Авторы

  • Муҳайё Эргашева
    Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss7/S-pp11-16

Ключевые слова:

национальная культура школы нового метода женская неграмотность курсы неграмотности пропаганда равенства политика репрессий

Аннотация

В данной статье особое внимание уделяется вопросу ликвидации женской неграмотности. Приводятся данные о деятельности школ нового метода и русско-туземных школ. Были высказаны мнения и соображения о различных ситуациях в процессе ликвидации женской неграмотности.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The attitude of the russian government to the national education
system on the issue of ending women illiteracy in the Turkestan
region

Muhayyo ERGASHEVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 15 July 2021
Available online
15 August 2021

In this article, special attention is paid to the issue of

eliminating female illiteracy. The data on the activities of the new
method schools and Russian-native schools are presented.
Opinions and considerations were expressed on various
situations in the process of eliminating female illiteracy.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

national culture,
new method schools,
female illiteracy,
literacy courses,
atinay,
promotion of equality,
policy of repression,
jadidism.

Turkiston o‘lkasida ayollar savodsizligini tugatish masalasida
milliy ta’lim tizimiga Rossiya hukumatining munosabati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

milliy madaniyat,
yangi usul maktablari,
ayollar savodsizligi,
savodsizlik kurslari,
otinoyilar,
teng huquqlilik targ‘iboti,
qatag‘on siyosati,
jadidchilik.

Ushbu maqolada ayollar savodsizligini tugatish masalasiga

alohida e’tibor qaratilgan. Yangi usul maktablari va rus-tuzem
maktablari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Ayollar
savodsizligini tugatish jarayonidagi turli xil holatlar haqida fikr
va mulohazalar yuritilgan.

1

Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415

12

Отношение правительства России к национальной системе
образования по вопросу ликвидации женской неграмотности в
Туркестанском крае

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

национальная культура,
школы нового метода,
женская неграмотность,
курсы неграмотности,
атиной,
пропаганда равенства,
политика репрессий,
джадидизм.

В данной статье особое внимание уделяется вопросу

ликвидации женской неграмотности. Приводятся данные о
деятельности школ нового метода и русско-туземных школ.
Были высказаны мнения и соображения о различных
ситуациях в процессе ликвидации женской неграмотности.


KIRISH
Zamonaviy qarashlarning milliy va ilmiy asoslari doim ham bir xil jarayonda

birlashtirilmaydi. Zero, har bir jamiyatning asosi urf-odati bilan yangidan kirib kelgan
madaniyati o‘rtasidagi tafovutni yengish masalasi mavjud bo‘ladi.Tarximizning har bir
zarvarag‘i bizga ishonchli saboq va g‘urur, iftihor beraoladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek
“Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasiniasrab – avaylab, qalbimizda yuragimizda abadiy
saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoiylik vajasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z
hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishigabag‘ishlagan ustoz va
murabbiylarimiz zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz” [1].


MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Yurtimizning Rossiya mustamlakachilik davr muhitini keng yoritgan olim

R. Shamsutdinovasarlarida Rossiyaning ta’lim jarayoniga qilgan ta’sirini turli qarashlarda
isbotlanishini ko‘ramiz. Ilk qatag‘on davrlarida ziyolilar sinfining faol qurboni bo‘lganini
va ular doimiy tazyiq ostida ekanligini ko‘rishimiz mumkin [2]. Dastlab kirib kelgan
mustamlakachi ruslar O‘zbekiston hududidagi milliy mentalitetning shakllanishiga bir
necha asr vaqt sarf etgan bo‘lsa, uni mustamlakachi bo‘lib kirib kelgan Rossiya hukumati
tomonidan yemirish jarayoni uchun bir necha o‘n yil yetarli bo‘ldi xolos. Bu jarayon avj olib
butun jamiyatni qamrab olishi uchun barcha qatlamiga birdek munosabatni talab etgan va
qonun qoidalarida “teng huquqlilik” ni targ‘ib etgan. “Bir millatni yo‘q qilmoqchi bo‘lsang
uni qirib tashlash shart emas uning madaniyatini tugat uni o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi” degan
firkni aytgan rus daholaridan biri uchun O‘zbekiston hududi ham bir tajriba maydoniga
aylandi. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini oshirish masalasi aslida ulardan ishchi
kuchi sifatida foydalanish masalasini ko‘ndalang qo‘yardi. Shu sababli ayollarni dastlab
jamiyatga qo‘shish uchun ularni ta’lim olish jarayoni tashkil etildi. Barcha mavjud
madrasalar eskilik sarqiti, eski maktablar deb nomlandi, madaniyatni singitishning bir
usuli sifatida rus tilini o‘rgatish targ‘iboti avj oldi. 1914-yilda Eshonquli va Beglarbegi
madrasalarida rus tilida ta’lim berish boshlangani e’lon qilingan. Bu haqida “Turkiston
viloyatining gazetasi” batafsil ma’lumot bergan [3]. Bu 1917-yil oktabr to‘ntarilishidan
keyingi holatda tubdan o‘zgargan islohotlarni olib keldi. Xotin-qizlar madaniyatini oshirish
masalasi ko‘tarilganda 1919-yildan butun o‘lkada savodsizlikni tugatish masalasi avj oldi.
Ayni ta’lim sohasining yangilanishi yuzasidan ham bir tomonlama qarashlarning yuzaga


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415

13

kelishi Turkiston o‘lkasida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy ta’lim va tarbiyani
inkor etish masalasi o‘sha davr tili bilan aytilganda “madaniy inqolob”, ya’ni aholining
savodsizligini tugatish masalasi yuzaga keldi. Bu masala xotin-qizlar savodsizligini
tugatish jarayoni bilan turli qiyinchiliklarga duch keldi. Shariat qoidalari bilan ayollar
masalasini savodliligi bu otinbibilardan uyda olingan arab tili va hadis savodxonligi
hisoblangan edi. Islom arkonlari bilan tarbiyalangan musulmon olamida hali ayollarni
tashqi muhitdagi faoliyati to‘liq o‘qlanmagan bir paytda yana hali o‘zi duch kelmagan rus
tilidagi savodni chiqarish birmuncha tafovutlarni ham paydo qilib, O‘zbekiston xalqi uchun
ba’zan bu reaktiv harakatlarni ham yuzaga keltira boshladi. Eski maktab, madrasalar
o‘rnida yangi rus-tuzem maktablarini ochish masalasi aholi o‘rtasida yaxshi munosabatda
kutib olinmadi. Zero, 1919-yildan hududda keng avj olgan masala bu “rus-tuzem”, “yangi
usul” maktablarini ochish va ulardagi o‘quvchilarni xotin-qizlar faoliyati bilan boyitish
hisoblanardi. Erkaklar bilan bir qatorda ayollarni maktab yoshidagilarini majburiy
ta’limga jalb etilgan bo‘lsa, qolgan qismini to‘garaklar faoliyatini tashkil etish bilan savod
o‘rgatishga kirishildi. Sovet hokimiyati xotin-qizlar o‘rtasida olib borgan siyosatni
mustamlakachilik asosini va mohiyatini niqoblashga, sayqallab faqat ijobiy tarafdan
ilg‘orlikka chaqirish deb ko‘rsatdi. Bu negiz bilan ular bir qancha maqsadlarni ko‘zlab,
ularni asta-sekin namoyon etdilar:

O‘zbek ayollarining milliy mentalitetiga xos xususiyatni yemirib ulardagi

“zamonaviylik” prinsipini targ‘ib etdi;

Ayollar ruhiyatida erkaklar bilan teng huquqlilik jarayonini tarbiyalab,

isyonkorlik qarashlarini yaratdi;

Ular ongida siyosiy qarashlarni rivojlantirish asnosida milliy o‘zlikni anglash

masalasidagi tug‘ma ehtiyojlarni yemirib ularni mustamlakachilikning kollektivlashish
jarayoniga oid qarashlarini yaratish masalasini keng targ‘ib qildi [4]. Bu madaniy va ong
qarashlarini singdirish uchun dastlabki faoliyat ta’limga urg‘u berish bilab boshlandi.
Mavjud qarashlar va madaniyat omillaridan mutloqo farq qiluvchi jamiyatni yaratish
uchun ilk qadamlar qo‘yildi.


TADQIQOT METODOLOGIYASI
O‘zbekistonda xotin-qizlar savodsizligini tugatish masalasi bilan ularni madaniy

jihatdan rivojlantirish, shu asos bilan ularni “ozodlikka”chiqarish masalasida o‘lkaning
barcha yuqori tashkilot raxbarlari o‘z nutqida alohida takidlar edi.Shu o‘rinda
Y. Oxunboboyev, A. Ikromov, F. Xojayevlarning siyosiy nutqlari asosiga aylangan masala
edi [5]. 1921-yil 15-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tgan kommunistik yoshlar ittifoqi
Markaziy Qo‘mitasi majlisida yoshlar qo‘mitalari qoshida qizlar bilan ishlash maxsus
bo‘limini tashkil etish haqida qaror qabul qilinadi.Bu qaror 1920-yilning oxirigacha tashkil
etilgan O‘zbekistonning 45 ta viloyat, shahar, volostlaridagi xotin-qizlar bo‘limlarida to‘liq
amaliyotga joriy etildi [6]. Ushbu bo‘limlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari Turkiston
o‘lkasi xotin – qizlarini milliy ruhiyatdan voz kechtirish, ulardagi ongini madaniy sohalar
asosida mutlaqo sovet tuzumi siyosatiga moslash, ichki oilaviy itoatkorlik hayotigan
chiqarib jamiyatning faollikdagi ishchilar sinfiga qo‘shish hisoblandi. Bu jarayon Sovet
hokimiyatini ayollar ozodligi masalasi deb ko‘tarilgan masalasini butkul o‘zini oqlashi
uchun,doimiy uy yumushlari, bola tarbiyasi, bilan mashg‘ul bo‘ladigan ayollarni kunu-tun
jamiyat, davlat bilan uzviy bog‘lash bilan oqlash jarayonini yuzaga keltirdi. Milliy tarbiya


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415

14

usullaridan voz kechish va atrofdagilar,oila a’zolari orasidagi demakratik tarbiya omili
davrlar hukumatiga nisbatan itoatkorlikni talab etardi.

1921-yildan isloh etilib 1924-yildan davlat dasturi asosida o‘qitilgan rus-tuzem

maktablarida asosiy e’tibor aynan xotin-qizlarni ta’limga jalb etish bilan ham alohida
xususiyatli hisoblandi.Turkiston Respublikasi Bosh vaqf boshqarmasining maktab
shohobchalari 1924-yil 1-sentabrdan boshlab barcha hududda o‘z faoliyatini boshladi [7].
Barcha diniy, madaniy va maorif masalalarni hal etish jarayoni Vaqf boshqarmasidan
endilikda Turkiston Respublikasi Maorif xalq komissaryati qoshida tashkil etildi.


TAHLIL VA MUHOKAMALAR
Xalq Maorif komissaryatiga asosiy vazifa etib mavjud eski tartibdagi maktab-

xonalarni islohot jarayoni bilan zamonaviy ko‘rinishga moslash va ulardagi o‘quv
faoliyatini rus-tuzem maktablariga almashtirish masalasini hal etish hisoblangan. Aynan
ushbu masala yuzasidan xalq “Maorif komissiyasining Akademik bo‘limi faolilayati yo‘lga
qo‘yilib, ushbu akademik bo‘lim 1923–1924-o‘quv yili uchun madrasalarni yangi usuldagi
rus-tuzem maktablariga moslashtirish uchun maxsus o‘quv dastur ishlab chiqib butun
o‘lka hududida amaliyotga joriy etdi. O‘quv dasturni Bosh vaqf boshqarmasi kollegiyasi
raisi o‘rinbosari Aliyev, Akademik bo‘lim boshlig‘i M. Abdurashidxonovlar imzosi bilan
tasdiqlangan [8]. Ushbu dastur asosida tashkilot Turkiston o‘lkasidagi barcha tashkil
etilgan uyezdlarning madrasa,maktablarini hisobga olib ularni yangi usul maktablariga
moslash jarayonini taftish etish, shuningdek hududdagi komunistik g‘oyalarga sodiq
kishilarni tanlab pedagog kadr sifatida maxsus kurslarda o‘qishlarini ta’minlash bilan
shug‘ullandi.Yuklatilgan vazifaga binoan “Bosh vaqf boshqarmasi 1923-yil yanvar oyidan
1-sentabriga qadar Fargona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 198 ta madrasa, 224 ta
eski maktabni hisobga oldi.Ularning 21 ta madrasa va 29 ta eski maktabi shu o‘quv yilida
rus-tuzem maktablariga qayta isloh qilindi [9]. Dastlab ushbu ish qilingan maktablarda
40 % ta’lim jarayoni dunyoviy fanlar o‘qitilishiga o‘tkazilgan bo‘lsa keyingi o‘quv yili uchun
har kungi darslar savodsizlikni tugatish bilan bog‘liq hisoblanib, alfavitni o‘qish, yozish,
bo‘g‘inlab o‘qish, oddiy arifmetik matematik hisoblarni o‘rgatish bilan jami 3 soatdan dars
tashkil etilgan.Maktablar o‘quvchi soni, savodsizlikni tugatishdagi jarayon yuzasidan turli
bosqichlarni amalga oshirish bilan 1 va 2 darajali maktablar sirasiga bo‘lindi [10].

Dastlab ochilgan maktablarning barchasida alohida qizlar uchun sinflar tashkil

etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsada,islom shariat qoidalari asosida tarbiyalangan qizlarning
dastlab ko‘chada yurishi, keyingi o‘rinda o‘g‘il bolalar bilan o‘qishi juda ta’sirli tuyuldi.
Shuningdek, o‘rganilgan tadqiqotlar tahlilida bu davr uchun chop etilgan umumlash-
tirilgan asarlarda maktab va madrasalar diniy g‘oyalarnitarg‘ib qiluvchi hurofot o‘choqlari
sifatida tavsiflanib, islom dinining jamiyat hayotidagi tutgan o‘rnini sovet hokimiyati
mafkurasi nuqtai nazaridan turib izohlardi [11]. Shu sababli islom madaniyatiga ko‘r –
ko‘rona hurmat – e’tibor ko‘rsatgan Sovet hokimiyati 1924-yildan qizlar uchun alohida
binoda maktablar va ayol o‘qituvchilar dars berish jarayoni shakllantirildi.Mahalliy
aholining alohida qarshilik jarayonlarini yengib turli madaniy tadbirlar, savod o‘rgatish
to‘garaklarining tashkil etilishi, ayollarni ijtimoiy faolligini oshirib, siyosiy hayotga tortish
jarayonini avj oldirdi. O‘zbekistonda ayollarni ta’lim jarayoni 1926-yil avj olgan holdagi
ommaviy paranji tashlash marosimlari va “hujum” harakarlarining natijasida o‘zining
amaliy natijalarini ko‘rsata oldi deyish mubolag‘a emas.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415

15

Toshkent xalq ta’limi bo‘limi 1925–1926-o‘quv yili yakuni va 1926–1927-o‘quv yili

1 – choragi uchun bergan yillik hisobotida quyidagi ma’lumotni keltiradi.” Toshkent
viloyati xalq ta’limida maxsus ayollar ta’limi uchun alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, 9 ta
ayollar maxsus maktablari mavjud. Ushbu maktabda hududning 925 ta o‘quvchi qizlar sinf
sistemasi asosida yosh katigoriyasiga bo‘lib o‘qitilmoqda, bundan tashqari turli yoshdagi
ayollar savodsizligini tugatish yuzasidan 20 ta savodsizlikni tugatish maktablari 481 nafar
ayollar o‘z savodlarini chiqargani haqida ma’lumot beriladi.Shu o‘rinda 1926–1927-o‘quv
yilining 1 – choragi uchun ayollarning savodsizlikni tugatish maktablarini Toshkentning
chekka hududlarida 8 tatashkil etib ularga hududning jami 293 nafar xotin – qizlari jalb
etilgan bo‘lsa, Mirzacho‘l rayonida 8 ta shunday maktablarda 297 nafar ayollar savod
chiqarishi tashkillandi” [12]. Bu jarayonda maktablar bilan birgalikda barcha hududlarda
tashkil etilgan xotin-qizlar savodsizligini tugatish kurslari ham salmog‘li faoliyatga ega edi.
Zero, 1923–1924-o‘quv yilida aynan vodiy hududlarida 23 ta kursda 500 nafar ayollar
savod o‘rgangan bo‘lsa, bu salmoq yildan yilga o‘sganini guvohi bo‘lamiz. 1924–1925-o‘quv
yilida 51 kurs va 1023 ta kurs bitiruvchilar, 1925–1926-o‘quv yili yakunida esa 82 ta
kursda 2700 nafar bitiruvchi ayollar savod o‘rganib jamiyatning ishchilar sinfiga
qo‘shilganini guvohi bo‘lamiz [13]. Bu kurslarni muvofaqqiyatli bitirgan ayollarga
“savodlilik” sertifikati taqdim etilib ular jamiyatning barcha sohalarida erkin faoliyat
yuritishi uchun alohida bir katta maqomga ega hujjat hisoblanardi. Ba’zan bunday
savodsizlikni bitirish kurslari zavod, fabrikalar qoshida tashkil etilib, unda ishtirok etgan
ayollarga kunlik ish soatidan chegirmalar, yoki, sertifikatga ega ayollar uchun qo‘shimcha
haq ham to‘langanligini guvohi bo‘lamiz. Mavjud arab tili grammatikasi asosidagi ta’limni
eskilik deb siqib chiqarish borasida 1929-yil lotin alifbosiga o‘tish ta’sis etilgan bo‘lsa, bu
ko‘p o‘tmay Rossiya ta’limi asosi krill alifbosiga o‘tishga yo‘l ochib berdi.

Zo‘r berib olib borilgan faoliyatning negizini milliy raxbarlarimiz ham to‘liq oqlar bu

esa jiddiy oqibatlaga sabab bo‘lardi. 1926-yil O‘zbekiston Xalq maorifi Kommissari etib
tayinlangan milliy kadrimiz Davlat Rizo o‘g‘li “O‘zbekiston maorifi va madaniy masalalari”
to‘plamida e’lon qilingan maqolasida shunday yozadi, “Nasllarimizning tarbiyasi ko‘p
joylarda o‘sha xurofotchilarning markazi bo‘lgan eski maktabga bog‘liqdir.Eski maktab
quchog‘ida minglab ishchi va dehqon bolalari qurbon bo‘ladilar” [14]. Shu qarashlarni
singdirish asosida “qurbon” deb tariflangan bolalar ayni qizlar bo‘lib ulardagi jamiyat
hayotiga daxldorlik va siyosiy faollik munosabatlarini rivojlantirish yuzaga keltirildi.Sovet
hukumati uchun o‘sha davrning eng ehtiyojli sohalarida ayollar salmog‘ini oshirishga
urunishlar avj oldi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yurtimiz tarixining eng og‘riqli nuqtasi bo‘lgan mustam-

lakachilik davri siyosiy jarayoni hech bir sohani chetlab o‘tmadi. Ta’limsohasining tubdan
isloh qilinishi uchun ham qat’iy tartib qoidalar rus hukumatining qarashlariga moslandi.
Xatto shu tuzum ta’limini milliy usulda davom ettirish masalasidagi “Turkiston jadidlari”
faoliyatining qat’iy nazorat ostidagi tazyiq bilan oxir oqibat qatag‘on siyosatining eng
birinchilardan jabrlangan kishilariga aylantirilishini ko‘rishimiz mumkin. Demak,
mustamlakachi Rossiya uchun Turkiston o‘lkasining rivojlanishi emas balki, ishlab
chiqarish va ishchi kuchidagi salmog‘igina muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bir so‘z bilan
aytganda, XX-asrning 20–30-yillaridagi tubdan mustamlakachilik siyosatining ta’sirli
negizi ta’lim sohasiga bo‘lgan ta’sirda yaqqol namoyon bo‘ldi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415

16

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Mirziyoyev Sh, “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz” – Toshkent “O‘zbekiston” 2016. – B. 5.

2.

R. Shamsutdinov, B. Rasulov “Turkiston maktab va madarasalari tarixi” Andijon.

1995. – B. 12.

3.

Sanobar Shodmonova. “Turkiston tarixi-matbuot ko‘zgusida” (1980–1917-yillar)

T.: 2011. – B. 200. Ijtimoiy ahvoli. Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010. –
3-son.

4.

D. Sobirova. “Sovetlar davrida O‘zbekiston xotin – qizlarining ijtimoiy ahvoli”

Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010. – 3-son. – B. 65.

5.

R. Shamsutdinov., B. Rasulov “Turkiston maktab va madarasalari tarixi” Andijon

1995. 16-sahifa.

6.

A. Xamidova. “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. – B. 166.

7.

Markaziy Davlat arxivi fond – 34, opis – 1, ish – 2727. – B. 57.

8.

Markaziy Davlat arxivi fond – 34, opis – 1, ish – 1758. – B. 89.

9.

Markaziy Davlat arxivi fond – 34, opis – 1, ish – 1758. – B. 158.

10.

A. Xamidova. “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. – B. 126.

11.

M.O. Alihodjayev “Rossiya imperiyasi va sovet davrida qo‘qon xonligi ta’lim

tizimining o‘rganilishi”. Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2014. – 3-son. – B. 68.

12.

Markaziy Davlat arxivi fond – 94, opis – 5, ish – 23. – B. 27.

13.

M. Ergasheva “O‘zbekiston tarixida ayollarning ijrimoiy hayotini tubdan

o‘zgarish masalalari” Toshkent. O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar ilmiy konfirensiya.
2020. – 19-son. – B. 40.

14.

A. Xamidova. “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. – B. 166.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh, “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” – Toshkent “O’zbekiston” 2016. 5 sahifa

R.Shamsutdinov., B.Rasulov “Turkiston maktab va madarasalari tarixi” Andijon 1995. 12-sahifa.

Sanobar Shodmonova. “Turkiston tarixi-matbuot ko’zgusida (1980-1917-yillar) Toshkent 2011. 200-sahifa ijtimoiy ahvoli Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010.3-son

D. Sobirova. “Sovetlar davrida O’zbekiston xotin – qizlarining ijtimoiy ahvoli” Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010.3-son.65- sahifa

R.Shamsutdinov., B.Rasulov “Turkiston maktab va madarasalari tarixi” Andijon 1995. 16-sahifa

A. Xamidova. “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. 166 sahifa

Markaziy Davlat arxivi fond – 34, opis- 1, ish - 2727, sahifa - 57

Markaziy Davlat arxivi fond - 34, opis- 1, ish - 1758, sahifa-89

Markaziy Davlat arxivi fond - 34, opis – 1, ish - 1758, varoq – 158

Xamidova.A “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. 126 sahifa

M.O.Alihodjayev “Rossiya imperiyasi va sovet davrida qo’qon xonligi ta’lim tizimining o’rganilishi”. Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2014.3-son.68- sahifa

Markaziy Davlat arxivi fond – 94, opis-5, ish -23, varoq-27

M. Ergasheva “O’zbekiston tarixida ayollarning ijrimoiy hayotini tubdan o’zgarish masalalari” Toshkent. O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar ilmiy konfirensiya.2020.19- son 40 sahifa.

Xamidova. A “Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya” Toshkent 1966. 166 sahifa.