Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Neuropedagogy and neyropsychology how developing
New Nauka
M.T. AHMEDOVA
1
, Y.K. NARMETOVA
2
Олийгох (Cambria Math
-11)
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2021
Received in revised form
30 January 2022
Accepted 20 February 2022
Available online
15 March 2022
This article is a study of pedagogical and psychological
processes. Namely, from the point of view of neurological
changes in the human brain.
As a result of scientific research in the field of
neuropedagogy and neuropsychology, i.e. the synergy of
neurology with pedagogy and psychology as a separate
discipline in 1997. The further formation of personality, subject,
personality in the general field of knowledge related to the
educational process has been studied.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
neuropedagogy,
neuropsychology,
direction,
results of scientific research,
pedagogy and psychological
processes,
human brain,
neurological changes,
individual,
subject,
personality,
psychophysiological,
educational process,
cognition,
formation,
intellectual,
social development,
speech,
thinking,
cognitive neurology,
differential
psychophysiology and
neuropsychology.
1
Associate Professor of
“
Pedagogy and Psychology
”
Tashkent Medical Academy. Tashkent, Uzbekistan.
2
Associate Professor of
“
Pedagogy and Psychology
”
of the Tashkent Medical Academy. Tashkent, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
104
Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan
yangi fan sohasi sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
neyropedagogika,
neyropsixologiya,
yo‘nalish,
ilmiy izlanishlar natijasi,
pedagogikа va psixologik
jarayonlar,
inson bosh miyasi,
neyrologik o‘zgarishlar,
individ,
subyekt,
shaxs,
psixofiziologik,
ta’lim jarayoni,
bilimlar,
shakllanish,
intellektual,
ijtimoiy rivojlanish,
nutq,
tafakkur,
kognitiv neyrologiya,
differensial psixofiziologiya
va neyropsixologiya.
Ushbu maqola neyropedagogika va neyropsixologiya yo‘na
-
lishida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasida pedagogik
va psixologik jarayon
larni inson bosh miyasida sodir bo‘ladigan
neyrologik o‘zgarishlar nuqtayi nazaridan o‘rganish, ya’ni
neyrologiyaning pedagogika va psixologiya bilan sinergizmi
–
1997-yilda alohida fan sifatida yuzaga kelishi hamda individ,
subyekt va shaxsni ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
bilimlarining umumiy sohasida yanada shakllanishi haqida
fikrlar bayon etilgan.
Нейропедагогика и нейропсихология как развивающаяся
новая наука
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
нейропедагогика,
нейропсихология,
направление,
результаты научных
исследований,
педагогика и
психологические
процессы,
мозг человека,
неврологические
изменения,
индивид,
субъект,
личность,
психофизиологический,
учебный процесс,
познание,
формирование,
интеллектуальное,
социальное развитие,
речь,
мышление,
когнитивная неврология
,
дифференциальная
психофизиология и
нейропсихология.
Данная статья, представляет собой, исследование
педагогико
-
психологических процессов. А именно, с точки
зрения неврологических изменений в головном мозге
человека.
В результате научных исследований, в области
нейропедагогики и нейропсихологии, т.е. синергии
неврологии с педагогикой и психологией как отдельной
дисциплиной в 1997
г. Изучено, дальнейшее формирование
личности, субъекта, личности в общей области знаний,
связанных с образовательным процессом.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
105
Barchamizga ma’lumki, murabbiy va pedagoglardan ta’lim oluvchilar, xususan,
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga va boshlang‘ich sinf o‘quvchi
-
lari
ga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama va
chuqur bilishlarini, ularning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik
imkoniyatlari hamda jihatlarini hisobga olishlarini talab qiladi. Bunda ta’lim dasturla
rini
o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchilarga murabbiy va pedagoglar tomonidan alohida
e’tibor qaratilishi muhimdir, chunki o‘quv dasturlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirmaslik
shaxsning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tajr
ibadan ma’lumki, o‘quvchilarning barchasi diqqati va xotirasining hajmi, uning
ko‘chuvchanligi, ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish tezligi, borliqni tasavvur
qilishi va anglashi, “dunyoni ko‘rishi” bilan bir
-biridan farq qiladi. Buning asosiy sababi
–
bosh miya yarimsharlarining qaysi biri inson hayoti faoliyatida yetakchi ahamiyatga ega
ekanligidadir. Chunki ta’lim jarayonida bosh miya chap yarimshariga tayanish faqat chap
yarimsharning faol rivojlanishiga, o‘ng yarimshariga tayanish esa yarimshar
larning har
ikkalasining faol rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli ta’lim
-
tarbiya jarayonida o‘quv
-
chilar psixikasidagi mana shunday o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish bolaga ta’lim berish,
uning tarbiyasi va kamolotidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Ushbu muammoni samarali hal etish uchun uning yechim yo‘lini izlashga yangicha
yondashish
–
muammoni majmuaviy tahlil qilish va hal etish zarur. Buning uchun barcha
insonshunos mutaxassislar
–
pedagog, psixolog, sotsiolog va neyrologlarni, ularning
tajribasi hamda ilmiy izlanishlari mahsulini birlashtirish kerak bo‘ladi. Shu yo‘nalishda
amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasida pedagogikaning yangi sohasi sifatida
kognitiv neyrologiya
–
neyropedagogika va neyropsixologiya shakllanayotgan bo‘lib,
bu
fan “insonga qanday ta’lim berish kerak?” degan
oddiy, biroq o‘ta muhim savolga javob
berishi mumkin.
Neyropedagogika va neyropsixologiya yo‘nalishida amalga oshirilgan ilmiy
izlanishlar natijasida pedagogik jarayonlarni inson bosh miyasida sodir bo‘l
adigan
neyrologik o‘zgarishlar nuqtayi nazaridan o‘rganish, ya’ni neyrologiyaning pedagogika
bilan sinergizmi
–
neyropedagogika 1997-yilda alohida fan sifatida yuzaga keldi hamda
individ, subyekt va shaxsni ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarini
ng umumiy
sohasida yanada shakllandi.
Neyropedagogika va neyropsixologiyaning fan sifatida yuzaga kelishida Charlz
S. Jeykobs, L.S. Basser, J.E. Bogen, B.T. Vouds, E. Lenneberg, A. Smit, P. Volf, E. Jensen,
B. Given, V.A. Moskvin, N.V. Moskvina, V.D. Yeremeeva, T.P. Xrizmanlar katta hissa
qo‘shganlar.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularning ma’lumotlarni
qabul qilishi va tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, G.E.
Vvedenskiy,
V.I. Golod, V.A. Moskvin, A.V. Nikols
kiylarning ilmiy izlanishlari bag‘ishlangan.
Chapaqay bolalarni ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etish muammosi
G.A. Antyuxin, M.M. Bezrukix, N.N. Bogdanov, I.A. Makarev, V.A. Moskvin, A.I. Semenovich-
ning tadqiqotlarida o‘rganilgan.
Ta’lim jarayo
nida bolalar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga bosh miya
asimmetriyasi hamda chap va o‘ng yarimsharlar shikastlanishi oqibatlarining turlicha
ta’sir etishi, inson miyasiga oid bilimlarni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari
L.S. Basser, J.E. Bogen, B.T. Vouds, E. Lenneberg, A. Smit, P. Volf, E. Jensen va B. Given-
larning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
106
Hozirgi vaqtda kognitiv neyrologiya sohasida M. Gazzaniga, E. Kendel, R. Munakata-
larning tizimli olib borayotgan ilmiy
izlanishlari alohida e’tiborga sazovordir.
Yuqorida nomi keltirilgan olimlarning fikriga ko‘ra, inson tafakkuri subyektiv
bo‘lganligi bois uning hissiyotlari mantiqiy yo‘l bilan olish mumkin bo‘lgan qarorlardan
ko‘ra yaxshiroq qarorlarga kelishga yordam be
rar ekan.
O‘zbekistonda neyropedagogik bilimlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini
oshirish (B.
Xodjaev) va bolalarning neyropedagogik xususiyatlarini innovatsion ta’lim
muhiti sharoitida rivojlantirishning ayrim masalalari (J.
G‘ulomov, N.
Yunusova,
V.
Anvarova) o‘rganilgan bo‘lib, mazkur sohada yirik ilmiy tadqiqotlar hozircha amalga
oshirilmagan.
Neyropedagogika
–
kognitiv neyrologiya, differensial psixofiziologiya va neyro-
psixologiyaning o‘quvchi shaxsi tomonidan turli o‘quv materiallarini o‘zlash
tirishda
uning bosh miyasi faoliyatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
hamda o‘quvchi va pedagogning individual lateratsiya profili variantlarining bir
-biriga
mos kelishini hisobga olgan holda ta’lim
-tarbiya jarayonini tashkil qil
ish to‘g‘risidagi
fandir. Neyropedagogika fani pedagogika, psixologiya, neyrologiya va kibernetika fanlari-
ning klassik asoslariga tayanib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni o‘zida aks ettiradi.
Inson bosh miya yarimsharlarining har ikkalasi ham murakkab kognitiv
jarayonlarda ishtirok etsa-da, ularning faoliyat strategiyasi bir-biridan sezilarli darajada
farq qiladi. Chap yarimsharlari yеtakchi bo‘lgan odamlar ma’lumotlarni ketma
-ket va
mantiqiy tahlil qilishi hamda tahlilning xususiy bo‘laklardan
umumiyga yo‘nalganligi
bilan ajralib tursalar, o‘ng yarimsharlari yеtakchi bo‘lganlar olamni intuitiv va umumiy
yaxlitlikda anglashi hamda tafakkurining umumiydan xususiy bo‘laklarni tahlil qilishga
moyilligi bilan
farq qiladilar. Bu holat ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish intuitiv
-
hissiy (kommunikativ) hamda mantiqiy-
ratsional (nokommunikativ) yo‘llar bilan sodir
etilishida namoyon bo‘ladi.
Neyropedagogika va neyropsixologiyaning fan sifatidagi
asosiy maqsadi
–
inson bosh miyasi faoliyatida oliy psixik
funksiyalarning individual xususiyatlarini hisobga olib peda-
gogik vazifalarni samarali hal etilishi uchun amaliy yordam
berishdan iborat.
Guruhlar psixodinamikasining neyropedagogik tarkibini
hamda ta’lim
-
tarbiya jarayoni yanada samarali bo‘lishi
ni
ta’minlashga qaratilgan neyropedagogik hamkorlikni ta’lim
jarayoniga tadbiq etishning shakl va metodlarini o‘rgatib,
neyrofanlarning obyektiv qonuniyatlari asosida ta’lim jarayonini
boshqarishda neyropedagogika va neyropsixologiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
neyrodidaktika, neyropedagogik diagnostika (tashxis), neyropedagogik tarbiya, neyro-
pedagogik korreksiya va adaptatsiya hamda ta’lim jarayonining neyropedagogik muhitini
tashkil qilish.
Neyrodidaktika didaktika fanining bir tarmog‘i bo‘lib, neyrodidaktika ta’lim
muhitini tashkil qilishning neyropedagogik tamoyillarini, ta’lim jarayoni va ichki
imkonini beradi. Neyrodidaktika umumiy va xususiy qismlarga bo‘linadi. Umumiy
neyrodidaktika nazariy-
metodologik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy n
eyrodidaktika
esa neyropedagogik diagnostika va o‘qitishning amaliy tavsiyalarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
107
Neyropedagogika va neyropsixologiya diagnostika
–
insondagi juft organlar qo‘l
(oyoq), ko‘z va quloqni yеtakchilik ko‘rsatkichlariga qarab bosh
miya yarimsharlari
assimetriyasining bir nechta funksional tiplarini aniqlash imkonini beradi.
Neyropedagogika va neyropsixologiya korreksiya va adaptatsiya
–
bolaning
neyropedagogik-neyropsixologik
–
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qadriyatli-
motivatsiya va xulq-
atvoriga tuzatish kiritish hamda ta’lim jarayoniga moslashishini
tashkil etishni ta’minlaydi.
Neyropedagogik tarbiya
–
neyropedagogik diagnostika natijalari va pedagogik
neyropsixologiyaning korreksion texnologiyalari asosida, ta’lim o
luvchilar guruhining
neyropedagogik muhiti xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiyaviy tadbirlarni tashkil
etishga oid tavsiyalar tayyorlaydi.
Ta’lim olishning neyropedagogik va neyropsixologik muhiti quyidagi uch tarkibiy
qismdan iborat:
•
jismiy muhit
–
sinf xonasi, auditoriya, undagi jihozlar;
•
psixologik muhit
–
ta’lim oluvchilarni sinfda individual
-psixologik jihatlarini
hisobga olgan holda joylashtirilishi;
•
psixosotsial muhit
–
o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi shaxslararo
kommunikatsiyasi.
Neyropedagogikada
ta’lim muhitini tashkil etishni psixodinamik darajada tahlil
qilish uchun transakt tahlil va stratologik tahlil usullaridan foydalaniladi. Ushbu tahlil
vositasida o‘quv guruhining neyropedagogik tarkibini aniqlash va ta’lim jarayonining
tashkil etilishida hisobga olish o‘quvchilar guruhining bilish faolligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Chunki psixologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda inson
berilayotgan ma’lumotning o‘rtacha 5
-
10 foizini anglashi, ya’ni ongli ravishda o‘zlash
-
tirishi mumkin bo‘lib, ma’lumotning qolgan qismi appersepsiya jarayonida, inson
tomonidan anglanmagan holda ongostiga o‘tib ketadi. Shuning uchun ham ta’lim muhitini
tashkil qilishda berilayotgan ma’lumotlar o‘quvchi shaxsi tomonidan ongli ravishda,
tushunib qabul qilinishiga sharoit yaratish pedagog va tarbiyachilar oldida turgan muhim
pedagogik muammolardan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, innovatsion ta’lim muhitini tashkil etishda –
uning
integrativ nazariy bazasini, umumiy metodologiyasini hamda aniq diagnostik va
korreksion texnologiyalarini yaratishda neyropedagogika fani imkoniyatlari samarali
qo‘llanilishi mumkin. Bu esa ta’lim jarayonida beriladigan ma’lumotlarni o‘quvchilar
faqatgina eslab qolishlari uchun emas, balki anglashlari va nisbatan qiyinchiliklarsiz
tushunishlari hamda o‘zlashtirishlari uchun yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ахмедова
М.Т., Дехкамбаева
З.А. Нейропедагогика как одно из новых
направлений в педагогики. Т.Н.
Қори
Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика
фанлари илмий тадқиқот институти. “Таълим
-
тарбия жараёнига замонавий
педагогик ва ахборот
-
коммуникацион технологияларни жорий этиш: муаммо ва
ечимлар” мавзусидаги Республика илмий
-
амалий конференцияси. Тошкент
–
2015.
71-
73 бетлар.
2.
Ахмедова
М.Т. Педагогик конфликтология. Дарслик. –
Т.: Адабиёт
учқунлари, 2021 й. –
Б.
319.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
108
3.
Ахмедова
М.Т. (2022). Ёшларда илмий дунёқарашни шакллантириш ва
уларни ақлий тарбиялашнинг ўзига хос хусусиятлари
. Integration of science,
education and practice. Scientific-methodical journal, 3(2), 29
–
41.
4.
Ахмедова
М.Т. (2021). Проблема учебной дисциплины в общеобразовательных
школах и пути ее преодоления
. In European research: innovation in science, education and
technology (PP. 49
–
51).
5.
Tursunaliyevna A.M., & Karimovna N.Y. (2022). Maktabgacha tarbiya muassasalarida
madaniy-gigiyenik malakalarni tarbiyalash
–
bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida
muhim vosita. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal,
3(1), 98
–
103.
6.
Ахмедова
М
.
Т
., &
Мусратова
З
.
У
. (2021).
Олий таълим муассасаларида
устоз
-
шогирд муносабатларининг стратегик қоидалари ва вазифалари.
In
interdisciplinary conference of young scholars in social sciences (PP. 326
–
329).
7.
Нарметова
Ю
.
К
., &
Ахмадова
М
.
Ш
. (2021).
Психосоматик касаллик билан
касалланган беморларнинг психологик хусусиятларининг ўзига хослиги.
In
interdisciplinary conference of young scholars in social sciences (PP. 339
–
342).
8.
Норметова
Ю. (2015). Изучение социально
-
психологических подходов к
проблемам здоровья и болезни. От истоков к современности
(PP. 304
–
306).
9.
Нарметова
Ю.К. (2016, July). Особенности психокоррекционной работы с
беременными женщинами
. In
Контактная информация организационного
комитета конференции
(P. 35).
10.
Нарметова
Ю
.
К
. (2022).
Психосоматик
беморларнинг
психоэмоционал
хусусиятлари
. Integration of science, education and practice. scientific-methodical
journal, 3(2), 21
–
28.
11.
Нарметова
Ю. (2016). Специфика работы психолога в клинике
внутренних болезней.
вестник каракалпакского государственного университета
имени Бердаха
, 33(4), 53
–
57.
12.
Тункун
Я.А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика /
Ж.: Киберленинка, 73
-2,
–
203.
–
С.
204.
13.
Ходжаев
Б.Х. Нейропедагогик билимлардан фойдаланиш орқали таълим
сифатини ошириш / Узлуксиз таълим сифат ва самарадорлигини оширишнинг
назарий
-
услубий муаммолари. Республика илмий конференцияси материаллари.
2010 йил 27
-
28 май. –
Самарқанд, 2010. –
Б. 174–
175.
14.
Ғуломов
Ж.Р., Анварова
В.Ж. Болаларнинг нейропедагогик хусусиятларини
инновацион таълим муҳити шароитида ривожлантириш / Узлуксиз таълим тизимида
ҳамкорлик
педагогикаси. Халқаро конференция материаллари. 2014 йил 12
-
13 ноябрь.
–
Тошкент. 2014. –
Б.
192
–
193.
15.
Akhmedova M.T.,
Muslimov N.A.,
Muslimov Sh.N.,
Rajapova Kh.Kh.,
Umarova
Z.A. Improvement of the methodology for the future teachers’ professional
competence development. European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-
8260 Volume 07, Issue 09, 2020.
16.
Akhmedova M.T. (2022). Pedagogical and Psychological Ways to Overcome the
Problem of Lesson Discipline in Secondary Schools. International Journal of Multicultural
and Multireligious Understanding, 9(3), 421
–
425.
17.
T., A.M. (2022). In the Event of Disputes between Medical Personnel Conflict
Typology and its Specific Aspects. European Multidisciplinary Journal of Modern Science,
4, 211
–
216. Retrieved from https://emjms.academicjournal.io/index.php/emjms/
article/view/68.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
109
18.
Melibayeva R.N., Khashimova M.K., Narmetova Yu,K., Komilova M.O., &
Bekmirov T.R. (2020). Psychological Mechanisms of Development Students
’
Creative
Thinking. International journal of scientific & technology research, 9(03).
19.
Narmetova Y.K. (2016). Organization of the psychological support in the
cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28
–
31.
20.
Narmetova Y., Kuldosheva G., & Bekmirov T. (2021). The Psychological Services
Role in the Psychodiagnostics and Psychocorrection of Psychosomatic Patients in the
Psychoemotional Situation. International Journal of Multicultural and Multireligious
Understanding, 8(12), 249
–
256.
