Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Psychological study of the temperament of visually impaired
people
Mohigul TOHIROVA
1
Samarkand State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2021
Received in revised form
20 June 2021
Accepted 15 July 2021
Available online
15 August 2021
This article describes the theoretical and practical study of the
types of temperament and psychological aspects of people with
visual impairments. The theoretical part of the article covers the
content of the concept of temperament. In the practical part of
the article, we adapted Eysenck’s method of studying personality
temperament to those with visual impairments. We covered the
results of our small study in this article.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Temperament,
entroversion,
extroversion,
emotional stability and
instability,
sanguine,
choleric,
melancholic,
phlegmatic.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar temperamentini psixologik
o‘rganish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
temperament,
entroversiya,
ekstroversiya,
hissiy emotsional
barqarorlik va beqarorlik,
sangvinik,
xolerik,
melonxolik,
flegmatik.
Ushbu maqolada ko‘rishda nuqsoni bor shaxslarning
temperament tiplarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish
hamda psixologik jihatlari yoritildi. Maqolaning nazariy qismida
temperament tushunchasining mazmuni keng yoritgan. Maqola-
ning amaliy qismida esa Ayzenkning shaxs tempramentini
o‘rganish metodikasini ko‘rishda nuqsoni bor shaxslarga mos-
lashtirgan holda o‘tkazdik. Kichik tadqiqotimiz natijalarini ushbu
maqolada yoritdik.
1
Independent applicant, Samarkand State University. Samarkand, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
280
Психологическое исследование темперамента слабовидящих
людей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
темперамент,
энтраверсия,
экстраверсия,
эмоциональная
устойчивость и
нестабильность,
сангвиник,
холерик,
меланхолик,
флегматик.
В данной статье описывается теоретическое и
практическое
изучение
типов
темперамента
и
психологических аспектов людей с нарушениями зрения.
Теоретическая часть статьи раскрывает содержание
понятия темперамента. В практической части статьи мы
адаптировали метод Айзенка по изучению темперамента
личности для людей с нарушениями зрения. В этой
статье мы рассмотрели результаты нашего небольшого
исследования.
Ko‘rishda nuqsoni bor go‘dak dunyoga kelishi bilan uni ruhiy to‘siqlar qarshi oladi.
Jumladan, dastlab u onasining tovushini eshitadi ammo uni ko‘ra olmaydi, u otasi va
boshqa yaqinlari bilan ham huddi shu holatni boshdan o‘tkazadi. To‘g‘ri go‘dak uchun bu
fojiya emas, hatto u bu holatni yuzaki ham anglamas ehtimol, ammo uning ruhiy
rivojlanishiga fan tili bilan aytganda psixologik taraqqiyotiga birinchi oqsalish qadami
qo‘yiladi. U o‘zi sevgan o‘yinchoqni ushlaganida va uning rangini ko‘rmaganida, ana o‘sha
o‘yinchog‘ini topaolmay qolganida o‘zining tengdoshi yoki aka-opasi topib berganida, ilk
qadamlarini tashlagan go‘dak yurayotgan yo‘lini ko‘rmaganida va kutilmagan to‘siqqa
uchrab qoqilganida, albatta u o‘z hayotida bu faqat boshlanishi ekanligini hali anglamagan,
shu holatni anglaganida, tengdoshlari o‘ynayotgan quvlashmachoq va shu kabi boshqa bir
qator harakatli o‘yinlarni o‘ynay olmaganida, o‘zi birga katta bo‘lgan tengdoshlari
birgalikda maktabga borishayotganida u hatto ota-onasidan uzoqda maxsus maktab
internatida o‘qishni boshlaganida bu jajji vujudning mitti yuragidan nimalar o‘tar ekan,
ana shu mitti yurak qanday ruhiy zarba olar ekan. Endi shu holatni psixologik nuqtai-
nazardan tahlil qilib ko‘raylikchi.
Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar psixologiyasini o‘rganishda ularning temperament
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega deb hisobladik. Ko‘rishda nuqsoni bor
shaxslar tempramentini o‘rganishda dastlab temperament o‘zi nima? U qanday vujudga
keladi? Tempramentning qanday turlari mavjud? shu kabi savollarga qisqacha to‘xtalib
o‘tmoqchimiz.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan
bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib,
shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib
kelgan. Temperament lotincha “temperamentum” degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning
ma’nosi “aralashma” degan tushunchani anglatadi. “Temperament to‘g‘risidagi dastlabki
ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan)
yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda. Gippokrat
ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan
tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga
bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokratning fikriga ko‘ra, inson tanasida to‘rt xil
suyuqlik mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha “chole”), qon (lotincha sanguis yoki
sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas “qora”, chole “o‘t”), balg‘am (yunoncha “phlegma”)
kabilardan iboratdir. Uning mulohazasiga ko‘ra:
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
281
1.
O‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab
turish yoki badanni quruq tutishdir.
2.
Qonning xususiyati
–
issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3.
Qora o‘tning xususiyati
– namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab
turishdir.
4.
Balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi
badanni sovutib turishdan iboratdir.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib,
uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan
qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar,
chunonchi xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, flegmatikda balg‘am, melanxolikda qora o‘t
ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.
Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament
tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy
ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda”.
Temperament va temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissasini
qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P. Pavlov (1849–1936) hisoblanadi. I.P. Pavlov
temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib
chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. “I.P. Pavlov
ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga
chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari mohiyatidandir. Unga ko‘ra quyidagi
3 ta xususiyatni ajratib ko‘rsatadi:
1)
qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
2)
qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
3)
qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining
harakatchanligi.
I.P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan tempera-
mentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv sistemasining
tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan iborat.
1.
Kuchli, muvozanatli, epchil;
2.
Kuchli, muvozanatsiz, epchil;
3.
Kuchli, muvozanatli, sust;
4.
Kuchli, muvozanatsiz sust”.
Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy
bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy,
zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi.
Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi.
Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga
tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib
turadi. Uning chehrasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan
munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.
Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan
ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini
ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib
qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor,
diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga
yetkazadi, ammo unga qiziqsa.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
282
Flegmatik и senzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish,
kayfiyatini bo‘zish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha
qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini bo‘zmaydi. Imo-
ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. Qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi
oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan
ajralib turadi. harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik
bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga
qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi
taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegara-
lari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda
arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o‘ziga ishonmaydi,
tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, ho‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib g‘o‘ya qoladi.
G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib
qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.
Temperament va uning tiplari bilan qisqacha bo‘lsada tanishdik endi asosiy
maqsadimiz bo‘lgan kichik tadqiqotimiz va uning natijalariga to‘xtalsak. Tadqiqot uchun G.
Ayzenk tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib,
mahalliy sharoitga moslashtirilgan testdan foydalandik. Test 60 ta savoldan iborat bo‘lib
sinaluvchilar savollarga ha yoki yo‘q degan javobni yozishlari lozim. Ayzenkning ushbu
metodikasi asosiy ikki shkala: ekstroversiya-introversiya va nerotizm bo‘yicha aniqlandi.
Ekstravertirovanlik va intravertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p
jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taasurotlarga (ekstra-
vertirovanlik) yoki, aksincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tish hamda kelajak bilan
uyg‘unlashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taalluqligiga asoslangan holda
munosabat ifodasidir.
Nerotizm – kishining emotsional jihatdan turg‘unligi darajasini belgilaydi.
Emotsional turg‘un kishilar, emotsional holatlarining stabilligi (ko‘p o‘zgarmasligi,
yetukligi, yangi sharoyitlarga qiynalmay yaxshi moslashishi) bilan ajralib turadi.
Emotsional noturg‘un kishilar juda asabiy, noturg‘un, yaxshi moslasha olmaydigan
bo‘ladilar.
Testda sinaluvchilarning javoblarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini nazorat qilish
uchun yana bir shkala – o‘zini yaxshi ko‘rsatishga intilishini belgilaydi. Boshqacha qilib
aytganda “yolg‘on javob shkalasi” deyiladi.
G. Ayzenkning “Shaxs temperamentini aniqlash metodikasi” bo‘yicha natijalar tahlili
G. Ayzenkning mazkur metodikasini ko‘rishda nuqsoni bor shaxslarda o‘tkazildi.
Sinaluvchi sifatida Samarqand shahar 59-maxsus maktab internat o‘quvchilari tanlab
olindi. Sinaluvchilarga 60 ta savoldan iborat savolnoma o‘qib eshittirildi. Taqdqiqotda
40 nafar o‘smir o‘quvchilar qatnashdi ulardan 10 nafarida yolg‘on darajasi shkalasi
ustunlik qildi shu sababli ularning aniqlangan temperamenti natijalar ro‘yxatiga
qo‘shilmadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra 16 nafar – xolerik, 6 nafar – sangvinik, 7 nafar –
melonxolik, 1 nafar – flegmatik ekanligi tadqiqot natijalari ko‘rsatdi. Quyida natijalarni
foizlar ko‘rinishida bayon qildik.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
283
Bundan tashqari metodikada ko‘rsatilgan, Ekstroversiya, introversiya, neyrotizm va
yolg‘on darajasini aniqlash shkalalari ham tahlil qilindi, tahlilga ko‘ra ko‘rishda nuqsoni
bor shaxslarda neyrotizm darajasi yuqori ekanligi aniqlandi. Neyrotizm, ya’ni hissiy
emotsional beqarorlik o‘ta yuqoriligi bizni e’tiborimizni tortdi. Shu sababli ularning bir
nechtasi bilan individual suhbat o‘tkazdik. Natijada shunday xulosaga keldikki ulardagi
bunday yuqori neyrotizm darajasi ayni o‘sha vaqtdagi ruhiy kechinmalariga bog‘liq.
Jumladan, oliy o‘quv yurtiga kira olmaslik qo‘rquvi, maxsus maktabni tugatgach ijtimoiy
hayot tarzining o‘zgarishidan qo‘rqish va boshqa shu kabi o‘smirlarga xos ruhiy ruhiy
kechinmalar.
O‘tkazgan kichik tadqiqotlarimiz natijalari ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar
temperamenti sog‘lom shaxslarniki bilan bir qonuniyatga tayanadi. Sog‘lom shaxslarda
o‘tkaziladigan temperament testlari ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar uchun ham o‘tkazish
mumkin. Masalan, bizning yuqorida o‘tkazganimiz G.Ayzenkning shaxs temperamentini
aniqlash testi. Faqatgina ularda kechadigan ruhiy bosimni temperament xususiyatidan
ajrata olish lozim.
59%
23%
10%
8%
Shaxs temperamentini aniqlash metodikasi
Xolerk
Sangvinik
Melonxolik
Felegmatik
8 ta
22 ta
23 ta
7 ta
Introversiya
Ekstroversiya
Hissiy emotsional beqarorlik
Hissiy emotsional barqarorlik
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 7 (2021) / ISSN 2181-1415
284
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
E. G‘oziyev “Umumiy psixologiya” – Darslik. 1-kitob. Toshkent. – 2008.
2.
P.I.Ivanov, M.E. Zufarova “Umumiy psixologiya” – Darslik. Toshkent. – 2008. –
B. 357–358.
3.
Выготский Л.С. Основы дефектологии. – СПб.: Лань, 2003.
4.
Z.T. Nishonova, D.S. Qarshiyeva “Eksperimental psixologiya” – darslik. Toshkent.
– 2005.
5.
D.M. Sultonova, L.Sh. Nurmuxamedova, Sh. M.Amirsaidova. “Tiflopedagogika”
O‘quv qo‘llanma. Toshkent. – 2007.
