Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of the performance of doyra in the process
of music education
Qudratilla QOBILQORIYEV
1
Uzbekistan State institute of arts and culture
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2021
Received in revised form
30 January 2022
Accepted 20 February 2022
Available online
15 March 2022
In this article, the problems of further popularization of
doira
’
s performance are investigated.
And, namely, between the stages of training, suggestions are
also offered to overcome possible learning problems.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
performance yards,
children
’
s music schools and
art,
dependence,
schools of arts and culture,
stages of training,
specialized music academic
lyceum,
continuing education.
Musiqiy ta’lim jarayonida doira ijrochiligini rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
doira ijrochiligi,
bolalar musiqa va san’at
maktablari,
uzviylik,
san’at va madaniyat
maktablari,
ta’lim bosqichlari,
ixtisoslashtirilgan musiqa
akademik litseyi,
uzluksiz ta’lim.
Ushbu maqolada musiqiy ta’lim jarayonida doira ijrochiligini
yanada
ommalashtirish va ta’lim bosqichlari о‘rtasidagi
uzviylikni ta’minlash muammolari о‘rganilgan hamda ularni
barataraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar
borasida takliflar berib о‘tilgan.
1
Teacher of department
“Instrumental performance”
of Uzbekistan State institute of arts and culture. Tashkent,
Uzbekistan. E-mail: qobilqoriyev93@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
448
Развитие
исполнительство
дойры
в
процессе
музыкального образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
концертные площадки,
детские музыкальные
школы и школы искусств,
зависимость,
школы искусств и
культуры,
этапы обучения,
специализированный
музыкальный
академический лицей,
непрерывное образование
В данной статье исследуются проблемы дальнейшей
популяризации исполнительства на дойре.
А именно между этапами обучения также предлагаются
предложения по преодолению возможных учебных
проблем.
Doira chol
g‘
usi qadimdan xalqimiz madaniy hayotidan chuqur
o‘
rin egallaganligi
barchamizga ma’lum. Turli
xil bayramlar, ommaviy tadbirlar, xalqimizning shodiyona
kunlari doira sadolarisiz
o‘
tmaydi.
“Doira uzoq yillardan buyon musiqa amaliyotimizda qo‘
llanib kelinayotgan b
o‘
lsa-
da, uning milliy san’atimizdagi ahamiyati, ustoz
-
shogird an’analari hamda ijrochili
k
maktablari haqida ma’lumotlar yetarli emas. Bundan tashqari, doira cholg‘
usi va undagi
ijrochilikning ommalashuvida mohir sozandalarning
o‘
rni, ularning bu borada amalga
oshirgan xizmatlari, shuningdek, doira ijrochilarini tayyorlashda musiqiy ta’limning
o‘
rni
va ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash kabi jihatlari o‘rganilmagan” [1].
Hozirda respublikamizda musiqiy ta’lim sohasida mutaxassislarni tayyorlash uch
bosqichli tizim asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Ularning birinchisi maktabd
an tashqari ta’lim bosqichi bо‘
lib, asosan, bolalar
musiqa va san’at maktablarida musiqiy ta’limning tegishli yо‘
nalishlari b
о‘
yicha bosh-
lan
g‘
ich bilim, malaka va k
о‘
nikma hosil qilishdan iborat. Shuningdek,
о‘
quvchi
yoshlarning b
о‘
sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniyat markazlari,
“Barkamol avlod” yoshlar ijodiyot markazlari tashkil etilgan. Lekin ulardagi tо‘
garaklar
dasturi
о‘
qishning keyingi bosqichini davom ettirish imkonini bermaydi.
Bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va b
u orqali
о‘
sib kelayotgan yosh
avlodning har tomonlama ma’naviy
-axloqiy tarbiyalashning bir-biriga bo
g‘
langan yaxlit
tizimini shakllantirish, bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa
va san’atning boshqa turlarini chuqurroq tushunis
hi hamda ularga nisbatan mehr-
muhabbat uy
g‘
otish, milliy hamda jahon musiqiy merosini
о‘
rganishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish maqsadida,
О‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015-yil
20-noyabrda PQ
–
2435-son Qarori qabul qilindi. Unga k
о‘
ra,
“Bolalar musiqa va san’at
maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bо‘yicha 2016–
2020-yillarga m
o‘
ljal-
langan Davlat dasturi” ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, bolalar musiqa va san’at
maktablari faoliyatini yangi sifatli mazmun bilan
boyitish, ma’lum bir cholg‘
uni ijro etish
texnikasini egallash bilan bir qatorda, jahon mumtoz musiqasini, dunyoga mashhur,
buyuk bastakorlar va rassomlarning ijodini chuqur
о‘
rganish,
о‘
quvchilarning musiqiy va
umumiy madaniyatini oshirish, bolalarda butun umri davomida hamroh b
о‘
ladigan
musiqa hamda san’atning boshqa turlariga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad etib
belgilandi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
449
Bunga asosan, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy
-texnik bazasini
yanada mustahkamlash hamda foydalanish samaradorligini oshirish, ularni yangi avlod
zamonaviy
о‘
quv uskunalari va anjomlari, shu jumladan, multimedia shaklidagi
о‘
quv
adabiyoti va metodik q
о‘
llanmalar, mahalliy va xorijiy kompozitorlar ijodiga doir nota
t
о‘
plamlari va klavirlar, shuningdek, sifatli k
о‘
r
gazmali materiallar bilan ta’minlash kabi
vazifalar belgilab berildi.
Ikkinchi bosqich
О‘
rta maxsus kasb-
hunar ta’limi (hozirda kasbiy ta’lim) tizimida
ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, akademik litseylar, maxsus maktab
-
internatlarida
о‘
quvchilarga
о‘rta maxsus ma’lumot beruvchi kichik mutaxassislar
tayyorlash orqali amalga oshirib kelinmoqda.
О‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevralda qabul qilingan
“О‘
zbekiston Respublikasi Oliy va
о‘rta maxsus ta’lim vazirligining О‘
rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi PQ–
3504-son Qarori
bilan san’at va madaniyat kollejlari ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari
hamda maktab-internatlarga aylantirildi [2].
Mazkur Qaror ijrosini
ta’minlash bо‘
yicha Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
9-yanvardagi 9-
son “О‘
zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslash-
tirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab
-internatlar t
о‘g‘risida” Nizomi
ishlab chiqildi.
O‘
quvchilarni mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga y
о‘
naltirilgan
holda о‘qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini
ta’minlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, yuqoridagi qaror
va nizom orqali
о‘quvchilarni san’at va madaniyat yо‘
nalishida tanlagan kasblari b
о‘
yicha
mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga y
о‘naltirilgan davlat ta’lim
standarti talablariga muvofiq sifatli
о‘qitishni tashkil etish, kelgusida oliy ta’lim muassa
-
sasida
о‘
qishni davom ettirishi yoki tanlagan kasbi va ixtisosligiga muvofiq mehnat
faoliyati bilan shu
g‘
ullanishi uchun yuqori darajada sifatli bilimlar olishi va kasbiy
tayyorgarligini ta’minlaydigan davlat talablari doirasida ixtisoslashtirilgan о‘
quv dastur-
larini amalga oshirish belgilab berildi.
Yurtimizdagi barcha musiqiy ta’lim muassasalari zamonaviy musiqa cholg‘
ulari,
о‘
quv jarayonini tashkil etishda zarur b
o‘lgan barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.
Hozirda bu
o‘quv dargohlarida ta’lim olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Musiqiy ta’limda erishirilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchilik va
muammolar ham y
o‘
q emas.
“Musiqiy ta’limda doira ijrochilarini tayyorlashning eng muhim bosqichi bu bolalar
musiqa va san’at maktabi hisoblanadi.
BMSMda doira ijrochiligi b
o‘yicha ta’lim olish
muddati besh yil hisoblanadi. Bu bosqichda
o‘
quvchi doira chol
g‘
usi haqida ilk tasavvur
hosil qiladi hamda undagi ijrochilik mahoratini egallashning dastlabki jarayonlarini
o‘
zlashtiradi. Ushbu jarayonda chol
g‘
udagi ijro holati, uslublari, zarblari (shtrixlari)ni
puxta
o‘
zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mash
g‘
ulotlar yakka tarzda olib boriladi.
Nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ijrochilik mahorati egallanadi”
[3].
Bolalar musiqa va san’at maktabida doira ijrochiligidan saboq beruvchi pedagoglar
o‘quvchining ijrochilik mahoratini rivojlantirishda uning qobiliyatini ko‘ra bilishi va
shunga qarab ish rejasini tuzishi lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
450
Birinchi darsdan boshlab doiraning kelib chiqish tarixi, miliy san’atimizdagi o‘
rni,
uni xalqimiz orasida ommalashtirgan ustoz doirachilar haqida qisqacha ma’lumotlar
berib borishi lozim. Darslarni nazariy va amaliy tarzda olib borish zarur.
Yuqori sinflarga o‘tgan sari asta
-
sekinlik bilan murakkab o‘lchov va mashqlarga
o‘tish lozim. Bunda turli qo‘l mashqlari, etyudlar bilan birgalikda ustoz doirachilar
yaratgan va ijro etgan doira usullari, milliy musiqa madaniyatimizning barcha sohalarida
qo‘llaniluvchi usullar, doira raqslarida ijro etiluvchi usullardan namunalar sinflar
kesimida, o‘quvchilarning ijro imkoniyatidan kelib chiqqan holda oddiydan murakkab
-
gacha bo‘lgan shaklda nota savodxonligiga e’tibor bergan holda o‘rgat
ib borilishi
maqsadga muvofiq.
O‘quvchilar darsga kirishdan 15
-
20 daqiqa avval doirani o‘rta darajada qizdirib,
qo‘l yurgizish mashqlarini bajarib, so‘ngra darsga kirishlari lozim. Aks holda qo‘l
barmoqlarini qizdirmasdan, ularni doiraga moslashtirmasdan ijro qilish, shuningdek,
darhol qizigan doirani ijro qilish qo‘llarning xastalanishiga, kerakli natijaga erishilmasligi
sabab bo‘lishi mumkin.
Kuzatuvlarimiz natijasida ma’lum bo‘ldiki, ayrim bolalar musiqa va san’at
maktablaridagi doira sinfi darslarini yuqorida qayd etilgan jihatlarga rioya qilmagan
holda yuzaki tarzda o‘tish hollari uchramoqda. O‘
quv jarayonida doira usullarini
o‘
rgatish
asosan o
g‘
zaki tarzda olib borilmoqda. Bu esa
o‘
quvchilarning nota savodxonligini
egallashlari va kelajakda doira ijrochiligini har tomonlama puxta egallashlariga salbiy
ta’sir o‘tkazadi. Afsuski, ba’zi bolalar musiqa va san’at maktablarida boshqa cholg‘
u
mutaxassisligiga ega b
o‘
lgan pedagoglar doira chol
g‘
usi ijrochiligidan saboq berib
kelayotgan holatlari ham y
o‘
q emas. Bu holat doira chol
g‘usiga e’tiborsizlik natijasi desak,
adashmagan b
o‘
lamiz.
“O‘
zbekistonda xizmat k
o‘rsatgan artist, ustoz san’atkor G‘
afur Azimov doira
chol
g‘usiga quyidagicha ta’rif bergandi: “Kuyning avvali doira usullaridan boshlanadi. Bir
qaraganda, doira musiqani boshidan oxiriga qadar kuzatayotganga
о‘xshaydi. Ba’zilar
doira ijrosida murakkab san’at namunasi sezilmaydi, deb о‘ylashadi. Shundanmi,
k
о‘pchilik doirani ikkinchi darajali musiqa cholg‘
usi hisoblaydi. Bu not
о‘g‘
ri. Men doira
ijrochiligini eng qadimiy, yillar davomida shakllangan, murakkab san’at turi deb
bilaman””
[4].
Darhaqiqat, doira sodda ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan, ijro paytida o‘ziga xos
tovush hosil qilish imkoniyatlariga boy cholg‘u sifatida boshqa cholg‘ulardan fa
rq qiladi.
Doira ijrochilarini tayyorlashning keyingi bosqichi madaniyat va san’at maktablari,
iqtidorli bolalar akademik litseylarida davom ettiriladi. Unda
o‘
quvchilar ikki yil
davomida tahsil oladilar. Bu bosqichdagi dolzarb muammolardan biri shundaki, ularning
ikki yillik ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirilganligidir. Ikki yillik musiqiy ta’limda
doira ijrochiligidan saboq oladigan
о‘
quvchilar mutaxassisligi b
о‘
yicha yetarlicha bilimni
egallay olmaydilar. Sababi, BMSMlarida doira ijrochiligidan saboq berish davri besh yilni
tashkil etadi. Shu orada BMSMlarda ba’zi о‘
quvchilar umumiy
о‘rta ta’limni tugatmasdan
oldin BMSMlarini bitiradi. Natijada, musiqiy ta’limning keyingi bosqichi orasida bo‘
shliq
yuzaga keladi. Bu davr mobaynida
o‘
quvchi BMSMda olgan bilimlarini unutib, keyingi
bosqichda yana boshidan boshlashga t
о‘g‘
ri kelmoqda. Shuningdek,
о‘
quv rejada
mutaxassislikka oid b
о‘
lmagan fanlarning k
о‘
pligi, mutaxassislik fanlari bilan bo
g‘
liq
yakka darslarning vaqti 45 minut etib belgilanganli
o‘
quvchilarning mutaxassislik
fanlarini chuqur
o‘
zlashtirishiga t
o‘
sqinlik qilmoqda. Doira ijrochiligidan saboq oluvchi
o‘quvchilar ijro etayotgan asarlar tahsil olayotgan ta’lim bosqichi talablari asosida
b
o‘
lishi lozim. Bu
o‘
rinda ham kamchiliklar mavjud.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
451
Har bir chol
g‘
uda b
o‘
lgani kabi doirada ham ijrochilik mahoratini oshirish
oddiylikdan murakkablik sari bosqichma-bosqich rivojlanib borishi lozim. Lekin hozirgi
kunda BMSMlarda
о‘
qiyotgan
о‘quvchilarning ta’limning keyingi bosqichida о‘
rganishi
lozim b
о‘
lgan asarlarni ijro qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Natijada, ayrim
о‘
quvchi-
larning asarni t
о‘
laqonli maromiga yetkazolmay ijro qilolmasliklarining, ijro mahorati
yetmasligining guvohi b
о‘
lamiz. Balki ijro qilinayotgan bunday asarlar
о‘
quvchining
iqtidoriga qarab tanlanayotgandir. Lekin shunday b
о‘
lsa-da, har bir bosqichda tizimli
dastur asosida asarlar bosqichma-bosqich
о‘
rganib borilsa, maqsadga muvofiq b
о‘
lardi.
Bu holat ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida ham shu ko‘
rinishda davom etmoqda.
Oliy ta’limda о‘rganishi kerak bо‘ladigan asarlarni о‘quvchi maktab davrida
о‘zlashtirmoqda. Natijada, oliy ta’limdagi tо‘rt yillik tahsil davomida quyi bosqichda
о‘rgangan asarlarini ijro qilib, bitirib ketish holatlari kuzatilmoqda. Buning sababi
musiqiy
ta’lim sohasida uzviyligi yetarli darajada ta’minlanmagani desak tо‘g‘
ri b
о‘ladi.
Bu borada musiqiy ta’limning barcha bosqichlari bilan o‘
zaro aloqalarni y
o‘
lga q
o‘
yish,
ular
о‘rtasida tizimli о‘qitish jarayonini tashkillashtirish lozim. Buning uchun har
bir
bosqichda faoliyat olib boradigan malakali mutaxassislarning
о‘zaro hamkorlik ishlarini
y
о‘lga qо‘yish lozim.
Ijro dasturlarini tizimli ravishda shakllantirish maqsadga muvofiq.
“Fikrimizcha, oliy ta’limda doira ijrochiligidan saboq olayotgan talabala
rga
ijrochilikdagi amaliy k
o‘
nikmalar bilan birgalikda ularning mutaxassisilik chol
g‘
usi bilan
bo
g‘
liq nazariy bilimlarni chuqur
o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratish lozim.
Kelajakda
o‘
z sohasi b
o‘
yicha
o‘
qishni davom ettirib, ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat
bilan shu
g‘
ullanish istagida b
o‘
lgan yuqori 3-4-
kurs talabalari uchun ta’limning keyingi
bosqichi va undagi ta’lim jarayonlari haqida tushunchalar berib borish foydadan holi
b
o‘lmaydi” [5].
Doira chol
g‘
usi bilan bo
g‘
liq ilgari
o‘
rganilmagan jihatlarni tadqiq qilish, doira
ijrochiligi bilan bo
g‘
liq zamonaviy
o‘
quv dasturlari, yangi darsliklar,
o‘
quv q
o‘
llanmalar
yaratish, ularni musiqiy ta’lim muassasalari o‘
quv jarayoniga joriy etish muhim ahamiyat
kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Islomov
D. “Moziydan sado” monografiya –
Toshkent: “Ekstremum press”
nashriyoti, 2019-y.
–
B. 140.
2.
Islomov
D. “Doira san’ati darg‘alari” monografiya. –
Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti, 2019
-y.
–
B. 150.
3.
Madrimov
B. “О‘zbek musiqa tarixi”. О‘quv qо‘llanma.
-
Toshkent: “Barkamol
fayz media”, 2018
-y.
–
B. 120.
4.
Nazarov
Sh. “Zarbli asboblarning yoshlar ma’naviy estetik tarbiyasini
shakllantirishda tutgan
о‘rni”. Magistrlik dissertatsiyasi. –
Toshkent: 2016-y.
–
B. 70.
5.
Qobilqoriyev
Q. “Doira cholg‘usining о‘zbek milliy musiqa madaniyatidagi о‘rni”
Magistrlik dissertatsiyasi.
–
Toshkent: 2020-y.
–
B. 116.
