Авторы

  • Санжар Мардов
    преподаватель, кафедрa «Инженерная графика и компьютерный дизайн», Ташкентский архитектурно-строительный институт, Ташкент, Узбекистан
  • Матлуба Хамракулова
    доцент, кафедрa «Инженерная графика и компьютерный дизайн», Ташкентский архитектурно-строительный институт, Ташкент, Узбекистан
  • Элиёр Нурматов
    старший преподаватель, кафедрa «Инженерная графика и компьютерный дизайн», Ташкентский архитектурно-строительный институт, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1-pp180-190

Ключевые слова:

графическое образование проектный чертеж графические приложения компьютерная графика информация и коммуникaция пространственное воображение архитектура рисунок дидактика инженерная графика

Аннотация

Курс проектного чертежа, в Ташкентском Архитектурно-Строительном Институте, направлен на формирование графической культуры учащихся, а также творческого потенциала личности. Большая эффективная работа в этой области, особенно в обучении проектному чертежу, достигается за счет, использования современного графического программного обеспечения. Среди графических программ, в частности, области архитектуры,  ArchiСAD , является лучшей на взгляд профессионалов. Эта программа, наиболее эффективно иллюстрирует для студентов, трехмерные чертежи для понимания архитектурных проектов.  Это необходимо, для полного понимания специфики своей профессии студентами.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improvement of the methodology for the development of
spatial imagination of students based on graphic

programs in teaching project drawing

Sanjar MARDOV

1

, Matluba HAMRAQULOVA

2

, Eliyor NURMATOV

3

Tashkent Institute of Architecture and Civil Engineering

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2021
Received in revised form

15 December 2022
Accepted 20 January 2022

Available online

25 February 2022

The course of project drawing, at the Tashkent Architectural

and Construction Institute, is aimed at the formation of the

graphic culture of students, as well as the creative potential of
the individual. A lot of effective work in this area, especially in

teaching design drawing, is achieved through the use of modern

graphic software. Among graphic programs, in particular in the

field of architecture, ArchiCAD is the best in the opinion of

professionals. This program, most effectively illustrates for
students, three-dimensional drawings for understanding

architectural projects. This is necessary for students to fully

understand the specifics of their profession.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1-pp

180-190

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

graphic education,

design drawing,

graphic applications,
graphics,

information and

communication,

spatial imagination,
architecture,

drawing, didactics,
engineering graphics.

Qurilish chizmachiligi fanini

o‘qitishda talabalar fazoviy

tasavvurini grafik dasturlar asosida rivojlantirish

metodikasini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

grafik ta’lim,

qurilish chizmachiligi,

grafik dasturlar,

Oliy ta’lim maskanidagi qurilish chizmachilik kursi talabalar

-

ning grafik madaniyatini, shuningdek, shaxsning ijodiy salohi-

yatini

shakllantirishga qaratilgan. Bu jabhada ko‘plab samarali

1

Senior Lecturer of the Department of

Engineering Graphics and Computer Design

Tashkent Institute of

Architecture and Civil Engineering. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: sanjar.mardov@mail.ru.

2

Associate Professor of

Engineering Graphics and Computer Design

Tashkent Institute of Architecture and Civil

Engineering. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: mxaramkulova70@mail.ru.

3

Senior Lecturer of the Department of

Engineering Graphics and Computer Design

Tashkent Institute of

Architecture and Civil Engineering. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: progjet@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

181

grafika, axborot-

kommunikatsiya,

fazoviy tasavvur,

arxitektura,

chizma,

didaktika,

muhandislik grafikasi.

ishlar, xususan, qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda ham

zamonaviy grafik dasturladan foydalanib ta’lim samaradorligiga

erishilmoqda. Qurilish chizmachiligi fanining mavzularini yori-

tishda arxi

tektura sohasiga mo‘ljallangan grafik dasturlar

orasidan ArchiCAD dasturi, ayniqsa, ancha mukammal bo‘lib,

mavzu mohiyatini yoritishda talabalarning ko‘z o‘ngida chizma

-

larning uch o‘lchamli holatiga o‘tishi samarali usul hisoblanadi.

Shu sababli ushbu fan

ning to‘la mohiyatini yoritishda grafik

dasturlarning amali ahamiyativa ularning tavsiflari alohida o‘rin

oladi.

Совершенствование

методологии

развития

пространственного воображения учащихся на основе

графических программ в обучении проектному

чертежу

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

графическое образование,

проектный чертеж,

графические приложения,

графика,

информация и

коммуникация,

пространственное

воображение,

архитектура,

рисунок,

дидактика,

инженерная графика.

Курс проектного чертежа, в Ташкентском Архитектурно

-

Строительном Институте, направлен на формирование

графической культуры учащихся, а также творческого

потенциала личности. Большая эффективная работа в этой

области, особенно в обучении проектному чертежу,

достигается за счет, использования современного

графического

программного

обеспечения.

Среди

графических программ, в частности, области архитектуры,

ArchiСAD, является лучшей на взгляд профессионалов. Эта

программа, наиболее эффективно иллюстрирует для

студентов,

трехмерные

чертежи

для

понимания

архитектурных проектов. Это необходимо, для полного

понимания специфики своей профессии студентами.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha

Harakatlar strategiyasida

“uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim

xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos

yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish

ustuvor vazifasi belgi-

langan. Mazkur vazifani amalga oshirishda oliy ta

lim muassasalari talabalarining

loyihalash malakalarini rivojlantirishda ularning fazoviy tasavvuri, ijodiy faolligi, sohaga

oid amaliy masalalarni loyihalash ko

nikmalari asosiy omil bo

lib, bu sifatlar grafik ta

lim

samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalarning kompyuterdan keng foydalana olishi jamiyatda fan-texnika taraq-

qiyotining jadallashishi va shu asosda ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish uchun

xizmat qiladi. O

qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini ta

lim jarayoniga joriy etish, oliy ta

lim muassasalarini

zamonaviy o

quv-laboratoriya anjomlari va o

quv-metodik adabiyotlar bilan ta

minlash,

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo

llab-quvvatlash va rag

batlantirish, oliy ta

lim

muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish

choralarini ko

rish asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy

mobilligi va kreativligini namoyon eta olish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish

lozimligini ifodalaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

182

Inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuterlashtirish, ko

p asrlik pedagogik

texnologiyalarning o

zgarishiga olib keldi. O

qitishning yangi vositalari pedagogika

fanining asosiy masalalarini qayta ko

rib chiqishga majbur qildi: jamiyat taraqqiyotining

hozirgi bosqichida oliy ta

lim tizimida kimlar o

qitilishi, ta

lim mazmuni qanday bo

lishi,

oliy ta

lim mutaxassis tayyorlash uchun asos sifatida qanday shakl va usullardan

foydalanish kerak.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, muhandislik kompyuter grafikasi fanining

mazmunini qayta ko

rib chiqish, shu fanni o

qitishdagi dolzarb muammolardan biri deb

hisoblaymiz. Muhandislik kompyuter grafikasi fanining mazmunini qayta tuzishda
bugungi kundagi ilm-fan va texnika sohalarining yutuqlarini inobatga olish maqsadga
muvofiqdir.

O

qitish tamoyillari muammolariga qaratilgan tadqiqotlar analizi, barcha fanlar

uchun umumiy bo

lgan didaktik tamoyillarni ajratib olish imkonini beradi. Barcha

tadqiqotchilar didaktik tamoyillarning nomenklaturasiga kelganda bir xil to‘xtamga

kelishadi. Ammo bu tamoyillarning mazmunini turlicha talqin qilishadi. Bunday tamoyil-
larga quyidagilar kiradi:

t

a’lim va tarbiya tamoyili;

nazariyani amaliyot bilan bo

g‘

liqlik tamoyili;

ilmiylik tamoyili;

tushunarlilik tamoyili;

muvofiqlik va izchillik tamoyili;

onglilik va ijodiy faoliyat tamoyili;

ko‘rgazmalilik tamoyili;

o‘quv

natijalarining mustahkamligi va bilish qobiliyatini rivojlantirish tamoyili;

bilim oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish va ta’limning

kollektivligi tamoyili;

ta’limning ijobiy hissiyligi tamoyili.

Agar ta’limning mazmun va protsessual taraflarini ikkiga ajratsak, unda an’anaviy

didaktik tamoyillarni shartli ravishda shu ikki guruhga ajratish mumkin. Didaktik

tamoyillarni bunday ko‘rinishda ajratishning shartliligi ularning o‘zaro aloqadorligi va
o‘zaro bog‘

liqligi bilan tasniflanadi.

Mi

sol sifatida ta’limning ta’lim, tarbiya va rivojlantirish jarayonlarini ajratishning

shartliligini keltiramiz.

Ta’limning mazmun tamoyillariga quyidagilar kiradi:

ilmiylik tamoyili;

tushunarlilik tamoyili;

izchillik tamoyili;

uzluksizlik tamoyili;

uzviylik tamoyili;

nazariyani amaliyot bilan bo

g‘

liqlik tamoyili;

davomiylik tamoyili. Mazmunni tanlash tamoyillari:

Ilmiylik tamoyili. M.D. Dammer ilmiylik tamoyilining mazmuni rivojlanishini

ko‘rsatib berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tamoyilning

mazmuni birinchi 1950

yilda M.N.

Skatkin tomonidan sakkiz talab shaklida ko‘rsatilgan:

1)

talabalarga y

еtkaziladigan ma’lumotlarning ilmiy ishonchliligi;

2)

tasvirlanayotgan hodisalarning mohiyatini ochish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

183

3)

hodisalarni ularning o‘zaro bog‘

liqligida

ko‘rsatish;

4)

hodisalarni rivojlanishda va bu rivojlanishning

keskin xususiyatini ko‘rsatish;

5)

bilim oluvchilarni hodisalarni to‘g‘

ri dialektik-materialistik tushuntirib beruvchi

eng muhim nazariyalar bilan tanishtirish;

6)

bilim oluvchilarda dunyoni bilish va i

nson aqlining kuchi haqida to‘g‘

ri tasav-

vurlarni yaratish;

7)

talabalarda mutlaq va nisbiy haqiqat haqidagi to‘g‘

ri fikrlarini yaratish;

8)

talabalarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirish.

Biz Z.K. Meretukova va A.R. Chinazirovalarning fikriga

qo‘shilamiz. Ular “ta’limda

ilmiylik tamoyili ta’limning tarkibiy qismida “

ilmiy plyuralizm

borligi faktini inobatga

olishi kerak. Bitta ilmiy muammoga turlicha yondashuv talabalarning fikrlash doirasini
oshirishga, ularni haqiqatni qidirishga undaydi

,

deydilar.

G.M.

Chernobelskaning qarashlarini sitatasining oxirgi so‘zlaridan anglash

mumkin:

Mazmunning ilmiyligiga talabalarga faqat tayyor bilimlarni berish bilan emas,

balki ularni ilmiy izlanish metodlari bilan ham tanishtirish yo‘li bilan

erishiladi

.

Tushunarlilik tamoyili. O‘qitishning eng muhim tamoyili tushunarlilik tamoyilidir.

Yangi materialni o‘rganishda talabalar, birinchidan, axborot mazmuni, ikkinchidan, uni

taqdim etish uslubi bilan bo

g‘

liq qiyinchiliklarga duch keladilar. Birinchi turdagi

qiyinchiliklar talabaning tezaurusi bilan bo

g‘liq. Ya’ni talabaning olamni anglashi

namoyon bo‘ladigan o‘zaro aloqador tasavvurlar tizimi bilan bog‘

liq. Bu kabi qiyinchi-

liklar tezaurusli axborot baryeri nomini olgan. Barcha talabalarning tezauruslari turlicha

bo‘lib, bir talaba duch kelayotgan axborot baryeriga ikkinchi talaba ham duch keladi

degani emas.

Oliy ta’limda tushunarlilik tamoyili O.V.

Romanovaning ishlarida tadqiq etilgan.

Yangi axborot muhitining o‘quv jarayoniga ta’sirini tekshirar ekan, muallif ta’lim jarayoni

katta hajmdagi axborotni talabalar jahon axborot maydonidan va mustaqil qabul

qilishini hisobga olishi kerak. Tamoyilning an’anaviy tuzilishi kengayib bormoqda.

Talabalar oladigan va bilimga aylantiradigan m

a’lumotlar

,

shubhasiz, ilmiy bo‘lishi kerak,

shuning uchun talabalar haqiqiy ilmiy bilimlarni psevdo-ilmiy bilimlardan farqlay
olishlari kerak

, degan xulosaga keladi.

Nazariyani amaliyot bilan bo

g‘

liqlik tamoyili.

Ushbu tamoyil quyidagi qoidalarga

asosla

nadi: o‘qitish amaliyotida talabalarning o‘z ijtimoiy tajribasini hisobga olish kerak;

o‘quv jarayonini talabalar uchun (ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy) muhim muam

-

molarni hal qilish uchun yo‘naltirish; milliy iqtisodiyotda sanoat mehnati bilan o‘q

itish-

ning yaqin aloqasi; ommaviy axborot vositalari, davriy materiallar

.

Izchillik tamoyili. Ye.V. Eliseeva zamonaviy sharoitlarda mazmunni tanlashning

y

еtakchi tamoyili izchillik tamoyili bo‘lishi kerak deb hisoblaydi: “o‘zaro bog‘liq o‘quv

ma’lumotlarni pedagogik asoslangan tizim ko‘rinishini ta`minlaydi”

. Izchillik tamoyili,

mazmunni ishlab chiquvchidan fanning mazmuniga shu fanning barcha konseptual

tizimlariga kiritilgan va uning mohiyatini yorituvchi o‘quv bilimlarni kiritishni talab

qiladi.

Mazmunni tuzish tamoyillari:

Uzluksizlik tamoyili. I.P. Podlasiy

“ta’lim jarayoni alohida qadamlardan iborat, agar

u tanaffuslarsiz, uzluksizlikning buzilishisiz, boshqarib bo‘lmaydigan vaziyatlarsiz davom
etsa, ko‘proq muvaffaqiyatga erishtiradi. Agar ko‘nikmalarni muntazam mashqlantirib
turmasa, ular yo‘qolib boradi”

deb yozadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

184

Uzviylik tamoyili. Uzluksizlik va uzviylik tamoyillari tushunchalari L.V. Zagrekova

va V.V. Nikolinalarning

Didaktika

sida yoritilgan:

Uzluksizlik va uzviylik tamoyillari

o

‘quv materialining mazmunini tizimda ma’lum ketma

-

ketlikda va mantiqiy o‘zaro

bo

g‘liqlikda berilishini talab qiladi. Bunda ma’lumotlar oldingisiga tayanadi va yangi

ma’lumotni o‘zlashtirishga tayyorlanadi.

Davomiylik tamoyili. Ta’lim mazmunini tuzish uchun ko‘rib chiqilgan tamoyillar

davomiylik tamoyili bilan chambarchas bo

g‘liq bo‘lib, u mazmun tuzuvchilarni bo‘lim

-

lararo va fanlararo munosabatlarni hisobga olishga yo‘naltiradi. “Ta’lim muhitini to‘ldirib

yuborgan fanlararo bo

g‘

liqlikning haddan tashq

ari ko‘pligi pedagogga bo‘lgan talabni

oshirib yubordi

.

“Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishni zamon talablari darajasiga yе

tkazish

uchun fan dasturida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va ularni

multimediali kompyuter texnologiyalari yordamida qayta ishlash bugungi kunning

dolzarb masalasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarning ta’lim jara

-

yonida qo‘llanilishi pedagogik texnologiyalarni inkor etmagan holatda parallel olib

borilishi maqsadga muvofiq. Zero, shunday yondashuv grafik materiallarning samarali

o‘zlashtirilishida kutilgan natijani beradi. Ayniqsa, qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda
grafik dasturlardan foydalanish kutilgan natijaga olib boradigan yagona yo‘l desak

mubola

g‘a bo‘lmaydi. Fan nomining o‘zi ham grafik dasturlar yordamida o‘qitilishni talab

etadi. Hozirgi kunga qadar qurilish chizmachiligini grafik dasturlar bilan uy

g‘

un holda

olib borilmaslikka asosiy sabablardan grafik dasturlarni biladigan o‘qituvchilarning

y

еtishmasligi va o‘quv xonalarining

talab darajasida emasligi edi. Lekin hozirgi

rivojlangan davrda grafik dasturlardan foydalanmay darslar tashkil etilishi zamonaviy

ta’lim standartlariga mutlaqo to‘g‘

ri kelmaydi.

“Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishda mavzularni bir

-biriga bo

g‘

lanishi ularning

uzviyligini ta’minlash, o‘qitishning eng zamonaviy usul va vositalaridan foydalanish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. O‘rganilayotgan fanning barcha mavzulari

bir-

biri uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Bu esa o‘qituvchidan o‘z usti

da tinimsiz

ishlashni talab etadi, sababi, qurilish chizmachiligi o‘zgarishlar bilan hamohang yuradi.
Dastlab shu talablarga mos o‘qituvchilarning tayyorgarligi, ya’na bir muhim dolzarb

muammo hisoblanadi.

“Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishda o‘quv r

ejadan kelib chiqqan holda fan

dasturi ishlab chiqishda mavzularga oid ma’lumotlarni umumlashtirish hamda ularni

tahlil etish zarur.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining boy imkoniyatlaridan foydalanib qayta-

dan chizmalarni chizish, ularga animatsiyalar berish, multimediali holatga keltirish lozim.

Ayniqsa, multimediali ko‘rinishdagi chizmalar talabalarning diqqat

-

e’tiborini o‘ziga

tortishi natijasida ularning fanga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi. Bundan tashqari,
talabalarda shu chizma haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
Kompyuter grafikasiga tegishli bo‘lgan zamonaviy dasturiy vositalar ArchiCAD, AutoCAD,
3dMax va boshqa dasturlar fanni o‘qitishda o‘qituvchi uchun yordamchi bo‘lib xizmat
qilsa, bilimlarni o‘zlashtirayotgan talabalar uchun fanning ma’no

-mazmunini tushu-

nishga, fazoviy tasavvuri, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishiga, fanni

o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilashga olib keladi. To‘plangan ma’lumotlarni qayta

ishlashda kompyuter grafikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

185

Kompyuter grafikasi murakkab sintetik resurslar qatoriga kiradi. U muhandisga

innovatsion

g‘

oyalarni amalga oshirishga yordam beruvchi zamonaviy qurilma va

texnologik y

еchimlar bilan grafikaning birlashishi natijasida paydo bo‘

ldi va rivojlandi.

Aslida, rasm va chizmalar tabiiy usulda hosil bo‘lmaydi. Bu tasvirlar sun’iy xarak

-

terga ega

inson ongi, hissiyotlari va qo‘li bilan yaratilagan asardir. Inson ularni tasvir

-

lanayotgan obyektlar haqida axborot uzatish uchun yaratadi va ular idrok etish,
tushunish va shu obyektlarni tasvirlash uchun grafik modellar vazifasini bajaradi.

O‘zining shakliga ko‘ra, rasm –

bu obyektni idrok etish va tushunishning grafik modeli,

chizma

obyektni tushunish va ilmiy idrok etishning geometrik modelidir.

M.Yu. Filimonovaning fikricha:

...kompyuter grafikasi tizimini butunlay, hatto

professionallar va dasturchilar ham to‘liq o‘rgana olmaydi. Shu bois talabalarni butun
tizimni o‘rganishga majburlash maqsadga muvofiq emas. Faqat ajratib ol

ingan kerakli

bo‘lgan bo‘limini o‘rgatish zarur. Buning uchun, o‘z navbatida, yangi zamonaviy o‘qitish

usullari kerak. Yuqorida aytilganlarning barchasi nafaqat kompyuter grafikasi

tizimlariga, balki boshqa murakkab dasturiy tizimlarni o‘rganishga ham taal

luqlidir

.

Kompyuter grafikasi qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:

ilmiy grafika;

ishbilarmonlik grafikasi;

konstruktorlik grafikasi;

illyustrativ grafika;

reklama va rasm grafikasi;

kompyuterli animatsiya;

multimedia.

Ilmiy grafika

tadqiqot obyektlarini ko‘rgazmali tasvirlash, tadqiqot natijalarini

grafik usulda qayta ishlash bilan shu

g‘

ullanadi.

Ishbilarmonlik grafikasi

turli muassasalar faoliyatida ishlatiladigan illyustrat-

siyalar yaratishdir.

Ishbilarmonlik grafikasi yordamida yaratiladigan ko‘rgazmali mate

-

riallarga rejalashtirish ko‘rsatkichlari, hisobot hujjatlari va statistik hisobotlarni misol

keltirish mumkin.

Konstruktorlik grafikasi

buyumning elektron chizmasini va uning uch o‘lchamli

modelini yaratish imkonini beruvchi bo‘lim. Yaratilgan uch o‘lchamli modelni virtual
muhitda turli ta’sirlarga tekshirish imkonini beradi.

Illyustrativ grafika

foydalanuvchi tomonidan kompyuterda maxsus dasturlarda

xuddi qalam, cho‘tka, bo‘yoq va boshqa

vositalar bilan qo

g‘

ozga erkin chizgani kabi ishlab

imkonini beradi.

Reklama va rasm grafikasida

multfilm, kompyuter o‘yinlari, videotaqdimotlar va

reklama yaratish uchun kompyuterdan foydalanish imkonini beradi.

Kompyuterli animatsiya

bu ekranda harakatlanuvchi tasvirlar ketma-ketligi.

Foydalanuvchi ekranda harakatlanuvchi obyektlarning dastlabki va oxirgi holatlarining
kiritadi va barcha oraliq holatlar kompyuter tomonidan avtomatik hisoblanadi.

Multimedia

bu audio bilan kompyuter ekranida yuqori sifatli tasvirni birlash-

tiradi. Multimedia ta’lim, reklama va ko‘ngilochar sohalarda keng ishlatiladi.

Qurilish chizmachiligi fanidan mash

g‘

ulotlar olib borilishida turli xildagi loyiha

ishlari, bino, tom yopmalar va boshqalarni tasavvur

etishda kompyuter grafikasi ko‘mak

-

lashuvchi vosita sifatida o‘zining samarasi beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

186

Animatsion materiallar talabalarning fazoviy tasavvurining rivojlanishiga va teran

fikrlashga katta ko‘mak beradi. Sababi, berilayotgan chizmalarni fazoviy va tekislikda

gi

hamda shakllarini multimediali kompyuter texnologiyalarining keng imkoniyatlaridan

foydalanib ko‘rsatiladi. Misol tariqasida murakkab binoning tarxi berilgan bo‘lsin. Ushbu
berilgan tarxni sintez qilish orqali talabalar binoni ko‘z oldiga keltirishadi.

Lekin barcha

talabalarning qobiliyati bir xil bo‘lmaganligi sababli ma’lum bir talabalar binoning
umumiy ko‘rinishini tasavvur eta olmaydilar. Shu sababli murakkab binolarning
proyeksiyalarini ko‘rsatish bilan birgalikda uning 3D modelini ko‘rsatish orqali

talaba-

larning fazoviy tasavvurini rivojlantirish mumkin. Shu o‘rinda binoning umumiy
ko‘rinishini animatsiyalar orqali ham ifodalash mumkin. Animatsiyalarning talabalar
tomonidan boshqarilishi mavzularni yanada osonroq o‘zlashtirishga olib keladi.

1-

rasm. Cizhmadan umumiy ko‘rinishga o‘tish multimediali ko‘rinishi

2-rasm. Binoning umumiy

va ichi ko‘rinishlarining multimediali ko‘rinishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

187

Animatsion roliklar bilan birgalikda video ko‘rinishdagi ishlanmalarni ham parallel

ravishda qo‘llash dars

sifatini oshirishga xizmat qiladi. Qurilish chizmachiligi fanining

deyarli barcha mavzulari nazariya va amaliyotni bo

g‘

liq holda olib borilishini talab etadi.

Agar nazariya va amaliyot yu

g‘unligi ta’minlanmasa talabalarda tushunishlarida

bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ekrandagi animatsion rolikka va mavzuga

mos bo‘lgan nazariyalarni bir vaqtda namoyish qilish talab etiladi..

Uch o‘lchovli modellashtirish –

bu konstruktorning

g‘

oyalarini kompyuter ekranida

hayratlanarli darajada haqiqiy va ishonchli tasvirlarda mujassamlovchi olamga sayo-

hatdir. Xuddi qo‘lingizni cho‘zsangiz, hozirgina tasavvuringizdagina mavjud bo‘lgan

narsaga tega olasiz.

3D modellashtirish tizimlarida uch o‘lchamli model, odatda, monitor ekranida

ixtiyoriy parallel proyeksiya

(aksonometriya) sifatida namoyon bo‘ladi. Standart ko‘rini

-

shlar tegishli panelda aks ettiriladi va ortogonal va standart izometrik proyeksiyalarni o‘z

ichiga oladi. 3D modeldan ortogonal proyeksiyalarni avtomatik ravishda yaratish uchun

T-VIEW va T-DRAW buyruqlaridan foydalaniladi. Shu tariqa chizma geometriyaning

bevosita, fazoviy jism (3D model) asosida uning tekislikdagi (monitor ekranidagi)

geometrik tasvirini qurish vazifasi amalga oshiriladi.

Geometrik modellashtirishning tarkibiy tuzilishi quyidagi

4 ta komponentlarni o‘z

ichiga oladi:

1.

Asl nusxa yoki modellashtirish obyekti

. Uch o‘lchamli fazoni modellashtirishda

monitor ekranida ortogonal proyeksiyalar, aksonometriya, perspektiva va sonli belgili

proyeksiyalar olinadi. Bundan tashqari, modellashtirish obyektlari har qanday boshqa

zamonaviy ilm-

fan uchun dolzarb va hali hal etilmagan muammo bo‘lgan ko‘p o‘lchovli va

nochiziqli modellar bo‘lishi mumkin.

2.

Model maydoni

bu tasvirlanayotgan modelning tashuvchisi. Odatda, bu monitor

ekrani, ammo modelni tasvirlash uchun boshqa usullardan ham foydalanish mumkin.

3.

Modellashtirish apparati

3D modellarni berilish usullarini aniqlaydi.

Ular:

analitik;

kinematik;

konstruktiv;

parametrli;

aralash usullar.

4.

Modellar

karkasli, sirtli va qattiq holatdagi

modellarga bo‘linadi.

Kompyuter grafik dasturlar yordamida yaratilgan 3D chizmaning video orqali

namoyish etilishi uni talabalar ko‘z oldida real hayotdagidek ko‘rsatib beradi va talabalar

uchun tushunarli bo‘lib, ularning fazoviy

tasavvurlarini rivojlantiradi. Sababi talabalarda

fazoviy tasavvur rivojlanishi fanni tushunishiga olib keladi. Zero, qurilish chizmachiligiga

oid materiallarni o‘zlashtirishda fazoviy tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun

talaba fazoviy tasavvurga eg

a bo‘lsagina fan bo‘yicha topshiriqlarni bajara oladi.

Ta’lim tizmini kompyuterlashtirish

ta’lim oluvchilarni hayotning hamma

jabhalari uchun har tamonlama

еtuk intelektual salohiyatli kadrlar bo‘lib shakllanishi

-

ning asosiy omilidir. Ta’limni

kompyuterlashtirish yordamida nafaqat tabiat va

jamiyatdagi, balki ta’lim jarayonidagi hodisa va jarayonlar ham modellashtiriladi,

boshqariladi, o‘rganiladi va tashxis qilinadi. Jamiyatda inson faoliyatining barcha sohalari

kompyuterlash-tirilayotgan hozirgi sharoitda yosh avlodning kompyuter savodxonligini

yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash muhim omil hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

188

Ta’limda yangi axborot texnologiyalari –

bu ta’lim olishda kompyuter texnolo

-

giyalaridan foydalanishdir. Smirnov

A.V. ta’riflashicha “

... yangi axborot texnologiyalari

ishlash texnologiyasi, y

е

tkazishi, EHM yordamida axborotlarni tasavvur etish va

ommalashtirish, hisoblash va dasturli vositalarni yaratilishi

hisoblanadi.

“Qurilish chizmachiligi” fanida binoning ishchi chizmasini tayyorlash v

a taxt qilish

mavzusi mavjud. Ushbu mavzuda loyiha ishining tarxiga qarab uning tarz qismlari

y

еchimni zamonaviy dizayn ko‘rinishida topish talab etiladi.

3-rasm. Epyur tekisliklari.

3-rasmda qurilish chizmachiligi fanida talabalarga beriladigan topshiriqdagi

binoning ko‘rinishlarini joylashtirish keltirilgan. Beriladigan loyiha ishining ko‘rinishlari

shu tartib asosida joylashtirish talab etiladi. Agar talaba bu ketma-ketlikni almashtirib

qo‘ysa, stand

art talablari buzilgan hisoblanadi. Bunday topshiriqlarni talabalarga dars

jarayonida tushuntirish va bajarilish ketma

ketliklarini turli usullarda berish mumkin.

Misol uchun:

An’anaviy usul

:

doskada chizish.

Noan’anaviy usul

:

bajarilish ketma

ketligini animatsion tarzda namoyish etish.

Zamonaviy usul:

berilayotgan detalning 3D modelini virtual ko‘rinishda ko‘rsatish

va turli tomonlaridan aylantirib ko‘rsatish mumkin. V.V.Kondratova ilmiy tadqiqot ishida

kompyuter grafikasini dars jarayonida qo

‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar bergan. Ya’ni

kompyuter grafikasidan foydalanib dars uchun kerakli detallarning modellari ko‘rsatish

yaxshi samara berishini ta’kidlagan.

Modellashtirish

o‘rganilayotgan tadqiqotning obyekti real hodisa va jarayonini

ma’lum bir sohadagi ma’lumotlarini aniq va tushunarli ko‘rinishi. Modellashtirishning

quyidagi turlari grafik fanlarni o‘qitishda kompyuter modellashtirish hamda grafik va

geometrik modellashtirish qo‘llanilishi mumkin.

Modellashtirish jarayoni uchta elementn

i o‘z ichiga oladi:

subyekt(tadqiqotchi);

tadqiqot obyekti;

anglovchi subyekt va anglanuvchi obyekt munosabatlarini belgilovchi (aks

ettiruvchi) model.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

189

Kompyuter modellashtirish

matematik va geometrik modellashtirishning

virtual ko‘rinishda berilishi. Kompyuter modellashtirishdan juda ko‘plab sohalarda

foydalanish mumkin. Elektronika, energetika, kimyo-biologiya, arxitektura, dizayn,
muhandislik sohalarining barcha turlarida keng foydalanish bugungi kunda yaxshi

samara bermoqda. Jumladan, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan turli

xildagi chizmalar, detallar, maketlarni kompyuter grafikasi yordamida modellashtirish
mumkin.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalari yangidan yangi imkoniyatlar ochib

bermoqda. Natijada esa murakkab his

oblangan loyiha ishlari tezlik bilan o‘z е

chimini

topishga imkoniyatlar yaratmoqda. Bu texnologiyalar ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazib, o‘qitish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Qurilish chizmachiligiga bo‘lgan loyiha
ishlari uchun juda ko‘plab grafik dasturlar va tizimlar bo‘lib, ularni dars turiga qarab

foydalanish mumkin. Bu dasturlar tizimiga quyidagilar kiradi: MS Word, MS PowerPoint,
AutoCAD, Paint.Net, ArchiCAD, ElectroCAD, Adobe PhotoShop, Adobe Flash, CorelDraw,
3dMax, Lumion, Revit, Lira va boshqalar. Bu dasturlardan dars jarayonida foydalanish

orqali talabalarga berilishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni qisqa vaqt oralig‘

ida

y

еtkazish mumkin. Bu grafik dasturlarning barchasi o‘zaro aloqadorlikda ishlatilsa,

ko‘zlangan maqsadga е

tish birmuncha tezlashadi.

ArchiCAD dasturida

modellashtirish imkoniyatlari kengaytirib berilgan bo‘lib,

unda bino modellarini yaratish qulaydir. Tasvirlar, ko‘rinishlar, qirqimlar, zinalar, tom

yopmalar, uzellar, konstruksiyalar, smeta ishlari va shu kabi mavzularni yoritishda
foydalanish talabalar fazoviy tasavvuri, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga olib
keladi.

Fan o‘qituvchisi mavzularga oid loyiha ishlarini ArchiCAD dasturida yaratib, ularni

dars jarayonida qo‘llashi mumkin. Yaratilgan model

larni ArchiCAD dasturining keng

imkoniyatlaridan foydalanib turli tomonlaridan ko‘rish, qirqim berish, model rangini
o‘zgartirish, avtomatik tarzda o‘lchamlarini qo‘yish va shu kabi ko‘plab imkoniyatlaridan

unumli foydalanishi mumkin.

Eng asosiy

talab o‘qituvchi kompyuter grafikasini bilishidir, ya’ni u berilayotgan

materialning mazmuni va mohiyati, murakkablik darajasi, didaktik vazifalarlarga ko‘ra
grafikaviy dasturlarni tanlab olishi lozim bo‘ladi.

Biz qurilish chizmachiligu fani bo‘yicha

talaba

:

kompyuter grafikasining tarixini;

kompyuter grafikasi bo‘limlarini;

konstruktorlik grafikasi bo‘limini tashkil etuvchi tizimlar (CAD, CAM, CAE)ni;

CAD tizimida ishlovchi grafik dasturlar va ularning ishlash tamoyillarini;

elektron tasvirning formatlari;

chizma bajarish uchun qo‘llaniladigan uskunalar panellarini;

buyumning fazoviy holati asosida uning chizmasini olish algoritmlarini

bilishi

kerak

;

ikki va uch o‘lchamli grafika yaratish uchun mo‘ljallangan uskunalar panelini

tahlil qilish;

berilgan uch o‘lchamli detalning ikki o‘lchamli chizmasini chizish;

detalning ikki o‘lchamli chizmasi asosida uning uch o‘lchamli modelini qurish;

tekislikda va fazoda geometrik modellarni loyihalashning optimal algoritmlarini

aniqlash;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

1 (2022) / ISSN 2181-1415

190

tekislik va fazoda murakkab chizma va shakllarni yaratish;

chizmani taxt qilish va chop etish

ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak

;

murakkab shaklga ega buyumlarni analiz qilish;

chizmani qo‘lda (chizma qurollari yordamida) va CAD dasturi yordamida

bajarishni taqqoslash;

i

kki va undan ortiq CAD dasturlarini o‘zaro taqqoslash;

CAD dasturlarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash;

yangi CAD dasturlarini mustaqil o‘zlashtirish

malakasiga ega bo‘lishi kerak deb

o‘ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi oliy

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘

risida. PF

5847.

2019-yil 8-

oktyabr. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

09.10.2019 y.,

06/19/5847/3887-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 27-iyuldagi

“Oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘

risida

gi PQ

3151-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 30

-son, 729-modda.

3.

Гура

В.В.

Теоретические

основы

педагогического

проектирования

личностно

-

ориентированных

электронных

образователных

ресурсов

и

сред.

Ростов

н/Д:

Изд

-

во Южного федералного ун

-

та, 2007.

С.

320.

4.

Sh. Murodov, A. Xakimov, A. Xolmurzaev, M. Jumaev, A.

To‘xtaev.

Chizma

geometriya. Elektron darslik. 120 MGB. Toshkent. 2004-yil.

5.

Mardov S.X. Modern Electronic Methods of Controlling Students

Knowledge in

the Field of Construction Drawing //

ONLINE-CONFERENCES

PLATFORM.

2021.

PP. 18

26.

6.

Xudoykulovich M.S., Saidaxatovna R.F., Xasanboy o

‘g‘

li N.A. Evristic teaching

technology and its practical application which in theaching of draftsmanship // Middle
European Scientific Bulletin.

2021.

Т

. 12.

PP. 458

462.

7.

Xudoykulovich, Mardov Sanjar.

The status of teaching the subject

construction

drawing

in higher education institutions

. Archive of Conferences. 2021.

8.

Xudoykulovich, Mardov Sanjar, and Farkhatova Zilolahon Hikmat Qizi. "Methods

of using graphic programs in the field of construction drawing. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal 11.10 (2021): 1297

1306.

9.

Mardov S.X. Current Status of Developing Students' Space Imagination in the Use

of Graphic Software in Teaching Architectural Drawings.

10.

Мардов

С

. Qurilish chizmachiligi fanini

o‘qitishda grafik dasturlardan

foydalanishda talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishning bugungi holati va
muammolari //

Общество

и

инновации

.

2021.

Т

. 2.

№.

12/S.

B. 146

154.

11.

Khudoykulovich M. S. et al. Content of the Science of Architecture Construction

and Its Current Status of Teaching // International Journal of Innovative Analyses and
Emerging Technology.

2021.

Т

. 1.

№. 7. –

PP. 106

114.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. PF-5847. 2019 yil 8 oktyabr. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887- son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3151-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 30-son, 729-modda.

Гура В.В. Теоретические основы педагогического проектирования личностно-ориентированных электронных образователных ресурсов и сред. Ростов н/Д: Изд-во Южного федералного ун-та, 2007.–320 с

Sh.Murodov, A.Xakimov, A.Xolmurzaev, M.Jumaev, A.To‘xtaev. Chizma geometriya. Elektron darslik. 120 MGB. Toshkent. 2004 yil.

Mardov S. X. Modern Electronic Methods of Controlling Students' Knowledge in the Field of Construction Drawing //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. – 2021. – С. 18-26.

Xudoykulovich M. S., Saidaxatovna R. F., Xasanboy o’g’li N. A. Evristic teaching technology and its practical application which in theaching of draftsmanship //Middle European Scientific Bulletin. – 2021. – Т. 12. – С. 458-462.

Xudoykulovich, Mardov Sanjar. "THE STATUS OF TEACHING THE SUBJECT" CONSTRUCTION DRAWING" IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS." Archive of Conferences. 2021.

Xudoykulovich, Mardov Sanjar, and Farkhatova Zilolahon Hikmat Qizi. "Methods of using graphic programs in the field of construction drawing." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.10 (2021): 1297-1306.

Mardov S. X. Current Status of Developing Students' Space Imagination in the Use of Graphic Software in Teaching Architectural Drawings.

Мардов С. Qurilish chizmachiligi fanini o ‘qitishda grafik dasturlardan foydalanishda talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishning bugungi holati va muammolari //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 12/S. – С. 146-154.

Khudoykulovich M. S. et al. Content of the Science of Architecture Construction and Its Current Status of Teaching //International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology. – 2021. – Т. 1. – №. 7. – С. 106-114.