Авторы

  • Нилуфар Уринова
    Кандидат педагогических наук, и.о. профессора, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6-pp206-211

Ключевые слова:

тьюторство педагогический мониторинг развивающий диалог рефлексивный анализ историко-методологические основы педагогическое взаимодействие индивидуальный подход современное образование функциональное развитие профессиональные компетенции

Аннотация

В статье дана научно-теоретическая интерпретация процесса формирования тьюторской деятельности, раскрыты её исторические корни и методологические основания. Особое внимание уделено первоначальным формам проявления тьюторства в британской образовательной системе, этапам концептуального развития данного явления, его переосмыслению в условиях современного образовательного пространства, а также трансформации в педагогическую модель, представленную в международной практике. Также рассмотрены функциональные направления тьюторской деятельности в современных условиях, в частности, такие как ведение педагогического мониторинга, организация развивающего диалога и углубление учебной активности студентов через рефлексивный анализ. Анализируется переход от традиционной модели «наставничества» к современной профессиональной позиции, основанной на субъект-субъектном взаимодействии и поддержке личностного роста.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Formation, historical and methodological foundations,
and functions of tutoring activities in modern education

Nilufar URINOVA

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2022
Received in revised form

10 October 2022

Accepted 25 November 2022

Available online

25 December 2022

This article presents a scientific-theoretical analysis of the

formation of tutoring activity, its historical roots, and

methodological foundations. Particular attention is given to the
early manifestations of tutoring within the British educational

system, its stages of conceptual development, reinterpretation

in the context of modern educational environments, and

transformation into a pedagogical model across various
international practices. The article also explores the functional

directions of tutoring in today’s education, specifically focusing

on pedagogical monitoring, organizing developmental dialogue,

and

deepening students’ learning engagement through

reflective analysis. The transition from the traditional

"instructor-led" model to a professional approach based on

subject-subject interaction and support of personal growth is

critically examined.

2181-141

5/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6-pp206-211

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tutoring,

pedagogical monitoring,

developmental dialogue,
reflective analysis,
historical-methodological
foundations,

pedagogical collaboration,
individualized approach,
modern education,

functional enhancement,
professional competencies.

Tyutorlik faoliyatining shakllanishi, tarixiy-metodologik

asoslari va zamonaviy ta’limdagi funksiyalari

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

tyutorlik,

pedagogik monitoring,
rivojlantiruvchi muloqot,

reflektiv tahlil,

tarixiy-metodologik asoslar,
pedagogik hamkorlik,
individual yondashuv,

zamonaviy taʼlim,

funksional yuksalish,

Ushbu maqolada tyutorlik faoliyatining shakllanish jarayoni,

uning tarixiy ildizlari va metodologik asoslari ilmiy-nazariy

jihatdan tahlil etilgan. Xususan, tyutorlik konsepsiyasining

ingliz ta’lim tizimidagi dastlabki namoyon bo‘lish shakllari,

uning konseptual rivojlanish bosqichlari, zamonaviy ta’lim

muhitida qayta talqin qilinishi va turli davlatlar tajribasida

shakllangan pedagogik modelga aylanishi ilmiy manbalar
asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada tyutorlik faoliyatining

1

Candidate of Pedagogical Sciences, Acting Professor, Fergana State University. E-mail: urinova.nm@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

6 (2022) / ISSN 2181-1415

207

professional
kompetensiyalar.

zamonaviy ta’limdagi funksional yo‘nalishlari, xususan,

pedagogik monitoringni olib borish, rivojlantiruvchi muloqotni
tashkil etish ham

da reflektiv tahlil orqali talabaning o‘quv

faoliyatini chuqurlashtirish kabi funksiyalarining mazmun-

mohiyati ochib berilgan. Tyutorlikning an’anaviy “yo‘l

-

yo‘riq

ko‘rsatuvchi” modelidan hozirgi kundagi “subyektlararo
hamkorlik va shaxsiy o‘sishni qo‘llab

-

quvvatlovchi” professional

pozitsiyaga o‘tish jarayoni tahlil qilinadi.

Формирование тьюторской деятельности, ее историко

-

методологические основы и функции в современном
образовании

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

тьюторство,
педагогический
мониторинг,
развивающий диалог,

рефлексивный анализ,
историко

-

методологические основы,

педагогическое
взаимодействие,
индивидуальный подход,

современное образование,
функциональное
развитие,
профессиональные

компетенции.

В статье дана научно

-

теоретическая интерпретация

процесса

формирования

тьюторской

деятельности,

раскрыты её исторические корни и методологические

основания. Особое внимание уделено первоначальным

формам

проявления

тьюторства

в

британской

образовательной системе, этапам концептуального развития
данного явления, его переосмыслению в условиях

современного образовательного пространства, а также

трансформации в педагогическую модель, представленную

в

международной

практике.

Также

рассмотрены

функциональные направления тьюторской деятельности

в современных условиях, в частности, такие как ведение

педагогического мониторинга, организация развивающего

диалога и углубление учебной активности студентов через

рефлексивный

анализ.

Анализируется

переход

от

традиционной модели «наставничества» к современной

профессиональной позиции, основанной на субъект

-

субъектном взаимодействии и поддержке личностного роста.


KIRISH

XXI asrda ta

lim butun dunyo miqyosida barqaror taraqqiyotning muhim strategik

omili sifatida e

tirof etilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha

mo

ljallangan global ta

lim konsepsiyasida

“…

har bir inson uchun butun hayot davomida

sifatli ta

lim olish imkoniyatini ta

minlash

ustuvor vazifa sifatida belgilangan [2]. Ushbu

yondashuv uzluksiz ta

lim tizimini, xususan, masofaviy o

qitish, individual ta

lim

yo

nalishlari va ta

limni shaxsga yo

naltirilgan tarzda tashkil etishning dolzarb

yo

nalishlarini ilgari surmoqda. Bunday kontekstda tyutorlik faoliyatining zamonaviy

ta

lim tizimidagi o

rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Tyutorlik

bu zamonaviy

pedagogik konsepsiyalarda talabaning individual o

quv yo

lini qo

llab-quvvatlash, unga

metodik yordam berish va ta

limiy hamroh bo

lish orqali shaxsiy va akademik

rivojlanishni ta

minlaydigan muhim faoliyat turi sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, masofaviy,

aralash (blended) va modul asosidagi o

qitish tizimlarida tyutorlik o

quv jarayonining

ajralmas komponenti sifatida shakllanmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

6 (2022) / ISSN 2181-1415

208

Bugungi kunda “tyutor” atamasi bir qancha izoh va

talqinlarga ega. Ingliz tilidagi

“tutor” so‘zining bevosita tarjimasi “murabbiy”, “yo‘l ko‘rsatuvchi”, “yo‘riqchi”,

“o‘qituvchi” kabi ma’nolarni anglatadi. Pedagogik

-

psixologik terminlar lug‘atida tyutor –

bu “o‘z o‘quvchilari uchun bilimli murabbiy, o‘quv

jarayonini yengillashtiruvchi shaxs”

deb tariflanadi. Professor A.

Xoliqov o‘z ilmiy maqolasida tyutor tushunchasiga

quyidagicha izoh beradi: “Tyutor –

o‘quv kurslarini interfaol tarzda taqdim etish bo‘yicha

metodik va texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis.”

Mazkur maqolada tyutorlik faoliyatining tarixiy shakllanish bosqichlari, uning

metodologik asoslari va zamonaviy ta’limda tutgan funksional o‘rni tahlil qilinadi.

Shuningdek, ushbu faoliyat turining an’anaviy va innovatsion ko‘rinishlari o‘

rtasidagi

uzviylik, pedagogik hamkorlik va reflektiv yondashuv asosidagi o‘ziga xos jihatlariga

ilmiy yondashuv asosida e’tibor qaratiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tyutorlik faoliyati kamida 900 yill

ik

tarixga ega bo‘lib, u o‘qitish madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan va mustaqil

pedagogik faoliyat turi sifatida rivojlanib kelgan. Bu faoliyatning mazmuni hamda ta’lim

-

tarbiya jarayonidagi o‘rni ijtimoiy

-madaniy ehtiyojlarga qarab bosqichma-bosqich

o‘zgarib, takomillashib borgan.

Tadqiqotlarda tyutorlik faoliyatining rivojlanish tarixini quyidagi to‘rt asosiy

bosqichga ajratish maqsadga muvofiq deb topiladi [3]:

I bosqich (XII

–XVI asrlar): Tyutorlar talabalarni mustaqil ta’lim

olishga

yo‘naltiruvchi, ularga maslahat va ko‘mak beruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘lgan.

Bu davrda talaba o‘zi qaysi professorni tinglashni tanlagan va ta’lim jarayonida erkin

harakat qilgan. Tyutorlar esa talabaning mustaqil bilim olish yo‘lini belgila

shda akademik

yordamchi bo‘lgan.

II bosqich (XVI

XIX asrlar): Tyutorlik faoliyati ingliz universitetlari tizimida

rasman tan olingan kasbga aylangan. Talabalar dastlabki bosqichda haftalik hisobotlar

bilan tishingizni davom ettirgan. Ular bilan individual ish olib borilgan va tarbiyaviy

masalalarda ham mas’uliyat yuklatilgan.

III bosqich (XIX

XX asrlar): Bu davrda tyutorlar asosiy bilim manbai hisoblangan.

Ular talabalarni imtihonlarga tayyorlash bilan shug‘ullangan, ta’lim jarayonida mustaqil

mavzularni tanlab, ularni talabalarga yetkazgan. Tyutorlik faoliyati professorlik (nemis)

modelini siqib chiqaruvchi pedagogik tizim sifatida rivojlangan.

IV bosqich (XXI asr): Tyutorlik zamonaviy kasb sifatida shakllanib, o‘qituvchilik

faoliyatining yangi shakli va lavozim majburiyatlarini belgilash bilan ajralib turadi.

Hozirgi bosqichda tyutorlik faoliyati nafaqat akademik yo‘l

-

yo‘riq berish, balki

rivojlantiruvchi muloqot, reflektiv tahlil, psixologik-

pedagogik qo‘llab

-quvvatlash,

ta’limni individuallashtirish funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

Adabiyotlar tahlilida ko‘rsatib o‘tilganidek, XII asrda Oksford va Kembrij

universitetlarida tyutorlik faoliyati murabbiylik sifatida shakllangan bo‘lib, talabalarni

bilim olishga yo‘naltirish, ularning o‘quv yo‘lini shakllantir

ish va mustaqil fikrlashni

rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan. Ayniqsa, talaba

-professor erkin munosabatlarida

tyutorlar vositachilik funksiyasini bajargan.

XVI

XVII asrlarda bu faoliyat tarbiyaviy mazmun bilan boyib, talabaning axloqiy va

ijtimoiy xulqin

i shakllantirish, o‘zini tuta bilish, darslarga qatnashish va umumiy hayotiy

tartib-

intizomga rioya qilishga yo‘naltirilgan. Tyutorlar talabalarni tanlagan fanlari va

ma’ruzalariga yo‘naltirgan, individual reja tuzish, kurs tanlash, imtihonlarga

tayyorlani

shda ham faol ko‘mak bergan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

6 (2022) / ISSN 2181-1415

209

XVII asrda esa ingliz universitetlarida tyutorlik tizimi muhim pedagogik institutga

aylangan bo‘lib, ommaviy darslar va kafedralar yo‘qligi sababli ta’lim jarayoni to‘liq tyutorlar

zimmasiga yuklangan. Tyutorlar 1

2

talabani o‘z atrofiga jamlab, ularga muayyan ilmiy

yo‘nalishda ta’lim berishgan va baholash jarayonini ham o‘zlari olib borgan.

Ushbu tarixiy-

metodologik manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tyutorlik faoliyati

boshlang‘ich bosqichlarda mustaqil ta’limni qo‘llab

-

quvvatlovchi, so‘ngra esa shaxsiy

tarbiyani shakllantiruvchi va to‘laqonli pedagogik institut sifatida rivojlanib borgan.

U zamonaviy ta’limda esa shaxsiylashtirilgan, ko‘maklashuvchi va reflektiv ta’limning

ajralmas qismi sifatida qaralmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi tarixiy va nazariy tahlillar asosida aytish mumkinki, tyutor

bu talaba

shaxsiga individual yondashgan holda uni akademik, axloqiy va kasbiy jihatdan

rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchi murab

biydir.

Tyutorlik faoliyati tarixan bilim beruvchi funksiyadan tashqari, tarbiyaviy va reflektiv

yo‘nalishlar bilan ham boyigan. XIX asr oxirlariga kelib, universitetlarda erkin kurslar va

fakultativ ma’ruzalar tizimi shakllangan bo‘lsa

-

da, talabaning o‘z

fanini, professorini va

o‘qitish shaklini tanlash erkinligi saqlanib qolgan. Bu holatda tyutorlarning o‘rni

pasaymagan, aksincha, ular talabaning individual ta’lim yo‘lini shakllantirishda hal

qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lgan.

XVIII

XX asrlar davomida Angliyaning qadimiy universitetlari

Oksford va

Kembrijda tyutorlik tizimi yetakchi o‘rin tutgan. Ma’ruzalar faqat yordamchi vosita bo‘lib

qolgan. Bugungi kungacha bu tizim faoliyat yuritmoqda va tyutorlik lavozimi

universitetlar shtat birliklariga kiritilgan muhim pedagogik pozitsiya sifatida mavjud.

Tyutorlik faoliyatining tarixiy rivojlanish tendensiyalarini ochib berishda

2008-yilda Udmurtiya davlat universiteti tomonidan chop etilgan E. va E. Gordonlarning

“A Century of Tutoring: A History of Alte

rnative Education in America and Western

Europe” (Tyu­torlikning yuz yilligi: Amerika va G‘arbiy Yevropada muqobil ta’lim tarixi)

nomli asari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda mualliflar tarixiy hujjatlar,

kundaliklar va yirik pedagoglarning fikrlariga tayangan holda tyutorlikning qadimiy

ildizlariga urg‘u berib, individual ta’lim tizimi zamonaviy institutlardan oldin

shakllanganini asoslab berganlar [5].

Tyutorlik faoliyatining postsovet hududlarida shakllanishi esa ancha kech

boshlangan. Xusus

an, Rossiyada bu faoliyat turi uzoq vaqt davomida deyarli noma’lum

bo‘lgan. Faqatgina 1980

-

yillar oxirida, qayta qurish davrida tyutorlik g‘oyalari ilmiy

-

pedagogik muhitga kirib keldi. 1989-yilda P.G. Shchedrovitskiy rahbarligida Moskvada

birinchi tyutorla

r tanlovi o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, “Artek” oromgohida turli

hududlardan to‘plangan yosh pedagoglar uchun tyutorlik faoliyatiga oid bir qator

ma’ruzalar o‘qilgan. Bu jarayon Rossiyada tyutorlik amaliyotining shakllanishiga zamin

yaratgan [6].

P.G.

Shchedrovitskiy ta’rifiga ko‘ra, tyutorlik –

bu o‘quvchining ta’limga doir motiv

va qiziqishlarini aniqlash, individual ta’lim dasturini tuzish, mos resurslarni topish, ota

-

onalar bilan pedagogik buyurtma asosida ishlash hamda o‘quvchining tarbiyasi va

ref

lektiv salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks pedagogik faoliyatdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tyutorlik faoliyati tarixan qadimiy

pedagogik institut sifatida shakllangan bo‘lib, hozirgi zamonaviy ta’lim tizimida talaba

shaxsining mustaqil fikrlashi, o‘zini anglash va rivojlantirishini qo‘llab

-quvvatlovchi

metodik vosita sifatida tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

6 (2022) / ISSN 2181-1415

210

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, tyutorlik faoliyati

bu tarixda o‘qitish va o‘rganish

madaniyati bilan bara

var shakllangan, mustaqil va o‘ziga xos pedagogik madaniyat

namunasidir. U dastlab bilim olish jarayoniga yordam beruvchi faoliyat sifatida vujudga

kelgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismiga

aylangan. Ayniqsa, mas

ofaviy va kombinatsiyalashgan (blended) ta’lim tizimlari

rivojlanishi bilan tyutorlikning didaktik, metodik va psixologik imkoniyatlari
kengaymoqda.

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida tyutorlik faoliyati nisbatan yangi yo‘nalish

bo‘lishiga qaramay, u bugungi

kunda quyidagi yo‘nalishlarda samarali faoliyat

yuritmoqda:

1.

Talabalarning individual o‘sishini, kasbiy yo‘nalishini, bo‘sh vaqtlarini mazmunli

tashkil etishni ta’minlash;

2.

Universitet va talaba o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ijtimoiy

-psixologik

moslashuvni qo‘llab

-quvvatlash;

3.

Ma’naviy

-

ma’rifiy, tarbiyaviy, ilmiy

-tadqiqot va innovatsion faoliyatlarda

yo‘naltiruvchi bo‘lish;

4.

Talabalarni “Besh muhim tashabbus” doirasida faol ishtirok etishga undash,

iste’dod va ijodiy salohiyatni rivojlantir

ish;

5.

O‘quv intizomini mustahkamlash, talabalarda halollik, mustaqil fikrlash va

fidoyilik fazilatlarini shakllantirish;

6.

Ta’lim sifatini monitoring qilish, davomat, fanlarni o‘zlashtirish va metodik

resurslardan foydalanishni nazorat qilish;

7. Turar joy, moddiy-

ma’naviy holat, ta’limga oid motivlar, ota

-ona va talaba

o‘rtasidagi kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish.

Zamonaviy tyutor

bu nafaqat o‘quvchi yoki talabaning yo‘l ko‘rsatuvchisi, balki

ularning ijtimoiy-

psixologik holati, o‘zini anglash, rivojla

nish va jamiyatga

integratsiyalashuvini ta’minlovchi kompleks pedagogik figura sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Bu esa tyutorlik faoliyatining kelgusida ham dolzarbligini saqlab qolishini va

yangi innovatsion pedagogik yondashuvlar bilan boyib borishini anglatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги

“Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш
концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ

-5847-

сон Фармони

// lex.uz. URL:

https://lex.uz/ru/docs/4545885

2.

Incheon declaration // Education 2030: Towards inclusive and equitable quality

education and lifelong learning for all: World Education Forum (19

22 May 2015,

Incheon, Republic of Korea).

Paris: UNESCO, 2015.

3.

Лях А.Ю. Развивающий потенциал тьюторских технологий в системе обучения

старших школьников // Образование и наука. –

2013.

№ 10 (109). –

С. 37–

51.

4.

Дудчик С.В. Особенности организации тьюторского

сопровождения в

начальной школе // Организация тьюторского сопровождения в образовательном
учреждении: содержание, нормирование и стандартизация деятельности тьютора:
материалы Всероссийского научно

-

методического семинара. –

М.: АПК и ППРО,

2009.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3 №

6 (2022) / ISSN 2181-1415

211

5.

Ковалева

Т.М., Кобыща Е.И., Попова (Смолик) С.Ю., Теров А.А., Чередилина

М.Ю. Профессия «тьютор». –

М.: Тверь: СФК

-

офис, 2012. –

246 с.

6.

Karimova M., Tuychieva R. The pedagogical basics of training students for

professional, moral and educational function // Scientific Bulletin of Namangan State
University.

2019.

Vol. 1, No. 10.

P. 311

317.

7.

Khaitboevich B.B. Some features of protection of students from the threat of

harmful information in the educational process // European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences.

2020.

Vol. 8, No. 10.

P. 69

72.

8.

Maksudov U.K. Issues of national values and social activity of students in the

development of positive psychology // Психологическое здоровье населения как
важный фактор обеспечения процветания общества: материалы конф. –

2020.

С.

394

396.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5847-сон Фармони // lex.uz. URL: https://lex.uz/ru/docs/4545885

Incheon declaration // Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all: World Education Forum (19–22 May 2015, Incheon, Republic of Korea). – Paris: UNESCO, 2015.

Лях А.Ю. Развивающий потенциал тьюторских технологий в системе обучения старших школьников // Образование и наука. – 2013. – № 10 (109). – С. 37–51.

Дудчик С.В. Особенности организации тьюторского сопровождения в начальной школе // Организация тьюторского сопровождения в образовательном учреждении: содержание, нормирование и стандартизация деятельности тьютора: материалы Всероссийского научно-методического семинара. – М.: АПК и ППРО, 2009.

Ковалева Т.М., Кобыща Е.И., Попова (Смолик) С.Ю., Теров А.А., Чередилина М.Ю. Профессия «тьютор». – М.: Тверь: СФК-офис, 2012. – 246 с.

Karimova M., Tuychieva R. The pedagogical basics of training students for professional, moral and educational function // Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Vol. 1, No. 10. – P. 311–317.

Khaitboevich B.B. Some features of protection of students from the threat of harmful information in the educational process // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2020. – Vol. 8, No. 10. – P. 69–72.

Maksudov U.K. Issues of national values and social activity of students in the development of positive psychology // Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества: материалы конф. – 2020. – С. 394–396.