Авторы

  • Абдувохид Исаков
    базовый докторант Наманганского государственного университета Наманган, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp706-711

Ключевые слова:

изобразительное искусство знание будущего компетенция обучение компьютер урок цифровые технологии

Аннотация

В этой статье обсуждаются цифровые технологии, как один из ключевых компонентов общественного развития, и их значение в преподавании изящных искусств. В частности, по основным признакам проанализировано практическое применение цифровых технологий в системе образования Узбекистана.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Practical status of using digital technologies in teaching fine arts

Abduvokhid ISAKOV

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021

This article discusses digital technologies, one of the key

components of social development, and their importance in
teaching the fine arts. In particular, the practical application of
digital technologies in the education system of Uzbekistan was
analyzed based on the main features.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

digital technology,
fine arts,
knowledge of the future,
competence,
teaching,
computer,
lesson.

Tasviriy san’at fanini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan
foydalanishning amaliyotdagi holati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Raqamli texnologiya,
tasviriy san’at,
kelajakka oid bilimlar,
kompetensiya,
o‘qitish,
kompyuter,
dars.

Mazkur

maqolada

ijtimoiy

rivojlanishning

asosiy

komponentlaridan biri bo‘lgan raqamli texnologiyalar va ulardan
tasviriy san’at fanini o‘qitishdagi ahamiyati haqida fikr
yuritilgan. Xususan, O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli
texnologiyalardan foydalanishning asosiy xususiyatlariga
tayangan holda amaliyotda qo‘llanilishi holati tahlil qilingan.

1

Basic doctoral student of Namangan State University, Namangan, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

707

Практическoе

положение

использования

цифровых

технологий в обучении изобразительного искусства

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

цифровые технологии,
изобразительное
искусство,
знание будущего,
компетенция,
обучение,
компьютер, урок.

В этой статье обсуждаются цифровые технологии, как

один из ключевых компонентов общественного развития, и
их значение в преподавании изящных искусств. В частности,
по основным признакам проанализировано практическое
применение цифровых технологий в системе образования
Узбекистана.


XXI asr – yangi shubhasiz texnologiyalar asri. Mazkur davrda zamonaviy texnologiyalarga

oid bilim, malaka va ko‘ninikmalarga ega bo‘lmay turib keng qamrovli kasbiy sifatlarga ega
kadrlarni tayyorlab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning zamon talabi darajasidagi bilim va ko‘nikmalariga
ega bo‘lishlari ularni keying faoliyatga tayyorligining bosh me’zoni hisoblanadi. Shundan kelib
chiqib, bugungi kunda zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib bormoqda.
Chunki, ta’limga zamonaviy yondoshuv asosidagina o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez
o‘zgaruvchan dunyodagi turli mashaqqatlar va chaqiruvlarga har taraflama tayyor bo‘lishi, ijodiy
fikrlashini rivojlantirish, ulkan axborot makonida axborotlarni tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri
izlash, tanlab olish, oldida yuzaga kelgan mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni
ifodalash va hal eta olish kabi masalalrga yechim toppish mumkin.

Shuning uchun ham Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi davrga

qadam qo‘yish asnosida keng fikrlash doirasiga ega, bilimlarni chuqur egallagan, sohasida yetuk
va davr talabiga javob bera oladigan shaxslarga bo‘lgan etibor ortib bormoqda. Bu esa o‘z
navbatida modernizatsiyalangan va sifatli tashkil etilgan ta’limni joriy etish masalasini ko‘ndalang
qilib qo‘yadi. Hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladigan va
yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda
quyida mezonlarni tashkil etilish muhim ahamiyat kasb etadi:

Zamonaviy va ilg‘or ta’lim texnologiyalari;

Raqamli texnologiya + zamonaviy va ilg‘or pedagogic texnologiya Xalqaro tajribalar [1].

Malakali kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bo‘lgan,

sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bo‘lsada, hanuzgacha o‘z dolzarbligini
yo‘qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotiga bog‘liq ravishda yangidan-yangi yo‘nalishlar, ixtisosliklarning paydo bo‘lishi, ular
bo‘yicha kadrlar tayyorlash zaruriyatining vujudga kelishi, o‘zgaruvchan, tezkor davrda
mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bo‘lgan
ehtiyojning shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi kuchli raqobatga
bardosh bera olishga bo‘lgan talabning ortishi sanaladi [2].

Ijtimoiy jarayonlarning ajralmas qismi sifatida ta’lim tizimi, xususan tasviriy san’at fanini

o‘qitish ham, ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanishi unga shu orqali zamon talab
qilayotgan yetuk kadrni tayyorlash imkoniyatini beradi. Shu ma’noda, bugungi kunda har jabhada
keng qo‘llanib kelinayotgan hamda insonlar turmush tarzining bir qismiga aylanib borayotgan
raqamli texnologiyalarni ham o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish zamonaviy tasviriy san’at
o‘qitish metodikasining muhim vazifalaridan biridir.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

708

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tasviriy san’at fanini o‘qitish jarayonida raqamli

texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda nafaqat san’atga bo‘lagan qiziqishlarini orttirish,
o‘quvchida nafosatni shakllantirishda ko‘maklashadi balki, ularda olingan bilimlarni uzoq vaqt
yodda saqlab qolish hamda kelajakka oid bilim va malakalarni shakllantirishda ham katta
ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi bilimning aktualligi u o‘zlashtirilgan
davrdan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi [3]. Raqamli qurilmalardan unumli foydalanish esa
mustaqil izlay olish, kerakli ma’lumotni qisqa muddat ichida qidirib topish, o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasida muntazam fikr almashib turish kabi imkoniyatlarni yaratib berish orqali ma’lumotlarni
muntazam takrorlanib turishini ta’minlaydi va shu orqali o‘quvchilarda “mustahkam bilim”
shakllanishini ta’minlaydi. Jumladan, kompyuter vositalaridan foydalanish shaxsni
shakllantirishda to‘rtta asosiy yo‘nalish (aspekt) bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadi:

falsafiy (dunyoni, estetik ideallarni ilmiy tushunishni shakllantirish);

psixologik (xotira, diqqat, tafakkur, xayol jarayonlarini rivojlantirish, faoliyat

motivatsiyasini saqlab qolish);

professional vaamaliy (maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyat muammolarini hal qilish

uchun dasturiy ta’minotdan foydalanish);

texnologik (kompyuter savodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirish) [4].

Mazkur asosiy yo‘nalishlar fanni o‘qitish jarayonida o‘quv faoliyatini tashkil etish, darslarni

zamonaviy moddiy-texnik bazalar yordamida o‘tish, mavzuni o‘zlashtirishda o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani muntazam amalda bo‘lishini ta’minlash, o‘quvchilarda
zamonaviy tasviriy san’atga oid bilimlar vamalakalarni shakllantirish kabi faoliyatlarda namoyon
bo‘ladi. Xususan o‘quvchilarga mul’tfil’m yaratilish jarayonlari aks ettirilgan videoroliklar
ko‘rsatilsa, mul’tfil’m qahramonlarining ijobiy va salbiy xislatlari, ranglar va chiziqlar
plastikasining jozibadorligi hamda uning yaratilish jarayonidagi qiziqarli va mashaqqatli rassom
mehnatidan bolalar boy taassurotga ega bo‘ladilar.

Rassomlarning asarlaridan namunalar ko‘rsatish va taniqli rassom, pedagog olimlar bilan

masofaviy ta’lim mashg‘ulotlarining tashkil etish orqali esa o‘quvchilarda darsga bo‘lgan
qiziqishni oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yuqori sinflarda loyihalash metodlarini keng qo‘llash
mumkin. Bunda amaliy san’atning qadimiy, milliy va zamonaviy an’analarning uyg‘unlashuvi
asosida yangi jihozlar (binolar, avtomobillar, maishiy va sport jihozlari, liboslar) loyihalashtirish
bolalardagi milliy qadriyatlarimizga nisbatan faxr va mehr tuyg‘usini uyg‘otadi. Mahalliy
xomashyolardan foydalangan holda yaratuvchanlik va ixtirochilik faoliyatlari bolalarning ijodiy
qobiliyatlari shakllanishiga turtki bo‘ladi[5].

Shundan kelib chiqqan holda, tasviriy san’at darslarini raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda tashkil etishning bugungi ahvolini quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqishimiz
mumkin.

1. Multimedia yordamida tashkil etiladigan darslar. Sinfda bitta kompyuter mavjud,

o‘qituvchi uni “electron doska” sifatida ishlatadi. O‘qituvchi tayyor electron ta’lim resurslaridan
yoki multimedia prezentatsiyalaridan, o‘quvchilar esa loyihalarni taqdimot hamda himoya qilish
uchun foydalanadilar. Bunga quyidagi multimediya qo‘llanmalarini misol qilish mumkin: “Milliy
naqsh namunasini ishlash”, “Qalam tasvirda yorug‘ va soyalar bilan ishlash”, “Rang tasvirda
kompozitsiya” va hokazo.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi kundagi O‘zbekiston ta’lim tizimida axborot

komminikatsion texnologiyalardan foydalanish XXI asrning birinchi 10 yilligidagi ahvolga
taqqoslaganda ijobiy tomonga o‘zgargan. Chinki, mamlakatimizda shaxsiy kompyuterlardan
foydalanish soni so‘nggi yillarda aholi jon boshiga qaraganda o‘sish ko‘rsatgichiga ega bo‘lgan [6].


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

709

Natijada, bu jarayon ta’lim tizimi xodimlarida ham texnologik kompetensiyalarni o‘sishiga olib
keldi va bu o‘z navbatida darslarda multimedia vositalar, xususan, mavzugaoid MS Power Point
dasturida tayyorlangan taqdimotlardan foydalanish ko‘rsatkichi ham oshishiga olib keldi.
Jumladan, tasviriy san’at darslarini tashkil etishda ham shukabi multimedia mahsulotlardan juda
keng foydalaniladi.

2. Butun jahon Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan darslar (ham

multimedia, ham kompyuter yordami bilan tashkil etilishi mumkin). Bugungi kunda o‘qitish va
o‘rganish jarayonida Internet texnologiyalariga katta o‘rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar
ta’lim jarayoniga ko‘maklashib, o‘qitish dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, elektron darsliklar va
jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, foydalanuvchilarning turli yangiliklardan
foydalanishlarida, ilmiy va tadqiqot ishlarini olib borishlarida hamda masofaviy loyihalarda
ishtiroklarini ta’minlamoqda [7].

Xususan, tasviriy san’at darslarida ham Internet tarmog‘i ta’lim samaradorligini oshirishda

katta ahamiyatga ega. Misol uchun, internetda joylashgan tasviriy san’atga oid ta’lim
manbaalarining to‘plamlari o‘qituvchiga kerakli ma’lumotlarni topishda katta yordam beradi.
Shuningdek, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida o‘qituvchi o‘rgatuvchi video, rassomlar
faoliyatiga oid videokliplar, individual illyustratsiyalar, fotosuratlar, o‘rganilayotgan
rassomlarning rasmlari reproduksiyalaridan foydalanishlari, shuningdek, katta ekranga
proeksiyalashgan mavziga oid dinamik jadvallar va diagrammalar bilan o‘quvchilarni
tanishtirishlari mumkin.

Qolaversa, agar Internetga ulanish va indan foydalanish imkoniyatlari kengroq bo‘lsa,

o‘quvchilar bilan virtual ekskursiya shaklida dars o‘tkazishni ham mumkin. Bugungi kunda,
ayniqsa butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan pandemiya sharoitida dunyoning ko‘plab muzey va
galereyalari onlayn ekskursiyalar tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini bermoqdalar. Misol uchun,
Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyi, Italiyaning Rim shahrida joylashgan Vatikan
muzeyi, Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Britan muzeylariga bepul onlayn
sayohat qilish mumkin.

O‘zbekiston sharoitida bu usuldan foydalanish imkoniyati biroz cheklangan. Chunki,

resbublikaning ayrim shekka hududlariga internet tarmog‘ining yetib bormaganligi, yoki ayrim
hududlarda internet tezligining pastligi bunday darslarni tashkil etishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ammo, shahar va tuman markazlarida internetdan foydalanish darajasi yuqori bo‘lgani uchun
bunday usuldagi darslarning tashkil etilayotganligini kuzatishimiz mumkin.

3. Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar. Bunday darslar bir nechta

kompyuterlar (odatda kompyuter sinfida), barcha talabalar ularda bir vaqtning o‘zida yoki
navbat bilan ishlashi bilan amalga oshiriladi.

Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar o‘quvchilarda tasviriy san’atda yuzaga

kelayotgan yangi yo‘nalishlar, zamonaviy bilimlar hamda raqamli texnologiyalarga oid
kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada o‘quvchida bugungi kunda vujudga
kelayotgan yuqori sanoatli va axbrot jamiyatida o‘z o‘rnini topa olishida ko‘maklashadigan
malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.

Bugungi kunda Internetning keng tarqalishi, Virtual o‘quv hamda ijtimoiy muhitlarning

ko‘payib borishi natijasida raqamli texnologiyalar va tasviriy san’atni o‘zaro integratsiyasi
mahsuli hisoblangan “Grafik dizayn”, “Web Dizayn”, “Animatsiya”, “O‘yinlar (Game) Dizayni”,
“Raqamli tasviriy san’at” kabi ko‘plab atamalar vujudga kelmoqda. Jumladan, raqamli
(kompyuter) san’at deb kompyuter (axborot) texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan
ijodiy faoliyat tushuniladi, uning natijasida raqamli shaklda badiiy asarlar olinadi. "Raqamli


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

710

san’at" atamasi an’anaviy, raqamli formatga o‘tkazilgan yoki dastlab raqamli shaklda yaratilgan
badiiy asarlarga, shuningdek, ularning asosiy muhiti kompyuter muhiti bo‘lgan yangi turlariga
nisbatan qo‘llaniladi. Bizni qiziqtirgan tasviriy san’at jihatlariga ASCII-Art, kompyuter grafikasi,
raqamli rasm va demo kabilar kiradi [8].

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekistondatasviriy san’at fanini o‘qitishda bu shakldagi

darslar maqsadli tashkil etilmaydi. Buning o‘ziga xos sabablarini fanni tashki etishning huquqiy
asoslari, jumladan O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-
sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda fanning sinflar kesimidagi o‘quv dasturlarini tahlil qilish
orqali ko‘rish mumkin.

Xususan, tasviriy san’at ta’limi davlat standarti san’atning uch turi-tasviriy, amaliy va

me’morchitik san’atlari mazmunini aks ettirgan bo‘lib, u avvalo milliy o‘zbek san’atini, uning
badiiy an’analarini, ayrim mashhur o‘zbek tasviriy, amaliy, me’morchiiik san’atlari ustalarining
hayoti va ijodini, O‘zbekistonda san’atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, O‘zbekistondagi
yirik san’at muzeylarini bilish tasviriy san’at o‘quv predmetini vazifaiaridan biri ekaniigini qavd
qiladi[9].

Shuningdek, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsad

va vazifalaridan kelib chiqqan va ta’limning davlat standartlariga asoslangan holda o‘quvchilarda
yuqorida keltirib o‘tilgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish sinflar kesimida quyidagi
mazmunda amalga oshiriladi.

1. Borliqniidroketish
2. Badiiyqurish-yasash
3. San’atshunoslik asoslari
4. Naturagaqarabtasvirlash
5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda) [10].
Yuqoridagilardan shu ko‘rishimiz mumkinki, fan doirasida raqamli san’at va raqamli

texnologiyalar bilan ishlashga, ularga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan
mavzular yoki bo‘limlar keltirilmagan. Garchi dizaynga oid ayrim mavzular kiritilgan bo‘lsada, bu
mavzular asosan umumiy tushuncha berish hamda dizaynni qo‘lda eskizini yaratishga qaratilgan.

Axborot yondashuvi san’atning jamiyatdagi o‘rni va o‘rnini tushunishga imkon beradi. Shu

jihatdan M.A. Bogomolovaning fikriga qo‘shilmaslik mumkin emas. U shunday deydi: “ijtimoiy
tizimlarning barqaror rivojlanishi san’at ta’siri ostida shaxsni estetik shakllantirish bo‘yicha
doimiy ish olib borilmasdan mumkin emas” [11].

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, darslarning multimedia yordamida tashkil etish tufayli

o‘qituvchi o‘qish vaqtini doskada ishlashga qaraganda 30% gacha tejaydi. U doskada bo‘sh joy
bo‘lmaydi deb o‘ylamasligi kerak, bo‘rning sifati haqida tashvishlanmasligi kerak va
yozilganlarning hammasi tushunarli. O‘qituvchi vaqtni tejash bilan dars zichligini oshirishi, yangi
mazmun bilan boyitishi mumkin[12].

O‘zbekistonda tasviriy san’at fanini o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalar va

multimedia vositalaridan foydalanib darslarni tashkil etishning bugungu ahvolini tahlil qilib,
quyidagilarni aniqladik.

Birinchidan, fan o‘qituvchilari tomonidan darslarni tashkil etishda va o‘quvchilarda fanga

bo‘lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida multimedia vositalari hamda Internet tizimidan keng
foydalaniladi. Ammo, shuni nazarda tutish joizki, mazkur texnologiyalardan o‘qituvchi
foydalanadi ba bu uning texnikaga oid malakalatini takomillashtiradi, lekin o‘quvchilar asosan
ma’lumotni qabul qiluvchi sifatida ishtirok etib, ularda yangi kompetensiyalar shakllanmaydi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415

711

Ikkinchidan,

dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan hamda turli sohalarda faol qo‘llanilayotgan

raqamli texnologiyalar va ularning tasviriy san’at fanida o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan
komponentlari umumta’lim maktablarida o‘rgatilmaydi. Chunki, fanning o‘quv rejalari hamda
o‘qiv dasturlarida bunga doir bo‘limlar yoki mavzular keltirib o‘tilmagan.

Demak, mamlakatimizda tasviriy san’at fanini o‘qitish metodikasi zamon bilan hamnafas

rivojlanib borishi uchun mavjud uslublar va texnologiyalarni takomillashtirishni taqozo qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

M. Pardaeva. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni joriy

etish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari [Journal] // Science and Education. –
2020. – 4: Vol. 1.

2.

U.A. Baykabilov. Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish

bosqichlari [Journal] // Science and Education. – 2020. – 2: Vol. 1.

3.

Х.И. Зарсаева. Использование цифровых технологий в образовании [Journal]

// European science. – 2020. – Vol. 1(50).

4.

А.П. Белиц-Гейман. Возможности компьютерных технологий в процессе

обучения художественной графической композиции [Report]. – 2008.

5.

H.E. Sultanov Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirish (Tasviriy san’at darslari misolida) [Report]. – [S.l.]: Uzluksiz ta’lim, 2016.

6.

Gazeta.uz O‘zbekistonda har yuzta oilada nechta kompyuter, televizor va

avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi [Report]. – [S.l.]: Gazeta.uz, 2020.

7.

Y. Xakimovava

G. Xolmurodova.

Tasviriy

san’at

darslarda

axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish [Conference] // “O‘zbekistonda ilmiy-
amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi Respublika 23-ilmiy keng tarmoqli masofaviy onlayn
konferensiya. – 2020.

8.

С.В. Ерохин Цифровые технологии в современном изобразительном

искусстве [Journal] // Известия ВГПУ. – 2008.

9.

S.F. Abdirasilov Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi [Book]. – Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2012. – B. 41–42.

10.

A. Isaqov. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini tashkil

etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar [Journal] // Maktab va Hayot. –
Toshkent: [S.N.], 2021.

11.

М.А. Богомолова. Устойчивое развитие социальных систем [Conference] //

V Всероссийская Интернет-конференция по проблемам эконофизики и
эволюционной экономики. – Екатеринбург: [S.N.], 2006.

12.

А.Р. Алиева.

Современные

подходы

в

преподавании

предмета

«изобразительное искусство» в общеобразовательной школе [Journal] // Мир
Науки, Культуры, Образования. – 2019. – Vol. № 5 (78).

Библиографические ссылки

M. Pardaeva. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari [Journal] // Science and Education. - 2020. - 4 : Vol. 1.

U.A.Baykabilov. Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari [Journal] // Science and Education. - 2020. - 2 : Vol. 1.

Х.И.Зарсаева. Использование цифровых технологий в образовании [Journal] // European science. - 2020. - Vol. 1(50).

А. П.Белиц-Гейман. Возможности компьютерных технологий в процессе обучения художественнойб графической композиции [Report]. - 2008.

H.E.Sultanov Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish (Tasviriy san'at darslari misolida) [Report]. - [s.l.] : Uzluksiz ta'lim, 2016.

Gazeta.uz O‘zbekistonda har yuzta oilada nechta kompyuter, televizor va avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi [Report]. - [s.l.] : Gazeta.Uz, 2020.

Y.Xakimova va G.Xolmurodova. Tasviriy san’at darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish [Conference] // “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi Respublika 23-ilmiy keng tarmoqli masofaviy onlayn konferensiya. - 2020.

С.В.Ерохин Цифровые технологии в современном изобразительном искусстве [Journal] // Известия ВГПУ. - 2008.

S.F.Abdirasilov Tasviriy san’at o’qitish metodikasi [Book]. - Toshkent. : "Fan va texnologiya", 2012. - pp. 41-42 betlar.

A.Isaqov. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarini tashkil etish va o’tkazishga qo’yiladigan zamonaviy talablar [Journal] // Maktab va Hayot. - Toshkent : [s.n.], 2021.

М.А.Богомолова. Устойчивое развитие социальных систем [Conference] // V Всеросссияская Интернет-конференция по проблемам эконофизики и эволюционной экономики. - Екатеринбург. : [s.n.], 2006.

А.Р.Алиева. Современные подходы в преподавании предмета «изобразительное искусство» в общеобразовательной школе [Journal] // Мир Науки,Культуры, Образования. - 2019. - Vol. № 5 (78)