Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Innovative approaches to developing independent
thinking skills in primary school students
Aygul URAZIMBETOVA
1
Profi University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2025
Received in revised form
15 July 2025
Accepted 15 July 2025
Available online
25 August 2025
The article examines the necessity of developing independent
thinking skills in primary school students. The relevance of
innovative approaches in fostering independent thinking was
substantiated. The study highlighted that problem-based learning,
project-based learning, the STEAM approach, interactive methods,
and digital technology-based approaches were identified as
effective tools. Additionally, elements of intrinsic motivation,
personal interest, and reflection that stimulate independent
thinking were analyzed. The role of the teacher's professional
preparation, methodological expertise, and educational stance in
cultivating critical thinking, initiative, and a sense of responsibility
in students was explored. The schematic model proposed in the
article further elucidates the didactic potential of innovative
approaches. The article concludes that developing independent
thinking at an early age enhances the effectiveness of learning in
subsequent stages of education.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-
iss4-pp43-50
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
primary education,
independent thinking,
innovative approaches,
critical thinking,
reflection,
STEAM education.
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarida
mustaqil
fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
boshlang‘ich ta’lim,
mustaqil fikrlash,
innovatsion yondashuvlar,
tanqidiy fikrlash,
refleksiya,
STEAM ta’limi
.
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati o‘rganildi. Mustaqil
fikrlashni
rivojlantirishda
innovatsion
yondashuvlarning
dolzarbligi asoslab berildi. Tadqiqot davomida muammoli ta’lim,
loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi, interfaol metodlar va
raqamli texnologiyalar asosidagi yondashuvlar samarali vosita
sifatida an
iqlangani ta’kidlandi. Shuningdek, mustaqil fikrlashni
1
PhD, Acting Associate Professor, Profi University, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: Oygul phd 1.@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
44
rag‘batlantiruvchi ichki motivatsiya, shaxsiy qiziqish va refleksiya
elementlari tahlil qilindi. O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi,
metodik mahorati va tarbiyaviy pozitsiyasining o‘quvchilarda
tanqid
iy fikr, tashabbus va mas’uliyat hissini shakllantirishdagi
o‘rni ko‘rib chiqildi. Maqolada taklif etilgan sxematik model orqali
innovatsion yondashuvlarning didaktik imkoniyatlari kengroq
yoritildi. Shunday xulosaga kelindiki, mustaqil fikrlashni erta
yos
hda rivojlantirish keyingi ta’lim bosqichlarida o‘zlashtirish
samaradorligini oshiradi.
Инновационные подходы к развитию навыков
самостоятельного мышления у учащихся начальных
классов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
начальное образование,
самостоятельное
мышление,
инновационные подходы,
критическое мышление,
рефлексия,
STEAM-
образование
.
В статье исследована необходимость формирования
навыков самостоятельного мышления у учащихся начальных
классов. Обоснована актуальность инновационных подходов в
развитии самостоятельного мышления. В ходе исследования
было выявлено, что проблемное обучение, проектное
обучение, подход STEAM, интерактивные методы и подходы,
основанные
на
цифровых
технологиях,
являются
эффективными средствами. Также были проанализированы
элементы внутренней мотивации, личного интереса и
рефлексии, стимулирующие самостоятельное мышление.
Рассмотрена
роль
профессиональной
подготовки,
методического мастерства и воспитательной позиции учителя
в формировании у учащихся критического мышления,
инициативности и чувства ответственности. Схематическая
модель, предложенная в статье, шире раскрывает
дидактические возможности инновационных подходов.
Сделан вывод о том, что развитие самостоятельного
мышления в раннем возрасте повышает эффективность
усвоения знаний на последующих этапах обучения.
XXI asr ta’limi shiddat bilan o‘zgarayotgan va raqobatbardosh shaxsni
shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy muhitda faoliyat yuritmoqda.
Bunday sharoitda ta
’
limning asosiy vazifalaridan biri
–
shaxsda mustaqil fikrlash,
tanqidiy mulohaza yuritish va muammolarni ijodiy hal qilish ko
‘
nikmalarini
shakllantirishdan iboratdir. Ayniqsa, bu jarayonning boshlang
‘
ich ta
’
lim bosqichida yo
‘
lga
qo
‘
yilishi shaxsiy rivojlanishning mustahkam poydevorini yaratadi [6].
Boshlang
‘
ich sinf o
‘
quvchilarining tafakkuri hali shakllanish bosqichida bo
‘
lgani
bois, ularni mustaqil fikrlashga o
‘
rgatish faqatgina an
’
anaviy usullar bilan emas, balki
innovatsion yondashuvlar orqali amalga oshirilishi zarur. Bunday yondashuvlar ta
’
lim
jarayonini o
‘
quvchi shaxsiga yo
‘
naltirish, ularning faolligini oshirish, fikr yuritish,
muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish va qaror qabul qilishga tayyorlash imkonini
beradi [3].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
45
Innovatsion yondashuvlarning dolzarbligi shundaki, ular nafaqat bilim berishni,
balki o
‘
quvchining kreativ tafakkuri, o
‘
z fikrini erkin bildirish qobiliyati, ijtimoiy faolligi
va ongli qaror qabul qilish salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu esa keyingi ta
’
lim
bosqichlarida muvaffaqiyatli o
‘
rganish, kasbiy yo
‘
nalishni to
‘
g
‘
ri tanlash va hayotiy
vaziyatlarga moslashish uchun muhim asos yaratadi [12].
Boshlang‘ich ta’lim –
shaxs kamoloti va uning har tomonlama rivojlanishini
belgilovchi poydevor bosqichidir. Bu bosqichda ta’lim jarayonining metodik asoslari,
didaktik yondashuvlari hamda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat alohida
ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisiga faqat bilim beruvchi
emas, balki bolalarning fikrlash doirasini kengaytiruvchi, ularni mustaqil qaror qabul
qilishga undovchi tarbiyachi sifatida qaralmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy
o‘qituvchidan yuksak kasbiy tayyorgarlik, yangili
klarga ochiqlik va shaxsiy namuna
bo‘lish fazilatlarini talab qiladi [9].
Boshlang‘ich ta’lim metodikasida o‘quvchining shaxsiy rivojlanishi ustuvor
yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Dars jarayonida bolalarni mustaqil fikrlashga,
mantiqiy tahl
il qilishga, mavzuni chuqur anglab, o‘z xulosalarini asoslashga o‘rgatish
muhim vazifa hisoblanadi. Bunda yozma topshiriqlar, mavzulashtirilgan muammoli
vaziyatlar, muloqotga asoslangan metodlar, shuningdek, taqqoslash va solishtirish
texnikalari muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi faoliyati o‘quvchilarni faqatgina faktlarni yodlash
emas, balki ularni fikr yuritish, ijodiy yondashuv orqali tushunishga yo‘naltiradi [1].
Ta’lim
-
tarbiya jarayonida metodik yondashuv o‘quv materialining o‘zlashtirilishiga
xizmat qili
shi barobarida, o‘quvchining individual imkoniyatlarini ochib berishi, ularni
shaxs sifatida shakllantirishi lozim. Bu nuqtai nazardan qaraganda, boshlang‘ich
ta’limning asosiy maqsadi –
kichik maktab yoshidagi bolalarning shaxsiy ehtiyoj va
qobiliyatlarig
a moslashtirilgan, faoliyatga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etishdir. Bu
jarayon o‘quvchining o‘z bilimini mustaqil ravishda izlab topishi, uni amaliyotda qo‘llay
olishi va o‘z fikrini asosli ifoda eta olishini ta’minlashi zarur [15].
Yosh avlod tarb
iyasi har doim jamiyatning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bu jarayonning muvaffaqiyati, eng avvalo, pedagog shaxsining kasbiy mahoratiga, uning
kasbga bo‘lgan sadoqati va axloqiy fazilatlariga bog‘liqdir. O‘qituvchining kasbiy saviyasi
va profes
sional tayyorgarligi nafaqat bilim berish, balki yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni
shakllantirish, ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odob-axloq kabi yuksak qadriyatlar
asosida tarbiyalashda hal qiluvchi omil sifatida maydonga chiqadi [4].
O‘qituvchi bugungi kunda nafaqat o‘quv dasturlarini puxta egallagan mutaxassis,
balki kasb etikasi me’yorlarini o‘z hayot faoliyatiga uyg‘unlashtirgan, kasbiga fidoyilik
bilan yondashadigan inson bo‘lishi lozim. Aynan mana shunday fidoyilik bugungi davr
ta’lim
-tarbiyasi oldida turgan yangicha vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, pedagogik faoliyatda axloqiy qadriyatlar, odob-
axloq normalarining o‘rni va roli ilmiy
-nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinmoqda.
Hozirgi zamon o‘rta
va oliy maktab bitiruvchisidan kelgusi ming yillikda global
o‘zgarishlar davrida yashab, faoliyat yurita oladigan, postindustrial jamiyat talablariga
mos keluvchi shaxs sifatida rivojlanishi kutiladi. Bunday shaxsda bir qator muhim
kompetensiyalar shakllan
gan bo‘lishi zarur [10].
Avvalo,
moslashuvchanlik va o‘zlashtirish qobiliyati
yetakchi o‘rinda turadi. U turli
o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarda tez va samarali harakat qilish, yangi bilimlarni
mustaqil o‘zlashtira olish, ularni turli kontekstlarda qo‘llay
olish malakasiga ega bo‘lishi
kerak. Bu kompetensiya shaxsga yangi vazifalarni hal qilishda yo‘nalish beradi,
muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashishga asos yaratadi [7].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
46
Shuningdek, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyati shaxsning intellektual
mustaqilligini belgilaydi. Real hayotdagi muammolarni aniqlash, zamonaviy
texnologiyalar yordamida ularni tahlil qilish va oqilona bartaraf etish yo‘llarini izlash
qobiliyati bitiruvchining raqobatbardoshligini ta’minlaydi. U o‘z bilimlarini nafaqat
o‘zlashtiradi,
balki ularni qanday va qayerda qo‘llash mumkinligini anglaydi hamda yangi
g‘oyalarni ilgari sura oladi [16].
Axborot bilan samarali ishlash
–
bu hozirgi kunda zaruriy kompetensiyalardan
biridir. Shaxs axborotni tanlay olish, tahlil qilish, muammo yechimini izlash uchun
gipotezalar ilgari surish, sabab-
oqibat bog‘liqliklarini aniqlash, xulosalar chiqarish va
ularni asoslab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu esa bilimlarni amaliyotda
qo‘llash, yangi muammolarni ilg‘ash va hal qilishga imkon berad
i [2].
Ijtimoiy muloqot va hamkorlikda ishlash qobiliyati esa har qanday sohada
muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Shaxs turli ijtimoiy guruhlar bilan o‘zaro
hamkorlikda ishlay olish, madaniyatlararo muloqotga kirisha olish, nizoli vaziyatlarni
to‘g‘ri boshqarish va murosaga kela olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari,
o‘z
-
o‘zini rivojlantirish, refleksiya va ichki baholashga bo‘lgan
ehtiyoj zamonaviy insonda mavjud bo‘lishi kerak. Bu orqali shaxs o‘z axloqiy qarashlari,
madaniy saviyasi va aql-idrokini takomillashtirishga intiladi. Reflektiv fikrlash
–
bu
nafaqat o‘z harakatlarini tahlil qilish, balki ularning jamiyatga ta’sirini baholash, shaxsiy
o‘sishga yo‘naltirish demakdir [3].
Bugungi kunda ta’lim jarayonining samaradorligi
ni oshirish, shuningdek,
o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish zaruriyati ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Maktab va oliy
o‘quv yurtlari bitiruvchilariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar sh
undan dalolat beradiki,
ular nafaqat tayyor bilimlarni egallovchi, balki ularni mustaqil izlab topuvchi, tahlil
qiluvchi va amaliyotga tatbiq eta oluvchi shaxslar bo‘lishi lozim [16].
Psixologik va pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, pedagogi
ka va
psixologiya fanlarining deyarli barcha klassik va zamonaviy tadqiqotlari to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
yoki bilvosita holda o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirish muammosini
yoritib kelmoqda. Bu jarayon o‘quvchi va talabada bilim olishga nisbatan o
ngli, faol va
reflektiv munosabatni shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, xususan, boshlang‘ich ta’limdan boshlab
oliy ta’limgacha bo‘lgan davrda mustaqil izlanish, tanqidiy fikrlash, o‘zini baholash va
rivojlantirish kabi kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirib borish talab
qilinadi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalari esa nafaqat nazariy bilimni egallash, balki ijodiy
yondashuv, mas’uliyat hissi va shaxsiy intellektual salohiyatni ro‘yobga chiqarishda
asosiy omil hisoblanadi [8].
Hozirgi zamon ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim shunchaki o‘qituvchidan mustaqil
bilim olish degani emas, balki o‘quvchining ichki motivatsiyasi va o‘rganishga bo‘lgan
ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Mustaqil ta’
limning asosiy
rag‘batlantiruvchi omillaridan biri bu –
o‘quvchining
shaxsiy qiziqishlari, intellektual
ehtiyojlari va o‘rganishga bo‘lgan ichki istagini qo‘llab
-quvvatlash hisoblanadi [4].
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar ta’lim mazmunli, hayotiy jiha
tdan ahamiyatli
va foydali bo‘lsa, o‘quvchi uni o‘z shaxsiy maqsadlariga erishish vositasi sifatida qabul
qiladi. Natijada, ta’limga bo‘lgan ichki ehtiyoj ortadi, o‘rganish jarayoni ongli, faol va
mustahkam motivatsiyaga asoslanadi. Bunday yondashuv o‘quvc
hilarning fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, muammoni mustaqil hal qilish, qaror qabul qilish va ijodiy
yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
47
Aksincha, o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydigan, u uchun ahamiyatsiz bo‘lgan ta’lim
faoliyatlari esa tashqi motivatsiyaga
–
ya’ni baho, jazolanish yoki maqtov kabi tashqi
rag‘batlantirish vositalariga bog‘liq holda shakllanadi. Bunday holatda o‘quvchi
bilimni
o‘zlashtirish uchun emas
, balki tashqi mukofot yoki jazodan qochish uchun harakat
qiladi. B
u esa o‘z navbatida o‘quvchining
tashabbuskorligini susaytiradi
, uning o‘z
manfaatlari yo‘lida mustaqil harakat qilish istagini pasaytiradi va o‘rganishga bo‘lgan
tabiiy ehtiyojni cheklab qo‘yadi [18].
Mustaqil ta’lim nafaqat bilim egallash
vositasi, balki shaxsiy rivojlanish va
mas’uliyatli qaror qabul qilishning asosiy omillaridan biri
sifatida qaraladi. Zamonaviy
sharoitda shaxslardan muammolarni chuqur tahlil qilish, mavjud holatlarni baholash,
oqilona qarorlar qabul qilish va ularni amal
iy harakatlar orqali ro‘yobga chiqarish talabi
kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday kompetensiyalar esa faqat mustaqil izlanish va
o‘rganish jarayonida shakllanishi mumkin.
Tezkor ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar davrida har bir inson o‘z hayoti uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, umr bo‘yi
o‘rganish (lifelong learning)
tamoyilini hayotga tatbiq etishni talab etadi. Yangi
sharoitlarga moslasha oladigan, yangilikni o‘zlashtira oladigan va tanqidiy fikrlay
oladigan shaxslar jamiyatda muvaffaqiyatga erishadi [3].
Bugungi kunda kundalik hayotning barcha sohalarida
–
mehnat bozori, oila,
ijtimoiy munosabatlar
–
doimiy o‘zgarishlar
sodir bo‘layotgani sababli, shaxsning bu
o‘zgaruvchan talablarga
moslashuvchanligi ha
l qiluvchi ahamiyatga ega. Mustaqil ta’lim
aynan shu jihatdan ijobiy rol o‘ynaydi: u shaxsga yangi bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish, kasbiy yo‘nalishni o‘zgartirish, hayotiy vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri boshqara
olish imkoniyatini beradi.
Ta’lim jarayonining samaradorligi faqat bilim berish bilan emas, balki o‘quvchini
o‘z o‘quv faoliyatining faol subyektiga aylantirish bilan belgilanadi. Shu sababli,
o‘qituvchilar o‘quvchilarni o‘z ta’limlarining har bir bosqichini boshqarishga o‘rgatishlari
zarur. Bu e
sa faqat bilim o‘zlashtirish emas, balki o‘quvchilarda o‘z
-
o‘zini anglash,
rejalashtirish, nazorat qilish va baholash kabi muhim metakognitiv kompetensiyalarni
shakllantirish orqali amalga oshiriladi [16].
Bunday yondashuv quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichig
a oladi:
➢
Maqsadlarni belgilash
o‘quvchi o‘z oldiga aniq, real va baholanadigan o‘quv
maqsadlarini qo‘ya olishi kerak. Bu bosqichda o‘rganuvchi nimaga erishishni
xohlayotganini tushunadi va bu maqsadni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakatlarga asos
soladi.
➢
Maqsadlarga erishish strategiyalarini aniqlash va ishlab chiqish Har bir
maqsadga qanday yo‘llar bilan erishish mumkinligi rejalashtiriladi. Bu bosqichda
o‘quvchi individual yoki guruhli o‘quv strategiyalarini tanlaydi, zarur usullarni ishlab
chiqadi va ularni tartib bilan qo‘llaydi.
➢
O‘quv rejalarini tuzish
–
ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun vaqt,
resurs va bosqichlarni belgilovchi reja ishlab chiqiladi. Bu reja o‘quvchining o‘z faoliyatini
muvofiqlashtirishi, bosqichma-bosqich
yuritishi uchun yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qiladi.
➢
O‘rganish jarayoni haqida mulohaza yuritish
–
b
u bosqichda o‘quvchi o‘z
o‘rganish jarayonini tahlil qiladi,
muammoli sohalarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish
bo‘yicha echimlar izlaydi. Bunda reflekti
v fikrlash va muammoni tan olish, tahlil qilish va
samarali yo‘l topish muhim ahamiyat kasb etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
48
➢
Tegishli manbalar va yordamni aniqlash va tanlash
–
o
‘quvchi kerakli ma’lumot,
yordamchi materiallar, texnologik vositalar yoki pedagogik maslahatlar kabi
resurslardan foydalana olishi kerak. Shuningdek, bilimni mustahkamlash uchun manba
tanlash madaniyati shakllanadi.
➢
O‘z taraqqiyotini baholash
–
o
‘quvchi o‘z faoliyati natijalarini baholash,
erishilgan yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash orqali o‘zini rivojla
ntirish strategiyasini
ishlab chiqadi. Bu jarayonda baholash mezonlarini belgilash, yutuqlarni tahlil qilish va
kelgusi rejalarga asos bo‘ladigan xulosalar chiqarish
muhim o‘rin tutadi.
Bugungi ta’lim tizimi shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish tamoyili asosida
qurilayotgani
sababli, o‘quvchilarni fikrlovchi, tahlil qiluvchi, mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxs
sifatida shakllantirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichi
–
bolalarda tafakkur, dunyoqarash, kuzatish va mulohaza yurit
ish ko‘nikmalari
shakllana boshlaydigan davr bo‘lgani uchun,
mustaqil fikrlashni rivojlantirish bu
davrning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Mustaqil fikrlash o‘quvchining o‘z fikrini bildira olishi, muammoli vaziyatlarda
yechim topa olishi, qaror qa
bul qilishi va o‘z xulosalarini asoslab bera olishini anglatadi.
Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi.
1 rasm. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik yondashuvlar modeli
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish zamonaviy pedagogikaning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalas
h jarayonida o‘qituvchining asosiy
vazifalaridan biri
–
o‘quvchini o‘z bilim faoliyatining faol subyektiga aylantirish, ya’ni uni
muammoli vaziyatlarga javob topa oladigan, izlanishga layoqatli va fikr yurita oladigan
darajaga yetkazishdir.
Yuqoridagi sxemada (1-rasm
) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil
fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar tizimli tarzda
ifodalangan. Ushbu yondashuvlar: muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, STEAM
texnologiyalari, interfaol o‘yinlar, refleksiya va raqamli texnologiyalar asosida ta’lim
berishdan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
49
Bu yondashuvlarning har biri o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ular o‘quvchini o‘z fikrini
mustaqil bildirishga, qaror qabul qilishga, natija chiqarishga va yangicha yondashuvlarni
taklif et
ishga o‘rgatadi. Ayniqsa, muammoli vaziyatlar asosida tahlil qilish, ijodiy fikrlar
yaratish va guruhda ishlash ko‘nikmalarining bosqichma
-bosqich shakllanishi
o‘quvchilarda tafakkur chuqurlashuviga xizmat qiladi.
XULOSA
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish zarurati keng qamrovda tahlil qilinib, ta’lim jarayoniga innovatsion
yondashuvlarni integratsiya qilishning nazariy va amaliy asoslari yoritildi. O‘rganishlar
shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati faqat an’anaviy o‘quv
metodlari orqali emas, balki shaxsga yo‘naltirilgan, faol, texnologik va ijodiy
yondashuvlar vositasida samarali rivojlantiriladi.
Tadqiqotda muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi,
refleksiya, raqamli texnologiyalar va interfaol metodlar mustaqil fikrlashni
shakllantirishda asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu yondashuvlar o‘quvchining
faolligi, tahliliy fikrlashi, ijodkorligi, axborotni qayta ishlash malakasi, qaror qabul
qilishga tayy
orligi va o‘z fikrini asoslay olishi kabi kompetensiyalarni rivojlantiradi.
Maqolada ta’kidlanganidek, o‘qituvchining kasbiy saviyasi, shaxsiy namuna
ko‘rsatishi va metodik madaniyati o‘quvchilarning mustaqil intellektual o‘sishida hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu jihatlar tanqidiy fikrlovchi, ijtimoiy mas’uliyatli va yangilikka
ochiq shaxsni tarbiyalashda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Bashina, T. F., & Ilin, Ye. P. (2009).
Psixologiya, kreativlik, mahorat
. Sankt-
Peterburg
–
Moskva: Piter.
2.
Braus, J. A., & Wood, D. (1993).
Environmental education in the schools: Creating
a program that works
. Washington, DC: Peace Corps. Retrieved from
http://www.peacecorps.gov/library/pdf/M0044_enveduc.pdf
3.
Cluster, D. (2001). What is the critical thinking?
Change: Intercultural Journal
about Thinking Development through Reading and the Letter, 4
, 36
–
40.
4.
Dewey, J. (1997).
Psychology and pedagogy of thinking: How we think
(N. M.
Nikolskaya, Trans.). Moscow: Sovershenstvo.
5.
Dewey, J. (2009).
How we think
. Retrieved May 20, 2009.
6.
Elder, L., & Paul, R. (2008).
Defining critical thinking
. Foundation for Critical
Thinking. Retrieved from http://www.criticalthinking.org/pages/defining-critical-
thinking/766
7.
Galperin, P. Y. (2012). The problem of ontogenesis of the human psyche.
National Psychological Journal, 2
(8), 9
–
13.
8.
Halpern, D. (2000).
Psychology of critical thinking
. Saint Petersburg: Piter.
9.
Ishmuxamedov, R. J. (2009).
Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish yo‘llari
(2-kitob). Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.
10.
Ishmuxamedov, R. J., Abduqodirov, A., & Pardayev, A. (2010).
Tarbiyada
innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh
rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar
.
Toshkent: Iste’dod.
11.
Jumaniyozova, M. T., & Ishmuxamedov, R. J. (2010).
Ta’limda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish: Ustoz o‘qituvchilar uchun o‘quv
-
uslubiy qo‘llanma
.
Toshkent.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
50
12.
Kapterev, P. F. (1877).
Educational psychology for school-teachers, caregivers
and educators
. Saint Petersburg: A. M. Kotomin Printing.
13.
Komensky, J. A. (1875).
The great didactics
. Saint Petersburg: Peter.
14.
Leontiev, A. N. (2000).
Lectures on general psychology
. Moscow: Smysl.
15.
Levin, P. (2002).
Teamwork tutoring: Helping students working on group
projects to develop teamwork skills
. Retrieved from http://www.teamwork.ac.uk/
MGS_teamwork_tutoring.PDF
16.
Pidkasisty, P. I. (1972).
Independent work of students: Didactic analysis of the
process and structure of the play and creativity
. Moscow: Pedagogy.
17.
Polat, E. S. (2002).
New pedagogical and information technologies in the
education system: Manual for students of pedagogical universities and system of
improvement of professional skill of teachers
. Moscow: Akademiia.
18.
Toshkent islom universiteti. (2013).
Dinshunoslik asoslari: o‘quv qo‘llanma
.
Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi.
