Авторы

  • Бахромжон Илхомжонов
    независимый научный соискатель, Академия государственного управления при Президенте Республики Узбекистан, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp1-10

Ключевые слова:

Стратегия развития Нового Узбекистана основные направления и задачи Стратегии развития молодежь государственная молодежная политика

Аннотация

В данной статье,  проанализированы основные направления и задачи Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы, утвержденной указом Президента Республики Узбекистан от 28 января 2022 года № УП-60.

Роль и значение данного документа в жизни молодежи в ближайшие 5 лет, законодательные реформы в сфере молодежной политики страны, защиты прав и интересов подрастающего поколения, поддержки и поощрения одаренной и талантливой молодежи, совершенствования системы молодежного предпринимательства.

В статье, рассмотрен понятийный аппарат «Стратегия развития Нового Узбекистана», «основные направления и задачи Стратегии развития», «Молодежь», «государственная молодежная политика», а также специфические особенности молодежной политики в Республике Узбекистан. Также, автор обращается к социально-правовым реформам в сфере государственной молодежной политики, осуществленным в рамках указа Президента Республики Узбекистан № УП-4947от 7 февраля 2017 г. «О Стратегии дальнейшего развития Республики Узбекистан». На основе результатов исследования разработаны предложения и  возможные рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The development strategy: the opportunities for young
people in New Uzbekistan

Bakhromjon ILHOMJONOV

1

Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form

30 January 2022

Accepted 20 February 2022

Available online

15 March 2022

The article aims to analyze the main directions and

objectives of the Development Strategy of New Uzbekistan for

2022-2026, approved by the Decree of the President of the
Republic of Uzbekistan dated January 28, 2022 PD

60, the role

and place in youth life in the next 5 years, legal reforms in

recent years, as well as the issues of working with young

people, protecting and supporting their legitimate interests,
supporting and encouraging gifted and talented youth, further

improving the development of entrepreneurship among young

people. The article analyzes the content of the concepts

The Development Strategy of New Uzbekistan

,

Main

directions and objectives of the Development Strategy

,

Youth

,

State Youth Policy

and the specifics of youth policy in the

Republic of Uzbekistan. The author also examines the content of

socio-legal reforms in the field of state youth policy in the
Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated

February 7, 2017 No PD

4947

On the Strategy for further

development of the Republic of Uzbekistan

. Based on the

research, suggestions and recommendations are made.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp

1-10

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

“The Development Strategy
of New Uzbekistan”,

“Main Directions and

Objectives of the

Development Strategy”,
“Youth”.

1

Independent researcher of the Academy of Public Administration under the President of the Republic of

Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

2

Taraqqiyot strategiyasi: Yangi O‘zbekistonda yoshlar

uchun yaratilayotgan imkoniyatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

“Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi”,
“Taraqqiyot strategiyasining

asosiy yo‘nalishlari va
maqsadlari”,

“yoshlar”,

“yoshlarga oid davlat
siyosati”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvar-

dagi PF

60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022

2026-yillar-

ga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiya

-

sining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari, kelgusi 5 yilda yoshlar

hayotidagi o‘rni va roli, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar

siyosati yo‘nalishida amalga oshiril

gan huquqiy islohotlar,

shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfa-

atlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash,

iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash hamda

rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivo

jlantirish

masalalarini yana-da takomillashtirish masalalarini tadqiq

etishni maqsad qilgan.

Maqolada “Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi”, “Taraqqiyot strategiyasining asosiy

yo‘nalishlari va maqsadlari”, “Yoshlar”, “Yoshlarga oid davlat

siyosa

ti” tushunchalarining mazmun

-

mohiyati va O‘zbekiston

Respublikasida yoshlar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari
tahlil qilingan. Muallif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2017-yil 7-

fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj

-

lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF

49/47-son Farmonida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida

amalga oshirilgan ijtimoiy-huquqiy islohotlarning mazmun-

mohiyatini ham tadqiq etgan. Tadqiqotdan kelib chiqib, taklif va

tavsiyalar ilgari surilgan.

Стратегия развития: возможности, создаваемые для
молодёжи в Новом Узбекистане

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Стратегия развития
Нового Узбекистана,

основные направления и
задачи Стратегии
развития,

молодежь,
государственная
молодежная политика».

В данной статье, проанализированы основные направления и

задачи Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022–

2026 годы, утвержденной указом Президента Республики

Узбекистан от 28 января 2022 года № УП

-60.

Роль и значение данного документа в жизни молодежи в

ближайшие 5 лет, законодательные реформы в сфере

молодежной политики страны, защиты прав и интересов

подрастающего поколения, поддержки и поощрения

одаренной и талантливой молодежи, совершенствования
системы молодежного предпринимательства.

В статье, рассмотрен понятийный аппарат «Стратегия

развития Нового Узбекистана», «основные направления и

задачи Стратегии развития», «Молодежь», «государственная
молодежная политика», а также специфические особенности

молодежной политики в Республике Узбекистан. Также, автор

обращается к социально

-

правовым реформам в сфере


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

3

государственной молодежной политики, осуществленным

в рамках указа Президента Республики Узбекистан

№ УП

-

4947от 7 февраля 2017 г.

«О Стратегии дальнейшего развития Республики

Узбекистан». На основе результатов исследования

разработаны предложения и возможные рекомендации.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022–

2026-yil-

larga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF

60-

sonli Farmoni bilan Yangi O‘zbekistonning kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan

Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7

ta ustuvor yo‘na

-

lishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi

lozim bo‘lgan 398

ta chora-

tadbirni o‘z ichiga oladi.

Yangi O‘zbekistonning 2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida

quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutildi:

inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish

orqali xalqparvar davlat barpo etish;

mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng

asosiy va zarur shartiga aylantirish;

milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;

adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga

yondashish;

mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik

va faol tashqi siyosat olib borish [1].

Yangi O‘zbekistonning 2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida

yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutildi.

Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini

rivojlantirish

Taraqqiyot strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo‘nalishi hisoblanib, ushbu

yo‘nalishda bevosita yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish
va har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish,

siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash

hamda rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini yanada
takomillashtirishga eʼtibor q

aratildi.

Xususan, to’rtinchi ustuvor yo‘nalishdagi 70

-

maqsad “Yoshlarga oid davlat

siyosatini yanada takomillashtirish” deb nomlanib, undagi maqsadlarga erishish uchun
quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi:

birinchidan,

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼmin

-

lash bo‘yicha:

Jumladan, o‘tgan davr mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assam

-

bleyasining 2018-

yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan 73

-

sessiyasida O‘zbekistonning tashab

-

busi bilan “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro

konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

4

2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari

bo‘yicha Mustaqil doimiy komissiyasining 6 yillik seminari o‘tkazildi va uning natijalari
bo‘yicha “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qili

sh, shuningdek, maʼnaviy va jismoniy

barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini belgilash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 23-

son qarori bilan O‘zbekistonda

yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, 2021–

2025-yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti

bo‘yicha prognozlarni inobatga olgan holda, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini

himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillasht

irish ko‘zda tutildi [2];

ikkinchidan,

yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy

xizmatdan foydalanish shart-

sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savod

-

xonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash bo‘

yicha:

yoshlarda reproduktiv salomatlik, to‘g‘ri ovqatlanish va gigiyena qoidalari, sog‘lom

turmush tarzi haqida tushunchalar to‘liq shakllanmaganligi oqibatida turli yuqumli va
surunkali kasalliklar, bevaqt o‘lim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va

tamaki

mahsulotlariga ruju qo‘yish, psixotrop moddalar isteʼmol qilish kabi salbiy holatlar, yaqin
qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilishi natijasida esa millat genofondi buzilishi, tug‘ma

nuqsonli bolalar dunyoga kelishi holatlari saqlanib qolmoqda.

Albatta, ushbu salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, birinchi navbatda,

yoshlar o‘rtasida tibbiy madaniyat, xususan, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri va ratsional
ovqatlanishga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini va yoshlarning sifatli sog‘liqni

saqlash t

izimi imkoniyatlaridan foydalanishini taʼminlashda soha tashkilotlari hamkor

-

ligini kuchaytirish zarur.

Bunda, yoshlar salomatligi va farovonligini belgilaydigan omillarni hisobga olgan

holda, ularni sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan qamrovini kengaytiris

h chora-

tadbirlarini ishlab chiqish, yoshlarning ruhiy salomatligi masalalarida maqsadli yordam

ko‘rsatish xizmatlarini rivojlantirish, yoshlarga reproduktiv salomatlik, tibbiy masala

-

lardagi huquqlari haqida sifatli maʼlumotlar yetkazilishini taʼminlash h

amda yoshlar

orasida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt o‘lim holatlari, giyohvand
moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qo‘yish, psixotrop moddalar isteʼmol

qilish holatlarini oldini olish, shuningdek, millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy

madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun qulay shart

-sharoitlar yaratish,

yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzilishi holatlarini oldini olish lozim;

uchinchidan,

yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatd

an

kamol topishiga ko‘maklashish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni

-

ning 5-

moddasida yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol

topishiga ko‘maklashish [3] –

O‘zbekistonda

yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy

yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Bu borada, yoshlar o‘rtasida turli maʼnaviy, intellektual va huquqiy targ‘ibot

tadbirlarini, shu bilan birga, turli maʼnaviy

-

madaniy ko‘ngilochar ko‘rik

-tanlovlarini

o‘tkazis

h maqsadga muvofiq hisoblanadi;

to‘rtinchidan,

yoshlar uchun ochiq va sifatli taʼlimni taʼminlash, taʼlimning barcha

bosqichlarida yoshlarning mukammal taʼlim olishini taʼminlash, hududlarda inklyuziv
taʼlim rivojlanishi uchun shart

-

sharoit yaratish bo‘yic

ha:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

5

yoshlar uchun ochiq va sifatli taʼlimni taʼminlash, ularni yuksak axloq va intizomli

qilib tarbiyalash, sifatli va mukammal taʼlim olishi va vatanparvarlik ruhida voyaga

yetishi mamlakat iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining kaliti hisoblanadi. Bu ijtimoiy

barqarorlik va muvaffaqiyat asosidir.

Bugungi kunda yoshlarning har sohada faol, ijodkor va izlanuvchan bo‘lishi, ertangi

kelajak uchun bugundan mustahkam poydevor

qo‘yishlari zarurligini davrning o‘zi

taqozo etmoqda. Navqiron avlod vakillarini Vatang

a sadoqat, milliy anʼana va

qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, bandligini taʼminlash, huquq va manfaatlarini

himoya qilishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning taʼlim, ziyolilik

darajasi, intellektual salohiyati, odob-axloqi, zukkoligi, harakatchanligi va shijoati,

o‘zgarishlarga tayyorligi jamiyatning umumiy taraqqiyot

darajasini belgilaydi;

beshinchidan,

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-

sharoitlar yaratish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh

avkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning

bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora

-

tadbirlari bo‘yicha

videoselektor yig‘ilishida: “Bugungi kunda respublikamizda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar

soni 18 milliondan oshdi. Bu esa mamlakatimiz aholisining 55 % degani. Hozirgi kunda

yoshlar orasida ishsizlik darajasi 17 % ni yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda [4]”, –

deya ta’kidlagan edi.

Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 11-martdagi

“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi

132-sonli Qarori asosida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni

ijtimoiy-

huquqiy va psixologik qo‘llab

-quvvatlash, kasb-

hunarga o‘rgatish va bandligini

taʼminl

ash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan

foydalanish tartibini belgilash maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab

-

quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi [5].

“Yoshlar daftari”ga 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (qoidaga ko‘ra,

30 yoshga to‘lgan va 31 yoshga kirmagan) ijtimoiy himoyaga, psixologik qo‘llab

-

quvvatlashga va iqtisodiy qo‘llab

-quvvatlashga muhtoj va ishsiz yoshlar toifasi kiritiladi.

Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni

tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan

holda BHMning 4 baravarigacha miqdorda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni

qo‘llab

-

quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq

to‘lab berilishi

belgilandi;

oltinchidan,

yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik,

qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va

oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qatʼiy ishonch va qa

rashlarga ega shaxs

sifatida tarbiyalash bo‘yicha:

yoshlarni fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga

bo‘lgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash barchamiz uchun o‘z

dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masaladir. Ushbu dolzarb masala

uzluksiz jarayon bo‘lib, u bir

-

biriga bog‘liq siyosiy

-huquqiy, ijtimoiy-

iqtisodiy, g‘oyaviy

-

mafkuraviy, madaniy-

maʼri

fiy tadbirlar majmuasidan iborat.

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, turli zararli taʼsirlar va oqimlarga

qarshi tura oladigan qilib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z

mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparavr insonlar etib tarbiyalash eng asosiy

maqsadlardan biriga aylanmog‘i lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

6

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018

-yil 23-fevraldagi 140-son

Qarori bilan Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mazkur Konsepsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqildi hamda

hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat
bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat notijorat
tashkilotlari, oila, mahalla, taʼlim

-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini,

o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab

berdi [6];

yettinchidan,

yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakat-

lardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm,

fundamentalizm, zo‘ravonlik va

shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni

-

ning 5-moddasida yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakat-
lardan,

terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va

shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish –

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining

asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Hammamizga maʼlumki, ayrim telegram messendj

erlaridan terrorchi tashkilotlar

aloqa, targ‘ibot vositasi sifatida foydalanilganlik holatlari mavjud. Internetda keltirilgan
maʼlumotlarga ko‘ra, Belgiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari terrorchilar

tomonidan yoshlarga asosan messendjerdan f

oydalanib taʼsir etayotganligini

ko‘rsatishgan.

The Wall Street Journal nashrining 2016-yil 20-oktyabrdagi sonida chop etilgan

Steysi Meyxtri va Sem Shexnerning maqolasida terrorchilar Fransiyada sodir etilgan va
rejalashtirilgan terrorchilik harakatlarida ham ushbu vositadan foydalangani bayon
qilingan.

Messendjer dasturi asoschisi Pavel Durov o‘z twitterida terrorchilarning 660

dan

ortiq kanallari yopilganini va maʼlumotlar kelib tushganda kuniga 5

-10 ta kanallar

yopilayotganini taʼkidlagan [7].

Bu borada

, avvalo, yoshlarimiz o‘rtasida bu kabi illatlarni oldini olish hamda turli

ijtimoiy tarmoqlardan g‘ayriqonuniy, axloqqa zid maqsadlarda foydalanishning oldini
olishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirishimiz lozim;

sakkizinchidan,

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini

yuksaltirish bo‘yicha:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar

samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-

siyosiy o‘zgarishlar

bilan uyg‘u

n ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy

etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish

bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-

yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–

56/18-sonli

Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish

Kons

epsiyasiga ko‘ra, Yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexaniz

-

mlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street law” (Ko‘cha huquqi –

oddiy huquq) loyihasini keng


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

7

joriy qilish va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish,

noq

onuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish

maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish belgilandi

.

to‘qqizinchidan,

iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash hamda

rag‘batlantirish bo‘yicha:

So

‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab

-

quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-

texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda

istiqomat qilayotgan yigit-

qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish, innovatsion

g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga

qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirl

ar

Mahkamasining 2021-yil 18-

yanvarda “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini

2025-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23

-sonli va 2022-yil

18-

yanvarda “Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab

-

quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faol

iyatini

rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 30

-sonli Qarorlari qabul qilindi.

Iqtidorli yoshlarni izlab topish, isteʼdodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab

-

quvvatlash va rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri eti

b

belgilandi;

o‘ninchidan,

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish

bo‘yicha:

yoshlarni ish bilan taʼminlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va

hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbir

korlik sohasining

rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 17-

noyabrdagi “Hunarmand

-

chilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–

52/42-sonli, 2018-yil 27-

iyundagi “Yoshlar

-kela-

jagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–

54/66-sonli Farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi

“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ

-36/80-sonli, 2018-yil 7-

iyundagi “Har bir

oila

tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ–

37/77-sonli va 2018-yil

14-

iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samara

-

dorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

38/56-sonli Qarorlari asosida

imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat

faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda

tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-

6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan

3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020

-yil 1-yanvardan boshlab

kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida ajratish imkoniyatlari

yaratildi; [8]

o‘n birinchidan,

yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish,

shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va

yoshlar sportini

ommaviy rivojlantirish uchun shart-

sharoitlar yaratish bo‘yicha:

aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga

joriy etish, yoshlar, ayollar va keksalarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish va

ularni

jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha shart

-sharoitlar yaratish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 30-

oktabrdagi “Sog‘lom turmush

tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF–

60/99-sonli Farmon qabul qilindi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

8

Mazkur Farmon bilan yil davomida aholi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida to‘rt

bosqichli (mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika) yurish va yugurish, badminton,

stritbol, mini futbol, velosport, “Workout” bo‘yicha sport musobaqalarining tashkil

qilinishini, shu bilan birga, sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli

sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori

natijalarga erishish maqsadida hud

udlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi

va xohish-

istaklaridan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarini kamida bittadan ustuvor,

istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtirilish

belgilandi.

o‘n ikkinchidan,

yosh oilalarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qo‘llab

-quvvatlash,

ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-

maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks

chora-

tadbirlar tizimini amalga oshirish bo‘yicha:

So‘nggi yillarda ijtimoiy imkoniyatlari cheklangan ahol

i qatlamlari va yosh oilalar

uchun arzon uy-joylar barpo etilmoqda.

2018

2020-

yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida alohida namuna ko‘rsatgan yosh

oilalarga 3

380 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, ular uchun Davlat byudjetidan 156,5 mlrd

so‘m pul mablag‘i boshlang‘ich badal to‘lovi sifatida to‘lab berildi hamda 700 mlrd.

so‘mdan ortiq miqdordagi mablag‘ imtiyozli ipoteka krediti sifatida ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 28-

iyundagi “2021–

2023-yillarda Yoshlar uylarini qurishga

oid qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi

Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror bilan 2021

2023-yillarda Yoshlar uylarini qurishning

maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

o‘n uchinchidan,

yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish

sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish

bo‘yicha:

Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning

huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash va

rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini

topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019

-yil 5-

avgustdagi “O‘zbekiston

yoshlari umumjahon as

sotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash va samaradorligini

oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 649

-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror bilan “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat

notijorat tashkiloti faoliyati takomillashtirilib, unga davlat organlari va muassasalari,

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, shuningdek,

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda,

tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish,

yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish bo‘yicha zarur

choralar ko‘rish, xorijda taʼlim olayot

gan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli

yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, “Yoshlar –

Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi

O‘zbekiston –

Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini taʼminlash

maqsadida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida plakatlar turkumi,

multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot mahsulotlari yaratish, “O‘zbekiston

qahramonlari”, “Maʼnaviyat lug‘ati” kitoblarining taqdimotini o‘tkazish hamda har yili

anʼanaviy tarzda “Maʼnaviyat festivali”ni o‘tkazib borish belgilandi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

9

Qolaversa, jahon va mahalliy ommaviy axborot vositalariga Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi bo‘yicha rezolyutsiyasini keng targ‘ib qilish,

mintaqaning sarmoyaviy, t

urizm va madaniy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Orol

orzusi” dasturini amalga oshirish, bunda Orolbo‘yida yoshlarni o‘qitish uchun xorijiy

grantlarni jalb qilish hamda Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Besh tashabbus”i xalqaro

festivalini tashkil etish va “Orol dengiziga poyezd” yoshlar

ekologik aksiyasini o‘tkazish ko‘zda tutildi.

Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning 2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan

taraqqiyot strategiyasining har bir bandida belgilab berilgan chora-tadbirlarda yosh-

larimizning ertangi farovon turmush tarzi, mamlakatimiz kelajagi aks ettirilgan.

Yangi O‘zbekistonning 2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi

mamlakatimizda yoshlar huquq-manfaatlarining yanada himoya qilinishi barobarida

ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yuqori marralarni zabt etishiga, ularning

yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga zamin yaratadi. Zero, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, “Sayyoramizning ertangi

kuni, far

ovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning

asosiy vazifamiz

yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar

yaratishdan iborat” [9].

Kelgusidagi vazifamiz esa yuqoridagi maqsadlarning izchilligini, yanada

xalqchilligini oshirish va hayotiyligini taʼminlash uchun barchamiz o‘z burchimiz va

masʼuliyatimizni his qilgan holda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish

yo‘lida xizmat qilishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbek

iston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-

yanvardagi “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF

60-son Farmoni // https://lex.uz/docs/5841063.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi

“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025

-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23

-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5234746

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davdat siyosati to‘g‘risida”gi

Qonuni // https://lex.uz/docs/3026246.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning

bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora

-tadbirlari

bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi //

https://uza.uz/uz/posts/yoshlar-bandligini-

taminlash-pirovardmaqsad_237495.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2021

-yil 11-martdagi

“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”

132-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5328442.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018

-yil 23-fevraldagi

“Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi 140

-son qarori // https://lex.uz/docs/3571158.

7.

Telegram

messendjeri:

yangi

imkoniyatlar,

yangi

tahdidlar

//

http://old.muslim.uz/index.php/rus/maqolalar/item/1759.

8.

O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab

-quvvatlash va rivojlantirishda

amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi // https://review.uz/oz/post/ozbekistonda-

yoshlar-tadbirkorligini-qollab-quvvatlash-va-rivojlantirishda-amalga-oshirilayotgan-

islohotlar-samarasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

10

9.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining

72-sessiyasidagi nutqi // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-
mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–

-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni // https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5234746

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davdat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni // https://lex.uz/docs/3026246.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 132-sonli qarori // https://lex.uz/docs/5328442.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarori // https://lex.uz/docs/3571158.

Telegram messendjeri: yangi imkoniyatlar, yangi tahdidlar // http://old.muslim.uz/index.php/rus/maqolalar/item/1759.

O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi // https://review.uz/oz/post/ozbekistonda-yoshlar-tadbirkorligini-qollab-quvvatlash-va-rivojlantirishda-amalga-oshirilayotgan-islohotlar-samarasi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining