Авторы

  • Дурбек Махкамов
    к.ю.н. доцент, Ташкентский государственный юридический университет, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1-pp78-83

Ключевые слова:

электронное правительство зеленая экономика автоматизация природный ресурс экологическая безопасность электронная цифровая подпись

Аннотация

В данной статье, проанализировано современное состояние порядка использования природных ресурсов Узбекистана. Авторами, рассмотрено, что нормативные правовые акты, регулирующие данные отношения, не в полной юридической мере, отражающие современные тенденции, а также,  возможности современных подходов и технологий. Оценены, зарубежные модели в этой сфере, влияние теоретических концепций на законодательство. Кроме того, авторами, прогнозировалось использование искусственного интеллекта при использовании природных ресурсов. Среди, мировых тенденций развития экологического права, выделяются процессы глобализации и этапы проникновения информационно-коммуникационных технологий. Рассмотренны, также, вопросы дальнейшего совершенствования механизмов использования некоторых природных ресурсов, входящих в состав государственных услуг, и повышения интереса государственных органов к данному направлению. Внесены, возможные предложения о разработке новых нормативных правовых актов или о внесении в них изменений и дополнений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Modern trends in regulation of environmental and legal
relations: digitalization and artificial intelligence

Durbek MAKHKAMOV

1

Tashkent state university of law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2021

Received in revised form

15 December 2022

Accepted 20 January 2022

Available online

25 February 2022

In this article, the current state of the order of use of natural

resources of Uzbekistan is analyzed. The authors consider that

the normative legal acts regulating these relations are not fully

legal, reflecting current trends, as well as the possibilities of

modern approaches and technologies. Foreign models in this

field, the influence of theoretical concepts on legislation are

evaluated. In addition, the authors predicted the use of artificial

intelligence in the use of natural resources. Among the global

trends in the development of environmental law, the processes

of globalization and the stages of penetration of information

and communication technologies are highlighted. The issues of

further improvement of the mechanisms for the use of some

natural resources that are part of public services and increasing

the interest of public authorities in this area are also

considered. Possible proposals have been made on the

development of new regulatory legal acts or on amendments

and additions to them.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1-pp

78-83

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

e-government,

green economy,

automation,

natural resource,

environmental safety,

electronic digital signature.

Ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning

zamonaviy tendensiyalari: raqamlashtirish va sun’iy

intellekt

ANNOTATSIYA

Kalit s

o‘

zlar:

elektron hukumat,

yashil iqtisodiyot,

avtomatlashtirish,

tabiiy resurs,

ekologik xavfsizlik,

elektron raqamli imzo.

Tabiiy resurslardan foydalanish tartibining hozirgi holati

tahlil qilindi. Mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarda zamonaviy yondashuv va texno-

logiyalar imkoniyatlari t

o‘

liq aks etmaganligi aniqlandi. Ushbu

sohaga oid xorijiy modellar, nazariy konsepsiyalarning

qonunchilikka ta’siri baholandi. Bundan tashqa

ri, tabiiy resurs-

1

Ph.D. assistant professor, Tashkent state university of law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: durbek404@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

79

lardan foydalananishda sun’iy intellektni qo‘

llash masalalari

prognoz qilindi. Ekologiya huquqi rivojining global miqyosdagi

tendensiyalari sirasiga globallashuv jarayonlari va axborot

kommunikatsiya vositalarining kirib kelish bosqichlari

o‘

rganildi. Amalda k

o‘

rsatilayotgan davlat xizmatlari sirasiga

kiruvchi ayrim tabiiy resurslardan foydalanish mexanizmlarini

yanada takomillashtirish, davlat organlarining mazkur tenden-

siyadan manfaatdorligini oshirish masalalariga t

o‘

xtalib

o‘

tildi.

Ishlab chiqilishi zarur b

o‘

lgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar

yoki tegishli

o‘

zgartirish va q

o‘

shimchalar kiritish yuzasidan

takliflar ilgari surildi va ular xususiyatiga k

o‘

ra tasniflandi.

Современные тенденции регулирования эколого

-

правовых отношений: цифровизация и искусственный
интеллект

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

электронное
правительство,

зеленая экономика,
автоматизация,

природный ресурс,
экологическая
безопасность,

электронная цифровая
подпись.

В данной статье, проанализировано современное

состояние порядка использования природных ресурсов
Узбекистана. Авторами, рассмотрено, что нормативные

правовые акты, регулирующие данные отношения, не в

полной юридической мере, отражающие современные

тенденции, а также, возможности современных подходов и

технологий. Оценены, зарубежные модели в этой сфере,
влияние теоретических концепций на законодательство.

Кроме того, авторами, прогнозировалось использование

искусственного интеллекта при использовании природных

ресурсов.

Среди,

мировых

тенденций

развития

экологического права, выделяются процессы глобализации и

этапы проникновения информационно

-

коммуникационных

технологий. Рассмотренны, также, вопросы дальнейшего

совершенствования механизмов использования некоторых
природных ресурсов, входящих в состав государственных

услуг, и повышения интереса государственных органов к

данному направлению. Внесены, возможные предложения о

разработке новых нормативных правовых актов или о
внесении в них изменений и дополнений.


Pandemiya butun dunyoda yangi munosabatlarning r

o‘yobga kelishini ta’minlab

beruvchi hodisa sifatida ilmiy qarashlarga ham

o‘z ta’sirini ko‘

rsatdi. Ayniqsa, raqamli

iqtisodiyot, elektronlashtirish, IT-texnologiya kabi tushunchalar har bir sohani

o‘

z

ta’

siriga olmoqda. Mazkur

o‘

zgarishlarning u yoki bu munosabatlarni huquqiy tartibga

solishda obyektiv ehtiyoji va zarurati tobora ortib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining misli k

o‘

rilmagan rivoji davlat

boshqaruvi sohasiga ham jadal kirib

bormoqda. Ijtimoiy hayotda “elektron davlat”,

“elektron hukumat”, “elektron sud” va “aqlli tartibga solish” “Smart law” “Virtual huquqiy

makon” kabi atamalar bilan ifodalanadigan aniq tizimlar davlat boshqaruvida tobora

o‘

zining munosib

o‘

rnini egallamoqda. Global aloqa va muloqot vositasi b

o‘

lgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

80

internetning jamiyat, davlat va shaxs hayotiga ta’siri shu qadar muhimki, bu jarayon

nafaqat k

o‘

plab sohalarda tegishli chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etibgina

qolmay, balki davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan tegishli tashkiliy chora-

tadbirlar k

o‘

rishni ham taqozo etmoqda. Ijtimoiy munosabatlarning tezkor, ayrim

hollarda prognoz qilish qiyin b

o‘

lgan holdagi rivoji hozirgi zamon huquqi oldiga juda

murakkab vazifalarni q

o‘

yishi shubhasiz. Shu munosabat bilan hozirgi zamon huquqi

rivoji qanday tendensiyalarga ega, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Ilmiy manbalarda

ko‘rsatilganidek, bugungi kunda huquq rivojining global miqyosdagi tendensiyalari

sirasiga globallashuv jarayonlari va axborot-kommunikatsiya vositalarining misli

ko‘rilmagan rivoji davlatlar va xalqlar o‘zaro hamkorlik munosabatlarining rivojlanishiga

kuchli turtki bo‘lmoqda [1].

Masalan, hozirgi kunda davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslariga

ta’sir ko‘

rsatishning eng maqbul vositasi rolini turli elektron resurslar va ijtimoiy

tarmoqlar egalladi. Shu jihatdan, jamiyat hayotining barcha jabhalariga shiddat bilan

kirib kelayotgan raqamli texnologiyalar, ularning jamoatchilik nazoratini amalga oshirish

jarayoniga ham keng tatbiq et

ilishi “elektron jamoatchilik nazorati”ning shakllanishi va

rivojlanishiga sharoit yaratmoqda [2].

Bugungi kun sharoitida yurisprudensiyaning hech bir sohasi, xususan, ekologik-

huquqiy munosabatlar zamonaviy texnologiyalarning ta’siridan, faoliyatni kompyu

-

terlashtirishdan chetda qolmaydi.

O‘

z navbatida, tabiiy resursdan foydalanuvchi va tabiiy

obyektni muhofaza qiluvchi kundalik faoliyatlarida mazkur holatlarni hisobga olishlari

lozim b

o‘

ladi.

Ta’kidlash joizki, O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi

PF

6079-

son Farmoniga asosan, biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat axborot

tizimini joriy etish, mansabdor shaxslar, shuningdek, aholining xabardorligini oshirish

maqsadida biologik jihatdan xavfli obyektlarning tur

g‘

un ishlash sharoitlarida va ularda

favqulodda holatlar vujudga kelishida xavflarni boshqarishning innovatsion telekom-

munikatsiya tuzilmasini rivojlantirish, biologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida

ma’lumotlarni himoya qilish vositalari, usullari va mexanizmlari

ni ishlab chiqish va joriy

etish kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, xavfli biologik omillar

ta’siridan aholini himoya qilish va atrof

-muhitni muhofaza qilishning zamonaviy usullari,

vositalari va texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish nazarda tutilgan.

Shu jihatdan olib qaralganda, tabiiy resurlardan foydalanishning tegishli tartibi

ham bosqichma-bosqich elektron muomalaga

o‘

tmoqda.

Bunda eng asosiy masalalardan biri atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida

quyidagi davlat xizmatlarini elektron shaklda taqdim etish maqsadida axborot tizimini

joriy etishdir:

ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular b

o‘

lgan mahsulotlarga ruxsat-

nomalar berish;

davlat ekologik sertifikatlashtirish;

o‘

simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsatnomalar berish;

suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnomalarni berish.

Bundan tashqari, kadastr sohasida ham muhim islohotlar aynan raqamlashtirish

bilan bog‘liqdir.

Jumladan, 2020

2022-yillarda Milliy geoaxborot tizimida davlat kadastr-

lari obyektlariga oid ochiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish belgilandi.

Jumladan, davlat kadastrlarining har bir qatlami b

o‘yicha mavjud ma’lumotlarni ochiq

geoportalga joylashtirish:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

81

yer, bino va inshootlar kadastri obyektlariga oid ma’lumotlardan;

avtomobil y

o‘

llari kadastri;

temir y

o‘

llari davlat kadastri;

yetkazib berish quvurlari davlat kadastri;

elektr liniyalari davlat kadastri;

davlat

o‘

rmon kadastri;

suv kadastri;

o‘

simliklar, hayvonot dunyosi davlat kadastrlari;

konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarni yuzaga chiqarish davlat

kadastri;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;

chiqindilarni k

o‘

mish va utilizatsiya qilish davlat kadastri;

gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;

madaniy meros obyektlari davlat kadastri;

aloqa obyektlari davlat kadastri;

texnogen hamda tabiiy xavfi yuqori b

o‘

lgan davlat kadastrlarining har biri

b

o‘

yicha vakolatli organlarda tematik qatlamlarni yaratish va foydalanish imkoniyatini

kengaytirish [3].

E’tibor berish lozimki, raqamlashtirish tendensiyasi nafaqat amaliy ahamiyat kasb

etuvchi tashkiliy-huquqiy masalalarda, balki ilmiy-nazariy qarashlarda ham

o‘

z aksini

topmoqda.

Masalan, G.

Uzakovaning fikricha, “Shaharlar uchun dolzarb muammolarni hal

qilish shaharlar ifloslanish darajasiga asoslangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qilish

-

ning zamonaviy usullarini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak. Shu ma’noda, har yili

Ekologiya va atrof-

muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan jamoatchilik

vakillarini keng jalb qilgan holda shaharlarning “ekologik reytingi”ni yuritish tartibini
joriy etish maqsadga muvofiq” [4].

Bu borada O.Narzullaev: “Sivilizatsiya tarixida samarali texn

ologiyalarni joriy etish

alohida ahamiyatga ega. Xalqaro miqyosda aholining o‘sishi tabiiy resurslar va qishloq
xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, tabiiy resurslardan oqilona foyda

-

lanishni ta’minlash, barqaror rivojlanish sharoitida ilm

-fan yutuqlarining innovatsion

texnologiyalarni joriy etgan holda normativ-huquqiy bazasini shakllantirish orqali

taraqqiyotga erishish talab etiladi”, deb ta’kidlaydi [5].

Bugungi kunda ekologik huquqiy munosabatlarning raqamlashtirishga oid islohot-

lari, asosan, avtomatlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Xorijiy davlatlar tajribasidan

kelib chiqqan holda keyingi bosqich, ya’ni sohani sun’iy intellekt orqali tartibga solish

konsepsiyasi asosida tashkil etish muhimdir.

Shu ma’noda, raqamlashtirish va sun’iy

intellekt tushunchalari o‘rtasida katta farq bor. Masalan, tegishli davlat organlari o‘z

vakolati doirasida ekologik nazorat jarayonida foydalaniladigan yagona tizimga

integratsiyalash, tabiiy resurslardan foydalanish va ularga zarar yetishi mumkin bo‘lgan

holatlarni aniqlash tizimini yaratish, sun’iy intellekt yordamida butun jarayonni nazorat
qilish va boshqarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli atrof

-muhitni muhofaza

qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydanish va aholining ekologik xavfsizligini ta

’minlash

sohasiga sun’iy intellektni joriy qilish, uning nazariy

-

huquqiy tomonlarini o‘rganish,

fundamental konsepsiya ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish fursati keldi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

82

Bizning kundalik hayotimizga kirib kelayotgan sun’iy intellektning hu

quqiy sohaga

qanday ta’siri bor? Aytish joizki, sun’iy intellekt tadqiqotlar sohasi hisoblanib, bunda

an’anaviy holdagi intellektual modellar va masalani yechish usullari ishlab chiqiladi va,

eng muhimi, formallashtirishga va avtomatizatsiyalashga tayanilm

aydi, ya’ni bunda

tizimlar o‘rganiladi, kirayotgan noformal tashqi ma’lumotlar aniq algoritm orqali

yechiladigan tizim ishlab chiqiladi. Bunda belgili dasturlash texnologiyalaridan

foydalaniladi va maxsus arxitekturadagi hisoblash texnikasi vositasi qo‘lla

niladi. Intellekt

tushunchasi (lot. intellectus) aql, mantiqiy o‘ylash qobiliyati, ratsional anglash va o‘ylash

qobiliyatini anglatadi. Eng qiziqarli jihati bunday tizim o‘zini sozlash, yangi xavf

profillarini aniqlash va qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘

ladi [6].

Shu va boshqa ko‘plab dolzarb masalalarni hayotga tatbiq etish maqsadida

2021-yil 17-

fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texno

-

logiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

Qarori qabul qilindi. Hujjatda sun’iy intellekt sohasida mahalliy ekotizim yaratish va

ishlab chiquvchilar uchun zarur shart-sharoitlar, sohani huquqiy tartibga solish va

boshqalar ko‘zda tutilgan [7].

Shuni ta'kidlash kerakki, sun’iy

intellekt texnologiyalarining jamiyatning barcha

jabhalarida tobora kengayib borishi tadqiqot va ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi

mutaxassislar uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur muammolarni

hisobga olib, O‘zbekistonda sun’iy intellektni

rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi olimlar

va muhandislar uchun barcha imkoniyatlarni yaratish zarurati bor. Mamlakatga ushbu

sohadagi bilimlar chegarasini kengaytirish uchun yangi g‘oyalarni ishlab chiqa oladigan,

texnologiyani chuqur tushunadigan, yangi va tashabbuskor kadrlar kerak [8].

Darhaqiqat, mazkur innovatsion ishlanmalarni har bir tabiiy obyekt kesimida olib

qaralganda, o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Masalan, suvdan foydalanishda suv

resurslarini boshqarish tizimini takomillashtiri

sh, suvdan foydalanish va suv iste’moli

hisobini yuritishda

Smart Water

(

Aqlli suv

) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy

qilish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining

joriy qilinishini yanada kenga

ytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu

sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; suv xo‘jaligida davlat

-xususiy

sheriklik va autsorsingni joriy etish, yirik suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni raqamli

texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni

tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish maqsadga muvofiq.

Mazkur mavzu ekologik huquqiga yangi kirib kelayotgan va yetarli darajada

tadqiqot obyekti bo‘lmagan soha bo‘lganlig

ini inobatga olgan holda dastlabki fikr va

yondashuvlarni bildirish mumkin.

1.

Raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot

-kommunikatsiya

texnologiyalarini atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish

sohasiga joriy etish orqali vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati shaf-

fofligini muntazam ravishda oshirib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.

2. Raqamlashtirish islohotini, birinchi navbatda, sifatli va yuqori samaradorlikka

erishish maqsadida inson omilini imkon qadar kamaytirish uchun eng zamonaviy usul va

vositalarni davlat ekologik nazorati jarayoniga tatbiq etishdan boshlash lozim.

Ekologik sug‘urtada xavf

-

xatarlarni aniqlash va prognozlashda sun’iy intellekt

imkoniyatlaridan foydalanish muhimdir. Jahon

tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ekologik

sug‘urtalash bo‘yicha har bir davlat o‘zining milliy ekologik sug‘urta tizimini yaratishga

[9] va tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash bo‘yicha sun’iy intellektdan foydalanish va tabiiy

ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotl

arni himoyalashga katta ahamiyat bermoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

83

Ekologik huquqi sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirishda, albatta, ijtimoiy

munosabat doirasiga sun’iy intellekt kirib kelish tendensiyasi mavjudligini prognoz

qilgan holda ilmiy-

nazariy g‘oyalarni shakllantrish maqsadga muvofiq. Masalan, so‘nggi

3-

4 yilda ko‘p bora muhokama bo‘layotgan va qabul qilinishi rejalashtirilayotgan

Ekologik Kodeks loyihasining, albatta, u yoki bu ekologik huquqiy munosabatga sun’iy

intellekt ta’sirini baholagan holda takomillashtirish

nazarda tutilishi kerak. Zero, ilmiy-

nazariy g‘oyalar qonun ijodkorligi jarayoniga nisbatan oldinroq, tezroq va keng miqyosda

shakllanishi talab etiladi. Mazkur holat yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy-nazariy

konsepsiyalarida asosiy ustuvor masala sifatida qaralayotganligi fikrimiz dalilidir [10].

Bizga ma’lumki, olimlar tomonidan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat

-

larga nisbatan qarashlar tizimi, konsepsiyalar ilgari surilgan [11]. Yuqoridagi fikrlardan

va davlatlarning ekologik siyosatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,

ekologik huquqiy nazariyalarning yangicha toifasi vujudga keldi. Mazkur konsepsiyani

shartli ravishda “Ekologik boshqaruvni raqamlashtirish konsepsiyasi” deb ifodalash taklif

etiladi. Mazkur konsepsiyaning tuzilm

asi murakkabligi va uni to‘laqonli ishlab chiqish

uzoq muddat talab etilishi bilan boshqa qarashlardan farq qiladi.

Umuman olganda, tabiiy resurslardan foydalanishga oid munosabatlarni tartibga

soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning shakl va mazmuni zamonaviy yondashuv va

texnologiyalar ta’sirida o‘zgarishi tabiiy. Bu o‘zgarish ijobiy ekanligi, pirovard natijada,

tabiatni muhofaza qilish uchun xizmat qilishiga xorijiy tajriba va ilmiy asoslarimiz dalil

bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

M. Axmedshaeva. Hozirgi zamonda huquq rivojining asosiy tendensiyalari //

Yuridik fanlar axborotnomasi.

2018. 2-son.

2.

Sh. Yakubov. Elektron jamoatchilik nazorati: mohiyati, ahamiyati, zarurati va

istiqbollari // Yuridik fanlar axborotnomasi.

2020. 3-son.

3.

Q

onun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2020 y., 06/20/6079/1349

-

son; 02.04.2021 y., 06/21/6198/0269-son.

4.

G.Uzakova. Aholi punktlarida tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza

qilishning huquqiy tartibi. yuridik fan. doktori... dis. 2021.

5.

O.Narzullaev. O‘zbekistonda biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan

foydalanishni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish. Monografiya.

Toshkent:

TDYuU, 2020.

B. 232.

6.

U.Ibragimov. Bojxona nazorati jarayonida sun’iy intellektni qo‘llash m

asalalari

// O‘zbekiston bojxona axborotnomasi.

2020. 2-son.

7.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021 y., 07/21/4996/0127

-

son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021 y., 07/21/5199/0721

-son.

8.

https://yuz.uz/ru/news/iskusstvenny-intellekt---sovremennoe-trebovanie-v-

razvitii-obestva-i-gosudarstva?.

9.

Tooth, R., and G. Barker. 2007. The Non-Insured: Who, Why and Trends, Report

prepared for the Insurance Council of Australia. Accessed November 17, 2017.

http://www.insurancecouncil.com.au/; Turkish Catastrophe Insurance Pool (TCIP). 2017.

Accessed November 17, 2017. http://www.tcip.gov.tr/; Linnerooth-Bayer J., A. Vari, and

R.

Mechler. 2005. “Designing a Disaster Insurance Pool: Participatory and Expert Approaches

in Hungary and Turkey,”

In Catastrophic Risks and Insurance. OECD: Paris.

10.

www.europarl.europa.eu/RegData/etudes/STUD/2021/662906/IPOL_STU(20

21)662906_EN.pdf.

11.

Ekologiya huquqi. Mualliflar jamoasi. Darslik.

2001.

Библиографические ссылки

Akhmedshaeva. The main trends in the development of law in modern times // Bulletin of Legal Sciences. - 2018. Issue 2.

Sh. Yakubov. Electronic Public Control: Essence, Significance, Necessity and Prospects // Bulletin of Legal Sciences. - 2020. Issue 3

National Database of Legislation, 06.10.2020, No. 20.06.6079/1349; 02/04/2021, 06/21/6198/0269

G. Uzakova. Legal procedure for the use and protection of natural resources in settlements. legitimate fan. doctor ... dis. 2021

O. Narzullaev. Improving the legal regulation of the protection and use of biological resources in Uzbekistan. Monograph. - Tashkent: TSUL, 2020.- 232 p.

U.Ibragimov. Issues of using artificial intelligence in the process of customs control // Uzbek customs bulletin.-2020. Number 2.

National database of legislation, 18.02.2021, No. 07/21/4996/0127; National Database of Legislation, 29.07.2021, No. 21.07.5199/0721

Tooth, R., and G. Barker. 2007. The Non-Insured: Who, Why and Trends, Report prepared for the Insurance Council of Australia. Accessed November 17, 2017. http://www.insurancecouncil.com.au/; Turkish Catastrophe Insurance Pool (TCIP). 2017. Accessed November 17, 2017. http://www.tcip.gov.tr/; Linnerooth-Bayer, J., A. Vari, and R. Mechler. 2005. “Designing a Disaster Insurance Pool: Participatory and Expert Approaches in Hungary and Turkey,” In Catastrophic Risks and Insurance. OECD: Paris

www.europarl.europa.eu/RegData/etudes/STUD/2021/662906/IPOL_STU(2021)662906_EN.pdf

Environmental law. Team of authors. Textbook. -2001.