Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Information culture and spirituality
Odiljon BOYNAZAROV
1
Samarkand State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 15 July 2021
Available online
15 August 2021
In this article, as a result of the rise of the innovative thinking
of young people who are the main pillars of the present era, the
further development of society and the emergence of
competitive cadres in the world of Science, the correct adoption
of the information culture that has arisen in the activity of
mankind in the era of innovative technologies and
communications At the same time, the narration of Information
Culture has a comprehensive idea of how important it is in the
life and growth of society. Together with teaching young people
to think creatively, giving information about the formation of
Information Culture in the minds of young people and immunetit
in relation to this concept, as well as the use of social networks
for the right purpose were given information about spiritual and
educational work in our country today.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
thinking,
consciousness,
innovation,
information,
idea,
culture,
education,
science,
development,
virtual scientist,
renewal,
internet,
social network,
technology and technology.
Bugungi kunda informatsion madaniyat va ma’naviyat
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Tafakkur,
ong,
innovatsiya,
informatsiya,
g‘oya,
madaniyat,
ta’lim,
ilm-fan,
taraqqiyot,
virtual olam,
Ushbu maqolada hozirgi davrning asosiy tayanchi bo‘lgan
yoshlarning innovatsion tafakkurining yuksalib borishi natija-
sida jamiyatning yanada taraqqiylashuvi va ilm-fan olamida
raqobatbardosh kadrlarning vujudga kelishi, bugungi kunda
innovatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalar davrida
insoniyat faoliyatida yuzaga kelgan informatsion madaniyatni
innovatsion tafakkur doirasida to‘g‘ri qabul qilish va yetarli
darajada amaliyotga tadbiq qilish borasida mulohazalar keltirib
o‘tilgan. Informatsion madaniyat rivoji ayni vaqtda jamiyat
1
Independent researcher, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan.
E-mail: odiljon.boynazarov@univ-silkroad.uz.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
237
yangilanish,
internet,
ijtimoiy tarmoq,
texnika va texnologiya.
hayoti va yuksalishida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi
to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan. Yurtimizda bugungi kunda
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yoshlarni ijodiy tafakkur
qilishga o‘rgatish bilan birgalikda jamiyatda yoshlar ongida
information madaniyat tushunchasini va mazkur tushunchaga
nisbatan immunetitni shakllantirish, hamda ijtimoiy tarmoq-
lardan to‘g‘ri maqsadda foydalanish borasida ma’lumotlar berib
o‘tilgan.
Информационная культура и духовность сегодня
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
мышление,
сознание,
инновация,
информация,
идея,
культура,
образование,
наука,
прогресс,
виртуальный мир,
новшества,
интернет,
социальная сеть,
техника и технологии.
В данной статье рассмотрены вопросы дальнейшего
развития общества и формирования конкурентоспособных
кадров в мире науки в результате роста инновационного
мышления молодежи, являющегося основной опорой
современности, правильного принятия и адекватного
практического применения в рамках инновационного
мышления информационной культуры, сложившейся
сегодня
в
деятельности
человечества
в
эпоху
инновационных технологий и коммуникаций. Подробно
рассмотрено,
какое
значение
играет
развитие
информационной культуры в жизни и становлении
общества. Наряду с усилением духовно-просветительской
работы в нашей стране, обучением молодежи творческому
мышлению в обществе представлена информация о
формировании
в
сознании
молодежи
понятия
информационной культуры и иммунитета к этому понятию,
а также о правильном использовании социальных сетей.
Hozirgi kunimizda innovatsion texnika va texnologiyalarning tezlik bilan rivojlanib
borishi insoniyatning eng bebaho vaqtini, hamda o‘zaro masofaviy aloqalarni qisqartirib,
butun jahonda global sivilizatsiyasi bilimlariga keng miqyosda yo‘l ochib bermoqda. Alloh
taolo barcha maxluqotlar ichida insonni ongi va tafakkuri ila afzal qildi. Va shu bilan
birgalikda insoniyat tashqi olam bilan o‘zaro munosabatda axborot almashina boshlagan.
Alloh taolo insoniyatning tafakkur faoliyati haqida, “Albatta, bunda tafakkur qiladigan
kishilar uchun alomatlar bordir”, – deydi. Ilmiy tomondan yondashadigan bo‘lsak tafakkur
– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy
aks ettirishidir.[1, B. 60]. Jamiyat, davlat tushunchasi paydo bo‘libdiki, har qaysi jamiyat va
davlatning barqaror yuksalishi, hamda rivojlanishi insongagina bog‘liq bo‘lgan
jarayonlardan biri, ya’ni yosh avlodning ilmiy, ma’naviy, axloqiy va diniy salohiyatiga
bog‘liq bo‘lib kelgan. Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Bugun biz davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga
o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas albatta, chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan
hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat
yutadi”. [2, B. 20]. Hozirgi taraqqiyot asrida yashar ekanmiz, innovatsion tafakkur
doirasida, innovatsion texnika va texnologiyalarni chuqur o‘rganish, axborotlashgan
jamiyat sari kirib borish, virtual olam ne’matlaridan to‘g‘ri yo‘lda foydalana bilish
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
238
jamiyatda informatsion madaniyatni namunali tarzda shakllantira oladi. Shuningdek
Texnika va informatsion texnologiyalar falsafasi yuzaga kelib, uning asosiy maqsadi
quyidagicha e’tirof etilib kelinmoqda;
Birinchidan. Bu maxsus amaliyotga yo‘naltirilgan fan bo‘lib, u texnikani modernizat-
siyalash ishlarini amalga oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi, moddiy va ma’naviy
ishlab chiqarish tizimini shakllantirish, rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Ikkinchidan. O‘quv-tarbiyaviy ahamiyatga ega fan, chunki kishilarning texnika va
texnologiyalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini bilimlarini kengaytiradi, ularda texnikaviy
tafakkurni, dunyoqarashni tarkib toptirishga, texnika va texnologiyalarning mohiyati,
rivojlanishi va istiqbollarini tushunib olishga yordam beradi.
Uchinchidan. Mamlakatimiz xalqlarining kelgusidagi taqdiri, ularning orzu-umidlari,
erkin-va farovon turmush kechirish uchun bajaradigan ishlarni yengillashtirib, ularning
ishlab chiqarish va turmushda qiladigan mehnatining samaradorligini oshirishda ma’naviy
ilhom vazifasini o‘taydi [3, B. 26–27].
Biz informatsion madaniyatni umumiy ko‘rinishda o‘rganishimizdan avval
“informatsiya” so‘zining tub ma’nosini bilishimiz, tahlil qilishimiz lozim. Demak,
“informatsiya” lotincha “information”- tushuntirish, bayon qilish degan ma’noni anglatadi.
Informatsiya:
1. Odamlar bir-biriga og‘zaki, yozma yoki boshqa usulda beradigan axborot.
Shuningdek, axborot berish va olish jarayoni tushuniladi.
2. Fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni
emas, balki odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat (kibernitekada) o‘rtasidagi
axborotni, hayvonlarda va o‘simliklar o‘rtasidagi signallar almashinuvini ham o‘z ichiga
oladi. XX-asrning 50-yillaridan boshlab, turli hodisa va jarayonlarni tavsiflashda
informatsiya tushunchasidan foydalanishga harakat qilib kelinmoqda [4]. Hozirgi
axborotni qabul qiluvchi va uni keng ommaga targ‘ib qiluvchi tizim bu ommaviy aloqa
vositasiga aylangan internet tarmog‘i ya’ni virtual olam bo‘lib, unda bir qator imkoniyatlari
bilan birgalikda salbiy jihatlari ham mavjud. Shunday ekan, bugundi kunda real voqeilikni
unutib virtual olamda yashayotgan yoshlarimiz ham borligi achinarli holatdir. Internet
tizimidan qay tartibda foylanish, uning qudratli kuchidan nimalarni yaratishimiz
mumkinligi to‘g‘risida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada quyidagi
ta’kidni i keltirib o‘tgan: “Albatta, biz internet va boshqa zamonaviy axborot manbalarining
o‘rni va ahamiyatini inkor etmaymiz. Bugungi hayotimizni Internetsiz tasavvur qilishning
o‘zi qiyin. Shuni hisobga olgan holda, …Internet tizimi orqali ma’naviy targ‘ibot ishlarini,
jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirish zarur. Nega deganda, biz farzandlarimizning
ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan
jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar
asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz” [5, B. 592]. Informatsion-Kompyuterli
inqilobning ajoyib natijalaridan biri bu intellectual texnologiya tizimining yaratilishi bo‘ldi.
Shuni aytish kerakki o‘ziga xos informatsion tizimlar hayvonlarda inson foliyatida,
kompyuterlarda mavjuddir. [6, B. 58.] Informatsiya (axborot) jamiyatning asosiy mahsu-
loti va bosh qadriyatlaridan biriga aylanmoqda. Ijtimoiy hayotni kompyuter lashtirish va
axborotlashtirish inson faoliyati miqiyosini kengaytiradi, alternativ yo‘llarni tanlash yoki
erkin faoliyatni sharti bo‘lgan kelajakni, kelajakda bo‘ladigan hodisalar modelini aniqroq
tuzishga ancha yordam beradi. Demak, inson erkinligini miqyosi sifat va mikdor jihatdan
ortadi, tasodif yoki muhit bo‘lmagan oqibatlardan qaramligi kamayadi. Bu narsani amalga
oshishi uchun yana bitta omilni bo‘lishi kerak. Bu ham bo‘lsa – ijtimoiy hayotni democrat-
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
239
lashtirishni chuqurlashtirish va kengaytirish kompyuter va informatsion tizimlar davlat va
muassasalar qo‘liga nihoyatda kuchli qurol beradi. Bu tizim orqali davlat fuqarolarini har
bir qadami, so‘zi, hatti-harakatini nazorat qilishi mumkin [7]. Muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assembleyasi 72-sessiyasida shunday ta’kidni keltirib
o‘tgan “Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir,
chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz
– yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik
g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama
hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston
globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan
bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan
umumlashtirilganxalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiyani ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni
imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy
ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z
zimmasiga olishi kerak” [8]. Shuningdek, ta’lim hayot tarzimizdagi eng muhim bosqich
bo‘lib, tizimning asosiy vazifasi va maqsadi kelajak avlodni har tomonlama mukammal va
raqobatbardosh qilib shakllantirish, hamda rivojlantirishdir. Shu nuqtai nazardan olib
qaraganda bugungi kunimizda ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
–
eng avvalo ta’limga o‘z soxasining yetuk mutaxassisis bo‘lgan, o‘z ustida tinimsiz
izlanishlar olib boruvchi tajribaga ega malakali kadrlar bilan ta’minlash;
–
ta’lim berish jarayonida zamonaviy va qiziqarli metodlardan, innovatsion texnika,
hamda texnologiyalardan foydalanish;
–
nazariyaga nisbatan amaliyotning yuqori darajadaligini ta’minlash; Hozirgi vaqtda
yoshlarimizning innovatsion tafakkuri, informatsion madaniyati, internet olami bilan
uzviy aloqalarining yuksalishi natijasida har qanday sohada maqsadli natijalarga
erishilmoqda. Shu bilan bir qatorda innovatsion tafakkur natijasida vujudga kelgan
texnologiyalar hozirgacha his qiluvchi miyamizning zaif algoritmlaridan foydalanib
kelmoqda. Texnika va texnologiya bizni kamroq bardoshli qilib, ko‘proq turli oldi-qochdi
o‘yin kulgularga, ko‘ngilxushliklarga moyil qilish ustida ko‘p ishladi. Texnologiyalar
sayyoramizdagi ko‘pchilikni qasshoqlik va zolimlikdan xalos qilgan bo‘lsa ham, u yangi
turdagi zulmni ishlab chiqardi: bo‘sh va ma’nosiz xilma-xillik, keraksiz tanlovlarning
cheksiz oqimi [9, B. 231]. Har bir inson taffakur darajasi va bilimi natijasida jamiyatda
ma’lum bir mavqeiga ega bo‘ladi. Insoniyatning butun umri mobaynida erishgan asosli
bilimlari, umrining so‘nggiga qadar hamroh bo‘ladi. Quyida keltirigan e’tirofdan kеlib
chiqqan holda, ayni kunda butun jahon hamjamiyati informatsion madaniyatiga nima
uchun yoki nima sababdan ehtiyoj sеzamiz dеgan savolga javob qidiradigan bo‘lsak, har xil
soha vakillari o‘zlarining tajribaviy faoliyatida kelib chiqqan holda turlicha mulohaza
yuritishi tabiiy holat albatta, shunday ekan biz faylasuflar o‘z faoliyatimizdan kelib chiqqan
holda quyidagi fikrni ilgari suramiz. Demak, bugungi kunda butun dunyo jamiyatida
axborotning qiymati va qimmati ortib, u sanoat jamiyatidan axborotlashgan ommaviy
jamiyatga aylanib bormoqda. Kundalik hayotimizning sekundlar mobaynida o‘ta o‘zgaruv-
chanligi axborotlashgan ommaviy jamiyatda bir qancha yangi atributlarni yuzaga
kеltirmoqda;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
240
–
Insoniyat tomonidan atrof-muhit doirasida o‘zlashtirilgan axborot va bilim har
qanday jamiyatning asosiy o‘zgartiruvchi kuchiga aylanadi;
–
Turli xil ishlab chiqaruvchi sanoatning rivojlanib borishi hamda, ijtimoiy
tеxnologiyalarning yangilanish sikli 6-8 yilni tashkil etgan holda, avlodlar almashinishi
suratidan o‘sib kеtadi;
–
Zamonaviy uzluksiz ta’lim va o‘zida yana bir yangi ixtisoslikni yarata olish
qobiliyati shaxsning jamiyatda ijtimoiy mavqei va statusini saqlab qolishning ajralmas
qismiga aylanadi;
–
Har bir insonning taqdiri yangi axborotni o‘z vaqtida topish, qabul qilish, samarali
foydalanish va amaliyotga tadbiq etish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Butun insoniyat sivilizatsiyasining informatsion jamiyatga qadam qo‘yishi –
Jamiyatda informatsion madaniyat shakllanishiga, insonlarni yangi hayot turmush tarziga
va yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitida profеssional faoliyatga o‘z vaqtida
tayyorlash, bu muhitda mustaqil ravishda harakat qilishga, muhit imkoniyatlaridan
to‘laqonli ravishda samarali foydalanish va salbiy kuch ta’sirlaridan himoyalanishga
o‘rgatish kabi jiddiy qarashlarni yuzaga kеltira boshladi. Axborotlashgan jamiyatda
informatsion madaniyat shakllanishidagi muammolar, avvalambor shu jamiyatda inson
qadr-qiymatining qay darajada mutlaq ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda butun
jahon xalqaro hamjamiyatining diqqat markazidagi global mavzulardan biri bo‘lmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda informatsion madaniyatni to‘laqonli darajada yuksaltirish,
insonlarni zamonaviy innovatsion hayotga maxsus tayyorlash zarurati nufuzli inson
huquqlarini har tomonlama himoyalovchi turli xalqaro tashkilotlarning sammitlarida
ko‘rib chiqilib, maxsus dastur va qonunlar qabul qilinmoqda. Misol sifatida, YUNЕSKO ning
“Axborot hamma uchun” dasturi va IFLA ning “Axborot savodxonligi” bo‘limi faoliyatini
kеltirishimiz ayni muddaodir. Yuqorida kеltirilgan muammolar mazmuniy jihatdan
informatsion madaniyat ta’rifida o‘z aksini topganligini ko‘rish qiyin emas. Hozirgi kunda
yosh avlodga fanlarni o‘rgatish muhim bo‘lsa-da, ularga bugungi vaqtda biznes, davlat va
korporativ ishlarning muhim talabi bo‘lgan innovatsion tizim, dastur va texnologiyalarni
chuqur o‘rganish, hamda information madaniyat tushunchasini inson ongida gavdalan-
tirish juda muhim omillardan biri. Yoshlarda bugungi kun talabi bo‘lgan mahorat va noyob
qobiliyatlarni singdirish orqali biz nafaqat shaxsiy hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga
sharoit yaratib berish va yorqin kelajakni yaratishga qodir bo‘lgan insonlarni
tarbiyalashimiz ayni muddaodir.
Yuqoridagi fikrlar yuzasidan quyidagi xulosaga kelamiz:
Birinchidan, hozirgi taraqqiylashib borayotgan informatsionlashgan davrda va
jamiyatda, har birimizning faoliyatimiz so‘zsiz innovatsion texnika va texnologiyalar bilan
o‘zaro bog‘lanib bormoqda. Ayni vaqtda innovatsion texnologiyalar va internet olamisiz
hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydigan vaqtda tarmoqlardan o‘rinsiz ma’lumotlarni
qidirish bilan ovvora bo‘lmasdan, uning ijobiy imkoniyatlaridan yurtimiz shon-shuhratini
dunyo miqyosida targ‘ib qilish, hamda o‘zimizning maqsadli ehtiyojlarimizni qondirish
maqsadida foydalansak yanada ulkan zafarlarga ega bo‘la olamiz.
Ikkinchidan, bizga ma’lumki, ayni paytda butun dunyo jamiyatida innovatsion
texnologiyalarning qiymati tobora ortib bormoqda. Shu boisdan, yoshlarning innovatsion
g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohatlarni yuksaltirish, avvalo,
mazkur yo‘nalishda yaratilayotgan dastur va qonunlarni takomillashtirish masalasi qonun
ijodkorlari oldiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Bunda, ayniqsa, tadqiqot ishlari bilan
mashg‘ul, yangi zamonaviy loyihalar ustida ishlayotgan izlanuvchan, iqtidorli yoshlarni
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
241
yanada rag‘batlantirish, innovatsion texnologiyalarni barcha soha tarmoqlariga keng jalb
etishda ularning salohiyatidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, eng muhimi, aholining eng
harakatchan, serg‘ayrat qatlami vakillarining imkoniyatini to‘g‘ri baholash masalalarida
amaldagi imkoniyatlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida
xizmat qiladi.
Uchinchidan, har bir sog‘lom ong sohibi o‘zida innovatsion tafakkurlash qobiliyatini
imkoniyat darajasida shakllantira olsa, atrofdagilarga nisbatan noodatiy tarzda kengroq va
tushunarliroq fikr yurita oladi, o‘z nutqini erkin bayon qila oladi, hamda hayotda o‘zining
yuqori mavqeiga ega bo‘ladi. Shunday ekan o‘z ustimizda doimo izlanishda va harakatda
bo‘lishimiz bugungi zamon talabidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sultanova G.S. Bilish falsafasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Samarqand. 2020, – B. 159.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil
22-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida so‘zlagan nutqi. T.: “O‘zbekiston”. NMIY,
2018. – B. 20.
3.
Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. Texnika va information texnologiyalar
falsafasi. Samarqand, 2019. – B. 213.
4.
uz.wikipedia.org.
5.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yolimizni qat’iyat bilan davom etirib, yangi
bosqichga kotaramiz, – T.: “O‘zbekiston”, 2018. – B. 592.
6.
Ракитов А.И. Философия компьютерной революции. М., 1989. – С. 58.
7.
strategy.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan.
8.
Mark Menson. Hammasi rasvo. T.: “Muharrir”. 2020. – B. 239.
