Авторы

  • Вазира Келдиярова
    Докторант, Каршинский государственный университет, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp128-131

Ключевые слова:

мнемотаблицы нравственные качества персонажи сказок фольклор

Аннотация

В данной статье подчеркивается важность использования мнемотаблиц при знакомстве детей дошкольного возраста с примерами народной педагогики. Также приводится технология использования этого метода в учебном процессе в качестве иллюстративного примера.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The technology of using the mnemonic method in
introducing children to examples of folk pedagogy

Vazira KELDIYAROVA

1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2023
Received in revised form

15 September 2023
Accepted 25 September 2023

Available online

15 October 2023

In this article, the importance of using mnemonic tables in

introducing examples of folk pedagogy to preschool children is

highlighted, as well as the technology of use in the training
process is presented as an example.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp128-131

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

mnemonic tables,

moral qualities,

characters of fairy tales,
folklore,

figurative thinking

Bolalarni

xalq

pedagogikasi

namunalari

bilan

tanishtirishda

mnemonika

metodidan

foydalanish

texnologiyasi

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

mnemonik jadvallar,

axloqiy sifatlar,

ertak qahramonlari,

xalq og‘zaki ijodi,

obrazli tafakkur



Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga xalq

pedagogikasi namunalarini tanitishda mnemonik jadvallardan

foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan, shuningdek

mashg‘ulot jarayonida foydalanish texnologiyasi namuna sifatida

keltirilgan.

1

PhD student, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan. E-mail: avazira.1992@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

129

Технология использования мнемического метода при

ознакомлении

детей

с

примерами

народной

педагогики

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

мнемотаблицы,
нравственные качества,

персонажи сказок,
фольклор,

образное мышление

В

данной

статье

подчеркивается

важность

использования мнемотаблиц

при знакомстве детей

дошкольного возраста с примерами народной педагогики.
Также приводится технология использования этого метода
в учебном процессе в качестве иллюстративного примера.

KIRISH

Maktabgacha yoshdagi bolalarda obrazli tafakkurni shakllantir

ish yo‘llaridan biri bu –

xalq og‘zaki ijodi va bolalar adabiyotidir. Bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasi, xususan,
xalq og‘zaki ijodidan foydalanish ahamiyatli. Xalq og‘zaki ijodining mazmun mohiyatida aks
etgan turli tarbiyaviy g‘oyalar bolalarning

axloqiy sifatlarini shaklantirishga xizmat qilsa, undagi

obrazlilik, sifatlash, mubolag‘a, majoz, yorqinlik, ta’sirchanlik ularning mantiqiy fikrlashi,

ijodkorlik va tafakkur turlarini shakllanishida muhim manba hisoblanadi [1,2,3].

ASOSIY QISM

Bolalarda obrazli tafakkurni tarkib toptirishda ertak, afsona, rivoyat, hikoyalardan

foydalanishda quyidagilarga ahamiyat qaratish lozim:

-

ularning xayolot dunyosini boyitish uchun asosan majoziy va sehrli ertaklar (“Chol

bilan kampir”, “Bulbuligo‘yo”, “Ur to‘qmoq”, “Uch og‘a

-

ini botirlar”, “Baxtli kal”, “Zumrad va

Qimmat”, “Sehrli ohu”, “Xasis boy” kabi) dan foydalanish;

-

bolalar ertak qahramonlari, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘z tasavvuricha

o‘sha obrazlarni rasmlar orqali ifodalashi;

-

bolalarga

ertakni davom ettirish yoki yangi ertak (o‘z ertagida noodatiy qahramonlar,

sehrli jonivorlar va predmetlar, g‘aroyib xislatga ega obrazlar qatnashishi shart) to‘qish kabi

vazifalarni berish lozim.

Xalq pedagogikasida bolalarning tafakkuri, mushohada qobiliyatini, mantiqiy fikrlashini

o‘stirishda topishmoqlardan ham unumli foydalanilgan. Topishmoqlar vositasida bolalarga
elementarni hisoblash (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari) o‘rgatilgan. Shu bilan
birga, topishmoqlar asosida o‘quvchilar

ning obrazli tafakkurini ham shakllantirish mumkin

[4,5,6,7]. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi:

-

topishmoqlar to‘qish

-

bunda bolalar o‘zlari atrofdagi predmetlar asosida sodda

topishmoqlar yaratadilar. Masalan, “Men bir narsa ko‘ryapman, shakli duma

loq, chiq-chiq

qiladi, devorga osilgan” (soat).

-

berilgan belgilar asosida topishmoqlar yaratish. Bu metodda bolalarga turli belgilar va

rasmlar beriladi. Bolalar bu belgilar asosida boshqotirma shaklidagi topishmoq tuzishi lozim

bo‘ladi. Masalan,

turli hayvonlarning qismlari tushirilgan rasmlari bolalarga beriladi. Bolalar

bir-

birlaridan qismlardan hayvonlarni nomini topishni so‘rashadi.

-

rebusli va rasmli topishmoqlar. Bu usul hozirgi kunda keng tarqalgan bo‘lib, bolalarning

sevimli boshqotirmasiga

aylangan. Bu kabi rebuslar orqali bolalarning tafakkurini o‘stirishda

keng foydalanish o‘rinlidir.

-

topshiriqli topishmoqlar. Bu metodda bolaga bir nechta harakatli vazifa beriladi.

Masalan, “O‘ng tomondagi xonaga kir, xonada 2 ta javon bor, 1

-javonning 2-tokchasida 3 ta kitob


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

130

bor, sen ulardan ko‘k rangdagi kitobni olib kel” kabi. Bu kabi vazifalarni bajarishda bola

xotirasiga va tafakkuriga matematikaga va ranglarga oid bilimlariga tayanib ish yuritadi
[8,9,10].

Mnemonik jadvallardan didaktik material sifatida foydalanish ham bolalar bilan

ishlashda alohida o‘rin tutadi. Mnemonik jadval

-

bu ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema.

Mnemonik jadvallar bilan ishlash texnikasini o‘zlashtirish mashg‘ulot vaqtini sezilarli darajada

qisqartiradi va shu bilan birga quyidagi masalalarni hal qiladi:

-

asosiy aqliy jarayonlarni rivojlantirish - xotira, diqqat, obrazli tafakkur;

-

ma’lumotni transkodlash, ya’ni, mavhum belgilaridan tasvirlarga o‘tkazish;

-

qisman yoki to‘liq grafik

-

amaliy harakat bilan qo‘llarning nozik motorik

ko‘nikmalarini

rivojlantirish.

-

O‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” misolida mnemonik jadval bilan ishlash

texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.

M

ashg‘ulot bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ularda tarbiyachi quyidagi vazifalarni

bajaradi.

Bosqich 1.

Jadv

alni ko‘rib chiqish va unda ko‘rsatilgan tasvirlarni tahlil qilish.

Bosqich 2.

Axborotni qayta tahlil qilib mavhum belgilardan aniq tasvirlarga o‘tish.

1-rasm.

Mnemonik tasvirlar

Bosqich 3.

Tahlillashdan so‘ng, ertak ramzlar (tasvirlar) asosida qayta h

ikoya qilinadi,

ya’ni, ertak qayta yodga olinadi. Masalan: “Zumrad va Qimmat ismli qizlar bo‘lishgan ekan.
Zumrad aqlli va odobli, Qimmat esa dangasa va qo‘pol ekan. Qimmatning onasi Zumradga o‘gay
ona bo‘lgani uchun uni ko‘p urishar doimo koyir ekan. Bir kuni o‘gay onasi Zumradni o‘rmonga
adashtirib kelishni uning otasiga buyuribdi. Zumrad o‘rmonda sehrgar kampirni uchratibdi…”

kabi hikoya qilinadi.

Shu bilan birga, bolalar o‘zlari yoki tarbiyachi bilan birgalikda ertaklarni aytib berishlari

mumkin.

4-bosqich.

Mnemonik jadvalning grafik eskizi tuziladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

131

5-bosqich.

Jadval bolaga har safar ko‘rsatilganda yana nimadir qo‘shish mumkin.

Ertakni takrorlashda asosiy e’tibor asosiy belgilar obraziga qaratiladi. Bolalarga savollar
beriladi: “Jadvalda qaysi ertak yashiringan?”, “Bu ertak kim yoki nima haqida? ”.

Eslatma.

Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar uchun mnemonik jadvallarga rang berilishi

kerak, chunki bolalarning xotirasida alohida tasvirlar mavjud: tulki qizil chiroyli, tovuqlar sariq,

xo‘roz qizil tojlari b

or, sichqon kulrang, quyosh sariq va qizil (issiq) va boshqa rasmlar.

Mnemonik jadvalning muhim qismi - bu ertakning asosiy qahramonlarining obrazi

uchun to‘g‘ri rasmlarni tanlashdir, ushbu obraz orqali bolalar ertakda sodir bo‘layotgan

voqealarni anglash

i, ertakning syujeti, uning asosiy qahramonlari atrofida “bog‘langan” tarkibni

tushunishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, mnemonik jadvaldan ertak qahramonlari, tabiat hodisalari, topishmoqlar,

iboralar va biron jarayon harakatlarni sxematik tarzda tasvirlash

mumkin, ya’ni ushbu jadvalda

aks ettirish uchun zarur deb hisoblagan hamma narsani tasvirlash mumkin. Ammo shunday

tasvirlash kerakki, chizilgan narsalar bolalar uchun tushunarli bo‘lishi lozim.

XULOSA

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi

bolalarda xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan

tanishtirishning rang-barang usullari bilan bir qatorda mnemotik jadvallar va tasvirlar bilan

ishlash texnologiyasi mashg‘ulot sifatini oshirishga va bolalarda kognitiv qobiliyatlarni ham

rivojlantirishga xizmat qiladi.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

:

1.

O.Berdieva (2003), Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. Xalq ta’limi.

Toshkent. №1. B 225,104

-bet.

2. Botirovna, K. V. (2020). Methods of using oral folk creativity to shape the thinking of

preschool children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5),
608-612.

3. Botirovna, K. V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in preschool

children through various playing activities. European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences Vol, 8(12).

4.

Большева, Т.В. (2005). Учимся по сказке. Развитие мышления дошкольников с

помощью мнемотехники.. 2

-

е изд. испр. СПб.: Детство

-

Пресс, 96 с.

5.

Спыну, В.В. (2013). Обучение составлению описательных рассказов

дошкольников с ОНР на основе использования мнемотехнических таблиц. Молодой
ученый, (11), 654

-657.

6.

Ткаченко, Т.А. (2005). Составление описательных рассказов по опорным схемам.

Метод. руководство, картинный комплект. М.: Книголюб.

7. V.B.Keldiyarova, (2020). Bolalarning qobilyatlarini erta aniqlashda obrazli

tafakkurning ahamiyati. In инновационные подходы в современной науке (pp. 50

-54).

8.

Келдиярова, В.Б., & Умирова, Ф.Н. (2020). Формирование образного мышления

детей дошкольного возраста через интеграционное обучение. Экономика и социум, (5

-

1 (72)), 743-747.

9.

Келдиярова, В. (2021). Методы развития образного мышления в процессе

творческой деятельности. Общество и инновации, 2(8/S), 475

-479.

10. Xusanboyev, S., Qodirov, A., Baxromov, E., Ulmasova, N., & To'xtamboyeva, N. (2021).

The effect of the COVID-19 pandemema on student behavior and concepts: on the example of

institution students in Uzbekistan. Экономика и социум, (5

-1), 550-558.

Библиографические ссылки

Berdieva O. (2003). Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. Xalq ta’limi. Toshkent. №1. B 225,104-bet.

Botirovna, K. V. (2020). Methods of using oral folk creativity to shape the thinking of preschool children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 608-612.

Botirovna, K. V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in preschool children through various playing activities. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).

Большева, Т. В. (2005). Учимся по сказке. Развитие мышления дошкольников с помощью мнемотехники.. 2-е изд. испр. СПб.: Детство-Пресс, 96 с.

Спыну, В. В. (2013). Обучение составлению описательных рассказов дошкольников с ОНР на основе использования мнемотехнических таблиц. Молодой ученый, (11), 654-657.

Ткаченко, Т. А. (2005). Составление описательных рассказов по опорным схемам. Метод. руководство, картинный комплект. М.: Книголюб.

Keldiyarova, V. B. (2020). Bolalarning qobilyatlarini erta aniqlashda obrazli tafakkurning ahamiyati. In инновационные подходы в современной науке (pp. 50-54).

Келдиярова, В. Б., & Умирова, Ф. Н. (2020). Формирование образного мышления детей дошкольного возраста через интеграционное обучение. Экономика и социум, (5-1 (72)), 743-747.

Келдиярова, В. (2021). Методы развития образного мышления в процессе творческой деятельности. Общество и инновации, 2(8/S), 475-479.

Xusanboyev, S., Qodirov, A., Baxromov, E., Ulmasova, N., & To'xtamboyeva, N. (2021). The effect of the covid-19 pandemema on student behavior and concepts: on the example of institution students in Uzbekistan. Экономика и социум, (5-1), 550-558.