Авторы

  • Бахтиёр Сиддиков
    декан факультета педагогики и психологии, Ферганский Государственный университет, Фергана, Узбекистан
  • Эркин Абдуллаев
    магистрант 2-го курса, Ферганский Государственный университет, Фергана, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp353-360

Ключевые слова:

творчество интеллект умственные способности индивидуальные способности

Аннотация

В статье раскрывается сущность творчества, термин творчество, социальные факторы, влияющие на развитие творческих качеств, личностная активность, способы и формы формирования критического, творческого мышления у учащихся, гибкость мышления, критерии творчества.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Developing creative qualities in students

Bakhtiyor SIDDIKOV

1

, Erkin ABDULLAEV

2


Ferghana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021

The article reveals the essence of creativity, the term

creativity, social factors influencing the development of creative
qualities, personal activity, methods and forms of the formation
of critical, creative thinking in students, flexibility of thinking,
criteria of creativity.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp

353-360

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

creativity,
intelligence,
mental abilities,
individual abilities.

Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kreativlik,
intellekt,
aqliy salohiyat,
individual qobiliyat.

Ushbu maqolada kreativlikning mohiyati, kreativlik atamasi,

kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy
omillar, shaxsning faolligi, ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ
tafakkurni shakllantirish yo‘llari va shakllari, tafa

kkurning

egiluvchanligi, kreativlikning mezonlari bayon etilgan.

Развитие творческих качеств учащихся

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

творчество,

интеллект,

умственные способности,
индивидуальные
способности.

В статье раскрывается сущность творчества, термин

творчество, социальные факторы, влияющие на развитие
творческих качеств, личностная активность, способы и
формы

формирования

критического,

творческого

мышления у учащихся, гибкость мышления, критерии
творчества.

1

Dean of the Faculty of Pedagogy and Psychology, Ferghana State University. Ferghana, Uzbekistan.

2

II-

master’s degree, Ferghana state University. Ferghana, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

354

Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat

hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish

jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasi

pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi.

Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ

ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli
uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Kreativlikning mohiyati -

intellekt insonning aqliy salohiyati bo‘lsa, kreativlik ana

shu aqliy salohiyatni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati

hisoblanadi.

Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-

yillarda paydo bo‘ldi. U

individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati,

xislatini

bildiradi. J.

Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:

fikrni ma

qsadga muvofiq yo‘llay olish;

o‘ziga xoslik (originallik);

qiziquvchanlik;

farazlar yaratish qobiliyati;

xayol qila olish (fantaziya). [4. 230].

Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi,

manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini
yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish

metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish
imkoniyatlari yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini

oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini

qo‘llab

-

quvvatlash va ro‘yobga

chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish

metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat
kasb etadi [1].

Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini

to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab

etiladi.

“Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing.

“create ” –

yaratish, “creative” –

yaratuvchi, ijodkor)

individning yangi g‘oyalarni ishlab

chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati.

A.X.

Maslou kreativlikni 2 turga bo‘ladi: iste’dodning kreativligi va shaxsning o‘z

-

o‘zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o‘z

-

o‘zini aktuallashtirish kreativligi shaxs

bilan uzviy bog‘langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko‘p

sohalarida duch kelishimiz mumkin.

A.X.

Maslou kreativlikda o‘

z-

o‘zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib

o‘tgan: birinchisi –

“ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin

kechinmalarga ega bo‘ladi”, “ikkinchisi –

ixtiyoriy, og‘ir mehnat bilan bog‘liq, uzluksiz

ta’lim, kamolotga intiluvchanlik” .

A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida

ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug’ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’lum

ijtimoiy

to‘siqlar natijasida yo‘

qolib ketadi, deb hisoblaydi. T.A. Barisheva va Yu.A. Jigalovalar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

355

pedagogikada kreativlikni tizimli (ko‘p bosqichli, ko‘p o‘lchamli) psixik (ruhiy) ta’lim

sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya,
emotsiya, estetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari,
kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi [3. 129].

Shuningdek, kreativlikning mezonlari Dj.P. Gilforda, E.P. Torrans tomonidan

belgilangan:

ravonlik: ma’lum

bir vaqt oralig‘ida ko‘plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati;

o‘ziga xosligi: aniq, taniqli, umume’tirof etilgan, oddiy yoki qat’iy belgilanganidan

farq qiluvchi g‘ayrioddiy, nostandart g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati;

sezuvchanlik: g‘ayriodd

iy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil

noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o’tishga tayyorlik;

mo’tadillik: g‘ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo‘lish, ramziy, birlash

-

tiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitd

a ko‘rish qobiliyati;

rivojlanish: paydo bo‘lgan g‘oyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi

tizimlarga aylantirish qobiliyati;

to‘xtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik ko‘rsatish, ya’ni muammoni yechish

jarayonida kelib tushayotgan turli

informatsiyalar andozalariga qarshilik ko‘rsatish.

noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaksiyagacha bo‘lgan qobiliyat;

“nomlash”ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida,
ahamiyatga ega bo‘lgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati (“nomlash”
jarayoni mufassal shaklni, muammoning mohiyatini ko‘rish qobiliyatini, og‘zaki shaklga

aylantirish qobiliyatini aks ettiradi);

ko‘p vazifalilik:

b

ir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarda ishlash qobiliyati;

samaradorligi: mahsulotning yaroqliligi, ularning foydasi, mahsulotning maqsadli

auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original bo‘lishi haqidagi idrok;

mamnuniyat: kreativlikning natijasi.

Ad

abiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga

mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil
qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka

va ta’lim

berish usullarini yangi holatga o‘tkazish imkoniyati; ilgari o‘rganilgan usullarni

yangilarga birlashtira olish kabi ko‘nikmalarda namoyon bo‘lishi mumkin.

Tafakkurning egiluvchanligi

jamiyatda qabul qilingan va an’anaviy mavjud bo‘lg

an,

aslida,

to‘g‘ri deb o‘ylangan shablon yo‘nalishlar va tamoyillarning zamonaviy taraqqiyot

uchun javob bera olmay qolganligini anglash, yangi yo‘nalish va choralarni sezish, ularni
tafakkur qila olish va shakllantira bilish, o‘z faoliyatini yangidan qur

a olish va masala

yechiminining yangi yo‘nalishlariga o‘zini safarbar eta olishdir.

Prognoz, bashorat qila olish esa

o‘z sohasi rivojidagi istiqbol o‘zgarishlar mohiyati,

kelib chiqish sabablari va yuzaga kelish muddatlarini tafakkur tahlili orqali oldindan

anglash tafakkuri hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligining ko‘tarilishi va pasayishi,
konyuktura yoki bozorning o‘zgarishi hamda mazkur o‘zgarishlarning sohaga bo‘lgan
ta’siri, narxlarning ko‘tarilishi

, pasayishi va b.

Ta’lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda

ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifa

-

lariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi.

Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

ta’lim oluvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish

ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini
ta’minlash;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

356

ta’lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, ta’lim

oluvchilar tomonidan bayon qilingan turli-

tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan

qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir ta’lim

oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning

ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish; o‘quv jarayonini ta’lim oluvchi shaxsning

xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individual-
lashtirish;

ta’lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini

shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal
qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga
und

ash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta

ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va

metodlarini tanlash va tatbiq etish va hokazo.

Tadqiqotchi G.

Ibragimova interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarda

kreativlikning rivojlantirish bosqichlarini quyidagicha ifodalab o‘tgan:

1.

Reproduktiv-

tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich ta’lim oluvchilarda kreativ

faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish, ta’limdagi
innotvasion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi,

shakllanishi bilan tavsiflanadi.

2.

Ijodiy-

izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Ta’lim oluvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy

faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish

ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi.

3.

Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash, baholash,

tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbi

q etish hamda istiqbolga yo‘naltirilgan

strategik rejalarni tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi [5.

77].

Ta’lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida interfaol

ta’lim jarayoni ahamiyatli sanaladi. Interfaol ta’lim –

ta’lim oluvchining bilish faoliyatini

faollashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini o‘zaro hamkorlik

asosida tashkil

etilgan “subyekt

-

subyekt” munosabatlariga asoslangan o‘qitish metodlari tizimidir. Bunda

o‘zaro harakat ta’lim oluvchilarning faollashuvi, guruh tajribasiga asoslanish, teskari aloqa
o‘rnatish kabi tamoyillarga tayanadi.

Demak, interfaol

o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida ta’lim oluvchilarda

kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim sharti ta’lim jarayonida erkin

-ijodiy

muhitning yaratilishi, professor-

o‘qituvchilar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning

birgalikdagi m

unosabatlari va o‘zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o‘qitish

jarayonini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator omillar

mavjud bo‘lib, quyida ayrimlarini keltirib o‘tish mumkin:

kreativ f

ikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o‘quv

jarayonida izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini kuchaytirish;

ta’lim oluvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini

rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish;

ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi

kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;

ta’lim oluvchilarning kasbiy ko‘nikma va layoqatlarini riv

ojlantirish jarayonini

interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo‘naltirish,
ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil bilim olish, o‘z

-

o‘zini tarbiyalash, o‘z

-

o‘zini bilish, o‘z mavqeyiga ega bo‘lish, ta’lim

oluvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini

faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

357

ta’lim oluvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy

hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar.

Ta’lim o

luvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakl-

laridan foydalanish muhim ahamiyatga ega:

ma’lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko‘nik

-

malarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish;

tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy mashq

-

lar, topshiriqlarni bajarish;

keyslar bilan ishlash;

guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;

o‘quv loyihalarini tayyorlash;

portfoliolarni shakllantirish;

kastinglar uyushtirish;

to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va hokazo.

Ta’lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini

aniqlashning quyidagi mezonlari mavjud: kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning

qaror topganligi; kreativ fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligi; kreativ sifatlarning

shakllanganligi; amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish; ixtisoslashgan kreativ-
likning shakllanganligi va boshqalar.

Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish,

o‘ziga

doimiy tanqidiy nazar

solish va tahlil etish deyish mumkin.

Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga

asoslanib,

o‘qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi,

muloqotdagi,

alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish,

bilish darajasi deb ta’riflash mumkin.

O‘qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan

sharoit

larda har xil original g‘oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish

quyidagi o‘zaro bir

-

biriga bog‘liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi:

1. Intellektual (aqliy).

2. Axloqiy (o‘z

-

o‘zini boshqarish).

3. Motivatsion (maqsadli).
4. Emotsional (his-hayajonli).
Kreativ layoqat quyidagi

o‘zaro

bir-biriga

bog‘liq

bo‘lgan

qismlardan

iborat bo‘ladi:

1. Kreativ maqsad.
2. Ijodiy intilish.
3. Kreativ (ustanovka) qurish.

4. Kreativ yo‘nalish.

5. Kreativ ifodali akt.

6. Kreativ o‘z

-

o‘zini boshqarish.

7. Kreativ faollik.
8. Kreativ intilishlar darajasi.

O‘qituvchining

kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo

bo‘ladi

va rivojlanadi.

Kreativlik

o‘qituvchining

ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ

maqsadi,

yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va

uni

o‘zining

faolligi,

o‘zini

-

o‘zi

boshqara olishi bilan yetuk

rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.

Pedagogning kreativ kompetentligi uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U

kreativ faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning

o‘z

-

o‘zini

namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

358

Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N.

Xomskiy (1965-yil,

Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan

kompetensiya

atamasining umumiy

ma’nosida shakllandi. Yevropa

Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan

simpoziumda (1996-yil)

kompetensiya

tushunchasi

uquv

,

kompetentlik

,

qobiliyat

,

mahorat

singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa

davlatlarining ta’lim vazirlari

Boloniya deklaratsiyasida (1999-

yil) ta’lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida

kompetentli

yondashuv e’tirof etildi [2.

67].

G.V. Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:

insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion,

ijtimoiy, axloqiy va h.z.);

faoliyat turlari bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy va boshqalar

);

faoliyat yo‘nalgan obyektlar bo‘yicha kompetentlik (inson

-inson, inson-texnika,

inson-tabiat, inson-badiiy timsol va h.z.);

ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha kompetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va

boshqalar);

ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo‘yicha k

ompetentlik (matematikada, gumanitar

fanlarda);

ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va

boshqalar);

qobiliyatlar bo‘yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy,

texnik va boshqalar).

Zero, yuqorida

aytilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy kompe

-

tentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyi-

dagilarni o‘z ichiga oladi:

pedagogning ish sohasi bo‘yicha kompetentligi –

uzluksiz ta’lim tizimini o‘z ichiga oladi;

ixtisoslik bo‘yicha kompetentligi –

o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog,

kasb ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;

pedagogning faoliyati yo‘nalgan

obyekt bo‘yicha kompetentligi –

talabalar, ota-

onalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;

pedagogning faoliyati turi bo‘yicha kompetentligi motivatsion, gnostik,

metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv, prognostik, konstruktiv,
tadqiqot, texnologik, korreksion va boshqalar.

A.V.

Xutorskiy o‘qituvchining

quyidagi kompetensiyalarini tavsiflaydi[7.58]:

1.

Dunyoqarash asosida, ya’ni qadriyat va o‘zini anglash

o‘qituvchining dunyo

-

qarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof

-muhitdagi

voqea va hodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi,
pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kom

petensiya-

o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z

-

o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.

2. Umummadaniy

milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish; mamlakatning

ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf

odatlarga hurmat; ijtimoi

y ko‘nimalarga ega

bo‘lish. Ilm

-fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga

ta’sirini

anglay olish va talaba

yoshlarga tushuntira olish.

3.

O‘quv va bilish jarayoni –

o‘qituvchining

mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy

fikrlashi, o‘quv

-biluv faoliyatini bahola

shi, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qila olishi.

4.

Ma’lumotga ega bo‘lish –

pedagogik faoliyat va o‘z faniga doir ma’lumotlarni

egallash ko‘nikmasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

359

5. Muloqotchanlik

til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada

o‘ziga

xos o‘rinda

turishi.

6. Ijtimoiy

foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas`uliyat, jamiyat rivojidagi

ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

7.

O‘z ustida ishlashi –

jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan

o

‘z

-turli axborot

manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot manbalaridan
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga asoslangan bilish faoliyati sohasidagi kompetensiyalar:

ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh,

jamoa a’zosi rolini bajarish);

mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, mehnat bozoridagi

holatni tahlil etish va undan foydalanish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi
uyushtirish ko‘nikmalarini baholash va takomil

lashtirish);

maishiy sohadagi kompetensiyalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini,

salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi);

madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, shaxsning ma’naviy

va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish).

O‘qituvchi kompetensiyasi –

uning nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakasi,

dunyoqarashi, e’tiqodi va barcha shaxsiy individual

,ijtimoiy-psixologik sifatlarining

namoyon bo‘lishidir. Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan

biri bu

o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha kompetensiyaga ega bo‘lishidir.

U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo‘ladi. Bular: ilmiy bilish;

gnoseologik bilish; pedagogik faoliyatni epchillik, omilkorlik, mohirlik bilan bajara olish;
har qanday muammoli vaziyatlarning samarali yechimini topishga ijodiy-kreativ

yondashish; ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir jarayonida yuksak ijtimoiy psixologik xususiyatlarni
namoyon etish; o‘zining intellektual, kognitiv, emotiv, axloqiy salohiyatini, o‘rganish va
ichki psixologik zaxirasidan samarali foydalanish orqali o‘zini muttasil rivojlantirish;

jamiyat va insonlarga, tabiatga,

borliqqa ijobiy emotsional munosabatda bo‘lish ijobiy

pozitiv fikrlashga o‘tish tajribasidan iborat

.

Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:

o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;

yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;

davr talablarini chuqur anglaydi;

yangi bilimlarni izlab topadi;

ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi .

Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar

guruhlari:

1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-seminar (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
6) tashkilotchilik malakalari;

7) izchillikni ta’minlovchi (protsessual) malakalar;

8) texnik-texnologik malakalar .
Kreativ kompetentlik

pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish,

o‘zining

ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

360

Kreativ

lik uchun quyidagilar muhim bo‘lib hisoblanadi: pedagogik masalalarning

ko‘p xilligi va ularni hal etishning variativligini tushunish, o‘z mahoratining darajasi va

tavsifini hamda uni rivojlantirish mumkinligini tushunish, uni takomillashtirish xohishi,
yangi yechimlar zarurligini tushunishi va unga psixik tayyorgarlik hamda uni amalga
oshirishga ishonch.

Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.

Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni

o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni
ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari

kabi o‘qituvchilar

ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning

uchun ular E.P. Torrens tomonidan 1987-yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga

egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs krea

tivligi va uning darajasini ijodiy

faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomil

-

lashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi.

Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu

to‘rtta mezonni qanoatlantirishi lozim.

E.P.

Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi

negizida quyidagilar yoritiladi:

muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;

farazni tekshirish va o‘zgartirish;

qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;

muammo yechimini topishda bilim va seminar harakatlarning o‘zaro qarama

-

qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, talabalarda kreativ qobiliyatni rivoj-

lantirish mazmunini DTS talablari asosida tahlil etilib, bitiruv ishi doirasidagi

kreativlik

,

“kreativ qobiliyat”, “pedagogik kreativlik”, “interfaol o‘qitish”, “interfaol o‘qitish sharoiti”,
“talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish” kabi asosiy tushunchalar mohiyati ochib

berildi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017

-

йил 7

-

февралдаги

“Ўзбекистон

Республикасини

янада

ривожлантириш

бўйича

Ҳаракатлар

Стратегияси тўғрисида”ги ПФ–

4947-

сон Фармони //

Ўзбекистон Республикаси

қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6

-

сон, 70

-

модда.

2.

Бубенов

А.В. Коммуникационная культура: Философско

-

методологический

анализ Электронный ресурс.: дис. канд. философ, наук. М., 2006.

3.

Барышева

Т.А., Жигалов

Ю.А. Психолого

-

педагогические основы развития

креативности. СПб,

2006.

С.

285.

4.

Guilford J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444

454.

5.

Ибрагимова

Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида

талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. –

Т.:

“Фан ва технологиялар”

, 2016.

Б.

77.

6.

Maslow A. The Farther Reaches of Human Nature NY: Viking, 1971.

Harmondworth, Eng: Penguin Books, 1973. Contents.

7.

Хуторской

А. Ключевые компетенции как компонент личностно

-

ориентированной парадигмы образования // Народное образование. –

2003.

2.

С.

58

64.

Библиографические ссылки

. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони //Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.

Бубенов А.В. Коммуникационная культура: Философско- методологический анализ Электронный ресурс.: дис. канд. философ, наук. М., 2006.

Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. СПб, 2006. -285с.

Guilford, J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444–454.

Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. - Т.: «Фан ва технологиялар», 2016. -77-б.

Maslow, A.The Farther Reaches of Human Nature NY: Viking, 1971. Harmondworth, Eng: Penguin Books, 1973. Contents.

Хуторской А. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования // Народное образование. – 2003. – № 2. – С. 58-64.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)