Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical principles of development of creative
qualities in a person
Erkin ABDULLAYEV
1
Fergana branch of the Institute of Higher Education
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
This article describes the activities of an individual aimed at
creating creativity, innovation creativity, creative abilities,
thinking, communication, emotions, certain types of activities,
talent, and self-formation of an individual.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp149-155
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
personality,
creativity,
design,
ability,
thinking.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik
asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
shaxs,
kreativlik,
ijodkorlik,
yaratuvchanlik,
faoliyat,
qobiliyat,
tafakkur.
Ushbu maqolada shaxsning ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik
yaratishga qaratilgan faoliyati, kreativlik, kreativ qobiliyat,
tafakkur, muloqot, his-
tuyg‘ular, muayyan faoliyat turlari, iste’dod,
shaxsning o‘z
-
o‘zini shakllashtirishi bayon etilgan.
Педагогические основы развития творческих качеств
в личности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
личность,
творчество,
креативность,
способность,
мышление.
В данной статье описывается деятельность личности,
направленная на создание творчества, креативности,
инновационного творчества, творческой способности,
мышления,
общения,
эмоций,
отдельных
видов
деятельности, таланта, самоформирования личности.
1
Physical education and sports retraining and qualification of specialists Fergana branch of the Institute of Higher Education.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
150
Jahondagi globalla
shuv va ta’limning integratsiyalashuvi jarayonlarida bo‘lajak
mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb
vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda.
Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat
hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish
jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasi
pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda kadrlar tayyorl
ashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar
asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish,
har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy
-
ta’lim muassasalari bilan yaqin
hamkorlik aloqalari o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan
ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv
-uslubiy materiallarini keng
joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarning zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
dolzarb masalalardan biridir.
Prezidentimizning “2019–
2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida “
Jamiyat va davlat
hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning
jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalarga
asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi”, [9] deb alohida ta’kidlangan.
Bugungi kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat
kreativ faoliyat deb tushuniladi. Kreativlik so‘zi (inglizcha “create” –
yaratuvchanlik,
ijodkorlik) so‘zidan olingan bo‘lib, shaxsning ijodkorlik qobiliyati, ijodkorlik iste’dod
darajasi, shaxsning an’anaviylik yoki odat tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo‘lgan,
prinsipial yangi g‘oyalarni yaratishga tayyorlikni xarakterlov
chi, shuningdek,
muammolarni o‘zgacha tarzda bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul
qilingan ijodiy qobiliyatlaridir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida
turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh t
adqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik
yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kreativlik va intellekt darajasi bir
-
biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar. “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma
-
xillikni aks ettiradi. G‘a
rb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi.
Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil
-
mutoyiba tuyg‘usi
va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar.
Aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni
anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish
joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Bu o‘rinda xorijlik olim Patti
Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zing
izni kreativ emasman deb
hisoblasangiz-da, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni
tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ
bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kre
ativlik ruhida tashkil
etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” [3.4].
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalarda
n o‘quv
topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
151
Bundan farqli ravishda, bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni
ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonl
ama fikrlashdan
birini inkor etib bo‘lmaydi.
Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning
bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama
fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani
kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). Ko‘z oldingizga
ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli tarzda
jo‘shqinlik, zavq
-u shavq bilan t
ashkil etayotgan o‘qituvchini keltiring.
U, garchi, o‘zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa
-da, biroq, kreativlikni
namoyon etuvchi ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod,
usullarni qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, q
olaversa, talabalarning minnatdor
bo‘lishlariga erishmoqda. O‘qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha
ko‘p foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi
shuncha ortadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishin
i shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy
shartlangan hodisalarga bog‘liq.
Amerikalik olim D.
Veksler “Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir
muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini taqozo
etadi va
shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o‘ziga
xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi ” [6.81] –
deb ta’rif beradi.
O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda
tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi
g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish,
ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘ladi.
Kreativ sha
xs bo‘lish, bizning misolimizda esa, kreativ talaba bo‘lish –
bugungi
dunyoda afzalliklarga ega bo‘lish, masalan, boshqa talabalar ichida ajralib turish,
boshqalarga qaraganda qiziq suhbatdosh bo‘lish, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan
noodatiy tarzda chiqib ketish demakdir.
Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g‘oyalarni yaratish uchungina emas, balki hayot
tarzini yoki alohida olingan aspektlarni yaxshilash uchun qo‘llashda va shaxsning ichki
dunyosini rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kreativlik axbo
rotni yodda saqlash va
faktlarni yig‘ishga asoslanganligi tufayli an’anaviy ta’lim sistemasi har doim ham
shaxsning, xususan talabaning kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga qodir emas.
Kundalik hayot tarzi ko‘pincha shaxsning kreativ xususiyatlarining
pasayishiga sabab
bo‘ladi [12.3].
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-
yillarda paydo bo‘ldi.
U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish
:
–
yo‘llay olishi;
–
o‘ziga xoslik (originallik);
–
qiziquvchanlik;
–
farazlar yaratish qobiliyati, xislatini bildiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
152
Amerikalik olim J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni
ko‘rsatadi:
–
fikrining ravonligi;
–
fikrni maqsadga muvofiqligi;
–
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya) [4].
Talabalarning innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu
refleksiyadir. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tus
hunib olish
talab etiladi. “Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot.,
ing. “create” –
yaratish, “creative” –
yaratuvchi, ijodkor)
–
individning yangi g‘oyalarni
ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
A.X.
Maslou kreativlikda o‘z
-
o‘zini shakllantirishning ikki darajasini keltirib o‘tgan:
birinchisi
–
“ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin
kechinmalarga eg
a bo‘ladi”, “ikkinchisi –
ixtiyoriy, og‘ir mehnat bilan bog‘liq, uzluksiz
ta’lim, kamolotga intiluvchanlik” [5.108].
A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida
ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug‘ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’lum
ijtimoiy to‘siqlar natijasida yo‘qolib ketadi, deb hisoblaydi.
T.A. Barisheva va Yu.A.
Jigalovalar pedagogikada kreativlikni tizimli (ko‘p bosqichli,
ko‘p o‘lchamli) psixik (ruhiy) ta’lim sifatida talqin etib, unga faqatgina intel
lektual
potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasining mavjudligi,
kommunikativ parametrlari, kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi [2.16].
P. Torrensning fikricha, kreativlik: muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni
aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama
-
qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. Amerikalik psixolog P.
Torrens fikricha,
kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish;
qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini
topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama
-qarshiligiga nisbatan
ta’sirchanlikni ifodalaydi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi [6.26].
Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Demak, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-
tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.
Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim
jarayoniga faol jalb etish”ni ta’minlaydi.
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati
muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash, har qanday
muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash, ular uchun yechim topish
qobiliyati, bilim olish, malaka va ta’lim berish usullarini yangi holatga o‘tkazish
imkoniyati, ilgari o‘rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko‘nikmalarda
namoyon bo‘lishi mumk
in.
Talabaning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish
jarayoni unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Shaxsning mutaxassis sifatida
kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzida namoyon bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
153
Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish
g‘oyalarining qaror topishidan (14
-17 yosh) boshlanib, kasbiy faoliyatning
yakunlanishigacha (55-
60 yosh) bo‘lgan jarayonda kechadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami
o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy
-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson
ontogenezi
–
tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni
taqozo etadigan faoliyat mazmuniga b
og‘liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida
aks etadi. Biroq, kasbiy-
ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy
ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni sa
marali tashkil
etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, balki, shu bilan birga, kasbiy ijodkorlik
metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga
ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishini t
alab etadi [8].
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, s
haxsning
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy
shartlangan hodisalarga bog‘liq.
1.2.1-jadval
KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Ijodkorlik
–
muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi
shaxs faoliyati va uning natijasi.
Ijodkor shaxs
–
ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq
ijodiy natijalarga (mahsulot) ega shaxs
Kreativ shaxs
–
jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi,
masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil,
o‘ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy
mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs.
Bunyodkor shaxs
–
ham jarayon, ham natija sifatida o
b’yektiv ijodkorlikni amalga
oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan
shaxs.
Kreativ shaxsni
tayyorlash
–
ijodkorlikka o‘rgatish va o‘zini o‘zi ijodiy namoyon etish jarayonida
shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni.
Ijod
–
ijtimoiy sub’yektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi, jamiyat yoki
muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi.
Ijodkor shaxsni
tarbiyalash
–
kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida
ijodiy g‘oya, ularni amalga oshirish ko‘nikma va malakalarga ega shaxsni
shakllantirish va rivojlantirish.
Kasbiy-ijodiy
faoliyat
–
mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini
tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati.
Ijodiy topshiriqlar
–
muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga
yo‘naltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy
imkoniyat
–
1) kasbiy kompetensiya, malakaga egalik; 2) kasbiy ijod metodologiyasi
asoslarini o‘zlashtirganlik; 3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi.
Kasbiy ijodkorlik
metodologiyasi
–
ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob
’yektlar hamda muayyan
kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko‘rinishidagi tuzilishi, mantiqiy
tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
154
Ijodiy tafakkur
–
tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari-ni
(mahsullari) bashoratlashni ifodalovchi turi.
Kreativ qobiliyat
–
shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga
erishishni ta’minlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati.
Ijodiy qobiliyat
–
ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning
natijalanganligini baholashda namoyon bo‘ladigan individual xususiyati
o‘zini o‘zi ijodiy faollashtirish –
shaxsning ijodiy faoliyatda o‘z
imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, tabiiy imkoniyatlarga asoslanuvchi
kreativlik individning o‘ziga xos xatti
-harakatlarini ifodalaydi. Birlamchi (umumiy)
kreativlik shaxsning ijodkorligini namoyon etuvchi umumiy qobiliyatdir.
Ixtisoslashgan kreativlik bu
–
ijtimoiy
faoliyatning muayyan turi bo‘yicha
ijodkorlikni namoyon etuvchi qobiliyat (unga ko‘ra kasbiy
-ijodiy faoliyat tajribalariga
tayangan holda, uning ta’sirida umumiy kreativlik yanada rivojlanadi).
Kreativlik turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalala
r yuzasidan qarorlarni
qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi.
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik
hamda o‘qitiladigan fanlar asoslaridan to‘la xabardor bo‘lish,
ular tomonidan
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hisobiga kechadi.
Psixologiyada P. Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab
chiqilgan. P. Torrensning fikricha, shaxs kreat
ivligi o‘zida quyidagi belgilarni namoyon
qiladi [6.54]:
1) savollar, kamchiliklar yoki bir-
biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz bo‘lmaslik;
2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida
ularning yechimini topishga intilish.
P. Torrens fikricha, kreativlik:
–
muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
–
farazni tekshirish va o‘zgartirish;
–
qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
–
muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qara
ma-
qarshiligiga nisbatan ta’sirchanligini ifodalaydi [6.34].
Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga
ko‘ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi.
Ular quyidagilar:
–
shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar;
–
ijodiy tafakkur va uning natijalarini (tezkorlik, samaradorlik, mahsuldorlik va b.)
aniqlovchi testlar.
V.V. Utyomov, M.M. Zinkovkina, P.M. Gorevlarning qayd etishlaricha, kreativ
shaxsni shakllantirish uch bosqichda kechadi.
Shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish o‘ziga xos murakkab jarayon sanaladi. Shu sababli mazkur
jarayonni samarali tashkil etish uni metodik jihatdan to‘g‘ri, oqilona tashkil etishni
taqozo qiladi [12.16].
Shaxsdagi boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib, rivojlantirib
boriladi. Kreativ muhitda ta’lim olayotgan talabalarda asta
-sekin kreativ vazifalarni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
155
bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega o‘qituvchini
kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo‘ladi. Kreativlik xarakteridagi o‘quv
-bilish
muhiti talabalarda ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ta
nqidiy va kreativ
fikrlash ko‘nikmasining rivojlanishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–
2021-
yillarda O‘zbekiston
Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018
-yil
21-sentabr, PF-5544-son Farmoni.
2.
Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого
-
педагогические основы развития
креативности
-
СПб.: СПГУТД, 2006.
-
С. 16.
3.
Gonobolin Fedor Nikanorovich - Vospitanie shkolnika. - 1971. M.-
№ 2.
4.
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem solving).
–
Alexandria
–
Virginia, USA: ASCD, 2014.
–
p. 4.
5.
Guilford, J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444
–
454.
6.
Maslou A.G. Motivatsiya ilichnost.
–
SPb, 1999, -78s.,Maslou A.G.
Samoaktualizatsiya // Psixologiya lichnosti: Tekst
ы
.
–
M.:, 1982.
–
s. 108-118.
7.
N.A.Muslimov va boshqalar.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv
-metodik
qo‘llanma. –
T.: “Sano
-
standart”, 2015. –
59 b.
8.
Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of
universal and national values in the spiritual and moral education of children in the
family PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
9.
Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING
STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific
Bulletin of Namangan State University, 1(10), 311-317.
10.
Otajonovna, K. M., & Kizi, A. K. G. (2021). Pedagogical bases of formation of
innovative culture of the educator of the preschool educational institution. ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 457-460.
11.
Otajonovna, K. M., Bakhodirovna, N. M., & Kizi, T. R. N. (2021). Pedagogical
bases of the organization of methodical work in professional colleges. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1095-1098.
12.
Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. Pedagogika kreativnosti:
prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva / Ucheb.posobie.
–
Kirov: ANOO “Mejreginalnыy
TSITO”, 2013. –
S. 16
13.
Сиротюк Ф.С. Диагностика одарённости / Учебное пособие. –
М.:
ДиректМедиа, 2014. –
1229 с.
