Авторы

  • Дурбек Махкамов
    кандидат юридических наук, доцент, Ташкентский государственный юридический университет, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp556-562

Ключевые слова:

флора растительный мир лес правовая охрана растений в Германии уголовная ответственность административная ответственность

Аннотация

В данной статье описаны сущность законодательства о растительном мире, правовая система, сформированная на основе понятий, достижения и существующие проблемы. Проведен сравнительно-правовой анализ нормативно-правовых актов, регламентирующих растительный мир Республики Узбекистан и Федеративной Республики Германии. При этом обсуждались важные аспекты законодательства обеих стран, а также возможные достижения. Перечислен международный опыт и его влияние на национальное законодательство. Изучены теоретические взгляды на вопросы ответственности за причинение вреда объектам растительного мира, различные научные взгляды.
В результате статьи были обсуждены вопросы совершенствования действующих правовых механизмов, определения направлений на основе современных тенденций.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Analysis of legislation on the plant world: on the example
of the experience of the Republic of Uzbekistan and the

Federal Republic of Germany

Durbek MAKHKAMOV

1

Tashkent state university of law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form

28 March 2022
Accepted 20 April 2022

Available online

15 May 2022

This article describes the essence of the legislation on the

flora, the legal system formed on the basis of concepts,

achievements and existing problems. A comparative legal
analysis of legal acts regulating the flora of the Republic of

Uzbekistan and the Federal Republic of Germany was carried

out. At the same time, important aspects of the legislation of

both countries were discussed, as well as possible

achievements. The international experience and its influence on
national legislation are listed. Theoretical views on the issues of

responsibility for causing harm to objects of the plant world,

various scientific views have been studied.

As a result of the article, issues of improving existing legal

mechanisms, determining directions based on current trends

were discussed.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp556-56

2

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

flora,

forest,

legal protection of plants in
Germany,

criminal liability,

administrative liability.

O‘simlik dunyosiga oid qonunchilik tahlili: O‘zbekiston va

Germaniya tajribasi misolida

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

flora,

o`simlik dunyosi,

o‘rmon,

Germaniyada o

simliklarning

huquqiy muhofazasi,

jinoiy javobgarlik,

ma

muriy javobgarlik.

Mazkur maqolada o‘simlik dunyosiga oid qonun

hujjatlarining

mazmun-mohiyati,

konsepsiyalar

asosida

shakllangan huquqiy tizim, erishilgan yutuqlar va mavjud

muammolar to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan. O‘zbekiston

Respublikasi va Germaniya Federativ Respub

likasining o‘simlik

dunyosi ob'ektlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy

hujjatlarning qiyosiy-huquqiy tahlili amalga oshirildi. Bunda har

1

Ph.D. Assistant professor, Tashkent state university of law. E-mail: durbek404@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

557

ikkala davlat qonunchiligining muhim jihatlari, tadbiq qilish

mumkin bo‘lgan yutuqlari to‘g‘risida mulohaza yuriti

ldi. Xalqaro

tajriba va uning milliy qonunchilikka ta'siri sanab o‘tildi.

O‘simlik dunyosi ob'ektlariga zarar yetkazganlik uchun yuzaga

keladigan javobgarlik masalalari bo‘yicha nazariy fikrlar, turli

ilmiy qarashlar o‘rganildi.

Maqola natijasi sifatida mavjud

huquqiy

mexaniz-mlarni

takomillashtirish,

zamonaviy

tendensiyalar asosida yo‘nalishlarni belgilash masalalariga

to‘xtalib o‘tildi.

Анализ законодательства о растительном мире: на

примере

опыта

Республики

Узбекистан

и

Федеративной Республики Германии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

флора,

растительный мир,

лес,

правовая охрана растений

в Германии,

уголовная

ответственность,

административная

ответственность.

В данной статье описаны сущность законодательства о

растительном мире, правовая система, сформированная на

основе понятий, достижения и существующие проблемы.

Проведен сравнительно

-

правовой анализ нормативно

-

правовых актов, регламентирующих растительный мир

Республики Узбекистан и Федеративной Республики

Германии. При этом обсуждались

важные аспекты

законодательства обеих стран, а также возможные

достижения. Перечислен международный опыт и его

влияние на национальное законодательство. Изучены

теоретические взгляды на вопросы ответственности за

причинение вреда объектам растительного мира,

различные научные взгляды.

В результате статьи были обсуждены вопросы

совершенствования действующих правовых механизмов,

определения направлений на основе современных

тенденций.

Dunyo bo‘yicha har soatda o‘simliklarning bir turi yo‘qolib bormoqda.

Kishilar

tabiatdan foydalanib, uning asrlar davomida tashkil topgan tabiiy manzarasini

o‘zgartirib, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada o‘simlik turlarining kamayib ketish

xavfi tu

g‘ilmoqda. Har qanday turning yo‘qolishi esa uni tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga

olib keladi.

Shu sababli ham mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida 2018-yil 2-fevral kuni

ekologik holatni yaxshilash va atrof-

muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlang

an

yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda o‘tgan yili (2017) hayvonot va o‘simlik dunyosi

bo‘yicha 3 ming 782 ta huquqbuzarlik va brakonerlik holatlari aniqlangan. 8 ta davlat

qo‘riqxonasidan 6 tasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida, 2 tasi Geologiya v

a Ekologiya

qo‘mitalari tasarrufida bo‘lib, ularni boshqarishda yagona tizim mavjud emas. Shu bois,

qo‘riqxonalarni yagona davlat organiga biriktirish masalasini o‘rganib, asosli takliflar

ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi [1].

Modomiki shunday ekan, us

hbu tabiat ob’ektini muhofaza qilishda davlat

boshqaruv organlarining o‘rni nihoyatda muhimligi va o‘z zimmasiga yuklatilgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

558

vazifalarga nisbatan ulkan mas’uliyat bilan yondashish lozimligini ko‘rsatadi. Aynan

ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat ekologik funksiyasining tarkibiy qismini
tashkil etadi [2].

Sh.X.Fayziev har qanday davlatning ekologik siyosati atrof tabiiy muhit sohasidagi

davlat boshqaruvi va nazorati bilan chambarchas bog‘liqligini hamda ekologik siyosat

ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratining tizimli ifodasi ekanligini

ta’kidlaydi [3].

O‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi deganda,

vakolatli davlat boshqaruv organlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan

o‘simlik dunyosi ob’ektlarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga

qaratilgan faoliyatini tushunamiz.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan

foydalanish to‘g‘risida”gi qonun 2016

-yilda yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun

avvalgi tahrirdagi bir nechta jihatlari, yangicha yondashuvlar bilan farq qiladi.

Ayniqsa, davlat boshqaruvi, o‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik, foydalanish

tartibi, muhofaza qilish choralari kabi munosabatlar o‘ziga xos tarzda bayon qilin

gan.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida ham biologik hilmaxillikning bir turi
sifatida o‘simlik dunyosi muhofazasi belgilangan.

Aytish mumkiki, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish

to‘g‘risida”gi qonundagi aksariat normalar

romano-german huquq tizimiga mansub

bo‘lgan davlatlarning qonunlaridagi ayrim normalar mazmuniga o‘xshash. Biroq
javobgarlik nazarda tutilgan normalarda hali hanuz takomillashtrish lozim bo‘lgan
jihatlar mavjud bo‘lib, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanis

hni taqozo etadi.

Jumladan, Germaniya davlatining o‘simlik dunyosiga oid qonunchilik hujjatlari

bilan tanishgan holda ayrim tahlilllarni amalga oshirish imkoni mavjud.

Germaniya [4] va boshqa qator yevropa davlatlari jinoyat kodekslarida [5] mavjud

jinoiy-

huquqiy ta’qiqlar tahlili milliy qonunchilikning o‘simlik dunyosi (flora)ni muhofaza

qilish masalasiga jinoyat to‘g‘risidagi qonunlar vositalari yordamida ko‘proq e’tibor
qaratayotganini ko‘rsatdi. O‘tgan asrning oxirida ko‘pgina davlatlarda jinoiy

-ekologik

qonunchilik islohoti o‘tkazildi yoki atrof

-

muxitga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida maxsus

boblar shakllantirildi, moddalar ta’rifi chuqur o‘zgartirildi yoki sanksiyalar kuchaytirildi.

Islohotlarning asosiy natijalari (ayrim istisnolarni nazarda tutmagand

a) o‘simlik

dunyosini sun’iylashtrishdan saqlash, xavfli moddalar va chiqindilar bilan muomala qilish

tartibini buzish, atrof-muxitni ifloslantirish kabi zamonaviy sharoitlarda katta ijtimoiy
xavf sanaladigan holatlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilash va kuchaytirishda namoyon

bo‘ldi [6].

E’tiborlisi, Yevropa davlatlarida o‘simlik tushunchasi o‘rmon tushunasi bilan

hamohang. Shu sababli ham o‘rmon tajovuz ob’ekti sifatida Germaniya, Latviya va boshqa

mamlakatlar jinoyat kodeksida qayd qilingan. Masalan, Germaniya JK 329-moddasining
5-

qismida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi o‘rmonlarda ildiz, to‘nka

kavlash uchun javobgarlik belgilangan. Latviya JKda ham bir qator ta’qiqlar nazarda
tutilgan. Ular orasidan ayrimlarini misol keltiramiz. “Yer

, uning boyliklari, suv va

o‘rmonlarni boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish” moddasiga ko‘ra, yer,
uning boyliklari, suv va o‘rmonlarni boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
jinoiy javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladi, a

gar bu harakatlar orqali tabiiy muxit,

odamlar salomatligi, mulkiy va xo‘jalik manfaatlariga katta zarar yetkazilsa, uch yilgacha


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

559

muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki majburiy ishlarga jalb qilish yoki eng kam oylik
ish haqining oltmish baravari miqdorid

a jarima jazosi qo‘llaniladi. Kodeksning “Yer,

o‘rmonlar va suvni ifloslantirish” nomli 102

-moddasi 1-

qismiga ko‘ra, yer, o‘rmonlar yoki

ichki (yer usti va yer osti) suvlarni ifloslantirish yoki ularga boshqa har qanday usulda
zarar yetkazish, bir yil mobaynida takroran sodir etilsa, ikki yilgacha muddatga
ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq yoki majburiy ishlatish yoki eng kam oylik ish

haqining qirq baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo‘llaniladi; moddaning 2

-qismiga

ko‘ra, yer, o‘rmonlar yoki ichki (ye

r usti va yer osti) suvlarni ifloslantirish yoki ularga

boshqa har qanday usulda zarar yetkazish tabiiy muxit, odamlar salomatligi, mulk va

xo‘jalik manfaatlariga jiddiy zarar keltirsa, to‘rt yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum

qilish yoki eng kam oylik ish haqining sakson baravarigacha miqdorida jarima tayinlash
bilan jazolanadi. 107-

moddada qasddan o‘rmonga o‘t qo‘yish uchun besh yilgacha

ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan, xuddi shu harakatlar jiddiy zararga
yoki aybdorning ehtiyotsizligi o

rqasidan odam o‘limiga sabab bo‘lsa yoki boshqa og‘ir

oqibatlarni keltirib chiqarsa, 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi, lekin

ehtiyotsizlik orqasidan, olovdan noto‘g‘ri foydalanish yoki boshqa natijasida o‘rmon

uchastkasini nobud qilish yoki

unga zarar yetkazish uchun to‘rt yilgacha muddatga

ozodlikdan mahrum qilish yoki eng kam oylik ish haqining sakson baravarigacha
miqdorida jarima tayinlanadi, vaholanki, 2-

qismda xuddi shu harakatlar odam o‘limiga

sabab bo‘lsa yoki boshqa og‘ir asoratlarga

olib kelsa, olti yilgacha muddatga ozodlikdan

mahrum qilish yoki eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma baravarigacha miqdorda
jarima belgilash nazarda tutilgan.

Masalan, Germaniya Jinoyat kodeksining 326-moddasida (Xavfli chiqindilar bilan

ruxsatsiz

muomala qilish [7]) turi, xususiyati va miqdoriga ko‘ra yoki ekspluatatsiyaning

belgilangan yoki ruxsat berilgan jarayonlaridan sezilarli darajada chetlashish natijasida,

shu chiqindilar uchun mo‘ljallangan uskuna chegarasidan tashqaridagi hayvonlar va
o‘simliklarning miqdoriy ko‘rsatkichiga xavf tug‘diradigan chiqindilarni qayta ishlash,
joylashtirish, saqlash, tashish bilan shug‘ullanadigan shaxslarning javobgarlikka
tortiladigan noqonuniy harakatlarini tavsiflaydi. Bu ta’qiqlarning buzilishi besh yilgach

a

muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima bilan jazolanadi. E’tiborlisi, 329

-modda

(“Muhofazaga muhtoj hududga tahdid”)si juda murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning

3-xatboshisi 5,7-

kichik bandlarida shunday ko‘rsatilgan:

(3) Kim qo‘riqxona, qo‘riqxo

na sifatida muhofaza qilinadigan hududlar yoki milliy

bog‘ muhofazasi uchun shakllantirilgan huquqiy qoidalarni yoki rioya qilish shart bo‘lgan
ta’qiqlarni:

(5) o‘rmondagi ildizlar va to‘nkalarni qo‘porish;

(7)

tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Federal Qonunga ko‘ra, alohida

qo‘riqlanadigan o‘simlik turlariga zarar yetkazish yoki nobud qilish orqali buzsa, besh

yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki pul jarimasi bilan jazonalanadi.

Misol sifatida ham jinoiy, ham ma’muriy javobgarlik choralarin

i nazarda tutgan

Germaniyaning o‘simliklarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunini keltirish mumkin.

Ushbu Qonunning 39-

moddasida shunday deyiladi: “Zararli organizmlarni

tarqatish orqali, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida nazarda tutilgan alohida muho

faza

qilinadigan o‘simliklar, muxim ahamiyatga ega begona o‘simliklar yoki tabiatdan
foydalanishda yoki landshaft uchun alohida qiymatga ega o‘simliklar uchun xavf


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

560

tug‘dirgan shaxs 5 yilgacha muddatga ozodlik mahrum qilish yoki pul jarimasi bilan

jazolanadi.

Tajovuz jazosiz qolmaydi”.

Ta’kidlash joizki, Germaniya qonunchiligida “Tabiat va landshaftda dam olish”

normasi mavdjud bo‘lib, agar qonunchilikda boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa (ya’ni,

istisno), fuqarolar istagan joyiga kirib borish huquqiga egali

gi ko‘rsatilgan [8].

O‘zbekiston Respublikasida mavjud alohida qonun sifatida belgilangan hujjat

Germaniyada ham O‘simliklarni muhofaza qilishga oid Fedaeral qonun qabul qilingan.

Mazkur qonun 46 moddani birlashtirgan 10 bobdan iborat. Ushbu qonunda pestitsidlar
va agrokimyo vositalaridan foydalanish masalalarini ham tartibga soladi. Bizning

davlatimizda esa bu munosabatlar alohida “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonun

bilan tartibga solinganligi bilan farqlanadi.

Qonunning umumiy qoidalarda bir qanc

ha tushunchalarga ta’rif beradi.

Jumladan,

o‘simliklarni muhofaza qilish bobi mavjud bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilish, jumladan,
zararli organizmlarni olib kirishga qarshi choralar shakllantirilgan. E’tibor berish
kerakki, favqulotda vaziyatlar, ya’ni xavf tug‘ilganda, zudlik bilan harakat qilish shart

holatlarda tegishli organlarning roziligini olmasdan va boshqa idoralar bilan
kelishmasdan muxim va alohida qarorlar qabul qilish huquqiga ega ekani qayd etilgan.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashda o‘simliklarni himoya qilish

vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va tajribalarda ulardan foydalanish masalalarini tartibga

solish, ruxsat olish zarurligi, shuningdek, tajribalar (sinovlar)ni amalga oshirish, ruxsat
berish bosqichlari, tijorat sirini saqlash, mahsulot belgilari (markirovka) muammolari,
olib chiqish va boshqa masalalarni tartibga soladi.

O‘simliklarni himoya qilish uskunalari bobi orqali amaliyotga kiritish, xavfsizlikni

tekshirish, uskunadan foydalanish bo‘yicha tegishli yo‘riqnoma ilovasining bo‘lishi
zarurligi va boshqa masalalar muvofiqlashtiriladi. O‘simliklar o‘sishini stimulyatsiya
qilish vositalari bobida o‘simliklarni muomalaga kiritish, xavfsizlikni tekshirish,
qo‘shimcha moddalardan foydalanish, shuningdek, zarar

ni qoplash va talab huquqining

o‘tishi masalalariga oydinlik kiritadi. Organlar va nazorat bobida qishloq va o‘rmon
xo‘jaligi bo‘yicha Federal biologik xizmati va mahalliy sub’ekt organlarining vakolatlari,
doiraviy kelishuvlar, bojxona xizmati ko‘magi bel

gilangan. Qonunining 9-bobi

ma’lumotlar yetkazish, ma’muriy va jinoiy me’yorlarga bag‘ishlangan.

Germaniya qonunchiligining bunday tarzda shakllanishiga bir nechta omillar ta’sir

ko‘rsatgan. Jumladan, huquqshunos olima D.Shibulka “Ekologik taraqqiyot sari yo‘l:
Germaniyaning ekologik maqsadlari va harakat manzillari” asarida (Bonn, 1996 y.) [9]
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari tasnifini keltiradi va vaziyat doimo ham shunday
bo‘lmaganini, Sharqiy Germaniyadagi 500 dan ortiq o‘simlik guruhlari xavf

ostida ekani,

antropogen o‘simliklar jamoalarining ulushi sanoatlashtirish davridan oldin ham katta
bo‘lganini ta’kidlaydi. Bu esa bioxilma

-

xillikning yo‘qolib borishiga faqatgina qishloq

xo‘jaligi aybdor emasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligi faoliyatini

ng ikki turini farqlash

kerak: birinchisi

an’anaviy qishloq xo‘jaligi faoliyati –

haydash (shudgorlash), ekish;

ikkinchisi

zamonaviy qishloq xo‘jaligi bo‘lib, uni tom (ana’aviy) ma’noda qishloq

xo‘jaligi faoliyati deb ham bo‘lmaydi, chunki aksariyat ho

latlarda uning tuproqqa

umuman aloqadorligi yo‘q, zero, yangi texnologiyalar bo‘yicha ko‘plab mahsulotlar sun’iy

muhitda, tabiatdan ajratilgan holda yetishtiriladi. Shundan kelib chiqib, ikkinchi turini

sanoat faoliyati deb atash to‘g‘risida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

561

O‘simlik dunyosidan foydalanishda uning muhofaza qilinishi tamoyiliga amla qilinishi

muhimdir. Bunda ruxsat berish tartibi juda katta ahamiyatga ega. Masalan, Germaniyada

“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, mahalliy o‘simlik va

hayvonot

dunyosi uchun xavf tug‘ilishi yoki har

-xil turlar populyatsiyasiga zarar yetishi ehtimoli bor

holatlarda ruxsatnoma berilmaydi. Bu tartib shu jihati bilan bioxilma-

xillik to‘g‘risidagi

Konvensiyadan ilgarilab ketgan. U uch turdagi bioxilma-xillik darajasini qamrab oladi va

profilaktika tamoyillarini amalga oshirish namunasi bo‘lib xizmat qiladi: 1) ekotizimlar va

yashash sharoitlari; 2) turlar va hamjamiyatlar; 3) genomlar va genlar [10].

Germaniya qonunchiligining aksariyat me’yorlari kabi bu huj

jat ham biologik

xilma-

xillik to‘g‘risidagi Konvensiyadan avval qabul qilinganligini inobatga oladigan

bo‘lsak, amaliyotga joriy etilganlik holati ham uning natijadorligini ko‘rsatadi.

Tahlil etilgan o‘simlik dunyosiga oid munosabatlarni tartibga

solishga qaratilgan

Germaniya qonunchiligidan ko‘rishimiz mumkinki, amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasidagi o‘simlik dunyosiga bevosita va bilvosita daxldor bo‘lgan normativ

-

huquqiy hujjatlarni, jumladan, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan fo

ydalanish

to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlardagi

moddalarni huquqiy inventarizatsiya qilish va optimallashtirishni taqozo etadi. Zero

Germaniya qonunchiligida o‘simlik dunyosi oid munosabatlar bitta Federal qonun orqali
yagona ob’ekt sifatida tizimli ravishda tartibga solingan. Shu jihatlarni inobatga olib
muhofaza qilinadigan ob’ektlar ro‘yxatini kengaytirish, o‘simliklarni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyalar qoidalarini modernizatsiya qilish, o‘simlik dunyosi
ob’ektlariga tajovuz qilganlik uchun belgilangan jinoiy

-

huquqiy va ma’muriy

-huquqiy

ta’qiqlar va sanksiyalarni takomillashtirish maqsadga m

uvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://president.uz/uz/lists/view/1472.

2.

Халмуминов

Ж.Т., Файзиев

М.М., Безбородов

Ю.Г. Экологическая функция

государства // Научный мир Казахстана. –

Алматы, 2006. –

№2. –

С. 90–

98.

3.

Файзиев

Ш.Х.

Теоретические

проблемы

правового

обеспечения

экологической политики Республики Узбекистан. Монография / Под ред.
М.Х.

Рустамбаева, М.Б.

Усманова. –

Ташкент: ТГЮИ, 2004. –

С. 45.

4.

STGB. 42 Aufl., MUnchen: Beck, 2007.

5.

Rus tilida nashr qilingan xorijiy davlatlarning jinoy

at kodekslari ro‘yxatiga

qarang.: Уголовное право. Библиография (1985

-

2006 годы) / Под ред.

А.Э.

Жалинского. М.: Городец, 2007. –

С. 560–

564.

6.

Xorijiy mamlakatlarning jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligida o‘tkazilgan

islohotlar yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’mulot olish uchun qarang: Дубовик

О.Л.

Уголовно

-

правовая охрана окружающей среды в ФРГ // Экологическое право и

рынок / Под ред. М.М.

Бринчука, О.Л.

Дубовик. M.: ИНИОН –

ИГЛ РАН, 1994. –

С. 229–236; Она же. Реформа законодательства об ответственности за
экологические преступления в России и за рубежом И в кн.:Экологическое право
России. Сборник материалов научно

-

практических конференций. Юбилейный

выпуск 1995

-

2004 гг / Под ред. А.К.

Голиченкова. М.:

ТИССО, 2004. В 3 томах. T.2. –

С. 195–198; Карху

О.С. Анализ уголовного законодательства в сфере экологической

информации в зарубежных странах И Там же.С. 310

-

315; Кузнецова

О.Н. Уголовная


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

562

ответственность за загрязнение атмосферы по законодательству зарубежных
государств // Там же. С.329

-331;

Радчик О_Л. Уголовная ответственность за

преступления в области обращения с опасными веществами и отходами по
законодательству зарубежных государств и там же. С.349

-

351; Радецкий В.

Развитие уголовно

-

экологического права в Польше с учетом требований

Европейской конвенции об охране окружающей среды уголовным правом //
Государство и право. 2002. № 10. С.48

-

56; Шунеманн Б. Уголовное законодательство

в постмодернистском обществе, принципы, касающиеся экологического права
(примере ФРГ и США) // Экологическое право. 2003.

№ 2.

С.

48

54.

7.

Доронин

Г.Г. Состав экологического преступления по германскому праву и

современное экологическое право в России и за рубежом. –

С. 146–

152.

8.

Federatsiya va sub’ektlar o‘rtasidagi huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi

to‘g‘risida

o‘qing: Жалинский

А.А., Рёрихт

А.А. Введение в немецкое право. М.: Спарк,

2002

2006-

yilda Germaniyada federalizm islohoti o‘tkazildi va YI tomonidan qo‘yilgan

va yerlarning (Sub’ektlarning) atrof

-muxitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik

vakolatlarin

i qisqartirishga qaratilgan talablariga ko‘ra, vakolatlarni qayta taqsimlash

masalalariga ham daxldor bo‘ldi.

9.

Czybulka D. Erhaltung der Biodiversitat bei der landwirtschaftlihen Nutzung //

10 Jahren Ubereinkommen Uber die biologische Vielfalt S. 154. Doyle U. 1st die rechtliche
Regulierung gebitsfremgen Organismen in Deutschland ausreichend? // Neobiota. Berlin.
Band 1. 2002. S. 284.

10.

Yevropa ekologik qonunchiligida katta ahamiyat beriladigan profilaktika

tamoyili to‘g‘risida qarang: Дубовик

О

.

Л

.,

Кремер

Л

.,

Люббе

-

Вольфф

Г

.

Экологическое

право

.

М.: ЭКСМО, 2005; Кремер

Л., Винтер

Г. Экологическое право Европейского

Союза. М.: Городец, 2007; Степаненко

В.С. Правовые основы экологической

политики Европейского Союза: цели, принципы, действия. М.: Изд

-

во НИФ

-

Природа, РЭФИА, 2004 ва б.

Библиографические ссылки

Халмуминов Ж.Т., Файзиев М.М., Безбородов Ю.Г. Экологическая функция государства // Научный мир Казахстана. – Алматы, 2006. – №2. – С. 90–98.

Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан. Монография / Под ред. М.Х. Рустамбаева, М.Б. Усманова. – Ташкент: ТГЮИ, 2004. – С. 45.

STGB. 42 Aufl., MUnchen: Beck, 2007.

Rus tilida nashr qilingan xorijiy davlatlarning jinoyat kodekslari ro‘yxatiga qarang.: Уголовное право. Библиография (1985-2006 годы) / Под ред. А.Э. Жалинского. М.: Городец, 2007. – С. 560–564.

Xorijiy mamlakatlarning jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligida o‘tkazilgan islohotlar yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’mulot olish uchun qarang: Дубовик О.Л. Уголовно-правовая охрана окружающей среды в ФРГ // Экологическое право и рынок / Под ред. М.М. Бринчука, О.Л. Дубовик. M.: ИНИОН – ИГЛ РАН, 1994. –

С. 229–236; Она же. Реформа законодательства об ответственности за экологические преступления в России и за рубежом И в кн.:Экологическое право России. Сборник материалов научно-практических конференций. Юбилейный выпуск 1995-2004 гг / Под ред. А.К. Голиченкова. М.: ТИССО, 2004. В 3 томах. T.2. – С. 195–198; Карху О.С. Анализ уголовного законодательства в сфере экологической информации в зарубежных странах И Там же.С. 310-315; Кузнецова О.Н. Уголовная ответственность за загрязнение атмосферы по законодательству зарубежных государств // Там же. С.329-331; Радчик О_Л. Уголовная ответственность за преступления в области обращения с опасными веществами и отходами по законодательству зарубежных государств и там же. С.349-351; Радецкий В. Развитие уголовно-экологического права в Польше с учетом требований Европейской конвенции об охране окружающей среды уголовным правом // Государство и право. 2002. № 10. С.48-56; Шунеманн Б. Уголовное законодательство в постмодернистском обществе, принципы, касающиеся экологического права (примере ФРГ и США) // Экологическое право. 2003. – № 2. – С. 48–54.

Доронин Г.Г. Состав экологического преступления по германскому праву и современное экологическое право в России и за рубежом. – С. 146–152.

Federatsiya va sub’ektlar o‘rtasidagi huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi to‘g‘risida o‘qing: Жалинский А.А., Рёрихт А.А. Введение в немецкое право. М.: Спарк, 2002–2006-yilda Germaniyada federalizm islohoti o‘tkazildi va YI tomonidan qo‘yilgan va yerlarning (Sub’ektlarning) atrof-muxitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan talablariga ko‘ra, vakolatlarni qayta taqsimlash masalalariga ham daxldor bo‘ldi.

Czybulka D. Erhaltung der Biodiversitat bei der landwirtschaftlihen Nutzung // 10 Jahren Ubereinkommen Uber die biologische Vielfalt S. 154. Doyle U. 1st die rechtliche Regulierung gebitsfremgen Organismen in Deutschland ausreichend? // Neobiota. Berlin. Band 1. 2002. S. 284.

Yevropa ekologik qonunchiligida katta ahamiyat beriladigan profilaktika tamoyili to‘g‘risida qarang: Дубовик О.Л., Кремер Л., Люббе-Вольфф Г. Экологическое право. М.: ЭКСМО, 2005; Кремер Л., Винтер Г. Экологическое право Европейского Союза. М.: Городец, 2007; Степаненко В.С. Правовые основы экологической политики Европейского Союза: цели, принципы, действия. М.: Изд-во НИФ-Природа, РЭФИА, 2004 ва б.