Авторы

  • Сайера Эргашева
    преподаватель, Каршинский государственный университет, Карши, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp145-148

Ключевые слова:

управление менеджер сотрудник профессия трудовой коллектив межличностные отношения общение способность умение

Аннотация

В данной статье, рассматривается социально-психологический образ современного лидера и организация его работы. В ней, автор анализирует организацию работы руководителя. А также, развитие его управленческих навыков и способностей.

Исследования, проведенные автором, показывают, что изучение личности современного лидера. И создание, его социально-психологического образа, актуальны соответственны, современным исследованиям.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Socio-psychological image of a modern leader and
organization of his work

Sayora ERGASHEVA

1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form

30 January 2022

Accepted 20 February 2022

Available online

15 March 2022

In this article, the socio-psychological image of a modern

leader and the organization of his work are considered. In it, the

author analyzes the organization of the work of the head. And
also, the development of his managerial skills and abilities.

The research conducted by the author shows the study of the

personality of a modern leader. And the creation of his socio-

psychological image is relevant, respectively, to modern
research.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp

145-148

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

management,

manager,

employee,

profession,

labor collective,
interpersonal relations,

communication,

ability,

skill.

Hozirgi zamon rahbarining ijtimoiy-psixologik qiyofasi va
uning mehnatini tashkil etish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

boshqaruv,

rahbar,

xodim,

kasb,

mehnat jamoasi,

shaxslararo munosabat,
muloqot,

qobiliyat,

mahorat.

Mazkur maqolada hozirgi zamon rahbarining ijtimoiy-

psixologik qiyofasi va uning mehnatini tashkil etish masalalari

o‘rganilgan.

Unda muallif tomonidan rahbar mehnatini tashkil

etish, uning boshqaruv qobiliyatlari va mahoratini o‘stirish

masalalari tahlil etilgan. Muallif tomonidan olib borilgan

tadqiqotlar zamonaviy rahbar shaxsini o‘rganish va uning

ijtimoiy-psixologik qiyofasini yaratish masalalari har doimdagi-

dan ham dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda.

1

Lecturer, Department of Psychology, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

146

Социально

-

психологический

образ

современного

лидера и организация его работы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

управление,

менеджер,

сотрудник,

профессия,

трудовой коллектив,
межличностные

отношения,

общение,

способность,

умение.

В

данной

статье,

рассматривается

социально

-

психологический

образ

современного

лидера

и

организация его работы. В ней, автор анализирует
организацию работы руководителя. А также, развитие его

управленческих навыков и способностей.

Исследования, проведенные

автором, показывают, что

изучение личности современного лидера. И создание, его
социально

-

психологического

образа,

актуальны

соответственны, современным исследованиям.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va

iqtisodiy

taraqqiyot yo‘lini tanlab, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirish sari

dadil odimlayotgani tahsinga loyiqdir. Albatta, bunda mamlakatimiz Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyev rahnamoliklari ostida rahbarlik va boshqaruv masalalariga alohida

e’tibor berilayotgani yutuqlar ko‘lamini oshirayotir. Quvonarlisi, o‘tgan davrda
O‘zbekiston davlat boshqaruvining tashkiliy

-tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha

bo‘g‘inlarida huquqiy va iqtisodiy asoslar yaratilganini jahon hamjamiyati ham e’tirof

etmoqda.Zotan, jamiyat taraqqiyoti yoki tanazzulining asoslari aynan rahbarlik

lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarga har jihatdan bog‘liq bo‘lib, ular kelajakni
oldindan ko‘ra bilish, muammolar yechimini anglab, bartaraf etish choralarini izlab topa

olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i joiz.

Mustaqillik yillarida hukumatimizning bu jarayonda

,

avvalo

,

ishni milliy davlatning

asoslarini, boshqaruv tizimini ishlab chiqish, milliy mentalitetimizdan, xalqimiz
manfaatlaridan kelib chiqib, uning mukammal mexanizmini yaratishdan boshlaganligi
maqtovga loyiqdir. Bu bejizga emas, albatta. Sababi

,

davlat va jamiyat qurilishi hamda

boshqaruv strategiyasi ilg‘or g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, milliy rahbar kadrlar
tayyorlash tizimini yaratishning o‘zagini tashki

l etadi. Shu bois ham mustaqillikka qadam

tashlangan ilk kezlardanoq mamlakatimiz boshqaruv tizimida jahon va o‘z amaliyoti

-

mizdan olingan boy tajribalarni rad etmagan holda davlat va jamiyat qurilishining tarixiy-

milliy, an’anaviy g‘oyalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv usuliga o‘tildi.

Hozirgi zamon rahbari o‘zining ijtimoiy

-

psixologik qarashlari va ma’naviy dunyosi

bilan o‘tmishdoshlaridan keskin farq qiladi. Ayniqsa, butun jahonda globallashuv

jarayonlari ketayotgan bir davrda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash

jarayoni rahbardan o‘z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishni, faoliyat jarayonida
zamonaviy va an’anaviy

tamoyillariga mos ravishda jamoani boshqarishni, yuksak

mahoratga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Albatta, yuksak e’ti

bor, izchil isloh

oa

tlar,

barqaror taraqqiyot, yorqin istiqboldan ko‘zlangan maqsad kadrlarni tanlash, joy

-joyiga

qo‘yish ishiga har jihatdan bog‘liq. Zotan, rahbarlik ham qobiliyat. Kishi ilmli bo‘lgani
bilan rahbarlikka xos qobiliyati bo‘lmasa, u jamoani o‘z orqasidan ergashtira olmaydi,
aksincha, jamoani boshi berk ko‘chaga kiritishi hech gap emas.

Rahbarda ham bilim, ham

tashkilotchilik xususiyati bo‘lmog‘i lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

147

Darvoqe, rahbarlik mezonini oddiy so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. E’tibor bilan

qaralsa, ta’lim muassasasi bo‘ladimi yoki ishlab chiqarish korxonasimi, budjet sohasimi

yoki nodavlat tashkiloti bo‘ladimi uni har jihatdan ravnaq toptirish

,

avvalo

,

rahbar va

uning qo‘l

ostidagi boshqaruv mutaxassislarga bog‘liq.

Uddaburo

n

rahbar har doim davr

bilan birga qadam tashlab, oqilona qarorlar qabul qiladi, vaziyatga to‘g‘ri baho berib,

xodimlarini himoya qiladi. Demak, bugungi zamonaviy rahbar kadrlarni tanlashda

ko‘ndalang bo‘ladigan asosiy muammolarga yechim topib, jamoasidagilarni lay

oqatiga

qarab ishga jalb etmog‘i lozim. Chunki boshqaruv jarayoni maqsadga muvofiq ravishda

amalga oshirilishi uchun rahbar idora qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’i

y

nazar

muayyan qobiliyatlarga ega bo‘lganlarni tanlay bilishi maqsadga muvofiq

dir.

Bugungi kunda zamonaviy rahbar shaxsida professionalizm, barkamollik, qat’iy

xarakter, milliy qiyofasi, boshqaruv qobiliyati va boshqalarning bo‘lishligi juda muhimdir.

Bu jihatlar uning mansab pillapoyalaridan m

ua

vaffaqiyatli o‘tib, lavozimning k

eyingi

bosqichlari uchun imkon yaratishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, zamonaviy

rahbar shaxsida bir qator qobiliyatlar, jumladan, tashkilotchilik, ishchanlik, muloqat-

mandlik, notiqlik, kechirimlilik, tashabbusga ilhomlantirish, ishbilarmonlik, tadbirkorlik

va boshqa qobiliyatlarning bo‘lishligi korxonada ishlab chiqarish samaradorligini

oshiradi. Birinchi rahbarning o‘zi har doim tashabbuskor, tadbirkor, ilmli va

mehribon,

o‘z ishining ustasi bo‘lsa, o‘z qo‘l ostidagi har qanday kelajagi bor, yangilikka o‘ch

mutaxassislarning qadriga yetadi.

Rahbar shaxsida tashkilotchilik qobiliyatining o‘rni juda muhimdir.

Mamlakati-

mizning taniqli psixolog olimi E.G‘oziyevning e’tiroficha, rahbarning tashkilotchilik

tizimini tashkil qiluvchi omillardan biri uning ishlab chiqarishda moliyaviy va iqtisodiy

masalalarni to‘g‘ri va oqilona tashkil etishi hisoblanadi.

Korxonani boshqarish tizimida

rahbar o‘zining asosiy e’tiborini ishlab chiqarishni rejalashtirish, korxona kelajagini

bashorat qilish, uning istiqboli yuz

asidan qat’iy qarorga kelish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini

hisoblab chiqish, noan’anaviy yangi uslublarni joriy qilish orqali samaradorlikni yanada

yuqori bo‘lishiga erishish, ulkan vazifalarni bajarish yo‘lida jamoaning irodaviy birligini

qaror toptirishga qaratishi maqsadga muvofiq sanaladi [4]. Shuningdek, u xodimlar

oldida aniq va tushunarli maqsadlar qo‘yishi, ularning faolligini oshirib borishi,

mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishi uchun harakat qilishi, ishlab chiqarishni

muvofiqlashtirish, jamoani ij

timoiy rivojlantirishni boshqarishi zarur bo‘ladi.

Psixolog I. Maxmudov zamonaviy rahbar shaxsida muloqotmandlik qobiliyatining

ahamiyatiga alohida urg‘u beradi. Mualliy tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda

munosabatlar psixologiyasi, rahbarlik muloqotining shakllari, bosqichlari yuzasidan

ma’lumotlar tahlil qilingan. I.

Maxmudov boshqaruv muloqoti haqida gapirib, uni xodim-

larni ma’lum tomonga yo‘naltirish maqsadidagi o‘zaro ma’lumot almashinuv jarayoni

sifatida ta’riflaydi. Uning ta’limotida, rahbarlik ishida namoyon bo‘ladigan boshqaruv

muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlangan: 1) aloqa

-kontakt

o‘rnatish; 2) masalani muhokama qilish; 3) yechim variantlarini izlash;

4) qaror qabul

qilish. Muallifning fikricha, ijobiy natijaga olib keluvchi rahbarlik muloqoti yuqorida

ta’kidlangan bosqichlarning aynan shunday ketma

-

ketligida amalga oshadi. Aniqrog‘i,

muloqot jarayonining samarali o‘tishi, ko‘p jihatdan, shu bosqichlarni navbatma

-navbat

amalga oshirish bilan bog‘liq [3]

.

E.

Yoziyev “Boshqaruv psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasida zamonaviy rahbar

mehnatini ilmiy asosda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Muallifning

fikricha, rahbarning mehnatini ilmiy asosda tashkil qilishning eng muhim vazifalaridan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2022) / ISSN 2181-1415

148

biri vakolatlarni taqsimlash va kooperatsiyalashning oqilona tizimini yaratishdan

iboratdir. Bunda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo‘lida xodimlar bilan

gorizontal yo‘nalishdagi munosabatlarga kirishishi hamda boshqaruv tizimida o‘zi mas’ul

bo‘lgan vak

olatlarning bir qismini xodimlarga taqsimlab berishi muhim ahamiyatga ega.

Odatda, vakolatlarni o‘z xodimlariga taqsimlash bilan rahbar, bir tomondan

,

ikkinchi

darajali faoliyatlardan o‘zini ozod qilsa, ikkinchi tomondan

,

qaror qabul qilish jarayoniga

xodimlarni keng jalb etadi. Bu esa

,

o‘z navbatida

,

qaror va topshiriqlarning joylarga o‘z

vaqtida yetib borishi, samarali ijro etilishi hamda umumiy nazoratning mukammal

bo‘lishligidan darak beradi [1].

Bugungi kunda mamlakatimizda boshqaruv mahkamalariga xotin-qiz rahbarlarni

jalb etish, ularning

mehnatidan

mehnatidan samarali foydalanish masalalariga ham

alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, boshqaruv jarayonida xotin

-qizlar orasidan

rahbarlikka layoqatli,

idora qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’i

y

nazar muayyan

qobiliyatga ega bo‘lganlarni tanlash o‘ta muhim. Sababi

,

rahbarlik san’atini egallagan

ayollarda tashkilotchilik, ishchanlik, muloqotmandlik, salohiyat, mehnatga bo‘lgan

munosabat, tashabbusga ilhomlantirish, konstruktiv, gnostik va boshqa qobiliyatlarning

bo‘lishligi korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

Jumladan, shu to‘g‘ridagi V.

Karimovaning gender-

menejmentga bag‘ishlangan

izlanishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularda ayolning u yoki bu boshqaruv

lavozimini egallashga mos yoki mos emasligi, erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga
erishishidagi farqlar, ularning ish uslublari, shaxs xususiyatlari, fazilatlari va jinsiy
tafovutlari haqida muayyan fikrlar bildirilgan. V. Karimova va uning shogirdlari
tomonidan

o‘tkazilgan tadqiqotlar shundan darak beradiki, erkak va ayol rahbarlarning

boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishlarida aytarli katta farq, tafovutning mavjud

emasligi kuzatilgan. Hatto ayrim jabhalarda, jumladan, muomala madaniyatida, o‘z fikrini

himoya qilish, omma oldida dadil gapirish, suhbatdoshni eshitish va holatini tushunish,

ya’ni empatiya hissi bo‘yicha ham ayol rahbarlar erkaklarni ortga qoldirganlar [2].

Xullas, bugungi huquqiy demokratik jamiyatda rahbarlik qila oladigan zamonaviy

rahbar xodimlarni tanlash, ularni joy-

joyiga qo‘yish, kasbiy mahoratini oshirish va qayta

tayyorlash doimiy dolzarb vazifa sanaladi. Buning uchun

,

albatta

,

rahbar kadrlarni zamon

talablari darajasida tayyorlash, ular faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq va sohalari bo‘yic

ha

ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarida maxsus dasturlar asosida qayta tayyorlash

va o‘qitish

ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Rahbarning har tomonlama

barkamolligi, aql-zakovati, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda

ijtimoiy topshiriq va majburiyatlarni taqsimlashi, odamlar bilan o‘zaro munosabatlarda

tezkorlik bilan moslashishi, hayotiy vaziyatlarda ularning ruhiy holatini inobatga olishi,

ishlovchilarni qiziqtirish, ularni rag‘batlantirishning yo‘l va vositala

rini topishi bugungi

rahbar shaxsini bezaydigan muhim xususiyatlardir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Yoziyev E. Bosharuv psixologiyasi.

Q.: Fan va ta’lim, 2021, –

B. 384.

2.

Karimova V., Hayitov O., Djalalova S. Boshqaruv psixologiyasi.

T.: Fan va

texnologiya, 2008,

B. 208.

3.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi.

T.: YUNAKS-PRINT MCHJ, 2006.

B. 232.

4.

G‘oziyev

E., Toshimov R. Menejment psixologiyasi.

T.: O‘zMU, 2001.

B. 144.

Библиографические ссылки

Yoziyev E. Bosharuv psixologiyasi. – Q.: Fan va ta’lim, 2021, -384 b.

Karimova V., Hayitov O., Djalalova S. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: Fan va texnologiya, 2008,- 208 b.

Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. –T.: YUNAKS-PRINT MCHJ, 2006.- 232 b.

G‘oziyev E., Toshimov R. Menejment psixologiyasi. –T.: O‘zMU, 2001.- 144 b.