Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The content of contracts of state higher educational
institutions for the implementation of entrepreneurial
activities and the problems of their execution
Ildar KHAMIDOV
1
University of Public Security of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2021
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2022
Available online
25 February 2022
In this article, the contracts concluded by the state with
higher educational institutions in business are considered. And
also, possible problems arising in the implementation of these
contracts. Especially, contracts concluded by higher educational
institutions for the implementation of entrepreneurial activities
are classified. Contracts of higher educational institutions
related to the performance of their usual functional duties are
highlighted. And also, contracts aimed at attracting possible
additional financing. The necessity of the development of
entrepreneurial activity of higher educational institutions is
substantiated and considered. For example, amendments and
additions to the Law of the Republic of Uzbekistan
“
On
guarantees of freedom of entrepreneurial activity
”
, Resolution
of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated
April 8, 2009 No. 102
“
On measures to improve the procedure
for leasing state property
”.
And also, the expediency of
introducing the following content into the Regulation on Higher
Education of Chapter 10 is justified. Analyzed and proposed, a
possible solution, about the lease agreement and related
problems as a common business activity of state higher
educational institutions.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
higher educational
institution,
educational services,
extra-budgetary income,
entrepreneurial activity,
private partnership,
lease agreement of
educational institutions,
contractual discipline.
1
Associate professor, department of legal sciences, University of Public Security of the Republic of Uzbekistan.
Tashkent, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
70
Davlat
oliy
ta’lim
muassasalarining
tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishga oid shartnomalarining
mazmuni va ularni bajarish muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Davlat oliy ta’lim
muassasasi,
ta’lim xizmatlari,
byudjetdan tashqari
daromad,
ta’lim shartnomasi
mazmuni,
tadbirkorlik faoliyati,
davlat xususiy sherikchilik,
ta’lim muassasalarining ijara
shartnomasi,
shartnoma intizomi.
Maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik
faoliyatida tuzishi mumkin bo‘lgan shartnomalar va shu
shartnomalarni bajarishda uchraydigan muammolar haqida
yoritib berilgan. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzadigan
shartnomalari tasniflangan. Oliy ta’lim muassasalarining
odatdagi funksional vazifalarni bajarish bilan bog‘liq shart
-
nomalari hamda qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishga qaratilgan
shartnomalari farqlab berilgan. OTM tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishga bo‘lgan zarurati asoslantirilgan. O‘zbekiston
Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarni kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 2009-yil 8-a
prelda “Davlat mulkini
ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 102
-
son Qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish asoslantirilgan hamda Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom
(2003-yil 22-
fevral, ro‘yxat raqami: 1222)ga quy
idagi mazmun-
dagi X1 bob Davlat oliy ta’lim muassasasining tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishga oid shartnomalar kiritish maq-
sadga muvofiqligi asoslantirilgan. Davlat OTMlarining keng
tarqalgan tadbirkorlik faoliyati sifatida tuziladigan ijara shart-
nomasi va u bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, yechimi
berilgan.
Содержание договоров государственных высших
образовательных учреждений на осуществление
предпринимательской деятельности и проблемы их
исполнения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
высшее учебное
заведение,
образовательные услуги,
внебюджетные доходы,
предпринимательская
деятельность,
частное партнерство,
договор аренды
образовательных
учреждений,
договорная дисциплина.
В данной статье, рассмотрены договоры, заключаемые
государством с высшими образовательными учреждениями в
предпринимательской деятельности. А также, возможные
проблемы, возникающие при выполнении этих договоров.
Особенно,
классифицируются
договоры,
заключаемые
высшими учебными заведениями, для осуществления
предпринимательской деятельности. Выделены договоры
высших
образовательных
учреждений,
связанные
с
выполнением ими обычных функциональных обязанностей. А
также, договоры, направленные на привлечение возможного
дополнительного финансирования. Обоснована и рассмотрена
необходимость развития предпринимательской деятельности
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
71
высших учебных заведений. К примеру, внесение изменений и
дополнений в Закон Республики Узбекистан «О гарантиях
свободы предпринимательской деятельности», постановление
Кабинета Министров Республики Узбекистан от 8 апреля 2009
года № 102 «О мерах по совершенствованию порядка сдачи в
аренду государственного имущества». А также, обоснована
целесообразность внесения в Положение о высшем
образовании
главы
10
следующего
содержания.
Проанализирован и предлагается, возможное решение, о
договоре аренды и связанных с ним проблемах как о
распространенной
предпринимательской
деятельности
государственных высших учебных заведений.
Davlat muassasasi fa
qat byudjetdan moliyalashtirilishi hisobiga kun ko‘rishi
bugungi bozor sharoitida birmuncha murakkab hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muassasalar,
xususan, davlat OTMlarida raqobatli bozor sharoitida turli xizmatlar ko‘rsatish,
qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb
etish, turli ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga
oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan sharoitda masala yanada dolzarb ahamiyat kasb
etadi.
Bu o‘rinda ilgari ham OTM tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun
shartnomalar tuzishi mumkin edi-ku!
Nega endi aynan bugungi kunda dolzarb bo‘lib
qoldi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. OTMning tadbirkorlik faoliyati tashabbuskor, mustaqil
va foyda keltiradigan faoliyat bo‘lishi lozim. Bunda o‘zining ustav maqsadlarini ro‘yobga
chiqarish, ta’lim sohasini rivojlantirish asosiy yo‘nalish bo‘lishi shart. Qabul qilinayotgan
qonun hujjatlari OTM oldiga yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu boisdan aynan
ushbu bosqichda OTM tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy mexanizm-
larini keng joriy etish talab qilinadi.
Bugungi kunda OTM tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan zarurat
quyidagilar bilan izohlanadi:
–
OTM faoliyatiga davlat xususiy sheriklikning kirib kelishi;
–
oliy ta’lim xizmatlari bozorida raqobat muhitining yuzaga kelishi;
–
to‘
lov-
kontrakt asosida oliy ta’limga qabul qilishda OTMga keng imkoniyatlar
berilishi;
–
oliy ta’limga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi;
–
OTMda ta’lim berishning yangi shakllari va usullarining keng joriy etilishi;
–
OTM faoliyatining davlat tomonidan moliyalas
htirilishi qat’iy bog‘lanib
qolganligi;
–
OTMning biznes tuzilmalari bilan aloqaning sustligi;
–
xalqaro standartlar asosida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yilishi va h.k.
Bundan tashqari, OTM o‘z ustav maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan hamda
qonunda taqiql
anmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi ham mumkin. Avvalo, qayd
etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53
-
moddasiga ko‘ra, davlat
iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy
jihatdan birxilda muhofaza etilishini kafolatlaydi. Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik faoliyati
erkinligining mavjudligi fuqarolik-
huquqiy munosabat subyektlariga o‘z manfaatlarini
ko‘z
lab, turli shartnomaviy munosabatlarda ishtirok etishga imkon beradi [1]. Demak, bu
imkoniyat fuqarolik huquqiy munosabatning boshqa subyektlari singari OTMlariga ham
berilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
72
OTM tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzadigan shartnomalarni
tasniflash lozim. Avvalo, odatdagi funksional vazifalarni bajarish bilan bog‘liq
shartnomalar hamda qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishga qaratilgan shartnomalar farqlab
olinishi zarur.
OTM professor-
o‘qituvchisi tomonidan to‘lov
-kontrakt asosida
ta’lim
-tarbiya
berish, talabalar uchun ilmiy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, OTM tomonidan turli
konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish bu qonunda belgilangan tartibda
OTMning funksional vazifalari bilan bog‘liq.
Yuridik adabiyotlarda qayd etilishicha, shartnomaning mazmunini uning bandlari
(shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi [2]. E.A. Suxanovning fikricha, shartnomaning
kelishuv (bitim) sifatidagi mazmuni shartnoma majburiyatlarining mazmunini tashkil
etuvchi, uning taraflari o‘rtasida kelishib olingan shartlarining yig‘indisi tashkil etadi [3].
M.I. Braginskiy va V.V.
Vitryanskiylarning ta’kidlashicha, har qanday huquqiy munosa
-
batda bo‘lgani kabi shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari
tashkil etadi[4].
Ayrim mutaxassislarning fikricha, shartnomaning asosiy mavzusi hisoblangan
uning predmetiga e’tibor qaratish zarur. OTMning odatdagi funksional vazifalarini
bajarishga doir shartnomaviy munosabatda uning predmeti muayyan natijani olishga
qaratilgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanishini qayd etishadi
[5].
Fikrimizcha, garchi o‘zbek tilida tuziladigan shartnomalarda “shartnomaning
mazmuni” jumlasi, asosan, shartnomaning narsasi (predmeti)ni anglatsa
-da, shartno-
maning mazmunini aynan taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etishi tushunarli
hisoblanadi. Chunki aynan huquq va majburiyatlar shartnomaning nima haqida
tuzilganligi, taraflar qanday majburiyatlar bajarishini aniqlash imkonini beradi. Shartno-
maning shartlari esa o‘zaro huquq va majburiyatlarni
belgilash usuli hisoblanadi. Shu
boisdan huquqiy munosabat sifatida shartnoma mazmuni haqida gap ketganda,
taraflarning huquq va majburiyatlari nazarda tutiladi.
Nazarimizda, OTM tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun shartnomalar
tahliliga e’tibo
r qaratish lozim. V.V.
Kvaninaning fikricha, ma’ruza o‘qiydigan professor,
talaba bilan shartnomaviy munosabatda bo‘lmasdan, balki OTM bilan mehnat
munosabatlarida bo‘ladi va shu boisdan talabalarga xizmat ko‘rsatadi [6]. V.I.
Shkatulla
fikricha, ta’lim muassasasi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat ma’muriy huquq metodi
bilan tartibga solinadi, ya’ni ular o‘rtasida subordinatsiya munosabatlari o‘rnatiladi. Haq
evaziga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning fuqarolik
-huquqiy konstruksiyasiga nisbatan
e’tirozlar quyidagilarda ko‘rinadi: 1) ommaviy shartnomani faqat tadbirkorlik subyekti
tuzadi, ta’lim muassasasi esa tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanmaydi; 2) haq
evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining mazmunini buyurtmachining topshirig‘iga
ko‘ra ijrochi t
omonidan harakatlar sodir etishda ifodalanadi, buyurtmachi esa xizmatlar
haqini to‘laydi, ya’ni buyurtmachining majburiyati faqat haq to‘lash bilan nihoyasiga
yetadi. Ta’lim berish to‘g‘risidagi shartnomada ta’lim muassasasi yoki alohida
pedagogning ijroch
ining xizmatlari sifatida bir vaqtning o‘zida o‘quvchining ham ishlashi
va ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni taqozo etadi [7].
V.I.
Shkatulla fikriga quyidagilarga ko‘ra qo‘shilib bo‘lmaydi. Birinchidan, ommaviy
shartnomani faqat tadbirkorlik subyekti tuzmaydi. FKning 358-moddasida garchi
chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati,
energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va shu kabilar[8], asosan,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
73
tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilsa-da, ushbu modda ommaviy
shartnoma subyektini aniq belgilab bermaydi. Ikkinchidan, ta’lim xizmatlarini ko‘rsa
-
tishda buyurtmachi tomonidan xizmatlar haqini to‘lashning o‘zi shartnoma majburiyatini
to‘liq bajarganligini keltirib chiqarmaydi. Bunga mos ravishda ta’lim oluvchining
muayyan majburiyatlarni bajarishi haqida shart ham shartnoma mazmunida ifodalanadi.
V.M.
Soro‘x haq evaziga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish masalasini tadqiq etib, ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatish fuqarolik
-huquqiy xarakterga ega emas, degan fikrni ilgari suradi.
Uning fikricha, birinchidan, haq evaziga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda buyurtmachidan
bir qator faol harakatlar sodir etishi talab qilinadi (ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarida
ishtirok etish, o‘quv rejasin
i bajarish va h.k.). FK esa buyurtmachi tomonidan faqat haq
to‘lashni nazarda tutadi. Ikkinchidan, fuqarolik
-
huquqiy munosabatda mavjud bo‘lgan
ishtirokchilarning tengligiga amal qilmaydi, chunki ta’lim oluvchiga nisbatan intizomiy
jazo qo‘llanilishi mumkin. Uchinchidan, haq evaziga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
shartnomasi tuzilgan vaqtdan emas, balki haq to‘langan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
To‘rtinchidan, ta’lim ko‘rsatishga oid huquqiy munosabat majburiyat ijro etilishi asosida
bekor bo‘lmaydi. Beshinchidan, ta’lim oluvchi fuqarolik huquqiy munosabat uchun xos
bo‘lgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sifati bo‘yicha nizolashish va ko‘rilgan zararni
undirish huquqiga ega emas [9].
Muallifning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. OTM va ta’lim oluvchi o‘rtasidag
i muno-
sabat nafaqat ma’muriy
-
huquqiy normalar ta’siri doirasidagi, balki keng doiradagi
huquqiy munosabat hisoblanadi. FKning 357-
moddasiga ko‘ra, shartnoma tuzilgan
paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi
[10]. Shartnoma
t
uzilgan deb hisoblanishi uchun taraflar barcha muhim shartlar bo‘yicha kelishib olishi
talab qilinadi. FKning 703-
moddasiga ko‘ra, topshiriq shartnomasidagi kabi yuridik
harakatlarni sodir etish emas, balki aynan ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan
a
shyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish zarur
[11]. Ta’lim ko‘rsatishga oid huquqiy
munosabatda majburiyat ijro etilishi muhim shart hisoblanadi. Ushbu majburiyatni
boshqa shartnoma shartlari kabi ijro etilishi natijasida majburiyat bekor bo‘ladi. Bund
an
tashqari, bugungi kunda OTM oldida turgan vazifalar ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sifatini
oshirishni taqozo etadi. Zararni undirish esa umumiy qoidaga amal qilgan holda
(FK 11-moddasi) fuqarolik huquqlarini himoya qilish usuli sifatida amalga oshiriladi.
Fikrimizcha, ta’lim xizmatlariga oid huquqiy munosabatlarda ma’muriy huquq
metodi, asosan, tartib-
intizom, ichki tartib qoidalarga rioya qilishdagina namoyon bo‘ladi.
Haq evaziga ta’lim xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolik
-huquqiy mazmun-mohiyati bir-
lamchi ahamiyatga ega. Chunki har qanday shartnomada shartnoma erkinligi tamoyilidan
kelib chiqib, avvalo, manfaat ko‘zlanadi. Manfaatni ta’minlash bo‘yicha taraflar o‘zaro
shartnoma mazmunini kelishib oladilar. Bunda OTM va ta’lim oluvchining huquq va
majburiyatlari nafaqat shartnoma shartlari, balki ommaviy-huquqiy xarakterga ega
bo‘lgan normalarga ham bo‘ysunadi. Biroq bu o‘z
-
o‘zidan ushbu shartnomani ma’muriy
huquq metodi bilan tartibga solinishini anglatmaydi.
Byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish ham fuqarolik
-huquqiy
normalar ta’siri ostida bo‘ladi. Bunda xizmat ko‘rsatish tekin xizmatni qabul qiluvchi
iste’molchi uchun tekin amalga oshiriladi, biroq OTM uchun haq evaziga tuziladigan
shartnomasi hisoblanadi (talabaning o‘qishi davl
at tomonidan moliyalashtiriladi).
Moliyalashtirish manbasi ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning huquqiy tabiatiga ta’sir
qilmasligi zarur. OTM va talaba o‘rtasidagi munosabat mulkiy munosabat sifatida
namoyon bo‘ladi
[12].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
74
A.V. Belozerovning fikricha, byudjet
mablag‘lari hisobidan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
ijtimoiy ta’minotga oid munosabat sifatida unga nisbatan “uchinchi” huquqiy tartibga solish
metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod uchun majburiy subyekt sifatida davlat, uning organlari
(ijtimoiy himoya organlari) ishtirok etadi. Huquqiy munosabatning ikkinchi tarafida fuqaro
ishtirok etadi va hech qanday muqobil majburiyatni ijro etmaydi [13].
Fikrimizcha, OTMda ta’lim xizmatlari yoki boshqa shartnomalar asosida
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda davlatning ishtirok etishi tabiiy. Chunki FK
davlatni boshqa subyektlar bilan birxilda ishtirok etishini nazarda tutadi. Ta’lim
xizmatlari ko‘rsatishda buyurtmachi tomonidan muayyan harakatlarni sodir etish,
tegishli bilim va ko‘nikmalarni qo‘lga kiritish, imtihonlar topshirish va boshqa o‘ziga
yuklatilgan majburiyatlarni bajarish talab qilinadi. Shu boisdan A.V.Belozerovning
fuqaroning ishtiroki hech qanday muqobil majburiyatni bajarmaydi degan fikrlari
noo‘rin.
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati
erkinliklarni kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 3
-
moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbir
-
korlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan,
o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi osti
da daromad (foyda) olishga qaratilgan
tashabbuskorlik faoliyatidir
[14]. Bunda qonun chiqaruvchi “tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan” amalga oshiriladigan faoliyat sifatida ko‘rsatib o‘tmoqda.
Fikrimizcha, bu tushuncha tor ma’nodagi tushuncha his
oblanadi. Chunki mazkur
Qonunning 2-moddasiga asosan, notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular
faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.
Bu asosiy faoliyati tadbirkorlikdan iborat bo‘lmagan yuridi
k shaxslar faoliyatiga nisbatan
ham mazkur qonun qo‘llanilishini anglatadi.
OTMning ustavi davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi va uning
faoliyatini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Bunda har bir OTM o‘z faoliyat maqsad
va vazif
alarini belgilashi, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutishi mumkin. Oliy
ta’lim to‘g‘risidagi Nizom (2003
-yil 22-
fevral, ro‘yxat raqami 1222)ning 73
-
bandiga ko‘ra,
davlat OTM unga yuridik va jismoniy shaxslardan hadya, xayr-ehson yoki vasiyat
sha
klida taqdim qilingan pul mablag‘larini va mol
-mulkni, shuningdek, tadbirkorlik
faoliyatidan olingan daromadni, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zining xo‘jalik
yurituvida bo‘lgan mol
-mulkdan foydalanish natijasida olgan foydani mustaqil ravishda
olish va tasarruf etishga haqli[15].
Fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan shart-
nomalar OTMning tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda)
olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishning yuridik vositasidir.
Masalan, OTM tomonidan startap loyihalarni amalga oshirishga doir tuzilgan shartnoma.
OTMning tadbirkorlik faoliyatini funksional vazifalarini bajarish bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan faoliyat (muayyan qismini to‘lov
-kontrakt asosida, haq evaziga xizmat
ko‘rsatish shartnomasi asosida) hamda OTMning funksional vazifalarini bajarish bilan
bevosita bog‘liq bo‘lmagan faoliyatga (faqat shartnomasi asosida, haq evaziga xizmat
ko‘rsatish shartnomasi asosida) ajratish maqsadga muvof
iq.
Davlatning OTMning keng tarqalgan tadbirkorlik faoliyati sifatida ijara shart-
nomasini ko‘rsatishi o‘rinli bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasasining mol
-mulkini ijaraga berishi
alohida tartibga bo‘ysunadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonid
an
2009-yil 8-
aprelda “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora
-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
75
tadbirlari to‘g‘risida”gi 102
-
son Qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, markazlarning tranzit
hisob raqamlariga tushadigan ijara to‘lovi mablag‘larining 50 foizi xususiylas
htirilgan
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga, 40 foizi davlat mulkini balansida saqlovchiga
va 10 foizi tegishli markazga yo‘naltiriladi[16]. Demak, ijaraga berilgan mol
-mulkdan
faqat 40 foizi oliy ta’lim muassasasi ixtiyorida qoladi. Qolgan mablag‘
esa davlat mulki
sifatida mulkdor belgilagan shaxslarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF
–
5987-son Farmonining 16-
bandiga ko‘ra, 2020
-yil
1-maydan boshlab TDYuU, yuridik texnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyning
mol-
mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi
operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda to‘liq hajmda mazkur muassasalarning
rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi[17].
Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009
-yil
8-
aprelda “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 102
-
son Qarori o‘z vaqtida va davlat mulkini turli suiiste’molchiliklardan
himoya qilish hamda davlatni mulkdor sifatida manfaatlarini ta’minlash maqsadida to‘g‘ri
qabul qilingan. Biroq bugungi voqelik OTM tomonidan turli suiiste’mol qilis
h orqali arzon
bahoda ijara shartnomasini tuzishni istisno etadi, qolaversa, soliq qonunchiligi ham
birmuncha takomillashishga erishdi. Shu boisdan bunday qoida, ya’ni mol
-mulkini ijaraga
berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini
chegirib tashlagan holda to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘ar
-
malariga o‘tkaziladi va barcha OTMlarga nisbatan tatbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15
-bandig
a ko‘ra, ikki
va undan ortiq talabgorlardan takliflar tushgan taqdirda ijara shartnomasi ijaraning
belgilangan shartlariga rioya qilingan holda ijaraga berilayotgan davlat mulki uchun ijara
to‘lovining eng ko‘p miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuzilad
i[18]. Demak, qimmatroq
baho taklif qilgan shaxs ijara huquqini qo‘lga kiritadi. Bu ham o‘ziga xos mulkiy huquq
sifatida nazarda tutiladi.
Bu o‘rinda qonun hujjatlarida mustasno holat nazarda tutilmagan. Fuqarolik
kodeksida tekin foydalanish shartnomasi ko
nstruksiyasi mavjud. Bu o‘rinda tekin
foydalanishga berilishi mumkinmi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Fikrimizcha, qonun
-
chilikda bu borada taqiq mavjud emas. Aynan davlat mulkini ijaraga berishni tartibga
soluvchi yuqoridagi qonun hujjatida tekin foydalanishga berish belgilanmagan. Umumiy
qoida esa davlat mulkini tekin foydalanishga emas, balki ijaraga berishni nazarda tutadi.
Garchi ijara shartnomasi shartlari asosida davlat mulkini berish qoidasi amal qilsa-da,
tekin foydalanishga berishni ham istisno etmasligi zarur. Bunda faqat maqsadli foyda-
lanish doirasidan chetga chiqmaslik talab qilinadi. Ilgari qaror qabul qilinishidan oldingi
kabi davlat mulki xarajatlarini oqlamaydigan darajada arzon, to‘g‘rirog‘i, zararli
foydalanish holatiga olib kelmasligi shart.
OTM qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish maqsadida o‘zining intellektual kapitali va
moddiy-
texnik bazasidan foydalanadi. Intellektual kapital ta’lim va ilmiy faoliyatni
rivojlantirishga imkon bersa, moddiy-
texnik baza OTMga nafaqat o‘zining
odatdagi
faoliyatini amalga oshirish, balki qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatish orqali daromad
olishga ham imkon beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
76
Qayd etish lozimki, OTM o‘zi uchun xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishi o‘zini oqlamaydi. Chunki bozor qonuniyatlari o‘ziga xos raqobat muhitini
yuzaga keltiradi va tegishli professional xizmatlarni ko‘rsata olmaydigan subyektlarning
bozorga kirishiga imkon bermaydi. Shu boisdan OTM uchun qo‘shimcha pul mablag‘larini
topishning asosiy yo‘li bu ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish, o‘zining faoliyat
xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish
hisoblanadi.
OTMning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid shartnoma tuzishga doir
umumiy qoida FK, “Xo‘jalik yurituvchi su
byektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi to‘g‘risida”gi Qonun, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom (2003
-yil 22-
fevral, ro‘yxat
raqami 1222), Oliy va o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning
to‘lov
-kontrakt shakli va undan tushgan
mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
(2013-yil 26-
fevral, ro‘yxat raqami 2431) va boshqa qonun hujjatlarida o‘z
ifodasini topgan. OTMning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid shartnomaning
mazmuni taraflar o‘rtasida tuziladigan sh
artnomada belgilanadi.
Bugungi yaratilayotgan imkoniyatlar sharoitida OTM keng doiradagi xizmatlarni
ko‘rsatishi mumkin. Bunda OTM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar keng va o‘ziga xos
murakkabliklarga ega. Masalan, sud-huquq islohotlarini amalga oshirish mavzusiga
bag‘ishlangan ilmiy seminarni o‘tkazishda bir qator bog‘liqlikdagi harakatlarni amalga
oshirish talab qilinadi. Bunda ilmiy jamoatchilik tomonidan huquqiy muammoni
aniqlashga doir tadqiqotni amalga oshirish, uning yechimini taklif etish, keng omma
e’tiboriga yetkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish va h.k. harakatlar bir
-
birini to‘ldiradi.
Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom (2003
-yil 22-
fevral, ro‘yxat raqami: 1222)ning
66-
bandiga ko‘ra, rektor OTM nomidan ish ko‘radi va turli shartnomalar tuzadi.
Mazkur
Nizomning 77-bandida esa shartnoma shartlariga muvofiq korxona, tashkilot va
fuqarolardan olingan mablag‘lar OTM tomonidan mustaqil ravishda foydalaniladi[19].
Ushbu norma OTMga haq evaziga xizmat ko‘rsatish borasidagi imkoniyatlarni beradi. Shu
bilan birga, OTM davlat dasturlarini, buyurtmalarini hamda funksional vazifalarni
bajarishdan og‘ishmasligi zarur.
Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom (2003
-yil 22-
fevral, ro‘yxat raqami: 1222)ga
quyidagi mazmundagi X
1
bob kiritish maqsadga muvofiq:
X
1
bob. Davl
at oliy ta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga
oid shartnomalar.
76
1
. Davlat oliy ta’lim muassasasining faoliyati fuqaroga davlat ta’lim standartlari
va qonunchilikda belgilangan talablar doirasida ta’lim va tarbiya berishga doir
faoliyat
hisoblanadi.
76
2
. Davlat oliy ta’lim muassasasi tadbirkorlik faoliyati sifatida qo‘shimcha pulli
xizmatlar ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida
malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘quv kurslarini tashki
l etish va boshqa xizmatlarni
ko‘rsatishga haqli.
76
3
. Davlat oliy ta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga
oid shartnoma uning shartlari, qonun hujjatlari talablari asosida bajarilishi shart.
Shartnomani bajarish, agar shartnomada
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa,
oliy ta’lim muassasasi joylashgan joyda amalga oshiriladi.
Xulosa sifatida aytganda, OTMning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga oid
shartnomaviy munosabatlar fuqarolik-huquqiy tartibga solinadi, shuningdek, tadbir-
korlik faoliyatini amalga oshirishda ommaviy-huquqiy tartibga solish elementlari ham
mavjud.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
1 (2022) / ISSN 2181-1415
77
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси // –
Тошкент: Ўзбекистон,
2019.
–
Б.
76.
2.
Муаллифлар жамоаси. Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. Т.: ТДЮУ, 2017.
–
Б.
312.
3.
Гражданское право: В 4 т. Том 3: Обязательственное право: Учебник. 3
-
е
издание, переработанное и дополненное. Под ред. Е.А.Суханова. М. Волтерс Клувер,
2008.
–
С.
95.
4.
Брагинский
М.И.,
Витрянский
В.В. Договорное право. Общие положения.
Книга 1. 3
-
е издание, стереотипное. Статут. –
С.
83, 476.
5.
Цуровцева
М.Н.
Государственный
вуз
как
юридическое
лицо:
Дисс…канд.юрид.наук. –
М.: 2005. –
С. 192.
6.
Кванина
В.В. Проблемы отраслевой принадлежности договора на оказание
возмездных образовательных услуг. // Вестник ЮУрГУ. 2005. №8. –
С. 162.
7.
Шкатулла
В.И. Образовательное право. Учебник для вузов. М.: НОРМА–
ИНФРА
-
М. 2001. –
С. 39–
40.
8.
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси.
–
Т.: Адолат 2017.
–
Б.
560.
9.
Сырых
В.М. Образовательное право как отрасль российского права. 2
-
изд. –
М.: 2000. Исследователький центр качества подготовки специалистов. –
С. 30–
32.
10.
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси.
–
Т.: Адолат 2019. –
Б.
560.
11.
Юқоридаги манба.
12.
Кванина
В.В. Проблемы отраслевой принадлежности договора на оказание
возмездных образовательных услуг. //
Вестник ЮУрГУ. 2005. –
№8. –
С.
166.
13.
Белозеров
А.В. Понятие и содержание обязательств по возмездному
оказанию образовательных услуг: автореф. Дисс…канд. юрид.наук. М.:
2000.
–
С. 10.
14.
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 18
-
сон,
201-
модда.
15.
Положение
«О высшем образовании». // Бюллетень нормативных актов
министерств, государственных комитетов и ведомств Республики Узбекистан,
2003 г., № 4
16.
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2009
й, 15
-
сон,
186-
модда.
17.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 29 апрелдаги
“Ўзбекистон Республикасида юридик таълим ва фанни тубдан такомиллаштириш
бўйича қўшимча чора
-
тадбирлар тўғрисида”ги ПФ–
5987-
сон Фармони // Қонун
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.04.2020 й., 06/20/5987/0521
-
сон.
18.
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й, 15
-
сон,
186-
модда.
19.
Приказ Минстра Высшего и среднего специального образования
Республики Узбекистан Об утверждении положения о высшем образовании.
Зарегистрираван Минстерством юстиции Республики Узбекистан от 22 февраля
2003
г –
№ 1222. http: // lex.uz/ docs.
