Авторы

  • Рустам Джаббаров
    старший преподаватель кафедры Изобразительных искусств Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

Ключевые слова:

Мовароуннехр Рафаэль Востока латиф миниатюра реальный мастер композиция Возрождение эстетика Наккош Варакша Панджикент Сополлитепа Коратепа Болаликтепа шпулька скульптура

Аннотация

Статья посвящена гению Камолиддина Бехзода, и это не зря. Говорят, что изучение жизни и творчества великого художника, создавшего ведущую и уникальную школу восточного искусства миниатюры, как никогда важно для выздоравливающих людей, и что Камолиддин Бехзод живет долгой и благополучной жизнью.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

A specific direction inspired by the work of Kamoliddin Bekhzod,
the great miniaturist of the Eastern Renaissance

Rustam JABBAROV

1


Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021

The article is dedicated to the genius of Kamoliddin Bekhzod,

and this is not in vain. They say that the study of the life and work
of the great artist, who created the leading and unique school of
oriental art of miniature, is more important than ever for
recovering people, and that Kamoliddin Bekhzod lives a long and
prosperous life.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Movarounnahr,
Sharq Raphaeli,
latif,
miniature, real,
master, composition,
Renaissance,
Nakkosh, Varaksha,
Panjikent, Sopollitepa,
Koratepa, Bolaliktepa,
spool, sculpture.

Sharq uyg‘onish davri yetuk san’atkori buyuk miniatyurachi
musavvir Kamoliddin Behzod ijodi ta’sirida yuzaga kelgan o‘ziga
xos yo‘nalish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Movarounnahr,
Sharq Rafaeli,
latif, miniatyura, real,
usta, kompozitsiya,
Renessans, estetik,
Naqqosh, Varaxsha,
Panjikent, Sopollitepa,
Qoratepa, Bolaliktepa,
shpul, haykal.

Ushbu maqolada Kamoliddin Behzod dahosi, ijodiyotiga

alohida e’tibor qaratilgan va bu bejiz emas. Sharq miniatyura
san’atida yetakchi va betakror maktab yaratgan buyuk musavvir
hayoti va faoliyatini o‘rganish o‘zligini qayta tiklayotgan xalq
uchun har qachongidan ham ko‘ra muhimroq ahamiyat kasb
etishi hamda Kamoliddin Behzod uzoq va sermahsul hayoti
xaqida qisqacha ma’lumot keltirilgan.

1

Senior Lecturer, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

60

Уникальное направление, вдохновленное творчеством
Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного
Возрождения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Мовароуннехр,
Рафаэль Востока,
латиф,
миниатюра,
реальный,
мастер,
композиция,
Возрождение,
эстетика,
Наккош,
Варакша,
Панджикент,
Сополлитепа,
Коратепа,
Болаликтепа,
шпулька, скульптура.

Статья посвящена гениальности Камолиддина Бехзода, и

это не зря. Говорят, что изучение жизни и творчества
великого художника, создавшего ведущую и уникальную
школу восточного искусства миниатюры, как никогда
важно для выздоравливающих людей, и что Камолиддин
Бехзод жил долгой и благополучной жизнью.


“Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘

ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman,
nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz
ham albatta bo‘ladi”

2

Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda

yoʻq

3

.

Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg‘onish davri) vakillaridan

biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug‘ musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin
Behzoddir.

Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida

sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o‘zining barakali hissasini qo‘shgan zabardast
musavvir Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida dunyoga
kelgan. Behzod ota-onadan juda erta ajraldi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashhur
musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) o‘z tarbiyasiga olib, tutingan otasi bo‘ldi va
Kamoliddinga tuz-non berib, kiyim-bosh bilan ta’minlab, har tomonlama ilmli qilib voyaga
yetkazdi. Yosh Kamoliddin Mirak Naqqosh tarbiyasida, uning Hirotdagi Nigoristonida
(san’at akademiyasida) naqqoshlik va miniatyurasozlik hunarining sir-asrorlarini
o‘rganadi [1-5].

Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va miniatyurasoz bo‘lib yetishuvining muhim

omillaridan biri – bu uning XV asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Alisher Navoiyning
nazariga tushib, badiiy g‘oyaviy va estetik jihatdan ulug‘ mutafakkir va homiy dahosidan
bahramand bo‘lganligidadir. San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan Behzod

2

Шавкат Мирзиёев 2017 йил 3 август куни мамлакатимиз ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги

нутқи. https://uza.uz/uz/posts/adabyet-va-sanat-madaniyatni-rivozhlantirish-khal-imiz-mana-03-08-2017

3

Шавкат Мирзиёев Xalq so‘zi online 21-dekabr 2018 y. https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-

mamlakatimizdagidek-boj-tarikh-bobolarimizdek-buyuk-allomalar-hech-qaerda-joq


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

61

g‘oyatda mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o‘tkir aqlu zakovati tufayli iste’dodi kundan-
kunga ortib boradi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo‘lib taniladi. Alisher
Navoiyning maktabdoshi va do‘sti, podshoh Sulton Husayn Boyqaro Behzodni o‘z huzuriga
– saroyiga jalb qiladi, unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi
uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beradi. 1487 yilda esa Behzod Sulton Husayn
Boyqaroning shaxsiy farmoni bilan Hirotdagi saltanat kitobxonasiga boshliq etib
tayinlanadi [6-11].

XV asr oxirlariga kelib Hirotdagi Temuriylar saltanati avj olib borayotgan toju-taxt

uchun o‘zaro jangu jadallar tufayli asta-sekin yemirila boshlaydi. Bu davrga kelib
Behzodning Hirotdagi eng sevimli homiysi – Mavlono Abdurahmon Jomiy (1492-yilda),
so‘ng ustozi Alisher Navoiy (1501-yilda) birin-ketin olamdan o‘tadilar. 1506-yilda
Hirotdagi Temuriylar sulolasining so‘nggi qudratli vakili Sulton Husayn Boyqaro vafot
etadi. Shundan keyin shahzodalar Hirot saltanatini halokat yoqasiga olib keladilar.
1507-yilda ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining xoni Shayboniyxon (Shoybekxon) Hirot
taxtini osonlik ila ishg‘ol etadi. Bunday beayov to‘qnashuvlar, toju-taxt uchun uzluksiz
qonli ur-yiqitlar sharoitida ham Kamoliddin Behzod Hirotda qolib, o‘zining ijodiy
faoliyatini davom ettiradi. Behzod uch yilcha Hirotda Shayboniyxon saltanatiga qarashli
saroyda ish olib borarkan, Behzod san’ati oldida lol qolgan Shayboniyxon uning ijodiy
ishlariga to‘sqinlik qilmaydi, aksincha, bu ulug‘ miniatyurasozga ishlashi uchun qulay
sharoit yaratib beradi. Behzod Shayboniyxonning tasvirini ayni o‘sha yillari chizgan
bo‘lishi kerak.

1510-yilda Shayboniylar lashkari bilan Erondagi kuchayib borayotgan Safaviylar

saltanati lashkari o‘rtasida Marv yonidagi tohirobod degan joyda shiddatli jang bo‘ladi.
Jang maydonida Shayboniyxon qo‘shinlari tor-mor etiladi. Shunday qilib, 1510 yilda Hirot
Safaviylar qaramog‘iga o‘tadi.

Shoh Ismoil Safaviy 1512-yilda Hirotdagi bir necha iste’dodli san’atkorlarni saltanat

poytaxti Tabrizga olib ketadi. Hirotdan Tabrizga olib ketilganlar orasida zabardast
san’atkor Kamoliddin Behzod va uning bir guruh iste’dodli shogirdlari ham bor edi. Bu
paytga kelib Behzod va uning Hirotdagi musavvirlik maktabining dovrug‘i butun Sharqqa
tarqalgan edi [12-15]. Behzodning san’atini yuksak qadrlagan Shoh Ismoil Safaviy ham
naqkoshga ijod qilmoq uchun Tabrizda barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Behzod
va uning shogirdlari Tabrizda o‘zlarining ijodiy ishlarini samarali ravishda davom
ettiradilar. Behzod Tabrizda Hirotdan keyingi nafis tasviriy san’at (miniatyurasozlik)ning
yana bir ulkan maktabini yaratadi. O‘sha paytlarda Tabrizda, umuman Eron san’atida ham
ichki siyosiy ahvol yaxshi emas edi. O‘smonli turk sultoni Salim Poshsha Eronga ketma-ket
tahdid solib turardi. 1514-yilda Eron va Turk qo‘shinlari o‘rtasida Tabriz yaqinidagi
Choldoron degan keng tekisliqda qattiq va dahshatli jang bo‘lib, bu jangda Safaviylar
saltanati mag‘lubiyatga uchraydi. Shoh Ismoil Safaviy jang maydonidan qochib, zo‘rg‘a
qutulib qoladi. Bir yilcha Tabriz turklar qaramog‘ida bo‘ladi.

Behzodning sho‘rlik boshiga yana og‘ir musibatlar tushadi. Tabrizdagi eng e’tiborli

san’atkor bo‘lganligi uchun Behzodni, boshqa bir atoqli xattot Shoh Mahmud Nishopuriyni
turklar o‘z yurtiga o‘lja qilib olib ketmasliklari uchun podshoh amriga binoan, Tabriz
atrofidagi bir g‘orga majburan yashirib qo‘yadilar. Eronda nashr etilgan “Saromadani
hunar” asarida yozilganidek, o‘z saroyidagi xazinalar ichidagi eng nodir va noyob gavhar
(Behzod)ning turklar qo‘liga tushib qolmasligi uchun ishonchli joy (bir ulkan g‘or)ga
yashirib ketgan Shoh Ismoil Safaviy jangdan yengilib chiqqach, o‘z mulozimlaridan biriga


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

62

bergan ilk savollari quyidagilardan iborat bo‘lgan: “Behzod qalay? Uning joni omonmi? Uni,
turklar olib ketmadimi?”

1512–1522-yillar Behzod hayotida og‘ir va musibatli yillar bo‘ldi. Bu yillar orasida

u ahyon-ahyonda ona yurti Hirotga ham borib kelib turgan. 1522-yilda Shoh Ismoil Safaviy
maxsus farmon chiqarib, Behzodni Tabrizdagi saltanat kitobxonasiga boshliq etib
tayinlaydi. 1524-yilda Shoh Ismoil Safaviy vafot etib, uning o‘rnini o‘g‘li yosh shahzoda
Taxmasp egallaydi.

1537-yilda (xijriy 942) keksayib qolgan Behzod Hirotda suyukli jiyani va shogirdi

Rustam Alining o‘lim to‘shagida yotganligidan xabardor bo‘lib, uni ko‘rmoq uchun ona
shahri Hirotga otlanadi. Lekin u Rustam Ali diydoriga yetisha olmaydi. Behzod Hirotga
yetib kelguncha u olamdan o‘tgan bo‘ladi. Bunday judoliqdan qattiq qayg‘urgan, keksa
mo‘ysafid Behzodning o‘zi ham og‘ir xastalanib, 1537-yilda Hirotda olamdan o‘tadi. Uni
ham Hirot aholisi chuqur iztirob ila, zo‘r motam ostida shahar yonidagi Ko‘hi Muxtor tog‘i
yonbag‘riga, jiyani va shogirdi Rustam Alining qabri yoniga dafn qiladilar [16-19].

O‘z asrining yagonasi bo‘lgan Behzod shunday buyuk, benazir zotki, unday kishilar

onadan juda kam tug‘iladi. Qazo (o‘lim) uning umriga xotima yasadi, ajal uning tabarruk
tana tuprog‘ini yerga toshpirdi. Bu suvratlar Behzod vafotining tarixini (yilini) mendan
so‘radi. Unga g‘am-g‘ussa bilan shunday javob berdim: “Behzodning vafot etgan yilini
bilmoqchi bo‘lsang, “Xoki qabri Behzod” jumlasidan abjad hisobi hijriy 942-yil chiqadi. Bu
yil milodiy hisobda 1537-yilga to‘g‘ri keladi).

Demak, Kamoliddin Behzod uzoq va sermahsul hayot yo‘lini bosib o‘tdi. Husayn

Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Safaviy, Shoh Taxmasp Safaviylar hukmronlik qilgan
turli-tuman, bir-biriga bag‘oyat ziddiyatli to‘rt saltanatni ko‘rdi, Temuriylar sulolasi
poytaxti Hirotda va Safaviylar poytaxti Tabrizda yashab, o‘z davrining barcha azob-
uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib mushohada qildi, o‘z atrofini o‘rab turgan ijtimoiy
borliqdan olgan o‘ta boy va rang-barang taassurotlarini, ichki kechinmalarini, latif va nozik
kayfiyatlarini o‘zining sermahsul va go‘zal ijodida zo‘r mahorat hamda kuchli zavq va
ishtiyoq bilan tasvirladi [20-25].

Behzod miniatyura san’ati tarixida maxsus maktab “Behzod maktabini” yaratdi. U

real hayot hodisalari va tabiatni tasvirlash uslubi, bo‘yoqlardan foydalanish vositalari,
rasmga olinayotgan voqealarni nozik chiziqlarda ifodalash yo‘llari, inson kayfiyati va
harakatini aks ettira bilishdagi ustaligi, rasm kompozitsiyasining kengligi va turli-tuman
hodisalarni qamrab olabilishi, ajoyib estetik zavq uyg‘otishi bilan miniatyura san’atini
yangi bosqichga ko‘tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi. Behzod miniatyuralari uning
tirikligidayoq va ayniqsa, undan so‘ng musulmon Sharqida va G‘arbda ham bu san’atning
eng oliy yutug‘i deb tan olindi hamda eng qimmatli san’at asarlari sifatida mashhur bo‘lib
ketdi. Behzod ijodi va merosini o‘rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha
ma’lum bo‘lgan asarlari taxminan o‘ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng
mashhurlari quyidagiladir:

1.

Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniatyuralar.

2.

Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqa’dagi 40 dan ortiq go‘zal

miniatyuralar.

3.

Abdurahmon Jomiyning “Solomon va Ibsol” asariga ishlangan rasmlar.

4.

Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyura.

5.

Sa’diyning “Bo‘ston” asariga ishlangan go‘zal rasmlar.

6.

Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

63

7.

Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan rasmlar.

8.

Sa’diyning “Guliston” asariga ishlangan nafis miniatyuralar.

9.

Abdurahmon Jomiy tasviri.

10.

Husayn Boyqaro tasviri.

11.

Shayboniyxon tasviri.

12.

Shoh Taxmasp tasviri.

13.

Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri.

14.

Tuyalar jangi.

15.

Raqsi darvish (darvishlar raqsi).

16.

Samarqandda madrasa qurilishi va hokazolar.

Behzod o‘ta saxiy va mehribon ustod sifatida juda ko‘p atoqli miniatyurasoz,

musavvir va naqqoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

XV–XVI va undan so‘nggi asrlarda Kamoliddin Behzod shogirdlarini Hirotda,

Tabrizda, Buxoroda, Samarqandda, Sherozda, Isfahonda, Istanbulda, Hindistonda,
shuningdek, ulkan Sharqning boshqa juda ko‘plab shaharlarida uchratish mumkin edi.
Sulton muhammad Qosim Ali Chehrakushoy, Darvish Muhammad, Ustod Muhammadiy,
Muzaffar Ali, Yusuf Mullo, Rustam Ali, Shayxzoda Xurosoniy, Shoh Muzaffar, Mir Said Ali,
Mahmud Muzahxib, Abdullo kabi o‘ndan ziyod atoqli musavvirlar Behzod maktabini, uning
uslubini o‘z zamonalari taqozolariga binoan zo‘r muvaffaqiyat bilan davom ettirganlar.
Behzod maktabining hozirgi zamondagi davomchilarini Afg‘onistonda (Ustod Muhammad
Said Mash’al), Eronda (Karim Tohirzoda Behzod), O‘zbekistonda (marhum Ustod Chingiz
Ahmarov) va boshka Sharq o‘lkalarida ham ko‘rish mumkin. Hozirda Sharq va Ovro‘po
mamlakatlarida san’at, rassomchilik tarixini o‘rganishda miniatyura chizish tarixi,
xususan, Behzod miniatyura maktabi alohida o‘rganiladi va tadqiq etiladi hamda maxsus
maktablarda o‘qitiladi. Behzodning musavvirlik mahorati va maktabi Temuriylar davri
madaniyati tarixiga bag‘ishlangan barcha tadqiqotlarda o‘z davri san’atining ajoyib yutug‘i
sifatida alohida ta’kidlab o‘tiladi. Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida,
balki jahon rasm san’ati tarixida o‘chmas iz qoddirgan, o‘zining ajoyib va qimmatbaho
miniatyura durdonalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida salmoqli o‘rin olgan buyuk
va zabardast san’atkordir.

4

O‘rta Sharqda tasviriy san’at sohasida asosiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilab bergan

Behzod o‘zidan oldingi rassomlarning an’analarini davom ettirib, ayni vaqtda badiiy
uslubdagi shartlilikni saqlagan holda uni yangi ijodiy uslublari bilan boyitdi. Uning
qalamiga mansub “Otasi Majnun huzurida”, “Bahrom xazina ustidagi ajdarni o‘ldirmoqda”,
“Samarqandda masjid qurilishi” lavhalari tasvirlaridagi betakrorlik, ayniqsa, voqelikning
hayotiy va nozik tasvirini ko‘rgan kishi hayratda qoladi [26-29]. Uning yaratgan
portretlari, shakl-tasvirdan farqlanib inson ma’naviy qiyofasi, ruhi, his-tuyg‘ulari, xulq-
atvori va botiniy olamini aks ettirishga ahamiyat bergan.o‘arbda uyg‘onish davrining ulug‘
rassomlari Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael Gisian o‘z asarlari bilan besh asrdan
buyon butun jahon ahlini hayratga solib, to‘lqinlantirib kelayotgan bo‘lsalar, Sharqda
xuddi shu davrda yashab ijod qilgan Kamoliddin Behzod kabi siymolarning iste’dod kuchi,
asarlari ko‘lami ham shu darajada buyukdir. Chunki bunday zotlar o‘z davri, yashagan
muhitnigina emas, barcha davrlarga, xalqlarga xos umuminsoniy xislat va xususiyatlarni
ifoda etadilar. Uning yaratgan asarlari, shved san’atshunos olimi Martin ta’kidlaganidek,

4

“Маънавият юлдузлари”

(Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, Тошкент,

1999)

китобидан

олинди. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/kamoliddin-behzod-1455-1537/?imlo=k#


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

64

XV asr Italiya va Nederlandiya rassomlari dunyo ahlini qanchalik hayratlantirgan bo‘lsa,
Behzod asarlari ham shunchalik to‘lqinlantirgan. Behzod tasviriy san’at olamida saxiy va
mehribon ustoz sifatida ham juda ko‘p atoqli musavvir va naqqoshlarni tarbiyalagan.
1903-yilda Germaniyada san’at ko‘rgazmasi ochildi. Unda Behzod va shogirdlarining
asarlari namoyish etiladi. Dunyoga mashhur impressionist fransuz rassomlari Anri Matiss
va Sezanilar ko‘rgazmada Sharq rassomlari asarlaridagi bir-biriga zid, keskin ranglar bilan
ishlash san’atini ko‘rib hayratga tushadilar. Bugungi kunda ham Sharq va Yevropa
mamlakatlarida san’at va rassomchilik tarixi, xususan, miniatyura chizish san’atini
egallashda Behzod miniatyura maktabi alohida o‘rganiladi va tadqiq etiladi. Behzod o‘sha
davrda chizgan suratlari ostiga “Shikasta qalamli faqir Behzod”, “Qalami shikasta,
nomurod faqir Behzod umri yetmishdan oshganda ushbu ishga qo‘l urdi” deya imzo
chekadi. Ko‘rinib turibdiki, mo‘yqalam sohibi bir zum ham o‘z Vatanini unutmaydi.Sharq
xalqlarining mushtarak iftixori, buyuk farzandi bo‘lmish Kamoliddin Behzod o‘zidan
keyngi avlodga boy, rang-barang va ajoyib tasviriy san’at asarlarini meros qilib qoldirdi.
Ta’kidlash joizki, Behzod faqat Sharq xalqlari tasviriy san’ati tarixidagina emas, jahon
san’ati tarixida ham o‘chmas iz qoldirgan buyuk iste’dod sohibidir.

5

Yillar, asrlar otaveradi,

har bir zamon kishilari buyuk iste'dod egasi Kamoliddin Behzod ma'naviy xazinasiga
qayta-qayta murojaat etaveradilar. Kamolliddin Behzod dahosi, ijodiyotiga bugun alohida
e'tibor qilishimiz bejiz emas. Sharq miniatyura san'atida yetakchi va betakror maktab
yaratgan buyuk musavvir hayoti va faoliyatini o‘rganish o‘zligini qayta tiklayotgan xalq
uchun har qachongidan ham ko‘ra muhimroq ahamiyat kasb etayapti. XV–XVI-asrlar
o‘zbek xalqi tarixining oltin sahifalaridan desak, yanglishmaymiz. Amir Temur saltanatida
yuzaga kelgan uyg’onish davri, yuksak darajadagi ijodiy va qulay tarixiy muhit tufayli
Mirzo Uluqbek, Abduraqmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari ko‘plab
buyuk olim, faylasuf, shoir, musavvir san’atkorlar samarali ijod etishdi. Ular orasida
Kamoliddin Behzod nafaqat Turonzamin xalqlari madaniyati va san’ati mehri kuchli,
madani vatanparvar, ijodkor xalq bo‘lib kelgan. Otashparastlik, budda dini davrlarida
yaratilgan Varaxsha, Panjikent, Sopollitepa, Qoratepa, Bolaliktepadagi muhtasham
saroylar devordagi ulkan suratlar, tosh va sopol haykallar ajdodlarimiz qadimgi
davrlardayoq mukammal san’at obidalari yaratganliklaridan guvoqlik berib turibdi. Islom
dini keng tarqalgach, nafis san’at turlari ko‘proq qo‘lyozma kitoblar, alohida muraqqalar
(albomlar) tarzida namoyon bo‘la boshladi. Natijada qog‘oz, kitob ko‘paydi, xalqimizning
savodxonligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Sohibqiron Amir Temur davrida madaniyat, ilm,
fan, san’at rivojiga katta e’tibor berganligi tarixdan ma’lum. Shu boisdan ham bu davrda
oldingi zamonlardagiga nisbatan bir necha marta ko‘p qo‘lyozma asarlar yaratildi.
XV-asrning ikkinchi yarmida shoir, san’atkor, olimlar ijodi yana ham gurkirab o‘sdi. Ular
yaratgan qo‘lyozmalarni ziynatlash, bezash va rasmlar bilan boyitishga iqtiyoj har
qachongidan qam ko‘ra oshdi. Ana shunday davr tarix sahnasida Kamoliddin Behzod
shaxsi paydo bo‘ldi. Uning musavvir sifatida shakllanishida Alisher Navoiyning beyqiyos
xizmati bor. O‘sha davrdagi ta’riflar bilan aytganda, “asr nodiri, musavvirlar peshvosi”
bo‘lmish Behzod ijodkor sifatida murakkab yo‘lni bosib otdi

6

.

Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg‘onish davri yetuk san’atkori. Hirot

miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi.

5

Очил Тоҳиров

“Ҳуррият”дан олинди

. https://saviya.uz/hayot/nigoh/kamoliddin-behzod/#

6

P.P.Shabaratov. «MINIATYURA» о‘quv qо‘llanma, “IQTISOD – MOLIYA” NASHRIYOTI. Т – 2011. (62-63 betlar)


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

65

Xulosa qilib aytganda “Ikkinchi Moniy” degan faxriy unvonga sazovor bo‘lgan. Sharq

miniatyura san’atida Behzod ijodi ta’sirida (XV asr oxiri – XVI asr boshlarida) yuzaga
kelgan o‘ziga xos yo‘nalish. Kamoliddin Behzod asos solgan va uning shogirdlari, izdoshlari
(Qosim Ali, Darvesh Muhammad, Muzaffar Ali, Hoji Muhammad, Mir Sayd Ali Termiziy,
Mahmud Muzahhib va boshqalar) tomonidan rivojlantirilgan. Behzod miniatyura maktabi
Sharq tasviriy san’atining an’anaviy xususiyatlari (mujassamot yechimi, badiiy uslubdagi
shartlilik)ni saqlagan holda uni yangi ijodiy an’analar bilann boyitdi. Behzod miniatyura
maktabi Buxoro, Tabriz va Hindiston miniatyura maktablariga ham samarali ta’sir
ko‘rsatgan. Hatto XX-asr boshlarida Yevropada yuzaga kelgan impressionistlar ijodida ham
Behzod miniatyura maktabi ta’sirini ko‘rish mumkin. O‘zbek rassomlaridan Ch. Ahmarov,
Usto Mo‘min (A. Nikolaev), Sh. Hasanova, J. Umarbekov, T. Muhamedov, T. Sa’dullaev,
Sh. Muhammadjonov va boshqalar o‘z ijodlarida Behzod miniatyura maktabi
an’analaridan foydalangan. Uning shogirdlari Behzod an’analarini butun O‘rta Sharqqa
yoydilar [30-34]. Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi
(Behzod miniatyura maktabi). Behzod ijodi va merosi san’atshunoslar, rassomlar
tomonidan keng o‘rganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni (1997 y. 23 yanvar)ga binoan Kamoliddin
Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi; Milliy rassomlik va dizayn institutita
Behzod nomi berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (1997 y.
23 dekabr)ga binoan, Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda
YuNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi (2000 y. noyabr),
uning va izdoshlarining ijodini o‘rganish, merosiga oid ashyolarni to‘plashga hamda
Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etishga kirishildi. 2000 y. 23
noyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab Buyuk
Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston san’atshunos olimlari
ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Yubiley munosabati bilann Behzod hayoti
va ijodiga bag‘ishlangan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, «Kamoliddin
Behzod» hujjatli filmi yaratildi (2 qismli, 2000). Ad:. NorqulovN., Kamoliddin Behzod, T.,
1964; Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar (Albom muallifi Hamid Sulaymon),
T., 1970; Norqulov N., Nizomitdinov I., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Usmonov
A., Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T., 1977; Kamaliddin Bexzad: K 525
letiyu so dnya rojdeniya. Materialы nauchnoy konferensii, T., 1984; Ashrafi M. M., Bexzad
i razvitie buxarskoy shkolы 16v., Dushanbe, 1987; Usmonov O., MadraimovA., Kamoliddin
Behzod, T., 2000; Ko‘ziev T., Behzod va tamaddun. T., 2000. Abdumajid Madraimov.

7


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

P.P. Shabarotov. “Miniatyura” Toshkent. “Tafakkur”. 2011.

2.

Sh. K. Shoyoqubov. O‘zbekistonning hozirgi rangtasvir miniatyura san’ati

(Musavvir) 1996.

3.

P. Shabarotov. Lakli miniatyura “Kompozitsiya” Toshkent. “Yangi asr avlodi”.

2007.

4.

S.S. Bulatov. P.P. Shabarotov. Muallimlar oliygohi uchun miniatyura san’ati

fanidan dastur. Toshkent.1995.

5.

Sh.K. Shoyoqubov. Zamonaviy O‘zbekiston miniatyurasi. “O‘zbekiston” 2006.

7

Ўзбекистон миллий энциклопедияси 293-296 б. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» “Б” ҳарфи. Давлат

илмий нашриёти ТОШКЕНТ. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/11-o-zbekiston-milliy-ensiklopediyasi


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

66

6.

Djumaevich K. K., & Toshkuvatovich D.S. (2021). The book of principle of human

specialist. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7077-7088.
http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2020.00837.X

7.

Ruslan K. (2021). The creative technologies for teaching students to work in

short-term colors. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 11(2).
http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00448.1.

8.

Avazbaev A.I., Xudayberganova M.E. Formirovanie neobыchnogo ili kreativnogo

mыshleniya u uchaщixsya v protsesse obucheniya. Mejdunarodnыy nauchnыy jurnal
«VESTNIK NAUKI» № 5 (26) T. 3 MAY 2020 g.

9.

Talipov K.N. (2021). Is graphics important in painting? Academicia: an

international

multidisciplinary

research

journal,

11(1),

984-990.

DOI:

http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8

10.

Talipov N.X., & Aliev N.S. (2021). The importance of perspective in teaching art

to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2),
97–103.

11.

DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00051.3

12.

Amirqulov K., & Abdumutalibova S. (2019). Heuristic Teaching Technology and

Its Practical Application Which in Teaching of Draftsmanship. International Journal of
Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 281–284.

13.

https://ijpsat.ijsht-journals.org/index.php/ijpsat/article/view/1308

14.

Rasulov Murad Absamatovich; Malikov Kozim Gafurovich; Jabbarov Rustam

Ravshanovich. "Prikladnoe iskusstvo i xudojestvenno dekorativnoe iskusstvo".
2020/4/24. № DGU 08072, DGU 2020 0409.

15.

Valiev, A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric

shapes and problems in its training. Збірник наукових праць SCIENTIA.

16.

https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

17.

Tashimov N., & Samandar Z. (2021). Improving the quality and efficiency of teaching

descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: An international
multidisciplinary research journal, 11(2), 730-733. DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00398.0

18.

Tashimov N., & Samandar Z. (2021). Improving the quality and efficiency of teaching

descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: An international multidisciplinary
research journal, 11(2), 730-733. https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952

19.

Mansurov, N., & Jalilova, V. (2021). Metodika professionalnogo obucheniya –

nauchnaya otrasl professionalnoy pedagogiki. Zbіrnik naukovix pras SCIENTIA. vilucheno
іz https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10515

20.

Talipov N. (2019). Artistic Analysis of Portraits and Other Genres. International

Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 317-320.

21.

Jabbarov R. (2021, April). Developing Students’ Creative abilities through

teaching “Landscape Color Picture” IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Конференции.
https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088

22.

Malikov K.G. (2020). Theory and practice of construction of axonomertic

projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
http://www.idpublications.org/ejrres-vol-8-no-9-2020/

23.

Hasanov A.A. (2020). Peculiarities of preparing teachers for the development

and use of e-learning resources. Theoretical & Applied Science, (9), 15-17.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

67

24.

Khalimov M., & Soliddinova S. (2021). The knowledge gained by students in

engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of
Multidimensional Research (AJMR), 10(1), 260-264. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-
4853.2021.00040.9

25.

Rasulov M. (2021). Nauchit studentov vo vneshkolnыx ucherejdeniyax

sostavlyat kompozitsii na urokax rezbы po derevu. Zbіrnik naukovix pras ΛΌGOΣ.
https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

26.

Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). Formation of creative processes in

students through teaching composition in fine arts. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

27.

Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students'creative

abilities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

28.

Xalilov R. (2021). Important factors for teaching students to work on landscape

composition. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

29.

Ne’mat A.M., & Ankabaev R.T. (2018). Methodological Principles of Training

Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

30.

Ne’mat A.M., & Ankabaev R.T. (2018). Methodological Principles of Training

Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

31.

Urokova S.B. (2020). Advantages and disadvantages of online education. ISJ

Theoretical & Applied Science, 09(89), 34–37.

32.

Urokova Sh., & Tuhtashev U. (2019). Trends of electronic education

development. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences,
Vol. 7 No. 12.

33.

D. Sharipov, A. Abdukadirov, A. Khasanov and O. Khafizov, “Mathematical model

for optimal siting of the industrial plants”, 2020 International Conference on Information
Science and Communications Technologies (ICISCT), Tashkent, Uzbekistan, 2020, pp. 1-3,
doi: 10.1109/ICISCT50599.2020.9351476

34.

Hasanov A.A. (2020). Peculiarities of preparing teachers for the development

and use of e-learning resources. Theoretical & Applied Science, (9), 15-17.

35.

Nurtoev, S. Makhkamova Issues of preparing students for artistic and creative

activity Russia, Kazan Young scientist 2016/7 687 st http://www.moluch.ru/

36.

Bulatov S. (2021). Principles of Using Scientific Discoveries in Modernization of

The Art Education System. Psychology and Education Journal, 58(2), 1221–1225.
www.psychologyandeducation.net

37.

Saodat B. Maxkamova, Sunatulla F. Abdirasilov. Fine Arts Value in Patriotic

School Education. Eastern European Scientific Journal. Ausgabe 5-2018. pp-70-74. ISSN
2199–7977. DOI 10.12851/EESJ201805 www.auris-verlag.de

Библиографические ссылки

P.P.Shabarotov. “Miniatyura” Toshkent. «Tafakkur». 2011.

Sh.K.Shoyoqubov. O‘zbekistonning hozirgi rangtasvir miniatyura san’ati (Musavvir) 1996.

P.Shabarotov. Lakli miniatyura “Kompozitsiya” Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2007.

S.S.Bulatov. P.P.Shabarotov. Muallimlar oliygohi uchun miniatyura san’ati fanidan dastur. Toshkent.1995.

Sh.K.Shoyoqubov. Zamonaviy O‘zbekiston miniatyurasi. “O‘zbekiston” 2006.

Djumaevich, K. K., & Toshkuvatovich, D. S. (2021). The book of principle of human specialist. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7077-7088. http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2020.00837.X

Ruslan, K. (2021). The creative technologies for teaching students to work in short-term colors. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 11(2).http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00448.1

Avazbaev A.I., Xudayberganova M.E. Formirovanie neobыchnogo ili kreativnogo mыshleniya u uchaщixsya v protsesse obucheniya. Mejdunarodnыy nauchnыy jurnal «VESTNIK NAUKI» № 5 (26) T. 3 MAY 2020 g.

Talipov, K. N. (2021). Is graphics important in painting?. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 984-990. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8

Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97-103.

Amirqulov, K., & Abdumutalibova, S. (2019). Heuristic Teaching Technology and Its Practical Application Which in Teaching of Draftsmanship. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 281-284.

Rasulov Murad Absamatovich; Malikov Kozim Gafurovich; Jabbarov Rustam Ravshanovich. "Prikladnoe iskusstvo i xudojestvenno dekorativnoe iskusstvo". 2020/4/24. № DGU 08072, DGU 2020 0409.

Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Збірник наукових праць SCIENTIA.

Tashimov, N., & Samandar, Z. (2021). Improving the quality and efficiency of teaching descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 11(2), 730-733. DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00398.0

Tashimov, N., & Samandar, Z. (2021). Improving the quality and efficiency of teaching descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 11(2), 730-733. https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952

Mansurov, N., & Jalilova, V. (2021). Metodika professionalnogo obucheniya - nauchnaya otrasl professionalnoy pedagogiki. Zbіrnik naukovix pras SCIENTIA. vilucheno іz https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10515

Talipov, N. (2019). Artistic Analysis of Portraits and Other Genres. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 317-320.

Jabbarov, R. (2021, April). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING" LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Конференции. https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088

Malikov, K. G. (2020). THEORY AND PRACTICE OF CONSTRUCTION OF AXONOMERTIC PROJECTS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

Hasanov, A. A. (2020). PECULIARITIES OF PREPARING TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT AND USE OF E-LEARNING RESOURCES. Theoretical & Applied Science, (9), 15-17.

Khalimov, M., & Soliddinova, S. (2021). The knowledge gained by students in engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(1), 260-264. DOI : http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00040.9

Rasulov, M. (2021). NAUChIT STUDENTOV VO VNEShKOLNЫX UChEREJDENIYaX SOSTAVLYaT KOMPOZITSII NA UROKAX REZBЫ PO DEREVU. Zbіrnik naukovix pras ΛΌGOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

Akhmedov, M. U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Xalilov, R. (2021). IMPORTANT FACTORS FOR TEACHING STUDENTS TO WORK ON LANDSCAPE COMPOSITION. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Ne’mat, A. M., & Ankabaev, R. T. (2018). Methodological Principles of Training Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

Ne’mat, A. M., & Ankabaev, R. T. (2018). Methodological Principles of Training Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

Urokova, S. B. (2020). Advantages and disadvantages of online education. ISJ Theoretical & Applied Science, 09(89), 34-37.

Urokova, Sh., & Tuhtashev, U. (2019). Trends of electronic education development. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, Vol. 7 No. 12.

D. Sharipov, A. Abdukadirov, A. Khasanov and O. Khafizov, «Mathematical model for optimal siting of the industrial plants,» 2020 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), Tashkent, Uzbekistan, 2020, pp. 1-3, doi: 10.1109/ICISCT50599.2020.9351476

Hasanov, A. A. (2020). PECULIARITIES OF PREPARING TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT AND USE OF E-LEARNING RESOURCES. Theoretical & Applied Science, (9), 15-17.

Nurtoev, S.Makhkamova Issues of preparing students for artistic and creative activity Russia, Kazan Young scientist 2016/7 687 st http://www.moluch.ru/

Bulatov, S. (2021). Principles of Using Scientific Discoveries in Modernization of The Art Education System. Psychology and Education Journal, 58(2), 1221-1225. www.psychologyandeducation.net

Saodat B. Maxkamova, Sunatulla F. Abdirasilov. Fine Arts Value in Patriotic School Education. Eastern European Scientific Journal. Ausgabe 5-2018. pp-70-74. ISSN 2199-7977. DOI 10.12851/EESJ201805 www.auris-verlag.de