Авторы

  • Малика Туйчиева
    Магистрант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp112-117

Ключевые слова:

адвокатура адвокат квалифицированная юридическая помощь бесплатная юридическая помощь за счет государства pro bono юридическая помощь

Аннотация

В данной статье рассматриваются некоторые научно-теоретические вопросы оказания бесплатной юридической помощи за государственный счет. Автор проанализировал национальное законодательство об оказании бесплатной юридической помощи и другие правовые категории и начал научную дискуссию. В частности, были тщательно проанализированы право на бесплатную юридическую помощь, реализуемые в Республике Узбекистан меры и существующие проблемы в системе, сделаны научно-теоретические выводы, выдвинуты предложения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of improving the provision of free legal assistance
at the state account

Malika TUYCHIYEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023

Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

In this article, some scientific-theoretical issues of the

provision of free legal assistance by the state account are

considered. The author analyzed the national legislation on

providing free legal assistance and other legal categories and

started a scientific discussion. In particular, the right to free
legal assistance, the measures being implemented in the

Republic of Uzbekistan, and the existing problems in the system

were thoroughly analyzed, scientific and theoretical conclusions

were drawn, and proposals were put forward.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp112-117

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

advocacy,

advocate,

legal assistance,

qualified legal assistance,

free legal assistance at the
state account,

pro bono.

Davlat hisobidan bepul yuridi

k yordam ko‘rsat

ishni

takomillashtirish masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

advokatura,

advokat,

yuridik yordam,

malakali yuridik yordam,
davlat hisobidan bepul
yuridik yordam,

pro bono.

Mazkur maqolada davlat tomonidan bepul yuridik yordam

ko‘rsatish

faoliyatining ayrim ilmiy-

nazariy masalalari ko‘rib

chiqilgan. Muallif tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish va

boshqa huquqiy kategoriyalarga oid milliy qonunchilik tahlil
qilinib, ilmiy munozaraga kirishilgan. Jumladan, bepul yuridik

yordamga bo‘lgan

huquq, O‘zbekiston Respublikasida uni

ro‘yobga chiqarish sari amalga oshirilayotgan chora

-tadbirlar

hamda tizimdagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib,
ilmiy-nazariy xulosalarga kelingan hamda takliflar ilgari

surilgan.

1

Master degree student, Tashkent State University of Law. E-mail: malikatuychiyeva97@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

113

Вопросы совершенствования оказания бесплатной

юридической помощи за государственный счет

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

адвокатура,

адвокат,

юридическая помощь,

квалифицированная

юридическая помощь,

бесплатная юридическая

помощь за счет

государства,

pro bono.

В данной статье рассматриваются некоторые научно

-

теоретические вопросы оказания бесплатной юридической

помощи за государственный счет. Автор проанализировал

национальное законодательство об оказании бесплатной

юридической помощи и другие правовые категории и

начал научную дискуссию. В частности, были тщательно

проанализированы право на бесплатную юридическую

помощь, реализуемые в Республике Узбекистан меры и

существующие проблемы в системе, сделаны научно

-

теоретические выводы, выдвинуты предложения.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud

-

huquq tizimida qonunchilikka ko‘plab

o‘zgartirish va yangiliklar kiritib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M. Mirziyoyev 2022-yil 20-

dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan

Murojaatnomasining uchinchi yo‘nalishi sud

-

huquq tizimi hisoblanib, u o‘z nutqida

“Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlat

ning konstitutsiyaviy

majburiyati sifatida belgilanishi lozim” [1] ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu borada

fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarining kafolati hisoblanuvchi advokaturaning

boshqa davlat organlaridan mustaqilligini ta’minlash hamda uning

mavqeyini oshirish

borasida ham bir qator islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu

jumladan, advokat tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini tartibga solish va

takomillashtirish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Boisi shundaki, aholining advokat

xizmatiga ehtiyojmand qatlami davlat hisobidan yoki advokatlarning o‘z tashabbuslari

bilan sifatli yuridik yordam olish imkoniga ega emas ekanlar, odil sudlov tizimi o‘zining

ko‘zlangan natijasiga erisha olmaydi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish ko‘lamini

kengaytirish bugungi kunda dolzarb hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi Farmonining

advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va

qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi

va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq

qondirishga qaratilgan 19-maqsadida davlat hisobidan

bepul huquqiy yordam ko‘rsatish

ko‘lamini kengaytirishga to‘xtalib o‘tilgan. Shu jumladan, davlat hisobidan ijtimoiy

himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda

fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham ko‘rsatish tizimini joriy etish masalasi belgilab

qo‘yilgan [2]

.

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish

tizimini joriy etish 2019-

yilgi Davlat dasturi va “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident

farmonida nazarda tutilgan edi.

S.

Barabanovaning ta’kidlashicha

, fuqarolarga bepul yuridik yordam

ko‘rsatadigan va aholining huquqiy bilimini oshirishga ko‘maklashuvchi da

vlat

idoralarida bepul yuridik yordam sifatining yagona standartlarini shakllantirish va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

114

o‘rnatish, bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan kasbiy odob

-axloq

qoidalariga va yuridik yordam sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishini nazor

at

qilish ham katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, qonunchilikda fuqarolarning bepul

yuridik yordam olish huquqlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlarni

belgilovchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda yuridik yordam olish

huquqiga eg

a bo‘lgan fuqarolar toifalari ro‘yxatini kengaytirish, uni olish uchun

shaxsning bepul yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan holatlar ro‘yxati, qiyin

vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga favqulodda holatlarda bepul yuridik yordam

ko‘rsatish tartibini belgilash lozimligini aytib o‘tgan

[3].

D. Nurumovning fikricha,

davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini

ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro huquqiy normalarni chuqur o‘rgangan holda
belgilanishi fuqarolarning malakali yuridik yordamga bo‘lgan

huquqlarining

konstitutsiyaviy kafolatini kuchaytiradi, fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat
hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand
toifalari davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab

-quvvatlanadi hamda davlat hisobidan yuridik

yordam ko‘rsatishning xalqaro standartlarga mos shaffof mexanizmi joriy etiladi

[4].

Y.

Matveyevaning qarashlariga ko‘ra,

bepul yuridik yordam nafaqat

fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlaydi, balki hokimiyat

organlari harakatlari (harakatsizligi) qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazorati vositasi

sifatida samarali faoliyat ko‘rsatadi.

Fuqarolik jamiyatining ushbu instituti nafaqat jamoatchilik nazorati vositasi, balki

korrupsiyaga qarshi kurash vositasidir [5].

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat hisobidan bepul yuridik

yordam ko‘rsatishni yagona qonuniy asosini yaratish, uni zamon ruhiga mos tarzda

takomillashtirib borish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanib, aholining

kam ta’minlangan qismini nohaqliklar qurboni bo‘lishdan himoya qiladi, shuningdek
adolatlilik prinsipining amaldagi ifodasi bo‘lib sanaladi.

Bugungi kunda davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish quyidagi

qonun hujjatlari asosida tartibga solingan:

amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi;

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-

iyundagi “Advokatlar tomonidan

ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 137

-son qarori;

“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan

yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1878, 2008

-yil 2-d

ekabr’)

Ushbu qonun hujjatlariga ko‘ra quyidagi holatlarda advokatlar uchun to‘lov

davlat hisobidan qoplab beriladi:

Birinchidan, kam ta’minlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida

oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik da

romad yuridik yordam

ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingan
kundagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo‘lmagan
(bugungi kunda 485 ming so‘m atrofida) shaxslar uchun;

Ikkinchidan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz

kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida [6].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

115

Shuningdek, “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar

tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish

tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 1878, 2008

-yil 2-

dekabr’) muvofiq bugungi

kunda advokatning ishda ishtirok etishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud

tomonidan O‘zbekiston Resp

ublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi

tomonidan ko‘rsatilgan advokatlik tuzilmasiga murojaatnoma yuborish yo‘li bilan

ta’minlanadi [7].

Shu bilan birgalikda, ayrim toifadagi ishlarda advokat ishtirok etishi majburiy

hisoblanib, mazkur toifadagi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 51-moddasida

keltirib o‘tilgan. Bular quyidagilardir:

voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha;

soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli

o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini

amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning

ishi bo‘yicha;

sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;

jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi

mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishd

a gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan

shaxslarning ishi bo‘yicha;

shaxslarning manfaatlari o‘zaro qarama

-

qarshi bo‘lib, ulardan aqalli biri

himoyachiga ega bo‘lgan ishlar bo‘yicha;

davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo‘y

icha;

jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;

tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda;

sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda;

o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon

qilinayotgan yoki ayblanayotgan

shaxslarga oid ishlar bo‘yicha;

shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini

qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib

chiqilayotganda;

aybiga iqrorli

k to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha;

apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda

himoyachining ishtirok etishi shart [8].

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekistonda fuqarolar uchun bepul yuridik yordam

faqatg

ina davlat tomonidan haq to‘lash evaziga amalga oshiriladi deyish noto‘g‘ri. Bunga

yaqqol misol, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2023

-yil 1-yanvar holatiga

nisbatan yillik ish faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, adv

okatlar

tomonidan og‘zaki (yozma) huquqiy maslahatlar va tushuntirishlarning umumiy soni

113948 tani tashkil etgin bo‘lib, shundan 97540 tasi bepul amalga oshirilgan. Shuningdek,

shartnomalar (bitimlar va boshqalar) yuzasidan berilgan xulosalar, tayyorlangan hujjatlar

loyihalari soni jami 36552 ta bo‘lib, shundan 17615 tasi bepuldir [9].

Qiyoslash uchun aytib o‘tish joizki, 2019

-yil 6-sentabrda Vazirlar Mahkamasining

“Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 741

-

son qaroriga ko‘ra aholiga bepul

yuridik maslahatlar va amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish uchun “Madad” nodavlat

notijorat tashkiloti tashkil etildi. Afsuski ushbu tashkilot fuqarolarning huquqlarini sudda

himoya qila olmaydi, faqatgina bepul yuridik maslahatlar berishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

116

Bugungi kunda aholining barcha qatlamini birdek malakali huquqiy yordam bilan

ta’minlash vazifasi davlatlar oldida turar ekan, bu yo‘nalishda bepul yuridik yordam

ko‘rsatish (Pro bono) asosiy ro‘l o‘ynaydi.

Fikrimizcha ushbu atama ostida (lot. Pro bono public

jamoatchilik manfaati

uchun) mulkiy maqomi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yuridik yordam olishga imkoniyati

bo‘lmagan shaxslarga, mulkiy va nomulkiy kompensatsiyalarni olmasdan o‘z xi

zmatlarini

taqdim etishni tushunish kerak [10].

Mamlakatimizda bugunga kelib, “Davlat hisobidan bepul yuridik yordam

ko‘rsatish” to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur sohada

bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, ushbu faoliyatini isloh

qilishni taqozo etuvchi ayrim holatlar yo‘q emas. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat

Mirziyoyev 2022-yil 20-

dekabrda parlamentga yo‘llagan murojaatida inson huquq va

erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida

belgilanishi lozim ekanini ta’kidladi hamda “Nima uchun, haligacha davlat hisobidan

bepul ta’minlanadigan advokatlarni “elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga

qarshi?” –

deya savol qo‘ydi [11].

Haqiqatan ham mazkur tizimda tartibga solinishi zarur bo‘lgan masalalar

talaygina. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Jinoyat protsessual kodeksining 51

-moddasida

nazarda tutilgan hollarda advokat ishtirok etishi shart bo‘lib, bunda advokat tomonidan

ko‘rsatiladigan xizmatlar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi to‘lov

qobiliyatiga ega bo‘lmaganda davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Ammo, ushbu tartibni nafaqat jinoyat ishlarida, balki mehnat munosabatlariga

ham tatbiq etilishi lozim deb hisoblaymiz. Jumladan, ishga tiklash haqidagi, ish haqini

undirish bo‘yicha, mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘likning boshqacha tarzda

shikastlanganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning

o‘rnini qoplash haqidagi ishlarda ham davla

t hisobidan bepul yuridik yordam

ta’minlanishi lozim.

E’tibor qaratish lozimki, yuqorida ta’kidlanganidek O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”gi 19

-maqsadida davlat hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj

fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va

ma’muriy ishlar bo‘yicha ham ko‘rsatish tizimini joriy etish masalasi belgilab qo‘yilgan.

Ammo unutmaslik joizki, bepul yuridik yordam

nafaqat fuqarolik va ma’muriy, balki

iqtisodiy ishlarga ham tatbiq etilishi lozim. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, aksariyat

holatlarda yuridik shaxsning bankrotligiga oid ishlarda kompaniyaning moliyaviy

jihatdan advokat yo‘llashga imkoniyati yetmayd

i. Mazkur holatda ham advokat davlat

hisobidan tayinlanishi maqsadga muvofiq.

Shuningdek, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonuni loyihasining 9-

moddasini quyidagi beshinchi qism bilan to‘ldirish

maqsadga

muvofiq: “iqtisodiy sud ishlarini yuritishda tashkil etilganiga bir yil to‘lmagan

va bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan da’vogarlar

yoki javobgarlar;”. Ushbu o‘zgartirish, nafaqat jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, shu bi

lan

birga iqtisodiy sud ish yurituvi ishtirokchilari huquqlarini kafolatlagan bo‘ladi [12].

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlat o‘z oldiga fuqarolarning huquq va

erkinliklarini ta’minlashni asosiy maqsad qilib qo‘yar ekan, bu borada davlat hisobidan

bep

ul yuridik yordam ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ hujjatni qabul qilish hamda

uni bosqichma-

bosqich amaliyotga joriy etish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

117

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://review.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat

mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi-toliq-matn

2.

https://lex.uz/uz/docs/-5841063

3.

https://www.researchgate.net/publication/277977851_Legal_Basis_of_Free_Le

gal_Aid_State_System_Administration_in_the_Russian_Federation

4.

Нурумов Д. Д. АДВОКАТ ТОМОНИДАН БЕПУЛ ЮРИДИК ЁРДАМ

КЎРСАТИШНИНГ

НАЗАРИЙ

-

ҲУҚУҚИЙ

АСОСЛАРИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

//ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –

2022.

№. SI

-4.

5.

https://dspace.spbu.ru/bitstream/11701/5860/4/jur_help.pdf

6.

https://lex.uz/uz/docs/-1363850

7.

https://lex.uz/docs/1412912

8.

https://lex.uz/acts/-111460

9.

https://paruz.uz/uploads/2023/02/j-ucun-hisobot23.pdf

10.

Нурумов Д. Д. АДВОКАТ ТОМОНИДАН БЕПУЛ ЮРИДИК ЁРДАМ

КЎРСАТИШНИНГ

НАЗАРИЙ

-

ҲУҚУҚИЙ

АСОСЛАРИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

//ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –

2022.

№. SI

-4.

11.

Xalq so‘zi gazetasi. 2022

-yil 21-

dekabr, №272 (8334); 1

-3-betlar.

12.

Нурумов Д. Адвокат сўровининг назарий

-

ҳуқуқий асослари //Общество и

инновации. –

2022.

Т. 3. –

№. 8/S. –

С. 296

-300.

Библиографические ссылки

https://review.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi-toliq-matn

Нурумов Д. Д. АДВОКАТ ТОМОНИДАН БЕПУЛ ЮРИДИК ЁРДАМ КЎРСАТИШНИНГ НАЗАРИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – №. SI-4.

Нурумов Д. Д. АДВОКАТ ТОМОНИДАН БЕПУЛ ЮРИДИК ЁРДАМ КЎРСАТИШНИНГ НАЗАРИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – №. SI-4.

Xalq so‘zi gazetasi. 2022-yil 21-dekabr, №272 (8334); 1-3-betlar.

Нурумов Д. Адвокат сўровининг назарий-ҳуқуқий асослари //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 8/S. – С. 296-300.