Авторы

  • Лазизбек Мадумаров
    Самостоятельный соискатель, Институт парламентских исследований

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp581-584

Ключевые слова:

законотворчество органы прокуратуры правовое заключение нормативно-правовые акты законопроект государственное управление международный опыт

Аннотация

В данной научной работе проанализированы понятие, правовые основы и практическое значение участия органов прокуратуры в законотворческом процессе. Раскрыто значение предложений и правовых заключений, представляемых органами прокуратуры в процессе подготовки и принятия законопроектов, их роль в совершенствовании законодательства. Также на основе международного опыта были изучены механизмы, связанные с участием органов прокуратуры в законотворчестве, и разработаны предложения и рекомендации по повышению эффективности этих органов в практике Узбекистана.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Concept and significance of the participation of
prosecutor's offices in legislative activity

Lazizbek MADUMAROV

1

Parliamentary Research institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025

Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

In this scientific work, the concept, legal basis, and practical

significance of the participation of prosecutor's offices in the
legislative process are analyzed. The significance of the proposals

and legal opinions submitted by the prosecutor's office in the

process of preparing and adopting draft laws, their role in

improving legislation, is revealed. Also, based on international
experience, mechanisms related to the participation of

prosecutor's offices in lawmaking were studied, and proposals and

recommendations were developed to increase the effectiveness of

these bodies in the practice of Uzbekistan.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp581-584

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

lawmaking, prosecutor's
office,

legal opinion,

regulatory legal acts,

draft law,

public administration,

international experience.

Qonun ijodkorligi faoliyatida prokuratura organlarining
ishtiroki tushunchasi va ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

qonun ijodkorligi,

prokuratura organlari,
huquqiy xulosa,

normativ-huquqiy hujjatlar,

qonun loyihasi,

davlat boshqaruvi,

xalqaro tajriba.

Mazkur ilmiy ishda qonun ijodkorligi jarayonida prokuratura

organlarining ishtiroki tushunchasi, huquqiy asoslari va
amaldagi ahamiyati tahlil qilingan. Qonun loyihalarini

tayyorlash va qabul qilish jarayonlarida prokuratura organlari
tomonidan taqdim etiladigan takliflar va huquqiy xulosalarning

ahamiyati, ularning qonunchilikni takomillashtirishdagi oʻrni

ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida prokuratura

organlarining qonun ijodkorligidagi ishtiroki bilan bogʻliq

mexanizmlar oʻrganilib, Oʻzbekiston amaliyotida ushbu

organlarning samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va

tavsiyalar ishlab chiqilgan.

1

Independent researcher, Parliamentary Research institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

582

Понятие и значение участия органов прокуратуры

в законотворческой деятельности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

законотворчество,

органы прокуратуры,

правовое заключение,

нормативно

-

правовые

акты,

законопроект,

государственное

управление,

международный опыт.

В данной научной работе проанализированы понятие,

правовые основы и практическое значение участия

органов прокуратуры в законотворческом процессе.

Раскрыто значение предложений и правовых заключений,

представляемых органами прокуратуры в процессе

подготовки и принятия законопроектов, их роль в

совершенствовании законодательства. Также на основе

международного опыта были изучены механизмы,

связанные

с

участием

органов

прокуратуры

в

законотворчестве,

и

разработаны

предложения

и

рекомендации по повышению эффективности этих органов

в практике Узбекистана.

KIRISH

Qonun ijodkorligi faoliyati davlatning eng oliy organlaridan biri hisoblangan

Parlamentga tegishli boʻlib, u asosan davlat va jamit hayoti uchun muhim boʻlgan

jabhalarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilish hamda Parlamentning qonun

ijodkorligi jarayonining muayyan muddat davomida doimiy ravishda olib borilishidir.

Parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati har bir qonunni qabul qilishdagi qonun

ijodkorligi jarayoni bilan oʻz ifodasini topib, bu davlat oliy vakillik organining

Konstitusiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga

qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritishga qaratilgan, shuningdek eskirgan qonunlarni bekor

qilish borasidagi harakatlari yigʻindisi boʻlib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur

boʻlgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhoka

ma etish va

qabul qilishni oʻz ichiga oladi.

Maʼlumki, qonun ijodkorligi jarayoni koʻplab adabiyotlarda besh bosiqchdan iborat

ekanligi qayd qilingan.

Jumladan, birinchi bosqich muayyan qonun yaratilishiga boʻlgan obyektiv ehtiyojni

aniqlash, ikkinchi bosqich qonunchilik tashabbusi, uchinchi bosqich qonun loyihasini

muhokama qilish, toʻrtinchi bosiqch qonunni qabul qilish, beshinchi bosqich qonunni

imzolash va eʼlon qilishdan iborat [1].

Qonunni qabul qilish va qonun ijodkorligi jarayoni Parlament tomonidan amalga

oshirilib, davlatning oliy vakillik organi mutloq vakolati hisoblansa-da, bu jarayonda bir

qator davlat organlari va muassasalari faol ishtirok etadi [2].

Xususan, qonun bilan tartibga solish ehtiyojini aniqlash jarayonini qonun ijod etish

faoliyatini faqat qonun chiqaruvchi organ doirasidagi harakatlar bilangina chegaralab

boʻlmay

di. Mazkur faoliyat qamroviga muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni qonun

vositasi bilan huquqiy tartibga solishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, qonunchilik

tashabbusi soh

iblarining, Parlament qoʻmitalarining, komissiyalarining shu yoʻnalishda

olib boradigan ishlari ham kiradi.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida tahliliy, taqqoslama-huquqiy, tarixiy va sistemali

yondashuvlardan foydalanildi. Tahliliy usul orqali prokuratura organlarining qonun

ijodkorligidagi ishtirokini belgilab beruvchi huquqiy asoslar va amaliyot tahlil qilindi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

583

Taqqoslama-huquqiy yondashuv prokuraturaning qonun ijodkorligidagi ishtiroki

boʻyicha Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar qonunchilik tizimlarini s

olishtirish, farq va

oʻxshashliklarni aniqlash imkonini berdi.

Tarixiy usul asosida esa prokuratura

organlarining vakolatlari qanday shakllanib borgani va bu jarayondagi institutsional

oʻzgarishlar oʻrganildi. Sistemali yondashuv qonun ijodkorligi va proku

ratura faoliyatini

yaxlit huquqiy tizim tarkibida qarashga xizmat qildi, bu esa mavzuning tub mohiyatini

ochib berishga yordam berdi.

TADQIQOT NATIJALARI

Aynan shuning uchun Parlamentdan tashqari boshqa davlat hokimiyati organlari va

davlat organlariga ham qonunchilik tashabbusi huquqi berilgan deb hisoblash mumkin.

Qonun ijodkorligining navbatdagi bosqichi qonunchilik tashabbusi huquqi boʻlib,

qonunni yaratish jarayoni, yaʼni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat

qonunchilik tashabbusi roʻyobga chiqishidan boshlanadi [3].

Qonunchilik tashabbusi huquqi

Konstitusiyada belgilangan vakolatli organlar,

tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul

qilish toʻgʻrisida, shuningdek qonunni oʻzgartirish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi

taklifni Oliy Majlis eʼtiboriga taqdim etilishi va Parlament tomonidan bu masalani

belgilangan tartibda koʻrib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.

Qonunchilik tashabbusi huquqi Konstitutsiyaning 98-moddasida aniq belgilab

qoʻyilgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy

vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Qonunchilik palatasi deputat

lari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi ega. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi

va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik

tashabbusi huquqiga ega ekanligi belgilangan [4].

Mazkur holatda qonuchilik tashabbusi huquqiga Parlamentdan tashqari davlat

boshqaruvining turli jabhalarida faoliyat olib boradigan va davlat fnukisyalarini amalga

oshirib keluvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarini hamda

qonun ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarini ham koʻrish mumkin.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oʻz

faoliyatini olib borishda ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi hukumat vakillari sifatida

qonunlarni ijro etilishi va undagi ayrim toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi lozim boʻlgan

jabhalar xususida qonun loyihalarini tayyorlab, ularni Parlamentga kiritishi mumkin.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud oʻz faoliyatidan kelib chiqib, odi

l

sudlovni taʼminlashda yuzaga kelgan qonundagi boʻshliqlarni aniqlab, ularni toʻldirish

yuzasidan qonunchilik tashabbusini bildiradi.

Shu bilan birga Bosh prokuror ham qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlib,

bunda Bosh prokuror va unga boʻysunuvchi pr

okurorlar Konstitutsiyaning

143-

moddasida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir

xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda aniqlangan holatlardan kelib chiqib,

qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish, ularni ta

komillashtirish yoki yangi tartibni ishlab

chiqish yuzasidan qonun loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda Parlamentga

taqdim qilib, qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishi mumkin [5].

Aynan mana shu jarayon prokuratura organlarining qonun ijodkorligi faoliyatidagi

oʻrnini belgilab beradi.

Yaʼni, qonun ijodkorligi jarayoni yoki qonun ijodkorligi faoliyatini katta bir

mexanizm deb qarasak, unda prokuratura organlarining roli kichik ammo, muhim qism

hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

584

XULOSA

Garchi, prokuratura organlari qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik tashabbusi

huquqini Bosh prokuror orqali amalga oshirsa-da, qonun ijodkorligi jarayonining ayrim
bosqichlarida prokuratura organlarining barcha tarmoqlari yoki hududiy organlarini

koʻrish mumkin.

Jumladan, qonun bilan tartibga solish ehtiyojini aniqlash jarayonida muayyan

turdagi ijtimoiy munosabatlarni qonun vositasi bilan huquqiy tartibga solishga boʻlgan

ehtiyojni aniqlash, qonun loyihasini ishlab chiqish, ishlab chiqilgan qonun loyihasini

Parlament qoʻmitalari, komissiyalari va shu yoʻnalishda olib boradigan ishlar bilan Bosh
prokuratura tomonidan vakolat berilgan tarmoq shugʻullanadi.

Oʻz navbatida, prokuratura organlari tomonilan qonun vositasi bilan huquqiy

tartibga solishga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda

nafaqat Bosh prokuratura, balki, unga

boʻysunuvchi quyi prokuratura organlarini ham ishtirokini koʻrish mumikin.

Shuni inobatga olganda, qonun ijodkorligi jarayonidagi qonunchilik tashabbusi

huquqini faqatgina Bosh prokuror amalga oshirsa-da, qonun ijodkorligi faoliyatida Bosh
prokuror rahbarlik qilib kelayotgan prokuratura organlari tizimini tushunish maqsadga
muvofiq.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 7-fevraldagi PF

4947-sonli

"Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida"gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3107036

2.

2022

2026-

yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi.

https://president.uz/uz/pages/view/strategy?menu_id=144

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 21-

fevraldagi “Oʻzbekiston –

2030” strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413

4.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. lex.uz.uz.

5.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekist

on Respublikasi Konstitutsiyasi. https://constitution.uz/uz

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3107036

— 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. https://president.uz/uz/pages/view/strategy?menu_id=144

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. lex.uz.uz.

yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://constitution.uz/uz