Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Effects and consequences of the development of Central Fergana
desert territories on the ecology of the region
Ravshan ABDULLAYEV
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021
In the second half of the twentieth century, the USSR’s cotton
monoculture led to the development of dry and arable lands and
the development of cotton growing, creating new water
networks. Several reservoirs and canals were excavated.
Examples include the Big Fergana Canal (1939) and the Big
Andijan Canal (1965). Syrdarya water was used to supply these
water networks. As a result, in the 60s and 70s of the XX century,
the river water level decreased, and eventually the Aral Sea was
not supplied with water. This situation was also observed in the
Amudarya, as a result of which the water volume of the Aral Sea
decreased from year to year and became a global problem. This
article discusses the environmental problems caused by the
Soviet Union’s cotton monoculture in the second half of the
twentieth century, which was caused by the development of dry
and arable lands.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Yazyovan,
Pop, Mingbulak,
Ulugnor,
Big Fergana Canal,
Butifos,
Aral tragedy,
Aral Rescue Company.
Markaziy Farg‘ona cho‘li hududlarini o‘zlashtirilishining mintaqa
ekologiyasiga ta’siri va oqibatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Yozyovon,
Pop, Mingbuloq,
Ulug‘nor,
Katta Farg‘ona kanali,
Butifos,
Orol fojiasi,
Orolni qutqarish
kompaniyasi.
XX asr ikkinchi yarmida SSSR amalga oshirgan paxta
yakkahokimligi quruq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirilishi va
paxtachilikning rivojlantirilishi oqibatida yangi suv tarmoqlari
vujudga keltirildi. Bir nechta suv omborlari va kanallar qazildi.
Masalan, Katta Farg‘ona kanali (1939-yil), Katta Andijon kanali
(1965-yil) shular jumlasidandir. Bu suv tarmoqlari ta’minoti
uchun Sirdaryo suvlaridan foydalanildi. Natijada XX-asr
60–70-yillarida daryo suvi kamayib oxir-oqibatda Orol dengizini
1
Independent researcher, Namangan State University. Namangan, Uzbekistan.
E-mail: Ravshanabdullayev@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
176
suv bilan ta’minlamay qo‘ydi. Bu holat Amudaryoda ham
kuzatildi, natijada Orol dengizi suv hajmi yildan-yilga kamayib
global muammoga aylandi. Mazkur maqolada XX-asr ikkinchi
yarmida SSSR amalga oshirgan paxta yakkahokimligi quruq va
bo‘z yerlar o‘zlashtirilishi oqibatida vujudga kelgan ekologik
muommolar haqida so‘z yuritiladi.
Влияние и последствия развития Центральных Ферганских
пустынь на экологию региона
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Язяван,
Пап,
Минбулак,
Улугнор,
Большой Ферганский
канал,
Бутифос,
Аральская трагедия,
компания по спасению
Арала.
Во второй половине двадцатого века монокультура
хлопка в СССР привела к освоению целинных и пахотных
земель и развитию хлопководства, создав новые сети
водоснабжения. Были раскопаны несколько водохранилищ
и каналов. Примеры включают Большой Ферганский канал
(1939 г.) и Большой Андижанский канал (1965 г.). Для
снабжения этих сетей водоснабжения использовалась вода
Сырдарьи. В результате в 60–70-е годы ХХ века уровень
воды в реке снизился, и со временем Аральское море
перестало снабжаться водой. Такая ситуация наблюдалась и
в Амударье, в результате чего объем воды Аральского моря
уменьшался из года в год и стал глобальной проблемой. В
данной статье обсуждаются экологические проблемы,
вызванные монокультурами хлопка в Советском Союзе во
второй половине двадцатого века, вызванными освоением
засушливых и пахотных земель.
Mustabid sovet tuzumi dastlabki kunlaridan aylantirish uchun kommunizmga
sakrab o‘tish, kommunizmga jadal yurish, kommunistik jamiyat qurilishini jadallashtirish
kabi shiorlarni amalga oshirdilar. 1985-yil aprelidan esa boshlangan so‘nggi qayta qurish
ham yuqoridagi shiorlarning davomi bolib, kommunistik mafkuraga xizmat qildi. Bu
shiorlar davrida million-million paxta xom ashyosini yaratuvchisi paxtakor dehqonning
ma’naviy va moddiy manfaatlari cheklab qo‘yildi. Chunki, 1917-yil oktabr to‘ntarishidan
keyin vujudga kelgan siyosiy va noiqtisodiy xo‘jalik yuritishning shakl va uslublari qariyb
74 yil davom etdi. Markazning iqtisodiy javhadagi o‘zboshimchaligi urush yillarida
e’tiborsiz qolgan o‘zbek qishloqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Chunki urush davrida
imkon darajada qishloqdan (oziq-ovqat, xomashyo, ishchi kuchlari va h.k.)olindi, lekin
qishloqqa esa hech narsa berilmadi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi sovet agrar siyosatining
tobora yangi-yangi zararli illatlari o‘zini namoyon qila boshladi. Stalin mamuriyati
kommunizmga jadal yurishdan iborat xayoliy rejalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida
odatdagidek qishloqda mamuriy tazyiq o‘tkazishga zo‘r berdi. Jamoa va davlat
xo‘jaliklaridan davlatga mahsulot yetkazib berishni keskin oshirish talab qilindi, bunda
xo‘jalik imkoniyatlaridan emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. Qishloq xo‘jaligini
yuksaltirish uchun yirik kapital mablag‘lar talab qilinardi. Biroq ular yetarlicha berilmas
edi. Urushdan keyingi davrda O‘zbekistonning agrar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
umumiy mablag‘lar hajmining bor-yogi 7% ajratildi. Davlatning jamoa xo‘jaliklariga
yordami asosan texnika yetkazib berishdan iborat boldi, bu texnika esa MTSlar tassarufida
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
177
edi. Shu bilan birga jamoa xo‘jaliklari mahsulotlariga belgilangan xarid narxlari urushdan
oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qoldi, vaxolanki, dehqonxo‘jaliklari oladigan
sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20 baravar ortdi. Natijada davlat qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini deyarli tekinga oladigan boldi. O‘zbekiston rahbariyati qishloq
iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor edi, shuning uchun ham paxta
yetishtirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini ma’lum darajada
bir xil qiymatga ega bo‘lgan resurslar bilan ta’minlashga intildi. Xususan, respublika
aholisining moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan oziq- ovqat ekinlarini ma’lum
miqdorda yetishtirisha e’tibor berildi. Biroq bu hol markazning paxta yakkahokimligini
kengaytirishga qaratilgan imperiyacha yo‘liga zid keladi.
1947-yilda O‘zbekistonning maxsus xodimlari Moskva mahalliy vazifalar foydasiga
umumdavlat manfaatlarini unutib qo‘yishda aybladi. Markazning deriktiv yo‘lyoriqlariga
muvofiq ustunlik faqat paxtachilikka qaratildi. Shuningdek belgilangan rejani bajarish
yo‘lida milliy rahbarlarga va busiz ham paxtazorlarda og‘ir mehnat qilayotgan qishloq
mehnatkashlariga nisbatan jazo tazyiqlari kuchaytirildi. Natijada 1952-yilda Ozbekiston
davlatga 2 mln. 367 ming t. paxta topshirdi, bu 1940-yildagiga nisbatan deyarli ikki
baravar ko‘p edi. Biroq bu o‘sishga agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi obyektiv
sog‘lom jarayonlar tufayli emas, balki o‘zbek dehqonlarini ayovsiz ishlatish hisobiga
erishildi. Paxta yakkahokimligini mustahkamlashga qaratilgan bu imperiyacha siyosat
respublika qishloq xo‘jaligining umumiy ahvoliga jiddiy tasir ko‘rsatdi. Masalan, 50-
yillarning boshlarida O‘zbekiston ekin maydonlarni urushdan oldingi darajasiga yetkazib
bo‘lmadi. Don ekinlari yalpi hosili 1940 yildagi 615.1 ming t.dan 443 ming t.ga, uzum 1302
ming t.dan 840ming .t.ga, poliz ekinlari 331.9 ming t.dan 153 ming t.ga tushib qoldi. Ayni
vaqtda sabzavodlar hosildorligi gektariga 152 t. dan 73 t. ga, poliz mahsulotlari 84 t.dan 66
t. ga tushib qoldi.
XX-asr 40-yillaridan boshlab Markaziy Farg‘ona cho‘llari o‘zlashtirilishi boshlandi.
Urush tugagach paxta yakkahokimligi siyosati tufayli qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish
yanada avj oldirildi. 1956-yil 6-avgustda Markaziy Osiyoda joylashgan Mirzacho‘l, Qarshi,
Sherobod qatorida Markaziy Farg‘ona cho‘llari ham o‘zlashtirila boshlandi. Bu yerlarda
yangi paxtachilik jamoa xo‘jaliklari tashkil etildi. Jumladan, Andijon viloyatida Bo‘z va
Ulug‘nor, Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq, Farg‘ona viloyatida Yozyovon va
Qo‘shtepa tumanlari paydo bo‘ldi.
Bu hududlarda yerlarning o‘zlashtirilishi va paxtachilikning rivojlantirilishi
oqibatida yangi suv tarmoqlari vujudga keltirildi. Bir nechta suv omborlari va kanallar
qazildi. Masalan, Katta Farg‘ona kanali ( 1939-yil ), Katta Andijon kanali (1965-yil ) Bomba
kanali shular jumlasidandir. Bu suv tarmoqalari ta’minoti uchun Sirdaryo suvlaridan
foydalanildi. Natijada XX-asr 60–70-yillarida daryo suvi kamayib oxir-oqibatda Orol
dengizini suv bilan ta’minlamay qo‘ydi. Bu holat Amudaryoda ham kuzatildi, natijada Orol
dengizi suv hajmi yildan-yilga kamayib global muammoga aylandi. Bu haqda quyidagi
ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40–45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga
pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10
baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l
gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik”
dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash
hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili
atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda,
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
178
Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish
sur’atlari o‘sib bormoqda.
Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda
toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30
foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik
oʻzgarishlarning aholi turmush faoliyatiga koʻrsatayotgan salbiy taʻsirini oʻzida aks
ettirgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orol fojiasining salbiy oqibatlarini
yumshatish, mintaqada ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholiga munosib turmush
sharoitini yaratish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni nafaqat
yurtdoshlarimiz, balki jahon hamjamiyati ham diqqat-eʼtibor bilan kuzatmoqda.
Binobarin, Orol dardi allaqachon olamning ogʻriqli dardiga aylanib ulgurgan.
Suv chekina boshlagani 1972-yildayoq maʼlum boʻlib qoldi. Eng qiyin davr 1979–
1980-yillarga toʻgʻri keldi. Oʻshanda dengiz shunday jadal surʼatda orqaga ketdiki,
qirgʻogʻidan hatto 15–20 kilometrgacha nari ketdi. Bugungi kunga kelib, dengizning
avvalgi qirgʻogʻidan hozirgisigacha boʻlgan masofa yuz kilometrdan ham ziyodni tashkil
etadi. Bu-chinakam fojia! Qachondir kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan
koʻl deyarli yoʻqoldi, uning oʻrnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro –
Orolqum paydo boʻldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni
koʻtarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolboʻyida yashab kelayotgan tub aholi
uchun nihoyatda ogʻir sharoit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinchi galda,
davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va koʻmakka juda muhtoj. Toʻgʻri, ilgari Orol
muammosini hal etish bilan shugʻullanilmagan, deya olmaymiz. Oʻzbekistonning oʻzida
ham, xalqaro miqyosda ham, masalan, Orolni qutqarish Xalqaro Jamgʻarmasi tomonidan
turli chora-tadbirlar koʻrilgan. Nazarimda, Orol boʻyidagi vaziyatni oʻnglash bilan
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga koʻra, aniq va kompleks tarzda shugʻullana
boshladik. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, jahon
hamjamiyatining saʼy-harakatlarini Orol fojiasi oqibatlarini yengish uchun faol
birlashtirishga chaqirdi hamda undan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish boʻyicha
qabul qilingan maxsus BMT Dasturini toʻliq hajmda roʻyobga chiqarishga daʼvat etdi.
Xalqaro hamjamiyat Oʻzbekiston yetakchisining tashabbusiga qoʻshildi. Misol
uchun, BMT huzurida Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama
sheriklik asosida Trast fondi tuzildi. Unga turli mamlakatlardagi donorlardan hududda
yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar roʻyobi
uchun mablagʻ kelib tusha boshladi.Orol fojiasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashda
boshqa davlatlarning koʻmagi juda muhim. Mazkur keng koʻlamli ishga Oʻzbekistonning
oʻzi bosh boʻlishi kerak. Darhaqiqat, mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda qator yirik
loyihalar faol amalga oshirilyapti. Masalan, Orolning qurigan qismida saksovul ekishga
alohida eʼtibor berilyapti. Maʼlumotlarga koʻra, mustaqillik yillarida Orolboʻyida
saksovulzorlar 400 gektardan ortiq maydonni tashkil etgan. Ammo hamma koʻchatlar ham
tutib, oʻsib ketmagan. Davlatimiz rahbari tomonidan 500 ming gektar yerga koʻchat ekish
topshirigʻi berildi. Saksovul ekish ishlari 2023-yilga qadar belgilangan.
Shu bilan birga Orol fojiasidan tashqari Markaziy Farg‘ona cho‘lidagi 100 ga yaqin
yovvoyi hayvonlar turi va 150 dan ortiq o‘simlik dunyosi nobud bo‘lgan. Yerlarning
unumdorligi yildan-yilga pasayib borgan. Masalan, 1952-yilda har gektaridan 22 ts hosil
olingan bo‘lsa, 1965-yilda 19 ts ni tashkil etdi. Shuningdek paxta hosilini ashirish uchun
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
179
DTT va butifosdan keng foydalanildi. Bu esa vodiy ekologik muhiti va aholi salomatligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xulosa qilib aytganda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida mintaqa yerlarining
o‘zlashtirilishi , suv resurslaridan notog‘ri foydalanish sun’iy suv havzalarining yaratilishi
chuqur ilmiy xulosalarga asoslanmagan agrar siyosat butunjahon insoniyatini tashvishga
solayotgan Orol fojiasini keltirib chiqardi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
A. Nobilsev, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab, O‘zbekiston 1976-yil.
2.
G‘ Fozilov, Vodiyni olmos kamari. Farg‘ona, 1996-yil.
3.
Alisher Bek, Moziy-ul Yozyovon. Farg‘ona, 1997-yil.
4.
F. Zohidova, S. Fayozova. “Ekologiya” Dalil va raqamlarda: Fan va Turmush,
1990-yil 2-son.
5.
www.uz.demetr.com.
6.
www.tadqiqot.uz.
7.
www.ziyonet.uz.
