Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The essence of a lawyer's psychological preparation and
its role in professional training
Malika TUYCHIEVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
It is well known that professional training plays a crucial role
in helping newly entering lawyers begin their complex and
multifaceted professional activities. This is because the
demands placed on lawyers are constantly expanding in line
with the development of the times. This article analyzes the
psychological and ethical qualities necessary for a lawyer in
their professional activity. Along with this, the essence,
necessity, and importance of a lawyer's psychological readiness
for the profession are discussed in detail. The requirements for
lawyers in our country are examined based on the regulatory
legal acts governing the field and the rules of professional
ethics. Opinions and considerations are presented regarding the
professional training necessary to develop these qualities.
Furthermore, the views of several foreign scholars who have
conducted scientific research in this area are analyzed. Based on
the study of the requirements imposed on the personality of
lawyers in developed countries, the article also addresses the
role of professional training
–
including psychological
preparation
–
in attracting young lawyers to the profession.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp343-348
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
lawyer,
professional training;
psychological readiness for
the profession,
moral (ethical) qualities,
soft skills.
Advokat psixologik tayyorligining mohiyati va uning
kasbiy tayyorgarlikdagi o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
advokat,
kasbiy tayyorgarlik,
kasbga psixologik tayyorlik,
axloqiy sifatlar,
yumshoq ko‘nikmalar.
Ma’lumki, sohaga yangi kirib kelgan advokatlarning
murakkab va ko‘p qirrali kasbiy faoliyatini boshlashlarida
kasbiy tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi.
Sababi advokatga
qo‘yiladigan talablar zamon rivojlanishiga mos ravishda tobora
kengayib bormoqda. Ushbu maqolada advokat uchun kasbiy
1
PhD student, teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: malikatuychiyeva97@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
344
faoliyatida zarur bo‘lgan psixologik va axloqiy sifatlar tahlil
qilinadi. Shu bilan birgalikda, advokatning kasbga psixologik
tayyorligining mohiyati, zaruriyati va ahamiyati xususida
batafsil to‘xtalib o‘tiladi. Mamlakatimizda
advokatlarga
qo‘yilgan talablar sohani tartibga soluvchi normativ
-huquqiy
hujjatlar va kasb etikasi qoidalari asosida ko‘rib chiqiladi hamda
ushbu sifatlarga ega bo‘lish uchun zarur kasbiy tayyorgarlik
xususida fikr va mulohazalar ilgari suriladi. Shuningdek, ushbu
yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borgan bir qator xorijiy
olimlarning
qarashlari
tahlil
qilinadi.
Rivojlangan
mamlakatlarda advokatlar shaxsiga qo‘yilgan talablar
o‘rganilgan holda, advokatlar kasbiy tayyorgarligi, shu
jumladan, psixologik tayyorgarlikning sohaga yosh advokatlarni
jalb qilishdagi o‘rni xususida so‘z yuritiladi.
Сущность психологической готовности адвоката и её
роль в профессиональной подготовке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адвокат
,
профессиональная
подготовка
,
психологическая
готовность к профессии
,
нравственные качества
,
гибкие навыки
Как известно, профессиональная подготовка играет
важную роль в начале сложной и многогранной
профессиональной деятельности адвокатов, только что
вступивших в сферу. Это связано с тем, что требования к
адвокату с развитием времени становятся всё более
широкими.
В
данной
статье
анализируются
психологические и нравственные качества, необходимые
адвокату в его профессиональной деятельности. Также
подробно рассматриваются сущность, необходимость и
значимость психологической готовности адвоката к
профессии. Требования, предъявляемые к адвокатам в
нашей стране, изучаются на основе нормативно
-
правовых
актов, регулирующих сферу, и норм профессиональной
этики.
Выдвигаются
мнения
и
предложения
о
профессиональной
подготовке,
необходимой
для
формирования
указанных
качеств.
Кроме
того,
анализируются взгляды ряда зарубежных учёных,
проводивших
научные
исследования
в
данном
направлении.
На
основе
изучения
требований,
предъявляемых к личности адвоката в развитых странах,
рассматривается профессиональная подготовка адвокатов,
в том числе роль психологической готовности в
привлечении молодых адвокатов к профессии.
Ma’lumki, zamon tezkorlik bilan
rivojlanayotgani, qonunchilikning doimiy ravishda
takomillashib borishi malakali huquqiy yordam, shu jumladan, yuqori kompetensiyaga
ega huquqshunoslarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 141-moddasiga asosan, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali
yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokatura faoliyati
qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi
[1]. Bu shuni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
345
anglatadiki, davlat va jamiyatning yuqori malakali advokatlarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda, advokatlarni kasbga har tomonlama, psixologik, nazariy, amaliy, tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaldagi qonunchilikda advokat bo‘lish uchun qo‘yilgan talablarga to‘xtaladigan
bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining
3-
moddasiga muvofiq, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani
olgan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Belgilangan tartibda Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib
tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi [2].
Advokatning kasb-
etikasi qoidalariga ko‘ra, advokat o‘z kasbiga xos sha’n va
qadr-
qimmatni saqlash choralarini ko‘rishi lozim. O‘z sha’ni va
qadr-qimmatini saqlashi uchun
advokat:
–
xushmuomala, odobli, jonkuyar, halol, vijdonli, prinsipial
bo‘lishi, yuridik yordam
so‘rab murojaat etgan, ishonch bildiruvchi shaxslarning (himoya ostidagi shaxslarning),
hamkasblarining va boshqa shaxslarning
huquqlarini, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat
qilishi, kasb muomalasi odatlariga rioya qilishi hamda kasbga mos kiyinishi;
–
o‘z vaqtida va malakali faoliyat ko‘rsatishi, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarga rioya qilgan holda himoyaning
qonunda nazarda tutilgan vositalari
hamda usullaridan foydalanishi, o‘z
huquqiy nuqtai
nazarini faol himoya qilishi, ishonch bildiruvchi shaxslarning (himoya ostidagi
shaxslarning) huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini faol himoya qilishi;
–
advokatlik sirini saqlashi;
–
advokaturaning nufuziga va advokatning shaxsiy qadr-qimmatiga putur
yetkazadigan
harakatlarga yo‘l
qo‘ymasligi, advokaturaning jamiyatdagi rolini oshirishga
ko‘maklashishi;
–
doimiy ravishda huquq sohasidagi bilimlarini kengaytirishi va kasbiy malakasini
oshirishi zarur [3].
Shu o‘rinda e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan masala shundaki, mazkur kasb etika
qoidalarida sanab o‘tilgan sifatlarga ega bo‘lish uchun nazariy bilimlar va amaliy
tajribaning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Sababi, bugungi kun advokatning kasbiy faoliyatida
unga yuqori talablarni qo‘ymoqda hamda advokatdan barcha sohada faollik ko‘rsatish
kutiladi. Jumladan, qonunlarni bilishi, ularni tahlil qilish va amaliyotda qo‘llay olish,
kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, hujjatlar bilan ishlash, iltimosnoma,
ariza va shikoyatlar tuzi
sh, omma oldida nutq so‘zlay olishi va yana ko‘plab masalalarda
ilg‘or bo‘lishi lozim. Biroq bu ham yetarli emasdek ko‘rinadi. Misol tariqasida aytadigan
bo‘lsak, amaliyotchi advokat faoliyatining muvaffaqiyati faqatgina kasbiy bilim, ko‘nikma
va malakasig
a emas, balki uning shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liq: ishonch bildiruvchilar
bilan muloqot qila bilish, ishonchli va psixologik jihatdan qulay munosabatlar o‘rnatish,
o‘z hissiyotlarini boshqara bilish, nizolarni hal qila olish, stajyor va yordamchilar is
hini
samarali tashkil qila olish qobiliyatlariga ham ega bo‘lishi zarur. Zamonaviy advokat o‘z
faoliyatini samarali amalga oshira olishi uchun o‘z kasbiga mos keladigan psixologik
sifatlarning butun majmuasiga ega bo‘lishi kerak.
Yuridik jamiyat (The Law
Society) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra,
kelajakda huquqiy sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan 7 ta
ko‘nikma yoki bilim sohasi aniqlanib, e’tirof etilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
346
Qisqacha aytganda, bu ikki asosiy va o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
birinchisi
–
texnologiyani tushunish va undan foydalana olish qobiliyati, ikkinchisi esa
–
“amaliyotga tayyor” holatga olib keladigan ko‘nikmalar majmuasi, ya’ni:
–
amaliy ko‘nikmalar (interpersonal –
ya’ni shaxslararo o‘zaro munos
abatlar va
professional ko‘nikmalar);
–
biznes ko‘nikmalari;
–
loyihalarni boshqarish;
–
huquqning xalqaro va transchegaraviy amaliyoti;
–
sohalararo bilim va tajriba;
–
psixologik barqarorlik.
Texnologiya ko‘plab hollarda asosiy e’tibor markazida bo‘lsa
-da, aynan texnologiya
sababli yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar yuristlardan boshqa ko‘plab ko‘nikmalarni ham
talab etmoqda [4].
2015-yilda qabul qilingan Avstraliya Advokatlarining Xulq-atvor Qoidalarida
(Australian Solicitors’ Conduct Rules) advokatdan nafaqat “mijozni himoya qilayotgan har
qanday ishda uning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi” talab etiladi, balki “o‘zining
halolligi va kasbiy mustaqilligiga putur yetkazishdan qochishi” ham shart qilib qo‘yilgan [5].
Har bir kasb unga ega bo‘lishni tanlagan insonlarga ma’lum axloqiy talablarni
qo‘yadi. Biroq yurist kasbi inson hayoti va taqdiri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kasblar
doirasiga kiradi. Huquq sohasi xodimlariga jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida doimo
yuqori axloqiy mezonlarni qo‘yi
b kelgan. Yuristning kasbiy faoliyati
–
bu intellektual
mehnat bo‘lib, u boshqa har qanday mehnatdan o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib
turadi. Bu murakkablik, eng avvalo, yurist shaxsiga qo‘yiladigan talablar majmuasining
o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘ladi
[6].
R.
Garris ta’kidlaydiki, advokatning butun faoliyati inson tabiatini o‘rganish sohasi
bilan bog‘liq. Inson –
bu uning ish quroli, inson
–
bu u mehnat qiladigan zamin. U qarshi
tomonning kuchini baholaydimi, sud a’zolarining kayfiyatini an
iqlaydimi, guvohning aql-
zakovati va vijdonliligini o‘lchaydimi –
baribir, muvaffaqiyat kaliti inson tabiatini yoki
inson xarakterini bilishda yotadi [7].
L.N. Svetovaning fikricha, advokatlar faoliyatining samaradorligini oshirish bilan
bog‘liq muammolarn
i hal qilish ularning kasbiy faoliyat subyekti sifatidagi psixologik
xususiyatlarini aniq va to‘liq tasavvur qilishga asoslanishi kerak. Yuridik kasb egalari,
xususan, advokatlar psixologik jihatdan tadqiq qilinishi keng tarqalgan va chuqur
o‘rganilgan soha emas. Bu holat psixologlar va advokatlar o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlikning murakkabligi, shuningdek, advokatlarning psixologik tadqiqotlar
natijalariga bo‘lgan qiziqishi pastligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, advokatlarning
kasbiy faoliyat subyekti sifa
tidagi mustaqillik darajasining yuqoriligi ularning o‘z
-
o‘zini
tahlil qilish va o‘zini psixologik baholash kompetentligiga, shuningdek, shaxsiy
-kasbiy
rivojlanish yo‘nalishlariga nisbatan ijobiy (komplementar) tasavvurlar shakllanishiga
olib keladi [8].
L.A.
Skabelinaga ko‘ra, advokat kasbi psixolog kasbi bilan ko‘p jihatdan
o‘xshashdir. Bundan ham muhimrog‘i, tajribali va muvaffaqiyatli advokat –
har doim
ma’nan yaxshi psixolog bo‘ladi: u hayotiy tajribaga tayanadigan, ilhom bilan harakat
qiladigan, amaliyotchi psixolog, dono, nozik tafakkurli va ziyrak suhbatdoshdir. Biroq,
hayotiy psixologiya bilan ilmiy psixologiya o‘rtasida farq mavjud. Oddiy shamollashni
turli o‘t damlamalari bilan davolash mumkin, lekin sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
347
yuzaga kelganda biz professional shifokorlarga murojaat qilamiz. Xuddi shuningdek,
advokatlar duch keladigan psixologik muammolar zamonaviy psixologiya sohasida
chuqur bilimlarni talab qiladi [9; 7-8-betlar].
Kanadalik olimlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuristlar o‘z
sohasida qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsalar, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga
shunchalik ko‘proq duch kelishadi. Toronto universiteti olimi D.
Koltay tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotda Kanadada va Qo‘shma Shtatlarda minglab yu
ristlar orasida
o‘tkazilgan ikki milliy so‘rov natijalari solishtirilgan. Har ikki mamlakatda tadqiqotchilar
depressiya alomatlari bilan an’anaviy kasbiy muvaffaqiyat ko‘rsatkichlari o‘rtasida kuchli
bog‘liqlikni aniqlashgan. Ayniqsa, xususiy sektordagi yi
rik kompaniyalarda ishlaydigan,
eng nufuzli hisoblangan advokatlar depressiya simptomlarini boshqalarga qaraganda
tez-tez boshdan kechirgan. D.
Koltay tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, firma qanchalik yirik
bo‘lsa va lavozim qanchalik yuqori bo‘lsa, advokatda depressiya alomatlari paydo bo‘lish
ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi
[10].
Amaliyotdan misollar keltiradigan bo‘lsak, yosh advokatlar faoliyatining dastlabki
bosqichida umuman yoki yetarlicha miqdorda ishonch bildiruvchi shaxslar bilan
shartnoma tuza olmaslik va natijada ishsiz qolish davri yuzaga kelishi mumkin. Bu holat
yangi advokatlik kasbiga kirib kelgan mutaxassis uchun oson sinov bo‘lmaydi. Bunday
paytlarda hatto o‘ziga ishonchi baland advokatlar ham tanlagan yo‘lining to‘g‘riligiga
shubha qilishi mu
mkin. Bu esa, yosh kadrlarning sohaga bo‘lgan qiziqishining so‘nishiga,
uning doimiy daromad kelib turadigan tashkilotlarida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqining
oshishiga olib keladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning tub zamirida advokaturaga yosh kadrlarni jalb qilish yotibdi.
O‘zbekiston
Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
3
1
-
moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi
Qonuniga [11] asosan, advokat maqomiga
ega bo‘lish uchun ikki yillik ish staji talabining bekor qilinishi shular jumlasidandir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ham, advokaturada faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarning
ulushi salmoqlidir.
Advokatlar palatasi a’zolarining fikriga ko‘ra, bugungi kunda
O‘zbekistonda 4577 ta advokat faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 30 yoshgacha bo‘lgan
advokatlar esa bor-
yo‘g‘i 45 nafarni tashkil etadi
[12].
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, advokaturaga yosh
huquqshunoslarni jalb qilish qanchalik muhim ahamiyatga ega ekan, ularning kasbga
psixologik tayyorgarligiga ham yetarlicha e’tibor berish zarur. Sababi, advokat maqomiga
ega bo‘lish uchun talab etiladigan oliy yuridik ma’lumot, uch oy davomida advokatlik
tuzilmasida sta
jirovka o‘tash hamda malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishning o‘zi
advokatni murakkab kasbi davomidagi muvaffaqiyati uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuning
uchun, advokatning kasbiy tayyorgarligini har tomonlama samarali tashkil etish va ularni
psixologik
tayyorgarligi masalasiga alohida e’tibor qaratish sohaga yosh kadrlarni jalb
qilishdagi muhim qadam bo‘la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023
-y., 03/23/837/0241-son.
Available at: https://lex.uz/docs/-6445145#-6446156
2.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025
-y., 03/25/1025/0116-son;
Available at: https://lex.uz/uz/docs/-54503
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
348
3.
O‘zbekis
ton Respublikasi Advokatlar palatasining II Konferensiyasining 2013 yil
27 sentabrdagi qaroriga 8-ilova. Available at: https://nrm.uz/contentf?doc=
549533_advokatning_kasb_etikasi_qoidalari_(o%E2%80%98zr_advokatlar_palatasining_
ii_konferenciyasining_27_09_2013_y_qaroriga_8-
ilova)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
4.
The Law Society of New South Wales, The Future of Law and Innovation in the
Profession (2017) 78-79.
5.
Australian Solicitors’ Conduct Rules 2015 r 4.1.1, 4.1.4.
6.
Д.П.Харикиди. Психологическая готовность студентов
-
юристов к
профессиональной деятельности. Вестник Московского университета МВД России
№ 1 • 2010
7.
Гаррис Р. Школа адвокатуры. Руководство к ведению гражданских и
уголовных дел/Пер. с англ. П. Сергеича. М.: Изд
-
во СГУ, 2008. С. 21.
8.
Светова, Л. Н. Психологические особенности профессиограммы адвокатов
/ Л. Н. Светова // Прикладная юридическая психология. –
2020.
–
№ 1(50). –
С. 111–
117.
–
DOI: 10.33463/2072-8336.2020.1(50).111-117.
9.
Скабелина Л. А. Психологические аспекты адвокатской деятельности:
монография. М
.:
Федеральная
палата
адвокатов
, 2012.
10.
Kriti P., Jayashree N., R. Shekhar S Occupational Stress and Burnouts as
Predictors of Job Satisfaction Amongst Lawyers in District Sangli // National journal of
medical research. 2012.Vol. 2.P. 141
–
144.
11.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023
-y., 03/23/862/0578-son.
Available at: https://lex.uz/uz/docs/-6563061
12.
https://uza.uz/oz/posts/yosh-advokatlarni-ragbatlantirish-talablarni-
yengillashtirish-taklif-qilindi_456605
