Авторы

  • Шухратжон Бойханов
    Ташкентский государственный университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1/S-pp193-201

Ключевые слова:

Data-Driven Learning Discovery Learning электронное обучение кредитно-модульная система мобильное обучение паремиологические упражнения

Аннотация

Данная статья, посвящена эффективности использования корпуса в начальном и среднем образовании. А именно, для развития паремиологической компетенции учащихся. К примеру, для достижения этой цели, были изучены теории отечественных и зарубежных ученых. Для практических предложений выбрано выражение beauty is in the eye of the beholder и определена его частотность в американском корпусе (COCA). Эффективно используя корпусные данные, разработана модель “What may be more in the eye of the beholder?”. На основе этой модели, разработаны три паремиологических упражнения, которые можно использовать как введение новой темы, развитие словарного запаса и навыков говорения студентов. В заключении, кратко описаны полученные результаты и рекомендованные к использованию.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Corpus as a primary and secondary learning tool in developing

students’ paremiological competence

Shuhratjon BOYKHANOV

1


Tashkent State University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2021
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2022
Available online
15 Fabray 2022

This article is devoted to the effectiveness of the use of the

corpus in primary and secondary education. Namely, for the
development of paremiological competence of students. For
example, to achieve this goal, the theories of domestic and
foreign scientists were studied. For practical suggestions, the
expression beauty in the eye of the beholder was chosen and its
frequency in the American corpus (COCA) was determined.

Effectively using the corpus data, the model “What may be more

in the eye of the beholder?

was developed. Based on this

model, three paremiological exercises have been developed that
can be used as an introduction to a new topic, the development
of vocabulary and speaking skills of students. In conclusion, the
results obtained and recommended for use are briefly
described.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1/S-pp

193-201

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Data-Driven Learning,
Discovery Learning,
e-learning,
credit-module system,
mobile learning,
paremiological activities.

Talabalarning paremiologik kompetensiyasini rivojlantirishda

til korpusi asosiy va qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Data-Driven Learning,
Discovery Learning,

elektron ta’lim,

kredit-modul tizimi,

mobil ta’lim,

paremiologik mashqlar.

Ushbu maqola talabalarning paremiologik kompetensiyasini

rivojlantirishda til korpusining asosiy va qo‘shimcha ta’lim
vositasi sifatida samaradorligini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.

Ushbu maqsadga erishish uchun mahalliy va xorijiy olimlar

nazariyalar o‘rgan

ildi.

Amaliy tavsiyalar berish uchun “Beauty is

in the eye of beholder” maqoli tanlab olinib, uning chastotasi
Amerika korpusi(COCA)da aniqlandi. Korpus ma’lumotlaridan
unumli foydalangan holda “What may be more in the eye of the
beholder?” [“yana nima kim

uchun qanday?”] deb nomlangan

1

Tashkent State University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

194

model yaratildi. Ushbu model asosida turli maqsadlarda,

xususan, yangi mavzuni boshlash, talabalarning lug‘at boyligi va
gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan uchta

paremiologik mashqlar tuzildi. Va nihoyat, erishilgan natijlar
qisqa bayon etilib, ular foydalanishga tavsiya etildi.

Корпус как основной и вспомогательный инструмент
обучения в развитии паремиологической компетенции
студентов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Data-Driven Learning,
Discovery Learning,

электронное обучение,
кредитно

-

модульная

система,

мобильное обучение,
паремиологические
упражнения

.

Данная

статья,

посвящена

эффективности

использования

корпуса

в

начальном

и

среднем

образовании. А именно, для развития паремиологической
компетенции учащихся. К примеру, для достижения этой
цели, были изучены теории отечественных и зарубежных
ученых.

Для

практических

предложений

выбрано

выражение beauty is in the eye of the beholder и определена
его

частотность

в

американском

корпусе

(COCA).

Эффективно используя корпусные данные, разработана
модель “What may be more in the eye of the beholder?”. На
основе этой модели, разработаны три паремиологических
упражнения, которые можно использовать как введение
новой темы, развитие словарного запаса и навыков
говорения студентов. В заключении, кратко описаны
полученные

результаты

и

рекомендованные

к

использованию.


KIRISH

Ma’lumki, so‘nggi yillarda talabalarning qiziqishlariga qarab ta’lim berish, uni

individuallashtirish va differensiallashtirish, asosan, amaliy bilimlarni berish davr talabi

bo‘lmoqda.

Ta’lim berish usullarini differensiallashtirishning zamonaviy

shakllaridan biri

kredit-

modul tizimi bo‘lib, u O‘zbekistonda 2020/2021

-

o‘quv yilidan boshlab respublika

oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma

-bosqich kredit-modul tizimiga

o‘tkazish tartibi joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020-yil

31-dekabrdagi 824-son Qarorida qayd etilgan [1]. Kredit-

modul tizimi o‘qituvchi va

talabalarga erkinlik va talablar qo‘ymoqda. Erkinlik shundan iboratki, ular o‘zlariga
kerakli ko‘nikma va malakalarni egallash uchun fanlarni tanlashl

ari mumkin. Endilikda

talabalarda o‘quv qo‘llanmalarda va darsliklarda “mana bu maqollarni o‘qing va o‘rganib
oling” “mana bu maqollarni o‘qing va tarjima qiling” shaklidagi topshriqlarni ko‘rib,
“nima uchun vaqt yo‘qotib, pul sarflab, maqol va matallarni

yod olishim yoki tarjimasini

bilishim kerak” degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Natijada, ushbu fanga bo‘lgan qiziqishi

kamayib, oxir-

oqibat men “bu fanni o‘qimayman, menga qiziqarli emas”, deyishga olib

keladi. Agar o‘qituvchi biroz bo‘lsa

-da, talabalar maqsadi va qiziqishlarini hisobga olgan

holda muammoli hamda qiziqarli shaklda dars bersa, nazarimizda, talaba kitobda

yozilgani yoki o‘qituvchi aytgani uchun emas, kelajakda uni o‘zi uchun kerakligini anglab
o‘rganadi. Masalan, o‘qituvchi jurnalist talabalarga mo‘ljallangan isbot etilmagan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

195

ma’lumot va uning oqibati haqidagi kichik hikoyani

platformaga joylaydi. Shundan so‘ng

o‘qituvchi Zoom ilovasi yordamida quyidagi topshiriqni beradi. “Matnni o‘qing. First

think, then speak maqolini matnga qanday aloqasi

borligini ayting.” Keling, endi usbu

topshiriqni

muhokama qilsak, birinchidan, hozirgi talabalar eng so‘nngi texnika va

texnologiyalar, noutbuk, planshet va aqlli telefonlardan forydalanadilar. Ikkinchidan,

o‘qituvchi talaba mutaxassisligiga muvofiq kichik

matn qo‘lladi. Uchinchidan, o‘qituvchi

talabalardan maqolning tarjimasini emas, uning matnga aloqadorligini aytishlarini

so‘radi. Talabalar maqol va matn o‘rtasidagi aloqadorlikni aytishlari uchun, tabiiyki,
ularni o‘qishi, kerak bo‘lsa, ular tarkibidagi notanish so‘zlarni lug‘atdan topib
o‘rganishlari kerak. Bu boshqa so‘z bilan aytganda,

ma’lum leksik birlikni matnga

bog‘lash va muammoli topshiriq berish talabalarni erkin, tez, tanqidiy va mustaqil ishlash
va fikrlashga rag‘batlantiradi hamda ularning “bu maqollarni nima uchun
o‘rganyapman?” kabi savoliga javob bo‘ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘quv vositalari turlari

O‘quv vositalari bu

ta’lim olish yoki ta’lim berishni osonlashtirishdigan vositalar

hisoblanadi. Jamol Jalolov xuddi shunday o‘quv v

ositalarining quyidagi turlarini sanab

o‘tgan:

1)

bajaradigan vazifasiga ko‘ra asosiy va qo'shimcha (yordamchi) o‘quv qurollari

turlari;

2)

kimga mo‘ljallanganligiga qarab muallim yoki o‘quvchilar qo‘llaydigan o‘quv

qurollari;

3) axborot

keladigan yo‘l (analizator)ga nisbatan eshitish, ko‘rish, eshitib ko‘rish

nomlaridagi;

4)

texnika ishtirokini hisobga olib, an’anaviy (notexnik) va zamonaviy (texnik)

atalmish o‘quv qurollari;

5) ishlab chiqarilishi nuqtayi nazaridan ommaviy va mahalliy

o‘quv qurollari

mavjud

[2].

Ta’limda kompyuter texnologiyalari va korpus ma’lumotlaridan foydalanish

Ma’lumki

, kitob barcha soha vakillari

uchun asosiy o‘quv quroli hisoblanadi. Shu

bilan bir qatorda,

hech kim inson kamoloti uchun kashf etilgan qo‘shimcha o‘quv

vositalarini qo‘llashni ham inkor etmaydi. Dastavval kompyuter 1960–

1970-yillar

orasida (CALL

computer assisted language learning) Amerikada kompyuter yordamida

tilni o'rgatish boshlangan bo‘lsa,[3] XXI asrga kelib, e

-learning, m-mearning yoki distance

learning kabi so‘zlar dunyodagi mamlakatlar, shu jumladan, o‘zbekistonlik talabalarning
ham faol lug‘at boyligiga aylandi. E

-learning

elektron

ta’lim turi –

talabalarning

mustaqil ta’limini rivojlantiradi. Ushbu ta’lim vositasida

t

alaba o‘qituvchi ishtirokisiz

o‘quv materiallarini kompyuter vositasida o‘zlashtiradi va shu zahoti o‘zlashtirganligi
haqidagi ma’lumotga ega bo‘ladi.

M-learning

mobil ta’lim bu –

ko‘tarib olib yurishga

qulay texnologiyalar, simsiz kompyuterlar, planshet, noutbuk va aqlli telefonlar

vositasida elektron ta’lim olish va elektron ta’lim berishdir.[4]

Muhimi shundaki, bitta elektron ta’lim vositasi yuqorida Jalolov tasnifidagi aytib

o‘tilgan barcha xususiyatlarni qamrab oladi.

METODOLOGIYA
Biz ushbu maqolamizni talabalarning paremiologik kompetensiyasini rivojlan-

tirishda

korpus asosiy va qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatidagi samaradorligini

o‘rganishga bag‘ishladik. Tadqiqotimizning nazariy asosini mahalliy olimlarimiz Jamol


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

196

Jalolov, xorijiy olimlar N.S. Dash, T.V. Paul va S. Bernadilarning mavzuga taalluqli

fikrlaridan foydalandik. Keyin tadqiqot tahlili uchun “Beauty is in the eye of the beholder”
ingliz maqolini tanlab oldik. Shundan so‘ng, asosiy va qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida

korpusning samarador

ligini ko‘rsatish maqsadida tanlab olingan maqolni Amerika

korpusida janrlar va yillar bo‘yicha qo‘llanish chastotasini tahlil qildik va shu asosida
uchta amaliy mashq tavsiya etdik. Shu o‘rinda Amerika korpusi haqida qisqa ma’lumot

keltirsak.

The Corpus of Contemporary American English (COCA

), ya’ni

Hozirgi zamon

Amerika korpusi (HZAK) amerikalik korpus tilshunosligi bo‘yicha mutaxassis Mark
Davies tomonidan tuzilgan bo‘lib, mazkur korpus o‘z ichiga bir milliardan ortiq so‘zni

qamrab olgan. Ushbu

manbadagi so‘zlar sakkiz janrga oid matnlardan, jumladan, og‘zaki,

badiiy, gazeta va jurnallar, ta’limga oid matnlar, televideniye subtitrlari, internet bloglari

va sahifalaridagi matnlardan iborat.[5]

MUHOKAMA

Korpusga asoslangan ta’lim

Longman online lug

‘atida korpus termini quyidagicha ta’riflangan:

a large collection of written or spoken language that is used for studying the

language [6]

Tilni o‘rganish uchun qo‘llanadigan ulkan og‘zaki va yozma til materiallari

jamlanmasi.

Demak, korpus bu

muayyan til korpusi vositasida talabalarning kompyuter

savodxonligi, internet ma’lumotlaridan maqsadli foydalanish madaniyatini, mustaqil
ta’lim ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradigan vosita. Korpusga asoslangan ta’lim bu

shaxsga

yo‘naltirilgan ta’lim hisoblana

di. Uning tarkibida tildagi til birliklari turli

shakllarda, tuzilishlarda, uslublarda qo‘llanganligi sababli talabalar xorijiy til
ko‘nikmalarini bir yoqlama rivojlantirmaydilar.

Korpusdan

хorijiy tilni o‘qitishda ikki maqsadda, ya’ni asosiy va qo‘shimcha ta’lim

vositasi sifatida ishlatish mumkin. Asosiy o‘quv vositasi

Data-Driven Learning (DDL),

ya’ni Axborotga Asoslangan Ta’lim(AAT) deb nomlanib, bunda talabalar kimgadir taqlid

qilmay,

o‘zlari xorijiy tilning keng imkoniyatlarini(tilning foneti

kasi, morfologiyasi,

semantikasi kabi til aspektlarini jonli tildan olingan misollar yordamida mustaqil kashf

etadilar.[7] Ayni paytda Axborotga Asoslangan Ta’lim (AAT) asosida, shuningdek,
talabalarni o‘z loyihalarini shakllantirishga rag‘batlantirilmoqda

.Bunday usul Discovery

Learning, ya’ni O‘zim Uchun Kashf Etdim (O‘UKE) deb nomlanadi. Ushbu usulda, asosan,
tilni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar o‘zlari uchun o‘zlashtirgan ko‘nikmalari ichida mavjud
bo‘shliqlarini to‘ldiradilar.[8] Ingliz korpusi, shuning

dek, leksik sillabus va darslik, ikki

tilli lug‘atlar, idioma va maqol lug‘atlarni,

ingliz tili grammatikasiga oid materiallarni

tuzishda

qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida

ishlatiladi [9].

NATIJA
Korpus talablarning paremiologik kompetensiyasini rivojlatirishda asosiy va

qo‘shimcha o‘quv vositasi

Biz paremiologik mashq tuzishdan avval “Beauty is the eye of the beholder”

ma’nosini aniqladik. U o‘zbek tilida nimadir yoki kimdir haqida har kim har х

il fikrlaydi,

degan ma’noni bildiradi.[10] Endi

iboraning Amerika korpusidagi yillar va janrlar

bo‘yicha qo‘llanishiga oid raqamlarga murojaat etsak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

197

1-

jadvalda ushbu iboraning jonli tilda anchagina ko‘p qo‘llanilishini ko‘rish

mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, biz maqolning asosi

“the eye of the beholder”

iborasini izlab, shu natijani oldik. Ushbu iboraning Amerika korpusidagi umumiy

qo‘llanish chastotasi 459 ta bo‘lib, ulardan 90 tasi yaxlit maqol,

“Beauty is the eye of the

beholder”ga tegishlidir(19,6%).

1-Tablitsa

Paremiologik mashqlar

Biz ushbu tadqiqotimizning kirish qismida ikki shakldagi mashqlar haqida so‘z

yuritdik. Ulardan birinchisi an’anaviy, ikkinchisi esa noan’anaviy mashqdir. Ikki mashq
ham talabalar til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ammo qay darajada

degan savol uchun

birinchi mashq hozirgi davr talabiga javob bera olmaydi. Maqolamizning ushbu qismida
bir necha paremiologik mashqlar tuzishni maqsad qilganmiz. Bu kabi mashqlar tuzishdan

avval mashq, ularning ba’zi turlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tam

iz.

Mashq (arab

قثم

)1.

Biror faoliyatni puxta o‘rganish, malaka hosil qilish uchun

bajariladigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti.

Harbiy mashq 2.

Ma’lum maqsadda

bajariladigan, qilinadigan muayyan ish, harakat.

Imloga oid mash

q

lar

[11].

Jamol Jalolov mashqning

ikki shakliga, ya’ni uning statik va dinamik shakllariga

alohida izoh bergan. Olim aytib o‘tganidek, statik mashq deganda chet

tili darsligida

muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko‘rsatilgan, ikki

qismdan iborat, dars t

arkibini tashkil etadigan o‘quv

-metodik kategoriya tushuniladi.

Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda “mashq talabi (sarlavhasi)” va “mashq
materiali”deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so‘z, jumla, grafik
matn) yoki o‘quvchi nutqining mahsuli (tovush, so‘z, jumla, og‘zaki matn) bo‘lishi

mumkin. Dinamik mashq esa

chet tilda o‘quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

198

talaffuz etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o‘z fikrini bemalol bayon
etishgacha bo‘lgan o‘quv amalidir. Mashqlarning statikadagi ko‘rinishi darslik muallifning
ijod mahsulidir, dinamikada esa nutq ko‘nikma va malakalari hosil qilish yo‘lidagi amaliy

xatti-harakatlar va urinishlardir. Shuningdek, olimlar tomonidan mashqning turli
nomlari, jumladan, til va nutq mashqlari (Prof. Igor Vladimirovich Raxmanov);
informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar (Prof.Vulf Abramovich Buxbinder),
shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlarni(1970

80-yillarda

bajargan ilmiy tadqiqotlarida (J. Jalolov, T. Sattorov, A.

Soynazarov va b.) aytib o‘tganlar

[12].

Biz yuqorida til va nutq mashqlari, operatsion va motivatsion hamda

rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi mashqlar mavjudligini aytib o‘tdik. Paremiologik

mashqlari deganda, maqol va mata

llarni rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlarni

nazarda tutdik.

1-

mashq. What may be more in the eye of the beholder? [“yana nima kim uchun

qanday” o‘yini]

Maqolga yashiringan yangi mavzuni toping
Jihoz: -

Rivojlantiruvchi ko‘nikmalar:

Tinglash va gapirish

Ajratilgan vaqt: 5 daqiqa
Maqsad:

“Beauty is in the eye of the beholder” maqolini qo‘llash orqali yangi

mavzuni qiziqarli boshlab olish, shuningdek, talabalarning tanqidiy fikrlash

ko‘nikmalarini rivojlantirish

O‘qituvchi avval “Beauty is in the eye of the beholder” [go‘zallikni har kim o‘zicha

tushunadi]maqolini doskaga yozadi,

undan so‘ng ushbu maqolni “beauty” so‘zisiz….qayta

yozadi. Undan so’ng o‘qituvchi

kichik hikoya yoki topishmoq so‘z aytadi va talabalarga

hikoyaning/topishmoqning javobini

topishlarini so‘raydi. Talabalar ushbu mashqda

maqolning javobini topish bilan birgalikda yangi mavzuning nomini ham topadilar.

Afzallik jihati o‘qituvchining “Beauty is in the eye of the beholder “doskaga yozib qo‘yishi

bevosita talabalar diqqatini egalla

ydi va passiv so‘z sifatida xotirada saqlanadi. Uning

kontekstlda ishlatilishi so‘zni faollashtirishga, faol so‘zga aylantirishga sabab bo‘ladi.

2-

mashq. What may be more in the eye of the beholder? [“yana nima kim uchun

qanday” o‘yini]

“Gaplarni o‘qing va

tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing” mashqi

Jihoz:

noutbuk, telefon yoki rangli markerlar, A3 yoki A4 hajmli qog‘ozga chop

etilgan tutgichiga in the eye of the beholder yozilgan lupa rasmi

Rivojlantiruvchi ko‘nikmalar:

o‘qish va yozuv

Ajratilgan vaqt: 10 daqiqa
Maqsad:

“Beauty is in the eye of the beholder” maqolini qo‘llash orqali yangi lug‘at

boyliklarini rivojlantirish

Talabalar imkon, sharoit bo‘lsa, o’qituvchi ko’rsatmasi bilan to‘gridan to‘g‘ri korpus

bilan ishlaydilar yoki o‘qituvchi tarqatma mat

eriallarni tarqatadi(tutgichiga in the eye of

the beholder yozuvi yozilgan lupa rasmi 2-rasm).

2-rasm In the eye of the beholder yozuvi yozilgan lupa

tarqatmasi:to‘ldirilmagan va to‘dirilgan namunasi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

199


Ushbu mashq asosiy material sifatida

bajarilib, unda “Beauty is in the eye of the

beholder” maqoli orqali talabalar yakka hamda jamoa bo‘lib ishlaydilar va qo‘shimcha
lug‘at boyliklarini oshiradilar. Ushbu mashqni talabalar juft yoki kichik guruhlarga
bo‘linib bajaradilar.

Har ikki holda ham

talabalar o‘qib yozadilar. Farqi shundaki,

talabalar juft bo‘lib ishlaganlarida A4 formatdagi qog‘ozga, kichik guruhlarda ishlagan

-

larida esa vatman qog‘ozga yozadilar. Talabalar ushbu mashqda in the eye of the
beholder iborasi orqali noan’anaviy shaklda yangi so‘zlarni o‘rganadilar. “Beuaty is in the
eye of the beholder” maqoli mashq orqali mustahkamlanadi. Ushbu mashq talabalar
dunyoqarashini kengaytiradi, yakka va juft nutq mashqlariga asos bo‘ladi.

3-mashq. What

may be more in the eye of the beholder? [“yana nima kim uchun

qanday”o‘yini]

“Maqolni mos so‘z bilan to‘ldirib ayting” mashqi

Jihoz: -

Rivojlantiruvchi ko‘nikmalar: tinglash va gapirish

Ajratilgan vaqt: 5 daqiqa
Maqsad:

“Beauty is in the eye of the beholder” maqolini qo‘llash orqali

talabalarning mustaqil va tez ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va
o‘zlashtirganlarini mustahkamlash

Ushbu mashq dars o‘rtasida bajarilib, talabalarning lug‘at boyligi va og‘zaki

nutqini

rivojlantirishga qaratilgan.Ushbu mashqni bajarish uchun avval xuddi shu nomli

mashqning o‘qish va yozuv mashqini bajargan bo‘lishlari kerak. Sababi, bu mashq og‘zaki
mashq bo‘lib, tez fikrlashni talab etadi. Talabalarning faolligiga qarab, ikki nafardan to‘rt

nafargacha talaba ishtrok etishi mumkin.

Namuna:
Talaba 1: Thanksgiving is in the eye of the beholder.

Talaba 2: Fit is in the eye of the beholder.

Talaba 1: Justice is in the eye of the beholder.
Talaba 2: Dancing in the eye of the beholder.
Talaba 1: Art is in the eye of the beholder.
Talaba 2: Truth is in the eye of the beholder.
Ushbu mashq bajarilishining boshqacha usuli:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

200

Talabalar ikkitadan ikki guruhga bo‘linib, guruh a’zolari navbat bilan maqolning

leksik shaklini aytadilar.

XULOSA

Biz o‘qituvchi sifatida Amerika til korpusi vositasida uchta mashq tayyorladik.

Boshqacha aytganda, undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalandik. Agar rejalashtirgan
mashqlarni ta’lim jarayonida qo‘llasak, korpusning asosiy vosita sifatidagi samara

-

dorligi

ni ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, Axborotga asoslangan ta’lim (AAT)usuli dars jarayonida

qo‘llansa, talabalar o‘zlari uchun yangi narsani kashf etadilar, ya’ni “O‘zim uchun kashf
etdim” usuli(O‘UKE.)

Ushbu fikrimizga 2-

mashq misol bo‘la oladi.

Agar o

‘qituvchi dars

jarayonida emas, uni uyga vazifa sifatida bersa, u holda chin ma’noda “O‘zim uchun kashf
etdim” usuli(O‘UKE) amaliyotdan o‘tadi. Buning uchun esa talabalarda komputer

savodxonligi va internetdan samarali foydalanish madaniyati shakllangan bo

‘lishi kerak.

Til korpuslarining turli matndan iborat ekanligi, bu uning salbiy jihatidir. Ushbu

maqolada uning ijobiy jihatini ko‘rsatishni maqsad qilgan edik va amalda unga erisha
oldik, deb o‘ylaymiz.

Biz ushbu maqolamizda “What may be more in the eye of the beholder?” [“yana

nima kim uchun qanday”] modeli asosida uchta mashq tuzdik va ular yangi mavzuni

boshlashga,

talabalar lug‘at boyligini va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga

mo‘ljallangan mashqlar hisoblanadi.

Mashq tuzish jarayonida uning maqsadiga,

talabalarning qaysi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qarab vaqt taqsimotiga va

, eng

muhimi, nutq ko‘nikmalarining yaxlitligiga e’tibor berdik.

Ushbu tadqiqotda erishilgan natijalarni differensiyallashtirish imkon bo‘lganligi

uchun ularni turli yosh va til darajasi xilma-

xil bo‘lgan talabalarga qo‘llash tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining Qarori, 12/31/2020 yildagi 824-son. Lex.uz. https://lex.uz/ru/docs/-
5193564.

2.

Jalolov J.J. (2012).

Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari

(fakultetlari) talabalari uchun darslik / J.J. Jalolov.

Toshkent: O‘qituvchi, –

B. 432.

3.

Lee, K.S. (2000). English teachers' barriers to the use of computer-assisted

language learning. Computer Science.

4.

Paul T.V. (2014). An evaluation of the effectiveness of e-learning, mobile

learning, and instructor-led training in organizational training and development (PhD
Dissertation). Graduate College of Hampton University TYECHIA VERONICA PAUL 155
pages

5.

Mark Davies, Professor of (Corpus) Linguistics, Brigham Young University

(BYU)". www.mark-davies.org. Retrieved 2021

11-09

6.

Corpus. (2022). From Longman Dictionary of Contemporary English

https://www.ldoceonline.com/dictionary/corpus.

7.

Johns

T.F. (1997) “Contexts: The background, development and training of a

concordance based CLL program”. In, Wichmann

A., S. Fligestone, T. McEnery, and

G. Knowles (Eds.) Teaching and Language Corpora. London: Longman. PP. 32

46.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2022) / ISSN 2181-1415

201

8.

Bernadini

S. (2002) “Exploring new directions for discovery learning”.

In,

Kettemann C.B. and G. Marko (Eds.) Teaching and Learning by Doing Corpus Analysis.
Amsterdam-Atlanta,GA.: Rodopi. PP. 42

51.

9.

Dash, Niladri Sekhar (2010) “Corpus Based English Language Teaching: A New

Method”.

Proceedings of the Orientation-Cum-Workshop Programme on Recent Trends

in Language Teaching, 4-6 June 2010, Institute of Advanced Studies in Education, David
Hare Training College, Kolkata, India, 19

36

10.

In the eye of the beholder. (2022). COBUILD Advanced English Dictionary

https://www.collinsdictionary.com/dictionary/english/in-the-eye-of-the-beholder

11.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati.(2006). 5 jild. 2

- jild. 672 bet: 562

bet

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”

Davlat ilmiy nashriyoti

12.

Jalolov J.J. (2012).

Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘qu

v yurtlari

(fakultetlari) talabalari uchun darslik / J.J. Jalolov. -

Toshkent: O‘qituvchi, –

B. 432.

Библиографические ссылки

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 12/31/2020 yildagi 824-son. Lex.uz.https://lex.uz/ru/docs/-5193564

Jalolov, J. J. (2012).Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik / J.J. Jalolov. - Toshkent: O‘qituvchi,. – 432 b

Lee, K.S. (2000). English teachers' barriers to the use of computer-assisted language learning. Computer Science

Paul T. V.(2014).An evaluation of the effectiveness of e-learning, mobile learning, and instructor-led training in organizational training and development (PhD Dissertation). Graduate College of Hampton University TYECHIA VERONICA PAUL 155 pages

Mark Davies, Professor of (Corpus) Linguistics, Brigham Young University (BYU)". www.mark-davies.org. Retrieved 2021-11-09

Corpus.(2022).From Longman Dictionary of Contemporary English https://www.ldoceonline.com/dictionary/corpus

Johns T. F. (1997) “Contexts: The background, development and training of a concordance based CLL program”. In, Wichmann, A., S. Fligestone, T. McEnery, and G. Knowles (Eds.) Teaching and Language Corpora. London: Longman. pp. 32-46.

Bernadini S. (2002) “Exploring new directions for discovery learning”. In, Kettemann, C.B. and G. Marko (Eds.) Teaching and Learning by Doing Corpus Analysis. Amsterdam-Atlanta,GA.: Rodopi. pp. 42-51

Dash, Niladri Sekhar (2010) “Corpus Based English Language Teaching: A New Method”. Proceedings of the Orientation-Cum-Workshop Programme on Recent Trends in Language Teaching, 4-6 June 2010, Institute of Advanced Studies in Education, David Hare Training College, Kolkata, India, 19-36

In the eye of the beholder.(2022).COBUILD Advanced English Dictionary https://www.collinsdictionary.com/dictionary/english/in-the-eye-of-the-beholder

Oʻzbek tilining izohli lugʻati.(2006). 5 jild. 2- jild. 672 bet: 562 – bet „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti

Jalolov, J. J. (2012).Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik / J.J. Jalolov. - Toshkent: O‘qituvchi,. – 432 b