Авторы

  • Мухайё Султанова
    преподаватель, Факультет прикладного искусства и дизайна, Национальный институт искусства и дизайна имени Камолиддина Бехзода, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5-pp177-183

Ключевые слова:

архитектура психология психоактивная терапия медитация интерьер объем шаблон ритм

Аннотация

В этой статье обсуждаются результаты многих современных исследований в области психологии и архитектуры, их влияние на человеческий разум и размерное влияние архитектурного дизайна на решение проблем в социальной жизни, особенно стресса и депрессии.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The influence of architectural design and volumes on human
psychology

Mukhayyo SULTANOVA

1


National Institute of Art and Design named after Kamoliddin Bekhzod

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 25 September 2021
Available online
25 October 2021

This article discusses the results of much current research in

psychology and architecture, their impact on the human mind,
and the dimensional impact of architectural design on problem
solving in social life, especially stress and depression.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

architecture,
psychology,
psychoactive therapy,
meditation,
interior,
volume,
pattern,
rhythm.

Inson psixologiyasiga arxitektura dizayni va undagi hajmlarning
ta’siri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

arxitektura,
psixologiya,
psixoaktiv terapiya,
meditatsiya,
interyer,
hajm,
naqsh,
ritm.

Ushbu maqolada bugungi kundagi psixologiya va arxitektura

sohasidagi ko‘plab olib borilgan tadqiqotlar natijasi, uning inson
ongiga ta’siri va ijtimoiy hayotdagi duch kelinayotgan muam-
molar, ayniqsa streyes va depressiyani yengishdagi arxitektura
dizayning hajmiy ta’siri haqida yoritib berilgan.

1

Lecturer, Faculty of Applied Arts and Design, National Institute of Art and Design named after Kamoliddin Bekhzod,

Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

178

Влияние архитектурного дизайна и объемов на психологию
человека

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

идея,
эскиз,
клаузура,
масштаб,
антураж,
графика.cc

В этой статье обсуждаются результаты многих

современных исследований в области психологии и
архитектуры, их влияние на человеческий разум и
размерное влияние архитектурного дизайна на решение
проблем в социальной жизни, особенно стресса и депрессии.


Arxitektura dizayni va inson psixologiyasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir bugungi kun

ijtimoiy hayot darajasi uchun juda muhim, ammo uning ushbu birgalikdagi ta’siri undan
oldingi dizayn sohasida qo‘llanilmagan yoki e’tiborga olinmagan. Bundan tashqari, arxitek-
tura va psixologiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan,
muvaffaqiyatli dizayn insonlarga aniq psixologik va fiziologik ta’sir ko‘rsatsa, boshqa
tomondan, psixologiya, inson tajribasi va nevrologik tizimlarimizning vazifasi va muvaf-
faqiyatli dizayn sifatida qabul qiladigan narsalarda muhim rol o‘ynaydi.

Umuman olganda arxitekturaning eng birinchi na’munalari odamlar hayotida

himoya vositasi, atrofdan panoh sifatidagi tushuncha shaklida shakllangan. Keyinchalik asta-
sekin arxitektura san’at turiga aylanib, unga sub’ektivlik, ijodkorlik va go‘zallik tushunchasi
kiritildi. Bugungi kunga kelib esa butun dunyoda arxitektura yana rivojlanayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Arxitekturaning endilikdagi rivojlanish darajasi faqat san’at turi bilan
bog‘liq bo‘lmasdan, psixologik va psixologik farovonlikka qaratilgan maqsadli yo‘nalish
sifatida olib borilmoqda. Shu sababli ham ushbu sohaning rivojlanishida arxitektura va inter-
yer dizaynining psixologik ta’sirini o‘rganish juda muhim, chunki ular odamlarning hissiy va
psixologik holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi [1, 2, 3].

Arxitektura va interyer dizayni odamlarning psixologiyasiga qanday ta’sir qilishini

tushunish uchun, avvalambor, hech bo‘lmaganda asosiy darajadagi ba’zi ogohlantirish-
larning inson miyasiga ta’sirini tushunish kerak.

Ana shunday omillardan biri xursandchilik – bu baxt, qoniqish va zavqlanish hissi.

Biroq, bu his-tuyg‘ularga erishish usullari sub’ektivdir va insoniyat manfaatlari o‘zgarishi
va mavjud resurslarimiz o‘zgarishi bilan rivojlandi.

Hozirgi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning shiddatli rivojlanish davrida stress-

tushkunlik zamonaviy hayotning eng muhim omiliga aylangani va ushbu hususiyatlarning
sog‘liqqa ta’siri hozir ma’lum bo‘lganligi sababli, unga qarshi kurashish uchun psixoaktiv
terapiya, meditatsiya, dorilar va boshqalar kabi strategiyalar qo‘llaniladi. Yuqoridagi
usullardan qaysi biri eng samarali ekanligi haqida bir-biriga zid bo‘lgan fikrlar ko‘p
bo‘lsada, hamma ham stressni hech bo‘lmaganda qisman kamaytirish mumkinligiga
qo‘shiladi. Shu sababli ham arxitektura va interyer dizayni bu yerda stressni yengish uchun
mavjud samarali vosita sifatida qaralishi, shuningdek ularning ijobiy psixologik ta’siri
haqida ham ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda.

Asta-sekinlik bn arxitektura uslubi rivojlanishi, keng jamoatchilikning xohish –

istaklari o‘zgarib, yangi materiallar va qurilish vositalarini kashf qilinishiga sabab bo‘ldi.
Shulardan ba’zi uslublar juda tezlik bilan paydo bo‘lgan va arxitektura-interyer sohasida
qisqa vaqt ichida o‘z o‘rnini boshqa uslublarga bo‘shatib bergan bo‘lsada, boshqa


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

179

mukammal tarzdagi vaqt sinovidan o‘tgan va asrlar davomida mavjud bo‘lib, hatto
zamonaviy arxitekturaga ta’sir ko‘rsatgan uslublar va ularning na’munalari bugungi
dizayn sohasi uchun haligacha xizmat qilmoqda [7, 10].

Arxitekturaning maqsadli rivoji uchun hizmat qiladigan “Mukammal va chiroyli”

bino uchta komponentdan iborat: mustahkamlik, qulaylik va go‘zallik. “Go‘zal” so‘zi tubdan
sub’ektiv bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq tuyg‘u universaldir. Aynan Go‘zal deb biror bir narsani
ta’riflash inson ongiga yuqori hursandchilik-zavq bag‘ishlaydi. Xursandchilik hissi
oksitotsin va endorfinlarning miyamizga chiqishi natijasidir.

Shu qatorda insonlarga zavq bag‘ishlaydigan binolar – bu tarixiy davrlardan buyon

tanish va shu davrgacha yetib kelgan, uch komponentning hususiyatlari “Chiroyli”, “Qulay”
va “Mustahkam” ko‘rinishi bilan ajdodlarni tashqi ta’sirdan himoya qilish uchun yordam
bergan, shuningdek yana ko‘plab o‘zining badiiy jihatlarini bugungi kungacha saqlab
qolgan me’moriy elementlarni o‘z ichiga olgan binolar kiradi. Shunday qilib, odamlar
ongida arxitekturaviy hajm va uning psihologik bog‘liqligini shakllantirish uchun, binodagi
boshqa o‘ziga xos xususiyatlar yoki naqshlarni arxitektura va intererda bir biri bilan
bog‘langan holda zavq bera olish hissini berish juda muhim [8, 9].

Binoning hajmi yoki naqshlari uzoq vaqtdan beri odamlarning qiziqish doirasi

kengayishiga va dizaynerlar uchun ushbu vositalardan qayta qayta foydilanishlariga zamin
yaratdi. Inson miyasi bino hajmini va naqshlarni turli yo‘llar taniydi, eslab qoladi. Eng
birinchi navbatda inson ongida ushb u hajm va naqshlar xususiyatlarini moslashtirish deb
nomlanuvchi, miyaga bo‘linish to‘g‘risidagi kiruvchi ma’lumotlarni bo‘laklarga bo‘lib oladi,
keyin ular birma-bir ilgari saqlangan hajm va naqsh qismlari bilan taqqoslanadi. Naqsh-
larni moslashtirish xususiyatlarni moslashtirishga o‘xshaydi, faqat inson ongiga kiruvchi
shablon saqlangan shablonga mos kelmaydi, u kiruvchi ma’lumotni ma’lum hajm va
naqshning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘lashga harakat qiladi.

Binolarda naqshning ahamiyati, turar joy yoki boshqa binolar misolida narsalarni

aniq bilish qobiliyatidan tashqari, ko‘rkam arxitekturaga estetik munosabat bilan
yondoshishga ham bog‘liq. Arxitekturadagi naqsh odatda ritm deb ataladi. Ko‘zning bir
markazdan ikkinchisiga o‘tishiga sabab bo‘ladigan narsa aynan shu bo‘lib, bu nafaqat
e’tiborni tortadi, balki ob’ektning (uy yoki xona) go‘zalligiga hissa qo‘shadi [5, 6].

Arxitektura olamida ritmlarning to‘rt toifasi mavjud:

almashinish, qarama-qarshi juftlikning takrorlanishi;

andozadagi elementning kattalashishi, o‘sishi yoki kamayishi;

takrorlash, bitta elementning uzluksiz takrorlanishi;

o‘tish – ko‘zni doimiy ravishda bir nuqtadan boshqasiga kuzatib boradigan chiziq-

dan foydalanish.

Ekspertlar fikricha, estetik jihatdan yoqimli naqshlar yoki ritmlarni o‘z ichiga olgan

binolar yanada mukammal ko‘rinish kasb etadi, chunki inson miyasi evolyutsiyaga ko‘ra,
bu naqshlar xavfsizlik, hotirjamlik va xursandchilik tuyg‘ularini bir biri bilan o‘zaro
bog‘laydi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu tuyg‘ular birlashmasi organizmda oksitotsin,

endorfinlarning moddalarining chiqarilishiga, bu esa zavqlanish hissiga olib keladi. Va
albatta o‘z navbatida, ushbu jarayon tanamizni, immunitet tizimini, hujayrali telomerlarni
va boshqalarni tiklashga yordam beradi, huddi shu jarayon ham ruhiy, ham jismoniy
salomatlik uchun foydalidir [12, 13].


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

180

Eng taniqli, maqtovga sazovor bo‘lgan binolarning ko‘pchiligi jonli tabiatdan

ilhomlangan holda, tabiiy muhitga moslashtirilgan. Buning misolida Antoni Gaudi
tomonidan ishlab chiqilgan Sagrada Familia – Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan
g‘ayrioddiy soborni ko‘rishimiz mumkin. Qurilish 1882-yilda boshlangan ushbu sabor,
binoning umumiy dizayni juda nozik bo‘lganligi sababli, bino tahminan 2026-yilgacha
to‘liq qurib bitirilishi kutilmoqda [15].

1-rasm. Sagrada Familiya-Barselona.( Antoni Gaudi).

Gaudi soborining ilhomi o‘rmon va uni tashkil etuvchi ko‘plab daraxtlar edi.

Katedralga kirganda, balandligi 78 metr bo‘lgan yuzlab ustunlar bilan kutib olinadi, ular
tepada, shiftda va bir-biriga bog‘lab qo‘yilgan daraxtlar tojlarining shoxlari kabi birlashadi.

Tayvanda joylashgan Taychun milliy teatri Toyo Ito tomonidan ishlab chiqilgan

bo‘lib, tabiiy tosh shakllanishiga o‘xshaydi. Binoning zamonaviy uslubi, yumshoq, yumaloq
egri chiziqlari va neytral tuproq ohanglari toshlarni tabiiy muhitda ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan.

2-rasm. Tayjun opera teatri-Tayvan (arxitektor Toyo Ito).


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

181

Ushbu bu binolarni mukammal, ko‘rkam deb bilishimizning asosiy sabablaridan biri

shundaki, bizning miyamiz ulardan olgan hissiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi va ularni
ilgari tabiatda evolyutsion jihatdan foydali bo‘lgan modellar bilan bog‘laydi. Biroq, bu
binodagi hajm va naqsh tan olinishi ongsiz darajada sodir bo‘lganligi sababli, ko‘pchilik
tomoshabinlar bu go‘zallik tuyg‘usining nevropsikologik va fiziologik asoslarini bilmaydi.

Arxitektura va dizaynning odamlar his-tuyg‘ularimizga ta’sir qilish qobiliyati

tabiatga taqlid qiladigan me’morchilikdan ko‘ra murakkabroqdir. Dizaynda ishlatiladigan
naqsh turlari ham bizning idrokimizda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, ko‘pchilik tomonidan
chiroyli deb hisoblangan binolar to‘qqiz kvadratli panjara deb nomlanuvchi o‘ziga xos
naqsh turlarini ko‘rsatadi.

To‘qqiz kvadratli tarmoq yangi kashf etilgan me’moriy hodisa emas. Qadimgi Osiyo

madaniyatlari uni kosmologik ahamiyatga ega deb hisoblaganlari uchun ishlatganlar.
Yaqin Sharqda u asl va mukammal shaklni ifodalaydi va ushbu naqshlar Uyg‘onish
davridan tashqari, neoklassitsizm davrida ham keng qo‘llanilgan. To‘qqiz kvadratli
panjaraning ildiz namunasi 3 x 3 o‘lchamdagi markazlashtirilgan bo‘shliqli (o‘rta kvadrat)
tashqi zona (tashqi 8 kvadrat) bilan o‘ralgan. Biroq, odamlar tabiatan ko‘p narsalarda
naqshlarni ko‘rganlari uchun, xuddi shunday ta’sirga ega bo‘lgan to‘qqiz kvadratli
panjaraning ko‘p xillari bor. Buning sababi shundaki, to‘qqiz kvadratli panjara kvadrat-
larning o‘zi emas, balki maydonlarni yaratadigan bo‘shliqning bo‘linishidir [14, 11].

To‘qqiz kvadratli tarmoqning markazi Barselona kvartalining rejasida, shuningdek,

to‘qqiz kvadratli tarmoqning markazini va to‘rt burchakli kvadratni ishlatadigan Yunon
Parfenonida, Rimdagi Panteon va Sankt-Peterburg Bazilikasida ishlatilgan. Hindistondagi
Toj Mahal ham to‘qqiz kvadratli tarmoqqa misol bo‘la oladi. Bu binolar o‘zining go‘zalligi
bilan ham, vaqt sinovidan o‘tgani uchun ham jismonan va majoziy jihatdan muhim
ahamiyatga ega.

Parfenon Yunonistonning Afina shahrida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi 447 va

432-yillar oralig‘ida qurilgan bo‘lib, uni faqat tashqaridan ko‘rish mumkin edi va tomosha-
binlar ichkariga faqat tashqi ustunlar orqali qarashlari mumkin edi.

Italiyaning Rim shahridagi Panteon milodiy 120-yillarda qurilgan, balandligi 142 fut

va diametri 142 fut. U binoning kirish qismidagi to‘qqiz kvadratli panjarani, shuningdek,
qushlar ko‘zidan qaraladigan binoning asosiy rejasini qo‘llaydi.

Nihoyat, dunyoning etti mo‘jizasidan biri deyilgan Toj Mahal 1628–1658-yillar orasida

qurilgan. Shuningdek, u to‘qqiz kvadratdan iborat ikkita naqshni o‘z ichiga oladi: biri binoning
old qismidagi 9 ta arkada, ikkinchisi esa fasadning markaziy arkasida [18, 19].

Bu misollar to‘qqiz kvadratli panjara naqshining muhim tarixiy me’moriy kontsept-

siya sifatida ahamiyatini ko‘rsatadi. Bu binolar, shuningdek, asrlar mobaynida saqlanib
qolganligi va ulardagi naqsh qanchalik mustahkamligini ko‘rsatadi. Ularning taniqli go‘zal-
ligi misolida, psixologik jihatdan to‘qqiz kvadrat shakli inson miyasiga qanday ta’sir
qilishini ko‘rish mumkin.

To‘qqiz kvadratli arxitekturada mashhurlikka olib keladigan yana bir muhim omil-

bu uning inson yuzining tuzilishiga o‘xshashligi.

Yuzni aniqlash insoniyatning omon qolish uchun eng muhim moslashuvlaridan

biridir. Darhaqiqat, yangi tug‘ilgan chaqaloq miyasining neyron tuzilishining 65 foizi yuzni
aniqlashga bag‘ishlangan. Yuzni tanib olish bizga odamlarni, hayvonlarni va jonsiz
narsalarni ajrata olishimizga imkon berdi. Bundan tashqari, yuzni tanib olish, bir vaqtlar
zarur bo‘lgan muhim ijtimoiy signallarni, jumladan, shaxsiyat, yosh, jins va hissiyotlar kabi


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

182

ko‘rsatkichlarni aniqlashga yordam berdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, inson yuzining T
shaklidagi vertikal shakli to‘qqiz kvadratli katakka juda o‘xshaydi. Inson yuzi ikkita
nosimmetrik ko‘zdan, o‘rtada burun va og‘izdan iborat. Yuzga to‘qqiz kvadratli panjara
qo‘yilgan holda, chap ko‘z yuqori chap kvadratda, o‘ng ko‘z o‘ng yuqori kvadratda, burun
markaziy kvadratda va og‘iz markaziy kvadratda joylashgan. pastki qatorda joylashadi.
To‘qqiz kvadratli to‘rning odam yuziga o‘xshashligi, odamlar arxitekturaning ayrim
shakllarini kuzatishda va shu me’morchilik namunalarida ongsiz ravishda yuzlarni ko‘rish
imkoniyatini yaratadi, bu esa fiziologik reaksiyalar va ma’lum bir arxitektura na’muna-
sidan zavqlanish tuyg‘ularini his qilishga undashi mumkin [17, 20].

Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilish mumkin-ki, bizning atrofimizni o‘rab

turgan harqanday jonsiz narsalar- inson mehnati orqali bunyod etilgan arxitektura va
interer dizaynlarining asosiy shakl-shamoyili aynan inson tanasi yoki jonli tabiatdan
olinganligi va ushbu jihatlarning o‘zaro shu hususiyatlar orqali bir biri bilan bog‘liq
ekanligini, hamda bir butunligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida arxitektor-
dizaynerlar tamonidan yaratiladigan arxitektura va interer dizaynida hajmning, naqsh-
larning va hattoki uning ranglarini ham inson ongiga ta’sirini kuchaytirish mumkinligini,
shu orqali ularda o‘z ijtimoiy hayotidan zavqlanish hissini oshirib, tushkunlik kayfiyatidan
halos etishga yordam berishlari mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Pankina M. V. Interer i chelovek: modeli vzaimodeystviya: uchebnoye posobiye /

M.V. Pankina. Yekaterinburg: Izd-vo Ros. gos. prof.-ped.un-ta, 2012. – S. 135.

2.

Arxitektura i psixologiya. Avtor: Andrey Kalashnikov/Chlen Prezidentskogo

soveta SRO “Soyuz psixoterapevtov i psixologov”. https://zsrf.ru/blogpost/247/
arhitektura-i-psihologija.

3.

Защепенков В., Лифанов В. Психология интерьера, или Мой интерьер как

мой портрет. – М.: Независимая фирма «Класс», 2005 – С. 160. – (Библиотека
психологии и психотерапии).

4.

Abdalimovich A.B. APPLICATION OF PLASTIC PRODUCTS IN CONSTRUCTION

AND DESIGN //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. –
№ 07. – С. 126–130.

5.

Akhunova N.K.K. Possibilities of using virtual reality technologies in education //

Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 549–555.

6.

Badirovna I.M. The specificities of creating and developing modern campuses. – 2021.

7.

Mannopova N., Mannapov A. Influence of “Thematic Parks” to the development of

tourism in Uzbekistan //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. –
Т. 10. – №. 4. – С. 696–704.

8.

Mannopova N.R., Kamolkhodjaeva M.B. Features of designing interiors of

restaurant establishments // ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. –
2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 711–715.

9.

Makhmudova M.T. A masterpiece of the avant-garde era in Russia-melnikov’s

house // ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. –
С. 642–647.

10.

Takhirovna M.M. ART NOUVEAU MASTERPIECE-RYABUSHINSKY MANSION //

ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. – 2021. – Т. 2. – № 05. – С. 133–139.

11.

Saipova D. “Modern museums cultural heritage for future youth”. ASIAN

JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH 10.4 (2021): 733–737.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415

183

12.

Tursunova S.F. Light in the modern world // ASIAN JOURNAL OF

MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 750–756.

13.

Roziqberdiev M.I. The time has come to move from stereotypes to creativity: In

the example of mosques // Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2021. –
Т. 10. – № 3. – С. 564–571.

14.

Latifovich T.A. Large-span structures and architectural form //ACADEMICIA:

AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – № 1. –
С. 397–401.

15.

Sultanova, Muhayyo. “Use of Cultural Plants in Desert Cities in Creating the

Landscape of Recreation Zones in Uzbekistan”. International Journal on Orange
Technologies, vol. 2, no. 10, 20 Oct. 2020, pp. 102-104, doi: 10.31149 / ijot.v2i10.738.

16.

Razikberdiev M.I. (2020). Southern mesopotamia in the first half of the 3rd

millennium bc. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 211–216.

17.

Mannapova N.R. et al. Organization And Basic Requirements For Restaurant

Design Interior // International Journal of Innovations in Engineering Research and
Technology. – 2020. – Т. 7. – № 05. – С. 5–12.

18.

Nazokatkhon A. INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO REDUCE CLIMATIC EFFECTS

IN HOT AND DRY CLIMATIC TERRITORIES // Архитектурада инновациялар журнали.
– 2020. – Т. 1. – № 1.

19.

Касымов О.С. Мост двух берегов // Поколение будущего: взгляд молодых

ученых. – 2016. – С. 34–37.

20.

Saipova D.S. et al. Problems and Solutions in Studying the Modern Design of

Museum Interiors // JournalNX. – С. 241–245.

Библиографические ссылки

Pankina, M. V.Interer i chelovek: modeli vzaimodeystviya: uchebnoye posobiye / M. V. Pankina. Yekaterinburg: Izd-vo Ros. gos. prof.-ped.un-ta, 2012 135 s.

Arxitektura i psixologiya. Avtor: Andrey Kalashnikov/Chlen Prezidentskogo soveta SRO "Soyuz psixoterapevtov i psixologov". httpszsrf.ru/blogpost/247/arhitektura-i-psihologija

Защепенков В., Лифанов В.Психология интерьера, или Мой интерьер как мой портрет. – М.: Независимая фирма «Класс», 2005 – 160 с. – (Библиотека психологии и психотерапии).

Abdalimovich A. B. APPLICATION OF PLASTIC PRODUCTS IN CONSTRUCTION AND DESIGN //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 07. – С. 126-130.

Akhunova N. K. K. Possibilities of using virtual reality technologies in education //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 549-555.

Badirovna I. M. The specificities of creating and developing modern campuses. – 2021.

Mannopova N., Mannapov A. Influence of “Thematic Parks” to the development of tourism in Uzbekistan //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 696-704.

Mannopova N. R., Kamolkhodjaeva M. B. Features of designing interiors of restaurant establishments //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 711-715.

Makhmudova M. T. A masterpiece of the avant-garde era in Russia-melnikov's house //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 642-647.

Takhirovna M. M. ART NOUVEAU MASTERPIECE-RYABUSHINSKY MANSION //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. – 2021. – Т. 2. – №. 05. – С. 133-139.

Sh, Saipova D. "Modern museums cultural heritage for future youth." ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH 10.4 (2021): 733-737.

Tursunova S. F. Light in the modern world //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. – 2021. – Т. 10. – №. 4. – С. 750-756.

Roziqberdiev M. I. The time has come to move from stereotypes to creativity: In the example of mosques //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 564-571.

Latifovich T. A. Large-span structures and architectural form //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 397-401.

Sultanova, Muhayyo. "Use of Cultural Plants in Desert Cities in Creating the Landscape of Recreation Zones in Uzbekistan." International Journal on Orange Technologies, vol. 2, no. 10, 20 Oct. 2020, pp. 102-104, doi: 10.31149 / ijot.v2i10.738.

Razikberdiev, M. I. (2020). Southern mesopotamia in the first half of the 3rd millennium bc. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 211-216.

MANNAPOVA N. R. et al. Organization And Basic Requirements For Restaurant Design Interior //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. – 2020. – Т. 7. – №. 05. – С. 5-12.

Nazokatkhon A. INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO REDUCE CLIMATIC EFFECTS IN HOT AND DRY CLIMATIC TERRITORIES //Архитектурада инновациялар журнали. – 2020. – Т. 1. – №. 1.

КАСЫМОВ О. С. МОСТ ДВУХ БЕРЕГОВ //Поколение будущего: взгляд молодых ученых. – 2016. – С. 34-37.

Saipova D. S. et al. Problems and Solutions in Studying the Modern Design of Museum Interiors //JournalNX. – С. 241-245.