Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The use of the poetic image “incoherence” in the Uzbek literary text
Gulmira ZULAYPOYEVA
1
Fergana Polytechnic Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021
This article discusses the poetic figure of syntactic stylistics.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
syntax stylistics,
poetic figure,
individual style,
incoherence (asindeton),
polyhedrality
(polysyndeton).
O‘zbek badiiy matnida “bog‘lovchisizlik” poetik figurasining
qo‘llanilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
sintaksis stilistika,
poetik figura,
individual uslub,
bog‘lovchisizlik (asindeton),
ko‘pbog‘lovchilik
(polisenditon).
Ushbu maqolada sintaktik stilistikaga oid bog‘lovchisizlik
(asindeton) poetik figurasi haqida fikr yuritiladi.
1
Assistant, Fergana Polytechnic Institute. Fergana, Uzbekistan
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
235
Использование поэтической фигуры «бессвязность» в
узбекском художественном тексте
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
синтаксическая
стилистика,
поэтическая фигура,
индивидуальный стиль,
бессвязность (асиндетон),
многосвязность
(полисендитон).
В статье рассматривается бессвязная (асиндетон)
поэтическая фигура синтаксической стилистики.
O‘zbek tilshunosligida sintaksisning stilistik imkoniyatlari boshqa lingvistik
kategoriyalarga qaraganda bir qadar kengdir. Bu fikrni biz voqea hodisa tezlikda
tinglovchiga yetib borishida va turli-tuman ma’no nozikliklarini qo‘llashda uslubiy
farqlanishni keltirib chiqarishida ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumki, har bir lingvistik vosita badiiy nutqda nominativ vazifa bajarish bilan
birgalikda uslubiy vosita ham bo‘la olishi mumkin. Poetik figuralar jonli til tabiatidan kelib
chiqadigan nutqiy hodisalar bo‘lib, badiiy nutqda muayyan uslubiy maqsadni yuzaga
chiqarishga xizmat qiladi. Chunki badiiy asarda til birliklari muallif tomonidan
kommunikativ ta’sir maqsadida tanlab olinadi va shu jarayonda adibning individual
faoliyati namoyon bo‘ladi. Ijod ahli azal-azaldan badiiy asar yozishda ma’lum bir “bezovchi
vositalar”dan o‘z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin yoki aksincha, bunday vositalar asar
yozish davomida dunyoga kelishi ham kuzatiladi. Birinchi holatda asarda badiiylik kuchli
bo‘lishiga erishiladi. Ikkinchi holatda esa, bizga avvallari noma’lum bo‘lgan yangi-yangi
badiiy ifoda vositalar dunyoga keladi. Shu jumladan, poetik figuralar ham. Ularni lingvistik
jihatdan o‘rganish orqali, badiiy asarlardan olingan misollarni tahlil qilish jarayonida
ijodkorga ijobiy, “qalami o‘tkir” deb baho berish, asarining umrboqiyligini ta’minlovchi
badiiy tasvir vositalari, ya’ni troplar va poetik figuralarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Poetik
figuralar badiiy matnning shakllanishida va yaratilgan badiiy asarning “uzoq umr
ko‘rishida” muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy tilshunoslikda tilni lingvokulturologik jihatdan tadqiq etishga asosiy
diqqat qaratilayotgan bir davrda, ushbu figuralarni kengroq o‘rganish muhim jarayon
hisoblanadi. “Stilistik figuralar nutqni ta’sirli va jozibali qilish bilan birga, fikrni
tinglovchiga tez va oson yetkazish imkoniyatini tug‘diradi. Ular yordamida hosil qilingan
nutq shakllari jarangdorlikka moyil bo‘ladi, shuninguchun ham ularni musiqiy-logik urg‘uli
nutq deb atash ham mumkin”.Ana shunday poetik figuralardan biri asindetondir.
Asindeton (
yun.
asyndeton – bog‘lanmagan) – bog‘lovchisiz bog‘lanish.
Badiiy uslubda emotsionallikni yuzaga keltiruvchi vositalardan biridir.
Bog‘lovchilarning yordamisiz hosil qilingan nutqning bu shaklida uyushgan bo‘laklar
alohida qat’iyat, keskinlik va jangovarlik bilan talaffuz qilinadi.
So‘zlovchi ba’zan nutqqa shoshilinch tus beradi. Unda bog‘lovchilarni ataylab
tushurib qoldiradi. Gap bo‘laklari orasidagi aloqa intonatsiya yordamida ifodalanadi.
Bog‘lovchisizlik nutqqa tezkor ruh bag‘ishlaydi.
Sanash ohangida berilgan gaplarda bog‘lovchilarning tushirib qoldirilishi
vaziyatning shiddatli almashinuvini yoki umumiy holat ichidagi alohida holatlardan
olingan taassurotlarning kuchliligini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
236
Asindeton (bog‘lovchisizlik) poetik figurasi uning aksi polisenditon (ko‘pbog‘lov-
chilik) ham antiteza yoki ritorik so‘roq singari ko‘pchilik ijodkorlar asarlarida
uchrayvermaydi. Har bir ijodkorning o‘z uslubi mavjud. Ko‘pincha ushbu poetik-sintaktik
figuradan foydalanuvchi ijodkorlar fikrlari quyilib kelayotgan vaqtda yoki qahramonlar
ruhiyatida ro‘y berayotgan keskinlikni ifodalamoqchi bo‘lganlarida yoxud asari orqali
nima demoqchi bo‘lgani, asarning mag‘zini kitobxonga anglatmoqchi bo‘lganida
foydalanadilar.
Aytganlarimni qisqacha xulosalasam, men shunday jamiyat tarafdorimanki, u nima
deb atalishidan qat’iy nazar, unda yashayotgan har bir kishi o‘zini, avvalo, Inson o‘laroq his
qilsa, manfaatlari har jihatdan himoya etilsa, tug‘ilish musibat emas, saodat bo‘lsa, hayot
tirikchilik qilishdangina iborat bo‘lmay, bir ne’matga aylansa, nihoyat, ikkinchi tomondan,
o‘sha ruhiy muvozanat – ko‘ngil xotirjamligi bo‘lsa!..
(U. Hamdam. “Muvozanat”. 151-bet)
U. Hamdamning “Muvozanat” romanidan olingan ushbu parchada roman g‘oyasi
yoritilgan deb bemalol ayta olamiz. Yozuvchi o‘zi aytmoqchi bo‘lgan, anchadan beri
tinchlik bermayotgan, quyundek bostirib kelayotgan fikr-mulohazalarini, maqsadlarini
bog‘lovchisizlik figurasidan foydalanib bayon etadi. Bunday holatda ham fikriy ifoda katta
kuchga ega bo‘lishi, ham emotsionallik yuzaga chiqishi kuzatiladi.
Ushbu parchada bir necha ergash gaplar uyushib kelganini ko‘rishimiz mumkin:
“Aytganlarimni qisqacha xulosalasam”, “ unda yashayotgan har bir kishi o‘zini, avvalo,
Inson o‘laroq his qilsa”, “manfaatlari har jihatdan himoya etilsa”, “tug‘ilish musibat emas,
saodat bo‘lsa”, “hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo‘lmay, bir ne’matga aylansa”, “o‘sha
ruhiy muvozanat – ko‘ngil xotirjamligi bo‘lsa!..”, ya’ni “men shunday jamiyat
tarafdorimanki” deganda yozuvchi go‘yalari orzu-umidlari bog‘lovchisizlik vositasida
yoritilgan. Bundan tashqari, asindeton yordamida “u nima deb atalishidan qat’iy nazar”,
“avvalo”, “nihoyat”, “ikkinchi tomondan” kabi kiritmalar ham bog‘langan.
Sizga yaqinroqdan bir misol: shu kecha-kunduzdagi taqchillik paytida xalqning
to‘y-u azalarini, har qanday marosimdagi sarf-xarajatini yengillatish o‘rniga, qaysi mo‘ridan
tutun chiqsa, o‘sha yerda hozir-u nozir mullalar, oppoq soqollarini selkillatib yuruvchi
chollar – mahalla ko‘rklarining aksariyati, aslida zulukdir.
(U. Hamdam. “Muvozanat”, 52-bet)
Bu misolda bog‘lovchisizlik orqali “mahalla ko‘rklari”ning salbiy jihatlarini sanab
o‘tilyapti va bir necha ergash gapli qo‘shma gap hosil bo‘lyapti.
Mohiyatan u boshdan-oyoq odobdir, yomonlikdan yuz o‘girib, yaxshilikka
yuzlanmoqdir, insonning o‘z botinidagi nafs ajdariga qarshi sulhsiz, qurolsiz kurashmoqdir,
o‘zining yukini yengillatish, o‘zgaga yuk bo‘lmaslikdir, o‘zining foniy borlig‘idan xalos bo‘lib,
Allohning boqiy borlig‘iga qo‘shilmoq, vahdat mayini sipqarmoq yoki kamida shu xayrli
intilishlar yo‘lidagi azim kurashdir…
(U. Hamdam. “Muvozanat”, 111-bet)
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
237
Yuqoridagi misolda ham uyushiq bo‘laklar, ham qo‘shma gap qismlari uyushib
kelyapti va sanash ohangi bilan aytilyapti.
“Odamlarning hammasi bir go‘r ekan-ku, - degan xulosaga keldi keyinroq Mirazim, –
qancha almashtirmasinlar, boshqasini keltirib qo‘ymasinlar, barining dardi bitta – qanday
qilib bo‘lmasin nafsini qondirish, hisobsiz boylik orttirish ekan”.
(U. Hamdam. “Muvozanat”, 123-bet)
Ba’zilari ulovidan tushishga ulgurmasdi, bozorga yaqinroq to‘xtagan har qanday
mashinani odamlar xuddi aridek o‘rab olar, kim oldin yetib borsa eshikni ochib o‘tirar:
“Tezroq haydang,hamma ish qo‘limizdan keladi, haqini kelishamiz”, – deb mijozini raqiblar
changalidan qutqarishga tirishardi.
(U. Hamdam. “Muvozanat”, 143-bet)
“Axir men ham guldek umrimni, yoshligimni, kuchga to‘lgan davrimni, his-
tuyg‘ularimni, orzu-umidlarimni, qo‘yingki, butun borlig‘imni ayolimga, farzandlarimga
baxshida etmadimmi?!”
(U.Hamdam. “So‘z”, 498-bet)
Bog‘lovchisizlik hodisasini yozuvchi va shoirlar ijodini kuzatish va tahlil qilish
jarayonida shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki, bu hodisa ijodkorning individual
uslubini va mahoratini belgilovchi muhim vositadir. Uyushiq bo‘laklar bog‘lovchilarsiz
bog‘lanib, o‘ziga xos ohangni, qahramon ruhiyatini ochib beruvchi so‘zlar quyilmasini
o‘zida mujassam etadi.
Binafsha, boychechak, bodrezak,
Yonida ochilib kulmadi.
Nimpushti, nimyashil, nafarmon,
Ranglarga bog‘larni beladi.
(I. Mirzo. “Gul”, 21-bet)
Uyushiq bo‘laklarni yoki gaplarni sanash, ayniqsa, she’riyatda keltirish ijodkordan
mahorat bilan birga e’tiborli bo‘lishni ham taqazo etadi. So‘zlarning ketma-ketligi va
jarangdorligini ta’minlash shoirni “so‘z sayqallovchisi” bo‘lishini talab qiladi.Yuqoridagi
she’riy parchadagi bo‘laklar sanash ohangi bilan uyushganini ko‘rishimiz mumkin.
Asindeton hodisasini kuzatish mobaynida shunday xulosaga kelish mumkin:
–
murakkab qo‘shma gaplar hosil qilishda faol;
–
asindeton hodisasi o‘rganilayotgan ijodkorlarning ayrimlari ijodida uchradi va bu
hodisa shu ijodkorning individual uslubi mavjudligiga ishora qiladi;
–
asindeton figurasini qo‘llagan ijodkorning dunyoqarashi kengligini, so‘zga boy
ekanligini, o‘quvchi bilan ruhiy yaqinlik yarata olishini, fikrini aniq bayon qila olishini va
falsafiy mushohadalarga usta ekanligini bilish mumkin.
–
ijodkor o‘zi aytmoqchi bo‘lgan, anchadan beri tinchlik bermayotgan, quyundek
bostirib kelayotgan fikr-mulohazalarini, maqsadlarini bog‘lovchisizlik figurasidan
foydalanib bayon etadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
238
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. ‒ Тошкент:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002.
2.
Mamajonov A. Qo‘shma gap stilistikasi. – T.: Fan, 1990.
3.
Musayev A. O‘zbek tili stilistikasi. Ma’ruzalar matni. – Jizzax. 2014.
4.
Маҳмудов Н. Нутқ маданияти ва тилнинг эстетик вазифаси // Филология
масалалари. 2006.
5.
U. Hamdam. Vatan haqida qo‘shiq. T.: “Akademnashr”, 2014.
6.
I. Mirzo. Seni kuylayman. T.: 2007.
7.
www.ziyouz.com.
