Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methods for the development of imaginative thinking in the
process of creative activity
Vazira KELDIYAROVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021
This article discusses theoretical research and analysis of the
classification of ways to shape their creative abilities and
figurative thinking through the organization of creative activities
with preschool children.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
creative activity,
figurative thinking,
heuristic methods.
Ijodiy faoliyat jarayonida obrazli tafakkurni rivojlantirish
metodlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ijodiy faoliyat,
obrazli tafakkur,
evristik usullar.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ijodiy
faoliyatini tashkil etish orqali ularning ijdoiy qobiliyatlarini va
obrazli tafakkurini shakllantirish usullari tasnifi borasidagi
nazariy izlanishlar va ularning tahlili haqida so‘z boradi.
Методы развития образного мышления в процессе
творческой деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
творческая деятельность,
образное мышление,
эвристические методы.
В статье рассматриваются теоретические исследования и
анализ классификации способов формирования творческих
способностей и образного мышления через организацию
творческой деятельности с детьми дошкольного возраста.
1
Lecturer, department of Preschool Education, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
476
Bolalar tafakkurini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish borasida doimo
izlanishlar olib borilgan. Turli nazariyalar va turli metodikalar ishlab chiqilgan. Ushbu
nazariyalarni bolalarning yosh davrlari xususiyatlari va tafakkur bosqichlariga xoslangan
holda taqdim etish borasidagi tadqiqotlar esa kam uchraydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar obrazli tafakkurini shakllantirishda sahnalashtirsh faoliyatidan foydalanish va bu
jarayonda bir qator metodlardan foydalanishning avfzallik jihatlari haqidagi ma’lumot-
larga to‘xtalamiz [2-4].
Bolalar obrazli tafakkurini o‘stirshda ijodiy masala va topshiriqlar beriladi, va bu
topshiriqlarni bajarishda turli usullardan foydlanish tushuntiriladi. Bunday ijodiy
muammolarni hal qilish usullarini tabiiy va suniyga bo‘lish mumkin. Tabiiy usullarga
tajriba-sinov va xulosalash kabilardan iborat. Ulardan foydalanish orqali bolalar yangi
g‘oyalar va ularning amaliy sinovlari bilan tanishadilar. Ushbu texnologiya an’anaviy
ravishda “ijodiy izlanish” deb nomlanadi.
Vazifa qanchalik qiyin bo‘lsa, uni hal qilish uchun ko‘proq sinovlar talab qilinadi,
bunda suniy usullarga murojaat qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ijodiy muammolarni hal qilish-
ning sun’iy usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
ijodiy texnologiyalar; (evristik metodlar, analitik ijodiy usullar);
g‘oyalarni shakllantirish usullari;
ijodiy algoritmlar.
Evristik metodlar – bu muammoni hal qilishga yordam beradigan ijodiy harakatlar
va holatlarni tashkil etishga qaratilgan usullar majmuidir. Analitik ijodiy usullar – bu
vazifani tuzish, uni tahlil qilish va ehtimoliy yechim topishga qaratilgan usullardir.
Qisqa vaqt ichida ijodiy muammolarni hal qilish uchun ko‘plab variantlar va
g‘oyalarni olish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqarish usullari – bu qatiiy tuzilgan
texnologiyalar (harakatlar tartibi, ko‘rsatmalar, evristik usullar va texnikalar, ijodiy
muloqotni tashkil etish talablari kabilar) hisoblanadi [6-9].
Ijodiy algoritmlar – bu aniq tuzilgan texnologiyalar bo‘lib maxsus o‘quv tizimi,
ma’lum bir tafakkurni shakllantirish, harakatlar tartibi, retseptlar, usullar va evristik
texnikalar, muammolarni hal qilish standartlari, ijodiy muloqotni tashkil etish talablari
kabilar kiradi. Bu usul muammoning aniqlanish sohasini qidiruv maydonini aniq
belgilashga imkon beradi.
Ijodiy faoliyatda muammoning echimini topishga qaratilgan usullar.
Evristika – ijodiy jarayon qonunlari haqidagi fan, asosan, ongni ozod qilish va
psixologik inersiyani yengish uchun ishlatiladi, bu ijodiy muhitni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega [8].
Evristik uslublar. Inversiya texnikasi – bu muammoga boshqa, notanish tomondan
qarash. G‘oyani qidirayotganda, ko‘pincha mantiq va aql-idrok bilan belgilanadigan
an’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, muammoning yechimini qidirish yo‘nalishini teskari
tomonga o‘zgartirish orqali topish mumkin. Ko‘pincha, mantiqiy fikrlash usullari va
protseduralari samarasiz bo‘lib chiqadigan vaziyatlarda, yechimning qarama-qarshi
alternativasi maqbuldir.
Analogiyani qabul qilish masalalarni yechishda mantiqni qo‘llash kerak, 4 xil
analogiya ishlatiladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik ko‘rib chiqilayotgan muammo boshqa tarixiy,
ijtimoiy, etnik, kasbiy sharoitda hal qilingan shunga o‘xshash muammo bilan solishtiriladi;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
477
shaxsiy o‘xshashlik yoki empatiya: muammoni hal qilayotgan odam o‘zini ijodiy
vazifaning ob’ekti bilan tanishtirishga harakat qiladi;
ramziy o‘xshashlik - maxsus atama (ijodiy vazifaning mazmuni) mohiyatini
umumlashtirish, badiiy obraz orqali yetkazishga urinish. metafora, taqqoslash, ya’ni bir
ob’ektning xususiyatlarini boshqasining xususiyatlari bilan aniqlashga harakat qilish;
hayoliy o‘xshashlik: ijodiy muammoning echimi, o‘zicha, fantastik obyektlar
yordamida, kim xohlasa, shunday ko‘rinadi.
Bissotsiatsiya texnikasi: o‘xshash yoki shunga o‘xshash masalani hal qilish uchun
ma’lum bo‘lgan ikkita mantiqiy dasturning kombinatsiyasi qo‘llaniladi, bu uning echimiga
olib kelishi kerak. Bissotsiatsiya texnikasidan muvaffaqiyatli foydalanishga misol sifatida
I. Gutenbergning matbaa ixtirosi keltirilgan: u uzumni presslash va tangalarni zarb qilish
texnologiyasidan bisotsiatsiya qurdi. Natijada birlashgan yechim: harflar to‘plami va bu
to‘plamni qog‘ozga bosish texnalogiyasi paydo bo‘ladi.
Analitik ijodiy usullarning kelib chiqish tarixi turli davrlarda turli shaxslar
tomonidan ishlab chiqilgan. Aql xaritasi deb nomlangan fikrlash jarayonining grafik
ko‘rinishini T. Buzan taklif etgan. Uning bu usulini "Ijodiy grafik" ham deb nomlashadi. U
ijodiy muammolarni avval grafik shaklda yechimga olib boruvchi chizmalarni birlashtirish
orqali erishiladigan natija muammoni hal qilishning samarali usuli ekanini ta’kidlaydi.
A. Osbornning “Tekshirish varaqasi” usuli. Bu usul individual rejimda ham, kollektiv
ijodkorlik rejimida ham qo‘llanilishi mumkin [5-10].
Morfologik tahlil usuli. Morfologik tahlilning yaratilishi ikkita nom bilan bog‘liq:
O‘rta asrlar rohibasi Raymond Luli (taxminan 1235–1316) va 20-asr o‘rtalarida AQShda
ishlagan shveytsariyalik astrofizik Frits Zviki. Zviki uslubi rang, shakli va tuzilishi kabi
obyekt parametrlarining mumkin bo‘lgan turli xil kombinatsiyalarini aks ettirish orqali
maqbul yechimni ajratishga imkon beradi. “Aqliy hujum” usulida, kishi qanchalik bemani
tuyulmasin, xayoliga birinchi nima kelsa, shuni aytadi. Miyaga kelgan birinchi fikr esa
ko‘pincha maqbul va orginal yechim bo‘lishi mumkin.
Aqliy hujum usulining davomlaridan biri sinektika usulidir. Sinektika tarjimada
“o‘xshash bo‘lmagan elementlarning kombinatsiyasi” degan ma’noni anglatadi va miya
hujumining evristik rivojlanishi hisoblanadi. 1950-yillarda Uilyam Gordon va Jorj Prins
sinektika deb nomlangan ijodiy texnikani ishlab chiqdi. Metodologiyada ishtirokchilar ma’lum
bo‘lgan narsani g‘ayrioddiy va g‘aroyib tarzda ma’lum qilishga harakat qilishadi [7].
Ijodiy algoritmlar yuqorida muhokama qilingan ijodiy muammolarni hal qilish
usullaridan farq qiladi, chunki ular murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ayniqsa, murakkablik
darajasi yuqori bo‘lgan, yechimini izlashda ko‘plab sinov va tajriba talab etiladi. Ijodiy
algoritmlar foydalanuvchini o‘qitishning uzoq jarayonini va berilgan harakatlar dasturiga
qat’iy rioya qilishni o‘z ichiga oladi. Evristik usullar – ijodiy tasavvurni kuchaytirish usul-
lari, ijodiy dizayn muammolarini hal qilishning noan’anaviy usullarini topish, psixologik
inersiyani yengish – bu evristik usullarning imkoniyatlari. Bu yanada oqilona va yangi
dizayn echimlarini topish uchun amalga oshiriladigan retseptlar yoki ma’lumotlarni qayta
ishlash tartiblari ketma-ketligi.
Ijodiy muammolarni hal qilishning evristik usullari - bu qaror qabul qilish uchun eng
ehtimolli strategiya va taktikani belgilaydigan, uni rag‘batlantirish va intuitiv fikrlashni,
yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishni va shu asosda samaradorlikni sezilarli darajada
oshiradigan, ijodiy muammolarning ma’lum bir sinfini hal qilishga qaratilgan printsiplar
va qoidalar tizimi. Evristik usullarga quyidagilar kiradi: suhbat, savol va topshiriqlar ustida
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
478
mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish, munozara. O‘qitishning evristik usulida,
o‘qituvchi savol beradi, bolalar esa unga javob izlaydilar. Shunday qilib, talabalar tayyor
bilimlarni olmaydilar, balki ularning echimini topishda faol ishtirok etadilar va shu bilan
ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradilar.
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosini o‘rganishga alohida e’tibor
qaratgan E.P.Torrensning ham bu boradafi izlanishlari alohid e’tiborga loyiq. U bolaning
ijodiy salohiyati va ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga
qaratilgan nazariy pozitsiyalarini tahlil qilgan. Torrens, bolaning rivojlanish sharoitlarini
hisobga olish muhimligini ta’kidlaydi [1].
Faoliyat yondashuvi – bu bolalarning aqlan va jismonan ortiqcha yuklamalarsiz
ta’lim muhitini o‘zlashtirish usullari va uslublari, bu erda har bir bola o‘zini namoyon
qilishi, ijodkorlikdan quvonch hissini tuyushga o‘rgatish.
Tarixiy va madaniy bilimlar nazariyasiga (falsafa tarixi, ijtimoiy fanlar, san’at,
ijtimoiy amaliyot) asoslanib V.T. Kudryavtsev va V.B. Sinelnikova (1995-yilda) maktab-
gacha yoshdagi bolalarning universal ijodiy qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy
tizimlarning rivojlanish bosqichlarni taklif etdilar [4; 49].
V.T. Kudryavtsev va V.B. Sinelnikovlarning metodikasi bo‘yicha ijodiy qobiliyat-
larning rivojlanish ko‘rsatkichlari:
1. Xayolot realizmining namoyon bo‘lishi – obyektning mohiyatini mantiqan
tushunish holatida rivojlanishining yaxlitligi haqidagi obrazli g‘oyalarni topish.
2. Avval obyektning yaxlitligini, so‘ngra uning qismlarini aniqlash.
3. Ijodiy o‘zgarishlarning haddan tashqari vaziyatli-transformatsion yo‘nalishi-
muammoni hal qilish uchun mustaqil ravishda variantlar yaratish qobiliyati.
Yuqorida sanab o‘tilgan usullar maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyat-
lari darajasini, tasavvur realizmining namoyon bo‘lishi, birinchi navbatda obyektning yax-
litligini, so‘ngra uning qismini, ijodiy faoliyatning haddan tashqari o‘zgaruvchan yo‘na-
lishini aniqlashga imkon beradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy
faoliyatida tafakkurni rivojlantirish texnikasi va usullarini joriy etishga qaratilgan maxsus
ishlarni olib borish zarur. Ijodiy qobiliyatlarni nafaqat maxsus mashg‘ulotlarda, balki rejim
paytlarida, teatr faoliyatida faollik yondashuvi bilan mustaqil faoliyatni rivojlantirish
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Белова Е.С. (2004). Выявление творческого потенциала дошкольников с
помощью теста П. Торренса. Психологическая диагностика. – № 1. – С. 21–40.
2.
Интеллект карты в книге Тони и Барри Бьюзенов «Супермышление»
[Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://kayrosblog.ru/iintellektkarty-v-knige-
toni-i-barri-byuzenov-supermyshlenie.
3.
Использование метода фокальных объектов для поиска новых идей
[Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://newgoal.ru/ispolzovaniemetoda-
fokalnyx-obektov-dlya-poiska-novyx-idej.
4.
Кудрявцев В., Синельников В. (2005). Ребёнок – дошкольник: новый подход
к диагностике творческих способностей. – № 9. – С. 52–59.
5.
Метод
контрольных
вопросов
для
решения
творческих
задач
[Электронный ресурс] – Режим доступа: http://newgoal.ru/metodkontrolnyx-
voprosov-dlya-resheniya-tvorcheskix-zadach/
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
479
6.
Научная электронная библиотека [Электронный ресурс]. – Режим доступа:
https://elibrary.ru/
7.
Психология одаренности: от теории к практике. Под редакцией
Д.В. Ушакова 1999 г. [Электронный ресурс]. – Режим доступа: https://docviewer.
yandex ru/view/0/?*=SVvI81iqu1Yxwkga.
8.
Современный Энциклопедический Словарь [Электронный ресурс]. Режим
доступа: https://myklad.org/5/2/22/sovremennyjyenciklopedicheskij-slovar-izd-bolshaya-
rossijskaya-yenciklopediya-1997-slovar-obychnyj-tekst.html.
9.
Keldiyarova V.B. (2020). Bolalarning qobilyatlarini erta aniqlashda obrazli
tafakkurning ahamiyati. In инновационные подходы в современной науке (PP. 50–54).
10.
Botirovna K.V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in
preschool children through various playing activities. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).
