-
аn’аnаviy pеdаgоgik muаmmоlаrni hаl qilish dаrаjаsi;
-
jаmiyаtni аxbоrоtlаshtirish hisоbigа yаngi muаmmоlаrni hаl qilish;
-
о‘qituvchilаr tа’limining yаngi nаmunаsini yаrаtish dаrаjаsi [16].
A.N.Ubaydulloyevga ko‘ra, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bosqichli va
muntazam jarayondir. U mazkur bosqichlarni quyidagicha keltiradi:
1.
Maxsus ma’lumot olish;
2.
Amaliy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
3.
Kasbiy tajribaga rga bo‘lish;
4.
Malaka oshirish, maxsus kurs va treninglardan o‘tish;
5.
O‘z sohasida professionallikka erishish;
6.
Tajriba to‘plash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash.
A.N.Ubaydulloyev tadqiqotiga A.K.Markovaning tarkibiy modelini asos qilib oladi,
uning motivatsion-maqsadli, kognitiv, faoliyatga asoslangan va refleksiv komponentlarini
integratsiyalashgan holda am
aliy metodlarga tatbiq etadi. Markova modeliga koʻra,
kompetentlik nafaqat bilim va koʻnikmalarni egallashni, balki shaxsning kasbga boʻlgan
munosabati, maqsadliligini ham qamrab oladi. Ubaydulloyev bu yondashuvni muhandis-
texnologlar tayyorlash kontekstida rivojlantirib, ularga texnik tafakkur, innovatsion
yondashuv va muammolarni tezkor hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan
pedagogik tizimni taklif etadi. Bu model asosida kompetentlikni rivojlantirish jarayoni
tizimli, izchil va real ish sharoitlariga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi, natijada
mutaxassislarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish imkoniyati
kuchayadi.
U.K.Absoatov bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda
kontekstli-empirik yondashuvni taklif qiladi va uning tarkibini qadriyatli, intellektual,
operatsion faoliyatli va tashkiliy-
faoliyatli komponentlardan shakllanganligini ta’kidlaydi.
Rivojlantirish bosqichlarini esa qiyudagi ketma-ketlikda tasvirlaydi (1-rasm):
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
121
1-rasm. Kasbiy kompetentlikning rivojlantirish bosqichlari
(U.K.Absoatov)
U.K.Absoatov kontekst-empirik yondashuvni tavsiflar ekan, mazkur yondashuvdan
oliy ta’lim tizimidagi talabalar uchun kasbiy kompetentlikni rivojlantirish borasida
konseptual asos sifatida olish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Shuningdek tadqiqotchi
kontekst-
empirik yondashuv ta’lim jarayonida kasbiy kontekstdan foydalanish orqali
amaldagi tajribani doimiy aqliy jarayonlarga (faoliyatni interiorizatsiya qilishga) faol
ravishda o‘zgartirishni nazarda tutadi deb hisoblaydi[9].
A.Xamrayeva refleksiv monitoringni tavsiya etadi va uning samaradorligini
quyidagilarda deb hisoblaydi:
a) talaba kasbiy kompetentlik modelini
–
kasbiy rivojlanishini
o‘zlashtirishning
kvalimetrik etaloni ko‘rinishida rasmiylashtirilgan o‘zagini harakatlanish;
b) boshqaruvning barcha darajalari, bosqichlari va funksiyalarida monitoring
qilishni amalga oshirish;
v) mutaxassis shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayonlari bilan izchillik [18].
A.Xamrayeva talabaning kasbiy kompetentligini rivojlantirish birgalikda va shaxsiy
boshqaruv mexanizmlariga asoslangan strategiyalar va taktikalarni qo‘llash orqali
tayyorgarlikni boshqarish va o‘z
-
o‘zini boshqarish mexanizmlariga asosl
angan murakkab
ko‘p jihatli jarayon deb qaraydi.
K.A.Kutlimuradov texnologik ta’lim yo‘nalishidagi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish masalalarini o‘rgangan. U
kompetensiyalarni tayanch, kasbiy va maxsus turlariga ajratadi hamda ularni
rivojlantirishni to‘rt bosqichda amalga oshirishni tavsiya etadi:
1-bosqich: kasbiy kompetensiya faoliyatning kamida ikkita komponentini puxta
o‘zlashtirib olish.
2-
bosqich. ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda o‘zida
kasbiy kompetensiyalarni
kamida uchta komponentini puxta o‘zlashtirib olish.
3-
bosqich. o‘zining faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, vaziyatlarga nostandart
yechimlar topish, pedagogik yangiliklarni o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida qo‘llay olish,
ilmiy-meto
dik adabiyotlardan foydalanish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi hamda metodik faoliyatning komponentlaridan
kamida to‘rttasini puxta egallash.
4-
bosqich. o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarning tub mohiyat
ini anglash,
kasbiy kompetensiyalarni oshirish, bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha
muammolarni aniqlash, qo‘yilgan pedagogik vazifalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
Bosqichlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
122
asosida bajarish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, nostandart o‘
quv
mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish.
D.A.Eshnazarov uchun modulli yondashuvni qo‘llaydi. Uning ta’kidlashicha mazkur
yondashuv ta’lim jarayonida moslashuvchanligini ta’minlash, talabaga individual
yondashish orqali shaxsiy rivojlanish borasida ahamiyatlidir. Shuningdek, mazkur
yondashuv bilim qobiliyatini va o‘z
-
o‘zini tarbiyalash ko‘nikmalarini rivojlantirishda,
kommunikatsion va ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirishda, zarur kasbiy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikricha, oliy
ta’lim muassasalarida bo‘lajak kadrlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish
ta’limni tashkil etishda insonparvarlik muhitini yaratish, pedagogning namuna sifatida
namoyon bo‘lishi, talabalardagi kreativlik, darsni tashkil etishdagi noan’anaviylik,
fikrlardagi originallik kabilarda o‘z ifodasini topadi.
Shuningdek, D.A.Eshnazarovning fikriga ko‘ra, kompetensiyaning muntazam
yuqori darajada bo‘lishi mutaxassisning zamon bilan hamnafas bo‘lishiga bevosita
bog‘liq.
Mutaxassis doimiy ravishda bilimlar doirasini kengaytirib borishi, sohaga oid
so‘ngi axborotlardan xabardor bo‘lishi, jamiyatning dolzarb ijtimoiy talablarini anglashi,
ma’lumotlarni izlab topish va qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatni muntazam qo‘llab
borishini taqozo etadi.
Kompetensiyalarni rivojlantirishda zamonaviy raqamli texnologiyalardan
foydalanish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Buni tadqiqotlarda axborot texnologiyalari
asosida yondashuv bo‘yicha olib borilgan ishlarda ko‘rish mumkin. Misol u
chun,
A.N.Ubaydulloyev kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun ta’limning mobilligi hamda
mobil ilovalarga urg‘u beradi. B.Sultanov esa simulyatsion ta’lim texnologiyalariga urg‘u
beradi. U professional faoliyatga taqlid qilish, xususan, trenajyorlarda harakatlarni
imitatsiya qilish, rolli o‘yinlar, rollarni bajarish orqali tajriba orttirish kabilar asosida
o‘rganish samarali hisoblanishini ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashicha o‘yinsiz uslublar,
modellashtirish, keys-
uslub, ko‘rsatmalar asosida ta’limni tashkil etish bo‘lajak
mutaxassisning idrok etish qobiliyatini faollashtirish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash, o‘z
nuqtayi nazarini ifoda eta bilish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali professional
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan umumiy va
kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirishga yordam beradi.
Shundan kelib chiqib tadqiqotchi ta’limda simulyatsion texnologiyadan foydalanish
kelajakdagi mutaxassis faoliyatining haqiqiy kasbiy vaziyatlarini, mijozlar va hamkasblar
bilan munosabatlar jaray
onlarini, o‘zini o‘zi anglash, bo‘lajak mutaxassisning umumiy va
kasbiy kompetensiyalari, kasbiy muhim fazilatlarini shakllantirishga yordam beradigan
yaxlit faoliyat usuli konturlarini yaratishga imkon beradi deb hisoblaydi [10].
M.O.Xoldorova zamonaviy internet texnologiyalaridan, bulutli xizmatlardan
foydalangan holda aralash o‘qitishdan foydalanishni tavsiya etadi. Tadqiqotchi kasbga
oid kompetensiyalarga mukammal to‘xtalmasa
-da, ularni rivojlantirish bosqichlarini
keltirib o‘tadi. Uning qayd etishicha
talaba motivatsiyali, kognitiv va faoliyatli
bosqichlardan o‘tishi orqali o‘z navbatida shaxsning fundamental xususiyatlari, asosiy va
tayanch kompetensiyalarni rivojlantiradi.
Shuningdek, M.O.Xoldorova aralash o‘qitishni kompetensiyalarni rivojlantirishda
gi
o‘rnini tadqiq qilar ekan, aralash o‘qitishni an’anaviy va elektron ta’lim shakllarining eng
yaxshi usullarini o‘zida mujassamlashtirgan hamda pedagogik texnologiyalaridan
samarali foydalaniladigan o‘qitish shakli sifatida ta’riflaydi.[19]
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
123
F.Sh.To‘xtayeva tadqiqotida boʻlajak professional taʼlim oʻqituvchilaridagi kasbiy
kompetensiyalarni raqamli vositalar asosida rivojlantirishga qaratgan holda talabalarga
kasbiy raqamli kompetensiya elementlari zarurligini ta’kidlaydi [20]. Ularga raqamli
hissiy intellekt, raqamli himoya, raqamli xavfsizlik, raqamli huquq, raqamli savodxonlik
kabilarni kiritadi. Shuningdek, raqamli kompetentlikning komponentlari sifatida raqamli
savodxonlik, raqamli yaratuvchanlik, raqamli hamkorlik kabilarni keltirib o‘tadi. U
raqamli
vositalar yordamida kompetensiyalarni rivojlantirish uchun raqamli taʼlim
muhitini subkulturaviylik, interfaollik, shaxsga yoʻnaltirilgan, moslashuvchanlik
prinsiplari asosida tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Shuningdek
tadqiqotchi kompetentl
ikni rivojlantirish uchun aniq koʻnikma, reflekeksiv kuzatish,
abstrakt konseptuallashtirish, faoli tajriba(ARAF) bosqichlaridan foydalanishni
D.Kolbning tajribaviy ta’lim nazariyasiga asoslangan holda taklif etadi.
MUHOKAMA VA TAVSIYALAR
XXI asrda tasvir
iy sanʼat oʻqituvchisining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish
masalalari milliy va xalqaro miqyosda olib borilayotgan islohotlar kontekstida dolzarb
ahamiyatga ega. Tadqiqotda keltirilgan maʼlumotlar asosida quyidagi asosiy xulosalar
chiqarish mumkin.
Tadqiqotchilarning koʻpchiligi kompetensiyani bilim, koʻnikma va qobiliyatlarning
nazariy asosi, kompetentlikni esa ularning amaliyotdagi namoyon boʻlish darajasi sifatida
ajratadi (R.Z.Xudayqulov, D.M.Yuldasheva). Biroq bu tushunchalarga boʻlgan
yondashuvlarda muhim farqlar mavjud. Masalan, U.K.Absoatov kompetensiyani
faoliyatga qadriyatli munosabat bilan bogʻlaydi, E.O.Ismoilov esa uni fundamental
bilimlar va amaliy koʻnikmalar integratsiyasi deb talqin qiladi. J.A.Qosimovning
taʼkidlashicha, kompetentl
ik minimal tajriba va shaxsiy sifatlar kombinatsiyasidan iborat
boʻlib, bu tasviriy sanʼat kabi ijodiy sohalarda oʻquvchilarning individual qobiliyatlarini
hisobga olish zaruratini koʻrsatadi.
Shulardan kelib chiqib bizning fikrimizcha, kompetensiya
—
bu shaxsning o‘z
kasbiy faoliyatini samarali va ijodiy tarzda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
integrallashgan bilim, ko‘nikma, malaka, shaxsiy fazilatlar, motivatsiya va qadriyatlarning
uyg‘unlashgan tizimi bo‘lib, u real vaziyatlarda mu
staqil qaror qabul qilish, muammolarni
hal qilish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va doimiy rivojlanishga tayyorlik
orqali ifodalanadi.
Tadqiqotda kompetensiyalarning turli tasniflari keltirilgan:
•
Universal va fanga oid kompetensiyalar (Absoatov): universal kompetensiyalar
barcha mutaxassislar uchun umumiy (masalan, muloqot qobiliyati), fanga oid
kompetensiyalar esa tasviriy sanʼat kabi muayyan sohaga xosdir.
•
Tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalar (Yuldasheva): tayanch
kompetensiyalar (axbo
rotni izlash, jamoada ishlash) asosiy hayotiy koʻnikmalarni,
xususiy kompetensiyalar esa fan doirasidagi maxsus bilimlarni oʻz ichiga oladi.
•
Shaxsiy, pedagogik, texnologik kompetensiyalar (H.Sh.Rustamov): bu tasnif
oʻqituvchilarning koʻp qirrali faoliyatini aks ettirib, zamonaviy taʼlimning talablariga mos
keladi.
Ayniqsa, A.A.Berikbayevning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik kabi beshta tayanch
kompetensiyalari tasviriy sanʼatda ijodiy yechimlarni topish va estetik qarashlarni
shakllantirish uchun asos hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
124
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisida shakllanishi
lozim bo‘lgan kompetensiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (1
-jadval):
1-
jadval. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisida shakllanishi lozim bo‘lgan
kompetensiyalar tasnifi
Kompetensiya toifasi
Asosiy yo‘nalishlar
Namoyon bo‘lish shakllari
1. Tayanch
kompetensiyalar
- Tanqidiy fikrlash
- Mustaqil fikr bildira olish
- Ijodkorlik
- Yangi g‘oyalarni yaratish
- Mantiqiy tahlil
- Estetik qarashlarni asoslash
2. Umumiy pedagogik
- Ta’limni
rejalashtirish
- Darslarni metodik tashkil eta
olish
- O‘quvchilar bilan
muloqot
- O‘quvchini rag‘batlantira olish
- Baholash
- Differensial yondashuvni
qo‘llay bilish
3. Kasbiy (fanga oid)
- San’at tarixini
bilish
- San’at asarlarini tahlil qilish
- Tasviriy va amaliy
san’at yo‘nalishlari
- Ranglar, kompozitsiya, grafika
bilan ishlash
Kreativlik
- Estetik mezonlar asosida fikr
yurita olish
4. Texnologik/raqamli
- Axborot
texnologiyalari
- Dasturiy grafik vositalardan
foydalanish (Photoshop,
CorelDraw)
- Interaktiv vositalar
- Raqamli taqdimotlar tuza olish
- Onlayn platformalarda dars
o‘ta olish
5. Shaxsiy va axloqiy
- Mas’uliyatlilik
- O‘quvchilarga ijobiy
namunaviy shaxs bo‘lish
- Kasbga sadoqat
- Tarbiyaviy darslar orqali
qadriyatlarni singdirish
- Madaniy
qadriyatlarga hurmat
- O‘z ustida ishlash
6. Refleksiv-tahliliy
- O‘z faoliyatini
baholash
- O‘z-o‘zini monitoring qilish
- O‘zini rivojlantirish - Kamchiliklarni tahlil qila olish
Innovatorlik
- Ilmiy-metodik yangiliklarni
joriy etish
Ammo, tasviriy san’at o‘qituvchisining nafaqat kasbiy
-amaliy, ijodiy ishlarni bajara
olishi, balki ta’lim jarayonini rejalashtirish va tashkil etishini inobatga olgan holda uning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
125
kasbiy kompetensiyalarini kengaytirish lozim deb hisoblaymiz. Xususan, ularni
quyidagicha keltirish lozim (2-jadval):
2-
jadval. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining zamonaviy kasbiy
kompetensiyalari
Nomi
Mazmuni
Ijodiy-amaliy
kompetensiyalar
Tasviriy san’atning asosiy yo‘nalishlarida amaliy ishlarni
bajarish (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik)
Kompozitsiya, ranglar nazariyasi va tasviriy tahlilni amalda
qo‘llay olish
San’at asarlarini tahlil qilish, baholash va estetik mezonlarga
tayangan holda sharhlash
Madaniy va badiiy merosni o‘rgatish hamda unga asoslangan
loyihalar yaratish
Pedagogik-didaktik
kompetensiyalar
Ta’lim jarayonini rejalashtirish, dars mazmunini shakllantirish
va maqsadlarga yo‘naltirish
Zamonaviy ta’lim metodlari va texnologiyalaridan foydalanish
Differensial, shaxsga yo‘naltirilgan va fanlararo yondashuvlarni
qo‘llash
Baholash mezonlari asosida o‘quvchilar ijodini tahlil qilish va
rag‘batlantirish
Raqamli va
texnologik
kompetensiyalar
Grafik dizayn dasturlari (Photoshop, Illustrator, CorelDraw)
bilan ishlash
Raqamli taqdimotlar, vizualizatsiyalar tayyorlash (PowerPoint,
Canva, Prezi)
Aralash va onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish (Google
Classroom, Zoom, LMS)
Raqamli xavfsizlik, ma’lumotlarni muhofaza qilish va axborot
madaniyati
Kommunikativ va
interaktiv
kompetensiyalar
O‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnata olish, badiiy
fikrlashni rivojlantirish
Jamoada ishlash, o‘z fikrini aniq va estetik ifoda eta olish
Taqdimotlar, ko‘rgazmalar, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
tashkil etish
Refleksiv va metodik
kompetensiyalar
O‘z faoliyatini tahlil qilish, mustaqil ravishda kamchiliklarni
aniqlab, ularni bartaraf etish
Pedagogik yangiliklarni kuzatish va joriy etish
O‘z metodikasini ishlab chiqish va doimiy takomillashtirish
Madaniy-aksiologik
kompetensiyalar
O‘zbek va jahon san’atidagi estetik qadriyatlarni bilish va ularga
hurmat bilan yondashish
Talabalarda milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni
shakllantira olish
San’at orqali tarbiyaviy maqsadlarga erisha olish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
126
XULOSA
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi islohotlar fonida bo‘lajak tasviriy san’at
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va
rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy san’at
o‘qituvchisi nafaqat kasbiy
-
amaliy va ijodiy faoliyatni puxta egallashi, balki ta’lim
jarayonini samarali rejalashtirishi, pedagogik texnologiya
larni qo‘llay olishi va raqamli
vositalardan foydalanish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi zarur[21].
Tadqiqotlarda ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlar asosida bo‘lajak tasviriy san’at
o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalari pedagogik, ijodiy
-amaliy, kommunikativ,
texnologik, refleksiv va madaniy-aksiologik jihatlar kesimida tahlil qilindi. Bu esa tasviriy
san’at o‘qituvchisi faoliyatining ko‘p qirrali va integrallashgan xarakterini anglatadi.
Shu bois, kelajakdagi san’at pedagogini tayyorlashda kasbiy kom
petensiyalarni
tizimli va bosqichma-
bosqich rivojlantirish, ularni ta’lim jarayoniga uzviy
integratsiyalash, shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida tashkil etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirishga,
san’atni
sevuvchi va estetik didga ega avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. UNESCO. (2015). Education 2030: Incheon Declaration and Framework for
Action for the implementation of Sustainable Development Goal 4. UNESCO Publishing.
https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000245656
2.
R.Z.Xudaykulov. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish
mexanizmi” (“Avtotransport vositalarining diagnostikasi” o‘quv fani
misolida). PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Qarshi, 2023.
3.
E.O.Ismoilov.
Integrativ
yondashuv
asosida
talabalarning
kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
4.
G.A.Ne’matova. Oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning verbal
-
kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent,
2023.
5. D.M.Yuldasheva. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar
asosida takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
6. D.A.E
shnazarov. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnika yo‘nalishi
mutaxassislari kasbiy kompetensiyalarini modulli yondashuv asosida rivojlantirish
(paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari fanini o‘qitish misolida). PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Jizzax, 2024.
7.
L.X. Gaffarov. Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘quvchilarni kasbiy
kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi
avtorefetati. Toshkent, 2023.
8. J.A.Qosimov. Talabalarning kasbiy kompetentligini zamonaviy grafik dasturlar
asosida takomillashtirish (gidrotexnika qurilishi ta’lim yo‘nalishi misolida). PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
9. U.K.Absoatov. Kontekstli-
empirik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy kompetentliligini rivojlantirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
10.
B.F.Sultanov.
Simulyatsion
taʼlim
texnologiyalari
orqali
bo‘lajak
mutaxassislarning
kasbiy
kompetensiyasini
shakllantirish
metodikasi.
PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2024.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
127
11.
A.A. Berikbayev. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy
kompetentligini rivojlantirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
12.
A.N.Ubaydulloyev. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositas
ida talabalarning
kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi
avtorefetati. Buxoro, 2023.
13. P.E.Nuraliyeva. Talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi
avtorefetati. Chirchiq, 2023.
14.
H.Sh.Rustamov. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirish. PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Buxoro, 2024.
15.
M.Z.Qambarov. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak muhandislarning
kasbiy kompetentligini rivojlantirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Toshkent, 2023.
16.
N.N.Safarova. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligin
i rivojlantirish
metodikasini zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida takomillashtirish. PhD
dissertatsiyasi avtorefetati. Buxoro, 2024.
17.
K.A.Kutlimuradov. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini milliy
qadriyatlar asosida rivojlantirish texnologiyalari. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Nukus,
2023.
18.
A.F.Xamrayeva. Refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari
talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish. PhD dissertatsiyasi avtorefetati.
Toshkent, 2023.
19.
M.O.Xoldorova. Elektron ta‘lim vositalari asosida bo‗lajak muhandislarni kasbiy
kompetentligini rivojlantirish metodikasi. PhD dissertatsiyasi avtorefetati. Jizzax, 2024.
20.
F.Sh.To‘xtayeva. Raqamli texnologiyalar asosida boʻlajak professional taʼ
lim
oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi. PhD dissertatsiyasi
avtorefetati. Toshkent, 2024.
21. Isakov, A. (2023). Approaches to Teaching Art in a Digital Age: An Analytical
Review of Research between 2000-2021. Best Journal of Innovation in Science, Research
and Development, 2(10), 8-19.
