Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical conditions for increasing the social activity of
students through folk pedagogy
Kibriyo ABDULLAYEVA
1
, Mavluda KADIROVA
2
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021
Recently, the issue of increasing the activity of students, the
development of a culture of personal thinking has been considered a major
problem in the sciences of philosophy, psychology and pedagogy. On the
one hand, it is important to ensure that teachers have a deep professional
knowledge, social inclination and creative thinking in solving their
professional tasks and problems of social life. On the other hand, the
process of thinking of the future student is inextricably linked with the
development of worldview, socio-political, spiritual-legal, as well as culture,
which are an important aspect of social consciousness and activity of the
individual. This article discusses the pedagogical conditions for increasing
the activity of students through folk pedagogy.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
folk pedagogy,
student,
activism,
knowledge,
creative thinking,
social consciousness, culture,
development.
Xalq pedagogikasi yordamida o‘quvchilarda ijtimoiy faolligini
oshirishning pedagogik shartlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
xalq pedagogikasi,
talaba,
faollik,
bilim,
ijodiy fikr,
ijtimoiy ong,
madaniyat,
rivojlanish.
Keyingi paytlarda o‘quvchilar faolligini oshirish, shaxsning fikrlash
madaniyatini rivojlantirish masalasi falsafa, psixologiya va pedagogika
fanlarida asosiy muammo sifatida qaralmoqda. Bir tomondan,
o‘qituvchilarning kasbiy vazifalari, ijtimoiy hayotiy muammolarini hal
etishlarida ularning chuqur kasbiy bilimga egaligi, ijtimoiy moyilligi va
ijodiy fikri rivojlanganligini ta’minlash muhimdir. Ikkinchi tomondan,
bo‘lajak o‘quvchining fikrlash jarayoni dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-huquqiy, shuningdek, madaniyatining rivojlanganligi bilan uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular shaxsning ijtimoiy ongi va faoliyatining muhim jihatini
tashkil etadi. Mazkur maqolada xalq pedagogikasi vositasida
o‘quvchilarning faolligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida
so‘z yuritiladi.
1
PhD student, Namangan State University. Namangan Uzbekistan.
E-mail: kibriyoabdullayeva@mail.ru.
2
Lecturer, Namangan State University, Namangan, Uzbekistan.
E-mail: mavludaqodirova@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
192
Педагогические условия повышения социальной активности
студентов с помощью народной педагогики
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
народная педагогика,
студент,
активизм,
знания,
творческое мышление,
общественное сознание,
культура,
развитие.
В последнее время вопрос повышения активности
учащихся, развития культуры личностного мышления
считается важнейшей проблемой в науках философии,
психологии и педагогики. С одной стороны, важно, чтобы
учителя
обладали
глубокими
профессиональными
знаниями, социальной ориентированностью и творческим
мышлением при решении своих профессиональных задач и
проблем общественной жизни. С другой стороны, процесс
мышления будущего школьника неразрывно связан с
развитием
мировоззрения,
социально-политического,
духовно-правового, а также культурного, которые являются
важным аспектом общественного сознания и активности
личности. В статье рассматриваются педагогические
условия повышения активности учащихся средствами
народной педагогики.
O‘zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda demokratik fuqarolik
jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga bog‘liq. Xususan,
tarbiyaning samarali shakl va usullaridan foydalanish hususida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, quyidagicha vazifa qo‘yadi: “yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning
boy milliy, madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga
joriy etiladi”. Davlatimiz tomonidan ta’limga berilayotgan e’tibor o‘quvchilarning har
tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga etishlarida Vatanimiz ravnaqi uchun munosib
kamol topishlarida dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va
tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; tarbiyalanuvchilarning badiiy-
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish
va takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o‘yin folklorining o‘rni va
ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folklor-etnografik dastalari-estetik tarbiya markazi ekanligi,
vorislik, ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni
shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha
san’ati-tsirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik,
taqlidgo‘ylik, maddohlik, qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo‘zaxo‘rlik alyorlari
kabi san’atlarining tutgan o‘rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an’anaviy sporti,
fizkulturasi-farzandlar jismoniy baquvvatligi va etukligining garovi ekanligi, chaqqonlik,
epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi,
tarbiyalanuvchilar o‘yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik
tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o‘rni, jismoniy tarbiya va
sport ko‘nikmalarida xalq qiziqarli tomosha san’ati, ahloq-odob va ta’limning uyg‘unligi va
o‘ziga xosligi xalq sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning
axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq a’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg‘unlashuvi
muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar
dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o‘simliklar va giyohlarga; ruxsat, suv, borliq-
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
193
atrofga insoniy munosabat-xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslarining asosi
ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg‘ish va olqish-
duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-
sayllari “Navro‘z”, “Mehrjon”, “Hayit-ro‘za”, “Hayit bayrami” va boshqalarning,
tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog‘iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami,
beshikka solish, birinchi kiyim-bosh kiydirish, besh, etti kun, o‘n bir kunligi, bir yilligi, uch,
to‘rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, ukuv muassasasiga borishi, sunnat qilinishi,
kokil qo‘yish, kokil oldirish, mo‘ylov oshi, uylanish-nikoh to‘yi, birinchi farzand ko‘rish,
qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg‘ambar yoshi, etmish, sakson, tuqson yillik
yubileylari, kumush to‘y, oltin to‘y, marvarid to‘y va boshqa bayram-sayllar, to‘y-
tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik
yo‘nalishi, ahamiyati va shu kabilar. Keyingi paytlarda o‘quvchilar faolligini oshirish,
shaxsning fikrlash madaniyatini rivojlantirish masalasi falsafa, psixologiya va pedagogika
fanlarida asosiy muammo sifatida qaralmoqda. Bir tomondan, o‘qituvchilarning kasbiy
vazifalari, ijtimoiy hayotiy muammolarini hal etishlarida ularning chuqur kasbiy bilimga
egaligi, ijtimoiy moyilligi va ijodiy fikri rivojlanganligini ta’minlash muhimdir. Ikkinchi
tomondan, bo‘lajak o‘quvchining fikrlash jarayoni dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-huquqiy, shuningdek, madaniyatining rivojlanganligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
ular shaxsning ijtimoiy ongi va faoliyatining muhim jihatini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari orasida
bilimlar, har tomonlama bilimdonlik, intellekt va madaniyatning ajratib ko‘rsatilishi
tasodifiy emas. O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina
haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini doimo
takomillashtirib borishi zarur.
O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari
tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining individual
pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak.
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog
faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini
har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy
uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi,
ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
2.
Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda
pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z faoliyati
maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish
o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote
ta’kidlaganidek: “Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi
ham o‘z-o‘zidan kelaveradi”.
3.
Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish Shuning
uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatini mantiqini o‘quvchilar
ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham
ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan
quyidagilarni talab qiladi:
–
jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat
maqsadlarini “o‘sib” uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
–
muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
–
o‘quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning
belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
194
Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida xususiyatlari, ro‘y
berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan
takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs
takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega
bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.
2.
Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga
yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin
emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3.
O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan
o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun
ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchilarning o‘zida
paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy
tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini doimo
takomillashtirib borishi zarur.
O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari
tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining individual
pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Milliy maktabni yaratish uchun hozirgi ta’lim mazmuni va o‘qitish jarayonidagi
ko‘pgina kamchiliklarni tuzatish, muammolarni hal qilish zarur. Buning uchun quyidagi
tamoyillar va ustivor yo‘nalishlarni hayotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir:
–
Har bir fan o‘qituvchisi o‘z soxasi bo‘yicha madaniy va tarixiy me’rosni chuqur
bilishga e’tiborni kuchaytirish, qayta tayyorlash kurslarida ularni malakasini oshirish;
–
Birinchi sinfdan boshlab milliy xalq turmush tarzi bilan bog‘lanmagan
materiallarni darslikdan chiqarib tashlash, ular o‘rniga xalq pedagogikasi, tarixiy
hikoyatlardan kiritish;
–
Boshlang‘ich sinfdan boshlab ona tili bilan bir qatorda xorijiy (arab, fors, ingliz,
ispan, nemis va boshqa) tillarni o‘qitishni, qiroatxonlikni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;
–
Maktabda milliy kasb-hunarni o‘rgatadigan to‘garaklar, birlashmalar tashkil etish
(masalan: o‘ymakorlik, ganjkorlik, sopol va chinni idishlar yasash, gilam to‘qish, milliy
chevarchilik, kosibchilik va xokozo);
–
Maktabda barcha uchun ta’limning uch bosqichini qo‘llash, bexuda mablag‘
sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘qish istagi bo‘lmagan yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga
qiynalayotganlar boshlang‘ich ma’lumot bilan cheklangan holda ularni kasb hunarga
o‘rgatish masalasini hal etish:
–
Iqtidorli o‘quvchilardan iborat sinflar tashkil etish;
–
Har bir maktabda “Meros muzeyi”ni tashkil etish. Ushbu muzeyda ilm-fan, san’at,
o‘tmish tarix haqidagi materiallarini joylashtirish.
–
Har bir sinfda “Madaniy va tarixiy me’rosimizni o‘rganamiz” rukni asosida
qiziqarli burchak tashkil etish.
–
Har bir maktab binosining zalini milliy, madaniy va tarixiy me’rosni aks ettiruvchi
ko‘rgazmali materiallar bilan bezash.
–
Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda milliy urf-odat, an’analrga
e’tiborni kuchaytirish;
–
“Xalq pedagogikasi” fakul’tativ kursini joriy etish.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
195
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har bir inson bolalikdan o‘z xalqini, millatini
qadriyatlarini, og‘zaki va yozma adabiyotini hamda san’atini, urf-odatlarini, ilg‘or
an’analarini, xalqchil ma’naviy merosini o‘rgansagina, o‘sha xalqqa va millatga mansub
bo‘la oladi. Shu sababli oila, bolalar bog‘chalari va Boshlang‘ich sinfdan boshlab maktabni
tugatguncha bolalarga xalqni g‘ururi, milliy qadriyatlarini singdira olmasak, bu borada
ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Farzandlarimizning barkamolligi va yuksak
odobliligiga erishish uchun esa milliy ta’lim tarbiyaga asoslangan maktabning bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
Xalq ommasining turmush faoliyat jarayonida to‘plangan tarbiya borasidagi tajriba
va bilimlar yig‘indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalar ekan ya’ni xalq pedagogikasi
– mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining yoshlarni kutilgan maqsadga muvofiq
kishilar qilib shakllantiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo‘lgan qarashlari
hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo‘llanib
kelingan usul vosita, ko‘nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida
to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi
xalq ommasining og‘zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya
haqidagi ma’lumotlari – pedagogik ijodlari yig‘indisidir.
Mamlakatimiz isiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va
qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og‘zaki adabiyotlarni tiklash va yanada yuksaltirish,
milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish zaminini musahkamlash, uni davr talablari
bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish
maqsadlariga katta ahamiyat berildi.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi: Xamma narsa
hisobga olinishi, xech bir soha chekkada kolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda
nozik, injik, murakkab tamonlari e’tiborga olingan xolda, etti o‘lchab bir kesishga amal
kilinadi, shuningdek xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutadi, ya’ni
tarbiyani o‘tmishni unutmaslik, bugunning kadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib
boriladi. Unda xayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko‘rinish qisqasi
jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi.
Xalq pedagogikasini ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari,
tasdiklash kabilar tarbiyada muxim o‘rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog‘-tosh, parranda-
darrandalarga bag‘ishlangan namunalarida tarbiya yotadi.
Shuningdek xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so‘zlar duo olqishlar xam tarbiyaga
karatilgan bo‘lib, ulardan asosan duo-olqishlarning ta’sir kuchi, tarbiyaviy axamiyati, inson
ma’naviy ustivorligi, imon-e’tiqod butunligi kabi insonni har tomonlama barkamol kilib
tarbiyalashning roli va o‘rniga e’tibor qaratilgan.
Xalqimizning xalq pedagogikasi g‘oyalariga tayanib, uni o‘rganib, to‘la amal qilgan
barcha farzandlari doim el-yurt nazariga tushgan va olqishiga sazovor bo‘lgan.
Xalq pedagogikasining bunchalik darajada ta’sir kuchi uning yashovchanligi, boyib
borishi, vatan taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynashiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
1.
Xalq pedagogikasining beqiyosligi, ta’sirchanligi serqirra, serma’noligidir.
2.
Xalq pedagogikasining bevosita xalq tomonidan mavjud hayot davomida jonli
an’analarida yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini o‘z ichiga qamrab olishidir.
3.
Xalq pedagogikasi umuminsoniy yunalishicha va umumbashariy g‘oya-
maqsadlarga qaratilganligi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
196
Komil insonni tarbiyalash esa, avvalo, yuksak ma’naviyatli, odob – axloqli, xushxulq
etib tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon – e’tiqodli
farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning zng katta boyligidir. Ana shunday
farzandlarni tarbiyalash, voyaga etkazishda xalq pedagogikasi tajribalaridan unumli
foydalanishlo‘rganish kechiktirib bulmaydigan dolzarb vazifadir.
Umuman o‘zbek xalq pedagogikasi xalqimizning asrlar osha o‘z xayotiy tajribalari,
farzandlar kamolati borasida tutgan udumlari, sa’y-harakatlari, yul-yuriklari, aql-
zakovatlari natijasida yaratilgan meroslar majmuasidir.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalq
pedagogikasi manbalaridan foydalanish, uning namunalaridan keng foydalanish insonni
har tomonlama kamol toptirish, ma’naviyatimizning ustuvorligi, iymon-e’tiqodimizning
butun bo‘lishi garovidir. O‘qituvchilarning asl maqsadi, o‘quvchilarning o‘quv istagi va
shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ularni barcha darslarda faol bo‘lishlariga jalb qilish,
ta’limga bo‘lgan qiziqish va mustaqillik tuyg‘usini uyg‘otishdir. O‘qituvchi ta’lim jarayonida
o‘quvchilarni faollikka undovchi yangi o‘qish metodalarini o‘ylab topishga, interfaol
metodlarni ta’lim tizimiga tadbiq etish yo‘llarini izlashga harakat qiladi.
Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining yirik namunasi hisoblangan dostonlarda
umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-
odobi, urf-odatlari, marosimlari, an’analari, orzu-umidlari, erk va ozodlik yo‘lidagi
mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, sevgi-muhabbatga sadoqati, kelajakka yaqqol
ifodalangan. Buni “Alpomish”, “Yakka Ahmad”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Oysuluv”,
“Shirin bilan Shakar”, “Kuntug‘mish” kabi dostolarida ko‘rish mumkin. CHunki bu
dostonlar, avvalo, xalq pedagogikasining tarkibiy qismini tashkil etib, ularda oila va bola
tarbiyasi, kelin-kuyov mas’uliyatli va burchi, ota-ona va o‘zgalarga hurmat tuyg‘usi, do‘stlik
va hamkorlik, xayru sahovat va mehmonnavozlik, sevgi va sadoqat, jasurlik va
qahramonlik fazilatlari kabi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ulug‘langan. Misol uchun bu
dostonlarda qanday milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topganini ko‘zdan kechiraylik.
“RUSTAMXON” dostoni Oqtosh viloyatining bahodiri Rustamxonga bag‘ishlangan
bo‘lib, uning kundoshlar tuhmatiga yo‘liqqan onasi Huroyimni jallodlardan qutqarish
yo‘lidagi jasurligi va onasi bilan o‘z yurtidan boshini olib ketgan davridagi g‘aroyib va
hayotiy sarguzashtlari tasviridan iborat. Dostondagi tarbiya vositalaridan biri shuki, unda
xalqimizning ayolga samimiy munosabati, onaga nisbatan hurmat va e’zozi, onalik va
bolalik baxtu iqboliga bo‘lgan mehru muruvvati g‘oyat hayajonli lavhalarda tasvirlangan.
Masalan, otasi Sultonxon podsho buyrug‘i bilan 300 jallod tomonidan onasi Huroyimning
Mansur doriga haydab ketilganligini eshitgan o‘n to‘rt Yoshli Rustamxon otni egarlab, jang
asboblarini ilib, ikki tozisini yo‘lga solib, jallodlar ketidan kuvlab boradi va ularga qarshi
jangda katta g‘ayrat-matonat ko‘rsatadi. Dostonda begunoh onani-tuhmatga yo‘liqqan
Huroyimni qutqarish, unga omonlik tilash yo‘lida xalqning diniy qarashlari, islom g‘oyalari
bilan bog‘liq tasavvuridan ham g‘oyat o‘rinli foydalanilgan. Avvalo uch xotindan ham
farzand ko‘rmay, shohlik shavkatini ham tashlab ketishga rozi bo‘lgan Sultonxon diniy
udumga ko‘ra, so‘fi-darveshlardan fotiha olgandan keyin, “hademay Huroyim degan
o‘rtancha xotini xomilador bo‘lib qoladi”. So‘ngra xalqning diniy tushunchasiga ko‘ra,
Mansur dori begunoh tuhmat bilan o‘ldiriladigan kirishilar uchun qurilgan. SHu bois
Huroyimning begunoh o‘ldirilishini istamagan xalq xudoga iltijosini Huroyim tilidan
shunday izhor etadi:
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
197
“...Senga osilgandir tuhmatning bari,
Begunoh quridi oyimning sho‘ri,
To‘rt ming gaz ko‘taril Mansurning dori,
Otganda etmasin jallod arqoni!
... Huroyim bu so‘zni aytib bo‘lgandan keyin dor shiqirlab, poyidan qo‘zg‘alib
ko‘tariladi. Dor ham endi bu tuhmatdan xazar qiladi...”
(Rustamxon, 386–387-sahifalar).
Dostonda sharqona tarbiyaning yana bir ko‘rinishi farzand odob-axloqi, mehr –
shavqati va burchining ota-onaga itoatida, hurmat qilishida, gap qaytarmasligida namoyon
bo‘lishidir. CHunonchi, Rustam zolimlarni engib, onasini eson-omon ko‘rgandan keyin,
endi Oqtoshga qaytamizmi, deb onasidan maslahat so‘raydi. Onasi shunday javob
qaytaradi:
“Meni desang Oqtosh elga bormayman,
Otangning diydori qursin, ko‘rmayman,
Qaytib borib, bu ish esimga tushib,
Sira, bolam, burungiday bo‘lmayman.
Meni desang, boshqa yurtni izlagin,
Qursin otang, men ixtiyor qilmayman!...
Rustam esi kirib qolgan, kitob o‘qib har gapning ma’nosiga tushunadigan bo‘lgan,
serfahm, aqli ko‘p yigit edi. Enasining so‘zlarini tinglab, ma’nosiga tushunib, ...enasining
gapi ma’qul bo‘lub: . Ena, unday bo‘lsaixtiyor senda-da. Sen shu gaplarni aytding; men
otamning qoshiga bormayman, sendan ayrilib qolmayman. Tirik bo‘lsak, bir tepada, o‘lik
bo‘lsak bir chuqurda. Endi senning hayoling qaerda bo‘lsa, mening ham hayolim shu erda,
dedi”.
(Rustamxon, 390–391-sahifalar).
Ona va bola o‘rtasidagi shu birgina samimiy muloqotdan ajdodlarimizdan meros
qolgan hurmat, mehr-muhabbat qoidalari targ‘ib etilgani yaqqol ifodalangan. Aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, bunday ota-onaga, kattalarga hurmat qoidasi asosini e’zozlash,
rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, xizmatga tayyor turish, avaylash, ma’qullash, to‘g‘ri
maslahat berish, ranjitmaslik, samimiy va iltifotli bo‘lish kabi muhim insoniy fazilatlar
tashkil etishi ta’kidlangan.
“Rustamxon” dostonida bunday ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarni unda
tasvirlangan barcha voqea-hodisalar va obrazlarda ko‘rish mumkin. Zotan, dostonning
asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi ham – ona yurtga muhabbat qo‘yish, oddiy kishilarga muruvvat
ko‘rsatish va yaxshilik qilish, dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat bildirish, olijanob ezgu
niyatlar yo‘lida qat’iyat, dovyuraklik va jasurlik ko‘rsatish, katta Yoshdagi kishilarga
jumladan, ota-onaga mehr-shafqatli, muruvvatli, sahovtli bo‘lish, insonlar o‘rtasidagi
birodarlikniulug‘lashdan iboratdir.
“MURODXON” dostoni o‘zbek xalq ijodining muhabbat mavzuini kuylovchi eng nodir
asarlaridan biridir. Doston syujetini Oqtosh mamlakatining podshosi Murodxonning unga
bir ko‘rinish bergan Orzigul parini sevib qolishi, oila qurish maqsadida uni izlab, uzoq
yurtlarga ketishi, qahramonliklar ko‘rsatib, ma’shuqasining visoliga etishuvi tashkil etadi.
SHu bois dostonda ilgari surilgan asosiy g‘oya – har qanday ezgulik, olijanoblik, do‘stlik,
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
198
vatanparvarlik, qahramonlik, dovyuraklik faqat sof sevgi tufayli amalga oshishini, faqat
muhabbatgina inson kamolotini, ma’naviy qiyofasini belgilab berishini va u yovuzlik,
yomonlik, adolatizlik ustidan tantanani ta’min etuvchi kuch ekanini ko‘rsatishdan
iboratdir. Masalan, Murodxon na mamlakati, na nomu nishonidan darak bermagan pari –
Orgzigulni izlab, kimsasiz, suvsiz cho‘lu biyobonlardan o‘tadi, “borgan odam qaytib yurtni
ko‘rmagan” baland va xavf – xatarli tog‘lardan oshadi, boshi va oxiri ko‘rinmaydigan
Xunxor daryosidan uch oyu o‘n kun deganda kechib o‘tadi. Nihoyat Ko‘lquduq
mamlakatining podshosi Oqilxon bilan tanishib uning yordamida Orzigulni yurti Guliston
mamlakati ekanligini bilib, yana yo‘lga tushadi. Ko‘p beklarni halok qilgan “juda zo‘rabor”
Afsar devni engib, u bilan do‘stlashadi va dev taqdim etgan falang otda ko‘kka uchib,
Guliston mamlakatiga boradi. Orzigulni olib, Afsar devning manziliga qaytib keladi.
Ketidan o‘n ikki ming lashkar bilan quvib kelgan Qiron shoh lashkarlariga qarshi yakka o‘zi
jang qilib, uni engadi va shohning rozi-rivoligini olib, Oqtosh yurtiga omon-eson etib
keladi. Ana shunday voqealar rivoji davomida xalqimizning haqiqiy sevgi, mehru vafo,
do‘stlik, samimiylik, olijanoblik, mardlik, baxodirlik, epchillik, uddaburonlik, sabru-
matonat, jonbozlik, aql-idroklik, fahm-farosatlilik, ishonch, sadoqat, saxiylik, odillik,
mehmonnavozlik kabi qadriyatlar ulug‘lanadi.
Misol uchun dostonda ajdodlarimizning sharqona odob-axloqini, fe’l-atvorini va
muruvvatini ifodalovchi vosita bo‘lmish mehmondo‘stlik qadriyati fanday ifodalanganini
ko‘zdan kechiraylik. Ma’lumki, Sharq xalqlariga xos mehmondo‘stlik eng qadimgi
davrlardan mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan qadriyatlardan
hisoblanadi. CHunki mehmondo‘stlik odamga mehr qo‘yish, bir-biriga sahovatli va oqibatli
bo‘lish, oqko‘ngillik va olihimmatlilikning yuksak ifodasidir. Buni biz “Murodxon”
dostonidagi ijobiy obrazlardan biri – Ko‘lquduq mamalakatining podshosi Orzigul parining
do‘sti Oqilxon timsolida g‘oyat jozibali tasvirlanganini ko‘ramiz. Oqilxonning do‘stlikni
qadrlashi va e’zozlashi, do‘st uchun har qanday yaxshilikni, mol-dunyoni ayamasligi uzoq
yo‘ldan piyoda horib-yaaryaab kelgan, ochlikdan holdan toygan, mashaqqat chekkan
Murodxonga ko‘rsatgan mehribonligida, mehmondo‘stlikning barcha rasm-rusumlariga
rioya qilib, izzat-ikrom bilan kutib olganida yaqqol ko‘rinadi: “Murodxonning ... ko‘nglini
xushlab, ko‘shkiga boshlab olib borib, ostiga palos tashlab, qirqin qiz bekning xizmatida
turdilar.
Oqilxon ... Murodxonning oldiga kelib, qo‘l uzatib ko‘rishib, so‘rashib, dasturxon
yozib, har turli taomlardan tortib, ko‘p siylab tashladi.
... Murodxonning oldiga pista, rusta, bodom, har xil alvonda nozu ne’mat narsalardan
tortib, oltin kosalarga sharob suzib, Murodxonning ko‘nglini xuo‘lab ziyofat ustiga ziyofat,
asal ustiga sharbat tortib, maylisni qizitib o‘tira berdi. Hammasi zarli-zarbof kiyimlardan
kiyib, Murodxonga jilvalar qilib, ko‘nglini olib, nozlar bilan gapira berdi...”.
SHu xilda vaqtixushlik bilan oqshomni o‘tkazib, Oqilxon ertalab mehmon bilan
tanishadi, uni maqsadi yo‘lida xizmat qilishiga va’da berib, o‘z mamlakatini mehmonga
ko‘rsatadi.
“Oqilxon shahrining yarmini Murodxonga ko‘rsatib, past ko‘cha, tor ko‘cha, rost
ko‘cha – barini ko‘rsatib, guliston chorbog‘lariga iyartib, shunday dumog‘ni chog‘ qilib, shul
kechani o‘tkardi. Shul kecha o‘tdi, xo‘p yaxshi qildi xizmatdi, oqshom yotdi. Tong otdi. Kun
choshkua haddiga etdi. Shunda Oqilxon qirqin kanizlariga buyurdi: – Qora qashqa tulporni
egarlab olib kelinglar! – dedi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
199
... Bu qirqin qizlar hammasi jam bo‘lib, otning oldiga bordi. YAlang‘ochlab, qashlab,
supurib-sidirib, ... otning ustiga tilla, zarli-zarbof abzallarni solib, turli po‘pak-tillalarni
taqib, otni bezab, tilla yuganlarni urib, har xil kashtali tillaning suvini yugirtgan davirlarni
solib, tilla egarni otning beliga urib, yaxshilab, hamma anjom-abzallarni urib, bezab bo‘lib
otning jilovini hammasi ushlab, bu tulpor otni o‘rtaga olib, etaklab, sozlab bora berdi...
SHunda Murodxon bu otni ko‘rib, vaqti xush bo‘lib, dumog‘i chog‘ bo‘ldi.
SHunda Oqilxon xazinasini ochdirib, podsholik dag‘dag‘a bilan turli sarpolar olib
kelib, yaxshi sarpo – bosh oyoq kiyimlardan Murodxonga yoptirdi. Safarning kamchilik
asboblaridan Murodxonga berib, har nima yovga kerak bo‘lsa, hammasini tayyorlab,
qo‘liga yaxshi tilla dastli qamchin, yaxshi ispixon shamshirlarni ham berdi.
... Qizlar uzangini bosib, Oqilxon qiz Murodxonning qo‘ltig‘iga suyab, Murodxon
uzangiga oyoq qo‘yib, “bismillo”, deb otga mindi”.
(Murodxon, 89–90-sahifalar).
Ana shunday keyin Oqilxon Murodxonga oq yo‘l tilab, fotiha beradi va qirqin
qizlariga amr qilib, Murodxonni shahar darvozasidan chiqartirib, yo‘lga solib yubortiradi.
Bu parchadan ravshan ko‘rinib turibdiki, ajdodlarimizning mehmon kutish
qoidalari, mehmonnavozlik rasmi-rusmlari juda qadimdan mavjud bo‘lib, asrlar osha
sayqal topib kelgan xalq dostonlarida, buyuk mutafakkir allomalarimizning asarlarida
pedagogik tarbiyaning bir amaliy shakli siftida bayon etilib, milliyong va g‘ururni
shakllantiruvchi bir tarbiyaviy vosita sifatida hamon davom etib kelmoqda. Zotan,
mehmondo‘stlik, qadriyati negizida o‘zbek xalqining insoniylik, samimiylik, do‘stlik,
xayrihohlik, saxiylik xususiyatlari, mehmon kutish, kuzatish, sovg‘a tortiq qilish odobi
bilan bog‘liq taomillar yotadiki, ularni o‘rganib, umumlashtirib, hozirgi ta’lim-tarbiya
tajribasiga singdirish ilmiy-amaliy mohiyat kasb etadi.
O‘zbek xalqining ma’naviyati haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va qabihlik
yo‘lini to‘sish, insoniylik, birodarlik, mehmondo‘stlik, poklik, xushxulqlilik, vatanparvarlik
kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush
tarzi, ta’lim-tarbiya, ma’daniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi.
Hozirgi va kelajak avlodlarimiz kishilari o‘zbek milliy ma’naviyati, yaxshi bilimlari va unga
rioya qilishlari lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: “Sharq”. 1992.
2.
Abdullaeva Q., Rahmonbekova S. 2-sinfda o‘qish darslari. O‘qituvchi kitobi. –
T.: O‘qituvchi, 2004.
3.
Abdullaeva Q., Yusupova M., Mahmudova M., Mavlonova M. O‘qish kitobi.
(2-sinflar uchun darslik). – T.: “O‘qituvchi”. 2001.
4.
Abdullaeva Q. Savod o‘rgatish. – T.: “O‘qituvchi”. 1975.
5.
Abdullaeva Q., Nazarov K., Yo‘ldoshev Sh. Savod o‘rgatish metodikasi. – T.:
“O‘qituvchi”. 1996.
6.
Ajdodlar o‘giti. Toshkent, 1991. – B. 154.
7.
Bobolardan-bolalarga (to‘plovchi Barakaev R), Toshkent, “Yulduzcha” nashriyoti,
1989. – B. 125.
8.
Baratov Sh. Kichik Yoshdagi o‘quvchilar faoliyatini baholash. “O‘qituvchi”
nashriyoti, Toshkent, 1992. – B. 45.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
200
9.
Baratov N., Aliqulov X. O‘rta Osiyo mutafakkirlari axloq haqida. “O‘zbekiston”
nashriyoti, Toshkent, 1974. – B. 48.
10.
Bahodirov O. Yangicha an’ana va urf-odatlar hayotga. “O‘zbekiston” nashriyoti,
Toshkent, 1985. – B. 42.
11.
“Bir qalpoq oltin”. “Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent, 1995.
12.
Bizning arxivimizdagi xalq oІzaki ijodi janrlari: “Alla-qo‘shiqlar, ertaklar,
rivoyatlar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar”.
13.
Bozorova M. “Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarni do‘stlik va o‘rtoqlik
xislarini tarbiyalashda xalq an’analaridan foydalanish”. Kand.diss. Toshkent, 1994.
