Авторы

  • Илхом Умиров
    старший преподаватель, кафедра "Инженерии транспортных средств”, Джизакский политехнический институт, Джизак, Узбекистан
  • Ёркин Хамракулов
    ассистент, кафедра "Инженерии транспортных средств”, Джизакский политехнический институт, Джизак, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp555-560

Ключевые слова:

традиционное обучение электронное обучение образовательные ресурсы программная платформа компетентность педагогическая технология образовательные программы обучение образование грамотность

Аннотация

В данной статье рассмотрены особенности электронного обучения в системе высшего образования, а также преимущества технологии смешанного обучения в сочетании с дистанционным обучением. Приведена технология смешанного обучения, которая является важным передовым инструментом   для повышения профессионального уровня обучающихся.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Features of electronic learning and its comparative analysis

Ilhom UMIROV

1

, Yorkin HAMRAKULOV

2


Jizzakh Polytechnic Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021

This article discusses the features of e-learning in the higher

education system, as well as the advantages of blended learning
technology in combination with distance learning. The
technology of blended learning is presented, which is an
important advanced tool for improving the professional level of
students.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp

555-560

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

traditional learning,
e-learning,
educational resources,
software platform,
competence,
pedagogical technology,
educational programs,
training,
education,
literacy.

Elektron ta’limning o‘ziga xos

xususiyatlari hamda ularning

qiyosiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ananaviy talim,
elektron talim,

o‘quv resurslari,

dasturiy platforma,
kompetensiya,
pedagogik texnologiya,

o‘quv dasturlar,

talim,
tarbiya,
savodxonlik.

Ushbu

maqolada oliy talim tizimida elektron talimning o‘ziga

xos xususiyatlari hamda masofaviy ta’lim bilan birgalikda
Blended Learning ta’lim texnologiyasining afzalliklari ham
qisman yoritib o‘tildi. Blended Learning ta’lim texnologiyasi

kasbiy kompetensiyalar

ini takomillashtirish uchun muhim ilg‘or

xorijiy tajriba vositalari va ularning bir biri bilan qiyosiy tahlillari
keltirilgan.

1

Senior teacher, Jizzakh Polytechnic Institute. Jizzakh, Uzbekistan.

2

Assistant of the Department of

Vehicle Engineering

, Jizzakh Polytechnic Institute. Jizzakh, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

556

Особенности электронного обучения и его сравнительный
анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

традиционное обучение,
электронное обучение,
образовательные ресурсы,
программная платформа,
компетентность,
педагогическая
технология,
образовательные
программы,

обучение,

образование,

грамотность.

В данной статье рассмотрены особенности электронного

обучения в системе высшего образования, а также
преимущества

технологии

смешанного

обучения

в

сочетании с дистанционным обучением. Приведена
технология смешанного обучения, которая является
важным передовым инструментом для повышения
профессионального уровня обучающихся.

Oliy ta’lim jarayoniga Blended Learning kabi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish

an’anaviy o‘qitish tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi zarur. Texnologik yondashuv
orqali o‘quv mashg‘ulotida yuqori darajadagi nati

jaga erishish mumkin. Bugungi kunda

o‘qitish tizimi ta’limga bo‘lgan an’anaviy qarashlarni zamon talabidan kelib chiqqan holda,
yangi nazar bilan ko‘rib chiqishni va yangicha yondashuv ko‘nikmalarini egallash
masalalarini talab etmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida

, innovatsiyalarni faol tatbiq qilish, ilm-fan

va ishlab chiqarishni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishni taqozo etmoqda. Ta’lim –

bu

kelajagimiz demakdir. Ta’lim tizimiga yondashuvni qaytadan ko‘rib chiqib, an’anaviy
o‘qitish modeliga yangi o‘qitish st

andartlarini kiritish zarur. Hozirgi kunda Blended

Learning ta’lim texnologiyasini ikki

parametr bo‘yicha tasniflash mumkin. Birinchisi

darsni tashkil etilish

modeli bo‘yicha, ikkinchisi esa an’anaviy va onlayn elementlarning

o‘zaro nisbati bo‘yichadir.

An’anaviy ta’limdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf qilish hamda

o‘qitish jarayonini

maksimal darajada samarali rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni barpo etish

maqsadida ta’lim jarayonining bosh

bo‘g‘inlarini aniqlab, ularning kuchli v

a zaif

tomonlarini belgilab olish

maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun zamonaviy ta’lim

texnologiyalarini

qabul qilishdan avval an’anaviy va boshqa ta’lim texnologiyalarning

jiddiy qiyosiy tahlilini ko‘rib chiqish lozimdir.

Respublika OTMlari tizimida professor-

o‘qituvchilarning kasbiy

kompetentligini

takomillashtirish maqsadida O‘zbekistan Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil

26-

sentabrdagi “Oliy ta’lim

muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

278-

sonli qarori tashkil etilgan bo‘lib, bunda Bosh ilmiy metodik markaz,

kadrlarni qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari aynan xorijiy
tajribalardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “

Harakatlar

strategiyasi”

ustuvor

yo‘nalishlariga mos holda, kadrlar tayyorlashning

ma’no

-mazmunini tubdan yangilash,

xalkaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur
sharoitlar yaratish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil

20-apreldagi

“Oliy

ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PK

2909-son Qarori qabul qilingan. Unda ustuvor vazifalar sifatida quyidagilar

belgilangan:

xar bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy

-

ta’lim

muassasalari bilan

yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

557

o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or

pedagogik

texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv

-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;

o‘quv

-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijiy

hamkor ta’lim

muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;

magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy

xodimlarning stajirovka

o‘tashlarini,

professor-

o‘qituvchilarni malakasini oshirishni xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda

tashkil qilish vazifalari.

Kasbiy kompetentlikni takomillashtirishda ilg‘or xorijiy

tajribalar va zamonaviy

yondoshuvlar asosida oli

y ta’lim muassasalari

pedagog kadrlarini malakasini oshirish va

qayta tayyorlash tizimining

o‘qitish shakllari va uslublarini takomillashtirish maqsadida

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-sonli qarori bilan

tasdiqlangan “Oliy

ta’lim muassas

alarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini

oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizom”ga

tegishli qo‘shimchalar kiritildi va Vazirlar

Maxkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Bugungi kunda malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslari tinglovchilariga (agar

kursdan birinchi marta o‘ta olmagan bo‘lsalar)

elektron ta’lim muhitida masofaviy ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish orqali kasbiy kompetentsiyalarini takomillashtirishlari
uchun keng sharoit yaratil

di. Masofadan o‘qitish kurslarining dasturiy

platformasi, o‘quv

-

metodik resurslarini yaratishda ilg‘or xorijiy

tajribalardan foydalanildi.

Masofaviy ta’lim bilan birgalikda Blended Learning ta’lim

texnologiyasi kasbiy

kompetentsiyalarini takomillashtirish uchun muhim

ilg‘or xorijiy tajriba vositasi vazifasini

o‘taydi.

Blended Learning ta’lim texnologiyasining afzalliklari yuqoridagi

fasllarda xam

qisman yoritib o‘tildi.

1-jadval

BLENDED LEARNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI

BLENDED

LEARNING TA’LIM TEXNOLOGIYASINING

AFZALLIKLARI

1.

Talabaning o‘qituvchi bilan

doimiy

aloqada bo‘lib turishi

Bunda talabaning o‘qituvchiga elektron pochta

orqali xabar yozishi va qisqa vaqt ichida javob olishi

mumkin bo‘ladi. O‘qituvchini OTMda kutish shar

t

emas. Agar biror muammo sabab uchrashish zarur

bo‘lib qolsa, o‘qituvchining vaqtini elektron pochta,
forum yoki chat orqali aniqlash imkoni bo‘ladi.

2. Birlashtirilgan va

mustaqil ta’lim

tajribasi

Bunga asinxron internet kommunikatsiyalar

texnologiyalari kiradi. Ushbu axborot va kommuni-

katsiya texnologiyalari talaba va o‘qituvchi orasidagi

aloqani

yaxshilash

imkonini

beradi.

Xorijlik

mutaxassis Aleksandr Mak Kenzi 1998-

yilda o‘tkaz

-

gan tadqiqotlariga ko‘ra, talabalarni ko

mpyuter

baholash modullari orqali baholash qulayroqdir.

3. Ish unumdorligining oshishi

Bunda o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida

ko‘plab

talabalar bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. Blended
learning o‘qituvchilarga resurslarni qayta taqsimlash

va

talabalarning o‘zlashtirishlarini ijobiy tomonga

o‘stirish imkonini beradi.

Bu afzallik San Xose

shahridagi

maktablar

tizimida

muvaffaqiyatli

tekshirilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

558

4. Ta’lim olishda individual yondashuv va

uning nazorati

Bunda o‘qituvchida talabalarning

topshiriqlarni

bajarishdagi tezligini, vazifalarning muvaffaqiyatli
amalga oshirilayotganligini hamda bajarish vaqtini
nazorat qilish imkoni bor. Bu esa xar bir talabaning

o‘zlashtirishini nazorat qilish va kamchiliklarni
to‘g‘rilashga imkon beradi.

5. Vaqt va joy tanlanmasdan

bilim olish imkoniyatining borligi

Yer yuzining istalgan nuqtasida, uyda, ishda,

internet-kafeda, shu bilan birga materiallarni yuklab
olib, onlayn rejimida ishlash imkoni mavjud. Barcha

materiallar bir joyda bo‘lganligi sababli ta’lim

sa

maraliroq bo‘ladi.

6. Ko‘p marotaba qo‘llash kontenti.

Bir nechta fanlardan takrorlanadigan mavzularni

qayta yozmasdan, avval yozilganlarini qo‘llash orqali
ta’lim olinadi. Bu universitetlarda ko‘proq qo‘llaniladi.

Shuningdek, bu afzallik yangi kurslarni ishlab
chiqishda vaqtni tejaydi va sarf xarajatlarni
kamaytirishga yordam beradi.

7. Ta’lim olishda vaqt tejaladi va moliyaviy

harajatlar kamaytiriladi.

Ushbu

afzallik

ta’lim

muassasalariga

va

o‘quvchilarga birdek taalluqli bo‘lib, bunda ta’lim

muassasala

ri o‘quv kurslarini yaratishga ketadigan

vaqt va mablag‘larini tejaydi, biroq bunda faoliyat

tezlikda amalga oshmasligi mumkin.

8. Дидактик ёндашишлар хилма

-

хиллиги.

Bilim olishda turli usullar afzal

ko‘riladi, masalan:

ayrim ta’lim

oluvchilar

eshitish orqali ma’lumotlarni,

ba’zilar esa ko‘rganlarini yoki o‘qiganlarini yaxshi
o‘zlashtiradilar. Blended Learningda barcha o‘quvchi

-

talabalar o‘zlari xohlagan ma’lumotlarni olish
usullarini tanlashlari mumkin. Bunda kursning o‘quv

materiallariga audio yoki video-

ma’ruzalarni, turli

jadvallarni, chizmalarni joylashtirish mumkin.

9. Ma’lumotlarni to‘plash,

baholash va bilimni tabaqalashtirish

imkoni.

Bunda o‘qituvchi kursini yaratishda

topshiriqlarni

murakkabligiga qarab ularni tabaqalashtirishiga, shu

bilan birga o‘qituvchida ta’lim oluvchi bajargan

vazifalarni murakkablik darajasiga qarab baholash

imkoniyati bo‘ladi.

Blended Learning ta’lim texnologiyasi deganda, birinchi navbatda

masofaviy ta’lim

texnologiyasi yodimizga kelishi tabiiy. Quyida ushbu

ta’lim texnologiyasining afzalliklari

borasida to‘xtalamiz.

Masofaviy ta’lim texnologiyasi

an’anaviy ta’lim tizimini

amalga

oshirishda duch kelgan muammolarni xal etish yoki shart-sharoit ushbu jarayonni taqozo

qilganda qo‘llaniladi. Bu jarayon zamonaviy ta’lim

texnologiyalaridan ta’lim

samaradorligini oshirishda foydalanishga zamin yaratadi.

“Masofaviy ta’lim” tushunchasi fanga o‘tgan asr 90

-yillarida kirib kelgan. Ingliz tilida

“Masofaviy ta’lim” (distant education) “Masofada

o‘qitish” (distant lea

rning) kabi

variantlarda ham qo‘llaniladi. Ta’lim

jarayonlarini telekommunikatsiyalardan foydalangan

holda tashkil etishni

esa (tele training) deb yuritiladi. “Masofaviy ta’lim” tushunchasi bu

-

ta’lim o‘quv axborotlarini oluvchiga masofada turib yetkazib berishni ta’minlovchi (sun’iy
yo‘ldosh, televidenie, kompyuter tarmoqlari va boshqalar orqali) yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan maxsus ta’lim xizmatlari to‘plami sifatida
e’tirof etilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

559

Masofaviy ta’lim afzalliklari:

tezkorlik fazo va vakt bo‘yicha to‘siqlarning yo‘qligi, yangi dolzarb

axborotlarni

olish;

axborot ta’limiy motivlarining ortishi (tarmoqdagi axborotlar);

kommunikatsion ta’limning potentsial ishtirokchilari sonining

ortishi;

pedagogik ta’limning yanada ko‘proq motivlashishi,

individuallashishi, interaktiv

bulishi;

psixologik talabalarning o‘z

-

o‘zini namoyon etishi uchun

yanada yaxshiroq xissiy-

psixologik sharoitlar yaratilishi, to‘siqlarning

bartaraf etilishi;

iqtisodiy ta’lim uchun sarf

-xarajatlarning kamayishi.

Masofaviy ta’lim jarayonini

tashkil etish turli xususiyatlarga

asoslangan holda olib boriladi. Masofaviy ta’limni tashkil

etish turlari asosida olib borilgan o‘qitish jarayonlari mustaqil ta’lim olishda o‘z

samaradorligi bilan ajralib turadi.

Blended Learning ta’lim texnologiyasi orqali OTM talabalarini

masofali o‘qitish

shakllarining integratsiyasi xam ko‘zda tutiladi.

Ularni quyidagi afzalliklar orqali tushuntirish mumkin:

OTMning kunduzgi bo‘limida taxsil olayotgan talabalar masofali

o‘qitish

kurslarining dasturlaridagi fanlarni o‘qiydilar;

ushbu OTMning o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan

parallel ravishda

va qisman o‘qishlari mumkin;

an’anaviy kurslar doirasidagi virtual ma’ruzalar, seminarlar va

taqdimotlar

ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining

birlashmasi bo‘lishi mumkin;

OTM axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori

jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli xil bo‘ladi.

Xulosa qilib

shuni aytish mumkinki, Blended Learning ta’lim

texnologiyasini tashkil

qilishda oliy talim muassasalari professor-

o‘qituvchisi auditoriyaning holati,

o‘rganuvchining istak

-xoxishi va moddiy texnik bazaning qay darajada ekanligini inobatga

olishi zarur. Ele

ktron ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim tizimini

amalga oshirishda duch

kelgan muammolarni hal etish ushbu jarayonni taqozo qilganda qo‘llaniladi. Bu jarayon
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanishga

zamin yara

tadi. Bu ta’lim tizimini boshqarishda elektron talim tizimi juda muhim

hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yhati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017

-yil 7-fevraldagi

PF

4947-

sonli Farmonida ko‘rsatilgan 2017–

2021-yillarda

O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017

-yil 22-dekabrdagi

Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

“Xalq so‘zi”

. 2017-yil, 23-dekabr.

3.

Begimkulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik

ta’limni tashkil etish. “Pedagogik ta’lim” jur, № 1, 2004.

4.

Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni

tashkil etish

va boshqarish nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori. diss.

T., 2007.

B.Z.

5.

Vafoyev B.R., Ibragimova S.B. Axborot tizimlari va texnologiyalari.

O‘quv

-uslubiy

qo‘llanma. –

T.: O‘zDJTI, 2015. –

B. 190.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

560

6.

Umirov

I. (2021). Ta’lim jarayonida elektron talim vositalarini qo‘llashning

pedagogik-psixologik omillari. Academic research in educational sciences, 2(2).

7.

Iskandarovich U.I. (2021). Theoretical Fundamentals of Introduction of

Electronic Educational Tools to the Educational Process. Central asian journal of
theoretical & Applied sciences, 2(1), 1-7.

8.

Sobirovich S.S., & Allakulovich N.U. (2020). The implementation of integration in

specific and general professional sciences-as a pedagogical problem. PalArch's Journal of
Archaeology of Egypt Egyptology, 17(6), 3217-3224.

9.

Nurullaev U.A

. (2021). O‘qitishning muammoli shakli va uning o‘quv joriy

etishning nazariy-metodik jihatlari. Academic research in educational sciences, 2(2).

10.

Ernazarov

A.A.

(2019).

Необходимость

применения

систем

автоматизированного проектирования при обучении студентов инженерных
специальностей высших учебных заведений. Вестник науки. 1(11), 20

-26.

11.

Turmatov J.R.,

&

Askarov I.B.

(2020).

Динамическая

оценка

исследовательской компетенции студентов. Общество, (1), 87–

89.

12.

Askarov I.B. (2017). Basic stages of training to research activity future

professional education teachers. Eastern European Scientific Journal, (5).

13.

Askarov

I.B. (2017). Основные подходы и принципы подготовки будущих

педагогов профессионального обучения к исследовательской деятельности.
Актуальные научные исследования в современном мире, (2

-6), 25-32.

14.

Askarov

I.B. (2017). Управление и планирование процессом формирования

исследовательских

умений

и

навыков

будущих

преподавателей

профессионального образования. Школа будущего, (2), 10

-15.

15.

Begmatov B.Ya. (2020).

Texnika oliy ta’lim muassasalarida talaba amaliyoti

tadqiqi. Academic research in educational sciences, (3).

16.

Аскаров

И.Б. (2016). Подготовка к исследовательской деятельности

будущего педагога профессионального обучения. In Педагогическое мастерство

(39-42

cт.).

17.

Begmatov

B. (2021). Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy

moslashish jarayonini amaliyotning ahamiyati. Academic research in educational sciences,
2(10), 932-938.

18.

Daniyarovna

H.S. (2021). The Contents of Students’ Independent Educat

ion and

Methods of Implementation. Psychology and Education Journal, 58(2), 1445-1456.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida ko‘rsatilgan 2017—2021

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 22

dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so‘zi. 2017 yil, 23

dekabr.

Begimkulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida

pedagogik ta’limni tashkil etish. “Pedagogik ta’lim” jur, № 1, 2004.

Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni

tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari

doktori. diss. - T., 2007. - B.Z

Vafoyev B.R., Ibragimova S.B. Axborot tizimlari va texnologiyalari.

O‘quv-uslubiy qo‘llanma. - T.: O‘zDJTI, 2015. - 190 b.

Umirov, I. (2021). Ta’lim jarayonida elektron talim vositalarini qo‘llashning pedagogik-psixologik omillari. Academic research in educational sciences, 2(2).

Iskandarovich, U. I. (2021). Theoretical Fundamentals of Introduction of Electronic Educational Tools to the Educational Process. Central asian journal of theoretical & Applied sciences, 2(1), 1-7.

Sobirovich, S. S., & Allakulovich, N. U. (2020). The implementation of integration in specific and general professional sciences-as a pedagogical problem. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt Egyptology, 17(6), 3217-3224.

Nurullaev, U. A. (2021). O‘qitishning muammoli shakli va uning o‘quv joriy etishning nazariy-metodik jihatlari. Academic research in educational sciences, 2(2).

Ernazarov, A. A. (2019). Необходимость применения систем автоматизированного проектирования при обучении студентов инженерных специальностей высших учебных заведений. Вестник науки. 1(11), 20-26.

Turmatov, J. R., & Askarov, I. b. (2020). Динамическая оценка исследовательской компетенции студентов. Общество, (1), 87-89.

Askarov, I. B. (2017). Basic stages of training to research activity future professional education teachers. Eastern European Scientific Journal, (5).

Askarov, I. B. (2017). Основные подходы и принципы подготовки будущих педагогов профессионального обучения к исследовательской деятельности. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-6), 25-32.

Askarov, I. B. (2017). Управление и планирование процессом формирования исследовательских умений и навыков будущих преподавателей профессионального образования. Школа будущего, (2), 10-15.

Begmatov, B. Ya. (2020). Texnika oliy ta’lim muassasalarida talaba amaliyoti tadqiqi. Academic research in educational sciences, (3).

Аскаров, И. Б. (2016). Подготовка к исследовательской деятельности будущего педагога профессионального обучения. In Педагогическое мастерство ( 39-42 cт.).

Begmatov, B. (2021). Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy moslashish jarayonini amaliyotning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 2(10), 932-938.

Daniyarovna, H. S. (2021). The Contents of Students’ Independent Education and Methods of Implementation. Psychology and Education Journal, 58(2), 1445-1456.