Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Distinctive aspects of collegial and individual review of
draft laws in the implementation of the right of legislative
initiative by the Prosecutor General of the Republic of
Uzbekistan
Lazizbek MADUMAROV
1
Institute of Parliamentary Research
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article analyzes the practical mechanisms for exercising
the right of legislative initiative of the Prosecutor General of the
Republic of Uzbekistan. In particular, the peculiarities of the
process of collegial and individual consideration of draft laws,
their advantages and disadvantages are highlighted. Collegial
review provides a deeper analysis of legal acts in terms of legal
expertise, consistency, and systematicity, while individual
review can be effective in terms of efficiency and initiative.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp43-46
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
collegial review,
individual,
legal expertise,
legislative process,
legal reforms,
regulatory legal acts.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qonunchilik
tashabbusi huquqini amalga oshirishida qonun loyihalarini
kollegial va yakka tartibda koʻrib chiqilishining oʻziga xos
jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kollegial koʻrib chiqish,
yakka tartib,
huquqiy ekspertiza,
qonunchilik jarayoni,
huquqiy islohotlar,
normativ-huquqiy hujjatlar.
Mazkur
maqolada
Oʻzbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga
oshirishidagi amaliy mexanizmlar tahlil qilinadi. Xususan,
qonun loyihalarining kollegial va yakka tartibda koʻrib chiqilishi
jarayonidagi oʻziga xosliklar,
ularning afzalliklari va
kamchiliklari yoritiladi. Kollegial koʻrib chiqish –
huquqiy
hujjatlarning huquqiy ekspertizasi, muvofiqlik va tizimlilik
jihatidan chuqurroq tahlil qilinishini ta’minlasa, yakka tartibda
koʻrib chiqish –
tezkorlik va tashabbuskorlik jihatidan samarali
boʻlishi mumkin.
1
Independent Researcher, Institute of Parliamentary Research.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
44
Особенности коллегиального и индивидуального
рассмотрения законопроектов при осуществлении
Генеральным прокурором Республики Узбекистан
права законодательной инициативы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коллегиальное
рассмотрение,
индивидуальное
рассмотрение,
правовая экспертиза,
законодательный процесс,
правовые реформы,
нормативно
-
правовые
акты.
В
данной
статье
анализируются
практические
механизмы
реализации
Генеральным
прокурором
Республики
Узбекистан
права
законодательной
инициативы. В частности, освещаются особенности
процесса
коллегиального
и
индивидуального
рассмотрения законопроектов, их преимущества и
недостатки. Коллегиальное рассмотрение обеспечивает
более глубокий анализ правовой экспертизы, соответствия
и системности правовых документов, а индивидуальное
рассмотрение может быть эффективным с точки зрения
оперативности и инициативности.
KIRISH
Qonun ijodqorligi jarayonining muhim bosqichlaridan biri qonunchilik tashabbusi
huquqidir. Maʼlumki, davlatning Asosiy qonunida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega
boʻlgan subyektlar aniq belgilab beriladi. Oʻz navbatida, Parlamentning qonun ijodkorligi
faoliyatida aynan Konstitutsiya qayd etilgan subyektlar qonunchilik tashabbusi huquqini
amalga oshiradilar.
Qonunchilik tashabbusi huquqi
–
Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar,
tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul
qilish toʻgʻrisida, shuningdek qonunni oʻzgartirish yoxud uni bekor
qilish toʻgʻrisidagi
taklifni Oliy Majlis eʼtiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani
belgilangan tartibda koʻrib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi bir soʻz bilan aytganda, qonun loyihasini tayy
orlash
va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish kabi oddiy faoliyatdek koʻrinishi
mumkin. Ammo bu vakolatni amalga oshirishda Qonun bilan belgilab qoʻyilgan bir nechta
bosqichlardan iborat murakkab jarayonni koʻrishimiz mumkin.
Jumladan,
Oʻzbekiston Respublikasining 11.10.2006
-
yildagi “Qonunlar loyihalarini
tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarini oʻzlarining
konst
itutsiyaviy vakolatlarini qanday tartibda amalga oshirishi belgilab qoʻyilgan.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari dastlab
qonun loyihalarini tayyorlashi, qonun loyihalarining ekspertizasini oʻtkazishi soʻngra
qonunchilik palatasiga kiritishi mumkin. Mana shu uch bosqichni qonunchilik tashabbusi
huquqini amalga oshirish bosqichlari deb qarash mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pal
atasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi
Qonunining 26-moddasida qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini
Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishi belgilangan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
45
Unga koʻra, qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi
Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida
muhokama etilishi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib
chiqilishi belgilangan [1].
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida tahliliy, taqqoslama-huquqiy, sistemali va empirik
yondashuvlardan foydalanildi. Tahliliy usul orqali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish tartibi, ushbu jarayondagi
kollegial va yakka tartibda koʻrib chiqish amaliyoti huquqiy manbalar asosida tahlil qilindi.
Taqqoslama-
huquqiy yondashuv orqali Oʻzbekiston qonunchiligi xorijiy davlatlar tajribasi
bilan solishtirilib, qonun loyihalarini ishlab chiqishda prokuratura organlarining ishtirok
shakllari oʻxshash va farqli jihatlar nuqtai nazaridan baholandi.
Sistemali yondashuv qonunchilik tashabbusi huquqining prokuratura vakolatlari
tizimidagi oʻrnini, uning boshqa davlat organlari bilan oʻzaro aloqasini aniqlashga xizmat
qildi. Empirik yondashuv asosida esa amaliyotda mavjud boʻlgan qonun loyihalarini
ishlab chiqish va koʻrib chiqish holatlari, ularning kollegial yoki yakka tartibda amalga
oshirilgan misollari oʻrganildi.
TADQIQOT NATIJALARI
Bu holat qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti hisoblangan Qoraqalpogʻiston
Respublikasi davlat hokimiyatining oliy vakillik organi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi
qonun loyihasini
Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini kollegial tartibda hal qilishi belgilangan [2].
Shuningdek, Qonunning 26-moddasi 2-qismida Qonun loyihasini Qonunchilik
palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti, Qonunchilik
palatasi deputati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda
qabul qilinishi belgilangan.
Mazkur holatda amaliyotda aksariyat hollarda qonun loyihasini Qonunchilik
palatasiga kiritish masalasida Bosh prokuro
rning qarori qabul qilinmasligini koʻramiz.
Yaʼni, Bosh prokuror oʻzining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda qonun
loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish masalasida qaror qabul qilmaydi. Aksincha,
qonunda nazarda tutilgan barcha hujjatlarni belgilangan tartiibda rasmiylashtirib, aloqa
xati orqali Qonunchilik palatasiga kiritilganligini koʻrishimiz [3].
Oʻz navbatida, Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga
oshirishiga doir tartiblarni belgilab beruvchi Nizom yoki Reglament mavjud emasligini
koʻrishimiz mumkin.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori normativ
-huquqiy tusga
ega boʻlmagan qarorlar qabul qiladi. Shuni inobatga olgan holda Oʻzbekiston
Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 26
-moddasi
talablaridan kelib chiqib, Bosh prokurori oʻzining qonunchilik tashabbusi huquqini
amalga oshirish jarayonida qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish masalasida
qaror qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqqsadga muvofiq [4].
Shuningdek,
qonunchilik
tashabbusi
huquqi
subyekti
hisoblangan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi, Oʻzbekist
on Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi qonun loyihasini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
46
Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini kollegial tartibda hal qilishini inobatga olgan
holda, Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishida bu
masalani kollegial
tartibda koʻrib chiqish amaliyotini joriy qilish lozim [5].
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻzining qonunchilik tashabbusi
huquqini amalga oshirib, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishidan avval
qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Hayʼati majlisida koʻrib
chiqilib, Hayʼat qarori bilan tasdiqlanganidan soʻng Bosh prokuror tomonidan
Qonunchilik palatasiga kiritilishi maqsadga muvofiq.
XULOSA
Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻ
zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi
Qonunining 26-moddasining 2-
qismida keltirib oʻtilgan qonun loyihasini Qonunchilik
palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorni yakka tartibda qabul qiluvchi subyek
tlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputati bevosita xalq
tomonidan saylangan, oliy davlat vakillik organi hisoblanadi.
Oʻz navbatida, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini kollegial
tartibda hal qiluvch
i Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi maʼlum muddatga tayinlanuvchi davlat
hokimiyati organlari hisoblanadi.
Shuni inobatga olganda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori maʼlum bir
muddatga tayinlangan davlat organi rahbari sifatida garchi, qonunchilik tashabbusi
huquqini yakka tartibda amalga oshirsada, amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib
chiqib, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini kollegial tartibda
k
oʻrib chiqib, qaror qabul qilish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 7-fevraldagi PF
–
4947-sonli
"Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha
Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida"gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3107036
2.
2022
–
2026-
yillarga
moʻljallangan
yangi
Oʻzbekistonning
Taraqqiyot
strategiyasi. https://president.uz/uz/pages/view/strategy?menu_id=144
3.
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-
fevraldagi “
Oʻzbekiston
–
2030
” strategiyasi
toʻgʻrisida"gi Farmoni
. https://lex.uz/ru/docs/6600413
4.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. lex.uz.uz.
5.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsi
yasi. https://constitution.uz/uz
