Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The problem of literary language in the written sources of the
first half of the XIX century
Sarvinoz SHARIPOVA
1
Laylo RAUPOVA
2
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi and
Ahmad Yassavi International Turkish-Kazakh University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The article analyzes the problem of literary language in
Central Asia in the first half of the XIX century. In particular,
the works of Munis, Makhmur, Gulkhani, Muqimi, Furkat are
studied from the lexical point of view. The role of different
dialects and dialects in the formation of literary language is
illustrated by examples.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
literary language,
dialect,
local dialect,
lexical layer,
Maxmur,
Gulkhani,
Munis,
Muqimi,
Furkat,
colloquial language.
XIX-asr birinchi yarmi yozma yodgorliklarida adabiy til muammosi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
adabiy til,
lahja,
mahalliy sheva,
leksik qatlam,
Maxmur, Gulxaniy,
Munis, Muqimiy,
Furqat, so‘zlashuv tili.
Maqolada XIX-asr birinchi yarmida Markaziy Osiyodagi
adabiy til muammosi tahlil qilinadi. Xususan, Munis, Maxmur,
Gulxaniy, Muqimiy, Furqat ijodi namunalari leksik nuqtayi
nazardan tadqiq etiladi. Misollar orqali turli lahja va
shevalarning adabiy til yaratilishidagi o‘rni haqida mulohaza
yuritiladi.
1
Master, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi and Ahmad Yassavi
International Turkish-Kazakh University. Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: mahmudrajabov2809@gmail.com.
2
Doctor of Philology, Professor, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher
Navoi and Ahmad Yassavi International Turkish-Kazakh University. Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
891
Проблема литературного языка в первой половине
написанных источников XIX века
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
литературный язык,
наречие,
местный диалект,
лексический пласт,
Махмур,
Гулхани,
Мунис,
Мукими,
Фуркат,
разговорный язык.
В статье анализируется проблема литературного языка
Центральной Азии в первой половине XIX века. В частности,
с лексической точки зрения изучаются произведения
Муниса, Махмура, Гулхани, Мукими, Фурката. Роль разных
наречий и диалектов в формировании литературного языка
проиллюстрирована примерами.
O‘zaro feodal urushlar, Buxoro va Xiva xonliklarining Eron davlati bilan urushga
mamlakatda iqtisodiy va madaniy tushkunlikni yanada keskinlashtirar edi. Shuning uchun
ham bu davrda ijod etgan shoir va yozuvchilarning asarlarida mehnatkash ommaning jabr
ko‘rishlari o‘zining aksini topgan edi. Bu davr shunisi bilan xarakterliki, unda badiiy stilda
hajviya stili keng qo‘llanishda bo‘ldi.
Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi.
XVII–XIX asrlardagi o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda o‘sha davrda yaratilgan tarix asarlari,
tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manba bo‘ladi.
XIX-asrlar adabiy tilini o‘rganishda mazkur davrlarda yashab ijod etgan shoirlar
ijodi ham yetarli manba bo‘ladi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Maxmur, Gulxaniy,
Bahodirxon Munis, Ogahiy, Feruz, Muqimiy, Furqatlar munosib hissa qo‘shdilar.
Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an’anasi bilan birga, g‘arbiy adabiy til shakllari
ham uchraydi. Bu Fuzuliy she’riyati tilining ta’siri natijasida paydo bo‘lgan.
XIX-asrlar adabiy tilining taraqqiyotida, uning jonli so‘zlashuv tili hisobiga boyib
borishida Vafoiy (hayoti va faoliyati haqida to‘la ma’lumot yo‘q), Muhammadrizo Ogahiy,
Pahlavonquli Ravnaq, Mujrim-Obid, Shermuhammad kabi shoir va yozuvchilarning roli
kattadir. Shundan biz Munis, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy va Furqat asarlarining til
xususiyatlari bilan tanishamiz.
Munisning lirik she’rlari devon sifatida to‘plangan bo‘lib u “Munis-ul-ushshoq” deb
ataladi. Shuningdek, u “Firdavs-ul-iqbol” tarixiy asarining hamda pedagogika va
tilshunoslikka oid “Savodi ta’lim” risolasining muallifidir. Munis Mirxondning “Ravzat-us-
safo” asarini o‘zbek tiliga tarjima ham qilgan.
Munis adabiyotida va adabiy til normalarini saqlashda Navoiy traditsiyalariga amal
qiladi. Shuning uchun ham u Navoiyni o‘ziga pir, ustod deb biladi:
Sөz ichrә Navāiyki, jahāngirdurur
Munisg‘a maāniy yolыda pir durur.
Har bir progressiv yozuvchi va shoirlarda bo‘lganidek, Munis o‘z ijodiyotida Navoiy
traditsiyalarini davom ettirar ekan, adabiy tilni xalq so‘zlashuv nutqi hisobiga boyitib
bordi.
Munis Xorazmiy asarlarida xalq so‘zlashuv tilida mavjud bo‘lgan leksik boyliklardan
ustalik bilan foydalandi. Uning tilida
umoch, atala, tang, lang, pavgon, taqir-tukur, shaqur-
shuqur, qabag‘, tapuq, qopu, evur, evrulay evurdi, yugorusa, yurumoq, batar
kabi so‘zlar
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
892
qo‘llangan. Shoir she’riyatida ko‘tarinki ruhni saqlash maqsadida
ma’ni kishvarin (ma’no
viloyati), (ahli donish, guli-gulshan, otashi ishqing, ganji husn, guli latif, mehrobi tarh, (osh
uchun qurilgan bino), motomi oshufta (oshiq motami)
kabi izofali birikmalardan ham
foydalandi.
Munis asarlaridagi grammatik formalar asosan o‘sha davr normalariga muvofiq
keladi. Ayrim affiks variantlaridagana farqlar seziladi. Masalan, qaratqich kelishigi
-nun
tarzida uchraydi:
Muniңdek өzүңi xazin qыlma kөp
Kүңүl mātamidin g‘amыn qыlma kөp.
Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi.
Munis she’rlarida bog‘lovchilardan
lek, va lekin, var
kabi bog‘lovchilari qo‘llangan.
Lek sendin kөrүb base ixlās
Seni bu xizmat ichrә qыlduq xās.
Valekin charxi dunparvar qыlыb lahza yүz bedad
Vujudimnы etibdүr xāk yanglыg‘ mujibi nakbat.
Var yaxshы tug‘ulmasa qalamlar
Shak yoqki yaman tushular raqamlar.
Munis asarlarida o‘g‘uz tili elementlari ham ko‘plab qo‘llangan:
1) buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli;
2) Shermuhammad Munisning o‘zi o‘g‘uz shevasi vakili bo‘lishi tufayli;
3) Ulug‘ Ozarbayjon shoiri Fuzuliyning ijodidan ilhomlanish tufayli uning asarlariga
kirib kelgandir.
Uning she’rlarida sifatdoshning
-mish
affiksi bilan ifodalangan turi qayd qilinadi:
Hamesha bashыm urarmen yolыng sarы sanamā
Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamā.
Shuni aytish kerakki,
-mish
affiksining olgan so‘z uning asarlarida o‘tgan zamon fe’li
ma’nosida ham qo‘llangan:
Roza bisyor meni taң etmish (etdi)
Badanim sust, ayag‘ыm laң etmish.
Bo‘l
so‘zining o‘g‘uz tillariga xos
o‘l
varianti ham qo‘llangan:
Har sөzki kөңүldin oldы mavjud
Xat bolmasa, bolg‘ay erdi nābud.
Yoki:
Shayxlar kandidin oldыm tangdil
Lutf ilә bol dilkusho, ey mug‘bacha.
Navoiy va Bobur asarlarida uchraganidek, hozirgi-kelasi zamon fe’lining bo‘lishsizi
-
mon
affiksi bilan ifodalangan:
Bā vujudi mahrumiyat tapmыsham mahrumlik
Har nechә qыlsam jaamul bilman anың illәtin.
Munis asarlaridagi arabcha-forscha so‘zlarning qo‘llanishida Navoiy va Bobur
traditsiyasiga amal qilganini ko‘ramiz. Munis tomonidan qo‘llangan arabcha, forscha-
tojikcha so‘zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so‘zlardir. Lekin ulardan Munis
o‘z o‘rnida va maqsadga muvofiq foydalangan Turkiy so‘zlardan foydalanish ya’ni undan
qofiya, radif sifatida foydalanishda Lutfiy ijodining ta’siri ko‘rinadi. Masalan,
Tez etar jānān g‘amы ishqыm otыnы qozg‘alab
Qaydurur ul otg‘a bir-bir ustuxānimni qalab.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
893
Yoki:
Jānыmg‘a urdung ātashi ishqыng tutashturub,
Yaqtыng songaklarimni ul otg‘a qalashturub.
Yoki:
Ultururlar meni har dam kөzu qashы talashыb
Tirguzurlar ikki jān baxsh dudāg‘ы yarashыb.
Keltirilgan baytlardagi qofiyalarda turkiy so‘zlar ishtirok etgan. Munis hatto undov
va taqlidiy so‘zlardan ham qofiya sifatida foydalangan.
Firākың shiddatidin kөzlәrimdin qan aqar tim-tim,
Kөrib anы raqibi kinavar har dam kүlәr qah-qah.
Chekar zavqi sihi qadding bilә qumrы fig‘ān ku-ku
Tuzar shavqi gүli ro‘yың bilә bulbul navā chaq-chaq.
Ko‘rinadiki, o‘zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch yoydi.
O‘zbek adabiy tili taraqqiyotining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi holatini
Gulxaniy asarlari orqali o‘rganamiz. Gulxaniy shoir sifatida bir necha g‘azallar va XVIII asr
oxirining prozasi namunasi bo‘lgan “Zarbulmasal” asarining muallifidir. Uning g‘azallarida
tematikasi va tilida avvalgi shoir va yozuvchilar traditsiyasi saqlangan holda, unda
o‘g‘uz
elementlari nisbatan kengroq o‘rin egallagan. Masalan, I shaxs hozirgi-kelasi zamon fe’lida
o‘tuzcha
xususiyat seziladi.
Belu ag‘zыdыn nishān gar biz sari mo‘ desәlәr,
Әylәrәm inkār iqrār etmәdim dārыn kөrүң.
Sifatdosh bo‘lishsizdan so‘ng
-z
affiksi bilan hosil qilingan:
Kөngүl өzүdәdүr dunyag‘a arzi ehtiyoj etmәz
Tariqat saliki, bu yolda mayli izdivāj etmaz.
Shart mayli
– za
affiksi bilan hosil qilingan.
Ayrim so‘zlardan fonetik jihatdan ozarbayjon tiliga xos xususiyat ko‘rinadi:
Qayu bemāra la’lidin shifā vermish masih āsā
Nadin ul sho‘x anglab, Gulxaniy, darding ilāj etmәz.
“Zarbulmasal” asari o‘sha davr prozasining namunasi bo‘lishi bilan birga, folklor
materiallaridan foydalanib yozilganligi uchun ham, xalq tilining adabiy tilga
yaqinlashtirishga xizmat qilgan asarlardandir.
Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida xalq og‘zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga
uning uslubi va badiiy vositalarini ham saqlab qoldi. Bular quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
1.
“Zarbulmasal”ning ayrim hikoyalari xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan so‘zlar bilan
boshlanadi: “Bor erdi Farg‘onada bir sarbān” (Tuya bilan bo‘taloq), “Ilgargi ayyomda ikki
kabutar bor erdi” (Bozonda va Navozanda).
2.
Ommaviy janr bo‘lgan maqollardan o‘rinli foydalangan.
Asarda ikki tildan (o‘zbek, tojik) maqollar keltirilib boradi va bu maqollar asar
mazmuniga ustalik bilan singdirib boriladi.
Asar tilida jonli tilga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni ko‘ramiz:
1. Qaratqich va tushum bir xil ko‘rsatkich bilan ifodalangan o‘rinlar mavjud:
Hosili umri edi ul baynы
Atы gunashbonu oshal bayni.
2.
–q
bilan tugagan so‘zlarga III shaxs egalik affiksi qo‘shilganda, negizidagi shu
undoshlar jaranglamaydi:
Farāsat ayaqы aqsaq qыznы āshыqыg‘a berdi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
894
3. Adabiy tilda qo‘llanib kelingan
yechmaq, chechmaq,
tarzida qo‘llangan:
“Yana bir
masal borki: Er bashiga shi tushsa, өtүk chechmәy suv kechәr”.
4. Jonli tilga xos bo‘lgan
– turgon
affiksi qo‘llangan:
hamiyat himmatini darjo‘sh
kelturub, yarim xazina dinār, yүz teva, uch yүz qaramal, uch yүz yыlqы, besh yүz qoy va
qыznың bash-kөzi yasala turgan qalыnnы jamlab...
5. Jonli tilda bo‘lgan
itәrchi (it boquvchi: “It qig‘onni itorchi qilmas”), yavuq (uzoq),
sunmaq (taklif qilmoq:) “Soqiyi tushtaroqlar piyola suna boshladilar”), “Burnog‘i
(avvalgi)lar masalidurki”.
Shuningdek “Zarbulmasal”da xalq o‘rtasida keng qo‘llanadigan
teva, taka, ayran,
sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qo‘naq, aqsaq, yantaq, boqaq, kulba, kurk tavuq, tutav,
sachbag‘, tushav, bo‘ydaq,
kabi so‘zlar ishlatilgan.
6. Og‘zaki nutqda ko‘p qo‘llaniladigan frazeologik birikmalardan foydalangan:
ag‘zыnы bir burchidin chekar,.. Jan satыb өzin uyin etardi tan. Ag‘ыz ashga yetgәndә burni
qanagan, xās tarbuznы qoltug‘uңga alma
va boshqalar.
“Zarbulmasal”da qo‘llangan boshqa til elementlari avvalgi so‘z ustalari asarlarida
ishlatilib kelgan grammatik va leksik elementlarga muvofiq keladi.
Asarda fors-tojik va arab so‘zlari ham ana shu davr traditsiyasiga ko‘ra
qo‘llangandir. Gulxaniy asarlarida stil talablariga muvofiq sinonim so‘zlardan unumli
foydalangan:
g‘am-g‘ussa-anduh, āsmān-kөk-falak, xalq-ulus-el, ism-at, yoldash-hamrāh,
nāma-xat, ay-qamar, āftāb-quyash-shams-xurshid, chayan-aqrab, taraf-jonib, yүz-āraz-
jamāl, daryo-nahr
va boshqalar.
Demak, Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng
foydalandi. Saroy aristokrat yozuvchilari esa jonli tildagi qator oddiy so‘z va iboralarni
qo‘llashdan bosh tortib saroy adabiyotining murakkab, og‘ir til va davom ettirgan bir
vaqtda Gulxaniyning jonli til elementlarini keng qo‘llashi dunyoviy adabiyotning hamda
shu bilan o‘zbek adabiy tilining boyishida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
Maxmur o‘zining hajviy asarlari bilan inqilobgacha bo‘lgan o‘zbek adabiy tilidagi
satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish bejiz emas. Chunki
xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va shaharlarning xarobaga aylanib borishini
ko‘rgan shoirning g‘azabi oshgan edi. Ana shu g‘azablari “Munojon ba dargohi qoziyul xijot”
(xudo dargohida yolvorish), “Hapalak”, “Ta’rifi valoyati qurama” kabi satirik asarlarida o‘z
aksini topdi.
Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san’atkordan badiiy til vositalaridan
ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini individuallashtirishda jonli til
elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Ma’lumki, klassik she’riyatimiz uchun ko‘tarinki uslub xarakterli. Satirada esa
she’rdagi ko‘tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tushunarli bo‘lgan uslubni
yaratish talab qilinadi. Xuddi shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. Individual til
va obraz yaratish uchun Maxmur ayrim shevalarga xos bo‘lgan so‘zlardan foydalanadi:
qыsa-qыlsa, boma-bolma, qыgan-qыlgan, kegәy-kelgәy, bosam-bolsam, yanыlmadыm-
yanmadыm, ayыlmadыm-ayrlmadыm.
Undan tashqari keng xalq ommasida qo‘llanib,
omma kitobiy uslubga kiritilmagan so‘z va iboralarni ko‘plab ishlatadi. Masalan,
katalak,
kamalak, katak, kapa, ālachuq, yerto‘la, ajiriq, o‘gur, sumalak, biyobān, alato‘rtko‘z,
ko‘ppak, burush (burd), yalaq, tubak
va boshqalar. Misollar:
Xalqыnы kөrsәң agar өlәsi-yү qaqү xarāb,
Achlыgыdыn egilib qāmatы misli kamalak.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
895
Ajыrыg‘ tamыrыnы og‘urыda mayda tuyub
Qaynatыb kүndә ichәr, atыnы derlәr sumalak.
Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham seziladi.
Masalan, “Munojot” satirasida shunday misralar bor:
Amri-nahyыng rāhi bātil uzrә ermish yadыmыz
Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz.
“Avsofi louboli o‘ratepagi” satirasida:
Hisābi jurmimi bilsәg Shumāri chox qumdыn
Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun.
Shuningdek, shoir uslubida ba’zan na o‘zbekcha, na tojikcha anglanishi qiyin
konstruksiyalar, lug‘atsiz tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Ular ko‘pchilikni
tashkil etmaydi.
Shunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv
o‘zbek adabiyotining vakillaridan biri bo‘lgan Maxmur o‘zining merosi, xususan satirik
asarlari bilan o‘zbek adabiyotining, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyotiga munosib hissa
qo‘shdi.
Muqimiy ijodining tili, badiiy tasvir vositalari boy va original bo‘lib, shoir ijodiy
yo‘nalishiga mos tushadi, uning g‘oyaviy asarlarini o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Har qanday yozuvchi tilning taraqqiyoti darajasi uni xalq tiliga yaqinlatishda
ko‘rinadi. Bu yaqinlashishi adabiy tilning xalq tili saviyasi darajasiga tushush degan so‘z
emas, aksincha xalq tili boyliklarini egallab, o‘zlashtirib, unga jilo berish, unga muntazam,
ko‘rkam tus berib uni yuqori pog‘onaga ko‘tarish degan so‘zlar.
Ma’lumki, adabiy tilning boyishida, muhim manba-xalq jonli tilidir. Muqimiy bu
manbadan juda unumli foydalandi va adabiy tilni umumxalq tili hisobiga boyitdi. Muqimiy
asarlarida buning son-sanoqsiz misollarini topish mumkin: “bo‘zchi”, “kosov”, “poxsa”,
“bezgak”, “loy”, “arava” va boshqalar.
Shunga o‘xshash so‘zlar asrlar davomida xalq ichida yashab kelgan va aloqa vositasi
sifatida ishlatilgandir. Lekin, turli sabablar bilan bu so‘zlar yozuvchilar diqqatidan chetda
qolib kelgan, adabiy til xazinasiga qo‘shilmay qolgan edi. Bu boylikdan Muqimiy ustalik
bilan foydalandi.
Muqimiy tili taraqqiyotidagi yana bir manba, bu davrda, ulug‘ rus tili bo‘ldi. Muqimiy
o‘zbek adabiy tilini ulug‘ va qudratli rus tili elementlari hisobiga boyitdi. Bu davrda adabiy
tilimizga “zavod”, “poezd”, “mashina”, “samovar” va boshqalar kabi rus internatsional
so‘zlari Muqimiy asarlari orqali o‘zbek tiliga kirdi va o‘zlashib, adabiy til mulkiga aylandi.
Shoir Muqimiyning va umuman demokrat shoirlarning xizmati shundaki, ular
jamiyatda aloqa vositasi sifatidan ishlatilib turgan bu yangi til elementlarni saralab, o‘zbek
tilining ichki qoidalariga muvofiqlashtirib oldilar va ularni jasurlik bilan adabiy til mulkiga
qo‘shdilar.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy va siyosiy voqealarga boy davr bo‘lib,
O‘zbekiston xalqlari tarixida, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida o‘ziga xos bir bosqichni
tashkil qiladi.
O‘zbek adabiy tili ko‘p asrlik an’anaga ega bo‘lib, u A. Navoiy tomonidan
shakllantirilgan va rivojlantirilgan. Zamonlar o‘tishi bilan Navoiy tilidagi ayrim shakllar
o‘zgarib, eskira boshladi. Muqimiy tili Navoiy tilining eski o‘zbek adabiy tilining davomi
hisoblanganda, undan ko‘p jihatdan farq qiladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
896
Buning sababki shuki, til jamiyat va iqtisodiy turmushda bo‘lgan hamma
o‘zgarishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita o‘zida aks ettiradi.
Muqimiyning o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan hissasi uning xalqchilligida namoyon
bo‘ldi.
U xalqqa tushunarli tilda yozishni o‘z uslubning ajralmas qismi deb bildi, oldingi
asrlarda yashab, ijod etgan ilg‘or yozuvchilarga nisbatan birmuncha ilgarilab ketdi.
Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat mavzu, syujet va shunga mos
g‘oyanigina olmasdan, shu bilan birga, bitmas-tuganmas manba bo‘lgan xalq tilidan ham
keng foydalandi.
Muqimiy o‘z asarlarini yozishda folklor asarlarining uslubi, badiiy usullari, tili va
boshqa xususiyatlaridan keng foydalandi. U “Tanobchilar”, “Moskovchi boy ta’rifida”,
“To‘y” kabi asarlarni folklor tiliga xos bo‘lgan kichraytirish, erkalash shakllaridan
samaralari foydalandi.
Masalan:
Zulfi kokilchilar yuzginasiga tushgan,
Anga o‘xsharki tutar oyginani qoligina.
Muqimiy o‘z asarlari tilini xalqchil qilish uchun folklorda ko‘p qo‘llaniladigan
sifatlar, o‘xshatish so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash, metafora, metonimiya, allegoriya,
mubolag‘a kabi badiiy til vositalaridan keng foydalandi. Masalan,
“Botini cho‘li qozon,
qaynar ichida revu rang”
. Shori muttassib din peshvolarining nodonligini ko‘rsating uchun
ko‘ngillarini qora qozonga o‘xshatadi.
Muqimiy asarlarida so‘zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar uchraydi, ulardan
ba’zilarining adabiy tilda muqobillar bo‘lsa, ba’zilariniki yo‘q. Shoir ko‘rpa, tezak, ezma,
ko‘sav, mag‘zaba, uvoda kalla kabi xalq tiliga xos so‘zlarni ko‘p ishlatadi. Muqimiy ishlatgan
qoyagich, intiq, taqir so‘zlarining o‘zbek adabiy tilida sinonimi yo‘q.
Oshiqidan choyxo‘rni bexabar qolg‘ich olur,
Bir miri otu bir paqir aravang.
Barcha kallakdor-u, barcha pahlavon qurbaqalar,
Hoji o‘zi murdor ekan.
Muqimiy asarlarida so‘z tarkibidagi bir tovushning boshqa bir tovush bilan
almashish hodisasini ham uchratamiz. Masalan: q-x almashishi:
Bo‘lsa shu yaxshi debiki maxtag‘aning,
Nigoh kayfi uchkay, kelsa agar taraxlab.
Ch-sh almashishi:
og‘izlari maqtanib o‘n besh qarshi.
B-m almashishi:
Tabakay mundog‘ malomat kunjida doim Muqimiy.
Muqimiy asarlari tilida so‘zlashuv nutqiga xos grammatik shakllarni ishlatish
hollarini ham uchratamiz. Masalan: adabiy tilda -zor affiksi jonsiz narsa-buyumlarga
qo‘shiladi.
Muqimiy keng xalq ommasiga tushunarli xalqchil til uchun kurashar ekan, Navoiy,
Maxmur, Turdilar izmidan bordi, demokratik kayfiyatga mos she’riy me’yorlarni izladi.
Muqimiy tilida eski o‘zbek tilining xususiyatlari ham mavjuddir.
Muqimiy so‘z tanlash va ijod qilishda o‘zidan oldingi shoirlarga ergashdi. U Lutfiy,
Navoiy, Jomiy, Maxmur, Turdi kabilarning asarlarini o‘qib-o‘rgandi, ular kabi g‘azallar
yozdi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
897
Muqimiy asarlari tilida mumtoz shoirlar asarlarida uchrovchi leksik unsurlar,
grammatik shakllar ko‘zga tashlandi. Shori asarlarida eski o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lgan
erur, –dur, –ibon, –mish kabi shakllar ishlatiladi.
Muqimiy tili ba’zi g‘arbiy turkiy unsurlarning mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
Unda o‘tgan zamon sifatdoshining -mish affiksi va -on shakli, hozirgi-kelasi zamon fe’lining
birinchi shaxs birligi
bilmam
shaklida, ikkinchi shaxs birligi
aylayyur
shaklida, bo‘lmoq fe’li
o‘rniga
bo‘lmish
fe’li ishlatiladi.
Muqimiy o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish sohasida davr talablariga hozir javoblik
bilan katta xizmatlar ko‘rsatdi. U adabiy tilni demokratlashtirishga, uni jonli xalq tiliga
yaqinlashtirishga, e’tibor berdi, yangi tushunchalarni ifodolovchi ko‘plab rus so‘zlarni
ishlatdi.
Furqatning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u demokratik
shori sifatida badiiy-adabiy til va uslubni so‘zlashuv nutqiga yaqinlashtirishga harakat
qildi. Furqat o‘zining “Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida” nomli asarida ham olg‘a
suradi. Bunda u til va uslubning soddaligi hamda ommabopligi muommolarni ko‘tarib
chiqadi.
Furqat xalq so‘zlashuv tilini, urf-odatlarini puxta o‘rganadi va oddiy xalqning
hayotiga chuqur kirib boradi. Buni tasdiqlovchi dalil sifatida u yozgan “Gapning tasvifi”,
“To‘y tasvifi”, “Aza tasvifi” kabi asarlarni ko‘rsatish mumkin.
Furqat xalq og‘zaki ijodiy va unga tegishli bo‘lgan she’rlar, maqollarni o‘rganib,
shular asosida o‘z asarlarining tilini xalqchil qilishga intiladi.
Furqat novator shoir sifatida o‘zbek adabiy tili leksikasini yangi ma’nolar va shakllar
bilan boyitdi. Masalan: shoir barq, doru, olmos so‘zlariga boshqacha ma’no yukladi. “Barq”
so‘zini “Elektr toki” ma’nosida “Olmos” so‘zini lampochkaning volfram simi ma’nosida
ishlatdi.
Furqat asarlarida ijtimoiy hayot, fan, madaniyat, iqtisodiy turmush sohalarida paydo
bo‘lgan yangi tushunchalarni ifodolovchi ruscha so‘zlardan va bu til orqali kirib kelgan
boshqa so‘zlardan ham samarali foydalandi. Masalan: akt, bal, zal, teatr, real, gazet, zakun,
mashina kabi she’rlarida shunday misralar uchraydi: “Kirib vistivkani qildik tamosho”.
O‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan Furqat ta’riflayotgan voqea, xodisa, narsa va
buyumlar tasvirining real chiqishi uchun bu so‘zlardan foydalandi. Bu so‘zlar o‘zbek tili
leksikasining zamonaviy so‘zlar bilan boyiganligini ko‘rsatadi. Bu davrga kelib tilning
grammatik qurilishi ham ancha silliqlashdi. Masalan, Navoiyning ko‘pgina baytlarini
hozirgi o‘zbek kitobxonlari qiyinchilik bilan tushunsalar, Furqat she’rlarini osongina
tushuna oladilar. Lekin Furqat tilini hozirgi o‘zbek tili bilan tenglashtirib qo‘yish
yaramaydi.
Furqat tilida ayrim so‘zlardagi affikslar singormanizm talabi asosida yozilganini
uchratamiz. Masalan, Fono bo‘ldim, yo‘q o‘ldim, ushbu olamdin meni rasvo.
Furqat tilida o‘g‘uz tili unsurlari ham mavjuddir. Jumladan, o‘tgan zamon sifatdosh
yasa/vochi va -on affiksi, uchinchi shaxs kishilik olmoshi -on shakli bo‘lmoq fe’li o‘lmoq
shaklida kelish ko‘zga tashlanadi.
Furqat asarlarida fors-tojik tiliga xos bo‘lgan aniqlovchi va aniqlanishning yoki
qaraqich birikmaning i bilan birikkan izofa qurilmalari ko‘p uchraydi.
Emish Rusiyaga sardori lashkar,
Olib to‘rtinchida ta’lim nemis.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
898
Furqat XIX asring ikkinchi yarmida Navoiy an’anasini qisman davom ettirish bilan
birga, o‘zbek adabiy tilini yangi grammatik shakllar va rus tilining leksik unsurlari bilan
boyitdi. O‘sha davr o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. Furqat asarlari
til orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning ko‘pchiligi hozirgi kunda ham adabiy til me’yoriga
moslashtirilgan holda ishlatilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Muxtorov U. Sanaqulov. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent: “O‘qituvchi”, 1995.
2.
N. Rahmonov, Q. Sodiqov. O‘zbek tili tarixi. Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti”, 2009.
3.
A. Aliyev, Q. Sodiqov. O‘zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent: “O‘zbekiston”, 1994.
4.
M. Is’hoqov, N. Rahmonov, Q. Sodiqov, B. To‘xliyev. O‘lmas obidalar (O‘zbekiston
xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo‘yicha tadqiqotlar). Toshkent: “Fan”, 1989.
5.
U. Tursunov, B. O‘rinboyev. O‘zbek adabiy tili tarixi (Pedagogika institularining
filologiya fakultetlari studentlari uchun qo‘llanma). Toshkent: “O‘qituvchi”, 1982.
6.
Niyazova G., Raupova L., Основные признаки и причины популярности
детективного жанра. ОИ 2021. 2. – С. 515–524.
7.
A. Rafiyev. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent: “Mirzo
Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bosmaxonasi”, 2004.
8.
S. Obloqulov. “Tafakkur va til tarixidan”. Toshkent: “O‘zbekiston KP Markaziy
Komitetining Birlashgan nashriyoti”, 1969.
9.
Bafoyev. Ko‘hna so‘zlar tarixi. Toshkent: “Fan”, 1991.
10.
E. Fozilov. O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Toshkent: “Fan”, 1965.
11.
S. Ashirboyev, I. Azimov. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent – 2007.
